JAMIYAT VA TABIATNING O’ZARO TA’SIRI (Ekologik muvozanat va uning buzilishi)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

1,3 MB


 
 
 
 
 
 
JAMIYAT VA TABIATNING O’ZARO TA’SIRI. 
 
Reja:  
1. Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlari  
2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari 
3. Ekologik muvozanat va uning buzilishi 
 
 
Ushbu mavzuda muhandislik inshootlari, agrar, sanoat va ilmiy-texnik 
inqilob, ekologik muvozanat bilan tanishasiz.  
 
Inson o’z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy narsalarning 
barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o’zaro chambarchas bog’langan. Jamiyat 
bilan tabiat o’rtasidagi ta’sir turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo’lgan. Bu ta’sir 
natijasidagi o’zgarishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning 
ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligi yoki aksincha bo’lishini bilish mumkin. 
Inson faoliyati maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish 
shu joy, hudud, o’lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks holdagi ta’sir esa noqulay 
sharoitining kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Shu kabi masalalar bilan mavzuni 
o’rganish davomida tanishib olasiz.  
 
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo’lgan munosabati doimo 
o’zgarib, murakkablashib brogan.  
 
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirni besh bosqichga bo’lish 
mumkin: 
1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi. Bundan 30 000 yil avval 
boshlangan.Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va baliqchlik bilan 
shug’ullangan. Shuning uchun mazkur bosqichni termachilik, ovchilik ba 
baliqchilik deb ataladi. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologic resurslarga boy 
(yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko’proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni 
o’zgartirmagan, balki unga moslashgan.  
JAMIYAT VA TABIATNING O’ZARO TA’SIRI. Reja: 1. Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlari 2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari 3. Ekologik muvozanat va uning buzilishi Ushbu mavzuda muhandislik inshootlari, agrar, sanoat va ilmiy-texnik inqilob, ekologik muvozanat bilan tanishasiz. Inson o’z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o’zaro chambarchas bog’langan. Jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi ta’sir turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo’lgan. Bu ta’sir natijasidagi o’zgarishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligi yoki aksincha bo’lishini bilish mumkin. Inson faoliyati maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o’lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks holdagi ta’sir esa noqulay sharoitining kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Shu kabi masalalar bilan mavzuni o’rganish davomida tanishib olasiz. Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo’lgan munosabati doimo o’zgarib, murakkablashib brogan. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirni besh bosqichga bo’lish mumkin: 1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi. Bundan 30 000 yil avval boshlangan.Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va baliqchlik bilan shug’ullangan. Shuning uchun mazkur bosqichni termachilik, ovchilik ba baliqchilik deb ataladi. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologic resurslarga boy (yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko’proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni o’zgartirmagan, balki unga moslashgan.  
 
    
    
 
    1 kishi               100-200 kishi         2-5 ming kishi 
 
     
     
 
 
8-rasm. Iste’molchilar sonining tarixiy davrlat do’yicha o’zgarishi 
 
2. Qishloq xo’jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6 – 8 ming yil ilgari sodir bo’lgan 
ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o’tgan. Tabiiy 
landshaftlarning kuchsiz o’zgarishi ro’y bera boshlagan.  
3. O’rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo’lgan ta’siri kuchaya 
brogan, hunarmandchilik rivojlangan, xo’jalikda tabiiy boyliklar keng qo’llanila 
boshlagan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan 
qo’l kuchiga asoslanganligi uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan. 
4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro’y berdi. Jamiyatning 
tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zgara boshladi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o’zlashtirila boshlandi. 
Ispaniya, 
Portugaliya, 
Angliya, 
Fransiya 
davlatlari 
tomonidan 
ulkan 
mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat rivojlangani sayin 
jamiyatning tabiatga ta’siri ham orta boshladi.  
5. Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlandi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan 
tabiiy resurslar juda katta miqyosda o’zlashtirilaboshlandi. Katta-katta hududlar 
qishloq xo’jaligi maqsadida o’zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho’llar, 
1 kishi 100-200 kishi 2-5 ming kishi 8-rasm. Iste’molchilar sonining tarixiy davrlat do’yicha o’zgarishi 2. Qishloq xo’jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6 – 8 ming yil ilgari sodir bo’lgan ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o’tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz o’zgarishi ro’y bera boshlagan. 3. O’rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo’lgan ta’siri kuchaya brogan, hunarmandchilik rivojlangan, xo’jalikda tabiiy boyliklar keng qo’llanila boshlagan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan qo’l kuchiga asoslanganligi uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan. 4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro’y berdi. Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zgara boshladi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o’zlashtirila boshlandi. Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya davlatlari tomonidan ulkan mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham orta boshladi. 5. Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyosda o’zlashtirilaboshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo’jaligi maqsadida o’zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho’llar,  
 
shimoliy hududlar, tog’lar hamda Dunyo okeani o’zlashtirildi va ekologik 
muvozanat buzila boshladi. Natijada umumsayyoraviy ekologik muammolar 
vujudga keldi.  
 
2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari 
 
 
Tabiat va jamiyatning o’rtasidagi o’zaro ta’sir asosan, muhandislik inshootlari 
va ularning ish faoliyati orqali ro’y beradi.  
 
Har qanday jamiyatda ham xo’jalikni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining 
talablarini qondirish maqsadida uy-joy, yo’l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar 
qurildi.  
 
Ma’lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshootlari deb 
ataladi. Muhandislik inshootlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:  
 
Shaharsozlik inshootlari. Mazkur inshootlarga ma’muriy binolar, uy-joy 
binolari, communal xo’jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog’liqni saqlash, 
maorif va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko’p qavatli, 
qishloqlarda asosan bir qavatli binolardaniborat.  
 
Sanoat inshootlari. Bularga tog’-kon sanoati inshootlari, metallurgiya sanoati 
inshootlari, yoqilg’i-energetika sanoati inshootlari, mashinasozlik sanoati 
inshootlari, yengil sanoat inshootlari, qurilish sanoati inshootlari, oziq-ovqat 
sanoati inshootlari kiradi.  
 
 
shimoliy hududlar, tog’lar hamda Dunyo okeani o’zlashtirildi va ekologik muvozanat buzila boshladi. Natijada umumsayyoraviy ekologik muammolar vujudga keldi. 2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari Tabiat va jamiyatning o’rtasidagi o’zaro ta’sir asosan, muhandislik inshootlari va ularning ish faoliyati orqali ro’y beradi. Har qanday jamiyatda ham xo’jalikni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining talablarini qondirish maqsadida uy-joy, yo’l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar qurildi. Ma’lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshootlari deb ataladi. Muhandislik inshootlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: Shaharsozlik inshootlari. Mazkur inshootlarga ma’muriy binolar, uy-joy binolari, communal xo’jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog’liqni saqlash, maorif va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko’p qavatli, qishloqlarda asosan bir qavatli binolardaniborat. Sanoat inshootlari. Bularga tog’-kon sanoati inshootlari, metallurgiya sanoati inshootlari, yoqilg’i-energetika sanoati inshootlari, mashinasozlik sanoati inshootlari, yengil sanoat inshootlari, qurilish sanoati inshootlari, oziq-ovqat sanoati inshootlari kiradi.  
 
9-rasm. Toshkent shahri 
 
Tog’-kon sanoati inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma’muriy 
binolar, boyitish fabrikalari, tog’-metallurgiya kombinatlari kiradi. Metallurgiya 
sanoati inshoot lariga asosan qora va rangli metallurgiya zavodlari binolari 
kiradi.                                                          Kimyo sanoati inshootlari mineral 
o’g’it, kislota, sun’iy tola ishlab chiqaradigan zavodlar binolaridan iborat. 
Yoqilg’i-energetika sanoati inshootlariga neft va gazni qayta  
10-rasm. Asaka avtomodil zavodi      ishlash zavodlari, issiqlik elektrostan 
                             siyalari va markazlari binolari kiradi.  
Mashinasozlik 
sanoati 
inshootlari 
asosan 
podshipnik, 
stanoksozlik, 
avtomobilsozlik, samolyotsozlik, teplovosozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan 
iborat.  
Yengil sanoat inshootlariasosan to’qimachilik, tikuvchilik, potabzal, qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat.  
Transport inshootlari yo’llardan, 
ko’priklardan, 
tunnellardan,vokzallar, 
aerodrome va portlardan iborat.  
Suv 
(gidrotexnik) 
inshootlari 
to’g’onlar, suv omborlari, kanallar, 
kollektorlardan iborat.  
 
9-rasm. Toshkent shahri Tog’-kon sanoati inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma’muriy binolar, boyitish fabrikalari, tog’-metallurgiya kombinatlari kiradi. Metallurgiya sanoati inshoot lariga asosan qora va rangli metallurgiya zavodlari binolari kiradi. Kimyo sanoati inshootlari mineral o’g’it, kislota, sun’iy tola ishlab chiqaradigan zavodlar binolaridan iborat. Yoqilg’i-energetika sanoati inshootlariga neft va gazni qayta 10-rasm. Asaka avtomodil zavodi ishlash zavodlari, issiqlik elektrostan siyalari va markazlari binolari kiradi. Mashinasozlik sanoati inshootlari asosan podshipnik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, teplovosozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan iborat. Yengil sanoat inshootlariasosan to’qimachilik, tikuvchilik, potabzal, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat. Transport inshootlari yo’llardan, ko’priklardan, tunnellardan,vokzallar, aerodrome va portlardan iborat. Suv (gidrotexnik) inshootlari to’g’onlar, suv omborlari, kanallar, kollektorlardan iborat.  
 
 
 
11-rasm. Suv inshooti 
 
Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof-muhitda salbiy yoki 
ijobiy o’zgarishlar vujudga keladi.  
Dunyodagi eng baland bino Chikagodagi “Siers Tauer” osmono’par binosi bo’lib, 
uning balandligi 443 m. Hozirgi paytda 300, 400 va 500 ming kishiga mo’ljallangan, 
balabdligi 3000 m dan ortiq 850 qavatli osmono’par binolar loyihalari tuzilgan.  
Dunyodagi barcha shaharlar har yili atrof-muhitga 3 mlrd tonnagacha sanoat va 
uy-ro’zg’or chiqindilari, 500 km3 dan ortiq ifloslangan suv va 1 mlrd tonnaga yaqin 
aerozollar chiqarib tashlaydi. Jahondagi 578 ga yaqin faol vulkan otilishidan esa yer 
yuzasiga 2,5 mlrd tonna lava, kul, suv bug’I va gazlar chiqadi. 
 
3. Ekologik muvozanat va uning buzilishi 
 
Tabiat resurslari chegaralangan bo’lib, unga zarar yetkazmaslik va ulardan 
me’yorida, ehtiyojga yarasha foydalanish lozim. Agar tabiat resurslaridan 
me’yoridan  ortiqcha foydalanilsa, tabiiy resurslarning qayta tiklanish qobiliyati 
susayib ketadi va ekologik muvozanat buziladi.  
 
Tabiatda barcha tabiiy komponent va komplekslar bir-biri bilan o’zaro 
muvozanatda bo’ladi. Har bir hududda relyef, yer osti va yer usti suvlari, iqlim, 
o’simlik va hayvonot dunyosi o’zaro aloqada, bog’liqlikda mavjud bo’ladi va 
rivojlanadi.  
11-rasm. Suv inshooti Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof-muhitda salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar vujudga keladi. Dunyodagi eng baland bino Chikagodagi “Siers Tauer” osmono’par binosi bo’lib, uning balandligi 443 m. Hozirgi paytda 300, 400 va 500 ming kishiga mo’ljallangan, balabdligi 3000 m dan ortiq 850 qavatli osmono’par binolar loyihalari tuzilgan. Dunyodagi barcha shaharlar har yili atrof-muhitga 3 mlrd tonnagacha sanoat va uy-ro’zg’or chiqindilari, 500 km3 dan ortiq ifloslangan suv va 1 mlrd tonnaga yaqin aerozollar chiqarib tashlaydi. Jahondagi 578 ga yaqin faol vulkan otilishidan esa yer yuzasiga 2,5 mlrd tonna lava, kul, suv bug’I va gazlar chiqadi. 3. Ekologik muvozanat va uning buzilishi Tabiat resurslari chegaralangan bo’lib, unga zarar yetkazmaslik va ulardan me’yorida, ehtiyojga yarasha foydalanish lozim. Agar tabiat resurslaridan me’yoridan ortiqcha foydalanilsa, tabiiy resurslarning qayta tiklanish qobiliyati susayib ketadi va ekologik muvozanat buziladi. Tabiatda barcha tabiiy komponent va komplekslar bir-biri bilan o’zaro muvozanatda bo’ladi. Har bir hududda relyef, yer osti va yer usti suvlari, iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosi o’zaro aloqada, bog’liqlikda mavjud bo’ladi va rivojlanadi.  
 
 
Chunki tabiat mintaqalarining u yoki bu joylarida har bir relyef turi va shakliga 
ma’lum iqlim turi va sharoiti, yer osti va usti suvlari me’yori, tuproq, o’simlik va 
hayvonot dunyosining aniq turlari mos keladi. Demak, tabiatda barcha komponentlar 
har bir hududda bir-biri bilan o’ziga xos moslashuv hamda aloqadorlik vujudga 
keltirgan va shu zaylda bir necha yuz ming yillardan beri taraqqiy etib kelmoqda. 
Binobarin, tabiat komponentlari orasida tabiiy muvozanat mavjud bo’lganligi 
sababli, har bir joy yoki hudud ma’lum bir yo’nalishda rivojlanish bosqichlarini 
bosib o’tadi.  
 
Har bir tabiat kompleksi ma’lum miqdordagi tabiiy boylikka ega. Agar 
mazkur boylikdan rejali foydalanish yo’lga qo’yilmasa, ekologik muvozanat buzila 
boshlaydi. Buning oqibatida tabiat qashshoqlashadi, tuproqlar sho’rlanadi, yerning 
hosildorligi pasayadi, suvlar ifloslanadi va ichishga yaramay qoladi, tiklanadigan 
tabiiy resurs qayta tiklanmaydi.  
 
Tog’ yonbag’irlarida sug’oriladigan va lalmi dehqonchilik, bog’dorchilik 
hamda yaylov chorvachiligi bilan odamlar qadimdan shug’ullanib kelishadi. 
Mahalliy aholi har bir soy vodiysi yoki yonbag’irlarning dehqonchilik, chorva 
mollarini boqish, pichan tayyorlash uchun qanchalik tabiiy boyliklarga ega ekanligi 
juda yaxshi biladi. Tog’larda o’tin tayyorlash maqsadida mavjud daraxtlar qirqiladi, 
oqibatda ular ostidagi o’tlar va butalar ham zarar ko’radi. Tuproqning yuzasi ochilib, 
u yog’in-sochin ta’sirida erozuyaga uchraydi.  
 
Avval, yuzalama eroziya, so’ngra chuqurlatish eroziyasi yuz berib, vaqt o’tishi 
bilan tuproqning ustki qismi butunlay yuvilib ketadi. Natijada xo’jalikda 
foydalaniladigan yer va yaylovlar maydoni qisqaradi.  
 
Shu sababli, har bir joining tabiiy resurslari (tuproq, o’simlik, hayvonot 
dunyosi, suvlari, foydali qazilmalari)dan maqsadga muvofiq foydalanilsa, ekologik 
muvozanat buzilmaydi.  
 
 
 Eroziyaga uchragan va sho’rlangan yerlarning O’zbekiston hududi 
bo’yicha taqsimlanishi  (sug’orilgan maydonlarga nisbatan % hisobida) 
                                                        2-jadval 
Chunki tabiat mintaqalarining u yoki bu joylarida har bir relyef turi va shakliga ma’lum iqlim turi va sharoiti, yer osti va usti suvlari me’yori, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosining aniq turlari mos keladi. Demak, tabiatda barcha komponentlar har bir hududda bir-biri bilan o’ziga xos moslashuv hamda aloqadorlik vujudga keltirgan va shu zaylda bir necha yuz ming yillardan beri taraqqiy etib kelmoqda. Binobarin, tabiat komponentlari orasida tabiiy muvozanat mavjud bo’lganligi sababli, har bir joy yoki hudud ma’lum bir yo’nalishda rivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi. Har bir tabiat kompleksi ma’lum miqdordagi tabiiy boylikka ega. Agar mazkur boylikdan rejali foydalanish yo’lga qo’yilmasa, ekologik muvozanat buzila boshlaydi. Buning oqibatida tabiat qashshoqlashadi, tuproqlar sho’rlanadi, yerning hosildorligi pasayadi, suvlar ifloslanadi va ichishga yaramay qoladi, tiklanadigan tabiiy resurs qayta tiklanmaydi. Tog’ yonbag’irlarida sug’oriladigan va lalmi dehqonchilik, bog’dorchilik hamda yaylov chorvachiligi bilan odamlar qadimdan shug’ullanib kelishadi. Mahalliy aholi har bir soy vodiysi yoki yonbag’irlarning dehqonchilik, chorva mollarini boqish, pichan tayyorlash uchun qanchalik tabiiy boyliklarga ega ekanligi juda yaxshi biladi. Tog’larda o’tin tayyorlash maqsadida mavjud daraxtlar qirqiladi, oqibatda ular ostidagi o’tlar va butalar ham zarar ko’radi. Tuproqning yuzasi ochilib, u yog’in-sochin ta’sirida erozuyaga uchraydi. Avval, yuzalama eroziya, so’ngra chuqurlatish eroziyasi yuz berib, vaqt o’tishi bilan tuproqning ustki qismi butunlay yuvilib ketadi. Natijada xo’jalikda foydalaniladigan yer va yaylovlar maydoni qisqaradi. Shu sababli, har bir joining tabiiy resurslari (tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi, suvlari, foydali qazilmalari)dan maqsadga muvofiq foydalanilsa, ekologik muvozanat buzilmaydi. Eroziyaga uchragan va sho’rlangan yerlarning O’zbekiston hududi bo’yicha taqsimlanishi (sug’orilgan maydonlarga nisbatan % hisobida) 2-jadval  
 
Viloyatlar 
Tuproqlar eroziyasi 
(%)  
Tuproqlar sho’rlanishi (%) 
Suv 
jami    
sho’rlangan       
o’rta va kuchli 
sho’rlangan 
 
Qoraqalpog’iston 
21,4 
90,0 
38,9 
Andijon 
7,6 
9,2 
4,6 
Buxoro 
2,2 
95,7 
37,6 
Jizzax 
 
17,0 
97,9 
39,3 
Qashqadaryo
 
 
14,6 
47,9 
13,2 
Navoiy 
0,9 
86,9 
33,5 
Namangan 
22,1 
23,6 
4,1 
Samarqand 
28,6 
3,6 
1,4 
Surxondaryo 
57,2 
42,9 
16,5 
Sirdaryo 
14,6 
83,1 
30,9 
Toshkent 
24,9 
2,4 
0,4 
Farg’ona 
5,7 
52,3 
27,0 
Xorazm 
0,0 
100 
53,1 
O’zbekiston 
18,8 
52,2 
18,4 
 
Bilimingizni sinab ko’ring: 
 
1. Qaysi bosqichda inson tabiatni o’zgartirmasdan, unga moslashgan? 
2. Sanoat inqilobi qachon sodir bo’ldi? 
3. Qaysi bosqichda dehqonchilik va chorvachilk yanada rivojlangan? 
4. Qaysi davlatlar tomonidan yirik va ulkan imperiyalar vujudga keltirildi? 
5. Qaysi bosqichda ekologik muvozanat buzila boshladi? 
6. Gidrotexnik inshootlar qanday qurilmalardan iborat? 
7. Tabiat resurslaridan foydalanish me’yori deganda nimani tushunasiz? 
8. Ekologik muvozanat qanday hollarda buziladi? 
Viloyatlar Tuproqlar eroziyasi (%) Tuproqlar sho’rlanishi (%) Suv jami sho’rlangan o’rta va kuchli sho’rlangan Qoraqalpog’iston 21,4 90,0 38,9 Andijon 7,6 9,2 4,6 Buxoro 2,2 95,7 37,6 Jizzax 17,0 97,9 39,3 Qashqadaryo 14,6 47,9 13,2 Navoiy 0,9 86,9 33,5 Namangan 22,1 23,6 4,1 Samarqand 28,6 3,6 1,4 Surxondaryo 57,2 42,9 16,5 Sirdaryo 14,6 83,1 30,9 Toshkent 24,9 2,4 0,4 Farg’ona 5,7 52,3 27,0 Xorazm 0,0 100 53,1 O’zbekiston 18,8 52,2 18,4 Bilimingizni sinab ko’ring: 1. Qaysi bosqichda inson tabiatni o’zgartirmasdan, unga moslashgan? 2. Sanoat inqilobi qachon sodir bo’ldi? 3. Qaysi bosqichda dehqonchilik va chorvachilk yanada rivojlangan? 4. Qaysi davlatlar tomonidan yirik va ulkan imperiyalar vujudga keltirildi? 5. Qaysi bosqichda ekologik muvozanat buzila boshladi? 6. Gidrotexnik inshootlar qanday qurilmalardan iborat? 7. Tabiat resurslaridan foydalanish me’yori deganda nimani tushunasiz? 8. Ekologik muvozanat qanday hollarda buziladi?  
 
9. Tog’larda daraxtlarning kesilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? 
 
9. Tog’larda daraxtlarning kesilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?