“IQTISODIYOT VA MENEJMENT” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
67,5 KB
1
“IQTISODIYOT VA MENEJMENT” FANINING MAZMUNI, PREDMETI
VA METODI
Reja:
1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida.
2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi.
3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari.
4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa fanlar
bilan bog‘liqligi.
5. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizaniyalash sharoitiga va
islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha talablarga xos vazifalari.
2
Tayanch so‘z va iboralar: fan, predmet, ob’ekt, iqtisodiy qonunlar, boshqa fanlar
bilan aloqasi, ishlab chiqarish, menejment, menejer.
1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida.
“Iqtisodiyot va menejment” fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat
hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish,
tahlil qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi.
«Iqtisodiyot» atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda
odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga o‘z vaqtida
A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb
atagan.
“Iqtisodiyot” iborasi nimani anglatadi? P. Samauelson fikricha iqtisodiyotning
klassik talqini shundaki, iqtisodiyot – ma’lum xildagi, cheklangan resurslardan foydali
mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni turli guruhdagi kishilar o‘rtasida taqsimlash
uchun jamiyat, ulardan qanday foydalanish kerakligi haqidagi fandir.
«Iqtisodiyot» fan sifatida - tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida
vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil
qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham,
butun jamiyat uchun ham zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning katta
qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Agar «Iqtisodiyot» normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy
siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi
hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.
Bozorda o‘rin egallashga intiluvchi sub’ektning menejmentida kamida uchta
ketma-ket bosqich bajarilishini ta’minlash lozim:
• sub’ektning bozorda o‘rnashib qolish va moslashuvchanligi;
• sub’ektning barqaror muvozanatga erishishi;
3
• sub’ekt ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini ta’minlash.
“Menejment” (ing. management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) –
bu:
- ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo‘yicha, ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi
amaliy faoliyat;
- boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va
shakllarining majmuasi;
- mamlakatimizning
hozirgi
zamon
amaliyotida
korxona,
aksiyadorlik
jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.
Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti bu kichik va yirik korxonalar bo‘lib, ular turli
mulk shakliga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona
to‘g‘risida” gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning,
moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda
mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan korxonalar
“elkasi” ga yuklatilmoqda.
Korxona iqtisodiyotning bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar
mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menejment qo‘llanib, resurslardan
oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari
hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini
saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad (foyda)ni maksimallashtirish
deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi
Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. Shunday ob’ektning
bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim
shartidir. «Iqtisodiyot va menejment» fani ham o‘z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti
umuman sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu
fanning ob’ekti hisoblangan “Sanoat“ haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati
tug‘iladi.
4
Sanoat - bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik
(borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni
ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish
kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir.
Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)
da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor
va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham
bo‘lgan.
O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib
o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“Ona qornidagi sanoat“), so‘ngra, hunarmandchilik,
ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan.
Bu yerda hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik,
toshtarashlik, binokorlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, to‘quvchilik va
tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik,
bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.
Bu yerda hunarmandchilik (“Xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan
ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O‘zbekiston hududida anchagina
hunarmandchilik markazlari tashkil topgan.
IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha
Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi
matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII
asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan
hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz
kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida
ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib, O‘zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga
yaqin turi rivoj topgan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi
artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga
aylantirilgan.
XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro‘y bergan Sanoat to‘ntarilishidan
keyin O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish
5
boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash,
ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
XX asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom
ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning
vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei
ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda
ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida gap yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina
mehnatkashlar ommasining birlashuviga, jipslashuviga va istiqlolni himoya qilishga,
mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin.
Ana shu fikrni O‘zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi
respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining, milliy daromadning asosiy qismini bunyod
etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol
ishtirok etayotir.
O‘zbekiston respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan
mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkashning va insonlar
munosabatining yuksak normalari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror
toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi hislatlari bir butun bo‘lib
mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining
madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi
va tajribasining tinmay oshib borishidir.
O‘zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ishlab chiqarish malakasi
va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini ko‘rish mumkin.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy bazasi, el-yurtda tinchlik va
barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini,
6
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekiston davlati
mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy
intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida
o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy
resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalinish imkoniyatlari
yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa og‘ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustriallashtirish
muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy-texnika bazasini
qaytadan qurish ishini o‘zbek halqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan,
uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki bu sohalar O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori
bo‘lib hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab
chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari-ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va
kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishni
ta’minlovchi
buyuk
harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat
sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning
yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi
mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning
boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning
samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo,
sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.
3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari.
“Iqtisodiyot va menejment” fanning maqsadi talablarga bozor iqtisodiyoti
sharoitiga ishlab chiqarish va oqimli jarayonni tashkil etish, yangi texnikaning
samaradorligini aniqlash usullarini tanlash, mehnatni ilmiy tashkil etish,
7
me’yorlashtirish, korxona aktivlarini boshqarish, biznes-reja va uning asosiy
ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda fanning predmetini o‘rgatish quyidagi
vazifalarni o‘z ichiga oladi:
• yengil sanoat korxonalarini boshqarish strategiyasi, taktikasining mohiyati,
mazmuni na xususiyatlarini o‘rganish;
• korxonada yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, korxonani boshqarishning
mezonlari, o‘lchovlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
• yengil sanoat korxonalarida fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash;
• yengil sanoat korxonalari asosiy na aylanma fondlaridan samarali foydalanish
yo‘llarini izlab topish;
• korxonalar mahsulot sifatini oshirish imkoniyatlarini baholash;
• korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini izlab
topish;
• yengil sanoat korxonalarida samarali boshqaruv usul va uslublarini o‘pganish;
• yengil sanoat korxonalarida samarali moliyaviy menejment asoslarini o‘rganish;
• biznes rejaning firma faoliyatini rejalashtirishdagi ahamiyatini baholash;
• ishlab chiqarish rejasi bo‘limini vazifalari va tarkibini o‘rganish;
• yengil sanoat korxonalari ishlab chiqarish qunvvatini hisoblash;
• yengil sanoat korxonalarida tashkiliy rejaning asosiy na vazifalari na uni tuzish
yo‘llarini o‘rganish;
• yengil sanoat korxonalarida xarajatlarni hisoblash uslubini o‘rganish.
• yengil sanoat korxonalari moliya rejasini tuzish uslubini o‘rganish.
Fanning bozor iqtisodiyotiga va islohotlariga mos vazifalari.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifalari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash imkonini
8
beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil ravishda amalga oshiriluvchi tub
o‘zgarishlar, chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich va
natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashuvi darajasi.
Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi – iqtisodiyotni rivojlantirish natijalarining
bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
Makroiqtisodiy muvozanat – iqtisodiyot turli tomonlarining o‘zaro tengligi
bo‘lib, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo‘ladi.
Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari
va usullari majmuasi tushuniladi. Shu fan bo‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot
mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning
haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish
metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya –
bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari
majmuasidir.
Iqtisodiyot tarmog‘ining yetakchi sohasi bo‘lgan yengil sanoatda ro‘y beradigan
barcha hodisa va o‘zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni – haqiqatni bilishning,
ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday
uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va irmoqlari hamda korxonalarida ro‘y
beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini,
ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkichdan sifat
ko‘rsatkichga o‘tishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.7
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning
namoyon bo‘lishi va yuz berishi, ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini
inobatga olishni taqozo etadi.
“Iqtisodiyot va menejment” fani va ilmining barcha muammolarini o‘rganishda
unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli
narsa – bu asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi
ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday
9
bosqichlardan o‘tganligi nuqtai nazaridan qarab ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday
bo‘lib ro‘y berganligiga e’tibor qaratish zarur.
“Iqtisodiyot va menejment” fanining eng muhim muammolarini o‘rganishda
quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt
tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar
(sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul,
ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni
aniqlash, “Aqliy xujum“, tajribaviy usullar kiradi.
Bozor iqtisodiga o‘tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o‘zgardi,
ya’ni tuzilmaviy o‘zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlik qilishning iqtisodiy va
ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat ishlab
chiqarishning taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning o‘ziga xos, o‘ziga
mosligini hisobga olgan holda u yoki bu omillar, shart-sharoitlar ahamiyatini va rolini
dinamikada hisobga olish kerak bo‘ladi.
“Iqtisodiyot va menejment” fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va
boshqa bir qator usullar yordamida o‘rganish, tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning
va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini
kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.
Har qanday fan kabi “Iqtisodiyot va menejment” fani ham eng avvalo, bilish
vazifasini bajaradi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchini sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy
bilim va ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir-asrorlarini bilib olishga;
ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni
tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini bilib
olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim
va ko‘nikma beradi. Demak, “Iqtisodiyot va menejment”ning bilish, nazariy vazifalari
bilan uning amaliy vazifalari ham mavjuddir. Shu tufayli har bir iqtisodchi mavjud
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunishi, ularni to‘g‘ri
hisoblash va aniqlashni bilishi, ular dinamikasidan tegishli xulosa chiqarishi kerak
bo‘ladi.
10
4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi.
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini,
natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish,
xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo‘lish,
ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal
etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z
vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1-rasm).
11
1-rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi.
Иқтисодий фанлар тизими
Тармоқ иқтисодий фанлари
Саноат иқтисодиёти
Қишлоқ хўжалиги
иқтисодиёти
Қурилиш иқтисодиёти
Транспорт иқтисодиёти
Соф иқтисодий фанлар
Сиёсий иқтисод
Иқтисодий фанлар тарихи
Иқтисодий таълимотлар тарихи
Иқтисодий назария
Экономикс ва
янги махсус фундаментал фанлар
мажмуаси
«Макроиқтисодиёт»
«Микроиқтисодиёт»
«Жаҳон иқтисодиёти»
«Туризм иқтисодиёти»
Корхона иқтисодиёти
Функционал
тармоқлараро фанлар
Молия ва кредит
Статистика
Иқтисодий
статистика
Бухгалтерия ҳисоби ва
аудит
Меҳнат иқтисодиёти ва
социологияси
Менежмент
Маркетинг
12
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi –
Umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi –
Xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona
(firma) iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo “Iqtisodiy
nazariya“ fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va
umum iqtisodga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun va qoidalarni
o‘rganadi.
Iqtisodiy nazariya – insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab
chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro alohida o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati
taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda
foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim
tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish,
ro‘y berish shakllarini va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan konkret, aniq
iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri “Iqtisodiyot va
menejment” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy
qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo‘lishini, ro‘y berishini,
tuzilmaviy o‘zgarishlarning “falsafasini”, boshqarishning ilmiy asoslarini,
rejalashtirish va prognozlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va
turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning
boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
“Iqtisodiyot va menejment” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas
bog‘langan. Ular jumlasiga “Ekonomiks”, “Iqtisodiy nazariya”, “Makro va
Mikroiqtisodiyot”, “Statistika”, ayniqsa “Iqtisodiy statistika”, “Mehnat iqtisodi”,
“Marketing”, “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya-kredit” va
“Bozor iqtisodiyoti” va boshqa bir qator fanlar kiradi.
“Iqtisodiyot va menejment” kursi “Korxona iqtisodi” fani bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy-
texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib
13
topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi
usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan,
odatga ko‘ra, makroiqtisod va mikroiqtisodni farqlaydilar.
«Makroiqtisod» fani iqtisodni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy)
talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish
jarayonlarini tadqiq etadi, hukumat byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishiga,
inflyatsiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan
makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini
o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisod» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya
bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo‘jaligi kabi alohida sub’ektlar va
tuzilmalarning fe’l – atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish
hajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi
jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
“Iqtisodiyot va menejment” fani «Moliya-kredit» fani bilan ham bevosita
bog‘liqdir. Chunki moliyaviy resurslar harakatining jarayoni bo‘lib, xo‘jalik
sub’ektlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni va moliyaviy resurslarni
boshqarishga yo‘naltirilgan.
“Iqtisodiyot va menejment” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita
bog‘liqdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment
nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin.
«Menejment» fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va
ishchan qarorni qabul kilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda iqtisodiyotda texnika va
texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan
ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir.
Shunday qilib “Iqtisodiyot va menejment” fanining predmeti deganda
jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada
14
namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va
buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga
erishishni ta’minlab beradigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.
5. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizaniyalash sharoitiga
va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha talablarga xos vazifalari.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng asosiy jihat – bu
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnika va texnologik
yangilashdan iboratdir. Bunday sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotini, uning tarmoq
korxonalari va tashkilotlarini, barcha iqtisodiyot sub’ektlarini, hatto kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini boshqarishda menejment madaniyati va ahloqidan
oqilona ravishda foydalanish zarurdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning
tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga
ko‘ra, hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq
etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak,
odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan,
iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi:
«Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi
talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirish.
Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi»1.
Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo‘lib, bugungi kunda
uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy
etgan
jamiyatga
aylanishini
ta’minlovchi
ijtimoiy-tarixiy
jarayon.
Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.
Nureev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar
1 http://ekonomic.doco.ru/?id=797665467.