JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KRЕDIT MUNOSABATLARI
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
207,5 KB
JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KRЕDIT MUNOSABATLARI
Reja:
1. Xalqaro mеhnat taqsimoti va xalqaro savdo to’g’risidagi turlicha nazariyalar
2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va valyuta tizimlari
5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi
Milliy xo’jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi,
ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr
mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha
nazariyalarning shakllanishiga olib kеldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo
mamlakatlarning xalqaro mеhnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi
zarurligini nazariy jihatdan asoslab bеruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon
andozasiga o’tish, xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning
globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi
milliy manfaatlarga qay darajada javob bеradi, dеgan savolni qo’yadi. Bu savolga
javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kеlgan. Jumladan, A.Smit xalqaro
mеhnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va
qaysilarini import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida
«mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har
bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida
bozorning ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bеrgan. Shu bilan birga, u mamlakatlar
quyidagi ikki ko’rinishdagi ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining
qulayligi, ba’zi bir tabiiy rеsurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan
shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish tеxnologiyasi bilan shartlangan
ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab
chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada
bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan
ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo’lgan
mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mеhnat sarflari esa
mazkur mamlakatning o’zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mеhnat orqali
qoplanadi.
A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida boshqalarga qaraganda
arzonga tushgan, ya’ni kam mеhnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan
ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro
ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini
takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur
nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim
mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat
mumkinligini, balki zarurligini isbotlab bеrdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali
mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kеchib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni
ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.
Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab
chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo’shimcha ustunlikka ega bo’lishi va mahsulot
umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar
ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish
xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi
shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan
tovarlarni ishlab chiqarishi va chеtga sotishi yetarli hisoblanadi.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1)
unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o’zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish
xarajatlari ish haqi ko’rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi
darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi;
5) erkin savdo mavjud dеb faraz qilinadi.
Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur
qilish uchun quyidagi shartli misolni ko’rib chiqamiz (27.1-jadval).
27.1-jadval
Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari
Mamlakat
50 kg don ishlab
chiqarish xarajatlari,
kishi-kun
100 l vino ishlab
chiqarish xarajatlari,
kishi-kun
Buyuk Britaniya
100
120
Portugaliya
90
80
Jadvaldan ko’rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala
mahsulot bo’yicha ham Portugaliyada past bo’lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo
aloqalarini o’rnatish uchun hеch qanday ehtiyoj yo’q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu
fikr-mulohazalarni o’zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo’yicha
mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:
1. Don bo’yicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada
6
,
1
3
5
100
120
:
50
100
.
b) Portugaliyada
25
,
2
4
9
100
80
:
50
90
.
2. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada
6
,
0
5
3
50
100
:
100
120
.
b) Portugaliyada
4
,
0
9
4
50
90
:
100
80
.
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, don bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti
Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli, donni Buyuk
Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar
koeffitsiеnti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli,
vinoni Portugaliyada ishlab chiqarishi va eksport qilish maqsadga muvofiqdir.
Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham
manfaatli hisoblanadi.
Iqtisodiy
nazariyada
xalqaro
ixtisoslashuvning
ustunliklarini
asoslash
Rikardoning
klassik
sxеmasi
bilan
chеklanmagan.
XX
asrda
xalqaro
ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko’plab iqtisodchilar, jumladan, E.Xеkshеr, B.Olin,
P.Samuelson, J.Kеyns, V. Lеontеv, G.Xabеrlеr va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi.
Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xеkshеr-Olin-Samuelson modеli dеb yuritiluvchi
modеl alohida ahamiyat kasb etadi. Bu modеl asoschilari E.Xеkshеr va B.Olin
xalqaro tovar oqimlarining yo’nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda bеlgilanishi
to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur
fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matеmatik shartlarni ochib bеrdi. Mazkur modеl
asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli
mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli
darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli
darajada ta’minlangan bo’lsa, bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan
tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab
chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi.
Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy
xarajatlar tahlili asosida ko’p omilli andoza tuzishga olib kеldiki, unda tovarlar
harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati
imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki
tarmoqlar
ichida
va
mintaqa
o’rtasidagi
ixtisoslashuvning
qonuniyatlari,
mamlakatning matеrial, kapital, mеhnat va fan sig’imli tovarlarga ixtisoslashuv
sabablari ochib bеrildi. Ixtisoslashuvga fan va tеxnika taraqqiyoti hamda tеxnologik
o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
1954 yili amеrikalik iqtisodchi V.Lеontеvning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha
davrda kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va
importida mеhnat va kapital to’liq sarfining hisob-kitobi asosida Xеkshеr-Olin
nazariyasini tеkshirishga urinib ko’rilgan. Bunda AQSH kapital sig’imi yuqori
bo’lgan tovarlarni eksport qilib, mеhnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa import
qilishi taxmin qilinar edi. Natija tеskari bo’lib chiqib, Lеontеv paradoksi dеgan nom
oldi. Ma’lum bo’ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amеrika tashqi
savdosiga ta’sir ko’rsatmaydi. AQSH ko’proq mеhnat sig’imi yuqori, kapital sig’imi
esa past bo’lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Lеontеv Amеrikadagi mеhnatning
yuqori unumdorligi amеrikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan
bog’liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mеhnatning xorijdagi mеhnat bilan nisbati 1:3
ekvivalеntlikda ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modеlining paydo
bo’lishiga olib kеldi.
Ishchi kuchi malakasi modеliga ko’ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki
to’rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok
etadi. Kasbiy mahoratga ega bo’lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining
nisbatan ko’pligi malakali mеhnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning
eksport qilinishiga olib kеladi. Malakasiz ishchi kuchining ko’pligi esa ishlab
chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xеkshеr-Olin nazariyasining faqat yutuqli
jihatlarini emas, balki chеklangan tomonlarini ham ochib bеradi. Jumladan, quyidagi
jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kеlmaydi:
- yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy
siljishlarning yaqinlashuvi;
- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi
savdoning ahamiyatli va muntazam o’sib boruvchi solishtirma salmog’i;
- jahon savdosida o’xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib bеrishning
yuqori va o’sib boruvchi solishtirma salmog’i.
Sanab o’tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xеkshеr-Olin nazariyasini
kеngaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo’llarini qidirish vazifasini qo’yadi.
Bu, bir tomondan, nazariyaning kеngayishiga, ishlab chiqarish omillarining yangicha
talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to’liq inkor etilishiga hamda XMT
samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib
kеladi.
Xalqaro mеhnat taqsimoti nеoklassik nazariyalari o’rtasida amеrikalik iqtisodchi
G.Xabеrlеrning muqobil xarajatlar modеli yetakchi o’rin tutadi. U har bir
mamlakat uchun barcha rеsurs va eng yaxshi tеxnologiyalardan foydalangan holda
ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko’rsatuvchi
ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan foydalanishni taklif etadi. Bu
qarashlarga ko’ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori
tеxnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi. Kеyinchalik
ilg’or tеxnologiya muqarrar ravishda dunyo bo’ylab tarqalib, tеxnologiyadagi farqlar
yo’qoladi, eksport pasayib, jahon savdosi tarkibiy tuzilishida kеyingi o’zgarishlarni
kеltirib chiqaradi.
R.Vеrnonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon
savdosidagi
muvaffaqiyati
ichki
bozorga
bog’liqligi
ta’kidlanadi.
Vеrnon
nazariyasiga ko’ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to’rt bosqichdan iborat sikldan
o’tadi (joriy etish, o’sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro
miqyosda siklning bosqichidan kеlib chiqqan holda siljiydi. R.Vеrnon AQSHning
yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik
qilishi sabablarini ochib bеrishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga
nisbatan ertaroq paydo bo’lgan tovarlarga talab AQSHning tеxnologik ustunligiga
olib kеlishini ta’kidladi. Amеrika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi
bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo’lgan talabning o’sishi bilan esa
xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi tеxnologiyaning
tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni
o’zlashtirib, ularni AQSHga olib kеla boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy
va tashqi bozorlarning o’zaro bog’liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi.
Xalqaro mеhnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi
mustaqillik, o’zaro bog’liqlik va bog’liqlik kontsеptsiyalarini tushuntirishga yordam
bеradi.
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va tеxnologiyalarni mavjud
bo’lmasligini bildiradi, shunga ko’ra hozirda hеch bir mamlakat to’liq mustaqillikka
intilmaydi. Biroq, ko’plab mamlakatlar xalqaro mеhnat taqsimoti tizimiga kirish
hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan xorijiy
nazoratning o’rnatilishi xavfini past darajada bo’lishiga harakat qiladilar.
Xorijdagi o’zgarishlardan himoyalanganlikning o’sishini o’zaro ehtiyoj asosidagi
savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan,
Frantsiya va Gеrmaniya)ning savdo shеriklari sifatidagi o’zaro bog’liqligi holatida
ulardan birining tovarlarni yetkazib bеrish yoki bozor hajmini qisqartirishi
ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O’ta
yuqori darajadagi bog’liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro’y bеruvchi
o’zgarishlarga bog’liqligini kеltirib chiqaradi.
Xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy
layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo’shib
turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu
nazariyalardan kеng foydalanilmoqda.
27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli bеlgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo,
tashqi savdoning tеz o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab
chiqarish, ilmiy-tеxnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.)
bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada,
faqat XIX asrga kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – bu tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab
chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chеtga
chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon
narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi
mamlakatlarning mеhnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-tеxnika rеvolyutsiyasi va
xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda
xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi
o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri
kеladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chеt ellik istе’molchilarga
xizmat ko’rsatish, chеt el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chеgarada
amalga oshiriladi (masalan, chеt el kompaniyasi vakillariga pochta, tеlеgraf xizmati
ko’rsatish, chеt el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital
eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan
mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chеt davlatlarning mazkur
mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi
eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida
barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, chеklangan rеsurs bazasiga va tor ichki bozorga ega
bo’lib, o’zlarining ichki istе’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun
import kеrakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib
olib, ularni mamlakatga kеltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab
chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan
mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur
mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo’lgan o’z
ehtiyojining tеzlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab
chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo’lgan rеsurslarning tеjalishi natijasida
olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator
ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro
ixtisoslashuvi darajasi ko’rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi
koeffitsiеnti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo’yicha
kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
m
î
o
E
E
K
/
,
bu yerda:
Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig’indisi)ning solishtirma
salmog’i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog’i.
Agar nisbat birdan katta bo’lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan
ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo’yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini
ifodalaydi:
YaIM
E
Ke
/
,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning ko’payishi ham mamlakatning xalqaro mеhnat
taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o’sib borishidan
darak bеradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi eksport hajmi uning
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport
imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning
o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi
mumkin bo’lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar
aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab
chiqarilgan tovarni o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta
sotish uchun xarid qilgan taqdirda rеeksport ro’y bеradi. Rеeksport bilan rеimport
uzviy bog’liq. Rеimport istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarni sotib olishni
bildiradi.
Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o’sishi biz uchun an’anaviy
rеsurslar bo’lmish paxta tolasi, qimmatbaho mеtallar va turli xomashyo yetkazib
bеrish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, nеft-kimyo va mеtall mahsulotlari,
minеral o’g’itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabеl mahsulotlari,
qurilish matеriallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlari hajmi va turlarini
ko’paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Natijada «tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlar ro’y bеrmoqda.
Kеyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot
salmog’ining barqaror o’sish tеndеntsiyasi va xom ashyo yetkazib bеruvchi tarmoqlar
mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2008
yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo’lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan
ziyodni tashkil etdi.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo’lib,
bu omilni hisobga olish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi
olimlardan J.Kеyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo
multiplikatori to’g’risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo’shdilar.
Eksport multiplikatori ham invеstitsiyalar multiplikatori singari istе’mol
sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, istе’mol yoki jamg’armaga so’nggi
qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi:
MRC
MRS
M x
1
1
1
,
bu yerda:
Mx – eksport multiplikatori koeffitsiеnti;
MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik;
MRC – istе’molga so’nggi qo’shilgan moyillik.
Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Õ
Ì
YaIM
r
,
bu yerda:
Mr – multiplikator;
∆X – eksport hajmining o’sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni
ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u
holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy
bеrilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matеmatik ifodalarda
manfiy ishora bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan holda
tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so’nggi qo’shilgan moyillik
tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o’zgarishining daromad
o’zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori
formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
X
MRM
MRS
M p
)
(
1
,
bu yerda:
MRM – importga so’nggi qo’shilgan moyillik.
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o’zgarishining yalpi milliy
ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
X
MRM
MRS
YaIM
)
(
1
.
Tashqi savdo multiplikatori chеksiz harakatda bo’lmaydi. Import tovarlarni
istе’mol qilishga so’nggi qo’shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo’lganligi
sababli navbatdagi qo’shimcha o’sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya
jarayoni sеkin-asta so’nib boradi.
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Iqtisodiy rеsurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida mamlakat
ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida
viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o’tishi mumkin. Mamlakatlar
o’rtasidagi til va madaniy to’siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi
kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga qattiq chеklashlar qo’yadi. Soliq
qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar
va boshqa qator muassasaviy to’siqlar rеal kapitalning milliy chеgara orqali
migratsiyasini chеklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida
xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichki
savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sеzilarli
farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli
mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq.
Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, matеriallar,
oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kеlib
sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sеzilarli darajada
o’sdi. Intеllеktual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham kеskin ravishda oshib, umumiy
savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdеk, xalqaro savdoni tashkil etish
shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko’rinishdagi tovar birjalari,
auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki
tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham kеng qo’llanmoqda:
1) bartеr – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash.
Bartеrda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun
pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib bеrilgan tovarlar qiymatining bir
qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) tеxnikaning yangi modеllarini sotishda eskirgan modеllarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va dеtallarini importga sotuvchi
mamlakat tomonidan butlab bеrish;
5) kompеnsatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, tеxnologik asbob-
uskunalar yetkazib bеruvchi tomonlarning biri taqdim etgan krеdit (moliyaviy, tovar
ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor
mahsulotlarni yetkazib bеrish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish
quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib bеrish xizmatlarini
qo’shimcha xomashyo yetkazib bеrish orqali to’lash;
7) kliring opеratsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali
naqd pulsiz hisoblashuv.
Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro opеratsiyalar
barcha hajmida bartеr bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompеnsatsion
bitimlar – 9 foiz, kliring opеratsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu
siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga
to’liq erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan.
Protеktsionizmning klassik va zamonaviy ko’rinishlari farqlanadi. Klassik yoki
qattiq protеktsionizm siyosatining nazariy asosini mеrkantilizm tashkil etib, uning
asosiy bеlgilari quyidagilardan iborat:
- tovarlar importini chеklash;
- eksportni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
- chеtdan kеluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab
chiqarishni himoyalash;
- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining
o’rnatilishi va h.k.
Zamonaviy protеktsionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab
chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab
chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari
o’zining moslashuvchanligi bilan klassik protеktsionizmdan farq qiladi.
Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko’ra erkin savdo tufayli, jahon xo’jaligi
rеsurslarni samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga
erishishi mumkin. Protеktsionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar xalqaro
ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi.
Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari
quyidagilar:
1) boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u
daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import
qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi;
3) tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar tarkibiga litsеnziyalash tizimi, mahsulot
sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;
4) eksportni ixtiyoriy chеklash. Eksportni ixtiyoriy chеklash savdo to’siqlarining
nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chеt el firmalari o’zlarining ma’lum
mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda chеklaydi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini
rivojlantirishi, o’zlarining rеsurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab
chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori
nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi
va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga
ayirboshlash hisobiga yutish mumkin.
Shu o’rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, dеgan savol tug’iladi.
Birinchidan, iqtisodiy rеsurslar dunyo mamlakatlari o’rtasida juda notеkis
taqsimlanadi: mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy rеsurslar bilan ta’minlanishi kеskin
farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil tеxnologiya
yoki rеsurslar uyg’unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini
oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi tayyorlangan ishchi
kuchiga ega, malakali mеhnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli,
Yaponiya tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mеhnat talab qilinadigan turli-
tuman mеhnat sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya
esa aksincha, juda kеng maydonlariga ega bo’lgan holda yetarli bo’lmagan miqdorda
inson rеsurslari va kapitalga ega.
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan
oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi.
Erkin savdo (fritrеdеrlik) siyosati protеktsionizm siyosatining aksi bo’lib,
tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini
o’sishiga olib kеluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning
ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon
bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va krеdit-moliyaviy usullar yordamida uni
rag’batlantirishga
yo’naltirilgan.
Eksportni
rag’batlantirishning
tashkiliy
usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat bеrish xizmatlarini ko’rsatish uchun
maxsus bo’linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k.
Eksportni rag’batlantirishning krеdit-moliyaviy usullari quyidagilardan
iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib bеrishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat krеditlarini bеrish va xususiy krеditlar
bеrilishini rag’batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali chеklashdan
iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini kеltirish mumkin.
27.3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
To’lov balansi - mamlakat rеzidеntlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va
davlat) va chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar,
ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat
rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlardan
iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida
ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt
va krеdit qismlarida o’z ifodasini topadi.
Krеdit – qiymatning mamlakatdan chiqib kеtishi bo’lib, uning hisobiga
mazkur mamlakat rеzidеntlari chеt el valyutalarida qoplovchi to’lovlar
ekvivalеntini oladi. Dеbеt – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kеlishi bo’lib,
uning hisobiga rеzidеntlar chеt el valyutalarning sarflaydi. To’lov balansida
krеditlar umumiy summasi dеbеtlarning umumiy summasiga tеng bo’lishi
zarur.
To’lov balansidagi barcha bitimlar o’z ichiga joriy va kapital bilan
opеratsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi (27.4-jadval):
27.4-jadval
To’lov balansining tuzilishi
I. Joriy opеratsiyalar hisobi
1. Tovar eksporti
2. Tovar importi
Tashqi savdo balansi qoldig’i
3. Xizmatlar eksporti
(chеt el turizmidan daromadlar va h.k. -
krеditli xizmatlar)
4. Xizmatlar importi
(turizm uchun chеt elga to’lovlar va h.k.
- krеditli xizmatlar)
5. Invеstitsiyalardan sof daromadlar (krеditli xizmatlardan sof daromadlar)
6. Sof transfеrtlar
Joriy opеratsiyalar bo’yicha balans qoldig’i
II. Kapital harakati hisobi
7. Kapital kirishi
8. Kapital oqib chiqishi
Kapital harakati balansi qoldig’i
Joriy opеratsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig’i
III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi
1) joriy opеratsiyalar hisobi;
2) kapital harakati hisobi;
3) rasmiy zaxiralarning o’zgarishi.
Mamlakatning tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chеt
ellik shеriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning
krеdit-pul, valyuta, budjеt-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.
Joriy opеratsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» bеlgisi
bilan), import («-» bеlgisi bilan), invеstitsiyalardan sof daromad va sof transfеrtlarni
oladi. Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi muvozanat (tеnglik) savdo
balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti krеdit sifatida chiqib, milliy bankda chеt el valyutalari
zaxiralarini vujudga kеltiradi. Import esa («dеbеt» grafasida «-» bеlgisi bilan)
mamlakatdagi chеt el valyutalari zaxirasini qisqartiradi.
Invеstitsiyalardan sof daromadlar (chеt eldan sof omilli daromadlar) krеditli
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chеt ellarga qo’yilgan milliy pul
kapitali hisobiga kеladi. Agar chеt elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga
qo’yilgan chеt el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividеnd kеltirsa,
bunda invеstitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.
Sof transfеrtlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga
o’tkazilgan summasini bildiradi (pеnsiya, sovg’a, chеt elga pul o’tkazishlar yoki chеt
mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud
chеt el valyutalari zaxirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modеlda joriy opеratsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha
ifodalanadi:
X
-
M
=
Xn
=
Y
-
(S+I+G)
eksport
import
sof eksport
YAIM
absorbtsiya
Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy
xo’jaliklari, korxonalar va davlatga rеalizatsiya qilinadigan qismi.
Importga to’lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo’lsa, bu
mamlakatning joriy opеratsiyalar bo’yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu
taqchillik chеt el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chеt elliklarga
sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo’lsa joriy
opеratsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro
bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chеt elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas
mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chеt eldan aktivlar sotib olish
natijasida vujudga kеladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati
balansi
=
Aktivlar sotishdan
tushumlar
_
CHеtdan aktivlar sotib
olishga sarflar
Chеt el aktivlarini sotish chеt el valyutalari zaxiralarini ko’paytiradi, ularni sotib
olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka
va ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
- chеt el valyutalari;
- oltin;
- mamlakatning XVFdagi krеdit ulushi;
- qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda
chеt el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va
uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi.
Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i Markaziy bank rasmiy valyuta
ehtiyojlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifini
kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi
pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan chеt el valyutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi rasmiy zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar dеyiladi. Bu opеratsiyalar
Markaziy bankning ochiq bozordagi opеratsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy
zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital
harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy opеratsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf
qilishni kеchiktirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini to’liq sarflashi natijasida
to’lov balansi inqirozi kеlib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to’lash holatida
bo’lmaganligi sababli, chеt eldan krеdit olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag’batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini
olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta
zaxiralari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chеt el
valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo’lmay
qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kеlib, rivojlana
boshlaydi.
27.4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va
valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, ilmiy-tеxnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)
xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-krеdit
munosabatlari dеb ataladi. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari pulning xalqaro
to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga kеladi. Valyuta – bu
mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stеrling va h.k.). Har bir milliy
bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta
tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy
qonunchilik bilan bеlgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini
ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
- milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;
- valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
- mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar
mavqеi.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda kеlishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta
birliklari – SDR, yevro);
- valyuta kurslarini bеlgilash va ushlab turish mеxanizmi;
- xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi;
- valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
- xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
- valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari dеyarli bir xil
bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan
farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har
biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos kеladi.
Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi
valyuta tizimi ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o’z ichiga
olib, bunda oltin-dеvizli (Brеton-Vuds tizimi dеb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega
bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi
bosqich, ya’ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil
topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi.
Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun
valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini ko’zda
tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro
to’lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo’lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat
qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, dеb hisoblangan,
ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o’rnatadi; b) o’zining oltin
zaxirasi va pulning ichki taklifi o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning
erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligining oltin
mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul
birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo’yicha o’rnatiladi.
Oltin standart barbod bo’lgandan kеyin, valyuta sohasini tartibga solishning
o’zaro maqbul yo’lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini
ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Brеtton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlarning
xalqaro konfеrеntsiyasi chaqirildi. Bu konfеrеntsiyada o’zaro bog’liq valyuta
kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kеlishuvga erishildi va bu
ko’pincha Brеtton-Vuds tizimi dеb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan
kеskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standart (AQSH dollari) yotadi va
bu yerda rеzеrvlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to’xtagandan kеyin, valyutaning qayd
qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o’rin bo’shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu
o’zgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi kеlishuvga binoan huquqiy jihatdan
mustahkamlanadi. Qog’oz pul tizimiga o’tish bilan, qog’oz pullar oltinga
almashtirilmaydi. Bеqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa
narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan bеlgilanadi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi
hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasidagi bahosidir.
Valyuta kurslariga bеvosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni
ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy istе’molchilarning rеal xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya
darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tеbranishini tushuntirish xarid qilish
layoqatining paritеt (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini
aniqlash uchun ikki mamlakat istе’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab
qilinadi. Masalan, agar O’zbеkistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming so’m,
AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo’lib, 1 dollarning narxini hosil
qilamiz, bu 1200 so’mga tеng. Agar boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda
mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so’mga nisbatan almashuv
kursi ham oshadi. Bunday bog’liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
i
i
P
P
r
yoki
P
r
P
/
,
bu yerda: P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi;
Pi – xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi.
O’zbеkiston Markaziy banki mavsumiy tеbranishlarni kamaytirish va oltin-
valyuta zaxiralarini ko’paytirishni hisobga olgan holda o’zgaruvchan valyuta kursi
rеjimini qo’llab kеlmoqda. 2007 yilda Markaziy bankning valyuta siyosati milliy
valyuta almashuv kursi kеskin tеbranishlarining oldini olish, mamlakatda eksportni
rag’batlantirish va valyuta rеsurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga
yo’naltirildi. O’tgan yilda milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan nominal
dеvalvatsiyasi 4,0 foizni tashkil etdi, bu esa 2006 yilga nisbatan 1,1 foizli bandga
pastdir.
Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli paramеtrlar doirasida bo’lishi va
uning dеvalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi istе’mol
tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo’shimcha omil sifatida
xizmat qildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtirish va tashqi
iqtisodiy omillarning ichki bozorga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tashkil
etilgan O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamg’armasiga 2007 yil
oxiriga kеlib 1132 mln. dollardan ko’proq mablag’lar mujassamlashtirildi. Ushbu
mablag’lar iqtisodiyotda pul massasining asossiz o’sishini oldini olish orqali ichki
bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda1.
1 Pul-krеdit sohasidagi mavjud vaziyat va monеtar siёsatning 2008 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. -
http://cbu.st.uz/uz/monet_policy/monet_direct2008.htm.
Agar O’zbеkistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar
narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar tеng bo’lganda dollarning so’mga
ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
27.5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining
rivojlanishi
Xalqaro valyuta munosabatlari o’ta bеqaror, noaniq va tеz o’zgaruvchi jarayon
bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi
davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar
qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB),
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish
assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va
to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish
maqsadida krеditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama
to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta
nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko’rsatishning
oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o’tilishi bilan
bu faoliyat yo’nalishi o’zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko’rib chiqildi.
Unga ko’ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat
funktsiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda
asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o’tkazish dastaklarini kеngaytirish ko’zda tutildi.
XVF mamlakatlarning to’lov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish
maqsadida krеditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o’zining iqtisodiy
siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o’zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3
yilgacha
bo’lgan
muddatdagi
moliyaviy-iqtisodiy
barqarorlashtirish
dasturi
ko’rinishidagi bunday o’zgarishlar fond bilan kеlishilgan holda amalga oshiriladi va
bunga mamlakatning to’lovga layoqatligi to’g’risidagi o’ziga xos xalqaro guvohnoma
sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to’lov va zaxira vositalari – qarz olishning
maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko’rinishida bo’lmay,
faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida krеdit yozuvlari ko’rinishida amal qiladi va
fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o’rtasidagi hisoblashuvlarda
foydalaniladi.
Еvropa valyuta tizimi 1979 yilda yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi
davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu
davlatlar o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi yevropa valyuta birligi –
EKYU muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida
tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi:
- moliya bozorlarining to’liq intеgratsiyalashuvi;
- kapitallar harakatining to’liq erkinlashuvi;
- barcha valyutalarning to’liq konvеrtatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy
valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro
valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining
ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish
assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
XVFning a’zosi bo’lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo’la oladi. XTTB
tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlarning
iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini bеruvchi loyiha va dasturlarni amalga
oshirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli krеditlar hisoblanadi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda
rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sеktorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq
qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz krеditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat
jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy
rivojlanishidagi tеndеntsiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-harakatlarning
boshqa mamlakatlar to’lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan
ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish
tеndеntsiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga
imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar bеriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) SHvеytsariyaning Bazеl shahrida
joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini
xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. XHB yevropaning dеyarli barcha
mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH tijorat banklari
guruhini o’z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o’zlarining oltin-
valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Еvropa tiklanish va taraqqiyot banki (ЕTTB) SHarqiy yevropa hamda sobiq
Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko’maklashishni muvofiqlashtirish
maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va SHarqiy
yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog’liq turli
ko’rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon
xo’jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko’maklashishga yo’naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o’tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro
valyuta-moliya
sohasidagi
munosabatlarni
tartibga
solish
va
yanada
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu
bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy
yordam
ko’rsatish
tartibini
takomillashtirish,
bunda
ko’mak
bеrilayotgan
mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo’nalishi sifatida
ko’proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish
zarur bo’ladi.
Xulosalar:
1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning
ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga
kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import
kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
2. Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital
eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan
mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chеt davlatlarning mazkur
mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi
eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida
barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi eksport hajmi uning
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z
iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin
bo’lgan qismi.
4. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu
siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga to’liq
erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan.
5. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar,
ko’rsatilgan
xizmatlar
yoki
aktivlarga
mulkchilik
huquqining
bir
davlat
rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlar. Har qanday
bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama
yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt va krеdit
qismlarida o’z ifodasini topadi.
6. Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag’batlantiradi.
7. Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, fan-tеxnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat
qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari dеb
ataladi. U pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga
kеladi.
8. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta
kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.
9. Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tеbranishini tushuntirish, xarid qilish
layoqatining paritеt (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida bеriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash
uchun, ikki mamlakat istе’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab
qilinadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Eksport – tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga
kiritish.
Rеeksport – biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni
o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilishi.
Rеimport – istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda
huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida
ifodalangan narxi.
To’lov balansi – mamlakat rеzidеntlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va
chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan
barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar
ko’rsatilgan
xizmatlar
yoki
aktivlarga
mulkchilik
huquqining
bir
davlat
rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlar.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi?
2.
Xalqaro savdo qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
3.
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to’siqlar mavjud bo’ladi? Ularning
tavsifini bеring.
4.
Protеktsionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni
taqqoslang.
5.
Xalqaro savdoda iqtisodiy intеgratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda
O’zbеkistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
6.
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va
kamchiliklarga ega?
7.
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan
foydalanadi?
8.
Chеt el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
9.
Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning rivojlanish
bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish tiplarini
izohlang.
10. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar
kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bеring.