ITLARDA GASTROTOMIYA, ENTEROTOMIYA VA ICHAKLARNI KESISH TEXNIKASI. TO‘G‘RI ICHAKDA O‘TKAZILADIGAN OPERASIYALAR. DABBALARNI JARROXLIK YO‘LI BILAN DAVOLASH
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
20,2 KB
ITLARDA GASTROTOMIYA, ENTEROTOMIYA VA ICHAKLARNI
KESISH TEXNIKASI. TO‘G‘RI ICHAKDA O‘TKAZILADIGAN
OPERASIYALAR. DABBALARNI JARROXLIK YO‘LI BILAN
DAVOLASH..
MA’RUZA REJASI:
1. Ichaklardagi operatsiyalar: anatomo-topografik ma’lumot. Katta va mayda
hayvonlar enterotomiyasi. Ichak rezeksiyasi (kesish).
2. Dabbalar va tasniflanishi:. To‘g‘ri bo‘ladigan, to‘g‘ri bo‘lmaydigan,
qisilgan dabbalarni operativ yo‘l bilan davolash.
3. Kindik, qorin yonbosh devoridagi, chov kanali, urug‘don xalta dabbalarni
operatsiya qilish.
4. To‘g‘ri ichak va anus (orqa chiqaruv teshigi) dagi operatsiyalar. Anatomo-
topografik ma’lumot.
5. To‘g‘ri ichak rezeksiyasi. Sun’iy yo‘l bilan orqa chiqaruv teshigini hosil
qilish (kolostomiya).
Tayanch
iboralar:
ingichka
ichak,
yo’g’on
ichak,
gastrotomiya,
enterotomiya, suniy teshik, kolostomiya, chov kanali, urug‘don xalta, dabba.
Gastrotomiya texniksi.
Bu operasiya asosan itlarda olib boriladi.
Anatomo – topografik ma’lumotlar.
Itlarning oshqozoni asosiy qismi chap qovurg‘a osti va qilichsimon tog‘ay
qismida joylashadi. Oldi tarafi jigarga tegsa, orqa tarafi 12- qovurg‘acha yetib boradi
ventral yuzasi qorin devori tomon qaragan, u to‘lgan vaqtida unga tegib turadi.
Oshqozonni kichik qiyasi oldinga yo‘naltirilgan va kichik charvi orqali jigar bilan
birikkan. Oshqozonni katta kiyasida kaudal tomonga katta charvi yo‘naltirilgan, u
qorindagi organlari qorin devoridan ajratib turadi.
Kursatmasi - oshqozon yoki qizilungachni pastki qismiga begona jismlarni
tiqilib qolishida.
Og‘riqsizlantirish- bezovta bo‘ladiganlarga narkoz, neyrolept-analgeziya –
2.5 % aminazin 1 ml 10 kg tirik vazngacha, rampun, rometar – 0,15 gr 1 kg, ketamin,
kolipsol, ketanal – 1 mg 1 kg, kesim chizig‘i buylab infiltrasion og‘riqsizlantirish,
plevra usti novokain blokadasi Mosin buyicha.
Operasiya texnikasi.
Hayvon yelkadan fiksasiya qilinadi. Kesim kindik oldi bo‘limida amalga
oshiriladi, uzunligi 10 – 12 sm, u medial yoki paramedial olib borilishi mumkin.
Qo‘lni korin bo‘shlig‘iga tushirib oshqozon begona jism bilan birga jarohat orqali
tashqariga chiqariladi. Shundan sung oshqozon salfetkalar yordamida chegaralinadi
va qon tomirlar kam bulgan joyi kesiladi. Kesim orqali korsang yoki barmoq bilan
begona jism olib tashlanadi. Operasiyaning yakuni bosqichida oshqozon jarohatiga
Shmiden, Lamber choki quyiladi. Shundan sung qorin devori va teri choqlanadi. It
bir necha kun parxezda ushlanadi. Choklar 7–10 kundan keyin olib tashlanadi.
Enterotomiya texnikasi
Kursatmasi – ichakni yorish operasiyasi asosan kichik hayvonlarda bajariladi.
Agar ichaklarda begona jismlar tiqilib qolgan bo‘lsa.
Asboblar – har doim ishlatiladigan asboblardan tashqari bir juft ichak qisqichi.
Og‘riqsizlantirish – narkoz neyroleptonolgeziya, mahalliy og‘riqsizlantirishi,
plevra usti novokain blokadasi.
Operasiya texnikasi – hayvon orqasiga yoki yon tomoni bilan fiksasiya
qilinadi. Kesim oq chiziq bo‘ylab kindikning orqa qismida olib boriladi.
Laporotomiya o‘tkazilgandan keyin, ichak begona jism bilan tashqariga chiqariladi.
Ichak devori nekrozga uchramagan lbo‘lsa, uni ichidagi ozuqa barmoqlar yordamida
chap va o‘ng tarafga surilib ichak qisqichi bilan qisiladi. Ichak devori kesilgandan
keyin begona jism olib tashlanadi. Jarohat lamber usuli bilan ikki qavat choklanadi.
Ichak qorin bo‘shlig‘iga yuborilgandan keyin devori choklanib yopiladi.
Ichakni kesish texnikasi (resection intestini)
Ko‘rsatmasi – perforasiya yoki ichak devorini nekrozga uchrashi; qisilishi
natijasida ichak devorini nekrozga uchrashi; ichaklarni bir -biriga yopishishi yoki
invaginasiya: o‘smalar, begona jismlarni tiqilib qolishi. Bu operasiya barcha turdagi
hayvonlarda olib boriladi.
Asboblar – har doim ishlatadigan asboblardan tashqari ichak qisqichi, ligatura
ignasi, Belrot qisqichi.
Og‘riqsizlantirish – mayda hayvonlarga narkoz, neyroleptiklar, mahalliy
og‘riqsizlantirish, plevra usti novokain blokadasi.
Operasiya texnikasi – zararlangan ichakka nisbatdan laporatomiya o‘tkaziladi.
Mayda hayvonlarda paramedikal, katta hayvonlarda och biqin yoki qorinni boshqa
yonbosh qismida kesim olib boriladi. Ichakni kesish barcha hayvonlarda bir xil olib
boriladi, hayvonni turiga qarab ayrim texnik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Asosiy
talab, ichak sog‘lom to‘kimalar chegarasida olib tashlanishi kerak.
Zararlangan ichak jarohat orqali tashqariga chiqariladi va salfetkalar bilan
izolyasiya qilinadi. Axlatlar ikki tarafga silkitilgandan keyin ichak qisqichlari bilan
qisiladi. Ichak chorvisidagi qon tomirlarga ikkitadan ligatura qo‘yib bog‘lanadi.
Ichak qaychi yordamida kesiladi va shundan so‘ng ligatura oralig‘idagi charvi ham
kesiladi. Tampon bilan jarohat tozalanadi va ichaklar bir - biriga biriktriladi. Asosan
buning uchun ikkita usuldan foydalanish mumkin – uchini – uchiga va yonboshini -
yonboshga.
Operasiyani yakuniy bosqichida qorin devori vat yeri choklanadi.
To‘gri ichakni kesish (resection recti)
A) anatomo – topografik tuzilishi – to‘g‘ri ichak (intestium rectum) tos
bo‘shlig‘ini katta qismini egallaydi va iki qismga bo‘linadi: oldingi – qorin va orqa
– retroperitoneal, u siyrak biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Dorsal tarafi
dumg‘azaning ventral yuzasiga va dumni boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Erkak
hayvonlarda uning pastida siydik xalta, qo‘shimcha jinsiy bezlar, siydik, urug‘
yo‘llari va siydik chiqarish kanali joylashadi. Urg‘ochi hayvonlarda esa bachadonni
tanasi va qin joylashadi. Yuqorida keltirilgan organlar, to‘g‘ri ichak, qorin vat os
devorlari orasida, erkak hayvonlarda uchta, urg‘ochilarda turtta qursoq pardani
burtiqlari hosil bo‘lgan. Tos bo‘shlig‘ini o‘rta qismida to‘g‘ri ichak ampula shaklida
kengayadi, keyin torayib orqa chiqaruvchi teshik bilan tugaydi. Katta hayvonlarda
to‘g‘ri ichakning uzunligi 20-30 sm.
To‘g‘ri ichakni qon bilan ta’minlanishi gemorraidal tomirlar orqali amalga
oshiriladi.
Innervasiyasi – o‘rta, kaudal gemorraidal nervlar, tos va simpatik nervlar
orqali.
Ko‘rsatmasi – chiqib qolgan to‘g‘ri ichakni devorini yorilishi va nekrozga
uchrashi.
Tayyorlarlik – ichak tozalanib, yuvilib, dezenfeksiya qilinadi.
Fiksasiya – katta hayvonlar tik turgan, maydalari yotgan holatda fiksasiya
qilinadi.
Og‘riqsizlantirish – katta hayvonlarga pastki sokral, maydalarga – yuza
anesteziya, neyroleptanalgeziya. Anri usuli bo‘yicha to‘g‘ri ichakni qayta tos
bo‘shlig‘iga yuborish. Buning uchun ichakni tashqariga chiqqan qismi 0,1 % kaliy
permanganat yoki 1:1000 nisbat etakridin laktit (rivanol) eritmasi bilan yaxshilab
yuviladi, yopishgan begona jismlar olib tashlanadi. Shundan so‘ng vazelin surtib
asta-sekin ichkariga yuboriladi va orqa chiqaruvchi teshik atrofiga aylana chok
qo‘yiladi.
B) agar to‘g‘ri ichakni tashqariga chiqqan qismi nekrozga uchragan bo‘lsa
unda Olivkov yoki Myuller – Frin usuli bo‘yicha kesib olib tashlanadi. Bu usullar
bir – biridan ichakni fiksasiya qilish usuli bilan farq qiladi. Olivkov usuli bo‘yicha
buning uchun to‘qish apizalari, mandren yoki inyeksiya ignalardan foydalaniladi.
Myuller – Frin usuli bo‘yicha krest shaklida o‘tkazilgan migatura ishlatiladi.
Fiksasiya qilingan joydan 1-1,5 sm orqaga o‘tib ichak aylana kesim bilan olib
tashlanadi. To‘gri ichak jarohatiga 0:5 sm uzoqlikda tugunli chok quyiladi va qolgan
qismi tos bo‘shlig‘iga yuboriladi.
To‘g‘ri ichakning shilliq pardasini kesish.
Ichak tozalanib dezinfeksiya qilingandan keyin anusdan 0,5 – 1 sm orqaga
o‘tib ichakni shilliq pardasi aylana kesiladi va xudi shunday qilib chiqib qolgan
qismini teshigi yonida kesim olib boriladi. Shundan so‘ng qaychi yordamida shilliq
parda ostidagi qavatdan ajratib olinadi va kesib tashlanadi. Ikkita aylana kesim bir –
biriga yaqinlashtirib tugunli chok bilan choklanadi.
V) sun’iy orqa chiqaruvchi teshik hosil qilish.
Kursatmasi – tug‘ilgan hayvon bolasida orqa chiqaruvchi teshikni yo‘qligi.
Fiksasiya – hayvon boshi pastga qtilib fiksasiya qilinadi.
Og‘riqsizlantirish – mahalliy infiltrasion.
Operasiya texnikasi – tabiiy orqa chiqaruvchi teshik joylashishi lozim bo‘lgan
joyda teri oyna shaklida kesib olinadi. Hayvon yonbosh holatga o‘tkazilgandan keyin
jarohatdan ichak bo‘rtib chiqadi. Uni pinset bilan ushlab aylana kesish kerak va
jarohat chetiga choklanadi.
Ayrim hollarda to‘gri ichak topilmasligi mumkin, bu ayniqsa cho‘chqalarda
ko‘proq uchraydi. Bunday holatda bajariladi.
Fiksasiya va og‘riqsizlantirish – barbiturat narkozi beriladi.
Operasiya texnikasi (Plonayt) usuli bo‘yicha
Tizza qatlamidan 2 sm modial o‘tib 4 sm uzunlikda kesim qilinadi yo‘nalishi
kaudal to quroq pardagacha. U pinset bilan ushlatib qaychi yordamida kesiladi.
Shundan so‘ng qursoq parda to‘g‘ri muskul chetiga uzlukli tikiladi. Hosil bo‘lgan
teshik orqali barmoq bilan chambar ichakni pastki qismi topilib tashqariga
chiqarilad. Ichak devori kesilgandan so‘ng jarohat cheti choklab qo‘yiladi. Bir soat
keyin teshikdan axlat oqa boshlaydi.
Qorin dabbasini operasiya usuli bilan davolash
A) dabba va uning klassifikasiyasi (tasniflanishi). Dabba (churra) – bu qorin
bo‘shlig‘idagi organlarni qursoq parda bilan birgalikda qorin devoridagi anatomik
va patologik teshiklar orqali terini ostiga tushishi. Dabba uchta elementdan tashkil
topgan – daba teshigi daba xaltasi – qursoq parda va uni ichiga tushgan organlar.
Agar organlar terini ostiga qursoq pardasiz tushgsa, ya’ni muskullarni
yorilishida, bunday patologiya prolapsus deb ataladi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra daba: a) tug‘ma va b) ortirilgan bo‘ladi.
Birinchisi anatomik teshik yopilmasa yoki xaddan tashqari katta bo‘lsa hosil bo‘ladi.
Ikkinchisi – shikastlanish yoki operasiyadan keyin hosil bo‘ladi.
Joylashi bo‘yicha dabbalar quyidagilarga bo‘linadi: kindik, chot, qorin
yonbosh devori, chov kanali urug‘don xalta (intravaginal) diafragmal, umurtqa
pog‘onasi va boshqalar.
Klinik belgilarga qarab dabba kuyidagilarga bo‘linadi:
1. To‘g‘ri bo‘ladigan – organlar bemalol qorin bo‘shlig‘iga tushib chiqib yuradi.
2. To‘g‘ri bo‘lmaydigan – organ xalta bilan yopishganda
3. Qisilgan – ikkiga bo‘linadi – interstisial to‘qima bilan qisilishi (xalqa), axlat bilan
qisilish, bu daba xavfli bo‘lib hisoblanadi.
B) kindik dabbasida operasiya o‘tkazish texnikasi.
Tayyorgarlik – hayvon 12 soatli parxezda ushlanadi ichaklarni tushashi uchun.
Fiksasya
va
og‘riqsizlantirish
–
uyg‘unlashgan
narkoz
–
mahalliy
og‘riqsizlantirish bilan birgalikda.
Itlarga neyroleptanalgeziya, kesim chizig‘i bo‘ylab infiltrasiya usuli.
Hayvon orqada yotgan holatda fiksasiya qilinadi.
Operatsiya texnikasi
Operasiya o‘tkazishdan asosiy maqsad bu dabba teshigini yopish.
Agar dabba xaltasi katta bulmasa organlar bilan qorin bo‘shlig‘iga yuborilib
teshikka uzlukli chok quyiladi.
Agar dabba xaltasi katta bo‘lsa organlar ichkariga yuborilgandan keyin xalta o‘z
o‘qi atrofida uraladi va teshikka yaqin joyda ligatura bilan bog‘lanadi. Xalta reviziya
qilingandan keyin olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib chok bilan
yopiladi. Agar xalta ichidagi organlar yopishgan bo‘lsa, ajratmasdan qaychi
yordamida xaltadan kesib olinadi. Organlar qorin bo‘shlig‘iga yuborilgandan keyin
teshik chok bilan yopiladi.
Operasiyaning yakuniy qismida – ortiqcha teri olib tashlanadi va choklanadi.
V) chov – urug‘don xalta dabbasida operasiya o‘tkazish texnikasi.
Kesim chov kanaliga nisbattan parallel olib boriladi. Hosil bo‘lgan jarohat orqali
umumiy qin parda yorg‘oqdan organlar bilan birga tashqariga chiqariladi. Qorin
teshigi orqali organlar ichkariga siqib yuboriladi, xalta o‘z o‘qi atrofida bir necha
marta buraladi va teshikka yaqin joyda bog‘lanadi. Xalta reviziya qilingandan keyin
olib tashlanadi. Qolgan qismi teshikka yuborilib choklanadi. Operasiyani yakuniy
bosqichida teriga chok qo‘yiladi.