ISHLAB CHIQARISHNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha
2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: ishlab chiqarish jarayoni, ish kuchi,
mehnat, capital, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, korxona, texnik loyiha, tabiiy
va inson resurslari.
Inson har doim uchta vazifani bajarib kelgan. Uning aholini tabiiy takror
ko’payishida bevosita ishtirok etuvchi, ishlab chiqaruvchi hamda o’zi ishlab
chiqargan oziq-ovqatlar va kiyim-kechaklarning asosiy iste’molchisi sifatida
namoyon bo’lishi sizlarga oldingi sinflarda o’tilgan darslardan ma’lum. Inson
bajaradigan vazifalar qatorida uning ishlab chiqarish subyekti ekanligi eng muhim
belgilaridan biridir.
Inson ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etar ekan, doimo mehnat
qurollarini, texnik vositalarni takomillashtirishga, sarf-xarajatlarni esa qisqartirishga
intilib kelgan. XIX asrdagi sanoat inqilobi va XX asrdagi fan-texnika inqiloblari
texnika-texnologiya bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqalarning yana ham
samarali bo’lishiga xizmat qilmoqda.
Sizlar bu bo’limda ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi, ishlab chiqarishni
hududiy tashkil etishning asosiy omillari, sanoat korxonasini joylashtirish va
boshqarishni geografik tadqiq etish to’g’risida ma’lumotlar olasiz. Undan tashqari,
texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, soha
kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati, kompleks
mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni, tabiiy va inson
resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik asoslash bo’yicha ham zaruriy hajmda
ma’lumotlar taqdim etiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha
Jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratish va
xizmatlar ko’rsatish ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy
resurslarga yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik kiradi. Bu resurslar ishlab chiqarish
omillari deb ham ataladi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi unda qo’llaniladigan omillarning soni va
sifatiga bog’liq. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
Inson omili. Bunga moddiy va ma’naviy ne’matkar yaratish uchun maxsus
kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlar kiradi.
Moddiy omil. Tabiiy (yer) va inson tomonidan yaratilgan (mashinalar,
texnika, inshootlar) mehnat vositalaridan iborat.
Mehnat qurollari. Mazkur omilga qayta ishlanmaydigan, ishlab chiqarishda
bevosita foydalaniladigan tabiiy moddalar kiradi (masalan, shaxtadagi ko’mir, ruda
va h.k.).
Yer omili. Bu tabiiy omil bo’lib, unga tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar,
haydaladigan yerlar, bog’lar, o’rmonlar va h.k. kiradi.
Kapital omili. Bu Tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda
ishlatiladigan ne’matlar majmuasidan iborat. Kapital juda ko’p qirralarga ega. U
ma’lum miqdordagi pul, inson qobiliyati, malaka va ma’lumot bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlik omili. Bu omil ikki qismdan iborat. 1.Tadbirkorlik faoliyati,
bunda tashabbus, topqirlik, tavakkalchilikdan ko’zda tutiladi. 2. Tadbirkorlik
qobiliyati inson kapitalining muhim turi bo’lib, u ne’matlar yaratish va xizmatlar
ko’rsatish uchun boshqa omillarni muvofiqlashtirishda va uyg’unlashtirish
faoliyatini o’z ichiga oladi.
Moddiy omillar inson omili bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish sodir
bo’ladi, hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ular, birinchidan, moddiy mahsulotlardan,
ikkinchidan, turli xizmatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarishning mazkur omillari nuqtai nazaridan fikr yuritganda
O’zbekiston Respublikasining imkoniyati juda yuqori ekanligini ta’kidlash lozim.
Chunki, O’zbekiston Respublikasi aholisining 69 foizi yoshlardan iborat bo’lib, ular
salohiyati mehnat resurslarini, ishchi kuchini tashkil etadi. Bundan tashqari,
mamlakat aholisining savodxonlik darajasiga rivojlangan mamlakatlar bilan
raqobatlasha oladi. Bu ishlab chiqarishning ko’p (aqliy va jismoniy) mehnat talab
etuvchi tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Ayni paytda O’zbekiston hududi (447,4 ming kv.km) da mashhur Mendeleev davriy
jadvalining barcha elementlari topilgan. Demak, mamlakatda ishlab chiqarishning
barcha shakllarini rivojlantirish uchun asos bor.
Ishlab chiqarish o’zining maqsad-mohiyatiga ko’ra ikki qismga ajratiladi:
1. Moddiy ishlab chiqarish – moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan,
oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab
chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlar ko’rsatish. Masalan, yuk tashish,
yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va hokazolar.
Mazkur sohaga sanoat, transport, aloqa, qurilish, qishloq xo’jaligi va
boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy shaklga ega bo’lmasada, aholi
uchun zarur xizmatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya,
sport, bilim berish, madaniy-maishiy va tibbiy xizmat ko’rsatish kabilar
kiradi.
2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Ishlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda,
joylashtirishda, albatta hudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu
omillarni tog’ri tanlay bilish ishlab chiqarishning huquqiy tarkibi va tizimning
rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o’rin, ekologik omil,
bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg’I, suv, iqlim),
ijtimoiy (mehnat resurslari, iste’molchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport)
omillar e’tiborga olinadi (29-rasm).
22 – rasm. Ishlab chiqarishni joilashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog;ini hududiy tashkil etishda barcha
omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarishni tarmoqlarinijoylashtirishda qaysi biro mil yetakchi
ekanligini aniqlash uchun quyidagi aormuladan foydalaniladi.
M
O
K
Fan-
texnika
taraqqiyoti
Ichlab
chiqarish
Yoqilg’i-
energetika
Transport
Boshqa
omillar
Infrastruktu
ra
Xomashyo
Yer-suv
Iqtisodiy geografik
o’rin
Ekologiya
Bozor
iqtisodiyoti
Iste’mol
Ishchi
kuchi
Bu yerda K –ishlab chiqarish koeffitsienti; O – mazkur korxona yoki
umuman ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omil; M –maxsulot birligi.
Ushbu formula yordamida ma’lium bir mahsulot birligini hosil qiluvchi
barcha omillar alohida-alohida hisoblab chiqiladi (masalan, bir tonna shaker olish
uchun qancha xamashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha
elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi). Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa,
odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo’ladi va г maskur ishlab chiqarish
tarmog’ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o’taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma’lum tarmoqqa kiruvchi barcha
korxonalar yoki kichik “tarmoqchalar” uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi.
Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi bf’zi bir korxonalarni joylashtirishda
xamashyo (metal) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun malakali ishchi
kuchi muhum omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko’rsatilgan asosiy omillarga
qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari
muhim omil hisoblanadi. Ayrim maxsulotlarni ishlab chiqarishda esa xomashyo
boshqa omillarga qaraganda ko’proq talab etiladi. Shuning uchun bunday
maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin
qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.
Sanoatning ba’zi tarmoqlari masalan, tog’ –kon, o’rmon, baliqchilik sanoati
tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday
sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar
ko’lami bilan belgilanadi.
Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq
ko’rinisga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta,
bir tonna paxta yog’i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yogi uchun 3 tonna
kungaboqar, 1 tonna shaker uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi.
Yoqilg’i. Ko’mir havzalari йщкф metallurgiya sanoatining dastlabki
bosqichi (cho’yan eritishni joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri
har doim ham yetakchi kuchga ega emas.
Qorametallurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari
bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi
foydali, bu “o’rtacha” raqam hamma joida ham bir xil emas, ayrim konlarda
temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atiga 17-19 foizni tashkil etadi. Bunday
konlarga Uraldagi Kochkonar yoki Qoraqalpog’istondagi Tebinbuloq konlarini
misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna
pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko’ra foydasiz jinslar
kop’roq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va unung tarkibidagi foydali
mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan so’ng ruda tarkibidagi
temirning (rangli metallar uchun boyitilish jarayoni ayniqsa muxum, chunki ularning
rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar ortadi.
Ammo bu bilan ham unung hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun
metallurgiya korxonalari ko’proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Ba’zi
metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg’I rayonlari o’rtasida joylashgan, zero
maskur sanoat tarmog’I uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga
yorqin misol bo’lib, Cherepoves metallurgiya kombinatini ( Rossiya Federatsiyasi)
ko’rsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi ko’mir havzasi bilan Kola yarimorali
temir rudasi konlarining o’rtasida qurilgan.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini , hatto
transportni, qishloq xo’jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sahoning
o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini
jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning oz’ida foydalanish
kerak.
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida
eng avvalo unung arzon turiga ahamiyzt beriladi. Arzon elektr quvvati GESlardan
olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut yoki gaz sarflanadi.
Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan
ishlab chiqarish uchun ( titan po'latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50
ming kVt/soat, aluminiy uchun 17-19 ming kVt/soat, misni tozalash, temir
qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po'lat eritish uchun ularning har bir
tonnasiga 8-10 ming kVt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Nabiiyki, bunday
korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joilashtirish iqtisodiy jihatdan
maqsatga muvofiq bo’ladi.
O’rta Osiyoda yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi aluminiy
zavodi Norak GESiga yaqin joida qurilgan. Demak, elektr quvvati bir qator sanoat
korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida “yig’ar” ekan. Shu sababli, г yirik rayon va
majmua hosil qilish quvvatiga ega. bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi
yerlarni o’zlashtiriah uchun ham kerak. Jumladan. Qarshi dashtining asosiy qismi
Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati
Norak – Tursunzoda (Regar) – G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda shu yerning
o’zida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi
qurilmoqda.
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta
ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa, kimyo, yog’ochselluloza, metalurgiya
zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, cho’yan erituvchi pechlari
sovutish uchun ham suv kerak.
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga
olinadi. Qishloq xo’jaligi uchun bu omilning ahamiyati katta. Chunonchi, O’rta
Osiyo, xususan O’zbekistonda a’nanaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy
sharoitida faqat sun’iy sug’orish asosida olib boriladi.
Aholiy va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni
ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan,
shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv
fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir
paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart
emas, ularga “oz va soz” malakali ishchi quchi talab qilinadi. Mazkur korxona va
tarmoqlar (radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash) ishchi
quchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy – texnik markazlarga joylashtiriladi.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu
omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoitini va turmush darajasini
yaxshilash doirasinda keskin oshib bormoqdda.
Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo’lgan oziq-ovqat,
kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarini yetarli
miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli, iste’mol omili oziq-ovqat
korxonalarini o’ziga “tortadi”, ya’ni bunday zavod va fabrikalar bevosita aholi
yashovchi maskanlarga joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan
belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng
miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday
korxonalarni iste’mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq
xo’jaligi mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga
muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos
mashinasozlik tarmog’i yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir.
O’zbekistonda paxta teruvchi, Belarusda kartoshka teruvchi, Ukrainada qand lavlagi
teruvchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol
bo’la oladi. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi
yashab turgan joylarda bo’lishi maqsadga muvofiq.
Transport omili. Bu omil juda muhim bo’lib, u ishlab chiqarishning
bevosita davom ettiruvchi ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun
transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo’shilib, uyg’unlashib ketadi
va uni “sof” holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy-
geografik o’rin omil bilan ham chambarchas bog’liq, zero bu o’rin obyektning eng
avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti omili. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning
hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika
va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar,
ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega
bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining faoliyati shu
nuqtayi nazardan to’xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko’plab sanoat
tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog’och-sellyuloza, go’sht, konserva, charm
zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o’xshash korxonalar “nomaqbul”
hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqroqda
joylashishi lozim.
Bozor iqsodiyoti omili. Bozor iqsodiyoti – murakkab tushuncha bo’lib,
bosqichma-bosqich o’tiladigan iqtisodiy munasabatdir. Yevropa davlatlari bu borada
boy tajribaga ega, chunki ularda bu munosabat uzoq yillar davomida shakllanib
kelgan.
Bozor iqsodiyoti musobatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun
avvalo barcha shart-sharoitini yaratish kerak, ya’ni uning o’ziga xos moddiy,
maishiy va madaniy infrostrukturasi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun bunday
munosabatlarga o’tish tarixan bir muncha uzoq davrni talab etadi va bosqichma-
bosqich, ya’ni evolyutsion rivojlanishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti – ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat
demakdir.
Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtosiyot, mulkchilikning turli shakllari va
sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim
ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini
hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi
ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda
nimaga ixtisoslashuvni va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat,
talab va taklif belgilaydi, davlat esa o’zining regional (hududiy) va soliq siyosati
orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xomashyo, yoqilg’i, elektr-
energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy geografik
o’rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika
taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham ortib
boradi.