1
JINOYAT HUQUQI FANIGA KIRISH
REJA:
1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari.
2. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq
sohalari bilan o‘zaro aloqasi.
3. Jinoyat huquqi tizimi. Umumiy va maxsus qismlar:
4. Jinoyat qonuni prinsiplari.
1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari.
jinoyat huquqi fani tushunchasi – jinoyat va jazo haqidagi fan bo‘lib, ushbu
sohada yuzagan keladigan ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi va tartibga soladi.
jinoyat huquqi predmeti – jinoyat, jinoiy javobgarlik , jazo hamda jazo
tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlangan hamda tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosatlarni tartibga soladigan
normativ-huquqiy hujjatlar, qonunni qo‘llash amaliyoti, hamda yuridik fanda
mavjud bo‘lgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy
kategoriyalar tashkil etadi.
jinoyat huquqi vazifalari – jinoyat huquqi vazifalari bevosita jinoyat qonuni
(kodeks)da nazarda tutilgan qazifalardan kelib chiqib quyidagilardan iborat:
1. Jinoiy tajovuzlardan himoya qilish;
2. Jinoyatlarni oldini olish;
3. Qonunlarga riolya qilish ruhida tarbiyalash.
Ushbu vazifalar amalga oshirishda jinoyat qonuni prinsiplariga so‘zsiz amal
qilish talab etiladi.
2
jinoyat qonuni prinsiplari: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplaridir.
metodlar – bu jinoyat huquqini samarali o‘zlashtirish usul va uslublariga
aytiladi.
jinoyat huquqi metodikasi jinoyat-huquqiy tushuncha va hodisalarni
o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisini, tizimini ifodalaydi.
Falsafiy metod hisoblangan dialektik metod bilan birgalikda yana boshqa
metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga quyidagilar kiradi: JK
normalarining sanksya va dispozitsiyasini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yuridik
metod; son ko‘rsatkichlari orqali jinoyat-huquqiy tushunchalar va hodisalarni
sifatiy xilma-xilligini ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida
so‘rovlar o‘tkazish orqali jinoyat huquqining turli jihatlarini o‘rganishda
qo‘llanadigan sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, prinsiplari,
jinoyat, bir qancha jinoyatlar sodir etish, ishtirokchilik, jinoiy javobgarlik va
jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir necha elementlardan iborat
bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga imkon beradigan tizimli metod;
qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va ilmiy tadqiqot maqsadlarida turli
davlatlarning huquq tizimi va qonunchiligini solishtirishga imkon beradigan
qiyosiy-huquqiy metod; qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish
tajribasidan foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar.
2. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa
huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi.
Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq
sohalari bilan o‘zaro aloqasi:
Jinoyat huquqi huquq tizimidagi bir qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Ayniqsa jinoyat-protsessual huquqi, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat-
ijroya huquqi fanlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yuqorida aytilgan fanlarning
jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi eng avvalo, ular vazifalarining umumiyligida,
3
ya’ni jinoyatchilikka qarshi kurashning umumiyligidadir. Ana shu yuqorida
aytilgan fanlarning norma va qoidalari faqat jinoyat fakti sodir etilishi munosabati
bilan harakatga keladi. Ammo ularning har birining o‘zi tartibga soladigan
predmeti va uslubiga ega. Jinoyat huquqi sodir etilgan qilmishning jinoyat
ekanligini aniqlash va shu jinoyat uchun jazo tayinlashni tartibga solsa, jinoyat
protsessual huquqi sodir etilgan jinoyat yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov
organlarining surishtiruv va tergov ishlarini olib borish ishni sudda ko‘rish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatini tartibga soladi. Jinoyat ijroiya huquqi esa, jinoyat
sodir etganligi munosabati bilan jinoiy jazoga hukm qilinganlarning jazosini ijro
etishdan kelib chiqqan munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat huquqi, jinoyat
protsessual huquqi, kriminologiya, kriminalistika va jinoyat-ijroiya huquqi
fanlari uchun moddiy fan hisoblanib, bu fanlar o‘z boshlang‘ich asoslarini jinoyat
huquqidan oladi.
Jinoyat hodisasi jinoyat -huquqiy nuqtai nazardan olinganda, bu hodisa inson
tomonidan jinoyat qonuni bilan taqiqlangan aktni sodir qilish deb baholanadi va
bu faqat jinoyat huquqida ishlab chiqiladi. Sodir etilgan qilmishga jinoyat tarkibi
qoidalari tadbiq etilib, jinoyat tarkibining to‘rtta tomoni, ya’ni jinoyatning ob’ekti,
ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomonlari tahlil qilinib, Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining muayyan moddasi belgilariga taqqoslab ko‘riladi va o‘sha
moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan deb hisoblanadi.
Jinoyat huquqi ma’lum darajada ma’muriy huquq bilan bog‘liqdir.
Ma’muriy huquq ma’muriy huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan munosabatlarni
tartibga solsa, jinoyat huquqi jinoiy huquq buzishdan kelib chiqadigan
munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qancha
moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana
shunday qilmishni sodir qilsa qilmish jinoyatga o‘sib chiqqan hisoblanadi va shaxs
jinoiy javobgarlikka tortiladi.
3. Jinoyat huquqi tizimi. umumiy va maxsus qismlar:
4
Jinoyat huquqi (uning shakli sifatida Jinoyat kodeksi ham) ikki qismdan —
Umumiy va Maxsus qismlardan tashkil topgan.
Umumiy qismi jinoyat huquqining umumiy qoidalari va prinsiplaridan iborat.
Jinoyat huquqining Umumiy qismi ikkita asosiy tushuncha bilan bog‘liq bo‘lib,
ular jinoyat va jazo tushunchalaridir. Qonun Jinoyat kodeksining vazifalari va
prinsiplarini; jinoyat qonunining hudud va vaqt bo‘yicha amal qilish kuchini;
jinoiy javobgarlikning asoslarini belgilaydi; har bir fan tarmog‘i o‘ziga tegishli
sohaga tushuncha beradi va jinoyat huquqi ham jinoyatlarni turkumlarga ajratadi
(tasniflaydi); ayb va uning shakllarini belgilaydi; jinoiy javobgarlikka tortilish
yoshini va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi;
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar doirasini belgilaydi va ularning
mazmunini ochib beradi; jinoyat bosqichlari va ishtirokchilikda sodir etiladigan
jinoyatlarning tasnifini beradi; jazoning maqsadi va har bir jinoiy jazoning tizimini
berib, har bir jazoning mazmunini ochib beradi; jinoiy javobgarlik va jazo
tayinlash hamda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning mazmunini ochib
beradi; voyaga yetmaganlarning javobgarligini alohida ajratib belgilaydi va
nihoyat tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini belgilaydi.
Maxsus qismi alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarni sodir etganlik uchun
tayinlanadigan jazolarni belgilaydi. Jinoyat huquqi ana shu ikki qismdan iborat
bo‘lsada Umumiy va Maxsus qismlari bir biridan alohida mustaqil huquq sohalari
bo‘lmasdan, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bir butun yagona jinoyat
huquqini tashkil etadi. Ularning yagonaligi vazifalarining birligida va biri
ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmasligidadir. Jinoyat huquqining Maxsus qismida
alohida jinoyatlar va shu jinoyatni sodir qilganlik uchun jazo belgilangan bo‘lsa,
Umumiy qismi moddalarida Maxsus qismi moddalarining amalda qo‘llanish
qoidalari o‘z ifodasini topgan. Qisqa qilib aytganda, Umumiy qismining
moddalari Maxsus qismi moddalarining amalda qo‘llashning kaliti hisoblanadi.
Ular hayotda amalda tadbiq etishda birgalikda qatnashadi. Jinoyat kodeksining
Umumiy qismining normalariga murojaat qilmasdan Maxsus qismining
normalarini amalda tadbiq etib bo‘lmaydi, Umumiy qismining normalarini amalda
5
tadbiq etilishi esa faqat Maxsus qismi normalari orqali amalga oshiriladi. Shunday
qilib, jinoyat huquqi Umumiy va Maxsus qismlarining yagonaligi ularning
vazifalarining birligida, ya’ni shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini
jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni
respublika Konstitutsiyasi va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdagi
vazifalarining birligida ifodalanadi.
4. Jinoyat qonuni prinsiplari.
Jinoyat qonuni prinsiplari: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplaridir.
qonuniylik prinsipi — O‘zR JK 4-moddasida jinoyat huquqining qonuniylik
prinsipi berilgan bo‘lib, sodir etilgan qilmishning jinoiyligini, jazoga sazovorligi
va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi — O‘zR JKning 5-moddasida
fuqarolarning qonun oldidagi tengligi prinsipi berilgan bo‘lib, unda jinoyat sodir
etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib,
qonun oldida tengdirlar deyiladi.
demokratik prinsipi— O‘zR JK ning6-moddasida jinoyat huquqining
demokratik prinsipi bayon qilingan. Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari va jamoalar jinoyat sodir etgan shaxsning axloqini tuzatish
ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
insonparvarlik prinsipi — O‘zR JK ning 7-moddasida jazo va boshqa
huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish
maqsadini ko‘zlamaydi.
odillik prinsipi — Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan
qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni