1
JINOYAT SUB’EKTI
reja:
1. Jinoyat sub’ekti tushunchasi va belgilari.
2. Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi.
3. Jinoyat sub’ekti yoshi.
4. Jinoyatda maxsus sub’ekt.
5. Jinoyat sub’ekti va jinoyatchi shaxsi.
1. JINOYAT SUB’EKTI TUSHUNCHASI VA BELGILARI
Jinoyat sub’ekti deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan va jinoyat
qonunida belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi.
Sub’ekt ham jinoyat tarkibining bir elementi sifatida, o‘zining zaruriy va fakultativ
belgilariga ega.
Jinoyat sub’ektining zaruriy belgilari quyidagilar:
- jismoniy shaxs bo‘lishlik;
- aqli rasolik;
- jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetganlik.
Ayrim hollarda, jinoyat qonuni, sub’ektga yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan tashqari
qo‘shimcha belgilarni ham bo‘lishini talab qiladi. Bu belgilarga ega bo‘lgan shaxslar esa
– maxsus sub’ekt deb yuritiladi.
2. AQLI RASOLIK VA AQLI NORASOLIK TUShUNChASI
2
Aqli rasolik deb – shaxs jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli
xususiyatini anglaganlik va o‘z harakatlarini boshqara olganligiga aytiladi.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan
va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxsgina aqli raso shaxs deb topiladi.
Agar ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida o‘z harakatlarini ahamiyatini
anglay olmagan yoki o‘z harakatlarni boshqara olmagan shaxs jinoiy javobgarlikka
tortilmaydi.
Bunday shaxslar aqli noraso shaxs deb topiladi.
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun quyidagi mezonlar bo‘lishi talab qilinadi.
Ularga:
- Yuridik mezon;
- Tibbiy mezon kiradi.
Yuridik mezon ham o‘z navbatida:
- tafakkuriy (shaxs sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining xavflilik xususiyatini
anglamaslik);
- irodaviy (o‘z harakatlarini boshqara olmaslik) kabi belgilaridan tashkil topadi.
Mana shu ikki belgidan birining mavjud bo‘lishi yuridik mezon mavjudligini
ko‘rsatadi. Ya’ni shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida o‘z harkatlarini
anglay olmagan bo‘lsa yoki o‘z harakatlarni boshqara olmagan bo‘lsa ham uni jinoiy
javobgarlikka tortib bo‘lmaydi.
Aqli norasolikning yuridik mezoni deganda - shaxs o‘zi sodir qilayotgan
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamasligi yoki o‘z harakatlarini boshqara
olmasligi natijasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazishiga
aytiladi.
Shaxsning bunday ko‘rinishdagi harakatining sababi esa, tibbiy mezonda ko‘rinadi.
Tibbiy mezon - shaxs ruhiy holati buzilganligining belgilarini ifodalaydi. Ular
quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
- surunkali ruhiy kasallik;
- vaqtinchalik ruhiy kasallik;
- aqli zaiflik;
3
- kasallikning boshqa holatlari.
Aqli noraso holatda, sodir qilingan qilmishlar uchun sud tomonidan tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo chorasi deb e’tirof etilmaydi.
Jinoyat qonuni mastlik holatida sodir qilingan qilmish uchun jinoiy javobgarlikdan
ozod qilmaydi va shaxsni aqli noraso holatda deb topmaydi. Mastlik holatida jinoyat
sodir etish, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qabul qilinadi.
Mastlik - inson onggiga ta’sir qiladigan ma’lum bir vositalarni qabul qilish orqali
vujuga keladigan holat. Ushbu vositalarga:
- alkogol ichimliklar;
- psixotrop moddalar;
- giyohvandlik vositalari;
-
kishining
aql-idrokiga
ta’sir
qiluvchi
boshqa
moddalar
kiradi
(mas:
toksikomaniya).
Lekin patologik mastlik ayrim hollarda shaxsni aqli noraso holatda deb topishga
sabab bo‘lishi mumkin.
3. JINOYaT SUB’EKTI YoShI
Jinoyat qonuni bo‘yicha jinoyat sodir etgunga qadar jinoiy javobgarlik yoshiga
yetgan aqli raso jismoniy shaxsgina, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
- JK 17-moddasiga ko‘ra, sub’ekt yoshining to‘rtta darajasi ko‘rsatiladi. Bular: - 13
yosh, 14 yosh, 16 yosh va 18 yosh.
- Jinoyatning umumiy sub’ekt yoshi 16 yosh deb belgilangan.
Jinoyat qonuni talabiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsning yosh chegaralari aniq
belgilanishi uchun shaxsning tug‘ilgan yili, oyi, kuni aniqlanishi lozim. Shaxsni ma’lum
bir yoshga to‘lgan deb topish uchun uning yoshi tug‘ilgan kunidan emas, balki keyingi
kundan boshlab hisoblanadi.
Odatda, yosh tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumot (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi
guvohnoma yoki pasport)ga qarab aniqlanadi.
4
Agar shaxsning yoshi haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa, tug‘ilgan vaqt sud tibbiyot
ekspertizasi orqali aniqlanadi. Bunda ham xulosa aniq bir yoshni emas, balki yoshning
minimal va maksimal chegarasini aytadi (Masalan: shaxs 14 – 16 yoshlar orasida).
Bunday holda shaxsning yoshi ekspertiza bergan xulosadagi minimal yosh
chegarasidan kelib chiqib tayinlanadi. Bunda shaxsni tug‘ilgan kuni deb, shu minimal
yoshdan kelib chiqib aniqlangan yilning 31 - dekabridan olinadi.
JK Maxsus qism moddalarida ushbu jinoyatlar uchun moddaning o‘zida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yosh chegarasi ko‘rsatilmaydi. Har bir modda bo‘yicha yosh chegarasi JK 17-
moddasi orqali aniqlanadi. Chunki ushbu moddada barcha jinoyatlar uchun jinoiy
javobgarlik yoshi chegarasi belgilangan.
4. JINOYaTDA MAXSUS SUB’EKT
Jinoyatning maxsus sub’ekti deb - shaxsda sub’ektning zaruriy belgilari bilan
birga, jinoyat qonunida ko‘rsatilgan boshqa bir belgilarning ham mavjud bo‘lishi talab
qilinadigan sub’ektga aytiladi. Ushbu belgilarga:
- fuqarolik;
- demografik belgilar;
- mansabi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi;
- bajarayotgan ishi;
- kasbiy majburiyati;
- shaxs majburiyati;
- sub’ektning asosiy holatlari va boshqalar kirishi mumkin.
Ushbu belgilar ayrim jinoyatlar tarkibining zaruriy belgisi sifatida e’tirof etilishi
mumkin. Ya’ni ushbu belgilarning mavjud emasligi, shaxsni harakatlarini o‘sha modda
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmasligini anglatadi.
Odatda, ushbu belgilar JK Maxsus qism moddasida jinoyat tarkibining zaruriy
belgisi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi