ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH
Reja
8.1. Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
8.2. Ishlab chiqarishni boshqarishda ob’ekt va sub’ekt tushunchalari
8.3. Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Tayanch iboralar
Ishlab
chiqarishni
boshqarish.
Korxonani
boshqarish.
Boshqariluvchi.
Boshqaruvchi. Maxsulot sifatini boshqarish. Sifatli tovar. Sifat menejmenti. Sifatni
nazorat qilish.
8.1. Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyati
Ob’ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo
rivojlanishda va harakatda bo’ladi. SHu sababli ular boshqarishga muhtojdir.
SHunga binoan boshqaruv ham ikki asosiy turga bo’linadi:
jonsiz tabiatni boshqarish; - jonli tabiatni boshqarish.
Boshqarishning bu turlaridan har biri, o’z navbatida, bir necha xillarga bo’linadi.
Masalan, jonli tabiatni boshqarish:
jamiyatni boshqarish;
jamoat tashkilotlarini boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish kabilarga bo’linadi.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’ekti
zaruriy unsuridir. Binobarin, har qanday nisbatan katta miqyosda amalga
oshiriladigan bevosita ijtiomiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga
ma’lum darajada muhtojdir. Bu idora qiluvchi yakka ishlar o’rtasida uyg’unlik
o’rnatadi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq
qilib, butun ishlab chiqarish organizmining harakatidan kelib chiqadigan
funktsiyalarni bajaradi.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga
oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy harakterdagi alohida faoliyat
tushuniladi. Bunday boshqarishda ikki tomon:
ijtimoiy-iqtisodiy;
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir,
lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta’sir
ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning
mehnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko’ra boshqaruv: sanoat ishlab chiqarishini, qishloq
xo’jalik ishlab chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga
bo’linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko’ra boshqaruv: tuman viloyat, mamlakat
miqyosidagi ishlab chiqarishni boshqarish turlariga bo’linadi.
Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Korxonani boshqarish - bu xo’jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda
jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko’zda tutgan
holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum
unsurlariga, ularning o’zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad
yo’nalishida tartibli ta’sir ko’rsatishdir.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida
bo’lsin o’zining boshqariluvchisi (ob’ekti) va boshqaruvchisi (sub’ekti)ga ega
bo’ladi.
Boshqariluvchi yoki boshqaruv ob’ekti ko’p qirrali ishlab chiqarish jarayoni
bo’lib, u:
moddiy va texnikaviy tayyorgarlik (asosiy va aylanma fondlari);
tashkiliy mehnat tayyorgarligi (kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish, joy-joyiga
qo’yish, o’qitish va hk.);
xizmat ko’rsatishni tashkil qilish (energiya berish, ta’mirlash, tashish va.);
mahsulot ishlab chiqarishning bevosita jarayoni va uni sotishni tashkil qilishni
o’z ichiga oladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub’ekti - bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv
organlaridan iborat bo’lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida
boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o’tkazadi. Boshqarish ob’ektlari bo’lmasa, uning
sub’ektlari ham bo’lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida
boshqaruvchi kichik tizim yotadi.
Masalan, korxona bo’g’inida sub’ekt bo’lib, shu korxonaning direktori va unga
bo’ysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanda. Ob’ekt bo’lib esa shu
korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi
TSex bo’g’inida sub’ekt bo’lib, tsex boshlig’i va unga bo’ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati hisoblansa, boshqariladigan ob’ektni esa barcha tsexlar tashkil
qiladi.
Uchastka bo’g’inida boshqariluvchi ob’ektga ishchilarning ish joylari kiradi.
Boshqaruv sub’ekti bo’lib, uchastka boshliqlari hisoblanadi.
Ish joylarida ham boshqarish mavjud bo’lib, u boshqa ko’rinishda amalga
oshiriladi. Bunday boshqarish mehnat vositalarini, ya’ni buyumni boshqarish
deyiladi (12 -jadval).
12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob’ekt" va "sub’ekt" tushunchalari
Ishlab
chiqarish
bo’g’inlari
Boshqariluvchi tizim
(ob’ekt)
Boshqaruvchi
tizim
(sub’ekt)
Korxonada
-
TSexlar,
uchastkalar
-
Direktor
va
unga
bo’ysunuvchi
barcha
boshqaruv apparati
TSexda
- Uchastkalar
- TSex boshlig’i va unga
bo’ysunuvchi
barcha
boshqaruv apparati
Uchastkada
- Ishchilarning ish
joylari
- Uchastka boshlig’i va
unga bo’ysunuvchi barcha
boshqaruv apparati
Ish joylarida
- Mehnat vositalari
- Ishchilar, xizmatchilar
va boshqa xodimlar
Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-
biriga ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga
ta’sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng
muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim
boshqaruvchi tizimga aks ta’sir ko’rsatadi.
8.2.Ishlab chiqarishni boshqarishda ob’ekt va sub’ekt tushunchalari
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:
buyumni, ya’ni mehnat vositalarini boshqarish;
odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu
jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir
ko’rsatadilar va boshqarish sub’ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun
mehnat buyumlariga bevosita ta’sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob’ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub’ekti (buyumni boshqarish) sifatida
ishtirok etadilar (5-chizma).
Ишчилар
Одамларни
бошқариш нуқтаи
назардан-бу
Буюмларни бошқариш
нуқтаи назардан-бу
Объект
Субъект
5-chizma. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti
Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z
navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab
chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir
tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning
ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
SHuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab
chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini
o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda
ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi.
CHunonchi:
Ik Ich T A I
ICHv
Bu yerda: Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil);
ICHv - ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya’ni xom-ashyo,
materiallar va mehnat qurollari, ya’ni mashina, asMavzu:-uskunalar, o’lchash,
hisoblash asMavzu:lari va hk.);
Ich - ishlab chiqarish jarayoni;
T - taqsimot;
A - ayirboshlash;
I - iste’mol.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali
iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa:
ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;
investitsiya samaradorligiga;
mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliligiga;
tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;
yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga
bog’liqdir.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir
qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
CHunonchi:
ishchi kuchini boshqarish;
ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;
texnikua va texnologiyani boshqarish;
ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;
mahsulot sifatini boshqarish;
investitsiya samaradorligini boshqarish;
innovatsion jarayonni boshqarish va b.
Qayd qilingan ob’ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab
chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom
ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni
boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.
8.3. Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste’molchilar talablariga
butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi
maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni
boshqarish zaruriyati:
rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;
yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;
normativ (me’yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;
mahsulot sifatini nazorat qilishda;
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga
keladi.
Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste’mol xususiyatlari,
tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va
boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste’mol
qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab
chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon
bo’ladi.
Xom-ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:
materiallar sarfi normalarining kamayishida;
unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida;
pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida;
mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi.
Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:
mehnat unumdorligining oshishida;
mashinalar chidamliligining uzayishida;
zaxiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida;
ta’mirtalab mashinalar sonining kamayishida;
kapital sarflariga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va hk.
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
ishlab chiqarish vositalari sifati; xom-ashyo va materiallar sifati;
ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi,
izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san’ati.
8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida
qayg’urishni anglatadi. SHu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi
bosqichlarni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni
ishlab chiqish va hk.;
ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l
qo’ymaslik;
ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish
va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni
tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot
yoki joriy nazorat;
tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga
muvofiqligini tekshirishdir.
Har qanday mahsulotni sifati uni yaratish jarayonida vujudga keladi. YUqori
sifatli mahsulot yaratishda buni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin1.
1. Rejalashtirish. Bu etapda yaratilayotgan mahsulotni soni bilan birgalikda
sifat ko‘rsatkichlariga ham e’tibor beriladi. Asosiy e’tibor progressiv va jahon
talablari ko‘rsatkichlariga karatiladi.
2. Loyihalashtirish. YAngi mahsulotni loyihalash vaqtida iste’molchilar va
tayyorlovchilar talablarni hisobga olgan holda, aniq sifat ko‘rsatkichlarini o‘z
ichiga olgan texnik topshiriklar qayta ishlanadi.
3. Ishlab chiqarish. Bu bosqichda yangi mahsulot to‘liq sinovlaridan o‘tgandan
so‘ng, ishlab chiqaruvchi korxona texnologiyalari darajasiga bog‘liq holda, har
bir sifati hisobga olinib ishlab chiqariladi.
4. Foydalanish. Bu bosqichda esa iste’molchi tomonidan tayyor mahsulot
foydalnila boshlanadi. Mahsulot saqlash va transportirovka qilish shunday holda
tashkil etishning kerakki unda mahsulot sifati to‘liq saqlansin. Asosiy e’tibor
yangi mahsulotdan to‘g‘ri foydalanishga kiritish lozim. Undan foydalanish
jarayonida yangi mahsulotga to‘g‘ri, ob’ektiv baho berish lozim.
Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, belgilangan vaqt yoki vaqt oralig‘i ichida
oldindan o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlari talablari bo‘yicha mahsulot ishlab
chiqarish hajmini belgilash tushuniladi. Sifatni oshirishni rejalashtirish tashqi va
ichki bozorni ilmiy asoslangan prognoziga tayanishi lozim. Sifatni oshirish rejasini
to‘g‘ri
asoslab
berishda
mahsulotdan
faoydalanish
natijalari
haqidagi
ma’lumotlardan
foydalanishni
va
sifat
darajasi
haqidagi
ma’lumotlarni
umumlashtirish va tahlil qilish muhim rol o‘ynaydi.
1 Tauseef Aized. (2012).Total quality management and six sigma. //
http://dx.doi.org/10.5772/2559.
1.Сифатни бошқариш жараёнини режалаштириш
Sifatni oshirishni rejalashtirishning ahamiyatini u boshqaruvning turli darajalari
va mahsulot hayotiy siklining loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanish
bosqichlarida amal qilishini ta’minlashi kerak. Sifatni oshirish rejalari zarur
materiallar, moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta’minlanishi zarur. Sifatni oshirish
bo‘yicha
rejalashtirilayotgan
ko‘rsatkichlar
va
tadbirlarning
iqtisodiy
samaradorligini diqqat bilan hisoblash zarur.
Mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirishning bosh vazifalariga quyidagilar
kiradi:
1. Mavjud va istiqboldagi bozor talbalari sharoitida mahsulot hajmini uning
xossalari bilan maksimal darajada bog‘liqligini ta’minlash;
2. Milliy va xorijiy mahsulotlarning eng yaxshi namunalarini texnik darajasi va
sifatini oshirish;
3. Iste’molchilar ehtiyoji va resurslar bilan ta’minlanish holati nuqtai nazaridan
kelib chiqib, mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha optimal iqtisodiy vazifalarni
qo‘yish;
4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning namunaviy qatorini optimallashtirish
yo‘li bilan uning tarkibini takomillashtirish;
5. Sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishni ortirish;
6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning alohida iste’molchilik xususiyatlarini
takomillashtirish (ishonchlilik, uzoq muddatlilik, tejamkorlik va boshqalar);
7. Ma’naviy eskirgan va raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulotni o‘z vaqtida
ishlab chiqarishdan olish yoki uni qisqartirish;
8. Standart talablari, texnik sharoitlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha
qat’iy nazoratni ta’minlash, yangi ishlanmalarni o‘z vaqtida amalga oshirish va
eskirgan standartlarni qayta ko‘rib chiqish;
9. O‘rnatilgan sifat darajasiga erishishni ta’minlovchi aniq tadbirlarni ishlab
chiqish va tadbiq etish;
10.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish va sifatini
oshirishga erishilgan mahsulotdan foydalanish.
Mahsulot sifatini rejalashtirish predmeti mahsulotning alohida xususiyatini aks
ettiruvchi turli tadbirlar va ko‘rsatkichlari, sifatni boshqarish jarayoni va tizimining
turli-tuman xarakteristikasidir. Mazkur ko‘rsatkichlar mahsulot sifatini oshirishda,
ilmiy-tadqiqot rejalarida, tajriba-konstruktorlik ishlarida, standartlashtirish va
metrologiya ta’minotida, sifat boshqaruvi tizimini joriy etishda, korxonaning texnik
rivojlanishida, kadrlar tayyorlashda va boshqa yo‘nalishlarda o‘z aksini aniq
vazifalarda topadi.
Mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish rejalashtirishning umumiy prinsiplariga
va rejalashtirish uslublarini tadbiq etishga asoslanadi. Rejalashtirishning umumiy
prinsiplariga quyidagilar kiradi2:
Proporsionallik
-
resurslar
hisobi
va
korxona
imkoniyatlarini
muvofiqlashtirish;
Majmuaviylik - korxona tadbirkorligining barcha tomonlarini o‘zaro
bog‘lash;
Detallashtirish – rejalashtirishning chuqurlik darajasi;
Aniqlik – rejalashtirilgan parametrlardan og‘ish;
Oddiylik va oydinlik – rejani ishlab chiquvchi va undan foydalanuvchilarning
o‘zaro tushunishi;
Uzluksizlik – rejalashtirishning vaqtinchalik bo‘linishini yaxlitlash;
Egiluvchanlik va qayishqoqlik – zahiralardan foydalanish va muqobil hisobni
yuritish imkoniyati;
Ilmiylik – ilm va texnikaning yangi muvaffaqiyatlarini rejalashtirishda
istiqbolli standartlar va bozor talablarini hisobga olish;
Tejamkorlik – rejaviy faoliyatning samaradorligini oshirish.
Rejalashtirish metodlariga quyidagilar kiradi:
Hisob-tahlil, bajarilayotgan ishlarni bo‘lib yuborishga va foydalanilayotgan
resurslarni elementlari va bog‘liqligi bo‘yicha guruhlashga, asoslanadi.
2Juran’s quality handbook / Joseph M. Juran, co-editor-in-chief, A. Blanton Godfrey, co-editor-
in-chief. — 5th ed.
Eksperimental (tajribaviy) – menejerlar, rejalashtiruvchi va boshqa
mutaxassislarni tajribalarini hisobga olish asosida korxona boshqaruvi tizim osti
modellarini va me’yorlarini loyihalashtirish.
Hisobot-statistik – reja loyihalarini boshqaruv tizimchalarining o‘zgarish
xarakteristikasi real holatni tavsiflovchi hisobotlar, statistika va boshqa haqiqiy
ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi.
Zaruriy sifat darajasini ta’minlovchi rejalashtirish faoliyatida ishlarni o‘ziga xos
xususiyatlari tadbiq etiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Iste’molchilar ehtiyojini tahlil etish;
Talabni o‘rganish;
Reklamatsiya tahlili;
Istiqbolli standartlar talabining hisobi va ilmiy tadqiqot natijalari;
Rejaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Rejaviy tadbirlarning bog‘liqligi.
Rejalashtirishning vazifasi rejalar tizimini shakllantirish va bajarilishini
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni baholash.
Mahsulot sifatini rejalashtirish jarayonida tayyor mahsulotni tayyorlashda
foydalaniladigan homashyolarni, ehtiyot qismlarni, yarim tayyor mahsulotlarni
etkazib beruvchilarda etkazib berilayotgan mahsulotlarni sifatlilarini etkazib
berishni talab qilish va uni nazorat qilishni rejalashtirish. Ushbu holat mahsulot
sifatini oshirishning predmetlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Korxonada mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish alohida yo‘nalish
sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Mahsulot sifatini ichki rejalashtirish;
Korxonada sifatni boshqarish tizimini tadbiq etishni rejalashtirish;
Mahsulot sifatini oshirishda kadrlar ta’minotini rejalashtirish;
Korxonani braklardan yo‘qotishlarini pasaytirishni rejalashtirish;
SHartnoma va kelishuvlarda mahsulot sifatini rejalashtirish.
Barcha davlatlarda mahsulot sifatini boshqarish alohida diqqatni o‘zida jalb etadi.
Oxirgi yillarda mahsulot sifatini boshqarishda uzoq muddatli va strategik
rejalashtirish yordamida amalga oshiriladigan yangicha yondoshuv yangicha
strategiya shakllandi. Uni asoslovchi sifatga doir zamonaviy qarashlar quyidagicha
xarakterlanadi:
Sifatni ta’minlash texnik funksiya emas, balki firmaning tashkiliy
strukturasini bezovchi tizimli jarayondir;
YAngi tushunchada sifat tushunchasi korxonaning tashkiliy strukturasiga
javob berishi shart;
Sifat masalalari nafaqat ishlab chiqarish jarayonida, balki loyihalarni
tayyorlash, konstruktirlash, marketing va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish
holatlarida ham dolzarbdir;
Sifat iste’molchi ehtiyojini qondirishga qartilgan bo‘lishi lozim, ishlab
chiqaruvchini emas;
Mahsulot sifatini oshirish ishlab chiqarishni yangi texnologiyasini jalb etishga
qaratilgan bo‘ladi, u mahsulotni loyihalashtirishdan sifatni nazorat qilishgacha
bo‘lgan bosqichni o‘z ichiga oladi;
Jami ishlab chiqarish hajmini sifatini oshirish barcha hodimlarni
ortirgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish ishlab chiqish rejasini tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi. Bunda mahsulot sifati ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish
rejasi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslangan holda rejalashtiriladi.
Mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirishda har bir bo‘limda sifatning alohida
ko‘rsatkichlari loyihalanadi va korxonaning umumiy rejasida tasdiqlanadi.
SHuning uchun korxonaning strukturaviy ko‘rsatkichlari korxona tomonidan
sifatni oshirish bo‘yicha qo‘yilgan aniq sifatni oshirishdagi vazifalardan kelib
chiqadi.
Sifat tushunchasi va uni boshqarishning mohiyati
Sifat tushunchasini anglab etish va undan iste’molchi yoki ishlab chiqaruvchi
sifatida samarali foydalanish sifatga berilgan ta’riflarni diqqat bilan o‘rganishni
talab qiladi. CHunki, sifatga berilgan ta’riflar ko‘p va xilma-xil bo‘lib, vaqt o‘tishi
bilan ular o‘zgarib boradi. Ayniqsa, sifatga bo‘lgan iste’molchilarning dunyoqarashi
mahsulotlar takomillashib borgan sari o‘zgarishda davom etmoqda.
Sifat tushunchasi birinchi marotaba eramizdan avvalgi III asrlarda Aristotel
tomonidan o‘rganilgan.
Xitoy tilida sifatni anglatuvchi ieroglif ikki qismdan, ya’ni muvozanat va puldan
tashkil topgan. Demak, sifat “qimmat” degan tushuncha bilan aynan o‘xshashdir.
YUqoridagi berilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, sifatga har bir olim va
mutaxassislarda turlicha yondoshuv bo‘lgan. Lekin ularning o‘rtasidagi umumiy
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Iste’molchining ehtiyojini qondirishi;
Sifatni har bir inson o‘z nuqtai nazari bilan tushunishi;
Mahsulotning fizik xususiyatlari.
Bu fikr va muloxazalar umumlab jamlanganda «Sifat – bu qo‘yilgan va kutilgan
talablarni mahsulotning yig‘ilgan tavsiflari orqali qoniqtirish» degan xulosa kelib
chiqadi.
1-jadval
Sifat tushunchasiga berilgan ta’riflar3
№
Ta’rif
mualliflar
Sifatga berilgan ta’rif
1.
D.Djuran4
Sifat – “foydalanish (iste’mol) uchun yaroqlik”. Bu
tushuncha to‘rtta o‘ziga xos elementga egadir:
Mahsulotni
shakli,
tuzilishini
(dizayni)
iste’molchilar o‘zlarida idrok qilishlari;
Mahsulotning proektiga va vazifasiga mosligi;
3 Jack P. Pekar. (1995). Total Quality Management: Guiding Principles for
Application.
4 Juran’s quality handbook / Joseph M. Juran, co-editor-in-chief, A. Blanton
Godfrey, co-editor-in-chief. — 5th ed.
Mahsulotni
iste’molchilarga
ma’qulligi,
chidamligi va ta’mirlash mumkinligi;
Maishiy xizmat korxonalarining mavjudligi.
2.
Shuxart
Sifat – bu ob’ektiv fizik tavsiflarni va sub’ektiv
tomonlarni o‘z ichiga olgan buyum.
3.
Isikava
Sifat – bu iste’molchining real ehtiyojini qondiruvchi
xususiyatdir
4.
Nemis
tadqiqotchilar
Sifat
-
mahsulot
yoki
xizmatlarning
barcha
xususiyatlarining yig‘indisi bo‘lib, ular o‘z vazifalarini
bajara olishlarini kafolatlaydi.
5.
Dyoming
Sifatni boshqarish mukammalikka erishildi degani
emas, u bozor talabiga javob beruvchi sifatga ega bo‘lgan
mahsulotni samarali ishlab chiqarishdir
6.
Filipp
Krosbi
Talablarga to‘g‘ri kelishi
7.
Iqtisodchilar
Noziklarning nozigi
8.
Amerika
komapaniyalari
«Go‘zallik
kuzatib
turuvchining
ko‘z
o‘ngida
namoyon bo‘ladi», ya’ni har bir inson sifatga o‘z nuqtai
nazaridan qaraydi
9.
Xalqaro ISO
9000 - 1994
sistemasiga
muvofiq
Sifat - shartlangan yoki taxmin qilingan extiyojlarni
qondirish
qobiliyatini
beradigan
mahsulot
yoki
xizmatlarning xususiyati va tavsiflari majmuasidir
Iste’molchining kutilayotgan talablarini qoniqtirish, bozorda o‘z mavqeiga ega
bo‘lish uchun ishlab chiqaruvchidan quyidagilarni talab qiladi:
1. Yangi mahsulotlar;
2. Yangi texnologiyalar;
3. Yangi boshqaruv usullari;
4. Yangi unsurlarni tadbiq etish.
Bularni tadbiq etish esa ishlab chiqaruvchi kompaniya va firmalar orasida
raqobatni yuzaga keltiradigan taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi.
Sifat tushunchasini anglab etish va uni ishlab chiqarishda ta’minlab berish har bir
tashabbuskor uchun dolzarb vazifadir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda ko‘rinib turibdiki asosiy
vosita - sifat orqali:
hamma ko‘rinishdagi resurslar xarajatini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarishni oshirish;
mahsulotga qo‘yilgan hamma talablarni bajarish;
iste’molchining kutayotgan talabini ruyobga chiqarish;
iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchining orasidagi aloqa va munosabatlarni
ta’minlash;
ishlab chiqarish boshqaruvini va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini doimo
murakkablashtirish;
nafaqat ishlab chiqaruvchini, iste’molchining ham talabini to‘liq qondirish
imkoniyatini beradi.
Mahsulot sifati kuyidagilar bilan ta’riflanadi:
Xizmatga yarokligi;
Ishonchligi (xavfsizligi, uzok muddatda foydalanishligi, saklashligi,
ta’mirlashga yarokligi);
Foydalanish tavsifi;
Tashqi estetik ko‘rinishi;
Ishlatishdagi kulayligi;
Sotuv oldi va keyingi xizmat ko‘rsatish va boshqalar;
Mahsulot sifati ko‘p sonli va har-xil texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik
xususiyatlar omiliga bog‘liq.
Shartli ravishda bu omillar 3 guruhga bo‘linadi:
material-texnik (ishlab chiqarish asbob-uskunalari, dastgohlar ishlab
chiqarishni texnik va metrolog ta’minoti, sinov va nazoratning uslub va vositalari,
ishlatiladigan materiallar, bino va qurilmalar);
inson omili (malakasi, professional bilimi, o‘z ishiga bo‘lgan qiziqishi);
ma’muriy (tashkilotning umumiy ishlab chiqarish faoliyatini va qisman sifat
boshqaruvini tashkil etish);
Umuman olganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yuqori darajada
ushlab turish va ta’minlash – kompleks muammodir.
Faqatgina ilmiy asoslangan holda tizim va kompleksli, bir vaqtda va o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy tadbirlar yordamida
tez va aniq holatda mahsulot sifatini mukammalashtirish mumkin.
Sifat - keng sig‘imli, murakkab va universal kategoriya bo‘lib, u ko‘plab xususiyat
va jihatlarga egadir. Sifatning asosiy jihati mahsulotga iste’molchining qiziqishini
uyg‘otish bo‘lib, ushbu ko‘rinishda u ko‘plab funksiyalarni bajaradi.
Qaysi maqsadda foydalanishiga qarab sifat tushunchasini quyidagi jihatlari
namoyon bo‘ladi: falsafiy, ijtimoiy, texnikaviy, iqtisodiy va xuquqiy.
1-rasm. Sifat tushunchasini namoyon etuvchi asosiy jihatlari
Sifat
Falsafiy
Ijtimoiy
Texnikaviy
Iqtisodiy
Huquqiy
Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda sifat aniq mazmun va mohiyatga ega bo‘lib,
boshqalardan farq qiladi. Avvalam bor uning ayrim xususiyatlari va boshqalardan
farqi namoyon bo‘lishiga qaramay ular o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ekani namoyon
bo‘ladi. Qolaversa, sifat ko‘plab xususiyatlar majmuasidan tarkib topadi, ular
cheksiz bo‘lishlari ham mumkin. Bu esa moddiy manbaalarga va turlicha
dunyoqarashlarga asos bo‘la oladi.
Sifatning sotsiologik jihatlari muayyan sub’ekt bilan yoki jamiyat bilan bog‘liq
bo‘lib u iste’molchilar va mahsulot (xizmatlar) orasidagi munosabatdir. Bu erda sifat
kategoriya ko‘rinishida namoyon bo‘lib talab va taklif qonuniyatlariga javob beradi,
hamda iste’molchilarning madaniyati va daromadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Sifatning texnik jihatlari o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor va sifat o‘zgarishlari
bilan bog‘liqdir. Bu erda fizikaviy, elektrokimyoviy va mexaniq o‘zgarishlar bir
turdagi vazifani bajaruvchi mahsulot (moddalar) xususiyati xaqida so‘z yuritiladi.
Muxandislik nuqtaiy-nazardan olinganda o‘rganilayotgan mahsulot sifati va
xususiyatlari etalonlar bilan taqqoslab o‘rganilishi nazarda tutiladi.
Iqtisodiy nuqtaiy-nazardan olganda - sifat - o‘rganilayotgan manbaani iste’mol
xususiyatlarini va qiymatini namoyon etadi.
Iste’molchilarning bu boradagi fikirlari turlicha bo‘lishi - sifat darajasini
aniqlashda texnik-iqtisodiy jihatlari birgalikda tahlil qilishni taqazo etadi va bu
tajribani aniqlik darajasini ko‘paytiradi.
Sifatning xuquqiy aspektlari NTX, ularning ishlab chiqish tartibi, tasdiqlash, joriy
etish va amalga oshirish, uni ro‘yxatga olishdir. Sifat xuquqiy nuqtaiy nazardan
olinganda manba’ni barcha xususiyatlari eg‘indisi talablarga to‘la javob berishi
NTXlarda o‘z aksini topishidir.
3.Sifatni boshqarish tizimlarining besh bosqichlari
Xujjatlashtirilgan sifat tizimlari rivojlanishi tarixida sifatning besh yulduzi
sifatida ko‘riladigan beshta bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin5.
Birinchi bosqich dastlabki tizim – Teylor tizimi vujudga kelgandagi boshqaruvga
tizimli yodoshuvning boshlang‘ich vazifalariga mos tushadi.
Tashkiliy jihatdan u injener-mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish texnik
normalarni o‘rnatishni nazarda tutgan, ishchilar esa faqatgina ularni bajarishgan. Bu
tizim detallar (buyumlar) sifatiga yo‘l qo‘yilishi maydoni ko‘rinishidagi talabni
qo‘ygan yuqori va quyi chegaraga moslashtirilgan shablonlarni kiritgan. Teylorning
mosligi muvafaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun sifat sohasidagi
dastlabki professionallar – inspektorlar kiritilgan. Motivatsiya tizimi brak va
yaroqsizlik uchun jarima, shuningdek xaydalishni nazarda tutgan. O‘qitish sistemasi
professional o‘qitishga o‘lchov va nazorat jihozlari bilan ishlashni o‘rganishga
qaratilgan.
Iste’molchi etkazib beruvchilar bilan aloqalar texnik shartlarda o‘rnatilgan
bajarilishi qabul nazoratida tekshiriladigan talablar asosida o‘rnatiladi.
Teylor tizimining yuqoridagi o‘ziga xos tomonlari uning tizimini har bir alohida
olingan detal sifatini boshqarish tizimi qilib ko‘rsatadi.
Ikkinchi bosqich. Teylor tizimi alohida detall (yig‘ma birlik) sifatini
boshqarishning ajoyib mexanizmini berdi. Biroq mahsulot bu ishlab chiqarish
jarayonlarini amalga oshirish natijasidir va keyinroq aniq bo‘ldiki, jarayonlarni
boshqarish kerak ekan.
1924 yilda “BEN Telephone Labatories” (xozirda A I & I korparatsiyasi)da R.L.
Djons raxbarligi ostida sifatni statistik boshqarishga asos solgan gruppa tuzildi.
Bular V. SHuxart tomonidan tayyorlangan nazorat kartalari, T. Dodjem va T.
Roming tomonidan ishlab chiqilgan sifatni boshqarishning statistik usullarining
boshlanishi bo‘lgan. Keyinchalik E. Deming tufayli YAponiyada keng tarqalgan va
bu avlod iqtisodiy inqilobiga katta ta’sir ko‘rsatgan sifatni tanlanma nazorat qilish
tablitsalari dastlabki tushunchalardir. Deming ishlarni boshqarilishi natijalarini va
vazifalarini baholashni yo‘qotish fikri bilan chiqdi. E. Deming fikriga tayangan
holda va uni rivojlantirib D. Djuran iste’molchilar talabiga sezilarli darajada
5 Total Quality Management and Six Sigma, Edited by Tauseef Aized