IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI TO’GRISIDA TURLI XIL NAZARIYALAR
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
137,7 KB
0
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI TO’GRISIDA TURLI XIL NAZARIYALAR.
M U N D A R I J A :
Kirish…
1-bob. Iqtisodiyotning siklliligi to’grisida turli xil nazariyalar.
1.1Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi………………………….
1.2. Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi……………………………
1.3. Inqirozlarning mazmuni va turlari………………………………………………..
2-bob. Moliyaviy siyosat
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.…...……………...........................
2.2. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o`zaro bog`liqligi.………………………
2.3.
Moliya
mexanizmi
va
uning
moliyaviy
siyosatni
amalga
oshirishdagi
ahamiyati.……………………………………………………………………................
Xulosa………..…...…………………………………………………..….…..................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………
Ilovalar……………...………..……………..……………...……
1
K I R I S H
Bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan
rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yеtakchilari qatoriga
kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan davlat moliyasini boshqarishni
takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning
quyidagi
fikrlarini
keltirib
o‘tish
joizdir,
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori
sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy
valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor
vazifamizdir.”
2018 yilda PEFA metodologiyasi bo‘yicha amaldagi byudjet tizimining tanqidiy
tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro
valyuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida soliq-byudjet siyosati ochiqligi
yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholashlardan kelib chiqib so‘ngi ikki yilda davlat
moliyasi boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat byudjeti
deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarni
byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida: 2018 yildan boshlab “Fuqarolar
uchun byudjet” axborot nashri ishlab chiqilmoqda; Davlat byudjeti to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlar joylashtirilib kelinayotgan “Openbudget.uz” axborot portali 2019 yilning
yanvar oyidan boshlab ishga tushirildi; Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq shaklda Xalqaro valyuta
jamg‘armasining saytida joylashtirib borilmoqdа.
2019 yildan boshlab tuman va shahar byudjetlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha
manbalarining kamida 10 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga asosan
yo‘naltirish mexanizmi joriy etildi; Byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar hamda
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish
jarayonini to‘liq o‘z rasmiy saytlarida e’lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va
qonunosti hujjatlariga tegishli normalar kiritildi.
Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda Davlat
byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va idoralarning
vakolat va mas’uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajatlari avvalgidek sohalar bo‘yicha
emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston
Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari
tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan
tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. 2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari
2
amalga oshirilib, iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari
maqbullashtirilib, qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga qo‘shimcha
qiymat solig‘i zanjirini hosil qilishga erishildi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni
ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi,
zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari
joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari davlat moliyasini boshqarish tizimida
mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli byudjet loyihalarini rejalashtirish bo‘yicha qo‘yilgan
maqsadlarga erishish borasida qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatdi. Xususan, byudjet
tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobi
alohida yuritilishi, shuningdek vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari
konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirilmasligi Davlat byudjeti mablag‘larining
shaffofligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Mahalliy byudjetlarni mustaqil
ravishda belgilab olish imkonini beradigan byudjetlararo transfertlarni hisoblashning
shaffof metodologiyasini ishlab chiqilmagan. Davlat xaridlari va investitsiyalarini
boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish,
davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun tavakkalchiliklarni baholashning
samarali tizimini joriy etish taqozo etilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar
amalga oshirilayotgan byudjet siyosatini ob’ektiv va ishonchli baholash imkonini bermaydi
hamda byudjet xarajatlarini o‘rta muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlari bilan samarali
tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, bugungi kunda davlat moliyasini
sog‘lomlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarur hisoblanadi.
Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat
dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekison Respublikasi
Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030 yilgacha
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu kabi davlat
dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Strategiyaning asosiy
maqsadi har tomonlama puxta o‘ylangan byudjet siyosatini olib borishni, mamlakatni
ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish
samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan
davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini yaratishdan iborat.
Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga
oshirish zarur:
− strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda o‘rta muddatga mo‘ljallangan soliq-
byudjet siyosatini yuritish;
−
fiskal
nazoratni
kuchaytirish,
birinchi
darajali
byudjet
mablag‘larini
taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini
Oliy Majlis tomonidan belgilash orqali byudjet jarayon ishtirokchilarining mas’uliyatini va
hisobdorligini oshirish
3
− uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan soliq-byudjet
siyosatini joriy etish;
− byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib
borish;
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning
mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etishning
shaffof mexanizmini joriy etish. Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash
mamlakatlar tajribasi ham o‘rganib chiqilgan. Strategiyani amalga oshirish davri 2024
yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi oltita muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
•byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining
byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini
kuchaytirish;
•byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini
ta’minlash;
•soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli
byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi “natijaga
yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish;
•fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini
yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
•byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini
takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni
ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
•institutsional va qonunchilik bazasini mustahkamlash.
4
1-bob. Iqtisodiyotning siklliligi to’grisida turli xil nazariyalar.
1.1 Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslaming to‘la bandligi va
narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq
muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy
beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv
qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish
va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot
nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida
iqtisodiy o‘sish milliy
xo‘jalikda
hal
qiluvchi
ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarni
tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar - YAIM, milliy daromad, bandlik va narx
darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar - bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror
holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va
iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli
rivojlanishi deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib,
talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi
hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-
ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi,
uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir
qator taniqli iqtisodchilar, (A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell,
J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, YSHumpeter va boshqalar) qayd qilib o‘tishgan.
Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir
qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa
munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini ta’kidlaydi.1 Shuningdek,
ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi
qarashlar mavjud. Ba’zan siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro
ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga
1 Каралсин: Экономическая теория: Учебник.- Изд., испр. и доп./ Под общ.ред. акад. В.И. Видяпина, А.И.
Добрынина, Г.П. Журавлевой, Л.С. Тарасевича. -М.: ИНФРА-М,2005,465-486-б.
5
harakat qilinadi. Ko‘pincha sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda klassiklarning sanoat sikli
nazariyasiga keng o‘rin berilgan.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin
ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar
o‘tgan davr tushuniladi.2 Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan
keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida
davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi
notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot
jarayonidagi chuqur o‘zgarishlami aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi
muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning
inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (30-rasm). Ana shu
fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga
keladi.
Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning
pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq
davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab,
ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori
darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun
sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta
o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi.
Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish
fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl
yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha
kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol
tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida,
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirish uchun turtki beradi.
Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan
iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin
farqlanadi. SHunga qaramay, hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
6
Iqtisodiy sikl - umumiy iqtisodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va
pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning
davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat.
Vaqtga nisbatan har 20—25-yilda takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10-yilda
takrorlanadigan qisqa I.s. bor. Alohida I.s. bir-biridan davomiyligi va jadalligi boʻyicha
keskin farqlanadi. Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega boʻladi. Siklning
eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda toʻliq bandlik kuzatiladi va i.ch. toʻliq yoki deyarli toʻliq
quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx dsi oʻsish tamoyiliga ega boʻladi, iqtisodiy
faollikning oʻsishi toʻxtaydi. Tanglik fazasida i.ch. va bandlik qisqaradi, ammo narxlar
pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanglikning quyi nuqtasida i.ch. va bandlik oʻzining eng
past darajasi bilan harakterlanadi. Jonlanish fazasida i.ch. darajasi koʻtariladi, bandlik esa
toʻliq bandlik dara-jasigacha oʻsadi.Sobiq sovet ittifoqi davrida iqtisodiy sikl doimo
yuksalish darajasida bo'lgan.Ittifoqning parchalanishiga esa AQSH ning g'alamisligi
sababchi bo'lgan.SSSR ning oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Garbachyov AQSH ning
laycha iti bo'lganva aynan u sobiq ittifoqni parchalagani uchun AQSH hukumatidan
15MLRD dollorlik mukofot olgan
Iqtisodiyot nazariyasida I.s.ning asosiy sababi yalpi talab bilan yalpi taklif oʻrtasidagi
muvozanatning buzilishi va uning yana kaytadan tiklanishi tarzida izohlanadi. I.s. milliy
iqtisodiyotning oʻzini oʻzi tartibga solishi usullaridan biridir.
Iqtisodiy sikl fazalari
23.1 -rasm.
7
Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIX va XX asr birinchi yarimidagi sikllardan
sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda faqat ikki faza
retsessiya va yuksalish ajratiladi. Retsessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalish
fazasi esa jonlinish va o‘sishni qamrab oladi.
Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi retsessiya deb nomlanadi.
a
t
iqtisodiy sikl.
Ko’rib chiqdikki, AQSh iqtisodiyotining uzoq muddatli tendensiyasi iqtisodiy
o’sishning bir omili. Ammo, iqtisodiy o’sish odatda iqtisodiy sikl deb
nomlanadigan iqtisodiy noturg’unlik davri tufayli to’xtab qoladi. Bir necha yillar
mobaynida iqtisodiy sikl iqtisodiy faoliyat darajasini pasayib, ko’tarilish
tendemsiyasini o’zgartirmoqda. Yakka tartibdagi ko’tarilib, pasayishlar davomiy
va yuqori darajada o’zgarib bormoqda.
• Retsessiya yoki inqiroz umumiy ishlab chiqarish, daromad va ish bilan
ta’minlanishdagi pasayish davri hisoblanadi. 6 oy yoki undan ham ko’proq vaqt
mobaynida davom etadigan bunday davr iqtisodiyotning ko’p sektorlarida ish
faoliyatining keng tarzda qiaqarishi bilan baholanadi. YIMdagi pasayishlar bilan
bir qatorda, ishsizlikda sezilarli darajada ko’tarilshlar kuzatiladi. 7.2 jadval 1950
yildan beri AQShda 10 gayaqin inqirozlar kuzatilganidan darak beradi.
• Turg’unlik yoki inqiroz girdobida
ishlab chiqarish va ish bilan
8
ta’minlanish o’zining eng past ko’rsatkichiga yetadi. Bu davr uzoq vaqt yoki qisqa
vaqt mobaynida kechishib Inqirozdan keyin odatda jonlanish yoki tiklanish
alomatlari sodir bo’ladi ya’ni daromad, ish bilan ta’minlanish darajasida
ko’tarilishlar seziladi. Ba’zi vaqtlarda, iqtisodiyot yana o’zini avvalgi to’liq quvvat
bilan imkoniyatlarini erisha boshlaydi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati
xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib
ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati
sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati
jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish
faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki
davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas.
1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40
foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi.
Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan
inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi
iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta. Keyingi
10 yil ichida goh - gohida Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika, Germaniya va
Janubiy Koreyada ham shu kabi inqirozlar kuzatildi2
3
2 McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 190
3 McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 195
9
1. 2 Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y
berishi
Sikllilik, ishlab chiqarishning davriy tushib turishi deyarli 200 yil davomida
bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga xos bo‘lgan.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq
etilishi turli ko‘rinishdagi nazariyalarning vujudga kelishiga
sabab bo‘lgan.
Ko‘pchilik
hozirgi
zamon
iqtisodchilari
iqtisodiy
sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir
ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali
o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi
omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb
ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy
hodisalaming davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
-
oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
-
yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi,
er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
-
ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga
kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib,
xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi
muhim ichki omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga
talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish
boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq
eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika
taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar
tez takrorlanadi.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy
tizimning o‘ziga xos ichki
omillari
ta’sirida
vujudga
kelishini asoslovchi nazariya
internal nazariya deb ataladi.
10
Shuningdek, siklni keltirib chiqaruvchi boshqa ichki
omillar ham ajratib ko‘rsatiladi:
- shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish,
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng
joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha
aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil
qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga,
shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi.
Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
asoslangan
maqsadli
yoʻnalishlarini
(indikatorlarini)
shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning
strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi
manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.
Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya
salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada
yoʻlga qoʻyilmagan.
Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya
qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga
yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti.
Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib
qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan
taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik
qiladi.
Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
“lokomotiviga”
aylantirish,
iqtisodiyotni
boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 —
2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
11
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga
muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy
vazifalari etib belgilansin:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni
boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori
holati, tashqi bozorlari konʼyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy
rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini
rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirishni
ragʻbatlantirish,
ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash va “xufiyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish uchun qulay
sharoit yaratish, jumladan, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini qisqartirish,
byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan
foydalanish qulayligini taʼminlash, shuningdek, kichik sanoat zonalari salohiyatidan
samarali foydalanish orqali bunga erishish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni,
shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash
maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning
mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida
mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy qilish, mehnat unumdorligini
oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatli
tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosida tovar
bozorlari muvozanatini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sanoat
siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish
asosida uning importga qaramligini kamaytirish orqali milliy iqtisodiyotning
eksport
salohiyatini
oshirish
maqsadida
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shuningdek,
respublika hududlari va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini
kengaytirish;
urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini kuchaytirish, ishlab chiqarishlarni
oqilona joylashtirish, turarjoylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma
bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat
tomonidan samarali tartibga solishni taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalariga
oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
12
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish
maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash
orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirishda ishtirok etish;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishning asosiy
resurslari va omillaridan biri sifatida inson kapitalining darajasi va sifatini, ustuvor
ravishda qishloq joylarida, yaxshilash boʻyicha kompleks tahlil olib borish va chora-
tadbirlarni ishlab chiqish;
iqtisodiyot
organlari
faoliyatiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining joriy etilishini taʼminlash, kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining, ustuvor
ravishda oʻziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qoʻyilgan
vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini
oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari
mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga
oshirishda koʻmaklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya
dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning
loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan
oʻtkazish boʻyicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek,
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va
amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi
asosida ishlab chiqiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi,
hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan
tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi;
13
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan oʻz vakolati
doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlarining ijrosi
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi
subyektlar uchun majburiy hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, uning tizim va hududiy
tashkilotlarini
moliyalashtirish
va
moddiy-texnik
taʼminlash
Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik
bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan, davlat rivojlanish
dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy
ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining
rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari
direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek, kichik sanoat zonalari
hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda
maʼlumot taqdim etib boradilar;
investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar
boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya
dasturlarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular
tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta
koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega;
kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 million AQSH dollari ekvivalenti
hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
maʼmuriy kengashlar qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat
vazirligi bilan kelishilishi lozim;
14
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi maqsadlar
uchun shartnoma asosida, jumladan, xorijiy konsultantlar va ekspertlarni,
shuningdek, texnik koʻmak va grant mablagʻlarini jalb qilishga ruxsat etilsin:
investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilgʻor xalqaro
tajribani oʻrganish va tatbiq etish, shuningdek, vazirlikka yuklatilgan boshqa
vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb
masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab
chiqish;
xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va oʻzaro
manfaatli hamkorlik oʻrnatish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va
Investitsiyalar
boʻyicha
davlat
qoʻmitasi
bilan
birgalikda
ishlab
chiqilgan Oʻzbekiston
Respublikasini
2030
yilgacha
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish
konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning
natijalarini hisobga olgan holda 2019 yil 1 iyunga qadar Konsepsiyaning, shu
jumladan, investitsiya siyosati strategiyasini oʻz ichiga olgan yakuniy variantini
belgilangan tartibda kiritsin.
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida institutning
umumiy shtat birligi doirasida 10 nafar kishidan iborat Xodimlarning malakasini
oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining quyidagi
takliflariga rozilik berilsin:
a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni
amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor
qilish;
b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish:
oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga)
mulk huquqini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
15
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik
sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat
oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini)
xususiylashtirish;
rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga
oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan
boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning
qismlarini) xususiylashtirish.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bino va inshootlarni (yoki ularning
qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash uchun kichik sanoat zonasi
ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablagʻlar ularni xususiylashtirishda hisobga
olinadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda
kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar
bilan
birgalikda ikki
oy
muddatda Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasiga:
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, sanoat sohasidagi xoʻjalik boshqaruvi
organlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha
takliflar;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh
vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
Z. Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya
vaziri J. A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
kengayishi);
-
investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi
ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
16
-
ishlab chiqarish, talab va taklif hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat
iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali
tushuntirish ko‘pam to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi
miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillarning birgalikdagi ta’siri
oqibatida kelib chiqishi mumkin.4
Sikl to‘g‘risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlash orqali bir qator
nazariyalar vujudga kelgan. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
1.3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg‘unlik
bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o‘zgarishidir. Tovarlarga
talabning ortishi nati-jasida savdo hajmi, chakana narx o‘sib, ishlab chiqarishning
kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste’mol sarflari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida
o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini
barqarorlashtirish qiyinlashadi. Hozirgi paytda kredit pullari to‘lov va muomala
vositasi sifatida asosiy rolni o‘ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi,
shunga ko‘ra, pul oqimining o‘zgarishida banklarning hisob stavkalari katta
ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim tarafdorlari pulni harakatga keltiruvchi
kuch sifatida qarab, uni muvozanat buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadi.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat uning buzilishiga
olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari suradilar.
SHunga mos ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga keldi. Monetar
nazariyaning e’tiborga loyiq tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab
chiqarish tuzilmasidagi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy natijasida sifatida kelib chiquvchi
inqirozlar tahlil qilinadi.
17
Siklik Ta’sir: Uzoq-Muddatli va Qisqa Muddatli
Garchi iqtisodiy sikl iqtisodiyotda har qachon kuzatilsada, u turlicha
segmentlarga turlicha yo’llar orqali turlicha darajalarda ta’sir ko’rastadi. Asosiy
tovarlarni ishlab chiqarayotgan fi rmalar va ishlab chiqarish tarmoqlari va uzoq
muddatli iste’mol tovarlariga iqtisodiy sikl katta ta’sir ko’rsatadi. Imkoniyat
darajasida, fi rmalar asosiy tovarlarni ishlab chiqarishni kechiktirib turishlari
mumkin. iqtisodiyot oqsayotgan bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi asbob-
uskunalami xarid qilishni va yangi zavod-fabrikalarni qurilishini kechiktirib turadi.
Iqtisodiyotning istiqboldagi ahvoli asosiy tovarlarni ishlab chiqarilish ko’lamini
oshirishni kafolatini bermaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari yaxshi bo’lganda,
asosiy tovarlar odatda, ular umuman foydalanishdan chiqarilishidan avval
boshqasiga almashtiriladi. Ammo, inqiroz qo’ng’irog’i bong ursa, fi rmalar
o’zlarining eski uskunalarini ta’mirlab, ularni qayta foydalanishga jalb etadi.
Natijada, asosiy tovarlarga qo’yiladigan investitsiyalar keskin sur’atda pasayib
ketadi. Ishlab chiqarish qudrati yuqori bo’lgan firmalar muomaladan chiqib
ketayotgan sarmoyani o’rniga qo’yishga bosh qotirmaydilar. Ular uchun, sof
investitsiya salbiy ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu holat avtomobillar va asosiy uy
jihozlari kabi uzoq muddatli foydalanib bo’ladigan iste’mol tovarlariga ham
taa’luqlidir. Qachon iqtisodiy inqiroz yuz bersa va uy-xo’jaliklar o’z byudjetlarini
qisqartirsa, bu mahsulotlarni xarid qilinishi sekinlashadi. Oilalar yangi uy johozlari
yoki avtomobillar sotib olish o’rniga eskilarini ta’mirlashga tushib ketadilar hamda
bu mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan firmalar bundan katta aziyat chekadilar.
Aksincha, xizmatlar ko’rsatish sohasi va qisqa muddatli mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar har qalay inqirozning bunday keskin oqibatlaridan uzoqroqda
bo’ladilar. Odamlar endi kerakli tibbiy va qonuniy xizmatlarga xarajatlarni
qisqartirmaydilar. Inqiroz garovga narsa qo’yib pul beruvchi garovxona egalari va
bankkrotlik ishlari bilan shug’ullanuvchi huquqshunoslik fi rmalariga qaysidir
darajada foyda keltiradi. Chunki ular inqiroz ketidan ancha pul ishlab olishlari
mumkin. Oziq-ovqat va kiyim-kechak kabi qisqa muddatli tovarlarning xaridlarini
kechiktirib bo’lmaydi. Qisqa muddatli tovarlarning xaridlarining sifati ham, miqdori
ham pasayadi, lekin bu ko’rsatkich asosiy va uzoq muddatli tovarlarda
kuzatilmaydi.5
Shunday qilib, bu nazariya jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va
mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning xarakterini ko‘rsatadilar.
Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar,
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ularning pul jamg‘arishning ko‘payib
18
ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar nazariyalar o‘rtasidagi farq
uncha katta bo‘lmasdan, biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning o‘zgarishiga iste’mol
emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Fetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyada daromadlarni ko‘proq
jamg‘arib, etarli darajada iste’mol qilmaslik iqtisodiyot siklli rivojlanishining sababi
qilib ko‘rsatiladi:
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka
olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamg‘arish iste’molga sarflarini qisqartirib, iste’mol tovarlariga
talabning qisqarishiga olib keladi.
3) investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib, iste’mol
tovarlariga talab kamayib borishi sharoitida, taklif ortganda, narx pasayadi, iste’mol
tovarlari bozoridagi nomutanosiblik inqirozga olib keladi.
Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariya iqtisodiy siklni ishlab chiqarish vositalari
yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi.
Kunlik va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari hamda investitsion
tovarlar ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi.
Kunlik iste’mol tovarlari doimiy iste’mol qilinishi sababli, ularni iste’mol qilish
hajmi o‘zgargan taqdirda ham iqtisodiy faollikda uncha katta o‘zgarishlar sodir
bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar domiy ravishda emas, balki iste’molchi
daromadi ko‘paygan taqdirda sotib olinadi. SHu sababli, bunday tovarlarga talab
barqaror emas. Ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish talabi esa investitsion
tovarlarni doimiy ishlab chiqarish zarur qilib quyadi.
19
II–bob: MOLIYAVIY SIYOSAT
2.1. MOLIYA SIYOSATINING MAZMUNI VA AHAMIYATI
Har qanday jamiyatda ham davlat sub’ekt sifatida o‘ziga yuklatilgan burch,
vazifa va funksiyalarni bajarishda moliyadan foydalanadi. Ushbularni hayotda
amalga oshirish jarayonida moliya siyosati yetakchi o‘rinni egallaydi.
Siyosat – bu davlatning o‘z funksiyalarini va vazifalarini amalga oshirishga
qaratilgan hamma yo‘nalishlar, chora va tadbirlar yig‘indisidir. Ijtimoiy
munosabatlar sohalariga bog‘liq holda va uni siyosiy ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ekt deb
qaraganimizda – iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy yoki texnik, moliya yoki kredit,
ichki yoki tashqi siyosatlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.
Siyosatning asl ma’nosi davlatni boshqarish san’ati degan ma’noni
anglatadi.
Siyosat, siyosiy ta’sir yoxud siyosiy boshqarish uch muhim elementlardan
iborat bo‘ladi:
Birinchidan, jamiyatning hayotiga oid bo‘lgan asosiy vazifalar va
maqsadlar aniqlanadi va belgilanadi;
Ikkinchidan, shu aniqlangan istiqbolli va yaqin kelajakdagi vazifalar va
maqsadlarga erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan chora-tadbirlar
ishlab chiqiladi;
20
Uchinchidan, shu aniqlangan va belgilangan vazifalarni bajarish tashkil
etiladi.
Iqtisodiy siyosat – xo‘jalik yuritishning tamoyillari va shakllari,
iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va
faoliyatlar yig‘indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida
turlicha bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin.
Iqtisodiy siyosat o‘z ichiga:
-
moliya-fiskal siyosati;
-
pul-kredit siyosati;
-
investitsiya siyosati;
-
narx siyosati;
-
tashqi iqtisodiy faoliyati siyosati kabilarni oladi.
Moliya siyosatini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida davlatning
oldida turgan vazifalarni bajarishga, jamiyat iqtisodiy manfaatlariga ta’sir etish
shart-sharoitlari yaratiladi.
Moliya siyosati – bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o‘z
funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda
usullarida tizimli namoyon bo‘luvchi tadbirlar yig‘indisidir.
Ma’lum mamlakatning moliya siyosati qator omillarga: tarixiy sharoitlar,
iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar, ularga
erishish muddatlari va hattoki milliy udumlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy
hayotning evolyusion rivojlanish va davlat tuzumining barqarorlik davrida
davlatning moliya siyosatii mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish va
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. Inqilobiy o‘zgarishlar davrida mavjud tuzumni tezroq
o‘zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni buzish va yangi ijtimoiy
munosabatlar tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosat olib boradilar. Moliya
siyosati – bu davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy
resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga
davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Moliya siyosatining muhim vazifasi – u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Bu siyosat iqtisodiy siyosatga bog‘liq ammo
bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan
sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlat
siyosatini har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirish uchun hoh ijtimoiy,
hoh iqtisodiy, yoki xalqaro munosabatlar doirasida muhim vositadir.
Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji
qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi
baholanishi lozim.
21
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun
birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot
rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish
vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya
siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish va ob’ektiv baholash
mumkin.
Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri – moliyaviy resurslarni imkon
qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi va uzluksizligini
ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar potensiali barcha o‘zgarishlarning
bazasidir. Shuning uchun, moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik
asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy potensiali,
boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining ob’ektivligi haqida
aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Har qanday jamiyatda davlat o‘z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish,
belgilangan maqsadlarga erishish uchun moliyadan foydalanadi. Qo‘yilgan
maqsadlarni amalga oshirishda moliya siyosati muhim rol o‘ynaydi:
- uni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan
vazifalarni bajarish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi;
- moliya siyosatini mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, qo‘yidagi muhim bo‘g‘inlarni
o‘z ichiga oladi:
a)
moliyaviy
munosabatlarni
rivojlantirishning
ilmiy
asoslangan
konsepsiyalarini ishlab chiqish.
Bu konsepsiyalar qo‘yidagilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi:
- iqtisodiy qonun-qoidalarni hisobga olish;
- xo‘jalik ahvolini har tomonlama tahlil qilish;
- iqtisodiyotni bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
- aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish.
b) istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan
maqsadlarga yetish yo‘llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va
moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
v) qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-
harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.
Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning yaxlitligi moliya siyosatining mazmunini
aniqlab beradi.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan moliya siyosati samaralidir. Shuningdek, uzoq davrga
mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular