IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING ROLI
MUNDARIJA:
Kirish
1-BOB. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN BOSHQARISHNING
NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning nazariy asoslari
1.2. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning byudjet soliq siyosati va pul kredit
vositalari
2-BOB.
O’ZBEKISTON
IQTISODIYOTINI
TARTIBLASHDA
DAVLATNING ROLI.
2.1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariy
yondashuv va qarashlari
2.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari
2.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
2.4. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston Hukumati tashabbusi bilan amalga
oshirilayotgan tub islohotlar strategik istiqbolda barqaror iqtisodiy oʻsishni
taʼminlashga qaratilgan.
Mavzuning maqsadi: Bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan
aniqlanayotgan va butun xalqimiz tomonidan oshkora muhokama etilayotgan
muammolarning chuqurligi ularni tezlik bilan bartaraf etish uchun barcha mavjud
imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi. Shubhasiz, strategik boshqaruvning ilmiy
asoslangan vositalarisiz oldimizga qoʻyilgan maqsadlarni roʻyobga chiqarishning
imkoni yoʻq.
Mavzuning vazifalari: Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishda
muvaffaqiyatli zamonaviy davlatning izchil rivojlanishini jamiyatning ustuvor
yoʻnalishlari boʻyicha chuqur oʻylangan strategiyasiz tasavvur qilish mumkin
emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani bejiz emas. Ijrosi besh
bosqichga boʻlingan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu
hujjat loyihasi milliy qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy
tajriba tahlili asosida ishlab chiqilgan.
Strategiya davlat boshqaruvini har tomonlama isloh qilish, jamiyat qurilishini
takomillashtirish,
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish,
pirovardida,
mamlakatimizni
tubdan
modernizatsiya
qilishga
qaratilgan.
Strategik
boshqaruvning ilmiy asoslari – bugungi kunda iqtisod fanlarining muhim
sohalaridan biridir. Chunki tarmoq va korporativ darajada, hududlar va yirik
megapolislarda rivojlangan mamlakatlarning davlat boshqaruviga doir tajribasini
umumlashtiradi va tartibga soladi.
Butun insoniyat tarixida iqtisodiyotga qiziqish, lining qanday soha ekanligini
tushunib yetishga katta e’tibor qaratilgan. Jamiyat hayotida haqiqatdan ham
3
“iqtisod” so’zi ko’pdan-ko’p uchraydi, ayrim hollarda esa awal iqtisod, so’ngra
siyosat tushunchasini ishlatadilar.
Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida liamislia qonun-qoidalar yotadi.
Bu qonun-qoidalarga amal qilish iqtisod hayotning rivojlanishiga ko’maklashadi,
ya’ni ulardan to’g’ri foydalanishsa ijobiy va aksincha, noto’g’ri foydalanilganda
esa salbiy natija berishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning, iqtisodiy hodisa va jaroyonlaming turli
asosiy tomonlari o’rtasida doimiy takrorlanib turuvchi barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ulaming uzviy bog’liqligini ifodalaydi.
Tabiiy qonunlar insonlar ongiga, irodasiga bog’liq boTmagan holda kishilik
jamiyati bo’lmasa ham amal qilaveradi, bir so’z bilan aytganda bu qonunlar
“Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish,,ning ildizi va tak-tomiri hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish
borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib,
bozor mexanizmining amal qilishiga ko'maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib,
aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko'radi. Bozor
iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko'zlangan asosiy maqsad bozor
munosabatlarini muayyan va ma'lum yo'nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy
taraqqiyot sur'atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish
choralarini ko'rishdan iboratdir.
4
1-bob. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning nazariy asoslari.
1.1. Iqtisodiyotni tartibga solishning nazariy asoslari
Merkantilizm kapitalni dastlabki jam g‘arilishi davriga xos bo'lib, savdo
burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkanlilizmga ikki xususiyat xosdir: 1)
boyiik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha ko'p pulga ega ho’Isa, u shuncha
badavlat hisoblanadi) 2) davlat hokimiyati yordamida pul boyliklarini iamg'arishga
crishish mumkin.
Keyns o ‘zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda
samarah talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo‘lgan davrda klassiklar
tom onidan Sey qonuni qabul qilingan bo‘lib, unga muvotiq taklif o'z talabini
yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o ‘z taklifini yuzaga keltirishi
g‘oyasini ilgari surdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko’plab iqtisodchilar
turli fikrlarni bildirganlar. Ya‘ni, bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy
muammolarni hal eta olmaslik holatini ko’rsatadilar. Bular ma‘lum ma‘noda
to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta‘sirining ob‘ektiv zarurligini eng
avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob‘ektiv asosi bo’lib ham
milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining
rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu
jarayon quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi
yanada kuchayadi;
-ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida
xo’jalik birliklarining mayda bo’laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
-ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o’sadi;
-turli iqtisodiy mintaqalar o’rtasidagiiqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi
jadallashadi.
5
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat
a‘zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab
chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy
iqtisodiy muvozanatga erishiga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyat tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solish mexanizmi to’g’risida to’laroq
tasavvurga ega bo’lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari
hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida
va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga
moslashtirish hisoblanadi.
Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo’jaliklarning tarmoq va
mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni
bajarish lozim.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab
chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular
jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va
mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya
qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning
quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi:
1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy
asos va ijtimoiy muhitni ta‘minlash;
2) Raqobatni himoya qilish;
3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) Resurslarni qayta taqsimlash;
5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
o’sishni rag’batlantirish.
6
Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat
bo’ladi.
Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti
hisoblangan huquqiy asosni ta‘minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Buning
uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy
mulkchilik huquqini ta‘minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash;
korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar.
Davlat ijtimoiy muhitni ta‘minlaydi, ya‘ni ichki muhitni tartibga soladi,
daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi,
iqtisodiyotda to’liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, ya‘ni xususiy va
davlat sarflarining hajmi yetarli bo’lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar
va xizmatlarga o’z xarajatlarini ko’paytiradi, xususiy sektorning sarflarini
rag’batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
7
1.2. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning byudjet soliq siyosati va pul kredit
vositalari
Davlat ijtimoiy muhitni ta‘minlaydi, ya‘ni ichki muhitni tartibga soladi,
daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi,
iqtisodiyotda to’liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, ya‘ni xususiy va
davlat sarflarining hajmi yetarli bo’lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar
va xizmatlarga o’z xarajatlarini ko’paytiradi, xususiy sektorning sarflarini
rag’batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan
foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Bevosita ta‘sir qilish usullari;
2. Bilvosita ta‘sir qilish usullari;
3. Tashqi iqtisodiy usullar.
Ma‘lumki, markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda
dvlatning qitisoiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun
bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda, iqtisodiy jarayonlarni bilvosita
tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda
iqtisodiyotning
davlat
sektori
mavjud.
Davlat
sektorini
boshqarish
mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali
shakllanadi:
1) Ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan
tomon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba‘zi hollarda
yaxlit tarmoqlarni barpo etish;
3) Davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va
apralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Bu uchinchi yo’l ustun ravishda
amal qilmoqda.
8
O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi,
umumiy hajmga nisbatan foizdа
1-jadval
Ko’rsatkichlar
Yillar
2015
2016
2017
2018
2019
Yalpi ichki mahsulot
24,2
24,2
22,2
20,7
20,6
Sanoat mahsuloti
20,7
21,6
20,6
20,1
18,7
Qishloq xo’jaligi mahsuloti
0,8
0,5
0,3
0,2
0,1
Qurilish ishlari
10,1
9,0
12,6
10,6
10,4
Transport
64,3
62,1
61,6
52,9
51,7
Aloqa
3,2
3,0
3,0
3,2
3,3
CHakana savdo aylanmasi
1,1
0,4
0,3
0,2
0,2
Aholiga pullik xizmat ko’rsatish
28,7
25,7
23,4
20,2
20,5
Tashqi savdo aylanmasi
26,6
23,4
17,6
17,4
23,8
Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchilar soni
23,0
22,9
22,4
22,1
21,6
Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo’mitasi ma‘lumotlari.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma‘muriy vositalardan
foydalanadi. Ma‘muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa
ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta‘sir qilish
tadbirlari kam samarali bo’lib, ma‘muriy vositalardan foydalanishga ustunlik
beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:
1) Iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;
2) Narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati. Inflyatsiyani
yumshatishga qaratiladi;
3) Ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;
9
4) Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab
chiqish va qabutsl qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik
to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga
solishni ko’zda tutuvchi qonunlar).
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) Hisob stavkasini tartibga solish;
2) Moliya-kredit muassasalarining markaziy bankdagi zahiralari minimal
hajmini o’rnatish va o’zgartirish;
3) Davlat muassasalrining qimmatli qog’ozlar bazoridagi operatsiyalari
(davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash)
4) Davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag’larining qarzga
beriladigan va zahirada turadigan qismlari o’zgartiradi;
5) Markaziy boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishiga ta‘sir qilishini ta‘minlaydi;
6) Davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o’z
obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarini sotib oladi. Natijada taklif
etilgan pul miqdori o’zgarib, bu foizga ta‘sir qiladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifini o’zgartirish borasidagi siyosati
monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismii
o’zgartirishga
qaratiladi.
Davlat
xarajatlarini
qoplash
uchun
moliyaviy
mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Soliqlardan
xo’jalik sub‘ektlari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta‘sir ko’rsatishda ham
keng ravishda foydalandi.
Davlat iqtisodiyotni tartib solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham
foydalanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga
hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo’yilmalari muhim rol o’ynaydi.
10
Jumladan, bozor kon‘yunkturasi yomonlashgan, turg’unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo’yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odamda o’sadi.
Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o’sishiga qarshi
turishga harakat qiladi.
SHuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator
shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
2. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni
davlat
tomonidan
rag’batlantirish
hamda
iqtisodiyotdagiikibiy
siljishlarni
ta‘minlash;
3. Investitsiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga
solish;
4. Ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta‘sir ko’rsatish;
5. Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakllaridan eng ustuvori
davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Dasturning vazifasi tartibga solishning
barcha usuli va vositalaridan kompleks foyalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar
o’rta muddatli, favqulodda va maqsadli bo’lishi mumkin. O’rta muddatli
umumiqtisodiy dasturlar odatda 5 yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig’iz
vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya
sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyaga ega bo’ladi. Bunday
maqsadli dasturlarning ob‘ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy
tadqiqotlarning har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika
yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan
investitsiyalar va eksportlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini
kafolatlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreitlarini kafolatlash, tashqi
iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj
to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish,
11
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish
mamlakatlarning
tashqi
iqtisodiy
aloqalarini
tartibga
solishning
asosiy
vositalaridir.
Xullas, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda qo’llaniladigan
vosita va dastaklari birgalikda milliy iqtisoiyotni takror ishlab chiqarish jarayoniga
va mamlkatlarning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta‘sirini ko’rsatib boradi.
Davlat budjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining davlat daromadlarining
shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq qismi namoyon bo'ladi. Soliqlar.
zayomlar va boshqalar asosida davlat budjeti daromadlari shakllantirilishi orqali
yirik moliyaviy resurslar jamlanadi. Ushbu rcsurslaming umumiy hajmi Y alM ga
nisbatan davlat budjeti xarajatlarida namoyon bo'ladi. Davlat budjeti — davlat pul
mablag'larining (shu jumladan,davlat maqsadli jam g'arm alari mablag'larining)
markazlashtirilganjam g‘armasi bo lib , unda daromadlar manbayi va
ulardantushum lar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynidaaniq maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat budjeti — davlat pul mablag'larining (shu jumladan,davlat maqsadli
jam g'arm alari mablag'larining) markazlashtirilganjam g‘armasi bo lib , unda
daromadlar manbayi va ulardantushum lar miqdori, shuningdek, moliya yili
mobaynidaaniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo'nalishlari va
miqdori nazarda tutiladi.
Davlat budjeti ikki asosiy qism — daromadlar va xarajatlar qismidan iborat.
Budjet tizimi turli darajadagi budjellar va budjet mablag'lari oluvcliilar yig'indisi,
budjetlarni tashkil etish va tuzish prinsiplari, budjet jarayonida ular o'rtasida,
shuningdek, budjetlar hamda budjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida vujudga
keladigan o'zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
Soliqlar — milliy daromadning bir qismini davlat mulkiga aylanish
xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlaming undirilishi - bu milliy daromadning
bir qismini davlat ixtiyoriga o'tkazish jarayoni liisoblanadi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliqlar Y alM ga nisbatan 30 % dan 50 %gacha taslikil etadi.
12
Soliqlar — milliy daromadning bir qismini davlat mulkiga aylanish
xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlaming undirilishi - bu milliy daromadning
bir qismini davlat ixtiyoriga o'tkazish jarayoni liisoblanadi. Rivojlangan
mamlakatlarda soliqlar Y alM ga nisbatan 30 % dan 50 %gacha taslikil etadi.
Davlatning soliq siyosati iqtisodiyotda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: -
fiskal, ya’ni davlat budjeti daromadlarini shakllantirish; - daromadlarni taqsimlash
va qayta taqsimlash; - ishlab chiqaruvchilarni rag'ballantirish va raqobatni
kuchaytirish; - nazorat qilish; - davlat iqtisodiy siyosatini tartibga soli.sh.
Iqtisodiyotning tartibga solishning pul kredit vositalari
Pul — um um iy ekvivalent rolini o'ynovchi tovardir. Pul-bu hamma tovarlari
sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o ‘ynovchi maxsus
tovardir. Pulning m ohiyatini to ia ro q tushunish uchun uning quyidagi asosiy
vazifalarini ко‘rib chiqamiz: 1) qiymat o'lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to
‘plash vositasi; 4) to ‘lov vositasi. Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori
hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul
taklifming o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Kredit bo‘sh turgan pul m ablagiarini ssuda l'ondi shaklida to‘plash va ularni
pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlari uchun m a’lum muddatga, foiz toiovlari bilan qaytarish sharti
bilan qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit bo‘sh turgan pul m ablagiarini ssuda l'ondi shaklida to‘plash va ularni
pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlari uchun m a’lum muddatga, foiz toiovlari bilan qaytarish sharti
bilan qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Bank krediti — pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari)
tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar. davlat, uy xo'jaligi sektori)ga pul ssudalari
shaklida beriluvehi kredit. Bank krediti yo'nalishi. muddati va kredit bitimlari
summasi bo'yicha cheklanmaydi.
Tijorat krediti — korxonalar, birlashmalar va boshqa xo'jalik yurituvchi
subyektlaming bir-biriga beradigan krediti.
13
Iste’mol krediti — xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat
foydalaniladigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib
olish uchun m a’ium muddatga beriladigan kredit.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni
bajaradi:
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar
pul laklifuii boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Markaziy bank
mamlakatning rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi; 2)
cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi; 3) davlatning m onetar
siyosatini amalga oshiradi; 4) barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular
ustidan nazoratni amalga oshiradi; 5) xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalami
ayirboshlaydi; 6) pul taklifi ustidan nazorat qilish m as’uliyatini o'z zimmasiga
oladi, milliy valuta ni muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos
ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish
borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib,
bozor mexanizmining amal qilishiga ko`maklashadi, raqobatchilik muhitini
yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko`radi. Bozor
iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor
munosabatlarini muayyan va ma`lum yo`nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy
taraqqiyot sur`atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish
choralarini ko`rishdan iboratdir.
Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo`lgan O`zbekiston Respublikasida
ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi
hisoblanadi. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini
davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I. Karimov: “Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh
14
islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar
jarayonining
tashabbuskori
bo`lishi,
iqtisodiy
taraqqiyotning
etakchi
yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta`kidlagan edi.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan
mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni
respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq
etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi1.
Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga
solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi,
regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar
va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat
ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste`mol tovarlari, ko`rsatiladigan xizmatlar
qanchalik kamyob bo`lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo`lib, shunga
muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo`ladi. Boshqacha aytganda,
tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste`mol qilinadi, taqsimlanadi va
qayta taqsimlanadi.
Narxlarning o`zgarib turishi, ya`ni ko`tarilib yoki pasayib turishi ishlab
chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar
(xizmat) narxining o`sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko`payishiga, ushbu
tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga
sabab bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta`minlaydigan tovarlar
(xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan
tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni
ishlab chiqarish foydani ta`minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday
tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab
chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori
1 Yo'ldoshev N.Q. Savdo korxonasi iqtisodi. - T.: TDIU, 2005, 200 b
15
vazifasini o`tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda
keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o`tib turadi.
YUqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub`ektlar
o`zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub`ektlar aniq tovarlar
bozorida o`z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o`zaro
raqobatga kirishadilar.
Ko`p sonli o`zaro raqobatlashuvchi iqtisodiy sub`ektlarning faoliyati
natijasida
bozor munosabati buzilib, undagi talab va
taklif
o`rtasida
nomutanosiblik paydo bo`ladi. Bu nomutanosiblik ishlab chiqarish bilan iste`mol
o`rtasidagi ziddiyatda o`z ifodasini topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ijtimoiy
iste`molga nisbatan o`sib ketishi natijasida davriy tanglik paydo bo`lishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, bozor mexanizmi bozordagi muvozanatni muttasil
saqlab turishga qodir bo`lmay qoladi. Ana shu holat iqtisodiyotni tartibga
solishning bozor mexanizmidan tashqari davlat mexanizmiga zarurat tug`diradi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi to`liq bajara
olmagan vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va
tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror o`sishini ta`minlash,
milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish choralarini amalga oshirishdir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining
samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun davlat raqobatni rag`batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o`z
zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik va uni boshqaruvchi talab va taklif
qonunlarining amal qilishi ko`p jihatdan raqobatga bog`liq bo`ladi. Raqobatchilik
muhitini rag`batlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilarni
nazarda tutadi:
-iqtisodiy sub`ektlarning faoliyat qoidalarini belgilash;
-aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to`g`risidagi axborotlardan
xabardor qilish;
16
-iqtisodiyot sub`ektlari o`rtasidagi baxs va ziddiyatlarni hal qilishga
ko`maklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bozor mexanizmi xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta`minlaydigan
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti
uchun zarur bo`lgan, aholining ko`pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va
xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday
ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yo`llar, yong`indan himoya qilish,
mudofaa, milliy xavfsizlik va boshqalar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarishni
va ulardan foydalanishni davlatning o`zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur
bo`ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmini taqozo etuvchi
sabablardan biri aholini inson salomatligiga va tabiatga ziyon etkazuvchi
omillardan himoya qilish zaruratidir. Masalaning mohiyati shundaki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo`jalik yurituvchi tadbirkor, avvalo, o`zini
o`ylaydi, o`z manfaati yo`lida faoliyat ko`rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda
tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi
mumkin. Bunday holatlar ham iqtisodiyotga davlatning aralashuvini, ko`p sonli
tadbirkorlarning
manfaatlarini
barcha
jamiyat
a`zolari
manfaatlariga
mushtarakligini ta`minlash choralarini ko`rishni taqozo etadi.
Xo`sh, davlat iqtisodiyotni qanday vositalar yordamida tartibga soladi?
Buning uchun davlat ixtiyorida turli xil huquqiy va iqtisodiy vositalar mavjud
bo`lib, ulardan konkret vaziyat va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va asosiy vositasi amaldagi
qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, ya`ni uning barcha
uchun bab-baravar kuchga ega ekanligi va unga barcha xo`jalik yurituvchi
sub`ektlarning so`zsiz amal qilishi shart ekanini yana bir bor ta`kidlab o`tish zarur.
Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo`lgan yuzlab qonunlarning qabul
qilingani iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini
belgilab beradi.
17
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy
vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana
shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va
ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun soliq stavkasi ko`tarilsa, korxona (firma)
foydasi kamayadi va aksincha, bu stavkalar kamaysa, olinayotgan foyda ko`payadi.
Demak, tovar ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligi ko`p jihatdan
undirilayotgan soliqlar stavkasiga bevosita bog`liq. Soliqlar stavkasini oshirish
yoki
kamaytirish
orqali
muayyan
ishlab
chiqarish
tarmoqlari
rivojini
sekinlashtirish (hatto to`xtatish), boshqa tarmoqlar rivojini esa rag`batlantirish
mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri
sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat
korxonalariga ko`rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib
yuborish yoki uni o`zga sub`ektlar hisobidan qoplash, qarzni to`lash muddatlarini
kechiktirish, qarz uchun to`lanadigan foizlarni kamaytirish, korxonaga buyurtma
berib, uning haqini oldindan to`lab qo`yish va hokazolar sanatsiya shakllari
hisoblanadi.
Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan
ajratiladigan moliya mablag`lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban
o`zgartirish (diversifikatsiyalash), eksport va import muvozanatini ta`minlash,
ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar
(subsidiyalar) ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bojxona to`lovlari davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish, aniqrog`i,
eksport va importni cheklash yoki rag`batlantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Ularning stavkalari ko`paysa, chegaradan o`tayotgan tovarlar miqdori kamayadi va
aksincha, stavkalarning kamayishi tovarlar oqimining ko`payishiga olib keladi.
18
Yana shuni ham aytib o`tish joizki, davlat o`zining kredit siyosati orqali
iqtisodiyot taraqqiyotiga ham o`zining ta`sirini o`tkazib turadi.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmida jamiyatda siyosiy,
ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor
yashayotgan guruhlarini ijtimoiy himoyalash muhim o`rin tutadi. Aholining
yordamga muhtoj qismini ijtimoiy himoyalash uchun jamiyat milliy iqtisodiyot
tarmoqlarini, shu jumladan, qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatlash maqsadidagi
daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Daromadlarning qayta
taqsimlash tizimida davlat muhim o`rin tutadi. Davlat tomonidan daromadlarning
qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmining muhim unsuri
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy
barqarorlashtirish chora-tadbirlari ham muhim o`rin tutadi. Ma`lumki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi o`zgarib turadi, iqtisodiy o`sish uning
pasayishi bilan almashinib turadi. Uning oqibatida firmalarning sinishi va
ishsizlarning ko`payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko`p
qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash
mexanizmi yordamida iqtisodiy o`sish tsiklidan tanglikka (pasayishga) o`tishdagi
salbiy oqibatlarni cheklash, shuningdek, tanglikdan iqtisodiy o`sish sari o`tish
imkoniyatlari vujudga keladi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatuvchi va ko`maklashuvchi chora-
tadbirlar tizimidan iborat degan xulosa qilish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish
Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sharoitida xo`jalik yuritish to`la-
to`kis davlatning direktiv, ya`ni yuqoridan tushiriladigan ko`rsatmalari va reja
topshiriqlari asosida amalga oshirilar edi. Rejalar qonun kuchiga ega bo`lib, ularni
bajarish shart va majburiy hisoblanar edi. Hamma narsani yuqoridan turib
rejalashtirish
amaliyoti
korxonaning
xo`jalik
mustaqilligi,
erkinligi
va
19
tashabbuskorligini cheklab qo`yar, bu o`z navbatida iqtisodiyot taraqqiyotiga
salbiy ta`sir ko`rsatar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tilgach, tabiiyki, xo`jalik yuritishni yuqoridan turib
rejalashtirish tizimi barham topdi. Ayni vaqtda iqtisodiy taraqqiyot masalalarini
bozor munosabatlari o`zi hal qiladi, ularga hech kim, hatto davlat ham
aralashmasligi kerak, degan noto`g`ri tushuncha ham paydo bo`ldi.
Biroq o`tgan yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, iqtisodiy taraqqiyotni,
umuman, korxona (firma)lar iqtisodiy faoliyatining, xususan, o`rta va uzoq
muddatlarga mo`ljallangan rejalarining yo`qligi bir qator salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Xo`jalik yuritishdagi qator qiyinchiliklar, korxona (firma)ning
bankrotga uchrashi, ayrim tovarlar narxining “osmon”da ekani, ishsizlar sonining
ko`payishi va boshqalar rejalashtirish tizimining yaxshi yo`lga qo`yilmaganining
oqibati, deb baholash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham iqtisodiyotni boshqarish va qo`yilgan
maqsadga yo`naltirishni davlat tomonidan tartibga solib turilishi muhim ekanligi
ayon bo`lib qoldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning engmuhim
shakllaridan biri iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish varivojlantirishdir.
Mamlakat miqyosida ishlab chiqaruvchi kuchlarnirivojlantirish, hududiy va
tarmoqlararo mehnat taqsimoti, davlat mulkiningmavjudligi, iqtisodiyotga jalb
etilayotgan sarmoyalar harakatinimuvofiqlashtirish zarurati va boshqalar iqtisodiy
taraqqiyotni bashorat qilishva rejalashtirishni taqozo etadi.
Bashorat qilish istiqbolni oldindan ko`ra olishning quroli sifatida
boshqaruvning samarali dastagi hisoblanadi. Undan foydalanmaslik ishlab
chiqarishning kamayishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Shuning uchun
mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, korxonalar (firmalar) rivojlanishini o`rta va
uzoq muddatga bashoratlash va davlat tomonidan tartibga solish tizimini joriy
qilish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy taraqqiyot istiqbolini aniqlash bashorat qilish deb yuritiladi va u,
odatda, uzoq muddatga (10 yilgacha) va o`rta muddatga (5 yilgacha) mo`ljallanadi.
20
Bunda o`tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati va yo`l qo`yilgan kamchiliklar
tahlilidan kelib chiqib va bozor kon`yukturasini o`zgarish tendentsiyalariga
asoslanib, kelajakda iqtisodiy rivojlanishning qanday bo`lishi va u qanday
natijalarga olib kelishi bashorat qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishda bozor munosabatlarinig o`ziga xos
xususiyatlarini e`tiborga olish juda muhim. Gap shundaki, iqtisodiy bashorat
markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi hukmron bo`lgan davrda ham mavjud edi.
Biroq u davrda bashorat qilish va rejalashtirishning bosh masalasi ishlab
chiqirishning rivojlanishi edi. Endilikda, ya`ni bozor munosabatlari sharoitida,
bosh masala iste`mol bozori talabini qondirishdir. Bozor munosabatlari sharoitida
istiqbolni belgilashning oldingi davrdagi bashoratlashdan asosiy farqi ham shundan
iborat.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirishni iste`mol bozori
talabiga qaratilishi korxona (firma)larni yaxshi samara bermayotgan ishlab
chiqarishdan voz kechib, yuqori samaradorlikni ta`minlovchi ishlab chiqarish bilan
shug`ullanishga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyotining bu xususiyatini e`tiborga olish bilan bir qatorda
bashoratlash va rejalashtirishning ilmiy asosda amalga oshirilishi, marketing
tadqiqotlari va ishonchli ma`lumotlarga asoslanishi ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bashoratlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ularda
iqtisodiyot
rivojlanishining
moddiy
va
ijtimoiy
maqsadlari
belgilanadi.
Maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sarmoyalar rejalari tuziladi,
ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasidagi, ishlab chiqarish bilan import, ishlab
chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o`rtasidagi bog`liqliklar aniqlanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida dastur va rejalar davlat korxonalari uchun
direktiv, xususiy sektor uchun taklif xarakteriga egadir. Tadbirkorlarning rejalarga
amal qilishlarini rag`batlantirish maqsadida ularga soliq to`lashda, kredit va
21
subsidiyalar olish, xomashyo, yoqilg`i, energiya, asbob-uskunalar xarid qilishda,
tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqbolni belgilash tizimi mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslanadi. Katta tashkiliy-iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zlari
tashabbuskorlik qiladilar. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlatning
aralashuvi kredit xizmati ko`rsatish, xomashyo, yoqilg`i resurslarini ajratish,
oqilona soliq siyosatini o`tkazish va davlat ehtiyoji uchun mahsulotlar sotib
olishdan iborat bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanish istiqbolini belgilashda davlat
resurslari va mablag`larining nodavlat sektorida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
mablag`lari bilan birgalikda ishtirok etishini ta`minlash hamkorlikdagi dasturlar va
loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish katta ahamiyat kasb etadi.
22
II-BOB. O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI TARTIBLASHDA
DAVLATNING ROLI.
2.1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariy
yondashuv va qarashlari
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy
asosda dastlab A.Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining
tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari
orqali iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan
to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda
ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunda bozor vositasida
tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun
jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Biroq, uning mazkur nazariyasi
1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni
qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va
ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni
taqozo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini
topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan
foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan
bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada
bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu
bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y
berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida
nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki
23
iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali
izohlanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham
mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli
bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga
solishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam
bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini
belgilab beradi.
XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ
konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash
jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz
kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo‘li bilan davlat sektori ulushi
qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari
kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi.
Jumladan, AQShda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo‘li: iqtisodiy
jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo‘nalish asosida amalga oshirilib, unda
daromad solig‘i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
maqsadida yirik korporatsiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash,
federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit
siyosatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi.
24
Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda
YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo‘lsa, 1987 yilga kelib 27%ga
qadar o‘sdi. Davlat qarzlari kamayish o‘rniga o‘sib ketdi, inflyatsiyaning pasayishi
moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning
cheklanganligi uchun o‘sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning o‘sishi, real ish
haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya,
Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.2[38]
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar
yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish,
davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
2[38] Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник / Под ред. Д.Д.Москвина. – М.: Едиториал
УРСС, 2003, 392-393-б.
25
2.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va
vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi.
Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni
hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada,
biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot
darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi
negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi
yanada kuchayadi;
-
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida
alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham
topadi;
-
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;
-
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat
almashuvi jadallashadi.
Ishlab
chiqarishning
umumlashuvi
darajasining
oshishi
bilan
o‘zaro
muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini
ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit
iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum
darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi.
26
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat
a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan
ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi,
umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat
bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab
chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular
jumlasiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va
mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni himoya
qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to‘g‘risida to‘laroq
tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari
hamda vosita yoki dastaklarini to‘laroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy
va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va
xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga
moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga
iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy
tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish
mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning
quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos
va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish;
3) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) resurslarni qayta taqsimlash;
27
5) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti
hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni ta’minlash quyidagi tadbirlarning
amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini
mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal
qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va
boshqalar.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki tartibni
saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini belgilash, tovar va
xizmatlar ayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga
kiritish kabilarni oladi.
Bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida
taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z
zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir
qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi.
Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning
qaramog‘ida bo‘lganlarni nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan
ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga
moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif
ta’sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning
taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib
chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytiriladi.
28
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi
mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va
mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi muamosini bartaraf
qiladi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarning ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi
va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar
bilan ta’minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda
yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim
vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy
va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy
ne’matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy
sektorning sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
29
2.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
- bevosita ta’sir qilish usullari;
- bilvosita ta’sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor
iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish
bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat
sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga
asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tovon
to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit
tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va
aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan
foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa
ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish
tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik
beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish.
Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va
tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi;
30
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotga
aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga
qaratiladi;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa
beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab
chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik
to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga
solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi,
turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi
va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik
beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- hisob stavkasini tartibga solish;
- moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal
hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;
- davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat
majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan
yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul
miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga
bo‘lgan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yo‘llar bilan o‘zgartiradi:
- davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‘larining qarzga
beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o‘zgartiradi;
- Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi;
31
- davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‘z
obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Natijada taklif
etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta’sir etadi. Davlatning pulga bo‘lgan
talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb
yuritiladi.
Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini
o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy
mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan
xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko‘rsatishda xam
keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga,
soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan
imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan
ham foydalanadi.
Iqtisodiyotni
davlat
tomonidan
tartibga
solishda
asosiy
kapitalga
hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U
hozirgi
sharoitda
jamg‘arish
va
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
o‘zgarishlarni
rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta’sir
ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi.
Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu
orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga
harakat qiladi.
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini
ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
- davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
32
- ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni
davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni
ta’minlash;
- investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish;
- ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish;
- qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy
dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va
vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin.
O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi
dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli
inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi.
Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va
ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga
bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari
eksportini
rag‘batlantirish
tadbirlari,
eksportni
kreditlash,
chet
ellardan
investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga
cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish,
mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha
tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi
iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab
chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda
milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
33
2.4. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish
Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sharoitida xo`jalik yuritish to`la-
to`kis davlatning direktiv, ya`ni yuqoridan tushiriladigan ko`rsatmalari va reja
topshiriqlari asosida amalga oshirilar edi. Rejalar qonun kuchiga ega bo`lib, ularni
bajarish shart va majburiy hisoblanar edi. Hamma narsani yuqoridan turib
rejalashtirish
amaliyoti
korxonaning
xo`jalik
mustaqilligi,
erkinligi
va
tashabbuskorligini cheklab qo`yar, bu o`z navbatida iqtisodiyot taraqqiyotiga
salbiy ta`sir ko`rsatar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tilgach, tabiiyki, xo`jalik yuritishni yuqoridan turib
rejalashtirish tizimi barham topdi. Ayni vaqtda iqtisodiy taraqqiyot masalalarini
bozor munosabatlari o`zi hal qiladi, ularga hech kim, hatto davlat ham
aralashmasligi kerak, degan noto`g`ri tushuncha ham paydo bo`ldi.
Biroq o`tgan yillar tajribasi shundan dalolat beradiki, iqtisodiy taraqqiyotni,
umuman, korxona (firma)lar iqtisodiy faoliyatining, xususan, o`rta va uzoq
muddatlarga mo`ljallangan rejalarining yo`qligi bir qator salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Xo`jalik yuritishdagi qator qiyinchiliklar, korxona (firma)ning
bankrotga uchrashi, ayrim tovarlar narxining “osmon”da ekani, ishsizlar sonining
ko`payishi va boshqalar rejalashtirish tizimining yaxshi yo`lga qo`yilmaganining
oqibati, deb baholash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham iqtisodiyotni boshqarish va qo`yilgan
maqsadga yo`naltirishni davlat tomonidan tartibga solib turilishi muhim ekanligi
ayon bo`lib qoldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning engmuhim
shakllaridan biri iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish varivojlantirishdir.
Mamlakat miqyosida ishlab chiqaruvchi kuchlarnirivojlantirish, hududiy va
tarmoqlararo mehnat taqsimoti, davlat mulkiningmavjudligi, iqtisodiyotga jalb
etilayotgan sarmoyalar harakatinimuvofiqlashtirish zarurati va boshqalar iqtisodiy
taraqqiyotni bashorat qilishva rejalashtirishni taqozo etadi.
34
Bashorat qilish istiqbolni oldindan ko`ra olishning quroli sifatida
boshqaruvning samarali dastagi hisoblanadi. Undan foydalanmaslik ishlab
chiqarishning kamayishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Shuning uchun
mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, korxonalar (firmalar) rivojlanishini o`rta va
uzoq muddatga bashoratlash va davlat tomonidan tartibga solish tizimini joriy
qilish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy taraqqiyot istiqbolini aniqlash bashorat qilish deb yuritiladi va u,
odatda, uzoq muddatga (10 yilgacha) va o`rta muddatga (5 yilgacha) mo`ljallanadi.
Bunda o`tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati va yo`l qo`yilgan kamchiliklar
tahlilidan kelib chiqib va bozor kon`yukturasini o`zgarish tendentsiyalariga
asoslanib, kelajakda iqtisodiy rivojlanishning qanday bo`lishi va u qanday
natijalarga olib kelishi bashorat qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishda bozor munosabatlarinig o`ziga xos
xususiyatlarini e`tiborga olish juda muhim. Gap shundaki, iqtisodiy bashorat
markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi hukmron bo`lgan davrda ham mavjud edi.
Biroq u davrda bashorat qilish va rejalashtirishning bosh masalasi ishlab
chiqirishning rivojlanishi edi. Endilikda, ya`ni bozor munosabatlari sharoitida,
bosh masala iste`mol bozori talabini qondirishdir. Bozor munosabatlari sharoitida
istiqbolni belgilashning oldingi davrdagi bashoratlashdan asosiy farqi ham shundan
iborat.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirishni iste`mol bozori
talabiga qaratilishi korxona (firma)larni yaxshi samara bermayotgan ishlab
chiqarishdan voz kechib, yuqori samaradorlikni ta`minlovchi ishlab chiqarish bilan
shug`ullanishga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyotining bu xususiyatini e`tiborga olish bilan bir qatorda
bashoratlash va rejalashtirishning ilmiy asosda amalga oshirilishi, marketing
tadqiqotlari va ishonchli ma`lumotlarga asoslanishi ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bashoratlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ularda
iqtisodiyot
rivojlanishining
moddiy
va
ijtimoiy
maqsadlari
belgilanadi.
35
Maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan sarmoyalar rejalari tuziladi,
ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasidagi, ishlab chiqarish bilan import, ishlab
chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o`rtasidagi bog`liqliklar aniqlanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida dastur va rejalar davlat korxonalari uchun
direktiv, xususiy sektor uchun taklif xarakteriga egadir. Tadbirkorlarning rejalarga
amal qilishlarini rag`batlantirish maqsadida ularga soliq to`lashda, kredit va
subsidiyalar olish, xomashyo, yoqilg`i, energiya, asbob-uskunalar xarid qilishda,
tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqbolni belgilash tizimi mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslanadi. Katta tashkiliy-iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zlari
tashabbuskorlik qiladilar. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlatning
aralashuvi kredit xizmati ko`rsatish, xomashyo, yoqilg`i resurslarini ajratish,
oqilona soliq siyosatini o`tkazish va davlat ehtiyoji uchun mahsulotlar sotib
olishdan iborat bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanish istiqbolini belgilashda davlat
resurslari va mablag`larining nodavlat sektorida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
mablag`lari bilan birgalikda ishtirok etishini ta`minlash hamkorlikdagi dasturlar va
loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilash tizimi quyidagi vazifa va masalalarni
bajarishga qaratiladi:
-milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda mintaqalarning yaqin va uzoq
muddatdagi rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlarini belgilash;
-ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish istiqbollarini
belgilash.
Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishdan ko`zlangan maqsad ishlab
chiqarishni boshqarish va tartibga solishni ta`minlash, mavjud resurslardan
samarali va oqilona foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish va pirovard
natijada iste`mol bozori talablarini to`laroq qondirishdan iborat bo`lib, bu
vazifalarni bajarish ko`p jihatdan bashoratlash usullariga bog`liq.
36
Jahon amaliyotida bashoratlashning bir necha usullari mavjud bo`lib,
ular asosan quyidagilardan iboratdir:
-dasturiy-maqsadli usul;
-indikativ (tavsiyaviy) usul;
-ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur sarmoyalarning o`sish
istiqbollarini belgilash usuli.
Dasturiy-maqsadli usul ko`proq mamlakat miqyosidagi yirik ijtimoiy-
iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun qo`llansa, indikativ (tavsiyaviy) usul
ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining istiqbollarini
belgilashda asqotadi. Sarmoyalarning o`sish istiqbollarini belgilash usuli
mamlakat, uning hududlari va viloyatlari miqyosida ham, iqtisodiyot tarmoqlari va
ishlab chiqarish korxonalari darajasida ham qo`llanishi mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilashning eng nozik tomonlari, bu –
bashoratlash ko`rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarishni kafolatlangan
moddiy va moliyaviy resurslar bilan taьminlanganidir. Bu muammo to`liq hal
etilmaganligi ishlab chiqilgan dastur va loyihalarning ko`p hollarda qisman
bajarilib yoki umuman bajarilmay qolishiga sabab bo`ladi.
Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona boshqarish, mamlakat va uning
hududlari iqtisodiy taraqqiyotidagi nozik jihatlarni oldindan belgilab olish,
taraqqiyotning ustivor yo`nalishlarini aniqlash va aholining turmush sharoitlarini
yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan
iboratdir.
Iqtisodiyotni boshqarish organlari Milliy iqtisodiyotni tartibga solish va
boshqarish zarurati muayyan vazifalarni bajaruvchi va muayyan vakolatlarga ega
bo`lgan boshqarish organlari faoliyatini taqozo etadi. Mamlakat miqyosida
iqtisodiyotni boshqarish respublika hukumati, ya`ni Vazirlar Mahkamasi
tomonidan amalga oshiriladi. U o`z vakolatlari doirasida nafaqat iqtisodiy
jarayonlarni, balki ijtimoiy jarayonlarni ham boshqaradi.
37
Iqtisodiyotni boshqarish va uni umumdavlat manfaatlariga asoslangan holda
tartibga solish, tabiiyki, oddiy vazifalar sirasiga kirmaydi. Buning uchun hukumat
tomonidan bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ro`yobga chiqarish asosida
mulkchilik shakllarining tengligini ta`minlash, erkin tadbirkorlik uchun zarur
sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish siyosatini o`tkazish,
kichik va o`rta biznesning rivojlanishiga ko`maklashish talab qilinadi. Shu
maqsadda hukumat pul va kredit tizimini mustahkamlash siyosatini ishlab chiqadi,
yagona narx siyosatini o`tkazadi, mehnat miqdori va ijtimoiy ta`minot darajasi
borasida belgilangan kafolatlarni ta`minlash chora-tadbirlarini ko`radi. Vazirlar
Mahkamasi o`ziga bo`ysinuvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirib,
ularning ijtimoiy siyosatni ro`yobga chiqarish borasidagi mas`uliyati darajasini va
buning uchun zarur bo`lgan funktsiya va vakolatlarni belgilaydi, respublika
byudjeti, shuningdek, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng
muhim dasturlarini ishlab chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakat hududidagi
barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi.
Ma`lumki, iqtisodiy islohotlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish
ob`ektidan (respublika, tarmoq, korxona) qat`iy nazar, mujassamlashgan holda
hududiy birlik (viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda
huquqiy-demokratik davlat barpo etish oliy maqsad qilib belgilandi. Buning uchun
ikkita muhim vazifani hal etish talab qilinadi. Bularning birinchisi, bozor
munosabatlariga asoslangan va ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish
bo`lsa, ikkinchisi, davlat hokimiyatining vakillik va o`zini-o`zi boshqarish
organlarining yangi tizimini yaratishdir.
O`tgan davr ichida respublikamizda bozor islohotlari chuqurlashib, huquqiy-
demokratik institutlar rivoj topdi va ayni vaqtda mahalliy ijroiya hokimiyati
organlarining faoliyati ham takomillashib bordi.