JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

84,5 KB


 
1 
 
 
 
 
 
JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI 
 
reja: 
1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlikka tortishning asosi. 
3. Jinoyat tarkibining tuzilishi. 
 
1. JINOIY JAVOBGARLIK TUShUNChASI VA UNING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYaTLARI. 
 
Jinoyat uchun javobgarlik bu - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan 
shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish orqali jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir 
chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir 
(JK 16 - moddasi). 
Sud tomonidan hukm qilish orqali tayinlanadigan: 
- jazo chorasiga - JK 43 - moddasida nazarda tutilgan jazo turlaridan birini 
tayinlashini nazarda tutsa; 
boshqa huquqiy ta’sir chorasiga esa - tibbiy yo‘sindagi va voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tarbiya yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llanilishini 
nazarda tutadi. 
Jazo - sud tomonidan qo‘llaniladigan va shaxsning huquq va erkinliklarini 
ma’lum muddatga cheklash yoki ulardan mahrum qilish bilan birga uni qayta 
tarbiyalash maqsadini ko‘zlovchi davlatning majburlov chorasi tushuniladi. 
Jinoiy javobgarlik asosi deganda – shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb 
topish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar majmui tushuniladi. 
Jinoiy javobgarlik asosini - sodir qilingan qilmishda JKda nazarda tutilgan
1 JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI reja: 1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlikka tortishning asosi. 3. Jinoyat tarkibining tuzilishi. 1. JINOIY JAVOBGARLIK TUShUNChASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI. Jinoyat uchun javobgarlik bu - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish orqali jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir (JK 16 - moddasi). Sud tomonidan hukm qilish orqali tayinlanadigan: - jazo chorasiga - JK 43 - moddasida nazarda tutilgan jazo turlaridan birini tayinlashini nazarda tutsa; boshqa huquqiy ta’sir chorasiga esa - tibbiy yo‘sindagi va voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiya yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llanilishini nazarda tutadi. Jazo - sud tomonidan qo‘llaniladigan va shaxsning huquq va erkinliklarini ma’lum muddatga cheklash yoki ulardan mahrum qilish bilan birga uni qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlovchi davlatning majburlov chorasi tushuniladi. Jinoiy javobgarlik asosi deganda – shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar majmui tushuniladi. Jinoiy javobgarlik asosini - sodir qilingan qilmishda JKda nazarda tutilgan
 
2 
 
jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi jinoiy javobgarlik asosini tashkil 
qiladi. 
 
 
 
 
2. JINOYaT TARKIBI 
Jinoyat tarkibi deb - jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli 
qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv 
belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi. 
Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi 
bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy 
belgi bo‘lib hisoblanadi. 
Jinoyat tarkibining "tarkib" deb nomlanishining asosiy sababi shundaki, unda 
jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni degan 
tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashganligini anglatadi.  
Jinoyat tarkibining jinoiy-huquqiy ahamiyati bir qator omillarda 
ifodalanadi: 
- jinoyat tarkibi - sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosi bo‘lishi;  
- sodir bo‘lgan hodisa (holat) belgilarini JK Maxsus qismi tegishli 
moddalarida belgilangan jinoyat tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya 
qilishi; 
- jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish 
uchun asos bo‘lishi va bu esa o‘z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va 
qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini 
to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga ega bo‘lishi; 
- bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini, ikkinchi tomondan sodir 
bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir - biriga mosligini qayd etish jinoyat sodir 
qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan biridir, ya’ni uning o‘zi sodir qilgan
2 jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi jinoiy javobgarlik asosini tashkil qiladi. 2. JINOYaT TARKIBI Jinoyat tarkibi deb - jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi. Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat tarkibining "tarkib" deb nomlanishining asosiy sababi shundaki, unda jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashganligini anglatadi. Jinoyat tarkibining jinoiy-huquqiy ahamiyati bir qator omillarda ifodalanadi: - jinoyat tarkibi - sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosi bo‘lishi; - sodir bo‘lgan hodisa (holat) belgilarini JK Maxsus qismi tegishli moddalarida belgilangan jinoyat tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qilishi; - jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lishi va bu esa o‘z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga ega bo‘lishi; - bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini, ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir - biriga mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan biridir, ya’ni uning o‘zi sodir qilgan
 
3 
 
qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni talab qilish huquqini ifodalab 
berishi; 
- jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-tergov amaliyotida 
jinoiy - huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik prinsipining muhim kafolati 
bo‘lishligida ifodalanadi. 
 
3. JINOYaT TARKIBINING  TUZILIShI 
Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv 
tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi. 
Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar: 
- jinoyat ob’ekti; 
- jinoyatning ob’ektiv tomoni; 
- jinoyat sub’ekti; 
- jinoyatning sub’ektiv tomoni. 
Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari deganda – o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, 
jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so‘zsiz ishtirok etadigan belgilarga 
aytiladi.  
Ushbu zaruriy belgilarni: 
- ijtimoiy munosabat (huquq va erkinliklar); 
- ijtimoiy xavfli qilmish; 
- yosh, 
jinoiy 
javobgarlik 
keltirib 
chiqaruvchi 
yosh 
chegarasi  
(JK 17 - moddasi); 
- aqli rasolik; 
- ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida) tashkil etadi. 
Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari deganda - o‘zining ahamiyatiga 
ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etishi 
zarur hisoblanmaydigan belgilarga aytiladi.  
Ushbu fakultativ belgilarga: 
- jinoyat predmeti; 
- ijtimoiy xavfli oqibat;
3 qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni talab qilish huquqini ifodalab berishi; - jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-tergov amaliyotida jinoiy - huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik prinsipining muhim kafolati bo‘lishligida ifodalanadi. 3. JINOYaT TARKIBINING TUZILIShI Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi. Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar: - jinoyat ob’ekti; - jinoyatning ob’ektiv tomoni; - jinoyat sub’ekti; - jinoyatning sub’ektiv tomoni. Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari deganda – o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so‘zsiz ishtirok etadigan belgilarga aytiladi. Ushbu zaruriy belgilarni: - ijtimoiy munosabat (huquq va erkinliklar); - ijtimoiy xavfli qilmish; - yosh, jinoiy javobgarlik keltirib chiqaruvchi yosh chegarasi (JK 17 - moddasi); - aqli rasolik; - ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida) tashkil etadi. Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari deganda - o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etishi zarur hisoblanmaydigan belgilarga aytiladi. Ushbu fakultativ belgilarga: - jinoyat predmeti; - ijtimoiy xavfli oqibat;
 
4 
 
- ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanish; 
- jinoyat sodir qilish vaqti, sharoiti, joyi, usuli, jinoyat sodir etish vositasi yoki 
quroli, motiv va maqsad, shuningdek maxsus sub’ekt belgilari kiradi. 
Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi: 
- ular jinoyat qonunida ko‘rsatilgan ayrim hollarda jinoyat tarkibining zaruriy 
belgisi bo‘lib kelishi; 
- qonunda ko‘rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining og‘irlashtiruvchi, o‘ta 
og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi; 
- ushbu belgilar jinoyat tarkibiga kiritilmagan, kiritilgan bo‘lsada, jinoyatni 
kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydigan holatlarda, jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi 
yoki yengillashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkinligi. 
 
 
 
 
 
 
Jinoyat huquqida jinoyat tarkibi quyidagi turlarga bo‘linadi: 
№ 
Jinoyat tarkibining turlari 
1. 
Ijtimoiy xavflilik 
darajasiga qarab: 
- Asosiy (oddiy tarkibli); 
- Og‘irlashtiruvchi tarkibli; 
- Yengillashtiruvchi tarkibli. 
2. 
Jinoyat tarkibi ob’ektiv 
tomonining xususiyatiga qarab: 
- Moddiy tarkibli; 
- Formal tarkibli; 
- Kesik tarkibli. 
3. 
Jinoyat tarkibi 
belgilarining ifodalanish usuliga 
ko‘ra: 
- Oddiy tarkibli; 
- Murakkab tarkibli.
4 - ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; - jinoyat sodir qilish vaqti, sharoiti, joyi, usuli, jinoyat sodir etish vositasi yoki quroli, motiv va maqsad, shuningdek maxsus sub’ekt belgilari kiradi. Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi: - ular jinoyat qonunida ko‘rsatilgan ayrim hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi; - qonunda ko‘rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining og‘irlashtiruvchi, o‘ta og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi; - ushbu belgilar jinoyat tarkibiga kiritilmagan, kiritilgan bo‘lsada, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydigan holatlarda, jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkinligi. Jinoyat huquqida jinoyat tarkibi quyidagi turlarga bo‘linadi: № Jinoyat tarkibining turlari 1. Ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab: - Asosiy (oddiy tarkibli); - Og‘irlashtiruvchi tarkibli; - Yengillashtiruvchi tarkibli. 2. Jinoyat tarkibi ob’ektiv tomonining xususiyatiga qarab: - Moddiy tarkibli; - Formal tarkibli; - Kesik tarkibli. 3. Jinoyat tarkibi belgilarining ifodalanish usuliga ko‘ra: - Oddiy tarkibli; - Murakkab tarkibli.
 
5 
 
Asosiy (oddiy) tarkibli jinoyatlar deb - jinoyat uchun javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutmaydigan jinoyat 
tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-moddasi 1-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”).  
Og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar esa - o‘zida jinoyat uchun javobgarlikni 
og‘irlashtiruvchi holatlarni aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-
moddasi 2-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). 
Yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlar - sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy 
xavfliligini kamaytiradigan yoki javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni o‘zida 
aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi. (mas: JK 100-moddasi “Zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish”).  
Moddiy tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini talab 
qiladigan va shu oqibat kelib chiqishi bilan jinoyat tugallangan jinoyat deb 
topiladigan jinoyat turlariga aytiladi (JK 97-moddasi “Qasddan odam o‘ldirish”). 
Formal tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: JK 
140-moddasi “Tuhmat”). Ya’ni, JK Maxsus qismi normasi dispozitsiyasida jinoyat 
tarkibi ob’ektiv tomoni faqat ijtimoiy xavfli qilmishda ifodalanadi.   
Kesik tarkibli jinoyat deb - jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini jinoyat qonuni 
oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga) 
ko‘chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi “Tovlamachilik”).  
Kesik tarkibli jinoyatlarda jinoyat ob’ektiv tomoni belgilari (JK Maxsus 
qismi moddasining dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar) bo‘lib-bo‘lib 
bajariladi va ushbu harakatlardan biri bajarilishi bilan jinoyat tugallangan deb 
topiladi. 
- JK Maxsus qism moddalarida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi shart yoki 
shart emasligi modda dispozitsiyasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tiladi; 
-  Ushbu belgiga qarab, jinoyatlarni moddiy, yoki formal tarkibli jinoyat 
ekanligi aniqlanadi; 
-  Agarda, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab qilinadigan jinoyatlarda 
shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra, ushbu oqibatning kelib
5 Asosiy (oddiy) tarkibli jinoyatlar deb - jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutmaydigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-moddasi 1-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). Og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar esa - o‘zida jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarni aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97- moddasi 2-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). Yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlar - sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini kamaytiradigan yoki javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni o‘zida aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi. (mas: JK 100-moddasi “Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish”). Moddiy tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini talab qiladigan va shu oqibat kelib chiqishi bilan jinoyat tugallangan jinoyat deb topiladigan jinoyat turlariga aytiladi (JK 97-moddasi “Qasddan odam o‘ldirish”). Formal tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: JK 140-moddasi “Tuhmat”). Ya’ni, JK Maxsus qismi normasi dispozitsiyasida jinoyat tarkibi ob’ektiv tomoni faqat ijtimoiy xavfli qilmishda ifodalanadi. Kesik tarkibli jinoyat deb - jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini jinoyat qonuni oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga) ko‘chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi “Tovlamachilik”). Kesik tarkibli jinoyatlarda jinoyat ob’ektiv tomoni belgilari (JK Maxsus qismi moddasining dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar) bo‘lib-bo‘lib bajariladi va ushbu harakatlardan biri bajarilishi bilan jinoyat tugallangan deb topiladi. - JK Maxsus qism moddalarida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi shart yoki shart emasligi modda dispozitsiyasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tiladi; - Ushbu belgiga qarab, jinoyatlarni moddiy, yoki formal tarkibli jinoyat ekanligi aniqlanadi; - Agarda, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab qilinadigan jinoyatlarda shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra, ushbu oqibatning kelib
 
6 
 
chiqmasligi, ushbu jinoyatlarni formal tarkibga aylanishini anglatmaydi, balki 
ushbu jinoyat tamom bo‘lmagan jinoyat (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki 
jinoyatga suiqasd qilish) sifatida kvalifikatsiya qilinadi.  
Ushbu bo‘linishning ahamiyati shundaki - bu jinoyatlarning tugallanish 
vaqtini ko‘rsatadi. 
Oddiy tarkibli jinoyatlar deb - jinoyat tarkibining elementlari (ob’ekt, 
ob’ektiv tomon, sub’ekt va sub’ektiv tomoni) bittadan ortiq bo‘lmagan jinoyatlarga 
aytiladi.  
Murakkab tarkibli jinoyatlar deb esa - jinoyat tarkibining belgilari yoki biror 
bir belgisi ikki yoki undan ortiq bo‘lgan jinoyat turlariga aytiladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jinoyat tarkibi 
№ 
Jinoyat tarkibi elementlari 
Jinoyat tarkibi elementlarining belgilari 
1. 
Ob’ekt: 
- ijtimoiy munosabatlar; 
- jinoyat predmeti. 
2. 
Ob’ektiv tomon: 
- ijtimoiy xavfli qilmish;
6 chiqmasligi, ushbu jinoyatlarni formal tarkibga aylanishini anglatmaydi, balki ushbu jinoyat tamom bo‘lmagan jinoyat (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyatga suiqasd qilish) sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu bo‘linishning ahamiyati shundaki - bu jinoyatlarning tugallanish vaqtini ko‘rsatadi. Oddiy tarkibli jinoyatlar deb - jinoyat tarkibining elementlari (ob’ekt, ob’ektiv tomon, sub’ekt va sub’ektiv tomoni) bittadan ortiq bo‘lmagan jinoyatlarga aytiladi. Murakkab tarkibli jinoyatlar deb esa - jinoyat tarkibining belgilari yoki biror bir belgisi ikki yoki undan ortiq bo‘lgan jinoyat turlariga aytiladi. Jinoyat tarkibi № Jinoyat tarkibi elementlari Jinoyat tarkibi elementlarining belgilari 1. Ob’ekt: - ijtimoiy munosabatlar; - jinoyat predmeti. 2. Ob’ektiv tomon: - ijtimoiy xavfli qilmish;