Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
27,0 KB
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va
vazifalari.«Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning
mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish shakllari.
2.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining asosiy
metodlari va undagi davriylik.
3.
Qadimgi Sharq insoniyat tsivilizatsiyasining beshigi. Dastlabki davlat va
siyosiy
mafkuralarning
sharqtsa
vujudga
kelishining
ob’ektiv sabablari. "Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va vazifalari.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining o’qitilishi oliy ta’lim
muassasalarining ijtimoiy gumanitar fakultetlaridagi ayrim bo’limlarida, ya’ni milliy
istiqlol g’oyasi bo’limlari talabalari uchun mo’ljallangan.
Ushbu fan o’quv fani sifatida maxsus kiritilgan bo’lib, u yangi fan hisoblanadi.
Biroq, o’zining mohiyati va tadqiqot ob’ekti bo’lmish jahon siyosiy mafkuralarining
mazmun va mohiyatini tadqiq etadi, o’rganadi, tahlil qiladi, xulosa va ilmiy qarorlar
chiqaradi.
Ushbu fan insoniyat hayotining shu bugungi kunga qadar turli davlat
tizimlaridagi mafkuraviy holatlarni, uning mazmun mohiyatini ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab beradi. Voqea - hodisalarning yuz berish sababi, uning rivojlanishi
yoxud tanazzo’lga yuz tutishining mafkuraviy omillarini, xalqlar hayotida u yoki bu
tariqa ta’sir etishini o’zviylikda, xronolgik ketma-ketlikda o’rganadi.
Fanlar tizimida Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv
fanining o’rni.
Insoniyatning turli tarixiy davrlardagi hayoti va unda bo’lib o’tgan voqealar,
hodisalar, ularning sabablari ijtimoiy gumanitar fanlar tizimidagi ko’plab fanlar
tomonidan o’rganiladi.
Ushbu fan ijtimoiy fanlar tizimida bo’lganligi bois, boshqa ijtimoiy fanlar bilan
aloqadorlikda o’rganiladi. Jumladan, «Falsafa», «Tarix», «Siyosatshunoslik»,
«Milliy istiqlol g’oyasi» kabi ko’plab fanlar qoidalariga, xulosa va tahlillariga
tayanadi. O’z o’rnida ushbu fan qoidalari, xulosa va tahlillari boshqa fanlar uchun
ham asos bo’ladi.
«Falsafa» fani Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani uchun
voqea va hodisalarning, shuningdek ijtimoiy munosabatlar rivojlanishning umumiy
qoidalarini o’rgansa, tarix fani esa u yoki bu voqelikning yuz berishini, oqibatlarini,
siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy to’zilishini yoki davlatlarning siyosiy tizimini,
uni ichki va tashqi siyosati belgisini o’rgatadi.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani o’z davrida yuz bergan
mafkuraviy jarayonlarni, ularning oqibatlarini o’rgatadi. U muayyan qarashlar,
ta’limotlar, g’oya va mafkuraviy jarayonlarning umumiylik, o’zviylik hamda yakka
holda olib qaraydi va ularni o’rganadi.
Ushbu fan mafkuraiy jarayonlarni ijtmioiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon
bo’lishini ifodalaydi. Jamiyat hayotida biron bir siyosiy o’zgarish, siyosiy voqea,
hodisalar mafkuraviy omillar ta’siridan chetda bo’lmaydi. Shu sababli Jahon siyosiy-
mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani yuz bergan turli ijtimoiy-siyosiy o’zgarish
va voqealarda mafkuraviy ta’sirning o’rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan
aniqlaydi.
Ushbu fan o’qitilishidan maqsad:
-talaba-o’quvchilar ongida mafkuraviy yuksalishni shakllantirish va har
tomonlama etuk fuqarolarni tarbiyalash;
-Jahon tarixida turli mafkuralarni namoyon bo’lish xususiyatlari, uning turlari
va to’zilishini o’rgatish;
-dars davomida turli manba va adabiyotlardan foydalanish metodikasini
o’rgatishdan iborat.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ijodiy harakterini
ifodalovchi asosiy jihatlar:
Jahon
siyosiy-mafkuraviy
ta’limotlar
tarixi
fani
masalalari
jamiyat
taraqqiyotining borishiga muvofiq muayyan miqdorda o’zgarib boradi;
Jahon
siyosiy-mafkuraviy
ta’limotlar
tarixi
fani
turli
davrlardagi
jamiyat
hayotining
alohidalik
va
o’zviylik
tamoyillari
negizida
mafkuraviy ta’limotlarni chuqur asoslaydi;
Har bir xalq yoki millatning mafkuraviy qarashlari, uning mohiyatining
analiz
qilinishi,
hozirgi
davrdagi
xalqlar
yoxud
davlatlar
mafkurasining
hayotiyligi,
uning
taraqqiyotga
tutgan
o’rni
ushbu
fan
rivojlanishiga ta’sir etadi;
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani bitta yoki alohida
olingan
mafkuralar
jamiyat
taraqqiyotini
belgilovchi
omil
bo’ladi,
degan qoidaga asoslanmaydi.
«Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning mazmun-
mohiyati va namoyon bo’lish shakllari
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosat tushunchasiga juda ko’plab ta’riflar
berilgan. Ushbu tushunchalar qanchalik keng va xilma-xil bo’lishiga qaramay
ularning o’rtasida o’zaro bog’liqlik va umumiylik mavjud.
Uni ayrim olimlar «davlat to’g’risidagi fan» deb aytsalar, ayrim mutaffakkirlar
u algebra ham, matematika ham emas, balki oliy matematikadir deyishadi.
Siyosat quruq gaplar, mavxum iboralar yig’indisi emas.
Demak, siyosat - keng qamrovli ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, u jamiyat
hayotining xilma-xil sohalarida bo’ladigan voqea-hodisalarni o’zida aks ettiradi va
uning kelib chiqishiga u yoki bu darajada sabab bo’ladi. Siyosiy tushunchasiga turli
davrlarda politologik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shaqil jihatidan har xil
bo’lsa-da, biroq mohiyati va mazmuni jihatida umumiylikka egadir.
Ularning hammasida ham siyosiy davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoii tashkilotlar
va harakatlarning mamlakat ichida va xalqora maydonda ko’rsatadigan faoliyati,
jamiyat ijtimoiy hayotining hamma sohalarga ta’sir etib tiruvchi vosita sifatida
asoslab beradi. Demak, siyosat-bu jamiyat hayotining xilma- xil sohalarida ro’y
beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga
qaratilgan faoliyat eki vositadir. "Mafkura "tushunchasining ta’rifiga kelsak,
ko’pgina ta’riflar orasida uni muayyan bir davrda muayyan bir xalqni, millatni,
ijtimoiy guruhni manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlar sari etaklovchi estetik,
axloqiy, huquqiy, diniy, falsafiy, siyosiy g’oyalar tizimi, deb berilgan. Demak, o’z-
o’zidan anglashiladiki "Mafkura" tushunchasi quyidagi xislatlarga ega bo’ladi: 1 Har
bir mafkura qaysidir millatning, xalqning maqsad-muddaolarini
anglatadi (milliy g’oyalar), yoxud biron-bir ijtimoiy guruhning
manfaatlarini ifodalaydi (fashizm, vahhobiylik);
Har bir mafkura, albatta, ma’lum maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan
bir necha g’oyalardan tarkib topadi (masalan, farovon hayot, tolerantlik,
komil
inson,
yurt
tinchligi,
milatlararo
totuvlik,
ijtimoiy
hamkorlik
g’oyalari O’zbekiston milliy mafkurasini tashqil qiladi);
Har bir mafkuraning dunyoga kelishi uchun etarli shart-sharoit yuzaga
kelishi
zarur,
ya’ni
jamiyatda
unga
ehtiyoj
sezilgandagina
mafkura
tarkib topadi (masalan, Chor Rassiya Turkistonni bosib olgandan so’ng, bu
erda Milliy ozodlik harakati, jadidchilik g’oyalari yuzaga keladi);
Mafkura "zamon" va "makon"nuqtaiy-nazardan ham anglashiladi, ya’ni
har bir
mafkura
ma’lum
bir davrda
hamda
hududda
paydo bo’ladi
(masalan,
rennesans
mafkurasi
o’rta
asrlar
Evropasida
inkvizitsiya
g’oyalarga qarshi kuch sifatida yuzaga keladi)
5.
Mafkuralar o’z oldiga qo’yayotgan maqsadning mohiyatiga ko’ra, ya’ni
uning
asosida qaysi qadriyatlar yotganligiga ko’ra ham farqlanadi. Agarda ushbu
maqsadlar
taraqqiyotiga,
ezgo’likka
xizmat
qilsa,
u
holda
mafkuralar
bunyodkor, agarda ular tanazzo’liga, yovo’zlikka xizmat qilsa, u holda
mafkuralar
vayronkordir
(masalan,
javonmardlik
mafkurasi
o’z
mohiyatiga ko’ra bunyodkar g’oyalardan tarkib topgan va ezgo’lika hizmat
qilgan)
6.
Mafkuralar borliqning, bizni o’rab turgan atrof-olamning qaisi
jihatlarini
aks
etirishga
qarab,
yani
dunyoqarashning
qaysi
shaklida
ekaniga ko’ra falsafiy, diniy, siyosiy, ilmiy kabi turlarga bo’linadi
7.
Shunday ham bo’lishi mumkinki, mafkuralar muayyan ijtimoiy
guruh, millat, hudud va makon chegarasidan chiqib umuminsoniylik kasb etadi
va barcha xalqlar va zamonlar uchun xos bo’ladi. Bunday mafkuralar
umuminsoniy
qadriyatlar
silsilasiga
kiradi
(ozodlik,
hqrlik,
etiqod
erkinligi)
G’oya-ob’ektiv voqelik hodisalarning inson tafakkurida aks etirishdir.
G’oyalar dunyoni o’rganishiga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi. G’oyalar
oldidagi tajribalarni umumlashtirgan holda, voqelikning bundan keyingi rivojini
maqsad qilib qo’yadilar. Aytib qtganimizdek, har bir mafkura muayyan g’oyalar
tizimidan iborat. Ushbu g’oyalarning ham ma’lum bir xislatlari bor . Quyida ularni
baozilarni sanab qtamiz:
Bir mafkura tarkibida mavjud g’oyalarni, albatta, bir-biriga bog’lab
turuvchi
umumiylik
bo’ladi,
Masalan,
demokratiya
mafkurasini
tashqil
qiluvchi
so’z
erkinligi,
e’tiqod
erkinligi,
iqtisodiy
erkinlik,
siyosiy erkinlik kabi g’oyalarni umumiy bir so’z bilan atash mumkin,
ya’ni erkinliklar;
Shunday ham bo’ldiki, ayni bir mafkura tarkibida bir paytning o’zida
ham bunyodkor g’oyalar, ham vayronkor g’oyalar jipslashgan bo’ladi,
Masalan,
kommunizm
mafkurasini
tashqil
etuvchi
xalqlar
do’stligi,
ateizm, tenglik, birlik g’oyalari o’z mohiyatiga ko’ra turlichadir.
Ayni bir mafkura tarkibidagi g’oyalar o’z kelib chiqishiga ko’ra to’la
zamonlarga
ta’lluqli
bo’lishi
mumkin.
Masalan,
O’zbekiston
milliy
mafkurasi
tarkibida
joy
olgan
komil
inson
g’oyasi
buyuk
islom
mafkurasi
ta’sirida
yuzaga
kelgan
va
so’fizm
ta’limoti
bilan
ham
bog’liq,
tolerantlik
g’oyasi
rennesans
mafkurasi
ta’sirida
yuzaga
kelgan
G’oyalar
qamrovlilik
darajasiga
ko’ra
milliy
va
umuminsoniy
turlarga
bo’linadilar.
Milliy
g’oyalar
muayyan
bir
millatning
o’z
tarixiy
rivojlanishi
davomida
tarkib
topgan
bo’lib,
ushbu
millatning
manfaatlariga
xizmat
qiladi
(sintoizm).
Umuminsoniy
g’oyalar er yuzidigi barcha millat va xalqlarning manfatiga mos bo’lgan
tushuncha
va
qarashlarni
ifoda
etadi
(gumanizm,
tolerantlik,
ozodlik,
e’tiqod
erkinligi).
Shuningdek,
bir
necha
millat
doirasida
ham
mushtarak
fikrlarni
ifoda
etuvchi
g’oyalar
mavjud
(
"Turkiston
-
umumiy uyimiz").
Millatlar,
xalqlarning
o’z
mafkuralarni
yaratishda
ham
muayyan
tendentsiya mavjud, ya’ni har bir millat o’z mafkurasini yaratar ekan,
albatta, umuminsoniy qadriyatlarga suyanishga harakat qiladi
G’oyalar qaysi mafkura tarkibida bo’lishiga qarab, o’sha mafkuraning
ijtimoiy,
siyosiy,
falsafiy
xislatlarni
ham
o’zida
mujasamlashtirmay holmaydi.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining asosiy metodlari va
undagi davriylik.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining asosiy metodlari-
dialetik, tarixiy-mantiqiy, emprik-sotsiologik va boshqa usullardaniborat.
Insoniyat o’tmishi yoki tarix fanini varaqlar ekanmiz insoniyat yashagan
dastlabki manzillar Sharq mamlakatlari hududlarida ekanligi hamda muayyan
jamiyat yoki tili, irqi, psixologik qarashlari bir xil, urfu-odatlari, anoanalari bir-biriga
yaqin, hududiy umumiylikka ega bo’lgan kishilar guruhining, boshqacha qilib
aytganda qabilalarning umumlashgan ijtimoiy siyosiy tizimi, ya’ni dastlabki
davlatlarning paydo bo’lishi ham Sharkda yuz bergan.
Shu bois, insoniyat taraqqiyotining beshigi Sharq deb aytiladi. Chunki,
insoniyat tarixida o’z davrining katta-katta yutuqlari sharqda kashf etilgan va u
insoniyat hayotining keyingi taraqqiyotida muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Qq va
yoyning kashf etilishi, g’ildirakning paydo bo’lishi, yozuvning o’ylab topilishi
insoniyat taraqqiyotida muhim omil bo’lgan eng katta kashfiyotlar edi.
Xo’sh, bunday buyuk kashfiyotlarning paydo bo’lishiga qanday omillar sabab
bo’ldi. Bu avvalo tabiiy-ijtimoiy muhitdir.
Insoniyatning tabiatning turli injiqliklariga qarshi kurashi, ularning sabablarini
bilishga bo’lgan intilishi, o’zini qurshab turgan o’zi kabi insonlarning hatti-
harakatlari kabi ko’plab omillar uni o’ylashga va muayyan kashfiyotlar yaratishga
olib keldi.
Qishning qahraton kunlaridan jon saqlash, sovukdan qotib qolmaslik odamlarni
kiyim o’ylab topishga majbur etgan bo’lsa, turli yovvoyi hayvonlar hujumidan o’zini
saqlash, issinish, ovqatlarni pishirib eyishga o’rganilishi ularni olovni kashf etishga
majbur etdi. Endi ular o’zoq yillar olovni o’chirmasdan olib yurish kabi juda qiyin
va murakkab ishdan voz kechishdi.
O’q va yoyning kashf etilishi insoniyat hayotining eng muhim kashfiyotlaridan
biri bo’ldi. Endi u o’z hayotini saqlab holish uchun dastlabki mexanik harakatdan
foydalana boshladi. U och qolmaslik uchun anchagina chopqir hayvonlarni ovlash,
uchib ketayotgan qushlarni o’zining taomiga aylantirish bilan birga ularni o’z
hayotlarini boshqa jonivorlar qurboni bo’lishdek dahshatdan saqlab holish
imkoniyatini ham berdi.
G’ildirakning kashf etilishi, aravalarning paydo bo’lishiga u esa o’z o’rnida
insoniyat taraqqiyotiga muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Ma’lumki, insoniyat tarixi-inson tafakkuri taraqqiyoti tarixi. Istalgan falsafiy,
siyosiy-ijtimoiy yoxud diniy mafkurani olsak, u ma’lum bir davrda, ma’lum bir
davlat, millat, ijtimoiy guruh uchun dasturamal bo’lib xizmat qilganini ko’ramiz. Har
bir mafkura kelgusida yaratilajak mafkuralar uchun zamin tayyorlab borgan. Qadim
ko’p xudolik ta’limotlaridan, so’ngra ikki yaratuvchi haqidagi (dualistik) ta’limotlar
(zardushtiylik)dan tortib, to yakkaxudolikni targ’ib qiluvchi islom ta’limotigacha
inson tafakkuri shu tariqa oddiydan murakkablikka intilib borgan. Bundan
anglashiladiki, ta’limotlar tarixi cheksiz davom etadigan jarayondir. Har bir davr,
har bir asr taraqqiyotining ushbu bosqichda insoniyat egallagan bilimlari darajasi,
aqliy salohiyati va maonaviy tafakkuridan kelib chiqqan holda yangi ta’limotlarni
yuzaga keltiradi.
Mafkuralar, yuqorida ta’kidlab qtganimizdek, o’z maqsad- mudtsaolariga ko’ra
yo taraqqiyotiga yoxud tanazzo’lga etaklashi mumkin va shu hislatiga ko’ra u yo
bunyodkor, yoki vayronkor bo’ladi.
Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishga ko’ra ham
farqlanadi. Bundan asosan, axloqiy, mifologik, ilmiy, diniy, falsafiy, siyosiy
mafkuralarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Mm^&ologmk-mafkuralar qatoriga animizm, fetishizm, yunonteogoniyasi,
misrliklar, vavilonliklar, shumerlarning borliq va yaratuvchi haqidagi mifologik
qarashlarini kiritish mumkin.
Dshshy-mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylikni, tasavvufni, nasroniylikni,
iuduizmni, buddaviylikni, o’z mohiyatiga ko’ra dunyoni Yaratuvchi nuqtai-
nazaridan anglashga harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish mumkin.
Falsafiy- mafkuralar qatorida stoitsizm, konfutsiylik, aristotelizm, platonizm,
neoplatonizm qrin olishi mumkin.
Ilmiy - mafkuralarga naturalizm, darvinizmni, volyuntarizm, bixeviorizm,
kognitivizmni qqshish mumkin.
Siyosiy
mafkuralar
qatoriga
kommunizmni,
fashizmni,
demokratiya
mafkurasini, shovinizmni, jadidchilik mafkurasi g’oyalarini kiritish mumkin.
Tabiat hodisalarining sirlarini bilishga intilish va ular yashab turgan geografik
hudud sharotining xilma-xilligi turli e’tiqodlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Va bu o’z davrida ibtidoiy e’tiqodlar ko’rinishida yuz berib, ma’lum ma’noda u
kishilik hayotini tartibga solib turgan. Ibtidoiy e’tiqodning ko’rinishlari bo’lgan
totemizm, animizm, sehrgarl ik, fetishizm kabi shakllari ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida ancha keng tarqalgan va ularning asoratlari hozirgi kunda ham turli xalqlar
yoki millatlar turmushida aks etmokda.
Animizm u "ruh", "jon" degan ma’nolarni bildirgan. Animizm bu dunyoda
ruhlar, jonlar shaklidagi g’ayritabiiy kuchlarning borligiga ishonishdir. Odam, er,
o’rmon,suv, uy va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug’chilik
jamoasining rivojlanishi munosabati bilan urug’ aozolari, urug’ boshliqlari,
jangchilar urug’iga sig’inish kabi ajdodlarga sig’inish paydo bo’lgan.
Rivojlangan ona urug’i davrida ayollarning martabasi oshadi. Tabiatning
g’ayritabiy kuchlari ayollar sifatida gavdalanadi, ruqlar ayollar nomi bilan ataladi.
Ilk dehqonchilikning rivojlanishi munosabati bilan ona erga sig’inishi rivoj topadi.
Ko’p xalqlarda oy, quyosh va yuldo’zlarga sig’inish ham kuchayadi. Ibtidoiy
odamlarda sehrgarlik-odamning o’zining g’ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko’rsata olish
qobiliyatiga ishonishiga asoslangan amallari bo’lgan. U ibtidoiy odam hayotining
hamma tomonlariga ta’sir o’tqazgan. Bu ibtidoiy davrga oid tasviriy sanoatda ham
o’z ifodasini topgan. Chunonchi, o’sha davrga oid bo’lgan buyoqli va qoya
toshtasvirida nayza va garpunlar sanchib yaralgan hayvon tasvirlari buning dalilidir.
Bu bilan ovchilar bo’lusi ovning baroridan kelishini ko’zlab, o’zlariga u yoki bu
hayvonni sehrlaganlar. Shunday qilib, e’tiqod ibtidoiy jamoa tuzumining ancha
keyingi davrida vujudga kelgan va jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlana borgan.
4. "Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai
Shumeriylar Dajla va Frot qirg’oqlariga sharqdan tushib kelgan. Ular
so’zlashgan tilni biror bir til oilasiga kiritish qiyin. G’arbdan va shimoliy-g’arbdan
semit (somiy) qabilalari ayni bir zamonda ikkidaryo oralig’iga kirib kelishgan.
Ko’chib keluvchi semitlarning birinchi to’lqini akkadliklar (Akkad shahriga ko’ra)
nomini olgan, ularning tili esa akkad tili deb atala boshlagan. Ikkidaryo oralig’ida
istiqomat qilgan eng qadimgi odamlar hali urug’chilik tuzumida yashaganlar,
irrigatsiya ishlari tobora rivojlanib, dehqonchilik texnikasi murakkablashgan sari
erlarni o’zlashtirish va daryo suvlarini jilovlab olish uchun zarur bo’lgan murakkab
ishlarni endi uddalay olmay holishgan. Oilalar qarindoshlik aloqalarga qaramasdan
birlashadilar. Er cheklarga taqsimlanadi va umumiy majburiy ishlar birgalikda olib
boriladi.
Eramizdan avvalgi III ming yillik boshlarida bu erda ko’plab shahar, davlatlarni
uchratamiz. O’sha zamonda shahar bir qancha qishloq jamaolarni birga
qo’shilishidan iborat bo’lib, bundan o’zlarini-o’zi idora qiluvchi mahalla (kvartal)lar
vujudga keltirilgan. Har qaysi mahallaning markazida mahalliy xudo ibodatxonasi
bo’lgan. Tevarak-atrofdagi kichik qishlokdar hokim (patesi) bosh bo’lgan markazga
bo’yso’nishgan hokim ayni zamonda lashkar boshi va oliy kohin hisoblangan
Birol shahar kuchaya borib, boshqa shaharlarni o’zga bo’ysundirgan vaqtda
uning hokimi podsho unvonini (shumercha "lugal") olgan
Ko’hna Bobil podsholigining tashqil topishi.
Eramizdan avvalgi 1894 yildan 1595yilgacha bu erda endi mustaqil dinastiya
hukmronlik qiladi. Bu dinastiya aktiv tashqi siyosat yuritadi va butun Dajla bilan
Frot havzasini o’z qql ostida birlashtirishga intiladi.
Podsho Hammurapi zamonida ( er. Av. 1792 - 1750 yillari ) Bobil eng katta
qudratga erishadi. Hammurapi O’rta dengiz sohiliga olib boradigan savdo yo’lini o’z
qqlida ushlab turgan boy Mari davlati bilan mahkam ittifoq to’zadi.
Hammurapi shu tariqa, o’zining shimoliy chegarasining tinchligini
taominlagach, asosiy zarbani Elam bilan boshlangan Larsaga qarshi qaratadi.
Hammurapi mana shu eng xavfli raqibni tor-mor keltirib, Mari bilan dqstona aloqani
o’zadi, bu shaharni bosib oladi va uning saroyini vayron qiladi, shunday qilib,
Mesopotamiyaning katta qismini o’z ichiga olgan keng Ko’hna Bobil podsholigi
vujudga keladi.
Hammurapining qonunlar to’plami bazalt ustunga qyib yozilgan ustun quyosh,
haqiqat va adolat xudosi Shamash taxti oldida turgan hamda uning qqlidan oliy sud
hokimligi belgisi chqqmor va chambar olayotgan podshoning o’zini tasvirlaydigan
bqrtma shakllar bilan bezalgan. Ustuning boshqa hamma joyi 247 moddada iborat
qonunlar to’plamining mixxatda yozilgan teksti bilan band qilingan. Hammurapi
qonunlar to’plamiga qaraganda ancha sistemali to’zilgan va unda qonun
chiqaruvchining mazmun jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan moddalarni bir gruppa
qilib birlashtirishga intilganligi ochiq kqrinib turadi. Mazkur to’plam uch qismga
bo’linadi;
Kirish
Qonunlar
Xulosa
Kirish qismida kodeksni chiqarishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat
o’rnatishdir, deb ko’rsatilgan. To’plamning o’rta, asosiy qismidan jinoiy ishlarga oid
huquqqa , sud ishlarini yuritishga, xususiy mulk huquqning bo’zilishga (qrilik va
talash), jangchilari huquqiga oid moddalar birma-bir ko’rsatib qtilgan.
To’plamlarning xulosa qismida podsho xalholdida qilgan hizmatlarini birma-bir
sanab qtib, o’zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi podsholarga oq fotiha
bergan va bu qonunga rioya qilmovchi yoki uni bekor qilishga jur’at etadiganlarni
qahr bilan laonatlagan.
Hammurapi katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat o’z qqlida
tqplangan g’oyat katta er fondiga tayanib turib, mamlakat xqjalik hayotini
rivojlanishi uchun uringan. Mamlakat aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
jumladan qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish va uni rivojlantirish
uchun o’rmonlarni qo’riqlash borasida bir qancha tadbirlar belgilagan. O’rmonlar
alohida-alohida o’rmon uchastkalariga bo’lingan va ularga maxsus uchastka
mudirlari tayinlangan.
Serunum tuproq bo’lgan ikki daryo oralig’idagi bu davlatda dehqonchilik katta
ahamiyatga ega bo’lgan. Suorish ishlariga alohida eotibor qaratilgan. Hammurapi
mamlakatni alla tqla konga aylantirib, erlarni ishlashni osonlashtirganligi..
parokanda bo’lib ketgan aholini Shumer va Akkad erlariga tqplaganligi, bu aholini
don va suvga qondirganligi, uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtirganligi bilan
faxrlanadi.
Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumshatish maqsadida Hammurapi
qarzdorlik orqasidan asoratga tushib holuvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz
beruvchining haddan ortiq siquvini oldini olishga harakat qilgan. Masalan,
kodeksning 117-moddasida aytilishicha, agar qarzdor o’z qarzi badaliga xotinini,
farzandini bergan bo’lsa qarz beruvchi shaxs ular mehnatidan 3 yil davomida
foydalangan. 4-yili esa u ota-onasiga yoki eriga qaytarilgan. 3 yil davomida qarz
beruvchi tomonidan u shaxs qiynab yoki boshqa yomon munosabatlar natijasida
qlsa, qarz beruvchining farzandi ham qatl etilgan.
Kodeksning ayrim moddalarida jangchi-kolonistlar bo’lganligi tilga olinadi.
Ular podshodan chek erlar olganlar va buning evaziga harbiy xizmat o’tashga majbur
etilganlar. Agar jangchi urush davomida asrga tushib holsa u muayyan tqlovlar bilan
qaytarib olingan. Jangchining erini boshqa kishilar tomonidan o’zlashtirish mumkin
bo’lmagan. Jangchi jang davomida halok bo’lsa uning eri jangchining farzandlariga
holdirilgan. Jangchi-kolonistga podsho tomonidan tortiq qilingan er, qoramol boqish
va uni sotish mumkin bo’lmagan. Umuman olganda Hammurapi qonunlari o’z
davrida etuk islohotlar davridan, kuchli markazlashgan davlat tashqil etilganidan
dalolat beradi. Mamlakatni markazlashgan holda boshqarish muayyan miqdorda
aholining tinch-totuv yashashiga olib kelgan