JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI.

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

109,0 KB


 
 
1 
 
 
 
 
JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI. 
 
Reja: 
1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar 
2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati 
3. Dalillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati 
4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari
1 JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI. Reja: 1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar 2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati 3. Dalillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati 4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari
 
 
2 
 
 
1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar. 
 
Dalillar va isbot qilishning umumiy shartlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 8 va 9-boblarida berilgan bo’lib, jinoyat sud ishlarini yuritish 
normalari tizimida muhim huquqiy institutlar hisoblanadi. Jinoyat-protsessual 
kodeksining 82-moddasi talabiga ko’ra quyidagilar isbotlanishi kerak:  
- jinoyat ob’ekti;  
- jinoyat tufayli etkazilgan zararning xususiyati va miqdori; 
-  jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi holatlar;  
- sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida 
ko’rsatib o’tilgan boshqa holatlari; 
- qilmish va ro’y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o’rtasidagi sababiy 
bog’lanish; 
- jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 
- jinoyat to’g’ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o’z-o’ziga 
ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; 
- ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. 
 
Ma’lumki, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning umumiy ta'rifi JPKning 81-
moddasida berilgan. Ushbu modda talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz 
bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va 
ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, 
tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan 
har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. 
Bunday ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, 
ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy 
dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat 
materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan 
aniqlanadi.
2 1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar. Dalillar va isbot qilishning umumiy shartlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 8 va 9-boblarida berilgan bo’lib, jinoyat sud ishlarini yuritish normalari tizimida muhim huquqiy institutlar hisoblanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasi talabiga ko’ra quyidagilar isbotlanishi kerak: - jinoyat ob’ekti; - jinoyat tufayli etkazilgan zararning xususiyati va miqdori; - jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi holatlar; - sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko’rsatib o’tilgan boshqa holatlari; - qilmish va ro’y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o’rtasidagi sababiy bog’lanish; - jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; - jinoyat to’g’ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o’z-o’ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; - ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Ma’lumki, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning umumiy ta'rifi JPKning 81- moddasida berilgan. Ushbu modda talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bunday ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
 
 
3 
Dalillar to‘g‘risidagi ta'limot jinoyat-protsessining eng muhim qismlaridan biri 
hisoblanadi. Agar jinoyat-protsessi deyilganda jinoyat ishining ma'lum harakatlanishi 
tushunilsa, jinoyat ishlarini sudda yuritishda qabul qilinadigan qarorlar, shu jumladan 
sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to‘g‘risidagi asosiy qarorlar dalillargagina 
asoslanib chiqariladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, dalillar muammosi jinoyat 
ishlarini sudda yuritishning butun tizimida markaziy bo‘g‘inni tashkil etadi. 
Ma’lumki, jinоyat protsessning mаqsаdlаrigа, ya`ni jinоyat sоdir etgan hаr bir 
shаxsgа аdоlаtli jаzо bеrilishi hаmdа аybi bo‘lmаgаn hеch bir shаxs jаvоbgаrlikkа 
tоrtilmаsligi vа hukm qilinmаsligi, аybdоrlаrni fоsh etishgа erishish uchun zаruriy bir 
shаrtgа аmаl qilinishi lоzim. Bu sart - hаqiqаtdа qаndаy hоdisа yuz bеrgаnligini, 
jinоyatni kim vа qаndаy hоlаtlаrdа sоdir etganligini аniqlаnishi hisоblаnаdi. Jinоiy 
hоdisа isbоt qilish mаjburiyati yuklаtilgаn surishtiruvchi, tеrgоvchi, prоkurоr hаmdа 
sud uchun o‘tmish hоdisаsi bo‘lgаnligi sаbаbli, uning bаrchа hоlаtlаrini ulаr fаqаt 
isbоt qilish vоsitаsi bo‘lmish dаlillаr yordаmidа аniqlаshlаri vа tеgishli xulоsаgа 
kеlishlаri mumkin.  
Dalilning ishga aloqadorligi ko‘rilayotgan ish holatlari bilan bog‘liqligiga 
ko‘ra belgilansa, dalillarning maqbulligi esa qonun bilan belgilanadi. Ya’ni, qonun 
faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan qaysi manbalardan dalil sifatida foydalanish 
mumkinligini belgilab beradi. Unga ko‘ra, dalillarning maqbulligi quyidagilarni: 
ma'lumotlarning kelib chiqishini bilish hamda ularni tekshirish imkoniyati, ushbu 
ma'lumotlar to‘g‘risida xabar berayotgan shaxs tomonidan ularni qabul qilish 
imkoniyati, isbot qilishning ham umumiy qoidalariga, ham muayyan turdagi 
axborotni to‘plash va qayd etish qoidalariga rioya etish (JPKning 17, 18, 20, 22, 87-
92, 110, 111, 198-202, 208-m. va h.), protsessning muayyan bosqichini tartibga 
soladigan hamda jinoyat ishini yuritayotgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan 
qoidalariga rioya etishni nazarda tutadi. Qonunda belgilanmagan manbalardan 
olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi (JPKning 81-m. 2-q.). Mish-
mishlar, taxminlar, tezkor-qidiruv ma'lumotlari dalil sifatida ko‘rilishi mumkin emas. 
Ular tekshirilgunga hamda protsessual harakatlar yo‘li bilan tasdiqlangunga qadar
3 Dalillar to‘g‘risidagi ta'limot jinoyat-protsessining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Agar jinoyat-protsessi deyilganda jinoyat ishining ma'lum harakatlanishi tushunilsa, jinoyat ishlarini sudda yuritishda qabul qilinadigan qarorlar, shu jumladan sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to‘g‘risidagi asosiy qarorlar dalillargagina asoslanib chiqariladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, dalillar muammosi jinoyat ishlarini sudda yuritishning butun tizimida markaziy bo‘g‘inni tashkil etadi. Ma’lumki, jinоyat protsessning mаqsаdlаrigа, ya`ni jinоyat sоdir etgan hаr bir shаxsgа аdоlаtli jаzо bеrilishi hаmdа аybi bo‘lmаgаn hеch bir shаxs jаvоbgаrlikkа tоrtilmаsligi vа hukm qilinmаsligi, аybdоrlаrni fоsh etishgа erishish uchun zаruriy bir shаrtgа аmаl qilinishi lоzim. Bu sart - hаqiqаtdа qаndаy hоdisа yuz bеrgаnligini, jinоyatni kim vа qаndаy hоlаtlаrdа sоdir etganligini аniqlаnishi hisоblаnаdi. Jinоiy hоdisа isbоt qilish mаjburiyati yuklаtilgаn surishtiruvchi, tеrgоvchi, prоkurоr hаmdа sud uchun o‘tmish hоdisаsi bo‘lgаnligi sаbаbli, uning bаrchа hоlаtlаrini ulаr fаqаt isbоt qilish vоsitаsi bo‘lmish dаlillаr yordаmidа аniqlаshlаri vа tеgishli xulоsаgа kеlishlаri mumkin. Dalilning ishga aloqadorligi ko‘rilayotgan ish holatlari bilan bog‘liqligiga ko‘ra belgilansa, dalillarning maqbulligi esa qonun bilan belgilanadi. Ya’ni, qonun faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan qaysi manbalardan dalil sifatida foydalanish mumkinligini belgilab beradi. Unga ko‘ra, dalillarning maqbulligi quyidagilarni: ma'lumotlarning kelib chiqishini bilish hamda ularni tekshirish imkoniyati, ushbu ma'lumotlar to‘g‘risida xabar berayotgan shaxs tomonidan ularni qabul qilish imkoniyati, isbot qilishning ham umumiy qoidalariga, ham muayyan turdagi axborotni to‘plash va qayd etish qoidalariga rioya etish (JPKning 17, 18, 20, 22, 87- 92, 110, 111, 198-202, 208-m. va h.), protsessning muayyan bosqichini tartibga soladigan hamda jinoyat ishini yuritayotgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan qoidalariga rioya etishni nazarda tutadi. Qonunda belgilanmagan manbalardan olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi (JPKning 81-m. 2-q.). Mish- mishlar, taxminlar, tezkor-qidiruv ma'lumotlari dalil sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Ular tekshirilgunga hamda protsessual harakatlar yo‘li bilan tasdiqlangunga qadar
 
 
4 
taxminiy xususiyatgagina ega bo‘ladi, va ular muayyan taxminlarni, dalillar 
joylashgan joyni va shu kabilarni ko‘rsatishi mumkin xalos1.  
Jinoyat ishi bo’icha ish yuritayotganda haqiqatni aniqlash muommasi ko’p 
jihatlarga, jumladan axloqiy jihatga ham ega. M.S. Strogovich, “… jinoyat 
protsessida haqiqat muammosi bu nafaqat yuridik, balki kam bo’lmagan darajada etik 
muammo ham hisoblanadi”, deb yozgan edi. U yana “… etika nuqtai nazaridan u 
juda kam va kuchsiz o’rganilgan”2. 
 
Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlash qonun tomonidan to’g’ridan-to’g’ri 
sud’yalarga yuklangan majburiyat o’zida nafaqat yuridik balki odil sudlovni amalga 
oshirayotganlarning axloqiy burchi hamdir. Sud’ya, aybsizni, ayblov tomonidan 
unga nisbatan qandaydir dalillar to’plangan bo’lsa, himoyachi ayblovga ishonchli 
tarzda qarshi turolmagan bo’lsa, sudlashga axloqiy huquqqa ega bo’lmaydi.  
Sud’yaning jinoyat ish holatlarini tekshirishga yuzaki yondashishi, uning 
ko’rilayotgan ishga befarqligi va sustligi oqibatida haqiqatda aybdor bo’lganning 
oqlanishi hukmni asoslantirilmaganlikka va adolatsiz bo’lishga olib keladi. Bunday 
hukmning chiqarilishi sud’yaning o’z axloqiy burchiga bo’lgan talablarni unutib, 
ulardan yuz o’girishi oqibatida sodir etiladi. 
O’zbekiston qonunchiligida, o’zbek olimlarining sovet davridan oldingi va 
sovet davrida ham sudda haqiqatni aniqlashga bo’lgan talab hech bir ikkilanishga olib 
kelmagan, hamisha muhim protsessual talablardan biri bo’lib kelgan. 
 Ammo keyingi paytlarda sud haqiqatni aniqlash holatida emas, suddan har bir 
ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni talab qilishga asos yo’q degan fikrlar tashviqot 
qilinmoqda3. Bizningcha ham sud’yalarni haqiqatni aniqlashdan osod qilish haqidagi 
bu noo’rin fikr yuritayotganlarga qarshi L.D.Kокоrev asosli ravishda shunday 
yozgan: “Bunday fikrlashlar ortida nafaqat kasbiy nochorlik, balki ish materiallariga 
tayangan sud’yalik ichki ishonchiga asoslangan holda isbotlashni amalga oshirishga 
                                                 
1 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. 
2 Проблемы судебной этики/Под ред. М. С. Строговича. С. 85. 
 
3 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине 
Челябинск, 2005. 40-50 c.
4 taxminiy xususiyatgagina ega bo‘ladi, va ular muayyan taxminlarni, dalillar joylashgan joyni va shu kabilarni ko‘rsatishi mumkin xalos1. Jinoyat ishi bo’icha ish yuritayotganda haqiqatni aniqlash muommasi ko’p jihatlarga, jumladan axloqiy jihatga ham ega. M.S. Strogovich, “… jinoyat protsessida haqiqat muammosi bu nafaqat yuridik, balki kam bo’lmagan darajada etik muammo ham hisoblanadi”, deb yozgan edi. U yana “… etika nuqtai nazaridan u juda kam va kuchsiz o’rganilgan”2. Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlash qonun tomonidan to’g’ridan-to’g’ri sud’yalarga yuklangan majburiyat o’zida nafaqat yuridik balki odil sudlovni amalga oshirayotganlarning axloqiy burchi hamdir. Sud’ya, aybsizni, ayblov tomonidan unga nisbatan qandaydir dalillar to’plangan bo’lsa, himoyachi ayblovga ishonchli tarzda qarshi turolmagan bo’lsa, sudlashga axloqiy huquqqa ega bo’lmaydi. Sud’yaning jinoyat ish holatlarini tekshirishga yuzaki yondashishi, uning ko’rilayotgan ishga befarqligi va sustligi oqibatida haqiqatda aybdor bo’lganning oqlanishi hukmni asoslantirilmaganlikka va adolatsiz bo’lishga olib keladi. Bunday hukmning chiqarilishi sud’yaning o’z axloqiy burchiga bo’lgan talablarni unutib, ulardan yuz o’girishi oqibatida sodir etiladi. O’zbekiston qonunchiligida, o’zbek olimlarining sovet davridan oldingi va sovet davrida ham sudda haqiqatni aniqlashga bo’lgan talab hech bir ikkilanishga olib kelmagan, hamisha muhim protsessual talablardan biri bo’lib kelgan. Ammo keyingi paytlarda sud haqiqatni aniqlash holatida emas, suddan har bir ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni talab qilishga asos yo’q degan fikrlar tashviqot qilinmoqda3. Bizningcha ham sud’yalarni haqiqatni aniqlashdan osod qilish haqidagi bu noo’rin fikr yuritayotganlarga qarshi L.D.Kокоrev asosli ravishda shunday yozgan: “Bunday fikrlashlar ortida nafaqat kasbiy nochorlik, balki ish materiallariga tayangan sud’yalik ichki ishonchiga asoslangan holda isbotlashni amalga oshirishga 1 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. 2 Проблемы судебной этики/Под ред. М. С. Строговича. С. 85. 3 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 40-50 c.
 
 
5 
axloqiy qodir emasligi, xato uchun javobgarlik oldida qo’rquv yashirinib yotadi. 
Tergovchi, prokuror, sud’ya o’zlarining axloqiy kuchlariga ishonishlari lozim, 
isbotlashni mustaqil amalga oshirishlari, haqiqatni aniqlashlari, asoslantirilgan, 
adolatli qarorlar qabul qilishlari va o’zlarining to’g’ri harakatlari va qarorlari uchun 
hech qanday javobgarlikdan qo’rqmasliklari kerak”4. 
Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashning imkoniyatini inkor qilish odil 
sudlovni axloqiy maqsad va mohiyatdan mahrum etadi va har qanday adolatsizlikni 
qo’llab quvvatlashga olib keladi. Haqiqatni aniqlash isbotlashning yuksak axloqli 
maqsadi hisoblanadi va unga erishmasdan turib adolatli odil sudlovga erishib 
bo’lmaydi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
4 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Этика уголовного процесса: Учебное пособие. Воронеж, 1993. С. 66.
5 axloqiy qodir emasligi, xato uchun javobgarlik oldida qo’rquv yashirinib yotadi. Tergovchi, prokuror, sud’ya o’zlarining axloqiy kuchlariga ishonishlari lozim, isbotlashni mustaqil amalga oshirishlari, haqiqatni aniqlashlari, asoslantirilgan, adolatli qarorlar qabul qilishlari va o’zlarining to’g’ri harakatlari va qarorlari uchun hech qanday javobgarlikdan qo’rqmasliklari kerak”4. Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashning imkoniyatini inkor qilish odil sudlovni axloqiy maqsad va mohiyatdan mahrum etadi va har qanday adolatsizlikni qo’llab quvvatlashga olib keladi. Haqiqatni aniqlash isbotlashning yuksak axloqli maqsadi hisoblanadi va unga erishmasdan turib adolatli odil sudlovga erishib bo’lmaydi. 4 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Этика уголовного процесса: Учебное пособие. Воронеж, 1993. С. 66.
 
 
6 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati.  
 
Isbotlashning axloqiy jihati aybsizlik prezumptsiyasi bilan va uning talabidan 
kelib chqadigan ayblov tomonida bolgan isbotlashning majburiyligiga bevosita 
bog’liq bo’ladi.  
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 -moddasida “Jinoyat sodir 
etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora 
ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda 
ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab 
beriladi” deb belgilab qo’yilgan. Suningdek ushbu moddada “ Hech kim qiynoqqa 
solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa 
tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” ligi va “Hech kimda uning roziligisiz 
tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”ligi qat’iy belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat-protsessual 
kodeksining 
“Aybsizlik 
prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida Konstitutsiyaning 26 - moddasida 
aytilganlarni rivojlantirib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining 
aybsizligini isbotlab berishi shart emas, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti 
ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak, deb belgilangan. 
Aybsizlik prezumptsiyasi shaxsning bahosini va qadr-qimmatini tan olishni 
bildiradi.
6 2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati. Isbotlashning axloqiy jihati aybsizlik prezumptsiyasi bilan va uning talabidan kelib chqadigan ayblov tomonida bolgan isbotlashning majburiyligiga bevosita bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 -moddasida “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” deb belgilab qo’yilgan. Suningdek ushbu moddada “ Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” ligi va “Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”ligi qat’iy belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining “Aybsizlik prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida Konstitutsiyaning 26 - moddasida aytilganlarni rivojlantirib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak, deb belgilangan. Aybsizlik prezumptsiyasi shaxsning bahosini va qadr-qimmatini tan olishni bildiradi.
 
 
7 
Davlat organi yoki boshqa bir shaxs kimnidir jinoyat sodir etganlikda ayblagan 
bo’lsa, u aksi vakolatli sud hokimiyati organi tomonidan odil sudlovning barcha 
kafolatlariga rioya qilgan holda isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi.  
  
Inson va fuqaroning jinoyat sodir qilishdagi ayblov bilan bog’liq barcha 
huquqlarini cheklashlar bunga haqiqiy va yuridik asoslar bo’lgandagina yo’l 
qo’yiladi. Bu choralar ayblovning og’irligiga mos bo’lishi kerak va ayblanuvchining 
shaxsini, uning o’ziga va yaqinlariga keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni hisobga 
olgan holda, ehtiyotkorlik bilan qo’llanishi lozim.  
Aybsizlik prezumptsiyasini odil sudlovning shaxsning huquqiy holatini 
ko’rsatuvchi tamoili deb tan olish amalda muhim axloqiy va huquqiy oqibatlarni 
olib keladi.  
Aybsizlik prezumptsiyasidan jinoyat ishining holatlarini dastlabki tergovda va 
sudda har tomonlama, to’liq va haqqoniy tekshirishni talab qiladi. Masalan, 
tergovdagi ayblov tomonga og’ish aybsizlik prezumptsiyasiga sid harakat 
hisoblanadi. Tergovchi jinoyatni ochish jarayonida, aybdorni fosh etib, ayblovni 
inkor 
qiladigan, 
gumon 
qilinuvchining, 
ayblanuvchining 
javobgarligi 
engillashtiradigan barcha holatlarni aniqlashi lozim. Tergovchi shunday yo’sinda o’z 
tashabbusi bilan, huquqiy va axloqiy burchga tayangan holda ish yuritishi kerak. 
Ishni har tomonlama, to’liq va haqqoniy o’rganish, sud tergovini shu yo’sinda 
o’tkazish sud’yaga yuklatilgan, qaysikim bu o’rinda tomonlarning yordamiga 
tayanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat-protsessual 
kodeksida 
isbotlash 
majburiyatining taqsimlanishi aybsizlik prezumptsiyasi harakati bilan ifodalanadi va 
bu axloqan asoslangan. Ayblanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashga majbur emas. 
Ayblanuvchidan unga nisbatan qo’yilgan ayblovni qo’rqitish yo’li bilan rad qilishni 
talab qilish axloqsizlik hisoblanadi. Su bilan birga gumon qilinuvchida, 
ayblanuvchida isbotlashda ishtirok etishga xohish uyg’otish, agar u xohlasa sodir 
etilgan hodisa bo’yicha o’z taxmimiy fikri bo’lsa bildirishi, fikrini tasdiqlovchi 
dalillarni aytishi qonunga sid hisoblanmaydi.5 Ushbu qoida O’z R Jinoyat-protsessual 
                                                 
5 Кокорев Л. Д., Котов Д. П. Указ. соч. С. 67.
7 Davlat organi yoki boshqa bir shaxs kimnidir jinoyat sodir etganlikda ayblagan bo’lsa, u aksi vakolatli sud hokimiyati organi tomonidan odil sudlovning barcha kafolatlariga rioya qilgan holda isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi. Inson va fuqaroning jinoyat sodir qilishdagi ayblov bilan bog’liq barcha huquqlarini cheklashlar bunga haqiqiy va yuridik asoslar bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. Bu choralar ayblovning og’irligiga mos bo’lishi kerak va ayblanuvchining shaxsini, uning o’ziga va yaqinlariga keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni hisobga olgan holda, ehtiyotkorlik bilan qo’llanishi lozim. Aybsizlik prezumptsiyasini odil sudlovning shaxsning huquqiy holatini ko’rsatuvchi tamoili deb tan olish amalda muhim axloqiy va huquqiy oqibatlarni olib keladi. Aybsizlik prezumptsiyasidan jinoyat ishining holatlarini dastlabki tergovda va sudda har tomonlama, to’liq va haqqoniy tekshirishni talab qiladi. Masalan, tergovdagi ayblov tomonga og’ish aybsizlik prezumptsiyasiga sid harakat hisoblanadi. Tergovchi jinoyatni ochish jarayonida, aybdorni fosh etib, ayblovni inkor qiladigan, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining javobgarligi engillashtiradigan barcha holatlarni aniqlashi lozim. Tergovchi shunday yo’sinda o’z tashabbusi bilan, huquqiy va axloqiy burchga tayangan holda ish yuritishi kerak. Ishni har tomonlama, to’liq va haqqoniy o’rganish, sud tergovini shu yo’sinda o’tkazish sud’yaga yuklatilgan, qaysikim bu o’rinda tomonlarning yordamiga tayanadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida isbotlash majburiyatining taqsimlanishi aybsizlik prezumptsiyasi harakati bilan ifodalanadi va bu axloqan asoslangan. Ayblanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashga majbur emas. Ayblanuvchidan unga nisbatan qo’yilgan ayblovni qo’rqitish yo’li bilan rad qilishni talab qilish axloqsizlik hisoblanadi. Su bilan birga gumon qilinuvchida, ayblanuvchida isbotlashda ishtirok etishga xohish uyg’otish, agar u xohlasa sodir etilgan hodisa bo’yicha o’z taxmimiy fikri bo’lsa bildirishi, fikrini tasdiqlovchi dalillarni aytishi qonunga sid hisoblanmaydi.5 Ushbu qoida O’z R Jinoyat-protsessual 5 Кокорев Л. Д., Котов Д. П. Указ. соч. С. 67.
 
 
8 
kodeksida bir qator kafolatlarni vujudga keltiradi. Masalan, gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi tomonidan sudgacha bo’lan bosqichda jinoyat ishi bo’yicha 
himoyachining ishtirokisiz berilgan ko’rsatuvlari, himoyachini rad qilgan hollarni 
hisobga olganda ham, lekin bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan 
tasdiqlanmagan holda nomaqbul hisoblanadi. O’z R Jinoyat-protsessual kodeksining 
108-modda 2-qismida agar so’roq qilingan shaxs ilgari bergan ko’rsatuvlarini 
to’ldirish yoki o’zgartish istagini bildirsa, ayblanuvchining o’zining xohishi bilan 
qo’shimcha so’roq amalgam oshirilishi mukin.  
  
JPKning 
110-moddasi 
2-qismiga 
binoan 
sud 
tergovi 
ketayotganda 
sudlanuvchiga istagan vaqtida ko’rsatuv berish huquqi sud’ya tomonidan 
ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o’tkazilayotgan paytda 
ko’rsatuv berish to’g’risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq 
ko’rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.  
Ayblovni isbotlashning majburiyligi ayblovchi zimmasida bo’lishi oldin aytib 
o’tilgan qoidadan kelib chiqadi. Kim, kimnidir jinoyat sodir qilganlikda ayblayotgan 
bo’lsa, u o’zining fikrini isbotlashga yuridik va axloqiy majburiyatga ega bo’ladi. 
Etarli dalil bo’lmasdan turib insonni jinoyatchi deb atashlik axloqsizlik hisoblanadi. 
Dalilsiz ayblash axloqsizlikdir.
8 kodeksida bir qator kafolatlarni vujudga keltiradi. Masalan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sudgacha bo’lan bosqichda jinoyat ishi bo’yicha himoyachining ishtirokisiz berilgan ko’rsatuvlari, himoyachini rad qilgan hollarni hisobga olganda ham, lekin bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan tasdiqlanmagan holda nomaqbul hisoblanadi. O’z R Jinoyat-protsessual kodeksining 108-modda 2-qismida agar so’roq qilingan shaxs ilgari bergan ko’rsatuvlarini to’ldirish yoki o’zgartish istagini bildirsa, ayblanuvchining o’zining xohishi bilan qo’shimcha so’roq amalgam oshirilishi mukin. JPKning 110-moddasi 2-qismiga binoan sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko’rsatuv berish huquqi sud’ya tomonidan ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o’tkazilayotgan paytda ko’rsatuv berish to’g’risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko’rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. Ayblovni isbotlashning majburiyligi ayblovchi zimmasida bo’lishi oldin aytib o’tilgan qoidadan kelib chiqadi. Kim, kimnidir jinoyat sodir qilganlikda ayblayotgan bo’lsa, u o’zining fikrini isbotlashga yuridik va axloqiy majburiyatga ega bo’ladi. Etarli dalil bo’lmasdan turib insonni jinoyatchi deb atashlik axloqsizlik hisoblanadi. Dalilsiz ayblash axloqsizlikdir.
 
 
9 
 
 
 
 
 
 
 
3. D alillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati 
 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat-protsessual 
kodeksining 
“Haqiqatni 
aniqlash” ga bag’ishlangan 22-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud 
ish bo’yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda 
topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mimkinligini, 
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan 
va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo’rlash, qo’rqitish, huquqlarini 
cheklash va qonunga xilof bo’lgan o’zgacha choralar bilan ko’rsatuvlar olishga 
harakat qilish man etilishi belgilab qo’yilgan.  
Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik 
bilan, har tomonlama, to’la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga 
keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham 
fosh 
qiladigan, 
ham 
oqlaydigan, 
shuningdek 
uning 
javobgarligini 
ham 
engillshtiradigan, ham og’irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi 
lozim.  
Sud’ya, xalq maslahatchilari, chuningdek prokuror, tergovchi, surishtiruvchi 
dalillarga o’zining ichki ishonchlari bilan, qonunga va vijdoniga rioya qilgan holda 
baho beradi. Hech bir dalil oldindan aniqlanganlik kuchiga ega bo’lmaydi. Dalillarga 
ichki ishonchga asoslanib baho berish deganda shuni tushinmoq kerakki, ya’ni sud’ya 
o’z sud’yalik va insonlik vijdoni oldida o’zi chiqargan isbotlangan yoki 
isbotlanmagan ayblov uchun va uning oqibati uchun javobgar bo’ladi. Qaror 
chiqarishda erkin hisoblangan sud’ya o’zi chiqargan qarorlar uchun jamiyat oldida,
9 3. D alillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining “Haqiqatni aniqlash” ga bag’ishlangan 22-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ish bo’yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mimkinligini, gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo’rlash, qo’rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo’lgan o’zgacha choralar bilan ko’rsatuvlar olishga harakat qilish man etilishi belgilab qo’yilgan. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham engillshtiradigan, ham og’irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim. Sud’ya, xalq maslahatchilari, chuningdek prokuror, tergovchi, surishtiruvchi dalillarga o’zining ichki ishonchlari bilan, qonunga va vijdoniga rioya qilgan holda baho beradi. Hech bir dalil oldindan aniqlanganlik kuchiga ega bo’lmaydi. Dalillarga ichki ishonchga asoslanib baho berish deganda shuni tushinmoq kerakki, ya’ni sud’ya o’z sud’yalik va insonlik vijdoni oldida o’zi chiqargan isbotlangan yoki isbotlanmagan ayblov uchun va uning oqibati uchun javobgar bo’ladi. Qaror chiqarishda erkin hisoblangan sud’ya o’zi chiqargan qarorlar uchun jamiyat oldida,
 
 
10 
sudlanuvchi, jabrlanuvchi, protsessning boshqa ishtirokchilari oldida, ular bilan 
bo’lgan kasbiy va insoniylik hissi, axloqiy munosabatlari bilan javob beradi.  
Harakatdagi dalillarga baho berish tamoiliga tarixan yuzaki yondashilib 
kelinganligini ta’kidlash joiz. Qonun chiqaruvchi tomonidan sud’yalarga dalillarga 
baho berishning majburiy qoidalarini oldindan belgilab qo’yilar edi. Sud’yaning 
vazifasi mavjud dalillarnigina sanab o’tishdan iborat bo’lardi xalos. “Bu tizim, 
sud’yaning ishonchini cheklab, uning faoliyatiga berahm rasmiyatchilik unsurlarini 
kiritib, bir qator holatlarda haqiqiy aybdorni aniqlashga, aybini bo’yniga qo’yishga 
ojiz, ammo insonning shaxsiy hayotini sindirishga etarli kuchga ega bo’lgan jinoyat 
sudini tashkil etgan edi…, deb yozgan edi А. F. Коni”6. 
Ichki ishonch bo’yicha dalillarga erkin baho berish tamoili sud’yaga 
sudlanuvchining aybdorligi yoki aybdor emasligini hal qilishning to’g’riligi uchun 
to’liq javobgarlikni yuklaydi. Dalillarga baho berishlik sud’yaning murakkab ichki 
kechinmasi, faoliyati natijasi hisoblanadi, bunda aql ko’zgusi va vijdon amri - nidosi 
muhim o’rin tutadi. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berishlik prokurorga ham, 
tergovchiga ham shuningdek surishtiruv olib boruvchi shaxsga ham tegishlidir. Ichki 
ishonch bilan dalillarga baho berish tamoiliga jinoyat protsessining boshqa 
ishtirokchlari ham amal qilishi lozim. 
Dalillarga sud’yaning ichki ishonchiga binoan baho berish bir necha-yuridik, 
psixologik va axloqiy tomonlarga ega. Dalillarga baho berish ularning butun yig’ndisi 
mazmun-mohiyatidan va ishning barcha holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Sud’yaning psixologik ichki ishonchi uning aql-idrok va sezgi holati hisoblanadi va u 
yakuniy qaror qabul qishda qarorining to’g’riligiga ishonaqi, qarorining xato 
emasligiga ikkilanmasdan unga binoan harakat qiladi, ya’ni ayblov yoki oqlov 
hukmini chiqarishga tayor bo’ladi. 
Dalillarga baho berishning axloqiy ahamiyati shundan iborayki, sud’ya 
ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi to’g’risidagi qabul qilgan qarori va 
uning oqibati uchun sud’yalik va qolaversa insonlik vijdoni oldida javobgar bo’ladi. 
                                                 
6 Коni А. F. Собр. соч. Т. 4. С. 324.
10 sudlanuvchi, jabrlanuvchi, protsessning boshqa ishtirokchilari oldida, ular bilan bo’lgan kasbiy va insoniylik hissi, axloqiy munosabatlari bilan javob beradi. Harakatdagi dalillarga baho berish tamoiliga tarixan yuzaki yondashilib kelinganligini ta’kidlash joiz. Qonun chiqaruvchi tomonidan sud’yalarga dalillarga baho berishning majburiy qoidalarini oldindan belgilab qo’yilar edi. Sud’yaning vazifasi mavjud dalillarnigina sanab o’tishdan iborat bo’lardi xalos. “Bu tizim, sud’yaning ishonchini cheklab, uning faoliyatiga berahm rasmiyatchilik unsurlarini kiritib, bir qator holatlarda haqiqiy aybdorni aniqlashga, aybini bo’yniga qo’yishga ojiz, ammo insonning shaxsiy hayotini sindirishga etarli kuchga ega bo’lgan jinoyat sudini tashkil etgan edi…, deb yozgan edi А. F. Коni”6. Ichki ishonch bo’yicha dalillarga erkin baho berish tamoili sud’yaga sudlanuvchining aybdorligi yoki aybdor emasligini hal qilishning to’g’riligi uchun to’liq javobgarlikni yuklaydi. Dalillarga baho berishlik sud’yaning murakkab ichki kechinmasi, faoliyati natijasi hisoblanadi, bunda aql ko’zgusi va vijdon amri - nidosi muhim o’rin tutadi. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berishlik prokurorga ham, tergovchiga ham shuningdek surishtiruv olib boruvchi shaxsga ham tegishlidir. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berish tamoiliga jinoyat protsessining boshqa ishtirokchlari ham amal qilishi lozim. Dalillarga sud’yaning ichki ishonchiga binoan baho berish bir necha-yuridik, psixologik va axloqiy tomonlarga ega. Dalillarga baho berish ularning butun yig’ndisi mazmun-mohiyatidan va ishning barcha holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sud’yaning psixologik ichki ishonchi uning aql-idrok va sezgi holati hisoblanadi va u yakuniy qaror qabul qishda qarorining to’g’riligiga ishonaqi, qarorining xato emasligiga ikkilanmasdan unga binoan harakat qiladi, ya’ni ayblov yoki oqlov hukmini chiqarishga tayor bo’ladi. Dalillarga baho berishning axloqiy ahamiyati shundan iborayki, sud’ya ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi to’g’risidagi qabul qilgan qarori va uning oqibati uchun sud’yalik va qolaversa insonlik vijdoni oldida javobgar bo’ladi. 6 Коni А. F. Собр. соч. Т. 4. С. 324.
 
 
11 
Sud’ya ham o’zining intellectual, psixologik va axloqiy jihatlariga ega inson 
bo’lganligi sababli, o’ziga yuklatilgan murakkab va mas’uliyatli vazifani bajarishda, 
dalillarga baho berishda, oqibqtda ko’rilayotgan ish bo’yicha baho berishda xatoga 
yo’l qo’yish mumkin. Har qanday murakkab ishlarda xotoga yo’l qo’yilisi 
mumkinligini hisobga olgan holda, sud’ya tomonidan ham xatoga yo’l qo’yilishi 
tabiiy hol.  Sud’ya o’zi tomonidan ko’rilib boshlangan ishi oxiriga etkazishi, ya’ni hal 
qilishi lozim bo’ladi va bu jarayonda tavakkalchilikka hamda sud xatolariga yol 
qo’yilishi ham mumkin.  
Bu borada olimlar va amaliyotchilar tomonidan fikrlar bildirilganligining o’zi 
buni tasdiqlab kelmoqda. Jinoyat protsessi va sud etikasi muammolarini o’rgangan 
olimlardan М. S. Strogovich: “...xatoga bo’lgan huquq biron bir joydan na yuridik va 
na axloqiy munosabatlardan kelib chiqmaydi. Sud xatolari bo’lgan, hozirda ham 
mavjud va ularning kelgusida ham bo’lishi bilan ktlishishga to’g’ri keladi. Ammo 
sud’yalarning, shuningdek tergovchining va prokurorning ham jinoyat ishlarini 
tergov qilishda va qilishda xatoga yo’l qo’yishga haqlari yoq, bunday huquq ularda 
ilgari yo’q edi, hozirda ham mavjud emas va bundan keyin ham bo’lmaydi. Sud 
xatosi bu hamisha qonunni buzish hisoblanadi. Kimda va qachon qonunni buzish 
« huquqi »  bor! Jinoyat protsessida “xatoga yo’l qo’yish huquqi” bu axloq 
qoidalariga zid, axloqsiz tushuncha hisoblanadi, va u faqat kelgusida qonunchilikning 
va axloqning buzilishini keltirib chiqarishi mumkin»7degan edi.  М. S. 
Strogovichning bu fikri bilan boshqa olimlar ham kelishgan.8 Biz ham bu fikr bilan 
kelishmaslikning iloji yo’q deb hisoblaymiz. Chunki sudning xatosi bu avvalombor 
aybsiz shaxsni aybdor deb topish, ya’ni uni sudlash hisoblanadi. Sud’yda buning 
uchun axloqiy huquq bor deyilihi o’z-o’zidan asossizligini ko’rsatadi. Ushbu 
olimlarning fikrini tasdiqlagan holda sudning xatosi ish bo’yicha isbotlangan haqiqiy 
holatga qaramasdan, ishda unga qarshi to’plangan, inkor qilib bo’lmaydigan dalillarni 
e’tiborga olmasdan aybdor shaxsni oqlashda ham ko’rinadi. Oqibatda jinoyatchi 
                                                 
7 Проблемы судебной этики. S. 88. 
8 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 
2005.
11 Sud’ya ham o’zining intellectual, psixologik va axloqiy jihatlariga ega inson bo’lganligi sababli, o’ziga yuklatilgan murakkab va mas’uliyatli vazifani bajarishda, dalillarga baho berishda, oqibqtda ko’rilayotgan ish bo’yicha baho berishda xatoga yo’l qo’yish mumkin. Har qanday murakkab ishlarda xotoga yo’l qo’yilisi mumkinligini hisobga olgan holda, sud’ya tomonidan ham xatoga yo’l qo’yilishi tabiiy hol. Sud’ya o’zi tomonidan ko’rilib boshlangan ishi oxiriga etkazishi, ya’ni hal qilishi lozim bo’ladi va bu jarayonda tavakkalchilikka hamda sud xatolariga yol qo’yilishi ham mumkin. Bu borada olimlar va amaliyotchilar tomonidan fikrlar bildirilganligining o’zi buni tasdiqlab kelmoqda. Jinoyat protsessi va sud etikasi muammolarini o’rgangan olimlardan М. S. Strogovich: “...xatoga bo’lgan huquq biron bir joydan na yuridik va na axloqiy munosabatlardan kelib chiqmaydi. Sud xatolari bo’lgan, hozirda ham mavjud va ularning kelgusida ham bo’lishi bilan ktlishishga to’g’ri keladi. Ammo sud’yalarning, shuningdek tergovchining va prokurorning ham jinoyat ishlarini tergov qilishda va qilishda xatoga yo’l qo’yishga haqlari yoq, bunday huquq ularda ilgari yo’q edi, hozirda ham mavjud emas va bundan keyin ham bo’lmaydi. Sud xatosi bu hamisha qonunni buzish hisoblanadi. Kimda va qachon qonunni buzish « huquqi » bor! Jinoyat protsessida “xatoga yo’l qo’yish huquqi” bu axloq qoidalariga zid, axloqsiz tushuncha hisoblanadi, va u faqat kelgusida qonunchilikning va axloqning buzilishini keltirib chiqarishi mumkin»7degan edi. М. S. Strogovichning bu fikri bilan boshqa olimlar ham kelishgan.8 Biz ham bu fikr bilan kelishmaslikning iloji yo’q deb hisoblaymiz. Chunki sudning xatosi bu avvalombor aybsiz shaxsni aybdor deb topish, ya’ni uni sudlash hisoblanadi. Sud’yda buning uchun axloqiy huquq bor deyilihi o’z-o’zidan asossizligini ko’rsatadi. Ushbu olimlarning fikrini tasdiqlagan holda sudning xatosi ish bo’yicha isbotlangan haqiqiy holatga qaramasdan, ishda unga qarshi to’plangan, inkor qilib bo’lmaydigan dalillarni e’tiborga olmasdan aybdor shaxsni oqlashda ham ko’rinadi. Oqibatda jinoyatchi 7 Проблемы судебной этики. S. 88. 8 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005.
 
 
12 
muqarrar jazodan qutilib qoladi. Bunday xatolar qatoriga amaliyotda uchrab 
kelayotgan qilmishlarni noto’g’ri tavsiflash, shuningdek aybdorga nisbatan ko’ra 
bilib adolatsiz jazo tayinlashlarni ham kiritish mumkin. Agar sudning bunday xatoga 
yo’l qo’yilishi qasddan, bila turib sodir etilmagan bo’lsa, bunday xatoni sud 
tomonidan sudlanuvchining aybdor yoki aybsiz drb topish va jazo tayinlash haqidagi 
qarori deb baholashlik lozim bo’ladi. Ayrim mualliflarning asarlarida va amaliyotda 
sudlarning ishlariga baho berishda sudning xatosiga “so’zning keng ma’nosida” 
hukmda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaning noto’g’ri hal etilishi deb 
qarashlar mavjud. Bu fikr bir tomondan sud xatosi bilan, ikkinchi tomondan muayan 
masala bo’yica sudning xato qarori o’rtasidagi sigatiy farqning yo’qolishiga olib 
keladi.9 Bu fikrga qo’shilgan holda amaliyotda kelib chiqib, aytish orinli bo’ladi, 
ya’ni ish bo’yicha qilmishning sodir etilgan-etilmaganligi, kim tomonidan, qachon, 
qaerda sodir etilganligi va boshqa holatlarni aniqlashda yuzaga keladigan ichki 
ishonch eng avvalo dalillarga baho berishga bog’liq bo’ladi. Sudlanuvchining 
qilmishiga yuridik baho berishlik va unga nisbatan jazo choralarini belgilashlik 
sud’yaning xulosa va qarorining to’g’riligi va adolatligigi bo’yicha ichki ishonchiga 
mos bo’ladi. Sud’ya ish bo’yicha bir qarorga kelishga asos bo’lgan qonun va axloqiy 
normalar uning ushbu ish bo’yicha ichki ishonchini to’g’ri shakllantirishga asos 
yaratadi. Isbotlash doirasi – faktlar va holatlar summasining shunday yetarliligini 
ta'minlashdirki, u qonun, huquqiy ong va amaliyot asosida tergovchi va sudyalarga 
isbotlash predmetining barcha elementlari amalda mavjudligiga ichki ishonch hosil 
qilish imkonini beradi10. 
Sud’yaning ko’rilayotgan ish bo’yicha 
ichki ishonchi sud’yalarning 
mustaqilligi, erkinligi sharoitida, bunday urinishlarga qarshi kurashish majburiyligi 
asnosida amalga oshiriladi. Sud’yada ish bo’icha ichki ishonch ish holatlarini 
atroflicha o’rganish natijasida yuzaga kelishi va ish bo’yicha atroflicha teshirilgan 
                                                 
9 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 
2005. 
10 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. –B. 220-
221. Jinoyat protsessi. Umumiy qism. /Z.F. Inog`omjonovaning umumiy tahriri ostida. T, Adolat, 2007. –B.265.
12 muqarrar jazodan qutilib qoladi. Bunday xatolar qatoriga amaliyotda uchrab kelayotgan qilmishlarni noto’g’ri tavsiflash, shuningdek aybdorga nisbatan ko’ra bilib adolatsiz jazo tayinlashlarni ham kiritish mumkin. Agar sudning bunday xatoga yo’l qo’yilishi qasddan, bila turib sodir etilmagan bo’lsa, bunday xatoni sud tomonidan sudlanuvchining aybdor yoki aybsiz drb topish va jazo tayinlash haqidagi qarori deb baholashlik lozim bo’ladi. Ayrim mualliflarning asarlarida va amaliyotda sudlarning ishlariga baho berishda sudning xatosiga “so’zning keng ma’nosida” hukmda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaning noto’g’ri hal etilishi deb qarashlar mavjud. Bu fikr bir tomondan sud xatosi bilan, ikkinchi tomondan muayan masala bo’yica sudning xato qarori o’rtasidagi sigatiy farqning yo’qolishiga olib keladi.9 Bu fikrga qo’shilgan holda amaliyotda kelib chiqib, aytish orinli bo’ladi, ya’ni ish bo’yicha qilmishning sodir etilgan-etilmaganligi, kim tomonidan, qachon, qaerda sodir etilganligi va boshqa holatlarni aniqlashda yuzaga keladigan ichki ishonch eng avvalo dalillarga baho berishga bog’liq bo’ladi. Sudlanuvchining qilmishiga yuridik baho berishlik va unga nisbatan jazo choralarini belgilashlik sud’yaning xulosa va qarorining to’g’riligi va adolatligigi bo’yicha ichki ishonchiga mos bo’ladi. Sud’ya ish bo’yicha bir qarorga kelishga asos bo’lgan qonun va axloqiy normalar uning ushbu ish bo’yicha ichki ishonchini to’g’ri shakllantirishga asos yaratadi. Isbotlash doirasi – faktlar va holatlar summasining shunday yetarliligini ta'minlashdirki, u qonun, huquqiy ong va amaliyot asosida tergovchi va sudyalarga isbotlash predmetining barcha elementlari amalda mavjudligiga ichki ishonch hosil qilish imkonini beradi10. Sud’yaning ko’rilayotgan ish bo’yicha ichki ishonchi sud’yalarning mustaqilligi, erkinligi sharoitida, bunday urinishlarga qarshi kurashish majburiyligi asnosida amalga oshiriladi. Sud’yada ish bo’icha ichki ishonch ish holatlarini atroflicha o’rganish natijasida yuzaga kelishi va ish bo’yicha atroflicha teshirilgan 9 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 10 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. –B. 220- 221. Jinoyat protsessi. Umumiy qism. /Z.F. Inog`omjonovaning umumiy tahriri ostida. T, Adolat, 2007. –B.265.
 
 
13 
ishga aloqador, yaroqli, maqbul, protsessual qonun talablariga to’liq rioya qilingan 
holda to’plangan ish bo’yicha etarli dalillarga asoslanishi kerakligi talab etiladi.    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari  
 
Dalillarni olish ularni qidirib topish, tekshirish va ularga baho berish vakolati 
yuklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ammo bu qidirib toppilishi, 
tekshirilishi va baho berilishi lozim bo’lgan dalillar aslida boshqa odamlardan, ya’ni 
ish holati bo’yicha ahamiyatli bo’lgan ma’lumot “manbai”dan yo’ki bo’lmasa ularni 
o’rganishga jalb qilingan shaxslardan olinadi. Bundan ko’rinib turibdiki, dalillarni 
qidirib topish, tekshirish va ularga baho berish vakolati yuklangan shaxslarning 
hamda bu dalillar olinadigan shaxslarning axloqiy jihatlari, suningdek turli xil 
dalillarni olish va qo’llashni tartibga soluvchi qonunchilikning axloqiy asoslari 
qanchalik muhim rol o’ynashini ko’rish mumkin.11 Bu fikrni tasdiqlagan holda 
zamonoviy jinoyat protsessual qonunchilikda insonni o’ziga qarshi ko’rsatuv 
berishlik qat’iy ta’qiqlanishini alohida qayd etish lozim. Bundan kelib chiqib hech 
kim gumon qilinuvchini, ayblanuvchini umuman ko’rsatuv berishga majburlashga, 
                                                 
11 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 
2005.
13 ishga aloqador, yaroqli, maqbul, protsessual qonun talablariga to’liq rioya qilingan holda to’plangan ish bo’yicha etarli dalillarga asoslanishi kerakligi talab etiladi. 4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari Dalillarni olish ularni qidirib topish, tekshirish va ularga baho berish vakolati yuklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ammo bu qidirib toppilishi, tekshirilishi va baho berilishi lozim bo’lgan dalillar aslida boshqa odamlardan, ya’ni ish holati bo’yicha ahamiyatli bo’lgan ma’lumot “manbai”dan yo’ki bo’lmasa ularni o’rganishga jalb qilingan shaxslardan olinadi. Bundan ko’rinib turibdiki, dalillarni qidirib topish, tekshirish va ularga baho berish vakolati yuklangan shaxslarning hamda bu dalillar olinadigan shaxslarning axloqiy jihatlari, suningdek turli xil dalillarni olish va qo’llashni tartibga soluvchi qonunchilikning axloqiy asoslari qanchalik muhim rol o’ynashini ko’rish mumkin.11 Bu fikrni tasdiqlagan holda zamonoviy jinoyat protsessual qonunchilikda insonni o’ziga qarshi ko’rsatuv berishlik qat’iy ta’qiqlanishini alohida qayd etish lozim. Bundan kelib chiqib hech kim gumon qilinuvchini, ayblanuvchini umuman ko’rsatuv berishga majburlashga, 11 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005.