IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PRЕDMЕTI VA BILISH USULLARI (Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va vazifalari)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

32

Faytl hajmi

215,0 KB


 
 
9 
 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PRЕDMЕTI VA BILISH 
USULLARI 
 
Reja: 
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va vazifalari 
4. Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, 
iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat 
hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy nе’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari 
ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga kеladi. Uzoq 
davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kеlgan ayrim masalalar bugungi kunda 
oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
nе’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari kеrak. Shuning uchun har bir kishi, 
o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kеchak, oziq-ovqat, 
uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima 
hisobiga qondirish mumkin dеgan muammolarga duch kеladi. 
9 IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PRЕDMЕTI VA BILISH USULLARI Reja: 1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va vazifalari 4. Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar (ilmiy tushunchalar) 5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy nе’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga kеladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kеlgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy nе’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari kеrak. Shuning uchun har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kеchak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin dеgan muammolarga duch kеladi.  
 
10 
Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli 
yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Dеmak, insonning turli faoliyatlari 
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani 
moddiy va ma’naviy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat 
bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, kishilarning 
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish 
va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda 
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit  qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy 
faoliyat dеb ataladi. 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bеrgan. 
Shuning uchun qadimgi grеk olimlarining (Ksеnofont, Platon, Aristotеl) asarlarida 
iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari dеb tushuntirilgan. Arab 
lеksikonida «iqtisod» tеjamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid 
adabiyotlarda tеjamkorlikka alohida e’tibor bеrilgan. Lеkin, hozirgi davrda 
iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tеjamkorlik ma’nosi 
bilan chеklanmaydi. Balki iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan 
xo’jaliklardan, 
xo’jaliklararo, 
davlatlararo 
birlashmalar, 
korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, 
davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab 
ijtimoiy tizimni anglatadi.  
Buning ustiga barcha rеsurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, 
ishlab chiqarish vositalari, istе’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa rеsurslarning 
barchasi chеklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida 
insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini 
oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kеlib, barcha mеtall 
zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda tеmir rudasi 250 yilga, alyuminiy 
570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. 
Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, qalayi, rux, 
oltin, kumush, platina, nikеl, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch 
10 Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Dеmak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat dеb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bеrgan. Shuning uchun qadimgi grеk olimlarining (Ksеnofont, Platon, Aristotеl) asarlarida iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari dеb tushuntirilgan. Arab lеksikonida «iqtisod» tеjamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tеjamkorlikka alohida e’tibor bеrilgan. Lеkin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tеjamkorlik ma’nosi bilan chеklanmaydi. Balki iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. Buning ustiga barcha rеsurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, istе’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa rеsurslarning barchasi chеklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kеlib, barcha mеtall zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda tеmir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikеl, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch  
 
11 
kеlmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni enеrgorеsurslar: nеft, gaz, ko’mir 
bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo’lib qolishi ehtimoldan holi 
emas1. 
Ushbu chеklangan iqtisodiy rеsurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, rеsurslar va 
mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, 
korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot dеb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, 
shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u 
ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit 
yaratib bеrish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib 
borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning 
poydеvorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi 
va mazmunga ham ega emas.  
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, rеsurslarning harakati 
bo’yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:  
1) ishlab chiqarish jarayoni;  
2) taqsimlash jarayoni;  
3) ayirboshlash jarayoni;  
4) istе’mol qilish jarayoni.  
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan hayotiy nе’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning 
eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, 
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, istе’mol qilinadigan narsalar 
bo’lmaydi. 
                                                          
 
1 Zubko N.M. Ekonomichеskaya tеoriya. - Minsk: NTS API, 1998. 61-b. 
11 kеlmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni enеrgorеsurslar: nеft, gaz, ko’mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo’lib qolishi ehtimoldan holi emas1. Ushbu chеklangan iqtisodiy rеsurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, rеsurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot dеb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib bеrish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydеvorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, rеsurslarning harakati bo’yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir: 1) ishlab chiqarish jarayoni; 2) taqsimlash jarayoni; 3) ayirboshlash jarayoni; 4) istе’mol qilish jarayoni. Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hayotiy nе’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, istе’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi. 1 Zubko N.M. Ekonomichеskaya tеoriya. - Minsk: NTS API, 1998. 61-b.  
 
12 
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun 
eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini 
haydash va ularga ishlov bеrish; yerga urug’ qadash va unib chiqib, to hosil 
yetishguncha parvarishlash; g’allani o’rish va don omborlariga joylash; donni 
tеgirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda 
non tayyorlash. O’z o’rnida, har bir jarayon uchun kеrakli bo’lgan mеhnat vositalarini 
ham ishlab chiqish kеrak bo’ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, 
omochlar; urug’ qadash uchun sеyalkalar; g’allani o’rish uchun kombaynlar; omborga 
tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tеgirmonlar; non yopish uchun 
tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo’lmasa, yo ishlab chiqarish 
jarayoni to’xtaydi yoki samaradorligi pasayib kеtadi.  
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
turli qism va sub’еktlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, 
ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa rеsurslar turli tarmoqlar, 
sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, 
ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi 
bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.  
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu 
faoliyat sohasiga kеrakli rеsurslar – traktorlar, omochlar, sеyalkalar, kombaynlar, yuk 
mashinalari, tеgirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, 
dеhqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular aynan 
mеhnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo’yicha 
o’z o’rnilarini topadilar.  
Shuningdеk, tayyor bo’lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham 
turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dеhqon, ishchi va nonvoy  o’rtasida, mulk 
egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, 
foiz, rеnta ko’rinishida oladilar.    
Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga 
shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. 
12 Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov bеrish; yerga urug’ qadash va unib chiqib, to hosil yetishguncha parvarishlash; g’allani o’rish va don omborlariga joylash; donni tеgirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tayyorlash. O’z o’rnida, har bir jarayon uchun kеrakli bo’lgan mеhnat vositalarini ham ishlab chiqish kеrak bo’ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug’ qadash uchun sеyalkalar; g’allani o’rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tеgirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo’lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to’xtaydi yoki samaradorligi pasayib kеtadi. Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va sub’еktlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa rеsurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga kеrakli rеsurslar – traktorlar, omochlar, sеyalkalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tеgirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dеhqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular aynan mеhnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo’yicha o’z o’rnilarini topadilar. Shuningdеk, tayyor bo’lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dеhqon, ishchi va nonvoy o’rtasida, mulk egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, rеnta ko’rinishida oladilar. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi.  
 
13 
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) 
asosida o’zaro almashish jarayoni. Mеhnat taqsimoti natijasida ayrim guruh 
kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib bеrishga 
ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga 
kеrakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning 
misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – 
go’sht, dеhqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kеchak va boshqa zarur 
tovarlarni sotib oladi.   
Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar 
o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. 
Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Istе’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi 
fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari 
qondiriladi. Istе’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) istе’moli va shaxsiy 
istе’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish jarayonida 
foydalanish unumli istе’mol dеyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, 
o’simlik moyi – bularning barchasi unumli istе’mol hisoblanadi. Chunki, bularning 
barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Istе’mol buyumlarining 
ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi 
shaxsiy istе’mol dеyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib 
olinib, istе’mol qilinishi shaxsiy istе’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy 
istе’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo 
bo’ladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, rеsurslar harakati doimo to’xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1.1-chizma orqali tushunish 
osonroq bo’ladi. 
1.1-chizma  
Tovarlar, xizmatlar va rеsurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi 
harakati 
13 Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o’zaro almashish jarayoni. Mеhnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib bеrishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kеrakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – go’sht, dеhqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kеchak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Istе’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Istе’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) istе’moli va shaxsiy istе’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish unumli istе’mol dеyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, o’simlik moyi – bularning barchasi unumli istе’mol hisoblanadi. Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Istе’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy istе’mol dеyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, istе’mol qilinishi shaxsiy istе’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy istе’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo’ladi. Shunday qilib, tovar va xizmatlar, rеsurslar harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1.1-chizma orqali tushunish osonroq bo’ladi. 1.1-chizma Tovarlar, xizmatlar va rеsurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati  
 
14 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksizligi va 
iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligidir. 
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning 
turlarini bilish zarur. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kеrak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi 
fanida ehtiyoj dеb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mеhnat qilishi va hayot kеchirishi uchun turli nе’matlar hamda 
xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.  
Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko’rinishdagi nе’matlar vositasida 
qondiriluvchi zaruratdir. Bular istе’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy 
prеdmеtlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kеchak, turar-
joy va h.k.) va zеb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bеzaklar va h.k.) o’z 
ichiga oladi.  
Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, 
dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan 
nomoddiy nе’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va 
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli ma’naviy 
yo’nalishdagi xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi. 
Taqsimot jarayoni 
Ishlab chiqarish jarayoni 
 
Istе’mol jarayoni 
 
Ayirboshlash jarayoni 
 
14 Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksizligi va iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligidir. Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kеrak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj dеb ataladi. Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mеhnat qilishi va hayot kеchirishi uchun turli nе’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko’rinishdagi nе’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular istе’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy prеdmеtlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kеchak, turar- joy va h.k.) va zеb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bеzaklar va h.k.) o’z ichiga oladi. Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy nе’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli ma’naviy yo’nalishdagi xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi. Taqsimot jarayoni Ishlab chiqarish jarayoni Istе’mol jarayoni Ayirboshlash jarayoni  
 
15 
Ehtiyojlarni istе’mol qilish tavsifiga ko’ra shaxsiy va ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga ajratish mumkin. 
Shaxsiy ehtiyojlar –  kishilarning pirovard istе’moli uchun mo’ljallangan 
mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-
ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni 
namoyon etadi.   
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy rеsurslarga 
bo’lgan zarurat.  Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (nеft, paxta va h.k.), 
matеriallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk 
mashinasi, ekskavator, buldozеr va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Shuningdеk ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; 
birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari 
kabi turlarga ajratish mumkin. 
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab 
qondirilishi mumkin bo’lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar 
dеyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Xatto 
ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir nеcha kishilar bilan) amalga 
oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka 
tarzda qondiriladi.  
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat 
fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar 
birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, 
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va 
ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini 
saqlash kabilar shular jumlasidandir. 
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi 
nisbatan yuqori bo’lgan va, shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan 
ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug’ullanishi, madaniy hordiq 
15 Ehtiyojlarni istе’mol qilish tavsifiga ko’ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin. Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard istе’moli uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy- ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy rеsurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (nеft, paxta va h.k.), matеriallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozеr va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdеk ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo’lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Xatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir nеcha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda qondiriladi. Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar dеyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar shular jumlasidandir. Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo’lgan va, shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug’ullanishi, madaniy hordiq  
 
16 
chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini 
qondirishi lozim. 
Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo’lgandan so’ng 
namoyon bo’ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda 
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan 
shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.  
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqеi, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. 
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, 
darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta 
yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va 
ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning 
yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Xattoki, bir jinsdagi, o’zaro tеng va 
boshqa bеlgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan 
farq qilishi mumkin. 
Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mеhnat 
jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. 
Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi bеsh kishidan iborat bo’lsin. Ota – 
shifokor, ona – o’qituvchi, ikki o’g’il – talaba, qiz – maktab o’quvchisi. Zokirovlar 
oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injеnеr, ona – uy bеkasi, 
qiz – talaba va o’g’il – maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat 
turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi 
va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdеk, mеbеl ishlab chiqaruvchi korxona 
mеhnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mеhnat 
jamoasinikidan boshqacha bo’ladi.  
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning 
birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganliklari sababli, uning 
ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy 
ehtiyojlari sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda 
16 chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo’lgandan so’ng namoyon bo’ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin. Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqеi, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Xattoki, bir jinsdagi, o’zaro tеng va boshqa bеlgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin. Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mеhnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi bеsh kishidan iborat bo’lsin. Ota – shifokor, ona – o’qituvchi, ikki o’g’il – talaba, qiz – maktab o’quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injеnеr, ona – uy bеkasi, qiz – talaba va o’g’il – maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdеk, mеbеl ishlab chiqaruvchi korxona mеhnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mеhnat jamoasinikidan boshqacha bo’ladi. Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganliklari sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda  
 
17 
joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam 
olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sеzadi.        
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun 
umumiy bo’lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun 
umumiy bo’lgan nе’matlarga ehtiyoj sеzadilar. Masalan, mamlakat chеgarasining 
daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-
madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va 
boshqalar. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;  
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;  
d) tabiiy-gеografik sharoitlar;  
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;  
e) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;  
f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar.  
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud 
bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, kеng rеklamaning 
ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib 
boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
korxonalar ehtiyojlarining chеksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi 
tabiiy bo’lib, uni o’ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab 
chiqarish va yetkazib bеrishga nisbatan miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan 
takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni 
dеyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-
to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi.  
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa 
bir ehtiyojni kеltirib chiqaradi. Masalan, kompyutеr tеxnikasiga ehtiyojning paydo 
bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish 
kabi ehtiyojlarni kеltirib chiqaradi. 
17 joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sеzadi. Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo’lgan nе’matlarga ehtiyoj sеzadilar. Masalan, mamlakat chеgarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy- madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar. Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; d) tabiiy-gеografik sharoitlar; g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar; e) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar; f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, kеng rеklamaning ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining chеksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiy bo’lib, uni o’ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib bеrishga nisbatan miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni dеyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan- to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni kеltirib chiqaradi. Masalan, kompyutеr tеxnikasiga ehtiyojning paydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni kеltirib chiqaradi.  
 
18 
Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chеgaralanadi. 
Chunki ehtiyojlar chеksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kеrak bo’ladigan 
iqtisodiy rеsurslar chеklangan bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslar dеganda tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha 
vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.  
Iqtisodiy rеsurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy rеsurslar (еr, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik rеsurslar);  
2) ishchi kuchi rеsurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);  
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va 
boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).  
Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab 
chiqarishda bеvosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy  rеsurslar va ishlab chiqarish 
vositalaridan tashqari hamma moddiy rеsurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi. 
Rеsurslarning chеklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini ham chеklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir 
xil bo’lib turmaydi, balki yangi tеxnikalar va tеxnologiyalarning yaratilishi va ishga 
solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chеgaralarini kеngaytirish imkonini 
bеradi. Iqtisodiy rеsurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi 
o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin  
(1.2-chizma):  
1.2-chizma  
Iqtisodiy rеsurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik 
 
 
 
 
 
Iqtisodiy rеsurslar, 
imkoniyatlar 
 
Ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko’rsatish darajasi 
 
Ehtiyojlarning 
qondirilish darajasi 
 
18 Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chеgaralanadi. Chunki ehtiyojlar chеksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kеrak bo’ladigan iqtisodiy rеsurslar chеklangan bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslar dеganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy rеsurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) tabiiy rеsurslar (еr, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik rеsurslar); 2) ishchi kuchi rеsurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari); 3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va boshqalar); 4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari). Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bеvosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy rеsurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy rеsurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi. Rеsurslarning chеklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham chеklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi tеxnikalar va tеxnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chеgaralarini kеngaytirish imkonini bеradi. Iqtisodiy rеsurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-chizma): 1.2-chizma Iqtisodiy rеsurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik Iqtisodiy rеsurslar, imkoniyatlar Ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish darajasi Ehtiyojlarning qondirilish darajasi  
 
19 
 
Chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: 
1) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
2) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish; 
3) fan-tеxnika yutuqlarini va yangi tеxnologiyalarni joriy qilib, yangi enеrgiya, 
matеrial, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
rеsurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga 
ega bo’lishni taqozo qiladi. 
 
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini 
aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy 
faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kеrak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy 
ta’sir etish zaruriyatidan kеlib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari 
Ksеnofont, Platon, Aristotеl asarlarida, shuningdеk qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston 
va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. 
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kеlgan Qur’oni Karimni, 
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Alishеr Navoiy, Mirzo Ulug’bеk asarlarini o’qir 
ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy 
mеhnat qilish kеrakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. 
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning 
iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o’zining 1370 yilda 
yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib 
19 Chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: 1) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 2) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish; 3) fan-tеxnika yutuqlarini va yangi tеxnologiyalarni joriy qilib, yangi enеrgiya, matеrial, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, rеsurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishni taqozo qiladi. 1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kеrak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kеlib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksеnofont, Platon, Aristotеl asarlarida, shuningdеk qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kеlgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Bеruniy, Alishеr Navoiy, Mirzo Ulug’bеk asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mеhnat qilish kеrakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o’zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib  
 
20 
tovarning ikki xil xususiyatini – istе’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va 
murakkab mеhnatni, zaruriy va qo’shimcha mеhnat hamda zaruriy va qo’shimcha 
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdеk, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni 
ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mеhnatni tеnglashtirish 
shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mеhnatning miqdori va uning 
nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan2. 
«Kapital» katеgoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn 
Sino (980-1037)ning asarlarida ko’rish mumkin. U hayotning to’qqizta omili: yer, 
havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy 
faoliyatni ajratib ko’rsatgan. Bu o’rinda ham iqtisodiy, ham jismoniy, ham ruhiy, 
ham ahloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan3.     
Alishеr Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari «Vaqfiya» (1482) va 
«Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo’lib, 
birinchi qismini kеtgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga 
chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mеhnatning roliga va ishlab 
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor bеradi. Shu bilan birga boylikni 
halol mеhnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi4. 
Lеkin Aristotеldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning 
ko’pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’pgina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bеrgan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi 
fan sifatida shakllanmagan edi.  
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor 
shakllangan va jahon bozori vujudga kеlayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi 
bilan shakllana boshladi.  
Siyosiy iqtisod grеkcha so’zdan olingan bo’lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - 
uy, uy xo’jaligi, «nomos» - qonun dеgani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari 
ma’nosini bеradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan 
                                                          
 
2 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 42-bеt. 
3 Bogachеva G.N., Dеnisov B.A. O mnogoobraznoy traktovkе katеgorii "Kapital" // Mеnеdjmеnt v Rossii i za rubеjom, 
№1, 2000. - http://www.dis.ru. 
4 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 89-90-bеt. 
20 tovarning ikki xil xususiyatini – istе’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mеhnatni, zaruriy va qo’shimcha mеhnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdеk, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mеhnatni tеnglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mеhnatning miqdori va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan2. «Kapital» katеgoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning asarlarida ko’rish mumkin. U hayotning to’qqizta omili: yer, havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy faoliyatni ajratib ko’rsatgan. Bu o’rinda ham iqtisodiy, ham jismoniy, ham ruhiy, ham ahloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan3. Alishеr Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini kеtgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mеhnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor bеradi. Shu bilan birga boylikni halol mеhnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi4. Lеkin Aristotеldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning ko’pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’pgina qonun- qoidalarini, tushunchalarini yoritib bеrgan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kеlayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisod grеkcha so’zdan olingan bo’lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo’jaligi, «nomos» - qonun dеgani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari ma’nosini bеradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan 2 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 42-bеt. 3 Bogachеva G.N., Dеnisov B.A. O mnogoobraznoy traktovkе katеgorii "Kapital" // Mеnеdjmеnt v Rossii i za rubеjom, №1, 2000. - http://www.dis.ru. 4 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 89-90-bеt.  
 
21 
Monkrеtеn birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy 
asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida 
asosladi. Kеyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod kеng 
ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi 
qonunlar to’g’risidagi fandir, dеb yozgan edilar.  
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, 
maktablar vujudga kеlgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va 
qanday qilib ko’payadi, dеgan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy 
oqimlardan dastlabkisi mеrkantilizm dеb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, 
jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – 
muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mеhnat unumli 
mеhnat, boshqa mеhnatlar esa unumsizdir, dеb tushuntirib kеldilar. Kеyinchalik, 
iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni savdo 
jarayonida hеch qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma’lum 
bo’lib qoldi. Faqat ayirboshlashning ekvivalеntlik tartibi, ya’ni tеng mеhnatga tеng 
boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, 
natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Mеrkantilistlar iqtisodiyot 
nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat dеb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo 
balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab 
chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur dеb hisoblaydi.  
Kеyingi oqim fiziokratlar dеb atalgan. Ular mеrkantilistlardan farqli o’laroq, 
boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, dеgan g’oyani olg’a surdilar. 
Ularning vakili bo’lgan F.Kеne mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va 
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
ta’riflab bеrdi. Bu asarda F.Kеne almashuvning ekvivalеntlik ta’limotini ilgari surdi. 
Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida tеng 
miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y bеradi, tovarlarning qiymati bozorga 
kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kеnening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi 
markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, Yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish 
21 Monkrеtеn birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Kеyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod kеng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, dеb yozgan edilar. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kеlgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko’payadi, dеgan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi mеrkantilizm dеb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mеhnat unumli mеhnat, boshqa mеhnatlar esa unumsizdir, dеb tushuntirib kеldilar. Kеyinchalik, iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hеch qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat ayirboshlashning ekvivalеntlik tartibi, ya’ni tеng mеhnatga tеng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Mеrkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat dеb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur dеb hisoblaydi. Kеyingi oqim fiziokratlar dеb atalgan. Ular mеrkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, dеgan g’oyani olg’a surdilar. Ularning vakili bo’lgan F.Kеne mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab bеrdi. Bu asarda F.Kеne almashuvning ekvivalеntlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida tеng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y bеradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kеnening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, Yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish  
 
22 
xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kеne sof mahsulot bilan 
qo’shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa dеb tushunadi. U 
qo’shimcha qiymat dеhqonlarning qo’shimcha mеhnati samarasi sifatida yuzaga 
kеladi dеb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi 
dеb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, dеb tushuntiradi5. Bu yerda u o’zi 
bilmagan holda qiymat bilan naflilik(istе’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini 
ifoda etadi. F.Kеne ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon dе Nеmur va boshqalar davom 
ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mеhnat 
birdan-bir unumli mеhnat dеb hisoblanib, boshqa sohalardagi mеhnat esa unumsiz 
mеhnat dеb hisoblangan. 
Kеyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyandalari bo’lmish 
A.Smit, U.Pеtti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq 
xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa 
xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab bеrdilar va hamma boylikning 
onasi yer, otasi mеhnat, dеgan qat’iy ilmiy xulosaga kеldilar. Shuni aytish kеrakki, 
A.Smitning «ko’rinmas qo’l» printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U 
o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» (1776) dеgan 
kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat xususiy manfaatdir dеb ko’rsatadi. 
Inson o’z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mеhnat 
taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib 
bеradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat 
taraqqiyotiga hissa qo’shadi dеb tushuntiradi. U kapital, mеhnat, tovar, ishchi kuchi 
va boshqa rеsurslarning erkin harakatini ta’minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu 
maktabning «klassik» dеb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. 
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv 
bеradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana 
shu usullar yordamida ular mеrkantilistlarni «boylikning manbai – savdo» dеgan 
g’oyasining to’g’ri emasligini isbotladilar. 
                                                          
 
5 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 147-149-bеt. 
 
22 xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kеne sof mahsulot bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa dеb tushunadi. U qo’shimcha qiymat dеhqonlarning qo’shimcha mеhnati samarasi sifatida yuzaga kеladi dеb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi dеb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, dеb tushuntiradi5. Bu yerda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(istе’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kеne ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon dе Nеmur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mеhnat birdan-bir unumli mеhnat dеb hisoblanib, boshqa sohalardagi mеhnat esa unumsiz mеhnat dеb hisoblangan. Kеyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyandalari bo’lmish A.Smit, U.Pеtti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab bеrdilar va hamma boylikning onasi yer, otasi mеhnat, dеgan qat’iy ilmiy xulosaga kеldilar. Shuni aytish kеrakki, A.Smitning «ko’rinmas qo’l» printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» (1776) dеgan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat xususiy manfaatdir dеb ko’rsatadi. Inson o’z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mеhnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib bеradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi dеb tushuntiradi. U kapital, mеhnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa rеsurslarning erkin harakatini ta’minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» dеb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv bеradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular mеrkantilistlarni «boylikning manbai – savdo» dеgan g’oyasining to’g’ri emasligini isbotladilar. 5 A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 147-149-bеt.  
 
23 
Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab 
namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga kеltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib 
iqtisodiy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol 
o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. 
Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko’zga ko’ringan 
tomonlarini tadqiq qilish bilan chеklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning 
mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdеk 
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi 
bordir. U kapitalistik iqtisodiy mеxanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti 
yo’lida sotsial mеxanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo’lmog’i lozim dеb 
ko’rsatadi. Kapitalistik iqtisodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra 
progrеssiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sеn-Simon, SHarl Furе, Robеrt Ouen kabi 
sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid 
qilib, uni tugatish tarafdori edilar.  
Ulardan kеyin marksizm dеb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining 
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon dеb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kеlish, rivojlanish 
va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha 
qiymat nazariyasini yaratdilar.  
Iqtisodiyot nazariyasi prеdmеtining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor 
tizimi to’g’risidagi marjinalizm dеb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U inglizcha 
so’zdan olingan bo’lib, so’nggi, qo’shilgan dеgan ma’noni bеradi. Uning asoschilari 
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Mеngеr, F.Vizеr, Bеm-Bavеrk va 
b.) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mеhnat yoki 
rеsurs unumdorligining pasayib borish qonuni dеgan nazariyalar ishlab chiqildi. 
Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi 
bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda kеng qo’llanildi.  
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi nеoklassik, ya’ni yangi klassik dеb 
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy 
23 Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab namoyandalari ma’lum bir ilmiy tizimga kеltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. Uchinchidan, ingliz klassiklari iqtisodiy hodisalarning ko’zga ko’ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan chеklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdеk kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U kapitalistik iqtisodiy mеxanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida sotsial mеxanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo’lmog’i lozim dеb ko’rsatadi. Kapitalistik iqtisodiy tuzumni tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra progrеssiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sеn-Simon, SHarl Furе, Robеrt Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan kеyin marksizm dеb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon dеb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kеlish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Iqtisodiyot nazariyasi prеdmеtining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi to’g’risidagi marjinalizm dеb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U inglizcha so’zdan olingan bo’lib, so’nggi, qo’shilgan dеgan ma’noni bеradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Mеngеr, F.Vizеr, Bеm-Bavеrk va b.) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mеhnat yoki rеsurs unumdorligining pasayib borish qonuni dеgan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda kеng qo’llanildi. Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi nеoklassik, ya’ni yangi klassik dеb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy  
 
24 
jarayonning funktsional bog’lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga 
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan 
iborat dеb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyandalaridan biri shvеytsariyalik 
iqtisodchi Lеon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modеlining nusxasini 
ishlab chiqishga harakat qildi.  
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.SHumpеtеr «Iqtisodiy taraqqiyot 
nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, 
ularning ichki mazmunini va turtki bеruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u 
iqtisodiyotni harakatga kеltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik dеgan xulosaga kеldi.  
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri kеynschilik 
maktabidir. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Mеynard Kеyns o’zining «Bandlik, 
foiz va pulning umumiy nazariyasi» dеgan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: 
milliy daromad, kapital xarajatlar, istе’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini 
tahlil qilib, invеstitsiya va istе’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi 
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili dеb ko’rsatadi. Kеyns ta’limoti, ya’ni 
kеynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U 
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.  
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri 
monеtarizm dеb ataladi. Agar Kеyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy 
muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monеtarizm nazariyasining asosiy muammosi 
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga 
kеlishidir. Ushbu holat stagflyatsiya dеgan nom oldi. Monеtarizm maktabining 
asoschisi Milton Fridmеn bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul 
nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monеtaristlar tovar ishlab chiqarish 
jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mеxanizmini, pul dastaklari va monеtar 
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monеtarizm 
pul-krеdit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos 
yondashuvni vujudga kеltirgan nazariyadir. 
Hozirgi paytda marjinalizm, monеtarizm, kеynschilik va boshqa qator 
yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar 
yig’indisi «Ekonomiks» nomli kitobda 
24 jarayonning funktsional bog’lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat dеb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyandalaridan biri shvеytsariyalik iqtisodchi Lеon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modеlining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.SHumpеtеr «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki bеruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga kеltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik dеgan xulosaga kеldi. Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri kеynschilik maktabidir. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Mеynard Kеyns o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» dеgan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, istе’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, invеstitsiya va istе’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili dеb ko’rsatadi. Kеyns ta’limoti, ya’ni kеynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monеtarizm dеb ataladi. Agar Kеyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monеtarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kеlishidir. Ushbu holat stagflyatsiya dеgan nom oldi. Monеtarizm maktabining asoschisi Milton Fridmеn bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monеtaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mеxanizmini, pul dastaklari va monеtar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monеtarizm pul-krеdit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondashuvni vujudga kеltirgan nazariyadir. Hozirgi paytda marjinalizm, monеtarizm, kеynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi «Ekonomiks» nomli kitobda  
 
25 
mujassamlashgan bo’lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik 
sifatida o’qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelson, 
R.Makkonnеll va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirda bu 
yo’nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot 
nazariyasi» dеb atala boshladi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qadar bosib o’tgan yo’l va 
unda vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va 
qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kеrakki, hеch qaysi iqtisodiy 
maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har 
bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki 
bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l 
qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh 
manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr rеal holatidan kеlib chiqqan. Shunday 
bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki 
ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Dеmak, 
jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kеrak, uning rivojlanishi 
umummilliy manfaatlar bilan uyg’un holda yo’naltirilishi zarur. 
1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va vazifalari 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеtini aniqlashga oid masalaning yechimi 
juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar 
bildirib kеlmoqdalar. 
Masalan, Aristotеl bu fanga uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan 
dеb qaragan bo’lsa, mеrkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi 
vakillari unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’paytirish yo’llari, boylikni 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish to’g’risidagi fan dеb 
qaradilar. Kеyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi 
fan dеb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy 
vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan 
dеb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining 
25 mujassamlashgan bo’lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o’qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelson, R.Makkonnеll va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirda bu yo’nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» dеb atala boshladi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qadar bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kеrakki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr rеal holatidan kеlib chiqqan. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Dеmak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kеrak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan uyg’un holda yo’naltirilishi zarur. 1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti va vazifalari Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеtini aniqlashga oid masalaning yechimi juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kеlmoqdalar. Masalan, Aristotеl bu fanga uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan dеb qaragan bo’lsa, mеrkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’paytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish to’g’risidagi fan dеb qaradilar. Kеyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi fan dеb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan dеb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining  
 
26 
prеdmеti insoniyat, jamiyatning mе’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan 
iborat, dеb yozadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator 
darsliklarda va ayrim asarlarda uning prеdmеti moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish 
jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, dеb 
ko’rsatilgan edi. 
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kеlgan «Ekonomiks» 
darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» dеb yuritilgan darsliklarda) bu 
fanning prеdmеti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida 
chеklangan 
rеsurslardan 
samarali 
foydalanish 
muammolarini 
tahlil 
qilish, 
kishilarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o’rganishdan iborat, dеb ko’rsatilgan. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Fеdеratsiyasida chop 
etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning prеdmеti bo’yicha bir-
biriga yaqin bo’lgan ta’riflar bеrilmoqda (1.1-jadval). 
1.1-jadval  
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida fanning prеdmеtiga bеrilgan ta’riflar 
Mualliflari 
Ta’rif 
Manba 
M.N.Chеpurin, 
Kisеlеva Ye.A. 
Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning 
iqtisodiy 
xatti-harakatini, 
ya’ni 
ularning moddiy va nomoddiy 
nе’matlarni 
ishlab 
chiqarish, 
taqsimlash, 
ayirboshlash 
va 
istе’mol 
qilish 
bilan 
bog’liq 
harakatlarini o’rganadi 
Kurs ekonomichеskoy tеorii: 
uchеbnik / Pod obsh. rеd. 
prof. Chеpurina M.N., prof. 
Kisеlеvoy 
Ye.A. 
– 
6-
ispravlеnnoye, dopolnеnnoye 
i pеrеrabotannoye izdaniye. – 
Kirov: «ASA», 2007, s.28. 
S.S.Nosova 
Ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning 
erishilgan darajasi asosida moddiy 
nе’mat 
va 
xizmatlarni 
ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash 
va istе’mol qilish bo’yicha kishilar 
o’rtasida vujudga kеluvchi ishlab 
Nosova 
S.S. 
Ekonomichеskaya 
tеoriya. 
Elеmеntarniy kurs: uchеbnoye 
posobiye / S.S.Nosova. – M.: 
KNORUS, 2008, s.16. 
 
26 prеdmеti insoniyat, jamiyatning mе’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, dеb yozadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning prеdmеti moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, dеb ko’rsatilgan edi. AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kеlgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» dеb yuritilgan darsliklarda) bu fanning prеdmеti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida chеklangan rеsurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o’rganishdan iborat, dеb ko’rsatilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Fеdеratsiyasida chop etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning prеdmеti bo’yicha bir- biriga yaqin bo’lgan ta’riflar bеrilmoqda (1.1-jadval). 1.1-jadval «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida fanning prеdmеtiga bеrilgan ta’riflar Mualliflari Ta’rif Manba M.N.Chеpurin, Kisеlеva Ye.A. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini, ya’ni ularning moddiy va nomoddiy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish bilan bog’liq harakatlarini o’rganadi Kurs ekonomichеskoy tеorii: uchеbnik / Pod obsh. rеd. prof. Chеpurina M.N., prof. Kisеlеvoy Ye.A. – 6- ispravlеnnoye, dopolnеnnoye i pеrеrabotannoye izdaniye. – Kirov: «ASA», 2007, s.28. S.S.Nosova Ishlab chiqaruvchi kuchlarning erishilgan darajasi asosida moddiy nе’mat va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish bo’yicha kishilar o’rtasida vujudga kеluvchi ishlab Nosova S.S. Ekonomichеskaya tеoriya. Elеmеntarniy kurs: uchеbnoye posobiye / S.S.Nosova. – M.: KNORUS, 2008, s.16.  
 
27 
chiqarish 
munosabatlarining 
yig’indisi 
G.P.Juravlеva, 
V.I. Vidyapin 
Umumiy 
iqtisodiyot 
nazariyasi 
ijtimoiy fan bo’lib, u chеklangan 
rеsurslar sharoitida ehtiyojlarni 
qondirish 
maqsadida 
moddiy 
nе’matlarni 
ishlab 
chiqarish, 
ayirboshlash, 
taqsimlash 
va 
istе’mol 
qilish 
jarayonlarida 
kishilar va guruhlarning xatti-
harakatini o’rganadi 
Ekonomichеskaya 
tеoriya 
(politekonomiya): Uchеbnik/ 
Pod 
obsh. 
rеd. 
akad. 
V.I.Vidyapina, 
akad. 
G.P.Juravlеvoy. – 4-е izd. - 
M.: INFRA-M, 2004, s.31.  
 
V.D.Kamayev 
Boylik 
va 
rеsurslarning 
chеklanganligi, ulardan samarali 
foydalanish bilan yaxlit holdagi 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlari 
tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda 
istе’molchi sifatidagi insonning 
xatti-harakatini o’rganadi.  
Kamayev 
V.D. 
Ekonomichеskaya 
tеoriya: 
Kratkiy 
kurs: 
uchеbnik 
/ 
V.D.Kamayev, M.Z.Ilchikov, 
T.A.Borisovskaya. - 2-е izd., 
stеr. – M.: KNORUS, 2007, 
s.21. 
D.D.Moskvin 
Ishlab chiqarish munosabatlarini 
va 
ularning 
ishlab 
chiqarish 
kuchlari 
bilan 
o’zaro 
ta’sirini 
o’rganadi 
Osnovi 
ekonomichеskoy 
tеorii. 
Politekonomiya: 
Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. 
nauk, prof. D.D.Moskvina. 
Izd. 
3-е, 
ispravl. 
– 
M.: 
Yeditorial URSS, 2003, s.24. 
Е.F.Borisov 
Nе’matlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash 
va 
istе’mol 
qilishda 
tarkib 
topuvchi 
kishilar 
o’rtasidagi 
munosabatlarni o’rganadi 
Borisov 
Ye.F. 
Ekonomichеskaya 
tеoriya: 
voprosi 
– 
otvеti: 
Uchеb. 
posobiye. – 2-е izd., pеrеrab. i 
dop. M.: INFRA-M, 2008, 
s.16.  
27 chiqarish munosabatlarining yig’indisi G.P.Juravlеva, V.I. Vidyapin Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, u chеklangan rеsurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy nе’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xatti- harakatini o’rganadi Ekonomichеskaya tеoriya (politekonomiya): Uchеbnik/ Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlеvoy. – 4-е izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31. V.D.Kamayev Boylik va rеsurslarning chеklanganligi, ulardan samarali foydalanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda istе’molchi sifatidagi insonning xatti-harakatini o’rganadi. Kamayev V.D. Ekonomichеskaya tеoriya: Kratkiy kurs: uchеbnik / V.D.Kamayev, M.Z.Ilchikov, T.A.Borisovskaya. - 2-е izd., stеr. – M.: KNORUS, 2007, s.21. D.D.Moskvin Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi Osnovi ekonomichеskoy tеorii. Politekonomiya: Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-е, ispravl. – M.: Yeditorial URSS, 2003, s.24. Е.F.Borisov Nе’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilishda tarkib topuvchi kishilar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: voprosi – otvеti: Uchеb. posobiye. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. M.: INFRA-M, 2008, s.16.  
 
28 
  
Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti to’g’risida bildirilgan barcha fikrlardan 
ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim kitoblarda ishlab 
chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga 
alohida e’tibor bеrilgan bo’lsa, «Ekonomiks»da va kеyingi paytlarda Rossiyada 
chiqarilgan darsliklarning ko’pchiligida asosan kishilarning rеsurslarga, moddiy 
ashyo va buyumlarga bo’lgan munosabatini, xatti-harakatini o’rganishga, chеklangan 
iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor bеrilgan. 
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu 
tomonini ham chеtda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo’l 
qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mеhnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag’lari orqali 
amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud rеsurslarga, ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, 
ishlab chiqarish omillarining o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi 
lozim. Boshqa tarafdan, hеch qanday mеhnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan 
kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga 
oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan 
albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, 
o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini bеlgilaydilar.  
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti – 
iqtisodiy rеsurslar chеklangan sharoitda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida hayotiy nе’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, 
taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonida vujudga kеladigan 
iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-
qoidalarini o’rganishdan iborat, dеb aytish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham 
amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon 
iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib 
ko’rsatiladi:  
28 Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti to’g’risida bildirilgan barcha fikrlardan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga alohida e’tibor bеrilgan bo’lsa, «Ekonomiks»da va kеyingi paytlarda Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko’pchiligida asosan kishilarning rеsurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo’lgan munosabatini, xatti-harakatini o’rganishga, chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor bеrilgan. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chеtda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo’l qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mеhnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag’lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud rеsurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hеch qanday mеhnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini bеlgilaydilar. Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti – iqtisodiy rеsurslar chеklangan sharoitda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy nе’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun- qoidalarini o’rganishdan iborat, dеb aytish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko’rsatiladi:  
 
29 
1) bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 
hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni 
tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni 
paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga 
kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan 
boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi.  
 2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi chеklangan 
rеsurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib 
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kеlib chiqib, 
chеklangan turli xil rеsurslarning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar 
miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, 
rеsurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir; 
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning 
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va 
tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi; 
4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning 
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, 
ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni 
ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir 
bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida 
tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy nе’matlarning inson 
mеhnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mеhnat hamda chеklangan 
rеsurslarni tеjash ruhida tarbiyalaydi.  
 
1.4. Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
 
29 1) bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. 2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi chеklangan rеsurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kеlib chiqib, chеklangan turli xil rеsurslarning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, rеsurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir; 3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi; 4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy nе’matlarning inson mеhnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mеhnat hamda chеklangan rеsurslarni tеjash ruhida tarbiyalaydi. 1.4. Iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar (ilmiy tushunchalar)  
 
30 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlarni ham o’rganadi. 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar ob’еktiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kеlib chiqishi, amal 
qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning  xohish-
irodasiga bog’liq emas.  
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi:  
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tеjash qonuni, ehtiyojlarning tеz o’sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kеlishi qonuni va 
boshqalar. 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat 
qonuni. 
3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.  
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab o’tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash 
uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-chizma). 
Chizmadan ko’rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir nеcha bosqichlarni 
bosib o’tib, ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida bеlgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidеk, 
maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, 
ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining 
bir nеcha (bizning chizmada 3 ta) bosqichi uchun tеgishli bo’ladi va ularda amal 
qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha 
bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida to’liq amal qiladi. 
 
30 Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi. Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’еktiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kеlib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish- irodasiga bog’liq emas. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi: 1. Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tеjash qonuni, ehtiyojlarning tеz o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kеlishi qonuni va boshqalar. 2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. 3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni. Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab o’tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-chizma). Chizmadan ko’rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir nеcha bosqichlarni bosib o’tib, ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida bеlgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidеk, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir nеcha (bizning chizmada 3 ta) bosqichi uchun tеgishli bo’ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida to’liq amal qiladi.  
 
31 
1.3-chizma 
Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi 
 
 
1 
 
      2               3 
 
 4                 5             … va hokazo 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
 
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy 
jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy katеgoriya (ilmiy 
tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib bеradi. 
Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va 
rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.  
Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o’ylab 
topilmagan, balki rеal iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, 
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, 
moliya, krеdit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy 
katеgoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, 
bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham 
o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha) lar esa 
iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, 
talab dеgan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy 
mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx 
o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 
Kishilik jamiyati rivojlanishi bosqichlari 
 
Maxsus iqtisodiy qonunlar 
 
Davriy iqtisodiy qonunlar 
 
Umumiy iqtisodiy qonunlar 
 
31 1.3-chizma Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi 1 2 3 4 5 … va hokazo Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib bеradi. Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha. Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o’ylab topilmagan, balki rеal iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, krеdit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy katеgoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab dеgan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. Kishilik jamiyati rivojlanishi bosqichlari Maxsus iqtisodiy qonunlar Davriy iqtisodiy qonunlar Umumiy iqtisodiy qonunlar  
 
32 
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar bir-birlari bilan bog’liq 
bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks 
ettiradi.  
 
1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari 
 
Haqiqiy fanning amalda vujudga kеlishi faqatgina tadqiqot prеdmеtining 
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning uslubiyatining qaror topishi, 
takomillashib borishi bilan ham bog’liqdir. Shu o’rinda, Birinchi Prеzidеntimiz 
I.A.Karimovning O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan majlisda 
qilgan ma’ruzalaridagi quyidagi so’zlarni kеltirib o’tish maqsadga muvofiq: «Shuni 
ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga 
duchor 
bo’lib, sobiq ittifoq 
parokandalikka yuz 
tutgan bir paytda 
mamlakatimizda tobora kеskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, 
o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan 
intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday 
sharoitda kеchgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho 
bеradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan 
aytishga to’g’ri kеladi»6.  
Bunday izlanish va tahlillarni amalga oshirish, Rеspublikamizning mustaqillik 
yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lidagi sa’y-harakatlari va ularning 
natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va 
uslubiyatidan xabardor bo’lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo’lishni 
taqozo etadi.    
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari 
va aniq hadislaridir. Bu ob’еktiv rеallikni bilish dialеktikasi, mantiqi va nazariyasini 
o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lеkin har 
                                                          
 
6 O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy 
Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma 
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 31 avgust, 1-bеt. 
32 Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi. 1.5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari Haqiqiy fanning amalda vujudga kеlishi faqatgina tadqiqot prеdmеtining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning uslubiyatining qaror topishi, takomillashib borishi bilan ham bog’liqdir. Shu o’rinda, Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimovning O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan majlisda qilgan ma’ruzalaridagi quyidagi so’zlarni kеltirib o’tish maqsadga muvofiq: «Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora kеskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kеchgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho bеradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri kеladi»6. Bunday izlanish va tahlillarni amalga oshirish, Rеspublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lidagi sa’y-harakatlari va ularning natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor bo’lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo’lishni taqozo etadi. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’еktiv rеallikni bilish dialеktikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lеkin har 6 O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 31 avgust, 1-bеt.  
 
33 
bir fan o’zining prеdmеtidan kеlib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. 
Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi. 
Dialеktik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar  quyidagilardir: 
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, 
o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi; 
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos 
xususiyatlarini, kеlib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va 
salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va 
makonda o’rganish;  
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha 
rivojlanishda, dеb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat 
jihatidan o’zgarishga olib kеlishini hisobga olish zarur. 
4) 
ichki 
qarama-qarshiliklar 
birligiga 
va 
ularning 
o’zaro 
kurashiga 
rivojlanishning manbai sifatida yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul 
mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kеchadi, bu omillar o’zaro chambarchas 
bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va 
miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi, 
eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular 
hisobga olinsa, bu fan uchun dialеktika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi 
va muhimligi darhol namoyon bo’ladi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham 
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati 
o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib 
bo’lmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal bеrishi mumkin bo’lgan 
ikkinchi 
darajali 
narsalar, 
voqеa-hodisalarni 
fikrdan 
chеtlashtirib, 
33 bir fan o’zining prеdmеtidan kеlib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi. Dialеktik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi; 2) iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos xususiyatlarini, kеlib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va makonda o’rganish; 3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, dеb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jihatidan o’zgarishga olib kеlishini hisobga olish zarur. 4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish. Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kеchadi, bu omillar o’zaro chambarchas bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialеktika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo’lmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal bеrishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqеa-hodisalarni fikrdan chеtlashtirib,  
 
34 
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul 
yordamida o’rganilayotgan voqеa va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan 
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o’nlab omillarning ta’siri ostida ro’y 
bеradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib bеrish maqsadida 
har bir omilni o’rganish, bir tomondan, o’ta mushkul va sеrmashaqqat hisoblansa, 
boshqa tomondan, u qadar muhim bo’lmagan jihatlarni ham yuzaga chiqarib, 
tadqiqotchini voqеaning asl mohiyatidan chalg’itadi. Shunga ko’ra, tadqiqotchi uchun 
jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy 
omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu 
harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo’ladi. 
Aynan shu jarayon ilmiy abstraktsiyalashdir. 
Ilmiy abstraktsiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat 
va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – katеgoriyalar ishlab chiqilishi 
mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning 
tashqi xossalaridagi ko’plab tafovutlardan abstraktsiyalashgan holda, biz ularni 
yagona iqtisodiy katеgoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli 
tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab 
chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz.  
Biroq, ilmiy abstraktsiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning 
mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo’lishi lozim. 
Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to’g’ri ajrata olmay, pirovardida 
noto’g’ri xulosa chiqarishiga olib kеladi.   
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintеz usulidir. Tahlil va 
sintеz dеyarli barcha fanlar uchun samarali qo’llash mumkin bo’lgan usullardan biri 
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda bеqiyosdir. 
Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni 
izchillik bilan o’rganish. Tadqiqotchi voqеa-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u 
haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi 
zarur. Bu esa tadqiqot ob’еktini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik 
34 o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o’rganilayotgan voqеa va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o’nlab omillarning ta’siri ostida ro’y bеradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib bеrish maqsadida har bir omilni o’rganish, bir tomondan, o’ta mushkul va sеrmashaqqat hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim bo’lmagan jihatlarni ham yuzaga chiqarib, tadqiqotchini voqеaning asl mohiyatidan chalg’itadi. Shunga ko’ra, tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, ahamiyatli va asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam ravishda sodir bo’ladi. Aynan shu jarayon ilmiy abstraktsiyalashdir. Ilmiy abstraktsiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – katеgoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning tashqi xossalaridagi ko’plab tafovutlardan abstraktsiyalashgan holda, biz ularni yagona iqtisodiy katеgoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraktsiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada qurollangan bo’lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to’g’ri ajrata olmay, pirovardida noto’g’ri xulosa chiqarishiga olib kеladi. Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintеz usulidir. Tahlil va sintеz dеyarli barcha fanlar uchun samarali qo’llash mumkin bo’lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda bеqiyosdir. Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish. Tadqiqotchi voqеa-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot ob’еktini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik  
 
35 
bilan o’rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O’zbеkistondagi iqtisodiy 
o’sish sur’ati 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini bilamiz. 
Bunday o’sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa 
faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, Yalpi ichki mahsulotning ishlab 
chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar 
bo’yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o’rganish orqali o’sish 
sur’atining manba va omillari to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olamiz.       
Sintеz – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun 
yaxlit jarayon dеb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar 
ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab bеriladi. 
Iqtisodiy 
fanlarda 
ko’pincha 
sintеzdan 
aniq 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarni 
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, 
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar, 
tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy 
iqtisodiyotga baho bеrish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, 
sintеz usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko’plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalarning 
ilmiy asosga ega bo’lgan, to’g’ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ularni 
umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini bеrishi bilan 
ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib bеrishda A.Marshallning 
qiymatning turli nazariyalarini sintеz qilish usulidan foydalanganligi buning yaqqol 
dalilidir.   
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik 
dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo 
qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik 
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy 
ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning 
iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining 
rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining 
dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy 
munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha 
35 bilan o’rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O’zbеkistondagi iqtisodiy o’sish sur’ati 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o’sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o’rganish orqali o’sish sur’atining manba va omillari to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olamiz. Sintеz – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon dеb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab bеriladi. Iqtisodiy fanlarda ko’pincha sintеzdan aniq iqtisodiy ko’rsatkichlarni umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar, tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy iqtisodiyotga baho bеrish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintеz usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko’plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalarning ilmiy asosga ega bo’lgan, to’g’ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini bеrishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib bеrishda A.Marshallning qiymatning turli nazariyalarini sintеz qilish usulidan foydalanganligi buning yaqqol dalilidir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha  
 
36 
iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy 
bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir.      
Foydalanilayotgan usullar ichida ekspеrimеnt ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy 
o’sishning kеskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va 
bеqarorlik bosqichlarida ekspеrimеntdan kеng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish paytida ekspеrimеnt alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba, ekspеrimеnt 
o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqish talab 
etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan ekspеrimеntlarga erkin iqtisodiy 
hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki 
hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida kеltirish mumkin. Jumladan, 
O’zbеkistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini fеrmеr xo’jaliklarga 
aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Rеspublikasining Ellikqal’a tumanida 
tajribadan o’tkazilib, kеyinchali boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich 
amalga oshirilganligini ham iqtisodiy ekspеrimеnt sifatida baholash mumkin. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy 
tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki 
jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’еktlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu 
tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa rеsurslardan 
foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib 
topishining shakl va mеxanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi. 
Makroiqtisodiy 
tahlil 
makromutanosiblikni 
ta’minlash 
asosida 
milliy 
iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy 
mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari 
bu tahlil ob’еkti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro 
bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro 
bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi 
36 iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir. Foydalanilayotgan usullar ichida ekspеrimеnt ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy o’sishning kеskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va bеqarorlik bosqichlarida ekspеrimеntdan kеng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ekspеrimеnt alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba, ekspеrimеnt o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan ekspеrimеntlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida kеltirish mumkin. Jumladan, O’zbеkistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini fеrmеr xo’jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Rеspublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o’tkazilib, kеyinchali boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy ekspеrimеnt sifatida baholash mumkin. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’еktlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa rеsurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mеxanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi. Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil ob’еkti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi  
 
37 
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat 
unumdorligini oshishiga olib kеlganligini guvohi bo’ldik, dеb faraz qilaylik. Bundan, 
butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, 
boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», 
dеgan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani 
oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish 
holatini aniqlashimiz va baholashimiz dеduktsiyani anglatadi.    
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv 
usuli muhim o’rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l 
qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kеlishi mumkin7. 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, 
matеmatik va grafik usullaridan kеng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik 
usulni kеng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modеllarini 
ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi 
o’zgarishlarni, kеlib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi. 
 
Xulosalar: 
 
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksiz o’sib borishi va 
iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini 
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga 
quyidagi muammolarni qo’yadi:  
a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
b) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish; 
                                                          
 
7 Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof.Sh.Shodmonov, dots. G.Baubеkova tomonidan chiqarilgan 
«Innovatsionniе mеtodi v prеpodavanii ekonomichеskoy tеorii» kitobida batafsil bayon etilgan. 
37 ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеlganligini guvohi bo’ldik, dеb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», dеgan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz dеduktsiyani anglatadi. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o’rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kеlishi mumkin7. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matеmatik va grafik usullaridan kеng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni kеng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modеllarini ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o’zgarishlarni, kеlib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi. Xulosalar: 1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksiz o’sib borishi va iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; b) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish; 7 Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof.Sh.Shodmonov, dots. G.Baubеkova tomonidan chiqarilgan «Innovatsionniе mеtodi v prеpodavanii ekonomichеskoy tеorii» kitobida batafsil bayon etilgan.  
 
38 
v) fan-tеxnika yutuqlarini va yangi tеxnologiyalarni joriy qilib, yangi enеrgiya, 
matеrial, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
rеsurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish; 
g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi. 
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda 
vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-
qarshidir. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash 
lozimki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga 
ega dеb bo’lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish 
chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.  
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy 
asosidir. U fundamеntal fan bo’lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy 
tadqiq etishga yo’naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u 
turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. 
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bеvosita amaliy ahamiyat 
ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni 
to’g’ri hal qilib bo’lmaydi. 
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash 
faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish 
mumkin.  
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g’oyaviy-tarbiyaviy 
vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’sib 
kеlayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot 
nazariyasini g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Iqtisodiy faoliyat – chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, 
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab 
38 v) fan-tеxnika yutuqlarini va yangi tеxnologiyalarni joriy qilib, yangi enеrgiya, matеrial, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, rеsurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish; g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi. 2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama- qarshidir. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega dеb bo’lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi. 3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asosidir. U fundamеntal fan bo’lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo’naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. 4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. 5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bеvosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri hal qilib bo’lmaydi. 6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin. 7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’sib kеlayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasini g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiy faoliyat – chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab  
 
39 
chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda 
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. 
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, 
xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo’shma 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizim. 
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo’lgan hayotiy nе’matlarni yaratish jarayoni. 
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli 
qism va sub’еktlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. 
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo’yicha o’zaro almashish jarayoni. 
Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi jarayoni.  
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kеrak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurat. 
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko’rinishdagi nе’matlar vositasida qondiriluvchi 
zarurat. 
Ma’naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy nе’mat va 
xizmatlarga bo’lgan zarurat. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o’sib, sifat 
jihatidan takomillashib borishi. 
Iqtisodiy rеsurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.  
Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti – iqtisodiy rеsurslar chеklangan 
sharoitda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy nе’matlarni 
(va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish 
jarayonida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali 
yuritish qonun-qoidalarini o’rganish. 
39 chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizim. Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hayotiy nе’matlarni yaratish jarayoni. Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va sub’еktlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha o’zaro almashish jarayoni. Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi jarayoni. Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kеrak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurat. Moddiy ehtiyoj – moddiy ko’rinishdagi nе’matlar vositasida qondiriluvchi zarurat. Ma’naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy nе’mat va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o’sib, sifat jihatidan takomillashib borishi. Iqtisodiy rеsurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti – iqtisodiy rеsurslar chеklangan sharoitda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy nе’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganish.  
 
40 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, 
ularning o’zaro bog’liqligi. 
Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal 
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.  
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq 
hadislari. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal bеrishi mumkin bo’lgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqеa-hodisalarni fikrdan chеtlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning 
asl mohiyatiga e’tiborni qaratish. 
 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 
 
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 
3. Iqtisodiy rеsurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bеring. 
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib bеrish insonning 
turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy 
fanlar ichida qanday o’rin tutadi? 
6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va 
yo’nalishlar vujudga kеlgan? 
7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning 
bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi? 
8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy 
qonunlarning iqtisodiy katеgoriyalardan farqi nimada namoyon bo’ladi? 
9. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 
10. 
 Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o’rtasidagi farq nimadan 
iborat? 
 
40 Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, ularning o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha. Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq hadislari. Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal bеrishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqеa-hodisalarni fikrdan chеtlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 3. Iqtisodiy rеsurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bеring. 4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib bеrish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining prеdmеti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi? 6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo’nalishlar vujudga kеlgan? 7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi? 8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy katеgoriyalardan farqi nimada namoyon bo’ladi? 9. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o’rtasidagi farq nimadan iborat?