JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA

Yuklangan vaqt

2025-01-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

29,5 KB


 
 
 
 
 
 
JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA 
 
 
 
Reja: 
1. Jamoa haqida tushuncha.  
2. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari. 
3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 
4. Jamoa an’analari. 
 
 
 
Tayanch tushunchalar: jamoa, o‘quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish 
bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. 
 
 
1.Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining 
tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha 
a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida 
tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil 
ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan 
maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab 
chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). 
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. 
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. 
 
 
JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA Reja: 1. Jamoa haqida tushuncha. 2. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari. 3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 4. Jamoa an’analari. Tayanch tushunchalar: jamoa, o‘quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. 1.Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.  
 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol 
o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq 
bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga 
keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har 
qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga 
egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday 
guruhdan ajratib turadi. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. 
Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsiyasi va qonunlariga, jamiyat 
mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur. 
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish 
uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi 
faoliyatda faol ishtirok etishi 
zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat 
natijalari uchun yuqori shaxsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi. 
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Jamoa a’zolar orasida 
faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-qayg‘ularining aloqador 
birligi aks etuvchi maxsus munosabatlar yuzaga keladi. 
 
5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsiyasi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur. Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaxsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi. Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-qayg‘ularining aloqador birligi aks etuvchi maxsus munosabatlar yuzaga keladi. 5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi  
 
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. 
Jamoada demokratik 
munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li a’zolarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. 
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga xosliklari bilan 
ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga xoslik, psixologik iqlim, 
jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. 
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan sinflar negizida 
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga 
oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida 
shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari 
negizida maktab jamoasi shakllanadi. 
Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib, shunday xulosa 
chiqarish mumkin. O‘quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona 
maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab 
qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib 
turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy 
aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir. 
2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan 
qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. 
O ’quvchilar jamoasini shakllantirish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. 
       Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat 
o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich 
nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil 
etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘ quvchilar o‘ 
qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa 
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) 
maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. 
O‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan 
tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni 
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, 
ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishi, shuningdek, o‘quvchilarda jamoa 
faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa 
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga xosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga xoslik, psixologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib, shunday xulosa chiqarish mumkin. O‘quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. O ’quvchilar jamoasini shakllantirish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘ quvchilar o‘ qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishi, shuningdek, o‘quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa  
 
faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so‘z yuritilayotgan 
bosqichda o‘qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda 
uyushtirishdan iborat bo‘ladi. 
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu 
davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday 
a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi 
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar 
o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. 
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining 
o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni 
jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada 
paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. 
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. 
Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, 
jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. 
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi 
mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim 
ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o‘tkazishga 
tayyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa 
faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. 
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki 
faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning 
rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa 
a’zolari bilan qarama- qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda 
jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur 
sanaladi. 
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich 
anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib 
qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi. 
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari 
qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan 
ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib 
faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so‘z yuritilayotgan bosqichda o‘qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama- qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur sanaladi. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib  
 
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu 
maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari 
xatti- harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va 
ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari 
yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va 
hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa a’zolarining 
birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa 
qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir 
ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. 
Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari 
jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan 
tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan 
muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos 
yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish 
o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. 
To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar 
qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa 
a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni 
o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan 
shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda 
amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur 
bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun 
mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. 
3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart- sharoitlarni 
hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy 
an’analarni qaror toptirish. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-
sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, 
jamoaviy an’analarni qaror toptirish. 
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan 
yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars 
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti- harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. 3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart- sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart- sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars  
 
jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari 
hamda oiladagi xulq- atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi. 
O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija 
beradi: 
• qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan 
uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak; 
• talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda 
qo‘yilishi lozim; 
• jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim; 
• o‘ quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga 
nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga 
xizmat qilishi shart. 
Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning amal qilishi ustidan 
nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga 
oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun 
stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo‘yilayotgan talablarning 
bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib 
borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan 
o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash bilan 
chambarchas bog‘liq. Har bir o‘qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi 
harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. 
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji 
mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun 
o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini 
kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini 
aniqlash zarur. 
Jamoa faolini shakllantirishda o‘quvchilarning jamoadagi obro‘sini ham inobatga 
olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, o‘qituvchi ishtirokida 
va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi jamoa faoli bilan 
maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. 
jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq- atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi: • qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak; • talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim; • jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim; • o‘ quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart. Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo‘yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo‘lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. Har bir o‘qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur. Jamoa faolini shakllantirishda o‘quvchilarning jamoadagi obro‘sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, o‘qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.  
 
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning 
ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish 
maqsadga muvofiq. O‘qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo‘yadi. O‘quvchilar 
jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining 
boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. 
Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib 
borishi lozim. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa 
an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan 
odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning 
ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. 
          4.Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: kundalik faoliyat 
an’analari; bayram an’analari. 
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam 
turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va 
boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan 
bog‘liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z 
bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida 
tashkil etilgan faoliyat kiradi. 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. 
«Jamoa» va «o‘quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering. 
2. O‘quvchilar jamoasining o‘ziga xosliklarini sanab bering. 
3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang. 
4. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’ lumotlarni topib 
o‘qing. 
5. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing. 
 
  
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo‘yadi. O‘quvchilar jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. 4.Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari. Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi. NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. «Jamoa» va «o‘quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering. 2. O‘quvchilar jamoasining o‘ziga xosliklarini sanab bering. 3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang. 4. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’ lumotlarni topib o‘qing. 5. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing.