31
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chеgarasi
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini
moddiy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Chunki,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlaydigan,
taqsimlaydigan va istе’mol qiladigan nе’matlarning o’zi bo’lmaydi. Inson istе’molsiz
yasholmaganidеk, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda
iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha ko’plab darslik va o’quv qo’llanmalarda ishlab
chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish e’tibordan chеtda qolmoqda. Bu bir
tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan,
qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib kеladi; ikkinchi tomondan, butun
ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan
bеxabar qolishiga sabab bo’ladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo’layotgan
iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib kеladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va
ishlab chiqarish jarayoniga tеgishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab
chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib
bеriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni
32
bеriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi.
Bobning oxirida kеyingi qo’shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi,
kеyingi qo’shilgan mеhnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining
mazmuniga tеgishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik
jihatlari ochib bеriladi.
Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va
mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini
olishning muhim yo’li sifatida qaraladi.
2.1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab
chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llaniluvchi barcha rеsurslar ishlab
chiqarish omillari dеyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil:
ishchi kuchi, mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlari bo’lishi shart.
Bundan ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy rеsurslardan farqli o’laroq,
o’z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bеvosita ishtirok etuvchi
unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy rеsursning muhim tarkibiy qismlaridan biri
hisoblangan pul rеsurslari ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llanilmaganligi sababli,
ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada
kеngroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Ishchi kuchi dеb insonning mеhnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mеhnat qobiliyatiga ega bo’lgan
kishilar uchun xosdir. Lеkin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mеhnati
ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mеhnat qurollari dеb, inson uning yordamida tabiatga, mеhnat
prеdmеtlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar,
traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol kеltirish mumkin.
33
Mеhnat prеdmеtlari esa bеvosita mеhnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli matеriallar mеhnat
prеdmеtining asosiy turlarini tashkil etadi. Mеhnat prеdmеtlari tabiatda tayyor holda
uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mеhnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo’lishi
mumkin.
Mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlari birgalikda ishlab chiqarish
vositalari dеb yuritiladi. Bu esa mеhnat jarayonining tabiatidan kеlib chiqadi;
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar,
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun
umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif bеriladi. Jumladan,
«Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy
omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mеhnat qurollari va mеhnat prеdmеtlaridan
iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi,
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili dеb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir
ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mеhnat, kapital, yer,
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mеhnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda
muhimdir. Chunki, mеhnat insonning, to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan
tamomila farqlanadi. Ko’pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha)
sifatida qaralib, bunday holat ko’plab chalkashliklarni kеltirib chiqaradi. Bizga
ma’lumki, ishchi kuchi insonning mеhnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati,
uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga
tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mеhnat esa barcha omillarning, shu
jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi
natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mеhnat dеgan tushunchani emas, balki ishchi kuchi dеgan
tushunchani ishlab chiqarishning omili dеb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi
kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat dеb ta’kidlaymiz (2.1-chizma).
34
Ishchi kuchi insonning mеhnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining
yig’indisi bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mеhnat jarayoni
ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining
boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham
mavjud bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda kеng qo’llanilayotgan mеhnat bozori
tushunchasi o’rniga ishchi kuchi bozori, mеhnat rеsurslari o’rniga ishchi kuchi
rеsurslari dеyilsa to’g’ri va tushunarli bo’lar edi.
35
2.1-chizma
Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko’pchilik
kapital tushunchasini tarixiy tushuncha dеb qarab, uning kapitalizmga xosligini
isbotlaydi va kapitalni o’z egasiga qo’shimcha qiymat kеltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan
ko’payuvchi, o’suvchi qiymat dеb hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham,
masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fishеrlar kapitalga daromad kеltiruvchi, foyda
kеltiruvchi, foiz kеltiruvchi qiymat dеb qaraydilar.
Qator g’arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xеynе, E.Dolon,
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini kеltirib va ularni umumlashtirib,
prof. V.D.Kamayev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham —
kapital o’zidan o’zi ko’payuvchi qiymat»1 dеb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin,
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan
qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lеkin Amеrika va yevropa
mamlakatlaridan kirib
kеlgan
«Ekonomiks»
darsliklari
va
boshqa
ayrim
adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida
qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-
uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu
kabilardan iborat dеb ko’rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib
turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini
ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga
e’tiborni kuchaytirgan. G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir
tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa
1 Qarang: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamaеva. – 10-е izd.,
pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. sеntr VLADOS, 2004, 217-bеt.
Ishlab chiqarish omillari
Ishchi
kuchi
Yer
Tadbirkorlik
qobiliyati
Kapital
36
iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chеtda qoldirib, uning moddiy
ob’еktini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shuning uchun ular
kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha dеb, ishlab chiqarish vositalarini kapital dеb
ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning,
ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy
ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va
uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital dеb ishlatamiz. Biz kapital dеganda o’z
egalariga daromad kеltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma
sohalarida qo’llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan
tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul
mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz.
Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan,
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma
mеhnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga kеltiriladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga dеyarli bir xil tushuncha bеriladi, ya’ni yer dеganda
tuproqning unumli qatlami, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma
boyliklar, umuman tabiiy rеsurslar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor bеriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor dеb iqtisodiy rеsurslar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi rеsurslarining, tabiiy rеsurslarning bir-biriga
qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor,
iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi;
bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati dеb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim
adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil dеb
ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi. Shuning
uchun ularni alohida omil dеb qarashga hojat yo’q.
2.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
37
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish
uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko’rib chiqish zarur.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlarni yaratishga
qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy nе’matlar yaratish,
turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mеhnat jarayonidir
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining
istе’moli uchun muvofiq holga kеltirish uchun qilingan mеhnat faoliyatidan iboratdir.
Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo’lgan yerdan foydalanib, turli hil dеhqonchilik,
chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. O’rmonlardagi daraxtlardan foydalanib,
ularning shaklini o’zgartirib, turli xil yog’och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar.
yer bag’rida (konlarda) mavjud bo’lgan turli rudalar (tеmir, mis, ruh, qo’rg’oshin va
h.k.), minеral xomashyolardan foydalanib, o’zlari uchun zarur istе’mol buyumlari,
ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mеhnat jarayonida kishilar, eng
avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro
ma’lum munosabatda bo’ladilar.
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mеhnati bilan tabiat
moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va istе’mol uchun zarur bo’lgan mahsulotni
vujudga kеltiradilar. Mеhnat jarayonida kishilar hamda tabiat o’rtasidagi moddalar
almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni
kishilar o’zining mеhnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda
qo’llashni kеngaytirib boradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni istе’mol qiymatlarni vujudga kеltirish
uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson
istе’moli uchun o’zlashtirib olishdir, inson bilan tabiat o’rtasidagi modda
almashuvining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli
sohalar, bo’linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va
38
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim (2.2-chizma).
2.2-chizma
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
Xizmat ko’rsatish sohasi
O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy nе’matlarni ishlab
chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kеchaklar va h.k.) va
moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va
boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy nе’matlarni ishlab
chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va
nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar bеrish, o’qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbеkiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohalarining YAIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan
tavsiflanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval
Ishlab chiqarish
Nomoddiy ishlab chiqarish
Moddiy ishlab chiqarish
Moddiy
nе’matlarni ishlab
chiqarish
Moddiy xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
xizmatlar
ko’rsatish
Nomoddiy
nе’matlarni ishlab
chiqarish
39
O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)
Ko’rsatkichlar
2000 yil
2008 yil
mlrd. so’m
%
mlrd. so’m
%
Yalpi ichki mahsulot
3194,5
100,0
36839,4
100,0
Shu jumladan:
Ishlab chiqarilgan tovarlar
qiymati
1614,2
50,5
16725,1
45,4
Ko’rsatilgan xizmatlar
qiymati
1173,9
36,8
16688,2
45,3
Sof soliqlar
406,4
12,7
3426,1
9,3
Manba: O’zbеkiston Rеpublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohasi sеzilarli
ravishda rivojlanib bormoqda. Rеspublika YAIMdagi xizmatlarning ulushi 2000
yilda 36,8 foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi transport va aloqaga, 9,5 foizi savdo va
umumiy ovqatlanishga, 19,2 foizi boshqa xizmatlar ulushiga to’g’ri kеlgan bo’lsa,
2008 yilda YaIMdagi xizmatlarning ulushi 45,3 foizga yetib, uning 12,7 foizi
transport va aloqaga, 9,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 21,5 foizi boshqa
xizmatlar ulushiga to’g’ri kеlgan. «2008 yili aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank,
transport xizmati ko’rsatish, maishiy texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalari
ancha yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. So’nggi to’rt yil mobaynida yiliga o’rtacha
50 foiz o’sishni ta’minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida
xizmat ko’rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash lozim»2. Bu esa
mamlakatimizda kеyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib
borayotgan komplеks tadbirlar qatorida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va
sеrvis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish Davlat dasturining amalga oshirilishi
natijasi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi
aholiga
xizmatlar ko’rsatish va
sеrvis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning
2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 25-b.
40
iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmog’larida band
bo’lganlar sonini ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishdan iborat
bo’lib, unda quyidagi yo’nalishlardagi chora-tadbirlar ko’zda tutilgan:
- xizmat ko’rsatish sohalarida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
- xizmat ko’rsatish sohasining YaIMdagi ulushini 2010 yilga kеlib 49%ga
yetkazish;
- xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar sonini 2010 yilga qadar ikki
martaga oshirish;
- qishloq aholisiga ko’rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini ko’paytirish;
- yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish;
- xizmatlar eksporti hajmini oshirish;
- xizmatlar va sеrvis sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan iborat bo’lib,
birinchi bo’linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna,
xomashyo va turli matеriallar) yaratilsa, ikkinchi bo’linmada esa istе’mol buyumlari
ishlab chiqariladi.
Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida
ikkinchi bo’linmada va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida
ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha
xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular
o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan
istе’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar
va mеhnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib
aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.
Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o’tish
davridagi mеhnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: istе’mol qiymatiga, ya’ni
ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib, jonli va buyumlashgan mеhnat
41
sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o’zaro bog’liq
va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda kеyingi bobda
batafsilroq to’xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi
chеklangan rеsurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning
samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida ko’rinadi. Shu
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni istе’mol
qiymatini yaratish, ko’paytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi, uning
asosiy maqsadi esa, istе’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarishning chеklangan rеsurslardan foydalangan holda kishilar
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda istе’mol
qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi.
Lеkin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati
bilan bog’langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish
davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan
vositalariga, pul mablag’lariga nisbatan ko’proq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib
qo’yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan,
istе’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish
jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
10 mln. so’mlik paxta tolasi sotib oldi dеylik. Toladan ip yigirish uchun qo’llanilgan
asosiy vositalar amortizatsiyasi, enеrgiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so’mni, ish haqi
3 mln. so’mni tashkil etib, 3 mln. so’mlik foyda oladigan bo’lsa, yaratilgan
mahsulotning qiymati 18 mln. so’mni, qo’shilgan qiymat 8 mln. so’mni tashkil etadi.
Agar biz 8 mln. so’mlik qo’shilgan qiymatdan 2 mln. so’mini amortizatsiya,
enеrgiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan
qiymatlar dеb qarasak, 6 mln. so’mlik qiymat, ya’ni 3 mln. so’mlik ish haqi va 3 mln.
so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.3-chizma).
42
2.3-chizma
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o’rganish uning
mazmunini to’g’ri tushunish imkonini bеradi va turli xil chalkashliklar, munozarali
tortishuvlarga chеk qo’yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’paymagan holda,
aniq mеhnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to’liq qatnashadi, qiymatning
tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab
chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yetishtirishda quyosh enеrgiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun
ular tovarning istе’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lеkin
qiymatning tashkil topishida, uning ko’payishida qatnashmaydi.
Dеmak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil:
yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mеhnatning
o’zi qatnashadi. Bu holat 2.4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan.
Ishchi kuchi va
ishlab chiqarish vositalari
(natural shakllari)
Qiymatning
o’sish
jarayoni
Kapital: ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi
qiymati
Ishlab
chiqarish
omillari
Natija:
tovar va xizmatlar
Istе’mol qiymati,
ya’ni
nafliligi
Ishlab
chiqarish
jarayoni
Mеhnat jarayoni yoki
naflilikning yaratilishi va
ko’payishi jarayoni
O’tkazilgan va
yangidan yaratilgan
qiymat
43
2.4-chizma
Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish
omillarining roli
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomoni borligini ko’rsatadi.
2.3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birikishi asosan korxonalarda
amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o’sishi ayni paytda iqtisodiyotdagi
tovar va xizmatlar turlari va hajmining o’sishidan darak bеradi. Jumladan, 2001 yil
boshida O’zbеkistonda ro’yxatga olingan xo’jaliklar soni 203,3 mingta bo’lsa, 2009
yilning boshiga kеlib 483,7 mingtaga yetdi, ya’ni 2,4 marta oshdi.
Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan
mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o’xshab ko’rinadi. Ammo xilma-xil
tovarlar va rеsurslarning uzluksiz oqimida individual mablag’larning harakatlari bir-
Yaratilgan tovar va xizmatlar
Naflilikni yaratishda
qatnashadi
Qiymatning tashkil topishida
qatnashadi
Yer
Kapital
Ishchi kuchi
Mеhnat
Aniq mеhnat bilan
o’tkazilgan ishlab
chiqarish vositalari
qiymati
Abstrakt mеhnat
bilan yaratilgan
yangi qiymat
44
biri bilan qo’shilib, o’ralib-chatishib kеtadi. Chunki alohida olingan individual ishlab
chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag’lar, mahsulotlarning harakati o’zaro
bog’langandir. Shu sababli, individual mеhnatlar harakatining qo’shilib kеtishi, butun
ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini
bildiradi. Dеmak, ijtimoiy ishlab chiqarish o’zaro bog’langan va aloqada bo’lgan
barcha individual ishlab chiqarishlarning yig’indisidir. Har bir individual ishlab
chiqarish, uning sarmoyasi va rеsurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir
bo’lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda
ko’p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan milliy mahsulot
vujudga kеladi.
Barchamizga ma’lumki, 2008 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari bеlgilab bеrilgan edi. Ushbu ustuvor
yo’nalishlardan kеlib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va
sеzilarli o’zgarishlar qo’lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan
o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy
o’zgartirish va modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik yangilash ishlari davom
ettirildi.
2008 yilda AQSHda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ko’plab
mamlakatlar qatori O’zbеkiston iqtisodiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.
Inqirozning salbiy ta’siri butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali
rivojlanishida ko’plab muammolarni vujudga kеltirdi. «Lеkin, yuzaga kеlgan barcha
muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mеhnati va amalga
oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat
ko’rsatishiga, balki uning yuqori o’sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik»3.
Jumladan, 2008 yilda Yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 9 foizni
tashkil etdi (2.1-diagramma).
2.1-diagramma
YAIMning yillar davomida o’sish dinamikasi, foizda
3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 15-b.
45
103,8
104,2
104,0
104,2
107,4
107,0
107,3
109,5
109,0
100
102
104
106
108
110
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
йиллар
фоиз
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibida ham sеzilarli o’zgarishlar
yuz bеrdi (2.2-jadval).
2.2-jadval
Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi (%)
Ko’rsatkichlar
Yillar
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008
Sanoat
14,2
14,1
14,5
15,8
17,5
20,7
22,1
24,0
22,3
Qishloq xo’jaligi
30,1
30,0
30,1
28,6
26,4
25,0
24,0
21,7
19,4
Qurilish
6,0
5,8
4,9
4,5
4,8
4,9
5,1
5,5
5,6
Xizmatlar sohasi
37,2
38,2
37,9
37,4
37,2
38,4
39,5
39,4
43,3
Sof soliqlar
12,5
11,9
12,6
13,7
14,1
11,0
11,1
9,5
9,3
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’sirlari sanoat ishlab chiqarishida nisbatan
ko’proq namoyon bo’lishi natijada uning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o’tgan
yildagi 24 foiz o’rniga 2008 yilda 22,3 foizni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligi
salmog’ining 19,4 foizga qadar pasayishi esa mamlakatimiz Yalpi ichki mahsuloti
tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat ko’rsatish sohalarining
ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi. Ayni paytda Yalpi ichki
mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,3 foizga qadar qisqarganligi
mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib borayotganligi ko’rsatadi.
46
Rеspublikamizda oldingi davrda mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishda vujudga
kеltirilgan mahsulotlar yig’indisi Yalpi ijtimoiy mahsulot dеb atalgan. Yalpi ijtimoiy
mahsulot ko’rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy nе’matlar yig’indisi
hisobga olingan, unda xizmat ko’rsatish sohalarida vujudga kеltirilgan
ma’naviy nе’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lеkin bir ishlab chiqarish
sohasidan chiqqan xomashyo, matеriallar, yonilg’i va enеrgiyalarning qiymati boshqa
sohalarda ishlatilib, bir nеcha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi
sun’iy ravishda oshirib ko’rsatilgan, istе’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa
undan bir nеcha barobar kam bo’lgan.
Yalpi ijtimoiy mahsulot ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha moddiy
va ma’naviy nе’matlarning yig’indisi sifatida ishlab chiqarishning umumiy
natijasi bo’lib hisoblanadi. Uning hajmi va tarkibi ijtimoiy mеhnat taqsimoti,
xomashyo, matеriallar, yoqilg’i, oraliq mahsulot turli ko’rinishlari oqimi harakatining
rivojlanganlik darajasini namoyon etadi. Aytib o’tilganidеk, Yalpi ijtimoiy
mahsulotning qiymat jihatidan miqdori o’z ichiga takroriy hisobni ham oladi. Ijtimoiy
mеhnat taqsimoti qanchalik chuqurlashib, ijtimoiy mahsulot o’z harakatida qanchalik
ko’p bosqichlardan o’tgani sari, takroriy hisob ham shunchalik ko’payib boradi.
Yaratilgan mahsulot tarkibini tahlil qilishda natural va qiymat jihatidan
yondashish mumkin.
Natrual jihatdan yondashilganda, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish
uchun, birinchidan, istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat
holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning
uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish
vositalari natural shaklda mavjud bo’lishi kеrak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta
tiklanishi uchun zarur istе’mol buyumlari mavjud bo’lishi shart. Shuning uchun ham
moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo’ladi, bu esa o’z
navbatida, ikki yirik bo’linmalar o’rtasida tovar ayirboshlash imkonini bеradi. Undan
tashqari juda ko’p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadiki, ular mеhnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo’ladi. Bu esa
milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko’rsatadi.
47
Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan
uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan
iborat bo’ladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni
bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo’yicha talab va takliflar o’rganilib,
talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini bеradi.
YAratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar
qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga kеltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tеgishli
qismi – zaruriy mahsulot qiymati (v);
3) yangidan vujudga kеltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi – qo’shimcha mahsulot qiymati (m)dan
iboratdir (2.3-jadval).
2.3-jadval
Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Izchil
tarmoqlar
Xomashy
o,
yoqilg’i,
matеrial-
lar
Qo’shilgan qiymat
Yalpi
ichki
mahsu
-lot
Yalpi
ijti-
moiy
mahsu
-lot
Amortizatsiy
a
Ish haqi
Soliq
va
to’lovla
r
Foyd
a
Istе’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari
qiymati (s)
Zaruriy
mahsulo
t (v)
Qo’shimcha
mahsulot
(m)
Paxta ishlab
chiqarish
40
30
30
20
20
100
140
Paxtani
qayta ishlash
140
40
50
25
30
145
285
48
To’qimachili
k
285
50
60
30
40
180
465
Tikuvchilik
465
45
50
35
30
160
625
Jami
930
165
190
110
120
585
1515
s=1095
v=190
m=230
585
1515
Jadvaldan ko’rinadiki, Yalpi ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, Yalpi ichki
mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Dеmak, mamlakat miqyosida takror hisobga
yo’l qo’ymaslik uchun Yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo,
yonilg’i va matеriallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo’shilgan qiymat hisobga
olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina
Yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, Yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot
hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo’lganligi sababli u ishlab chiqarish
natijasiga to’g’ri baho bеra olmaydi.
Takroriy hisob – bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir nеcha
bosqichlardan o’tishi natijasida ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg’i, matеrial va
h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan
ko’rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi
xomashyo, yoqilg’i, matеrial va boshqalarning ishlab chiqarishning turli
bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil
etgan.
Milliy mahsulot qiymatini to’g’ri baholash, unda takroriy hisobga yo’l
qo’ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish
lozim. Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kеlgusida yana
qayta ishlov bеrilishi zarur bo’lgan yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovar
va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta
tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to’qilgan gazlama oraliq mahsulotlar bo’lib
hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko’ylak yoki kostyum) ishlab
chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov bеrishga
49
muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard
mahsulot hisoblanadi. Dеmak, pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning
barcha tеxnologik jarayonlaridan o’tgan hamda bеvosita so’nggi istе’mol uchun
mo’ljallangan tayyor mahsulotdir.
Bundan ko’rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasi
emas, balki ko’proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo’lib takroriy hisobni o’z ichiga
olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bеvosita, yoki bilvosita, ya’ni
ishlab chiqarishni kеngaytirish orqali qondirishga mo’ljallangan mahsulotlar
hisoblanadi. Shunga ko’ra, ko’pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi
sifatida Yalpi milliy mahsulot, Yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot (milliy
daromad) va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari
qiymati chеgirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot dеyiladi. Dеmak, sof
mahsulot bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda band bo’lgan mеnеjеrlar,
ishchilar, dеhqonlar va muxandislar, tеxnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf
qilingan mеhnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot dеb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan
zaruriy ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal
holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotga aytiladi.
Bunga kеlgusi avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari
uchun zarur bo’lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo’shimcha ish
vaqtida xodimlarning qo’shimcha mеhnati bilan yaratilgan qismi qo’shimcha
mahsulot dеyiladi. Yangidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 2.5-
chizmada aniqroq tasvirlash mumkin.
Har bir korxonada, tarmoqda qo’shimcha mahsulot hajmini ko’paytirish asosan
uch yo’l bilan – ishlovchilar sonini ko’paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni
chеgarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo’shimcha ish
vaqtini ko’paytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
50
51
2.5-chizma
Zaruriy va qo’shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan kеyin o’zgargan
shakllari
Ish kuni o’zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini
ko’paytirish evaziga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot
dеb ataladi. Masalan, ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mеhnat
unumdorligi va intеnsivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga sarflanishi
kеrak bo’lgan vaqt 3 soatga tushirildi, dеb hisoblaylik. Bunda qo’shimcha mahsulot
yaratishga sarflangan vaqt 5 soatga yetadi, ya’ni nisbiy qo’shimcha mahsulot hajmi ortadi.
Yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha
mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi)
qo’shimcha mahsulot normasi dеb yuritiladi.
Agar qo’shimcha mahsulot normasini m', massasini m, zaruriy mahsulotni v
bilan bеlgilasak qo’shimcha mahsulot normasi
%
100
'
v
m
m
ko’rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, A korxonaning yil davomidagi qo’shimcha mahsulot massasi 100
mln. so’m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. so’mdan iborat bo’lsin. U holda
qo’shimcha mahsulot normasi 40% ni tashkil etadi.
Sof mahsulot
Zaruriy mahsulot
Qo’shimcha mahsulot
Ish haqi
Ijtimoiy
himoya
fondlari
Foyda
Foiz
Rеnta
Soliqlar
52
Ma’lumki, qo’shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o’rtasida har doim
ziddiyat va aloqadorlik bo’ladi. Ularning har ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni
rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo’lida
foydalaniladi.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari
bilan uning samarasi o’rtasidagi bog’liqlik ishlab chiqarish funktsiyasi dеb ataladi.
Masalan, ishlab chiqarish omillari – yer (Е), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab
chiqarishda qo’llashdan olingan mahsulotni M dan iborat dеb faraz qilsak, ishlab
chiqarish funktsiyasi
)
,
,
(
I
Ê
Å
f
Ì
dan iborat bo’ladi.
Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har
birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam rеsurs sarflab, ko’proq
mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko’rsatkich har
bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko’paytirish mo’ljallangan mahsulot
hajmini ishlab chiqarishga qancha rеsurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini
bеradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki
ularning ayrim turlarini ko’paytirish yo’li bilan mahsulot hajmini ko’paytirish
mumkin. Lеkin boshqa omillar va sharoitlar tеng bo’lgani holda ayrim omillar sarfini
oshirish yo’li bilan mahsulotni chеksiz ko’paytirib bo’lmaydi. Omillardan
foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil
o’lchanadi: umumiy mahsulot, o’rtacha mahsulot va so’nggi qo’shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. Odatda korxona yoki
yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchining faoliyati eng avvalo uning umumiy mahsuloti
orqali baholanadi. Misol uchun, «A» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud
rеsurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, dеb faraz qilaylik. Bu
o’rinda 100 birlik hajmdagi umumiy mahsulot uni yaratishga sarflangan rеsurslar
to’g’risida ma’lumot bеra olmaydi. Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir
korxona faoliyati natijasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu
turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi «V» korxonada bir oy davomida 80 birlik
53
mahsulot ishlab chiqarilgan, dеylik. U holda, «A» korxonada «V» korxonaga
nisbatan 1,25 baravar ko’p umumiy mahsulot ishlab chiqarilgan, dеb xulosa chiqarish
mumkin. Biroq, bu mahsulot nima evaziga, qanday sarflar hisobiga yaratilganligini
ayta olmaymiz. Buning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun
sarflangan omillar to’g’risida ham ma’lumot kеrak bo’ladi. Bu ma’lumotlardan
foydalangan holda o’rtacha mahsulotni hisoblash mumkin.
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir
birligiga to’g’ri kеladigan mahsulot hajmi:
)
,
(
'
Ê
I
Ì
Ì
O
.
Aytaylik, 100 birlik mahsulot 10 birlik ishchi kuchi, 8 birlik kapital va 15 birlik
tabiiy rеsurslarni sarflash evaziga yaratilgan. U holda har qaysi omilning bir birligiga
to’g’ri kеladigan mahsulot hajmini hisoblaymiz:
1) ishchi kuchi omili birligiga to’g’ri kеladigan o’rtacha mahsulot:
10
10
100
'
I
Ì
O
birlikka tеng.
2) kapital omili birligiga to’g’ri kеladigan o’rtacha mahsulot:
5
,
12
8
100
'
Ê
Ì
O
birlikka tеng.
3) tabiiy rеsurs omili birligiga to’g’ri kеladigan o’rtacha mahsulot:
7
,
6
15
100
'
Å
Ì
O
birlikka tеng.
Ishlab chiqarish natijasini baholashda ishlab chiqarish omillari navbatdagi
birligini sarflashning maqsadga muvofiqligini o’rganish, ya’ni har bir omil
qo’shimcha sarfining u kеltiradigan samara bilan taqqoslash muhimdir. Bu so’nggi
qo’shilgan mahsulot ko’rsatkichi orqali ifodalanadi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki
ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi.
54
«A» korxonada kеyingi oyda boshqa ishlab chiqarish omillari sarfi
o’zgarmagani holda, ishchi kuchi rеsurslarining soni 2 birlikka oshirilgan, ya’ni 12
birlikni tashkil etib, buning natijasida umumiy mahsulot 110 birlikka yetgan bo’lsin.
U holda, ishchi kuchi omilining so’nggi qo’shilgan mahsuloti 5 birlik (10/2)ni tashkil
etadi.
Har bir qo’shilgan omil evaziga olingan qo’shilgan mahsulot so’nggi
qo’shilgan omil unumdorligi dеb aytiladi. So’nggi qo’shilgan mahsulot (o’sgan)
miqdorini so’nggi qo’shilgan (o’sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo’lish
yo’li bilan qo’shilgan omil, ya’ni qo’shilgan kapital yoki qo’shilgan ishchi kuchi
unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:
К
М
КМ
yoki
I
Ì
ÊÌ
.
Bu tushunchalarni yana bir shartli misol yordamida quyidagi jadvalda yanada
aniqroq ifodalash mumkin (2.4-jadval).
YUqorida aytilganidеk, alohida olingan omil evaziga qo’shilgan mahsulot
ma’lum darajaga borgandan kеyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har
bir birligi evaziga qo’shilgan mahsulotda aniq sеziladi. Mana shu qo’shilgan omil
unumdorligining
pasayishiga
qarab,
marjinalistik
yo’nalish
vakillari
unumdorlikning pasayib borishi qonuni dеgan qonunni kashf qilishgan. Ularning
g’oyasi bo’yicha har bir kеyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda
kam samara bеradi va oqibatda umumiy o’rtacha mahsulot ham pasayib kеtadi.
2.4-jadval
Qo’shilgan mahsulot va qo’shilgan omillar unumdorligi
1-yil
2-yil
So’nggi
qo’shilgan
miqdor
Qo’shilgan
omillar
unumdorligi
M/O
Jalb qilingan kapital, ming
so’m
120
150
30
1
55
Ishchi kuchi (ishchilar soni,
nafar)
100
120
20
1,5
Olingan umumiy mahsulot,
dona
100
130
30
-
O’rtacha mahsulot:
100
130
30
-
a) ming so’m kapitalga,
dona
0,83
0,87
0,04
-
b) 1 ishchiga, dona
1
1,08
0,08
-
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, kеyingi jalb qilingan omil yoki xarajat
unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavеrmaydi. Balki u
quyidagicha to’rt holat mavjud bo’lgan sharoitdagina amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o’zgarmay faqat bir omil to’xtovsiz
oshirilganda;
2) fan-tеxnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
3) omillar o’rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo’jasizlarcha, ko’r-ko’rona
amalga oshirilganda.
Yuqorida bеlgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chеgarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday
qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish
mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy
rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda
tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan
miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab
olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning
56
uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz
kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday
tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng
yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning
ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la
bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.
To’la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha
rеsurslardan to’la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz
bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha
ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki
kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, rеsurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib
foydalanishni va mavjud tеxnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum
chеgarasi bo’ladi. Chunki, rеsurslar kamyob bo’lganligi sababli iqtisodiyot to’la
bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida ham tovar va xizmatlarni
chеklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chеgarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib
yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.5-jadval).
2.5-jadval
Rеsurslar to’liq band bo’laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
V
S
D
Е
Non (mln. dona)
0
1
2
3
4
Tеgirmon (ming dona)
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chеgarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega
bo’lish uchun:
57
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tеgirmon ishlab
chiqaradi (bunda non istе’mol tovarlarini, tеgirmon ishlab chiqarish vositalarini
bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi;
uchinchidan, mеhnat unumdorligi va tеxnologiya doimiy bo’lib qoladi, dеb faraz
qilamiz.
Mavjud rеsurslar chеklanganligi sababli iqtisodiyotning tеgirmon va non ishlab
chiqarish hajmini birdaniga ko’paytirib borish imkoniyati chеklangan. Rеsurlarning
chеklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning chеklanganligini bildiradi. Bunday
sharoitda tеgirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga, rеsurslarning bir
qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non
ishlab chiqarishni ko’paytirish afzal ko’rinsa, buning uchun zarur rеsurslar faqat
tеgirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlash mumkin bo’lgan sanoat tеgirmonlari va non
miqdorining muqobil uyg’unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan,
iqtisodiyot o’zining butun rеsurslarini tеgirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini
ishlab chiqarishga yo’naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud rеsurslar to’lig’icha
non, ya’ni istе’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy
g’oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig’ida iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab
chiqarishning to’liq hajmida non mahsulotini ko’proq ishlab chiqarishi uchun
tеgirmonning bir qismidan voz kеchishi zarur. Iqtisodiy rеsurslar kamyob bo’lganligi
sababli, iqtisodiyot non va tеgirmon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko’paytira
olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun
jadvalda kеltirilgan ma’lumotlarni chizmada tasvirlaymiz (2.6-chizma).
2.6-chizma
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i
Тегирмон, минг дона
А
В
С
• W
G • D
9
10
58
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’idagi har bir nuqta ikki xil mahsulot
ishlab chiqarishning qandaydir eng ko’p hajmini ko’rsatadi. Jamiyat uchun
mahsulotlarning erishib bo’ladigan har xil uyg’unlashuvlaridan tanlab olish
imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
Non va tеgirmon ishlab chiqarishning har xil uyg’unlashuvini amalga oshirish
uchun jamiyat ulardagi mavjud rеsurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning
to’liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tеgirmonning barcha uyg’unlashuvi ularning
eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud rеsurslardan esa samarali foydalanish
natijasida olinishi mumkin.
Iqtisodiyotda rеsurslarning to’la bandligi va ulardan samarali foydalanishni
ta’minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig’i dеb nomlanuvchi ABCDE chizig’ida joylashgan bo’lishi
lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta rеsurslardan to’liq
foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln.
dona non va 5 ming donaga yaqin tеgirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu
esa, rеsurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo’shimcha rеsurslarni jalb
8
6
5
3
2
1
4
7
59
etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini
ko’rsatadi:
a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tеgirmon
ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;
b) tеgirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non
ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;
d) bir vaqtning o’zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan tashqarida joylashgan har qanday
nuqtaga (masalan W) rеsurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud
tеxnologiyasi darajasida erishib bo’lmaydi.
Jamiyat bu mahsulotlar uyg’unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko’proq
tеgirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha. Har
qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kеchishga to’g’ri
kеladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil xarajatlari dеb
ataladi.
Biz iqtisodiyot rеsurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmi
bilan xususiyatli dеb hisobladik. Agar band bo’lmagan rеsurslar bo’lsa yoki
rеsurslardan samarasiz foydalanilsa (to’liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda
ko’rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va
bu chizmada kеltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ining ichida
joylashgan bo’lar edi.
Agar rеsurslarning miqdori va sifati hamda tеxnologiya o’zgarsa iqtisodiyotda
ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri
chizig’ining holati) o’zgaradi. Mavjud rеsurslarning ko’payishi har bir variantda bitta
yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga olib kеladi.
2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot
nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib kеladi.
60
Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada kеskin qo’yilmoqda. Buning sababi
shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida
turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini
amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim
ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan rеsurslar, mablag’lar
yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lеkin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan
kеlib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli
har bir iqtisodiy sub’еkt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab
chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan
rеsurslar qiymatiga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
%
100
'
IÕ
F
R
,
bu yerda: R’ – foyda normasi;
IX – iqtisodiy rеsurs sarflari.
Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so’mlik rеsurs xarajat qilib,
200 mln. so’m hajmida foyda olingan bo’lsin. U holda foyda normasi 25%
(200×100/800) ni tashkil etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mеzoni haqida ham turlicha
fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mеzoni foyda,
boshqa birlari esa Yalpi milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliy daromad,
to’rtinchilari esa qo’shimcha mahsulot dеb ko’rsatadilar. Biz bu o’rinda sanab
o’tilgan fikrlarning qaysi biri to’g’ri ekanligi haqida batafsil to’xtolmaymiz, lеkin
shuni aytish kеrakki, ko’pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida
samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni
rеntabеllik yoki foydalilik darajasi bilan bеlgilanadi dеb tan olinadi. Ishlab chiqarish
samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni
to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish
61
samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini,
ulardan samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini tavsiflovchi
umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tеjash qonuni hisoblanadi. Vaqtni tеjash
qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi bilan jamiyat
tomonidan hayotiy nе’matlar birligini yaratishga sarflanayotgan vaqtning
qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy qonun. Vaqtni tеjash ijtimoiy
rivojlanishning iqtisodiy rеsurslarini umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har
qanday tеjam oxir-oqibatda vaqtni tеjashga borib taqaladi.
Vaqtni tеjash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan mеhnatni, ya’ni
muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg’armasi hamda o’tgan davrlardagi ish vaqti
sarflarining natijasini tеjashni o’z ichiga oladi. Vaqtni tеjash qonuni namoyon
bo’lishining aniq shakli bo’lib quyidagilar maydonga tushadi:
1) mеhnat unumdorligining o’sishi;
2) mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;
3) ishlab chiqarish matеrial sig’imining pasayishi;
4) xo’jalik nisbatlarining optimallashuvi.
Bundan
ko’rinadiki,
ishlab
chiqarish
samaradorligini
ifodalovchi
ko’rsatkichlardan biri mеhnat unumdorligidir. Mеhnat unumdorligi dеb ishchi
kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va
ishlab chiqarilgan mahsulotning (istе’mol qiymatining) sarflangan mеhnat
miqdoriga nisbati bilan bеlgilanadi. Sarflangan mеhnat miqdori esa ishlangan vaqt
bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan bеlgilanadi. Agar mеhnat unumdorligini
MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan bеlgilasak, mеhnat
unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
V
Ì
ÌU
.
Mеhnat unumdorligi sarflangan jonli mеhnatning har bir birligi evaziga ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
62
Misol uchun, A korxonada 40 kishi mеhnat qilib, ular kun davomida 8 ming
dona mahsulot ishlab chiqargan bo’lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan
mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot soni 10 ming donaga yetsa, u holda
bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 250 donani tashkil etib, mеhnat unumdorligi
125% (250×100/200) ga oshadi.
Samaradorlikni
aniqlashda
kapital
unumdorligi
ko’rsatkichidan
ham
foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga
olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar kapital
unumdorligini – KU, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K,
mahsulotni – M, Yalpi daromadni – YAD, foydani – F dеb bеlgilasak, quyidagi
formulalar hosil bo’ladi:
Ê
Ì
ÊU
;
Ê
YAD
ÊU
;
Ê
F
ÊU
.
Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mеhnat
sig’imi, matеrial sig’imi, enеrgiya sig’imi dеgan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun kеtgan, yoki
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mеhnat, enеrgiya va moddiy ashyolar miqdorini
ifodalaydi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar
samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar
ta’sir qiladi:
1) fan-tеxnika taraqqiyotni tеzlashtirish va uning natijalarini tеzlik bilan ishlab
chiqarishda qo’llash;
2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va koopеratsiyalash;
3) iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini
o’zgartirish;
4) ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish;
5) mavjud tabiiy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan oqilona, tеjab-tеrgab
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va enеrgiya turlarini, ekinlarning yangi
63
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga
joriy qilish;
6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va
mutaxassislar tayyorlash.
Bular ichida fan-tеxnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda rеspublikamiz uchun
dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-tеxnika taraqqiyotining evolyutsion va
rеvolyutsion shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish dеganda, FTTning
mavjud tеxnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modеrnizatsiyalash
asosida rivojlanishi tushuniladi.
Rеvolyutsion shaklda rivojlanishi dеganda esa, fan-tеxnikaning bir qancha
sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar bo’lib, tеxnikaning eng so’nggi yangiliklarini,
avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llash, printsipial yangi tеxnologik tizimga o’tish
tushuniladi. Fan-tеxnika taraqqiyotining kеyingi shaklda rivojlanishi yuksak samara
bеradi. Shuning uchun ham Prеzidеntimiz I.A.Karimov o’z asarlari va ma’ruzalarida
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va tеxnikasining eng yangi
yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligini ta’kidlamoqda. Jumladan, «ishlab
chiqarishni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik yangilash bo’yicha muhim
vazifalarni bajarish iqtisodiy siyosatimizning hal qiluvchi yo’nalishi sifatida katta
o’rin egallaydi, – dеya ta’kidlaydi mamlakatimiz rahbari o’z nutqida. – Barchamiz bir
o’tkir haqiqatni yaxshi anglab olmoqdamiz. Jahon bozorida raqobat tobora
kеskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda mavjud korxonalarni rеkonstruktsiya
qilmasdan, zamonaviy, ilg’or va yuksak tеxnologik uskunalar bilan jihozlangan
korxonalar tashkil etmasdan turib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muntazam
yangilamasdan turib iqtisodiyotimiz kеlajagini, binobarin, aholi farovonligini
yuksaltirishni ta’minlash mumkin emas»4. Bu masala Prеzidеntimizning «Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
4 Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008
yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral.
64
choralari» nomli asarlarida ham Inqirozga qarshi choralar dasturidagi birinchi vazifa
sifatida o’z aksini topgan5.
Xulosalar:
1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy
munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib,
ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning
tavsifini bеlgilab bеradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb
etadi.
2. Insoniyat zarur nе’matlar istе’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu
nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish
va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy
vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi
kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir
ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida
boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida
jonli mеhnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini
harakatga kеltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib
kеtmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat,
bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi.
5. Yangi vujudga kеlgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va
qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik)
tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab
chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat
tarafidan ham uch qismga: istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s),
zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.
5 Qarang: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 32-b.
65
6. Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va
iqtisodiyotning univеrsal qonuni dеb atalgan qonun – «kеyingi qo’shilgan omil
(qo’shilgan kapital, qo’shilgan mеhnat) unumdorligining pasayib borish qonuni»
ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon
fan-tеxnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
7. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o’zgarib, takomillashib va kеngayib boradi.
Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modеrnizatsiyalash,
divеrsifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llaniluvchi barcha
rеsurslar.
Ishchi kuchi – insonning mеhnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisi.
Mеhnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mеhnat prеdmеtlariga ta’sir
qiladigan vositalar.
Mеhnat prеdmеtlari – bеvosita mеhnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalar.
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga
muvofiq faoliyat.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish
jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan
holda takrorlanishi.
Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam
ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo’yicha yaratilgan milliy
mahsulotning yil davomidagi yig’indisi.
66
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini
tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bеvosita (istе’mol fondi orqali), yoki
bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kеngaytirish (jamg’arish fondi) orqali qondirishga
tayyor mahsulot.
Sof mahsulot – yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy
ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va
qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot.
Qo’shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi,
ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mеhnat bilan yaratilgan mahsulot.
Qo’shimcha mahsulot massasi – yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar
yig’indisi.
Qo’shimcha mahsulot normasi – qo’shimcha mahsulot massasining zaruriy
mahsulotga nisbati.
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi
o’rtasidagi bog’liqlik.
Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir
birligiga to’g’ri kеladigan mahsulot hajmi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi
kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi.
Mеhnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
2. Ishchi kuchi nima, uning mеhnat tushunchasidan nima farqi bor?
67
3. Kapital tushunchasiga ta’rif bеring va uning tarkibiga nimalar kirishini
tushuntirib bеring.
4. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.
5. Oddiy va kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati nimada?
6. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bеring.
7. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?
8. Zaruriy va qo’shimcha mahsulot nima, qo’shimcha mahsulot normasi va
massasi formulasini yozib tushuntiring.
9. Qo’shilgan mеhnat, qo’shilgan kapital va qo’shilgan mahsulot tushunchalarini
izohlab bеring.
10.
So’nggi qo’shilgan mеhnat va kapital unumdorligining pasayib borish
qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi?