JINOYAT OB’EKTI

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

67,5 KB


 
1 
 
 
 
 
 
JINOYAT OB’EKTI 
 
reja: 
1. Jinoyat ob’ekti tushunchasi va mazmuni. 
2. Jinoyat ob’ektining turlari. 
3. Jinoyat predmeti tushunchasi va ahamiyati. 
 
1. JINOYaT OB’EKTI TUShUNChASI VA MAZMUNI 
 
Ob’ekt deganda - O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilan 
qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar (shaxsning huquq va erkinliklari, 
jamiyat va davlat manfaatlari, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi) majmui 
tushuniladi.  
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida, ushbu ijtimoiy munosabatlarga 
zarar yetkaziladi yoki shunday zarar yetkazish real xavfi ostida qoladi. 
Ob’ektning ahamiyati: 
- ob’ekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, JK Maxsus qism 
moddasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishligi; 
- sodir etilgan qilmishda ob’ekt bo‘lmasa, u jinoyat sifatida e’tirof etilmasligi; 
- jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilishida ifodalanadi. 
Ijtimoiy munosabatlar bu - insonlar o‘rtasidagi ularning hayot faoliyati 
jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir. 
Ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish deganda –  
- shaxsning huquq va erkinliklariga; 
- jamiyat va davlat manfaatlariga; 
- tabiiy muhitga;
1 JINOYAT OB’EKTI reja: 1. Jinoyat ob’ekti tushunchasi va mazmuni. 2. Jinoyat ob’ektining turlari. 3. Jinoyat predmeti tushunchasi va ahamiyati. 1. JINOYaT OB’EKTI TUShUNChASI VA MAZMUNI Ob’ekt deganda - O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar (shaxsning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi) majmui tushuniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida, ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi yoki shunday zarar yetkazish real xavfi ostida qoladi. Ob’ektning ahamiyati: - ob’ekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, JK Maxsus qism moddasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishligi; - sodir etilgan qilmishda ob’ekt bo‘lmasa, u jinoyat sifatida e’tirof etilmasligi; - jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilishida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar bu - insonlar o‘rtasidagi ularning hayot faoliyati jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir. Ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish deganda – - shaxsning huquq va erkinliklariga; - jamiyat va davlat manfaatlariga; - tabiiy muhitga;
 
2 
 
- tinchlikka; 
- insoniyat xavfsizligiga tajovuz qilinishi nazarda tutiladi.  
 
 
 
2. JINOYaT OB’EKTINING TURLARI 
 
Jinoyat ob’ekti: 
- Umumiy ob’ekt; 
- Maxsus ob’ekt; 
- Bevosita ob’ekt turlariga bo‘linadi. 
Umumiy ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy 
munosabatlar tushuniladi. 
Maxsus ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy - siyosiy 
va iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir - biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhiga aytiladi.  
- Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflash 
imkonini beradi; 
- Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish bo‘lim va 
boblarga ajratishning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. 
Jinoyatning bevosita ob’ekti deganda – ijtimoiy xavfli tajovuz sodir 
etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi.  
- jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ushbu ijtimoiy munosabat bevosita 
zarar ko‘radi; 
- bevosita ob’ekt JK Maxsus qismining har bir moddasida aks etadi; 
Bevosita ob’ekt ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- asosiy bevosita ob’ekt; 
- qo‘shimcha bevosita ob’ekt; 
-fakultativ bevosita ob’ektga. 
Bevosita ob’ektning bunday bo‘linishi - jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir
2 - tinchlikka; - insoniyat xavfsizligiga tajovuz qilinishi nazarda tutiladi. 2. JINOYaT OB’EKTINING TURLARI Jinoyat ob’ekti: - Umumiy ob’ekt; - Maxsus ob’ekt; - Bevosita ob’ekt turlariga bo‘linadi. Umumiy ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Maxsus ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir - biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhiga aytiladi. - Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflash imkonini beradi; - Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish bo‘lim va boblarga ajratishning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. Jinoyatning bevosita ob’ekti deganda – ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. - jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ushbu ijtimoiy munosabat bevosita zarar ko‘radi; - bevosita ob’ekt JK Maxsus qismining har bir moddasida aks etadi; Bevosita ob’ekt ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: - asosiy bevosita ob’ekt; - qo‘shimcha bevosita ob’ekt; -fakultativ bevosita ob’ektga. Bevosita ob’ektning bunday bo‘linishi - jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir
 
3 
 
yoki bir necha ob’ektga qarshi qaratilgan bo‘lgandagina ahamiyat kasb etadi.  
Bunday tasniflanish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki 
ob’ektli jinoyatlarda zarar asosiy ob’ektdan tashqari boshqa ob’ektga ham 
yetkazilib u - qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.  
Asosiy bevosita ob’ekt deb – ijtimoiy xavfli tajovuz to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
qaratilgan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir (mas: JK 
164-moddasi “Bosqinchilik” da asosiy bevosita ob’ekt – o‘zga shaxsning mulk 
huquqi hisoblanadi). 
Bu ob’ektga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzning yo‘qligi - jinoyat tarkibi 
mavjud emasligini anglatadi. 
 
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt deb - bu asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda 
tajovuzga uchraydigan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan yana bir boshqa 
ijtimoiy munosabatlarga aytiladi (mas: JK 164-moddasi “Bosqinchilik”da 
qo‘shimcha bevosita ob’ekt – shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i bo‘lib hisoblanadi. 
Ya’ni aybdor mulkni talon-toroj qilishda mulk egasining mulkiy huquqlariga 
tajovuz qilish bilan birga uning hayoti yoki sog‘ligiga ham zarar yetkazadi).  
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt murakkab tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lib, 
boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Fakultativ bevosita ob’ekt deb - asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda 
ijtimoiy xavfli tajovuzga uchrashi yoki uchramasligi ham mumkin bo‘lgan jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi (mas: JK 277- 
moddasi “Bezorilik”da – o‘zganing mulk huquqi fakultativ ob’ekt bo‘lib kelishi 
mumkin. Ya’ni aybdor asosiy bevosita ob’ekt hisoblangan jamoat tartibidan 
tashqari o‘zga shaxslarning mulk huquqlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar 
yetkazmasligi mumkin). 
Fakultativ ob’ekt bu - shunday ijtimoiy munosabatlardirki, jinoyat sodir 
etilganda unga zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Ushbu holat 
esa, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
3 yoki bir necha ob’ektga qarshi qaratilgan bo‘lgandagina ahamiyat kasb etadi. Bunday tasniflanish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki ob’ektli jinoyatlarda zarar asosiy ob’ektdan tashqari boshqa ob’ektga ham yetkazilib u - qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Asosiy bevosita ob’ekt deb – ijtimoiy xavfli tajovuz to‘g‘ridan - to‘g‘ri qaratilgan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir (mas: JK 164-moddasi “Bosqinchilik” da asosiy bevosita ob’ekt – o‘zga shaxsning mulk huquqi hisoblanadi). Bu ob’ektga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzning yo‘qligi - jinoyat tarkibi mavjud emasligini anglatadi. Qo‘shimcha bevosita ob’ekt deb - bu asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda tajovuzga uchraydigan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan yana bir boshqa ijtimoiy munosabatlarga aytiladi (mas: JK 164-moddasi “Bosqinchilik”da qo‘shimcha bevosita ob’ekt – shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni aybdor mulkni talon-toroj qilishda mulk egasining mulkiy huquqlariga tajovuz qilish bilan birga uning hayoti yoki sog‘ligiga ham zarar yetkazadi). Qo‘shimcha bevosita ob’ekt murakkab tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fakultativ bevosita ob’ekt deb - asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda ijtimoiy xavfli tajovuzga uchrashi yoki uchramasligi ham mumkin bo‘lgan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi (mas: JK 277- moddasi “Bezorilik”da – o‘zganing mulk huquqi fakultativ ob’ekt bo‘lib kelishi mumkin. Ya’ni aybdor asosiy bevosita ob’ekt hisoblangan jamoat tartibidan tashqari o‘zga shaxslarning mulk huquqlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar yetkazmasligi mumkin). Fakultativ ob’ekt bu - shunday ijtimoiy munosabatlardirki, jinoyat sodir etilganda unga zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Ushbu holat esa, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
 
4 
 
3. JINOYaT PREDMETI TUShUNChASI VA AHAMIYaTI 
Jinoyat predmeti bu – ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo 
ne’matidir. Jinoyat predmeti tajovuz natijasiga zarar ko‘rishi ham (JK 173-modda), 
zarar ko‘rmasligi ham mumkin (JK 177-modda).  
Jinoyat predmeti belgilarini: 
- ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, sifati va o‘ziga-xos belgilarga ega bo‘lgan 
moddiy ashyo bo‘lishligi; 
- shaxs predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat ob’ektiga zarar yetkazishi 
(mas:O‘g‘rilik jinoyatida: pulni o‘g‘irlash orqali shaxsning mulk huquqiga tajovuz 
qiladi. Ushbu holatda pul - jinoyat predmeti, mulk huquqi esa - jinoyat ob’ekti 
bo‘lib hisoblanadi);  
- jinoyat predmeti ayrim jinoyat tarkiblarida mavjud bo‘lmasligi (mas: 
Qasddan odam o‘ldirish jinoyatida, inson tana a’zolari – jinoyat predmeti sifatida 
qabul qilinmaydi). 
 
 
 
 
jinoyat ob’ekti 
jinoyat predmeti 
- faqat ijtimoiy munosabatlarni 
tashkil qilishi; 
- ushbu ijtimoiy munosabatlarning 
jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanganligi; 
- hamma vaqt jinoyat tarkibining 
zaruriy belgisi ekanligi; 
- 
ob’ektning 
yo‘qligi 
jinoyat 
mavjud emasligini anglatishligi. 
- ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, 
sifati va o‘ziga - xos belgilarga ega 
bo‘lgan moddiy ashyo bo‘lishi; 
- ayrim hollarda ushbu ijtimoiy 
munosabatlarni 
yuzaga 
keltiruvchi 
manba bo‘lib kelishi; 
- predmetga tajovuz qilish orqali 
jinoyat ob’ektiga tajovuz qilinishi; 
- jinoyat qonunida nazarda tutilgan 
hollarda 
jinoyat 
tarkibining 
zaruriy
4 3. JINOYaT PREDMETI TUShUNChASI VA AHAMIYaTI Jinoyat predmeti bu – ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo ne’matidir. Jinoyat predmeti tajovuz natijasiga zarar ko‘rishi ham (JK 173-modda), zarar ko‘rmasligi ham mumkin (JK 177-modda). Jinoyat predmeti belgilarini: - ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, sifati va o‘ziga-xos belgilarga ega bo‘lgan moddiy ashyo bo‘lishligi; - shaxs predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat ob’ektiga zarar yetkazishi (mas:O‘g‘rilik jinoyatida: pulni o‘g‘irlash orqali shaxsning mulk huquqiga tajovuz qiladi. Ushbu holatda pul - jinoyat predmeti, mulk huquqi esa - jinoyat ob’ekti bo‘lib hisoblanadi); - jinoyat predmeti ayrim jinoyat tarkiblarida mavjud bo‘lmasligi (mas: Qasddan odam o‘ldirish jinoyatida, inson tana a’zolari – jinoyat predmeti sifatida qabul qilinmaydi). jinoyat ob’ekti jinoyat predmeti - faqat ijtimoiy munosabatlarni tashkil qilishi; - ushbu ijtimoiy munosabatlarning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanganligi; - hamma vaqt jinoyat tarkibining zaruriy belgisi ekanligi; - ob’ektning yo‘qligi jinoyat mavjud emasligini anglatishligi. - ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, sifati va o‘ziga - xos belgilarga ega bo‘lgan moddiy ashyo bo‘lishi; - ayrim hollarda ushbu ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi manba bo‘lib kelishi; - predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat ob’ektiga tajovuz qilinishi; - jinoyat qonunida nazarda tutilgan hollarda jinoyat tarkibining zaruriy