JAMIYAT VA GEOGRAFIK QOBIQ
Kirish.
I BOB. Jamiyat va geografik qobiqning munosabatlari evolyusiyasi.
1.1. Insoniyatning tabiatga ta’sir doirasining kengayib borishi.
1.2. Fan-texnika inqilobi va uning tabiatdagi o‘zgarishlarga ta’siri.
1.3. Ishlab chiqarishning intensivlashuvi va uning salbiy oqibatlari.
II BOB.Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning
hozirgi zamon muammolari
2.1.Ilmiy texnika taraqqiyoti va tabiatdan foydalanish.
2.2. Tabiiy texnogen jarayonlarni hal etish yo‘llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat va geografik qobiq haqidagi umuiy
ma’lumotlarga o’tishdan avval tabiat, jamiyat, inson haqidagi tushunchalarga to’xtalib
o’tsakda va keyin mavzuni dolzarbligiga qaytsak.
Inson – tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat
faoliyatini yurgizuvchi individ. Inson tarixiy jamoa jarayoni subekti bo‘lib, u er
kurrasidagi moddiy va ma’naviy madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa
turdagi tirik mavjudotlar bilan ginetik bog‘langan holda, lekin ulardan ongini
yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy
faolligi hamda axloqiy, ma’naviy va ruxiy o‘z – o‘zini anglay olishi bilan ajralib turadi.
Jamiyat – keng ma’noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari
majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarning aniq tipidir.Tabiat – keng
ma’noda butun borliq olam va uning xilma – xil shakllari; tor ma’noda kishilarning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Inson
o‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning
ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanish mumkin.
SHu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to‘xtovsiz va xilma – xil
o‘zaro ta’sirlar ro‘y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir muammosi insoniyatning abadiy muammolaridan biri ekanligini turli
misollar yordamida yoritib berishga intildim.Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi
qo‘yadigan, kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik
qarashlarga qarshi o‘laroq tabiat bilan inson o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni
asoslash va ko‘rsatish muhim ahamiyatga ekanligini ko’rsata olish.
Ishni maqsadi va vazifalari : Kurs ishining asosiy maqsadi buyuk kashfiyotlarni
yuzaga kelishini haqida qiziqarli va o’z vaqtida hararli bo’lgan olamshumul
ma’lumotlarni to’plash va o’rganishdan iboratdir. Buyuk kashfiyotlar geografiya
fanini rivojidagi asos ekanligi va bu kashfiyotlar XV-XVII asrdagi fan va madaniyat
olamidagi to’ntarilish ekanligi tarixiy manbalar misolida ochib berish. O’sha davr
uchun bunday kashfiyotlar asosy maqsadi nimada ekanligii taxlil qilishdan iborat.
Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
- Buyuk geografik kashfiyotlar tushunchasi. Geografik kashfiyotlarning
boshlanishi haqida to’la ma’lumotlar berish.
- Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi va Amerika qit’asiningkash
etilishi haqida ma’lumotlar qisqacha yoritish.
- Hindistonga suv yo’lining ochilishidagi turli xil voqea hodisalar.
- XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar va ularning oqibatlari.Geografik
bilimlarning rivojlanishi haqidagi malumotlarni yoritibberish.
- Dunyobo’ylab sayohatlar va Avstraliya va yangi yerlarni kashf etilishi haqidagi
ma’lumotlar.
- Buyuk geografik kashfiyotlarning oqibatlari va XV-XVIII asrlarda geografik
bilimlarning rivojlanishi to’g’risidagi haqidagi ma’lumotlarni yoritib berish.
Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar asosida atroflicha tahlil
qilindi. Kartografik, tarixiy va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Ishning hajmi va tuzilishi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: tadqiqotning ketma–ket
bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettiruvchi kirish, 2 bob, 37 bet, adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
I BOB.Tabiat va jamiyat munosabatlari evolyusiyasi
1.1. Insoniyatning tabiatga ta’sir doirasining kengayib borishi
Insonning tabiatga ta’sir etishi odam paydo bo‘lgan davrlardan boshlangan.
Lekin, kishilik jamiyati rivojlanishining ilk davri – ibtidoiy jamoa davrida odamlar
asosan terib-termachlab, ovchilik va baliq tutish bilan kun kechirganlarida, ularning
hayot faoliyati tabiiy sharoit va resurslar bilan ayniqsa chambarchas bog‘liq edi.
Insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri esa, asosan yirik hayvonlar sonining kamayishida aks
etgan. Binobarin, ibtidoiy bosqichda inson faoliyatida tabiat ta’siri ustunlik qilgan.
Insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri esa uncha sezilarli emas edi. Biroq, insonning
tabiatga etkazadigan salbiy ta’sir doirasi tobora kengaya borgan: yirik hayvonlar
ovlanaverib kamayib ketgan, o‘rmonlar yong‘inlar natijasida zarar ko‘rgan va hokazo.
Demak, o‘sha vaqtdayoq ekologik inqiroz namunalari kuzatila boshlangan:
ovlanadigan yirik hayvonlar tugay boshlagach, ibtidoiy odam kun kechirishning
yangi shakllariga, chunonchi, dehqonchilik bilan chorvachilikka o‘tishga majbur
bo‘lgan.
CHorvachilik
va
ayniqsa,
dehkonchilikning
paydo
bo‘lishi
va
rivojlana borishi bilan insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri yanada kuchaydi.
CHorva mollarining yaylovlarda muttasil boqilishi, o‘simlik qoplami xarakterining
o‘zgarishiga va yovvoyi hayvonlarning yashab turgan joyidan siqib chiqarilishiga
sabab bo‘ldi.
Dehqonchilikning boshlanishi, ya’ni erlarni haydash, o‘rmonlarni kesish va
yondirish, qurg‘oqchil rayonlarda dastlabki irrigatsion sistemalarni barpo etish
odamlar yashaydigan joylardagi landshaftlarning xarakterini tubdan o‘zgartirib
yubordi. Natijada katta-katta maydonlarda tabiatning qiyofasi o‘zgarib, hayvonlar
sonining kamayishidan tashqari, daryo suvlarining kamayishi, tuproq eroziyasining
rivojlanishi va boshqa salbiy hodisalar ham kuzatila boshladi. Ba’zi bir qimmatli
hayvon turlari butunlay qirilib ketdi.
Birmuncha so‘nggi davrlarda ibtidoiy davrdagiga nisbatan mahsulot ko‘proq
ishlab chiqarila boshlandi, natijada odamlar mehnat faoliyatining tabiatga salbiy ta’siri
keng miqyosda yoyildi. CHunonchi, O‘rta Er dengizining asosiy o‘rmonlari o‘sha
davrdayoq yo‘q qilingan ekan. SHuningdek, Evrosiyoning kattagina qismi
o‘zlashtirildi va ishlab chiqarishga yangi tabiiy resurslar: juda katta yaylov va o‘rmon
boyliklari, ko‘plab foydali qazilma (temir va kumush) konlari jalb etildi.
Ayni paytda, ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiluvchi dehqonchilik
kengayib, o‘rmon massivlarining qisqarishi davom etdi. O‘rmonlardan ochilgan erlarni
ekin maydonlari va yaylovlar tobora keng egallay boshladi. Ayni vaqtda, ko‘plab
hasharotlar va kemiruvchilar yashashi uchun yangi, kulay ekologik sharoit vujudga
keldi. Binobarin, ular tobora ko‘payib, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga aylandilar.
SHu bilan birga tabiiy landshaftlarning o‘zgarishi, o‘rmonlarning kamayishi, yalang
erlarning orta borishi hisobiga hayvonot dunyosida ham o‘zgarish ro‘y berdi.
Fan-texnika inqilobi va texnikaning rivojlanishi davrida, tabiiy resurslar va
ishlab chiqarish vositalaridan xususiy mulk egalarining maksimal daromad olishga
intilishi tabiatning barcha boyliklaridan intensiv va ayni vaqtda vahshiyona
foydalanishga olib keldi. XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko‘plab tabiiy
resurslar: er osti boyliklaridan, qishloq xo‘jalik erlaridan, baliq zahiralaridan, suv va
quruqlik hayvonlaridan, o‘simlik dunyosidan kengroq foydalana boshlandi, o‘rmonlar
maydoni keskin qisqardi.
Xullas, nisbatan qisqa vaqtda sayyoraviy masshtabda tuproq eroziyasi kuchaydi,
vayron qiluvchi suv toshqinlari avj oldi, daryolar sayozlashdi va chuchuk suv tanqisligi
muammosi vujudga keldi. Landshaftlarning tubdan o‘zgarishi va intensiv ov qilish
hayvon resurslariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab qimmatbaho fauna va flora turlari
yo‘q bo‘lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshida ximiya sanoatining rivojlanishi,
temir yo‘llar qurilishi, dengiz va daryolarda kemalarning paydo bo‘lishi, ayniqsa,
foydali qazilmalardan tobora ko‘proq foydalanish xos bo‘ldi. Masalan, dunyo bo‘yicha
cho‘yan eritish 1860 y. 4,2 mln tonnadan 1900 y. 38 mln. tonnagacha ko‘tarildi. Bu
vaqtga kelib sanoatda va xo‘jalikning boshqa sohalarida ichki yonuv dvigatellaridan
keng foydalanilishi munosabati bilan texnika taraqqiyotida katta sakrash yuz berdi.
Ishlab chiqarishda yangi murakkab mashinalarni va mehnat qurollarini joriy
qilish, shaharlar va sanoat markazlarining ko‘payishi ishlatiladigan yoqilg‘i
miqdorining keskin o‘sishiga olib keldiki, bu hol foydalanilmaydigan chiqindilarning,
tashlandiqlarning, shlaklarning, chang, qurum va tutunlarning ko‘payishiga sabab
bo‘ldi. Bularning hammasi atrof tabiiy muhitning sezilarli o‘zgarishiga va
ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Tashqi muhit ifloslanishining bu qadar oshib borishiga
qaramay, tabiatdagi muvozanatni saqlash masalasiga etarli ahamiyat berilmayapti:
buning ustiga sanoat korxonalarining chiqindilari, tashlandiqlari, shahardan to‘plangan
axlat toza suv havzalari, asosan daryolarga tashlanmoqda.
SHunday bo‘lsada, hali tabiatning o‘zini-o‘zi tozalash va tiklanadigai biologik
resurslarni takror ishlab chiqarish imkoniyati hali ham saqlanib qolmoqda.
Inson xo‘jalik faoliyatining tabiatdagi salbiy oqibatlari er yuzining turli
rayonlarida bir xil emas. Dastlab bunday zararli ta’sirga industriyalashtirish va
urbanizatsiya yo‘liga tushgan G‘arb mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya,
Gollandiya va boshqalar) duch keldilar.
SHunday qilib, ishlab chiqarishning yuqoridagi bosqichlari tabiatdan samarali
foydalanish imkoniyatini so‘ndira bordi va geografik muhitdagi tiklanmaydigan salbiy
o‘zgarishlar endi loaqal emas, balki regional masshtabga aylandi, ya’ni katta-katta
maydonlarni yoppasiga qamrab oldi. Biroq, tabiat o‘zining uzoq evolyusiyasi
davomida izdan chiqqan tabiiy jarayonlarni va muvozanatni tiklash imkoniyatiga hali
ham ega.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy resurslarning kamaya borishidan tashqari, yangi
muammoni – atrof-muhitning ifloslanishi muammosini keltirib chiqardi. Suv
havzalari, atmosfera havosi, tuproqlar sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib
borayotganligi ma’lum. Bular o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, odamlar
sog‘lig‘iga ham kuchli xavf bo‘lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun er yuzini o‘z
ta’siri ostiga ola boshladi. Buning asosiy sababi shunda ediki, agar insonning xo‘jalik
faoliyati XX asr boshlariga qadar loaqal va regional xarakterga ega bo‘lsa, endilikda
sayyoraviy, ya’ni g l o b a l masshtabga aylanib ketdi.
Bu hol XX asrning 40-50-yillaridan boshlab aniqroq ko‘rina boshladi. SHu
vaqtga kelib, er yuzining biron-bir burchagida insonning u yoki bu darajada tabiatga
ta’siri bo‘lmagan joy qolmadi. Hatto. Antarktidaning qo‘l tekizilmagandek ko‘ringan
tabiatida ham radioaktiv changlar va DDT pestitsidi borligi, yoqilg‘i mahsulotlari va
boshqalar mavjudligi qayd qilindi.
SHunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiat resurslarining
regional tanqisligi atrof-muhitning esa – global masshtabda ifloslanishi va
muvozanatining buzilishi ro‘y berib, u tobora keskin tus ola bordi. Geografik muhitda
energetika balansining va ekologik sharoitning buzilishi uchun real xavf paydo bo‘ldi;
bu esa kishilik jamiyatining kelajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib
yuboradi.
Er
sharida
qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishi
paydo
bo‘lgunga
qadar,
atigi
bir
necha
o‘n
million
odam
yashagan.
Qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishining
vujudga
kelishi
jahon
aholisi
sonining
taxminan
500
millionga
yaqin
bo‘lishiga
olib
keldi.
Sanoat
inqilobi tufayli esa aholi soni keskin ortib, 3,5 mlrd ga etdi.
Fan-texnika inqilobi va tibbiyotdagi katta yutuqlar sababli “demografik
portlash” vujudga keldi. Lekin hozirgi vaqtga kelib, aholi sonining yillik o‘sish
sur’atlari ancha kamaydi va 2004 yilda 1,3% ga teng bo‘ldi.
1974
yilda
Er
sharining
aholisi
har
minutda
150
kishiga
yoki
boshqacha
qilib
aytganda,
sutkasiga
216
ming
kishiga
ko‘paygan.
So‘nggi
ma’lumotlarga
ko‘ra,
jahon
aholisining
soni
1990
yilda
-
5438 mln. kishiga, 2000 yilda 6030 mln. kishiga, 2007 yilda esa 6290 mln. kishiga teng
bo‘ldi.
Tabiat rivojining majmui bo‘lishi insoniyat tabiatga tobora ko‘p o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi, inson faqat har xil o‘simlik va hayvonot turlari o‘rnini o‘zgartiribgina
qolmay, binobarin ularni shu darajada o‘zgartirdiki, uning faoliyati natijasida er shari
umumiy o‘limga mahkum bo‘lgandagina u bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
SHunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‘rganib biladi, balki o‘zini o‘rab turgan dunyoni
o‘zgartiradi, «ijod» qiladi ham. Biroq landshaft (tabiat manzarasi)ni g‘oyat o‘zgartirib
yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib
ketaolmaydi, u hamma vaqt uning bag‘rida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiati va o‘zgartirish qobiliyatlariga
kelganda, ular chek-chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida odamlar
o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, inson
hayoti moddiy sharoitlari ham bo‘lmaydi, demakki jamiyat ham bo‘lmaydi. Jamiyat
bu odamlarning birgalikda harakati, o‘zaro ta’sirining mahsulidir, bu odamlarning
ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‘zidir.
Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon odamdarning
oddiy birlashmasi bo‘lgan emas va bo‘lmaydi ham. Jamiyat odamlar, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro ta’siri murakkab sistemasidan
iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo‘lgan a’zo (organizm)dir, u ayrim ijtimoiy
elementlarning o‘z boshimcha ishlariga yo‘l qo‘yuvchi g‘ayri-ixtiyoriy birikma emas.
Tabiat esa-bu moddiy jismlar, realliklar majmuidan iborat bo‘lib, ular jamiyat negizini
tashkil etadi va uni qurshab turadi.
Tabiat rivojining oliy bosqichi bo‘lish jamiyat faqat tabiiy omil negizidagina
yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‘zaro ta’sirida bo‘lish
shartidir. Kelib chiqishi jihatdan tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyat har holda
tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Inson o‘zining tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining oqibatlarini sezgach va
bilgach, tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish
zarurligi haqida o‘ylay boshladi.
«Tabiatni muhofaza qilish» termini dastlab 1913 yil birinchi xalqaro tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha SHvetsariyada o‘tkazilgan s’ezddan so‘ng keng tarqaldi.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus
olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga
keltirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir. Tabiat jamiyatni yashash
muhiti, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai hisoblanadi. Jamiyat
tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida sotsial mazmunga ega. Tabiat va
jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan, bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos
sotsekosistema hisoblanadi. Tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorlik tizimida inson
markaziy o‘rin egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning
ajralmas qismi bo‘lib, biosotsial mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat
mavjudligining asosidir. Materia harakatining yuqori shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning
alohida «
A) Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli
ta’sir o‘tkazmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar o‘zi foydalanadigan tabiiy
resurslarning holatiga ma’lum darajada e’tibor berib, iste’mol qiladigan o‘simliklarni
va ov qiladigan hayvonlarni himoyaga ola boshlaganlar. CHunki bu davrga kelib aholi
soni ko‘payib, ishlab chiqarish qurollari ancha takomillashib, o‘q-yoy murakkabroq
baliq ovlash asboblari yaratildi. Bular o‘z navbatda ibtidoiy jamoa kishilarining
yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni va muqaddas hisoblangan joylarni
himoya qilish yuzasidan ba’zi bir choralarni ko‘rishga undagan edi. Hatto ma’lum
hududlarda hayvonlarni ovlash, foydali o‘simlik urug‘larini ko‘plab terib olish man
etila boshlandi. Foydali hayvonlarni ko‘plab qirib tashlagan kishilar ibtidoiy jamoa
tuzumida o‘lim jazosiga hukm qilingan.
B) Quldorlik jamiyati – xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, insonning
tabiatga ko‘rsatgan ta’siri ancha kuchaygan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va
chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga sabab
bo‘lgan. Yirik quldorlar qullar kuchidan foydalanib katta hududlarni haydab, tabiiy
o‘simlik va hayvonlarni yo‘q qilib, ekin dalalariga aylantirganlar. Bunga O‘rta
Osiyoda, Misrda, Mesopotamiyada, Xitoyda va Hindistonda erlarni haydab, sug‘orib
dehqonchilik qilgan quldorchilik davlatlari misol bo‘ladi. Quldorlik tuzumida erlardan
foydalanish to‘g‘risida o‘ylamaslik sababli, tuproqning tabiiy holati yomonlashib
borgan.
Quldorlik faoliyati davrida ba’zi davlatlarda yog‘och-taxtalarga talab juda ko‘p edi.
SHu sababli, o‘rmonlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni qo‘riqlash sohasida choralar
ko‘rila boshlangan. Bunga misol tariqasida Vavilon davlatining bundan 4 ming yil
oldin o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar ko‘rilganligi, bu choralarni
buzgan kishilar qattiq jazolanganligi va hatto o‘limga mahkum qilinganini aytib o‘tish
mumkin. Hatto Misrda quldorlik jamiyatida «O‘liklar daftari» tashkil etilgan. Bu
daftarda tabiat muhofazasi sohasida juda qiziqarli savollar yozilgan. Unda o‘lgan
kishiga oxiratda quyidagi savol-javoblar berilishi yozilgan: «Men ularning
yaylovlaridagi hayvonlarni o‘ldirganim yo‘q, hayvonlarni tangri erlaridan haydab
chiqarganim yo‘q. Men baliq tutganim yo‘q». Bundan ko‘rinib turibdiki, Qadimgi
Misrda hayvonlarni o‘ldirish, o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanish, me’yoridan
ortiqcha baliq tutish zararli va gunoh hisoblangan.
Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonini ortib
borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va surati o‘sib borgan. Feodalizm davriga
kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi, natijada, juda katta territoriyalarda
o‘tloq va o‘rmonlar yo‘q qilinib, dehkonchilik uchun foydalaniladi. Ayniqsa,
rivojlangan G‘arbiy Evropadagi davlatlar dengizda suzish, yangi erlarni zabt etish
uchun ko‘plab kemalar qurdi va ma’danlarni eritish uchun ko‘plab o‘rmonlarni
kesishgan. O‘sha davrda bir kemani qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kesilgan.
Istoniyaning «Engilmas Armada» harbiy kemasini qurish uchun yarim million dub
kesilgan. Natijada Ispaniyada hanuzgacha o‘sha o‘rmonlar tiklangani yo‘q.
Jamiyatning tabiatga ta’sir jihatidan bu davr ikkinchisidan kam farq qiladi.
Ikkinchi davr bilan uchinchi davr o‘rtasida jiddiy farq shundaki, qulchilik shakllarining
krepostnoy qaramlik bilan almashishi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, tabiatni
bilish va o‘zgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.
Kapitalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi ta’sir juda ham kuchayib
ketdi. Kapitalistik iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat,
transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga
ta’sirning yuqori darajaga etkazdi. CHunki ishlab chiqarish vositalari xususiy
mulkchilikka asoslangan, o‘zaro raqobatlar mavjud bo‘lgan, xo‘jaligi notekis
rivojlanayotgan kapitalistik jamiyatda tabiiy resurslardan rejasiz vahshiylarcha
foydalanildi. Natijada tabiiy resurslarning tabiiy xususiyatlarida keskin o‘zgarishlar
yuz berdi. Bu davrda ko‘plab yog‘och-taxta tayyorlash oqibatida Evropada va
SHimoliy Amerikadagi katta-katta territoriyalarda o‘rmonlar kesilib, shamol va suv
eroziyasi kuchayib, hosildor erlar qishloq xo‘jalik oborotiga yaroqsiz bo‘lib qoldi.
AQSHda o‘rmonlarni ko‘plab kesish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish tufayli
territoriyasining 48% qismida eroziya jarayoni tezlashib ketgan.
Kapitalizm jamiyatida ko‘plab zavod-fabrikalarning yoqilg‘iga asoslangan
transport turlarining kuchayishi, atom va yadro qurollarini sinash, yangi shaharlarni
vujudga kelishi va boshqalar natijasida, tabiatga ko‘plab zaharli gazlar, iflos suvlar,
qattiq zarrachalar va axlatlarni chiqarib tashlash oqibatida atmosfera, suv va tuproq
ifloslanib ketmoqda.
Atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat
va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga
keldi. Antropogen modda almashinuvi, ya’ni xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i bilan
olinishi va zararli chiqindi holiga atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
azaliy muvozanatni buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining
rivojlanishiga biogen, antropogen va texnogen (noogen) bosqichlar ajratiladi.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi
munosabat turlicha bo‘lgan. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida
neolitda inson bilan tabiatning o‘zaro munosabati ibtidoiy ahvolda bo‘lgan. Kishilar bu
davrda tabiatni emas, balki tabiat kishilarni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ikkinchi bosqichida
ya’ni quldorlik jamiyatida xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, insonning
tabiatga ko‘rsatgan ta’siri ancha kuchaygan. Uchinchi bosqichda feodalizm davriga
kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan va insonning tabiatga ta’siri yanada
kuchaygan. To‘rtinchi bosqich katalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi
ta’sir juda ham kuchayib ketdi. Natijada, XX asr boshlariga kelib, Er kurrasidagi suv
havzalari, atmosfera havosi, tuproqlar, sanoat, transport, maishiy-kommunal, qishloq
xo‘jaligi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi juda ham kuchayib ketdi.
Bular o‘z navbatida sayyoramiz biologik resurslarining holatiga va ayniqsa kishilar
salomatligiga ziyon etkazmoqda. SHu sababli jahon mamlakatlarida ham tabiiy
muhitni toza saqlash uni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar
qilinmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga
kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Mahalliy,
mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik
shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda mahalliy, Orolbo‘yi, CHernobilda
mintaqaviy ekologik teng vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi,
kislotali yomg‘irlar, cho‘llanish, dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar
umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi. Er yuzida ekologik inqiroz
xavfining real ekanligini ko‘rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik
muammolarni hal qilish uchun barcha chora tadbirlar ko‘rilmasa ekologik inqiroz
muqarrardir.
Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini
hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni musaffo
holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va
xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks
fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari
alohida mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir. Ekologiya va tabiatni
muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi.
Atrof muhitni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari
ma’nodoshdir.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan.
O‘simlik va va hayvonlar, inson hayotining atrof muhit bilan bog‘liqligi Ibn Sino,
Beruniy asarlarida ham yoritilgan. XIX –asrga kelib ekologiya ilmiy asosda
A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, CH.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin
ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab
o‘simlik va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillarida ijtimoiy ekologiya va inson
ekologiyasi rivojlandi. 20-30 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida D.N.
Kashkarov va E.P. Korovinlar ekologiya-geografiya maktabi tashkil etilib, O‘lkamiz
tabiatini ekologik tatqiq qilish boshlanadi. 1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik
bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o‘zgara boshlagan XX
asrning 60-yillariga kelib ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo‘nalishlar vujudga
keldi.
Inson va atrof muhit o‘rtasida o‘zaro munosabatlar keskinlashgan, fan-texnika jadal
rivojlanayotgan davrda tabiaini muhofaza qilish eng asosiy muammolardan
hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy
ta’siri yuzaga kelgan uzoq o‘tmishdan yaxshi ma’lum. Agar ilgari tabiatni muhofaza
qilish deganda ma’lum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda
alohida kompleks fan shakllanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish antropogen modda va
energiya almashinuvi qonuniyatlari, bu jarayonning tabiat va jamiyat o‘zaro
aloqadorligiga ta’siri xususiyatlari, insoniyatning kelajak rivojlanishi maqsadlarida
ushbu jarayonni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadigan fandir. Ushbu fanning
sotsekologiya, antropotsenologiya, tabiatdan foydalanish kabi turli nomlari ham taklif
qilingan.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va
mazmuniga ko‘ra farqlangan. Tabiatning muhofaza qilishning dastlabki bosqichida
yo‘qolib borayotgan alohida o‘simlik va hayvon turlarining muhofazasi amalga
oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o‘sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va
undan oqilona foydalanish bosqichi vujudga kelgan. XX asrning o‘rtalaridan boshlab
tabiiy resurslar bilan bir qatorda alohida noyob tabiiy hududlarni muhofaza qilish
bosqichi ajratiladi. Atrof muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi
insonning tabiatga ta’siri umumsayyoraviy miqyosga etgan.
Tabiatdan foydalanish, uni o‘zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o‘zaro
chambarchas bog‘langan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi
asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni
joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat qilish
va ularni oldini olishdan iboratdir. Tabiat muhofazasi haqidagi fan juda serqirra bo‘lib,
u faqatgina geografiya, biologiya, fizika, ximiya, iqtisod va boshqa ko‘plab tabiiy va
ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Insonning tabiatga bevosita va bilvosita, ijobiy va salbiy ta’sir shakllari ajraladi.
O‘rmonlarning kesilishi, hayvonlarni ovlash, yangi erlarni o‘zlashtirish, konlarni
qazish natijasida inson tabiatga bilvosita ta’siri bevosita ta’sirining salbiy oqibatlari
sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, yangi erlarning o‘zlashtirilishi ham o‘simliklar va
hayvonlarning qirilishiga olib keladi. Tashlandiq erlarni, o‘rmonlarni tiklash,
ko‘kalamzorlashtirish, o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish insonning tabiatga ijobiy
ta’siriga kiradi. Har qanday ijobiy ta’sirning ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashtirib
quyidagi iqtisodiy, ilmiy, sog‘lomlashtirish-gigiena, tarbiyaviy, estetik yo‘nalishlarga
ajratish mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin ushbu muammoga
alohida etibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. 1864 yili
AQSH da J.Mershning “Inson va tabiat” kitobi bosilib chiqdi. Unda tabiatni muhofaza
qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berildi. 1910 yili SHveysariyada
Evropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzildi. 1913 yili Bernda tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha birinchi xalqaro kengash chaqirildi. 1948 yili Tabiatni
muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi. Tabiatni muhofaza qilish harakatlari XX
asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. O‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda
muhofaza qilish amalda 1920 yildan boshlangan.
Tabiat va jamiyatdagi predmet va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqadorligi hamda
bog‘liqligi to‘g‘risidagi materialistik dialektikaning qonuni tabiatni muhofaza
qilishning metodolgik va ilmiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Tabiat va jamiyatdagi mavjud
bo‘lgan o‘zaro aloqa va ta’sirlarni hisobga olgandagina tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishning ilmiy asoslangan yo‘llarini ishlab chiqish mumkin.
1.2. Fan-texnika inqilobi va uning tabiatdagi o‘zgarishlarga ta’siri
XX asrning taxminan 50-yillaridan boshlab, ishlab chiqarish kuchlarining “Fan-
texnika revolyusiyasi” deb nom olgan sakrab o‘sishi munosabati bilan inson bilan
tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir misli ko‘rilmagan masshtabga etdi va ko‘p jihatdan
yangi shakllarga ega bo‘ldi.
Fan-texnika inqilobi tufayli sanoat va transportning gurkirab o‘sishi,
urbanizatsiyaning kuchayishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ximiyalashtirish –
bu omillarning hammasi tabiiy resurslardan foydalanishni nihoyatda jadallashtirib
yubordi. Tabiiyki, bu omillarning atrof-muhitga o‘simlik va hayvonot dunyosiga,
foydali qazilmalar zahirasiga, tuproqlar holatiga, atmosfera havosi va suv havzalari
sifatiga bo‘lgan salbiy ta’siri ham kuchaymoqda. Fan-texnika taraqqiyoti atmosferada,
dengiz va okeanlarda, ichki suv havzalarida va er osti suvli qatlamlarida sodir
bo‘ladigan suvning aylanma harakatiga, ya’ni sayyoraning gidrologik rejimiga muhim
o‘zgarishlar kiritmoqda.
XX asr odami qudratli texnika tufayli geografik qobiqdagi modda va energiya
almashinuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ko‘p joylar tabiatidagi muvozanatni
buzishgacha borib etdi. Inson faoliyatining bu ta’siri tez ortib bormoqda. Binobarin,
fan-texnika taraqqiyoti natijasida, antropogen omil yuqorida aytib o‘tganimizdek,
sayyoraviy masshtabdagi tabiiy geografik va geologik omilga tenglashib qoldi. Inson
faoliyatining ayrim sohalari (tog‘ jinslaridan foydalanish, er osti boyliklarini qazib
olish, kanallar o‘tkazish, daryo suvlarini tartibga solish, suv omborlari qurish va
hokazolar) geologik jarayonlar masshtabidan oshib ketmoqda. Granit qoyalarinipg
emirilishi ilgari (denudatsiyasi) 6 ming yilda 1 m tezlik bilan bordi. Inson portlatishlar
va zamonaviy texnikalar yordami bilan relefni o‘zgartirish, kanal o‘zanlari qazish,
yo‘llarni o‘tkazish, tog‘ yonbag‘irlarini terassalashtirish va qurilish maydonlarini
tekislash orqali bu kabi geologik-geomorfologik jarayonni bir necha ming baravar
tezlashtirdi. Faqat bir yil davomida dalalarni haydash, qurilish va kon ishlarida 4 ming
km3 tuproq va grunt ko‘chiriladi.
SHunday
qilib,
fan-texnika
taraqqiyoti
sharoitida
tabiiy
muhitda chinakamiga ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Hozirgi
fan-texnika
taraqqiyotining
tabiatga
ta’sir
etish
yo‘llari
va
shakllari
nihoyatda
ko‘p.
Bu
ta’sir
natijasida
tabiatda
miqdor o‘zgarishlarigina emas, balki sifat o‘zgarishlari ham sodir bo‘lmoqda. Fan-
texnika inqilobining tabiatga ta’sir etishining eng muhim asosiy an’analari
quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslarni iste’mol qilish hajmining ortishi hamda atrof-muhitning
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan ifloslanishi kuchaydi;
2. XX asr ikkinchi yarmida fan-texnika inqilobi munosabati bilan jamiyatning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, takror ishlab chiqarishni yanada
rivojlantirish zaruratlari uchun tabiiy resurslardan intensiv foydalanish imkoniyatlari
benihoya kengaydi.
Xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining keskin yuksalishi
tabiiy resurslarni iste’mol qilishni keskin ortishiga olib kelmoqda. Jon boshiga iste’mol
qilinadigan materiallar 1913 y. – 4,9 t., 1940 y. – 7,4 t., 1960 y. – 14,3 tonnani tashkil
etgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib 35-40 tonnani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda insoniyat
xo‘jalik-maishiy ehtiyojlari uchun yiliga daryolar oqimining taxminan 13% idan
foydalanadi. Buning 5,6% i qaytmas suvlardir.
Yiliga er bag‘ridan 100 mlrd. t. ortiq yoqilg‘i, foydali qazilmalar va qurilish
materiallari qazib olinadi, 800 mln. t. har xil metallar eritiladi. Er sharida yiliga
taxminan 3,5 mlrd t. neft, 5,0 mlrd t. ko‘mir sarflanadi, 100 millionlab avtomobil,
samolyot, traktor dvigatellari ishlaydi. Dunyo bo‘yicha hozirgi vaqtda iste’mol
qilinadigan yog‘och-taxta 3 mlrd m3 dan oshib ketdi, har yilgi ovlanadigan baliq,
qisqichbaqa va mollyuskalar 110-120 mln. tonnaga tengdir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlari bilan quruqlikning 13
% i, o‘tloq va yaylovlar bilan 17,5% i band. Aholining o‘sishi sanoat, qurilish va savdo
rivojlangan shaharlarda ortib bormoqda. Qurilishlar band qilgan erlar maydoni 1990
yilda 150 mln. gektardan, 2000 yilda esa 300 mln. gektardan oshib ketdi.
Hozirgi vaqtda inson bir qarashda juda unumsiz ko‘ringan sovuq sahrolarni,
dengiz chuqurliklarini, qutb yoki hududlarini ishga solmoqda, eng oddiy organizmlar
va bakteriyalardan foydalanmoqda, er bag‘ridan 5 kilometrgacha bo‘lgan va undan
ham chuqurdan xilma-xil foydali qazilmalarni qazib olmoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish hajmining doimo ortib borishi, ulardan
foydalanishning istiqboli va muddati, ularning tamom bo‘lish xavfi va bu bilan bog‘liq
bo‘lgan ko‘plab iqtisodiy muammolarni kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Keyingi vaqtlarda ko‘pgina eng muhim tabiiy resurslarning cheklanganligi haqidagi
to‘g‘ri tushuncha jamoatchilik ongiga tobora chuqurroq singib bormoqda. Hozirgi
zamon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi qator tabiiy resurslarning
butunlay tugab ketishining oldini olish, ulardan rejali va ilmiy asosda foydalanish
zarurati chuqur his qilinmoqda.
Xulosa qilib, shuni ta’kidlash kerakki, fan-texnika inqilobi tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha insoniyat uchun juda katta
imkoniyat tug‘dirdi. Biroq, ayni vaqtda u ko‘pincha tabiiy muhitning ancha
ifloslanishiga va tabiiy sharoitning yomonlashuviga ham olib keldi. Atrof-muhitning
ifloslanishi bu tabiatga zararli moddalar va birikmalarning chiqarib tashlanishidan
iborat bo‘lib, bu hodisa havo, tuproq-grunt va suvning fizik, ximik va biologik
xususiyatlarining ko‘ngilsiz o‘zgarishlariga olib keladi. Bu hol tabiiyki, kelajakda
o‘simliklar, hayvonlar va odam hayotiga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishiga, tabiiy resurslarning holatiga tobora ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
Atrof-muhitning
texnogen
ifloslanishi
o‘zining
kelib
chiqishi va xususiyatlariga ko‘ra, nihoyatda xilma-xil. Uning eng ko‘p tarqalgan
ko‘rinishlaridai
biri
—
sanoat
chiqindilaridir.
Fan-texnikaning
katta
muvaffaqiyatlariga qaramay, ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoning katta bir
qismi chiqindi bo‘lib chiqadi. Bu hol ayniqsa, keyingi 10-15 yilda juda kuchayib, tabiiy
muhitning global ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda sanoat va
maishiy xizmatda ifloslangan oqar suvlarning hajmi daryo oqimining 16% iga teng
bo‘lib qoldi. YOqilg‘ilarni yoqish har yili atmosferaga bir milliard tonnadan ortiq
qorakuya, qurum, tutun, sement changlari va zararli aerozollarni chiqarib tashlaydi.
SHaharlarda kuniga millionlab tonna har xil chiqindilar to‘planadi. Ularni yo‘q qilish
yoki ulardan foydalanish juda qiyindir.
Tabiiy muhitning ifloslanishi muammosi rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa,
Amerika Qo‘shma SHtatlarida tobora murakkab tus olmoqda. AQSH aholisi dunyo
aholisining 5% idan oshmasada, bu mamlakat dunyo tabiiy resurslarining 30%ini
iste’mol qiladi va dunyodagi ifloslanishning 40% i shu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy zarar
keltiryapti. Hatto, suv va tuproqdagi iflos moddalar ta’siri ostida metall
konstruksiyalar, qurilish materiallari, to‘qimalar, teri, rezina, bo‘yoqlar, tarixiy va
madaniy yodgorliklar tezlik bilan emiriladi. Asosiy fondlarning eskirishi (to‘zishi)
tezlashadi, qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligining va boshqalarning mahsuldorligi
pasayadi. Lekin eng yomoni shuki, aholi sog‘lig‘iga katta zarar etkaziladi.
Tabiiy muhitning turli chiqindilar bilan ifloslanish ko‘lami shu qadar kattaki, bu
salbiy omil dunyoning qator rayonlarida hatto, insonning biologik jihatdan yashashiga
ham xavf tug‘dirmoqda. Tabiiy muhitning bunday ifloslanishi rivojlangan va ba’zi bir
rivojlanayotgan mamlakatlarda “ekologik inqiroz” tushunchasining paydo bo‘lishiga
asos bo‘ldi. Atrof-muhitning ifloslanishi rivojlangan mamlakatlarda haqiqiy ofat bo‘lib
qoldi. G‘arbiy Evropa mamlakatlari, AQSH, Afrika va Osiyo mamlakatlarida chuchuk
suv tanqisligi allaqachon muhim iqtisodiy muammoga aylanib qolgan. SHahar va
shaharchalar havosi deyarli zaharlangan. Ko‘pgina ko‘l va daryolarda biologik hayot
so‘na bormoqda. Ko‘plab shaharlar behisob chiqindi uyumlari bilan to‘lib-toshib
ketgan.
SHunday qilib, hozirgi vaqtda tabiatni ifloslanishdan muhofaza qilish undan
oqilona foydalanishni tashkil qilish eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir.
Fan-texnika
taraqqiyotining
asosi,
so‘zsiz
energetikadir.
Olimlarning
energiyadan foydalanishning sur’atlari va ko‘lami haqidagi hisobi shuni ko‘rsatadiki,
odam olovdan foydalanishni endigina o‘rgangan tosh asrida o‘rtacha sutkasiga jon
boshiga energiya iste’mol qilish 5 kkal ga teng edi. O‘rta asrlarda sutkasiga jon boshiga
energiya iste’mol qilish 12 ming kkal ga etdi. YOqilg‘i sifatida toshko‘mir
qo‘llanilgandan keyin esa, 26 ming kkal ni tashkil etdi. Angliyada sanoat o‘zgarishi
davrida bu ko‘rsatkich 77 kkal gacha ko‘tarildi. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan
mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal dan oshib ketdi.
Demak, fan-texnika inqilobi sharoitida iste’mol qilinadigan tabiiy resurslar
hajmining ko‘payishi sanoat ishlab chiqarishining intensivlashuvi va insoniyatning
energiya bilan qurollanishining o‘sishi bilan ta’minlanadi.
1.3. Ishlab chiqarishning intensivlashuvi va uning salbiy oqibatlari
Hozirga qadar insoniyat energiyaning asosiy qismini mineral yoqilg‘ilar, asosan,
neft, ko‘mir va gazdan oladi. YOqiladigan yoqilg‘ilar miqdorining orta borishi
atmosferaga ko‘p miqdorda is gazi(SO) va karbonat angidrid(SO2) hamda to‘liq
yonmagan yoqilg‘i mahsulotlarining chiqarib tashlanishiga sabab bo‘lmoqda.
SHu bilan birga, tobora ko‘p miqdordagi kislorod yonish jarayoniga
sarflanmoqda. SHunday qilib, energetikaning rivojlanishi hisobiga atmosferaning gaz
tarkibida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, havoda karbonat angidrid va chang
ko‘paymoqda, kislorod miqdori esa, aksincha, kamaymoqda. Bu hol tabiiy
jarayonlarning geografik qobiqda global masshtabda buzilishiga olib keladi. Undan
tashqari, IEM (issiqlik elektr markazlari) atroflari shlak va ko‘llar bilan ifloslanmoqda,
suv olinadigan joylarga esa issiq suv tashlanmoqdaki, bular o‘z navbatida “issiq
ifloslanish”ga olib kelmoqda. Energiya ishlab chiqarishning tobora o‘sishi yana bir
murakkab muammoni — geografik qobiqning ortiqcha qizib ketishi muammosini
vujudga keltirdi. Natijada, atmosferaning erga yaqin qavatida o‘rtacha harorat ancha
ko‘tarildi. Iqlimning texnogen isishi Er sharining turli mintaqalarida tabiiy sharoitning
ham turlicha o‘zgarishlariga olib kelmoqda. SHuning uchun geografik qobiqni
texnogen ortiqcha isib ketishdan saqlash tabiatni muhofaza qilishning eng qiyin
muammolaridan biridir.
Keyingi vaqtlarda tabiatga ko‘p miqdorda inson yaratgan va ilgari ma’lum
bo‘lmagan yangidan-yangi moddalar qo‘shilmoqda. Aksariyat parchalanishi juda qiyin
bo‘lgan, bu moddalar tabiatdagi modda aylanishi jarayonidan tushib qoladi. Bunday
moddalarning to‘planishi tabiiy jarayonlarning borishini buzadi. Ekologik sharoitni
yomonlashtiradi, ayrim hollarda, tabiiy hududiy va akvatorial komplekslarni emiradi.
Masalan, maishiy turmushda va sanoatda sintetik yuvuvchi birikmalarni keng qo‘llash
daryo va ko‘llarni ifloslanishining kuchayishi bilan birga boradi. Bu moddalarni
tozalovchi inshootlar (qurilmalar) ham to‘liq tozalay olmaydi. Natijada, sanoati
rivojlangan ko‘pgina rayonlardagi daryolar yoppasiga ko‘pik bilan qoplangan. Odatda,
bunday daryolarda organik hayot yo‘q, suvini esa ishlatib bo‘lmaydi.
YAna bir jiddiy muammo – chirimaydigan (parchalanmaydigan) qattiq
chiqindilarnnng to‘plana borishidir. Ma’lumki, tabiiy sistemalar (masalan,
landshaftlar) chiqindi hosil qilmaydi, chunki tabiatda bir organizmning chiqindisi
ikkinchi organizm uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi va nihoyat, barcha organik
moddalar bakteriyalar tomonidan parchalanadi.
Tirik organizmlarda ularda hosil bo‘luvchi har bir polimerni tez va foydali
yo‘nalishda parchalashga imkon beruvchi fermentlar mavjud. Hozirgi zamon sanoati
yaratadigan sintetik polimerlar esa o‘zicha parchalanmaydi, chunki tabiatda ularni
parchalaydigan fermentlar yo‘q.
SHunday qilib, muayyan qarama-qarshilik vujudga kelmoqda: inson deyarli
parchalanmaydigan moddalarni sintez qilib, keraksiz chiqindilarning to‘planishiga
sabab bo‘lmoqda. Ulardan qutulishning yagona usuli – yoqish, lekin yoqish
atmosferani ifloslovchi zaharli gazlarning paydo bo‘lishiga va ko‘p miqdorda
kislorodning sarflanishiga olib keladi.
Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik
ishlab
chiqarishini
intensivlashuviga
olib
keldi.
Intensivlashuv
asosida
mexanizatsiyalashtirish, ximiyalashtirish, melioratsiyalash va boshqa tadbirlar keng
joriy qilinmoqda.
Qishloq xo‘jaligini ximiyalashtirish uning samaradorligini oshirishning eng
muhim omilidir. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha dalalarga bir necha yuz millionlab
tonna zaharli ximikatlar sepilmoqda. Biroq, qishloq xo‘jaligini ximiyalashtirish
tabiatni muhofaza qilishda o‘ziga xos jiddiy muammolarni o‘rtaga qo‘ymoqda.
Mineral o‘g‘itlarni nazoratsiz keng qo‘llash, ularning qor va yomg‘ir suvlari bilan
yuvilib ketib, ichki suv havzalarida azot va fosfor birikmalari to‘planishiga olib
kelmoqda.
Natijada, bu suv havzalarida kislorodni ko‘p iste’mol qiluvchi suv organizmlari -
plankton
ko‘payib
ketmoqda.
Plankton
parchalanib,
suv
havzalarining
evtrofikatsiyasiga, ya’ni ularning “ikkilamchi ifloslanishiga” yoki “o‘z-o‘zini
ifloslashiga” sabab bo‘lmoqda. Bu jarayonda suv “gullab” unda erigan kislorod
kamayadi, natijada, suvning o‘z-o‘zini tozalash xususiyati yo‘qolib, suv ifloslana
boshlaydi. Keyingi vaqtlar evtrofikatsiya barcha qit’alardagi ko‘pgina ko‘l va suv
omborlarini qamrab olmoqda.
Ma’lumki,
hozirgi
vaqtda
qishloq
xo‘jaligi
va
o‘rmon
xo‘jaligida
zararkunandalarga va begona o‘tlarga qarshi zaharli ximikatlardan foydalanilmoqda.
Ular kasal tarqatuvchi mikroorganizmlarni qirib, qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘rmonlar
va boshqalarning hosildorligini saqlashga hamda unumdorligini oshirishga imkon
bermoqda. Lekin zaharli ximikatlardan noto‘g‘ri va ehtiyotsizlik bilan foydalanish
tuproq, suv, havo va boshqa tabiiy komponentlarning xavfli ifloslanishiga va
ekosistemalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Zaharli ximikatlar tirik
organizmda ko‘plab to‘planishi va bir organizmdan ikkinchi organizmga o‘tishi, hatto
ular orqali landshaftning boshqa komponentlariga ta’sir etishi mumkin. Masalan,
zaharli ximikatlarning juda oz miqdorda suvda muallaq yashovchi o‘simliklar,
fitoplanktonda to‘planishi, ulardagi kislorod ishlab chiqarishini 50%ga pasaytiradi.
Zaharli
ximikatlar,
shuningdek,
poliz
ekinlariga,
mevalarga,
o‘simliklariga zarar etkazishi, ular orqali esa sutda, yog‘da to‘planishi va tirik
organizmlarning o‘sishiga, rivojlanishiga, nasl qoldirish xususiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Keyingi vaqtlarda hasharotlarga va begona o‘tlarga qarshi
biologik usul tobora keng qo‘llanilmoqda.
Katta maydonlarda obikor dehqonchilikning bunyod etilishi, suv omborlari
qurilishi, sersuv rayonlardan qurg‘oqchil rayonlarga suv keltirish – bularnnng hammasi
global va regional masshtabda tabiiy jarayonlarning o‘zgarishiga (qisman
atmosferadagi nam aylanishining, atmosfera termikasining va boshqalarning) sabab
bo‘lmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda erlarni noto‘g‘ri sug‘orish eroziya va ikkilamchi
sho‘rlanishning rivojlanishiga olib kelgan.
Botqoqliklar va zax bosgan erlarni quritish tabiiy sharoitning mahalliy
xususiyatlarini hisobga olib, tabiiy-geografik asosda o‘tkazilsagina, yaxshi natija
beradi. Aks holda, ko‘pgina salbiy oqibatlarga - tabiiy komplekslarning
mahsuldorligini pasaytirib, zararli tabiiy jarayonlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi
mumkin.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish minglab bosh mol
saqlovchi yirik chorvachilik komplekslarini qurishni taqozo etdi. Lekin, bunday
komplekslarning barpo etilishi atrof-muhit ifloslanishining oldini oluvchi murakkab
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Masalan, 108 ming bosh cho‘chqa
boqiladigan chorvachilik kompleksidan chiqqan chiqindi, aholisi 350 ming bo‘lgan
shaharning ifloslanishi bilan baravar, 30 ming qoramol saqlovchi kompleksning
ifloslanishi esa aholisi 300 mingli shaharning ifloslanishiga to‘g‘ri keladi.
Dunyoning ko‘pgina shaharlaridagi ekologik sharoit qishloqlardagiga nisbatan
yomondir. Bu, avvalo shahar havosi sifatining (havo tarkibida chang, gazlar ko‘p
bo‘lishi bilan birga kislorodning kamligi va karbonat angidridning ko‘pligi va
hokazolar) pastligida aks etadi. SHaharlarda yong‘inlar miqdori va tumanli kunlar soni
nisbatan ko‘p bo‘ladi, quyoshning to‘g‘ri radiatsiyasi va qisqa to‘lqinli nurlari spektri
kamayadi.
Ona tabiatga sanoat chiqindilari, zaharli ximikatlar, ortiqcha miqdorda mineral
o‘g‘itlar, radioaktiv moddalar, elektr stansiyalarning issiq suvlari va kishilik jamiyati
faoliyatining boshqa tashlandiqlari zarar etkazmoqda. Tarkibi (ko‘plari sintetik
materiallar) va umumiy hajmiga ko‘ra, bu chiqindilar tabiiy yo‘l bilan qayta ishlanishi
va yana moddalarning tabiiy aylanma harakatiga kirishi mumkin emas.
Ular atrof-muhit ifloslanishining asosiy manbalari bo‘lib, tabiatning o‘zini-o‘zi
tiklashiga, to‘sqinlik qiladi. Endilikda, tabiatga inson kiritayotgan o‘zgartishlar shu
qadar ko‘payib ketdiki, ular tabiatdagi mavjud nisbiy muvozanatning buzilishiga jiddiy
xavf solish orqali ishlab chiqaruvchi kuchlarning kelajakdagi rivojlanishi uchun
to‘siqqa aylanib qoldi.
Tabiatdagi bu ko‘ngilsiz o‘zgarishlardan jamiyatning ko‘radigan zarari ikki xil
– iqtisodiy va ekologik xarakterga ega. Ma’lumki, tabiatga ta’sir etish, odatda, oldindan
qo‘yilgan maqsadga intilish bilan bog‘liq. Ammo, bu maqsad bilan tabiatning
imkoniyati bir-biriga hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. SHu bilan birga,
tabiatdagi antropogen o‘zgarishlar oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan oqibatlarga ega
bo‘lgan yangi o‘zaro aloqalarga ham olib kelishi mumkin.
Binobarin, fan-texnika inqilobining tabiatga ta’siri geografik qobiqning
strukturasi, dinamikasi va muvozanati haqidagi bilimlarimiz rivojidan ham oldinga
o‘tib ketishi va jamiyat taraqqiyotiga ma’lum tarzda zarar etkazishi ham mumkin. Er
sharida biogeoximik va energetik muvozanatlar mexanizmi tubdan buzilgan
“o‘choqlar”ni hoziroq uchratish mumkin. Ana shunday vaziyatda, ya’ni atrof-muhit
sharoitining jiddiy yomonlashuvi va tabiiy resurslardan foydalanishni ma’lum darajada
cheklash zarurati tug‘ilgan bir paytda, jahon jamoatchiligining tabiatni muhofaza qilish
harakati tobora kuchaymoqda.