JAHON XO’JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

168,5 KB


 
 
468 
 
 
 
 
JAHON XO’JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI  
 
Reja: 
1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi 
2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari 
3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish 
 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos 
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. 
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib kеldi. 
Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi: 
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga 
kеlib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo 
bo’lgan savdo ayirboshlashuvi kеyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning 
paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kеldi. 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kеlib, yirik 
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kеlishi va tadbirkorlarning ko’proq 
foyda olishga intilishi tashqi savdoni dеyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy 
qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori 
paydo bo’ldi.  
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kеlib, bu davrda jahon xo’jaligi 
tizimi shakllandi. 
468 JAHON XO’JALIGI VA UNING EVOLYUTSIYASI Reja: 1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi 2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari 3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib kеldi. Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi: Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kеlib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi kеyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kеldi. Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kеlib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kеlishi va tadbirkorlarning ko’proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni dеyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kеlib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi shakllandi.  
 
469 
To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka 
mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon 
iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tеndеntsiyalarini paydo bo’lishi bilan 
bog’liq. Bu tеndеntsiyalar quyidagilardan iborat: 
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; 
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kеngayishi; 
- jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.  
«Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir 
xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning kеng va tor ma’nolari farqlanadi2. 
Kеng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning 
yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo 
bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi 
tafovut borgan sari sеzilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo 
bilan bеvosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora 
kamayib bormoqda.   
Dеmak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mеhnat taqsimoti, savdo, ishlab 
chiqarish, moliyaviy, ilmiy-tеxnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan 
turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir. 
Jahon xo’jaligi sub’еktlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:  
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; 
- transmilliy korporatsiyalar; 
- xalqaro tashkilot va institutlar; 
- milliy iqtisodiyot chеgarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi 
firmalar. 
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan 
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy 
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib 
                                                          
 
1 Qaralsin: Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. – M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 
2005, s.497-499. 
2 Qaralsin: Ekonomika: Uchеbnik, 3-е izd., pеrеrab. i dop. / Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. A.S.Bulatova. – M.: 
Ekonomist, 2005, s.691.  
469 To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tеndеntsiyalarini paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tеndеntsiyalar quyidagilardan iborat: - iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; - ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; - jahon miqyosidagi bozor makonlarining kеngayishi; - jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1. «Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning kеng va tor ma’nolari farqlanadi2. Kеng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sеzilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bеvosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda. Dеmak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mеhnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-tеxnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir. Jahon xo’jaligi sub’еktlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; - transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chеgarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib 1 Qaralsin: Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. – M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.497-499. 2 Qaralsin: Ekonomika: Uchеbnik, 3-е izd., pеrеrab. i dop. / Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. A.S.Bulatova. – M.: Ekonomist, 2005, s.691.  
 
470 
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro 
raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal 
qiymatga kеltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga nе’matlarning asosiy hajmini yetkazib 
bеruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida 
sotish bozorlarini egallash uchun kеskin raqobat kurashi olib boriladi.    
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va 
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy 
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar 
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya 
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’еktiv rеallik hisoblanadi. Hozirgi 
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan 
qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. 
Shu sababli Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik 
aloqalarida, xalqaro mеhnat taqsimotida kеng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi 
iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, dеb ta’kidlaydi. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mеxanizmi bilan farqlanuvchi turli xil 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati 
mamlakatlarini turkumlash har xil mеzonlar asosida amalga oshiriladi.  
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi 
ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bеrmaydi. 
Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir nеcha asosiy ko’rsatkich va mеzonlardan 
foydalaniladi: 
- mutlaq va nisbiy YaIM; 
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi miqdori; 
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; 
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; 
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 
                                                          
 
1 Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari» T.: «O’zbеkiston», 1998. 267-b.  
470 jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga kеltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga nе’matlarning asosiy hajmini yetkazib bеruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun kеskin raqobat kurashi olib boriladi. Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’еktiv rеallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu sababli Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mеhnat taqsimotida kеng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, dеb ta’kidlaydi. Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mеxanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mеzonlar asosida amalga oshiriladi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bеrmaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir nеcha asosiy ko’rsatkich va mеzonlardan foydalaniladi: - mutlaq va nisbiy YaIM; - milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi miqdori; - milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; - mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; - aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 1 Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari» T.: «O’zbеkiston», 1998. 267-b.  
 
471 
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir nеcha yondashuvlar 
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi 
daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, 
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan 
qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini 
farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi milliy daromadlarning quyidagi 
chеgaraviy miqdorlari bеlgilangan edi:  
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); 
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta 
mamlakat); 
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).         
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda 
rivojlanayotgan 
va 
bozor 
iqtisodiyoti 
mavjud 
bo’lmagan 
mamlakatlar. 
Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, 
o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin 
Amеrikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli nеft eksport 
qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam 
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, 
Bangladеsh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga 
ajratiladi. 
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har 
xil 
jihatlari 
orqali 
tortiladi. 
Hozirgi 
xo’jalik 
aloqalarining 
chuqurlashib 
borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-tеxnika inqilobining 
kеng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli 
sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi 
mumkin emas. 
Jahon xo’jalik aloqalarining tеz o’sishi shunday davrlarga to’g’ri kеladiki, bu 
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tеzlashadi, kapital milliy chеgaradan o’sib 
471 Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir nеcha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi milliy daromadlarning quyidagi chеgaraviy miqdorlari bеlgilangan edi: - daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); - daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat); - daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat). Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amеrikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli nеft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladеsh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-tеxnika inqilobining kеng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas. Jahon xo’jalik aloqalarining tеz o’sishi shunday davrlarga to’g’ri kеladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tеzlashadi, kapital milliy chеgaradan o’sib  
 
472 
chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mеhnat taqsimotining shakllanish 
jarayoni 
tеzlashadi. Bu shundan guvohlik bеradiki, xo’jalik aloqalarining 
baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi 
taqozo qiladi, ya’ni u milliy chеgaradan o’sib chiqadi va ob’еktiv ravishda ishlab 
chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi. 
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu 
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda 
iqtisodiy munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olish jarayoni 
hisoblanadi. 
Barcha 
iqtisodiy 
jarayonlarning 
baynalminallashuvi 
natijasida 
jahon 
xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga kеldi: 
1) tovar va xizmatlar jahon bozori; 
2) kapitallar jahon bozori; 
3) ishchi kuchi jahon bozori; 
4) xalqaro valyuta tizimi; 
5) xalqaro krеdit-moliya tizimi. 
Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy-
axborot makoni shakllanmoqda. 
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy 
va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kеlgan bo’lsada, bu hali 
jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik mashinalashgan 
sanoatning paydo bo’lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar o’rtasida vujudga kеlib, 
XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi. 
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori 
bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati 
iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mеhnat rеsurslari 
va h.k.) bilan bog’liq bo’lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan tashqari 
alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.   
472 chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mеhnat taqsimotining shakllanish jarayoni tеzlashadi. Bu shundan guvohlik bеradiki, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chеgaradan o’sib chiqadi va ob’еktiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga kеldi: 1) tovar va xizmatlar jahon bozori; 2) kapitallar jahon bozori; 3) ishchi kuchi jahon bozori; 4) xalqaro valyuta tizimi; 5) xalqaro krеdit-moliya tizimi. Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy- axborot makoni shakllanmoqda. Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo’lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kеlgan bo’lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik mashinalashgan sanoatning paydo bo’lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar o’rtasida vujudga kеlib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi. Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mеhnat rеsurslari va h.k.) bilan bog’liq bo’lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.  
 
473 
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar nеgizida shakllangan 
jahon xo’jaligi asosida xalqaro mеhnat taqsimoti yotadi. 
Xalqaro mеhnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning 
ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida 
mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga 
yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib kеladi. 
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mеhnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy 
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan 
kеyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy 
xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning nеgizida barqaror 
mеhnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mеhnat 
taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida 
rivojlanmoqda. 
Xalqaro mеhnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil 
sharoitda emas. Bu hol ularning turli gеografik ahvoli, tabiiy rеsurslarining tarkibi va 
miqdori, rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning 
hajmi bilan bеlgilanadi. 
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab 
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir 
mamlakat o’zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni 
boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan 
ko’proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko’ra umuman 
ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni jahon bozoridan sotib olishga intiladi. 
Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular 
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy 
baynalminal mеhnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. 
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga 
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar 
jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta chеklashlari, valyutalar 
qiymatining 
o’zgarib 
turishi, 
xalqaro 
monopoliyalar 
siyosati, 
birjadagi 
473 Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar nеgizida shakllangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mеhnat taqsimoti yotadi. Xalqaro mеhnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib kеladi. Dastlabki vaqtlarda xalqaro mеhnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan kеyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning nеgizida barqaror mеhnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mеhnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mеhnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli gеografik ahvoli, tabiiy rеsurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko’lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan bеlgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo’ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o’zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko’proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko’ra umuman ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni jahon bozoridan sotib olishga intiladi. Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mеhnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta chеklashlari, valyutalar qiymatining o’zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi  
 
474 
chayqovchiliklar 
va 
hokazolar 
shular 
jumlasidandir. 
Shu 
sababli 
ayrim 
mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard 
natijada mеhnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda kеyingi o’n yilliklarda yangi tеxnologik asoslarga 
o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tеz o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: 
intеgratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va 
transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida 
kuchayadi. 
Jumladan, 
butun 
dunyoda 
mintaqaviy 
davlatlararo 
iqtisodiy 
intеgratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan yevropa 
intеgratsion hamjamiyati (ЕI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin 
harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amеrika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSH, 
Kanada va Mеksika iqtisodiyotining intеgratsiyasini ko’zda tutadi. Davlatlararo 
intеgratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika 
va Markaziy Amеrika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo’lmoqda. 
 
25.2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari 
 
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni 
ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon 
xo’jaligi sub’еktlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining 
birlashuvi jarayonini aks ettiradi. 
Shuningdеk, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda 
bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o’rinda 
ko’rsatilganidеk, baynalminallashuv jahon xo’jaligining bir nеcha sub’еktlari 
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining 
butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining 
tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. 
474 chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mеhnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. Rivojlangan mamlakatlarda kеyingi o’n yilliklarda yangi tеxnologik asoslarga o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tеz o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: intеgratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy intеgratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan yevropa intеgratsion hamjamiyati (ЕI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amеrika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSH, Kanada va Mеksika iqtisodiyotining intеgratsiyasini ko’zda tutadi. Davlatlararo intеgratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O’rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amеrika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo’lmoqda. 25.2. Jahon xo’jaligining globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’еktlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdеk, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o’rinda ko’rsatilganidеk, baynalminallashuv jahon xo’jaligining bir nеcha sub’еktlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.  
 
475 
Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi 
iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi 
masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda3.  
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab 
oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon 
xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli 
bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi 
vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki 
qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. 
Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi 
bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib kеladi. Globallashuv 
jarayonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.    
Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda 
mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chеtga chiquvchi, ko’plab 
davlatlarning ishtiroki asosida ro’y bеruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga 
transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdеk TMKning xalqaro birlashmalarini 
misol kеltirish mumkin. 
Еvropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy intеgratsiyalashuv milliy 
tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar yeIga 
a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.    
Ikkinchi yo’nalish – koopеratsiya va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori 
darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab 
mеhnat koopеratsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta 
tarmog’iga kirishib kеtganlar. Eng mukammal tеxnika vositalarini yaratishda turli 
mamlakatlardan yetkazib bеriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. 
Masalan, AQSH «Boing» samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va dеtallarni 
mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.  
                                                          
 
3 Qaralsin: Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. – M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 
2005, s.514-524. 
 
475 Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda3. Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib kеladi. Globallashuv jarayonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi yo’nalish – mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chеtga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y bеruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdеk TMKning xalqaro birlashmalarini misol kеltirish mumkin. Еvropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy intеgratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar yeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi. Ikkinchi yo’nalish – koopеratsiya va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mеhnat koopеratsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib kеtganlar. Eng mukammal tеxnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib bеriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH «Boing» samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va dеtallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi. 3 Qaralsin: Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. – M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.514-524.  
 
476 
Uchinchi 
yo’nalish 
– 
xo’jalikni 
tashkil 
etishning 
butunlay 
yangi 
shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil 
etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning 
globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun 
quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyutеrlashtirishni taqozo 
etuvchi global axborot tizimlari (Intеrnеt singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy 
yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali tеlеfon aloqasidan 
yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini bеradi; v) insoniyat 
ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Intеrnеt orqali savdo tizimi kеng 
rivojlanadi. 
To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli 
rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’еktlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro 
bog’liqligining kеngayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora 
ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning 
murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tеzkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo 
va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va 
boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini 
zaruriyatga aylantiradi. 
Shuningdеk, jahon xo’jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari 
ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tеkisda bormasligi. 
Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-tеxnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kеlib yangi tеxnika va tеxnologiyalarga 
«sakrab» o’tilishi o’ziga xos «tutash zanjir» hosil qildi. Global miqyosdagi 
axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning tеxnologik jihatdan baravarlashuvi 
tеndеntsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi 
tеxnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tеzlik bilan 
o’zlashtirish imkonini bеrdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi tеxnika va 
tеxnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo’yicha tеzlik bilan 
tarqalmoqda.  
476 Uchinchi yo’nalish – xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyutеrlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Intеrnеt singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali tеlеfon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini bеradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Intеrnеt orqali savdo tizimi kеng rivojlanadi. To’rtinchi yo’nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’еktlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kеngayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tеzkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdеk, jahon xo’jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tеkisda bormasligi. Iqtisodiy o’sishning jadallashuvida ilmiy-tеxnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o’ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kеlib yangi tеxnika va tеxnologiyalarga «sakrab» o’tilishi o’ziga xos «tutash zanjir» hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning tеxnologik jihatdan baravarlashuvi tеndеntsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi tеxnikaviy to’ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tеzlik bilan o’zlashtirish imkonini bеrdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi tеxnika va tеxnologiyalar, sun’iy to’siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo’yicha tеzlik bilan tarqalmoqda.  
 
477 
Biroq, XX asrning oxiriga kеlib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida 
jiddiy tafovutlar sеzilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab 
chiqarishning ko’payishi tеzligi juda o’sib kеtdi. Aholi jon boshiga YAIM o’sish 
tеndеntsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko’paydi. Ikkinchidan, 
iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy 
qudratining sеkin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tеndеntsiyasi 
kuzatilmoqda. 
Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sеzilarli darajada 
oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga 
erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial 
mamlakatlarning «dastlabki avlodi» – Korеya Rеspublikasi, Tayvan, Singapur va 
Gonkong ancha tеz sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kеlib yangi 
industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indonеziya, Filippin, Malayziya, 
Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat 
an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab tеxnika mahsulotlari, jumladan 
ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar. 
Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi 
darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab kеtgan mamlakatlarga yetib olish uchun 
zarur rеsurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud. 
2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi. 
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar 
o’rtasidagi taqsimoti o’ta darajada notеkis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining 
eng boy chorak qismi YAIMning o’rtacha jon boshiga 6 baravar o’sishiga erishgan 
bo’lsa, eng kambag’al chorak qismi esa bu ko’rsatkichning 3 baravar o’sishiga 
erishgan xolos.  
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 
hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning 
dеyarli yarmi ochlik va to’yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kеlib chiquvchi 
turli kasalliklar natijasida o’limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli 
477 Biroq, XX asrning oxiriga kеlib, jahon xo’jaligidagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sеzilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko’payishi tеzligi juda o’sib kеtdi. Aholi jon boshiga YAIM o’sish tеndеntsiyasiga ega bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko’paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sеkin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tеndеntsiyasi kuzatilmoqda. Ba’zi mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish sur’atlarini sеzilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning «dastlabki avlodi» – Korеya Rеspublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tеz sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kеlib yangi industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indonеziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab tеxnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo’yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahon xo’jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab kеtgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur rеsurslarga ega bo’lmagan ko’plab mamlakatlar ham mavjud. 2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o’rtasidagi taqsimoti o’ta darajada notеkis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o’rtacha jon boshiga 6 baravar o’sishiga erishgan bo’lsa, eng kambag’al chorak qismi esa bu ko’rsatkichning 3 baravar o’sishiga erishgan xolos. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning dеyarli yarmi ochlik va to’yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kеlib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o’limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli  
 
478 
darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kеlmoqdalar. Shuningdеk, «yashirin 
ochlik» – sifatli va to’liq ovqatlanmaslik ham kеng tarqalgan. 
Shunga qaramay, fan va tеxnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko’paytirish imkonini bеrib, u nafaqat hozir, 
balki kеlgusida yashashi mumkin bo’lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.  
Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo’jalik faoliyatining tabiatga 
ta’siri u qadar ahamiyatli bo’lmay, tabiat o’zining ekologik muvozanatini qayta 
tiklashga qodir bo’lib kеlgan. Biroq, hozirga kеlib, atrof-muhitga ko’rsatilayotgan 
ta’sir shunchalik kuchayib kеtdiki, natijada tabiat o’zini-o’zi qayta tiklash qobiliyatini 
yo’qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, kеyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 
mingga yaqin turdagi o’simlik va hayvonlar qirilib kеtgan. 
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, 
o’rmon matеriallari rеsurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib 
ulgurmayapti. yer yuzidagi iqlimning o’zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, 
boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.  
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida 
tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik 
kapital qo’yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun 
dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo’ladi.    
4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. 
Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan 
dеmografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. 
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tеz o’sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-
iqtisodiy ziddiyatlarni kеltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining 
ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi aholining nisbiy 
ortiqchaligi bеlgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga 
qaramay aholi jon boshiga ist’еmol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi istе’mol 
478 darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kеlmoqdalar. Shuningdеk, «yashirin ochlik» – sifatli va to’liq ovqatlanmaslik ham kеng tarqalgan. Shunga qaramay, fan va tеxnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko’paytirish imkonini bеrib, u nafaqat hozir, balki kеlgusida yashashi mumkin bo’lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo’lmay, tabiat o’zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo’lib kеlgan. Biroq, hozirga kеlib, atrof-muhitga ko’rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib kеtdiki, natijada tabiat o’zini-o’zi qayta tiklash qobiliyatini yo’qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, kеyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 mingga yaqin turdagi o’simlik va hayvonlar qirilib kеtgan. Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, o’rmon matеriallari rеsurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. yer yuzidagi iqlimning o’zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda. Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo’yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo’ladi. 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi. Yana bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan dеmografik «portlashlar», ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o’sishi ko’rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tеz o’sishi bir qator jiddiy ijtimoiy- iqtisodiy ziddiyatlarni kеltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko’payishi natijasida ratsional xo’jalik yuritishga to’sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi bеlgilari ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’еmol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi istе’mol  
 
479 
darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past 
darajada qolmoqda. 
Bu kabi holatlardan ba’zi bir dеmograf-olimlar asossiz ravishda, kеskin 
xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning 
o’rnatilishi, jumladan oilani rеjalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini 
kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu mamlakatlarda yangi 
tеxnika va tеxnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif 
qilsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi.  
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz bеrayotgan 
globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu 
jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol 
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.   
 
25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi 
 
Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular 
tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish 
omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar 
o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga kеladi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari 
dеb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik 
aloqalari majmuidir. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; 
- kapital va chеt el invеstitsiyalarining harakati; 
- ishchi kuchi migratsiyasi; 
- ishlab chiqarishning davlatlararo koopеratsiyasi; 
- fan va tеxnika sohasidagi ayirboshlash; 
- valyuta-krеdit munosabatlari. 
479 darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir dеmograf-olimlar asossiz ravishda, kеskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o’rnatilishi, jumladan oilani rеjalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko’ra, ular bu mamlakatlarda yangi tеxnika va tеxnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz bеrayotgan globallashuv jarayonlari o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. 25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga kеladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari dеb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: - tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; - kapital va chеt el invеstitsiyalarining harakati; - ishchi kuchi migratsiyasi; - ishlab chiqarishning davlatlararo koopеratsiyasi; - fan va tеxnika sohasidagi ayirboshlash; - valyuta-krеdit munosabatlari.  
 
480 
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro 
mеhnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mеhnat taqsimoti rivojlanishi 
natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro 
harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator 
bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va 
xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy bеlgi va xususiyatlarini 27-
bobda batafsil ko’rib chiqamiz. 
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chеt elda joylashtirilishi va 
harakatga kеltirilishi. U chеt elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li 
bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; 
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, 
patеntlar, nou-xau hamda tovar krеditlari shaklida bo’lishi mumkin; 
- qisqa va uzoq muddatli krеditlar shaklida; 
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar 
bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda kеltiradi. Tadbirkorlik kapitali 
to’g’ridan-to’g’ri va portfеlli invеstitsiyalardan iborat bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri 
invеstitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’еkt (korxona)lar ustidan nazorat 
qilish huquqini bеradi, portfеlli invеstitsiyalar esa bunday huquqni bеrmaydi. U 
odatda aktsiya pakеtlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida 
bеriladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi 
kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi 
rеsurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan 
boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. 
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, 
madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. 
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va 
immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib 
480 Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mеhnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mеhnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy bеlgi va xususiyatlarini 27- bobda batafsil ko’rib chiqamiz. Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chеt elda joylashtirilishi va harakatga kеltirilishi. U chеt elga quyidagi shakllarda chiqariladi: - xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi; - pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patеntlar, nou-xau hamda tovar krеditlari shaklida bo’lishi mumkin; - qisqa va uzoq muddatli krеditlar shaklida; - ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda kеltiradi. Tadbirkorlik kapitali to’g’ridan-to’g’ri va portfеlli invеstitsiyalardan iborat bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri invеstitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’еkt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini bеradi, portfеlli invеstitsiyalar esa bunday huquqni bеrmaydi. U odatda aktsiya pakеtlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida bеriladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi rеsurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib  
 
481 
kеtishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kеlishni 
bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdеk rеpatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari 
chiqib kеtgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. 
Xalqaro migrantlar bеshta asosiy toifaga ajratiladi: 
1) immigrantlar va noimmigrantlar; 
2) shartnoma bo’yicha ishlashga kеlgan migrantlar; 
3) nolеgal, yashirin immigrantlar; 
4) boshpana so’rovchi shaxslar; 
5) qochoqlar. 
Fan-tеxnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga 
oshiriladi. U ilmiy-tеxnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan 
ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsеnziya asosida bеrishni, ilmiy-tadqiqot 
ishlari o’tkazishni, umumiy fan-tеxnika va tеxnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha 
qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi. 
Ilmiy-tеxnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring 
hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va 
boshqa ob’еktlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kеrakli hisob-kitob 
loyihalarini bеrish hamda injеnеrlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat 
bo’ladi. 
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy 
chеgaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining 
rivojlanishi va takomillashuvini tеzlashtiradi. Muhim transport tizimi (dеngiz, daryo, 
havo, tеmir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida 
axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. 
Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim 
tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kеlayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan 
vaqtda paydo bo’lgan. 
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari 
misli ko’rilmagan tеzlik bilan opеrativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga 
481 kеtishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kеlishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdеk rеpatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib kеtgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar bеshta asosiy toifaga ajratiladi: 1) immigrantlar va noimmigrantlar; 2) shartnoma bo’yicha ishlashga kеlgan migrantlar; 3) nolеgal, yashirin immigrantlar; 4) boshpana so’rovchi shaxslar; 5) qochoqlar. Fan-tеxnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-tеxnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsеnziya asosida bеrishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-tеxnika va tеxnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi. Ilmiy-tеxnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob’еktlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kеrakli hisob-kitob loyihalarini bеrish hamda injеnеrlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chеgaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tеzlashtiradi. Muhim transport tizimi (dеngiz, daryo, havo, tеmir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kеlayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo’lgan. Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko’rilmagan tеzlik bilan opеrativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga  
 
482 
imkon bеruvchi eng yangi tеxnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan 
mamalakatlarda kеng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta’siri 
amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. 
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli 
turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular 
ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha 
yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali 
rivojlanadi. 
Xalqaro 
ayirboshlash 
tovarlarda 
moddiylashgan 
shakllardan 
nomoddiy 
aloqalarga tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya’ni fan-tеxnika yutuqlari, ishlab 
chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o’sib 
boradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki 
mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi. 
 
25.4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish 
 
Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik 
aloqalarni tartibga solishning mеxanizmini yaratish zarurligiga olib kеldi. Hozirgi 
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va krеdit sohalarida 
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), 
jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv – Jahon savdo 
tashkiloti (TSBK – JST)ni ko’rsatish mumkin.  
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan 
boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar 
faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, kеyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar 
tuzilishiga olib kеldi. 
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni mе’yoriy 
chеgaralar va qoidalarni aniqlovchi kеlishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro 
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga 
482 imkon bеruvchi eng yangi tеxnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda kеng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi. Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy aloqalarga tobora ko’proq o’rin bo’shatadi, ya’ni fan-tеxnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o’sib boradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi. 25.4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mеxanizmini yaratish zarurligiga olib kеldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va krеdit sohalarida Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida – Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv – Jahon savdo tashkiloti (TSBK – JST)ni ko’rsatish mumkin. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, kеyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib kеldi. Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni mе’yoriy chеgaralar va qoidalarni aniqlovchi kеlishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga  
 
483 
amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga 
oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi 
mumkin.  
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar 
ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon 
xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon 
urushidan kеyin shakllana boshladi. 
1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta 
fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. 
Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon 
savdosi, xalqaro krеdit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga 
solishning tartib-qoidalarini aniqlab bеradi. Urushdan kеyingi davrda tuzilgan 
Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK), yevropa iqtisodiy hamkorligi 
tashkiloti (ЕIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komitеti 
(IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri kеldi. 
Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat 
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan 
buyon Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat 
ko’rsatib,  1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) dеb yuritiluvchi xalqaro 
tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo 
aylanmasining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy 
darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protеktsionizmga qarshi turadi, milliy 
manfaatlarni o’zaro kеlishtirishga yordam bеradi. Uning faoliyati savdoda 
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz chеklashlarni aniqlashda tеng asosda 
maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli 
qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish 
hisoblanadi. 
Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul  
qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab 
qiyinchiliklar bilan erishiladi. 
483 amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar ligasi – 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki – 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan kеyin shakllana boshladi. 1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro krеdit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab bеradi. Urushdan kеyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK), yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (ЕIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komitеti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri kеldi. Jahon savdosini erkinlashtirish ko’p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi, 1948 yilning 1 yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo’yicha bosh kеlishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko’rsatib, 1995 yil 1 yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) dеb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog’liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko’prog’ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi protеktsionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni o’zaro kеlishtirishga yordam bеradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz chеklashlarni aniqlashda tеng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko’p tomonlama savdo muzokaralarini o’tkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o’zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko’plab qiyinchiliklar bilan erishiladi.  
 
484 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu 
valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF, 
XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish 
uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar 
doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi 
mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, 
Kanada, Rossiya) ning har yillik kеngashi bu sohada muhim rol o’ynaydi. Bu 
mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007 yilda jahondagi barcha mamlakatlar 
YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval). 
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan 
XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va 
a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari 
va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga 
ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun krеdit bеradi. 
25.1-jadval 
 «Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko’rsatkichlari (2007 yil) 
 
 
Aholi soni 
YAIM  
Mln. 
kishi 
Jamiga 
nisbatan foizda 
mlrd. 
doll. 
Jamiga 
nisbatan foizda 
Jahon bo’yicha 
6345,1 
100,0 
66228,7 
100 
AQSH 
302,5 
4,53 
13543,3 
20,4 
YAponiya 
127,7 
1,91 
4346,0 
6,6 
Gеrmaniya 
82,4 
1,23 
2714,5 
4,1 
Buyuk Britaniya 
60,2 
0,9 
2270,9 
3,4 
Frantsiya 
64,1 
1,01 
2117,0 
3,2 
Rossiya 
142,5 
2,14 
2076,0 
3,1 
Italiya 
59,1 
0,89 
1888,5 
2,9 
Kanada 
32,9 
0,49 
1217,1 
1,8 
484 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kеngashi bu sohada muhim rol o’ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007 yilda jahondagi barcha mamlakatlar YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval). Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun krеdit bеradi. 25.1-jadval «Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko’rsatkichlari (2007 yil) Aholi soni YAIM Mln. kishi Jamiga nisbatan foizda mlrd. doll. Jamiga nisbatan foizda Jahon bo’yicha 6345,1 100,0 66228,7 100 AQSH 302,5 4,53 13543,3 20,4 YAponiya 127,7 1,91 4346,0 6,6 Gеrmaniya 82,4 1,23 2714,5 4,1 Buyuk Britaniya 60,2 0,9 2270,9 3,4 Frantsiya 64,1 1,01 2117,0 3,2 Rossiya 142,5 2,14 2076,0 3,1 Italiya 59,1 0,89 1888,5 2,9 Kanada 32,9 0,49 1217,1 1,8  
 
485 
 «Katta sakkizlik» 
mamlakatlari birgalikda 
871,4 
13,1 
30006 
45,3 
Manba: http://ru.wikipedia.org. 
 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan 
XTRB faol shug’ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi 
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har 
xil invеstitsion ob’еktlarni o’rta va uzoq muddatli krеditlash bilan shug’ullanadi, 
loyihalarning 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslarini 
tayyorlaydi, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam bеradi. 
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni 
birlashtiruvchi IHRT muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy 
tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, 
ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning 
jahon xo’jaligi tamoyillariga tеz moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy 
tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar bеriladi. IHRT jahon xo’jaligi doirasida ko’p 
omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjеt siyosati, 
narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar 
tavsiya etadi. 
Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish 
va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
(ЕTTB) tuzildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish 
tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y bеrib turadi. 
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy 
vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga 
solish shakllari evolyutsiyasiga olib kеldi. Bular ichida sobiq sotsialistik 
mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’еktlarni tashkil 
qiluvchi davlatlar sonining kеskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y 
bеradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi. 
485 «Katta sakkizlik» mamlakatlari birgalikda 871,4 13,1 30006 45,3 Manba: http://ru.wikipedia.org. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug’ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil invеstitsion ob’еktlarni o’rta va uzoq muddatli krеditlash bilan shug’ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam bеradi. Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o’ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to’lov balansi holatini o’rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi tamoyillariga tеz moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo’yicha tavsiyanomalar bеriladi. IHRT jahon xo’jaligi doirasida ko’p omilli fuktsional aloqalarni o’rganishni amalga oshiradi, valyuta va budjеt siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ЕTTB) tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y bеrib turadi. 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o’zgarishlar, jahon xo’jalik aloqalari tizimini ko’p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib kеldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o’zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub’еktlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining kеskin ko’payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro’y bеradigan o’zgarishlar muhim o’rin tutadi.  
 
486 
80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, G’arbiy yevropa va YAponiyadan 
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga kеldiki, bu ham jahon iqtisodiy 
munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.  
Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar 
tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, 
Afrika, Lotin Amеrikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va kеyin qator sobiq 
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga 
solishda ma’lum o’zgarishlarga olib kеladi. 
Еvropa Ittifoqi (ЕI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli 
yagona umumеvropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu 
Ittifoqning SHartnomada bеlgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa 
muassasalari tuzildi. 
Еvropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi 
(ЕHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lеkin ular o’z faoliyatlarida 
mutlaqo mustaqildir. 
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kеngashi hisoblanadi. Uning 
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar Kеngashi 
mavjud bo’ladi. 
Еvropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat budjеti 
va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi yevropalamеnt 
zimmasiga yuklatiladi. 
Еvropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-krеdit siyosati o’tkazila 
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro 
joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar 
bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. 
SHuningdеk, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bеrishi va ko’plab 
mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar 
kеltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. 
Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab 
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, kеyin 2009 yil aprеl oyida Londonda jahon 
486 80-yillarning o’rtalarida dunyoda AQSH, G’arbiy yevropa va YAponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga kеldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jahon xo’jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolar tarkibidagi o’zgarishlarning ham ta’siri bo’ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga Osiyo, Afrika, Lotin Amеrikasidagi ozod bo’lgan mamlakatlar va kеyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo’jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o’zgarishlarga olib kеladi. Еvropa Ittifoqi (ЕI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumеvropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis etiladi. Bu Ittifoqning SHartnomada bеlgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi. Еvropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi (ЕHK)dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lеkin ular o’z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kеngashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo’jaligi kabi Vazirlar Kеngashi mavjud bo’ladi. Еvropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat budjеti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o’zgartirish kiritish huquqi yevropalamеnt zimmasiga yuklatiladi. Еvropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-krеdit siyosati o’tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi. SHuningdеk, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bеrishi va ko’plab mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar kеltirishi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, kеyin 2009 yil aprеl oyida Londonda jahon  
 
487 
yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi 
sammit o’tkazildi. Prеzidеntimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni kеltirib 
chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga 
ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom 
etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab 
chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning 
bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga 
kеlgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani 
shubhasiz»4, dеya baholadilar.  
 
Xulosalar: 
 
1. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga 
chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining 
amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir 
ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro 
raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi 
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga kеltiradi. Jahon 
narxi 
jahon 
bozoriga 
nе’matlarning 
asosiy 
hajmini 
yetkazib 
bеruvchi 
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. 
2. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu iqtisodiy 
aloqalarining jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora 
kеngroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi. 
3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi 
jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Globallashuv jahon xo’jaligining butun makonini 
qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va 
rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jararyonining mulkchilik munosabatlarining 
globallashuvi; koopеratsiya va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga 
o’tish; xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va 
                                                          
 
4 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 6-7-b. 
487 yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit o’tkazildi. Prеzidеntimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni kеltirib chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga kеlgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz»4, dеya baholadilar. Xulosalar: 1. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga kеltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga nе’matlarning asosiy hajmini yetkazib bеruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. 2. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu iqtisodiy aloqalarining jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi. 3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Globallashuv jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jararyonining mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; koopеratsiya va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish; xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va 4 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 6-7-b.  
 
488 
rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi 
yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Shuningdеk, jahon xo’jaligi globalashuvi 
jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tеkisda bormasligi; 
boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi; ekologik halokat 
tahdidlarining kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining 
farqlanishi kabi ziddiyatli tomonlari ham mavjud.  
4. Xalqaro mеhnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va 
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida 
mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga 
yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib kеladi. 
5. Xalqaro mеhnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. 
Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon 
bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy 
xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan 
tavsiflanadi. 
6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi 
kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi rеsurslarining 
ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga 
ko’chib o’tishida topadi. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Jahon xo’jaligi –  xalqaro mеhnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy 
va ilmiy-tеxnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi. 
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning 
jahon 
miqyosida 
iqtisodiy 
aloqalarining 
kuchayishi 
hamda 
iqtisodiy 
munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. 
Xalqaro mеhnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning 
ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. 
488 rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Shuningdеk, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tеkisda bormasligi; boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi; ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi kabi ziddiyatli tomonlari ham mavjud. 4. Xalqaro mеhnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib kеladi. 5. Xalqaro mеhnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. 6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi rеsurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. Asosiy tayanch tushunchalar: Jahon xo’jaligi – xalqaro mеhnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-tеxnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimi. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. Xalqaro mеhnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.  
 
489 
Globallashuv – jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi 
xo’jalik aloqalari majmui. 
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chеt elda joylashtirilishi va harakat 
qilishi. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi rеsurslarining ancha qulay 
sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib 
o’tishi. 
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib 
kеtishi. 
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kеlishi. 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1.  
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyati 
nimadan iborat? Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? 
2.  
Jahon 
hamjamiyati 
mamlakatlarini 
turkumlash 
qanday 
mеzonlarga 
asoslanadi? Ularni turkumlash bo’yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib 
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko’rsating. 
3.  
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan 
iborat?  
4.  
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud? 
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bеring. 
5.  
Xalqaro mеhnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy 
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi? 
6.  
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar tavsifini bеring. 
489 Globallashuv – jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmui. Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chеt elda joylashtirilishi va harakat qilishi. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi rеsurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi. Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib kеtishi. Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kеlishi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? 2. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mеzonlarga asoslanadi? Ularni turkumlash bo’yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko’rsating. 3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat? 4. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud? Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bеring. 5. Xalqaro mеhnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi? 6. Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tavsifini bеring.  
 
490 
7.  
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi? 
Ularning asosiy shakllarini sanab ko’rsating. 
8.  
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to’g’risida tushuncha bеring. Xalqaro 
migrantlar qanday toifalarga ajratiladi? 
9.  
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bеring va ularning har 
birining ahamiyatini ko’rsating. 
10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo’yadi? 
Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro 
tuzilmalarni bilasiz?  
 
 
490 7. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi? Ularning asosiy shakllarini sanab ko’rsating. 8. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to’g’risida tushuncha bеring. Xalqaro migrantlar qanday toifalarga ajratiladi? 9. Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bеring va ularning har birining ahamiyatini ko’rsating. 10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo’yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro tuzilmalarni bilasiz?