1
JINOYAT VA JINOYATLARNI TASNIFLASH
reja:
1. Jinoyat tushunchasi va belgilari.
2. Jinoyatlarni tasniflash.
1. JINOYaT TUShUNChASI VA BELGILARI.
Jinoyat deb – jinoyat qonuni bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish
(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi (JK 14-
moddasi 1-qismi).
Faqatgina, qilmish (harakat yoki harakatsilik) jinoyat bo‘la oladi. Jinoyat
sodir qilish to‘g‘risidagi fikr jinoyat sifatida qabul qilinmaydi.
Jinoyat belgilari quyidagilar:
- qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
- qilmishning huquqqa xilofliligi;
- qilmishda aybning mavjudligi;
- qilmishning jazoga sazovorligi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bu – sodir qilingan qilmish jinoyat qonuni
bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki shunday zarar
yetkazish real xavfini tug‘dirishi mumkinligini anglatadi.
Qilmishning huquqqa xilofliligi deganda – sodir qilingan qilmishning
jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini anglatadi.
Qilmishda aybning mavjudligi deganda - sodir qilingan qilmish qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini anglatadi.
Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa - sodir qilingan qilmish uchun
JK Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan jazo choralarining tayinlanishi
2
mumkinligini anglatadi.
Ijtimoiy xavflilik - jinoyatning moddiy belgisini;
Huquqqa xiloflilik esa - formal belgisini tashkil etadi.
2. JINOYaTLARNI TASNIFLASh
JK 15–moddasiga ko‘ra, jinoyatlar o‘zining xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko‘ra tansniflanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz ob’ekti (inson hayoti,
sog‘lig‘i, mulk, jamoat xavfsizligi), ayb shakliga (qasd, ehtiyotsizlik) qarab
belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy
niyatning amalga oshirilganlik darajasi va bosqichlari, jinoyatni sodir etish usuli,
zarar miqdori va kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan
jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
Jinoyatlarni tasniflash - jazo tayinlash, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish,
jazodan ozod qilishda e’tiborga olinadi.
JK 15-moddasida jinoyatlarning quyidagicha tasniflangan:
- ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan;
- uncha og‘ir bo‘lmagan;
- og‘ir;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda uch
yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
3
qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida
sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og‘ir jinoyatlarga – faqat qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq,
lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga – faqat qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Agarda sodir etilgan jinoyat uchun JK Maxsus qism moddasida ozodlikdan
mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolardan boshqa
turdagi jazolar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu jinoyatlar ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko‘ra - ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kiradi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar - ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilmaydi.
Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi - JK Maxsus qism
moddasida yoki modda qismida nazarda tutilgan eng og‘ir jazo turining maksimal
miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
O‘QISh UChUN ADABIYoTLAR:
1. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Darslik. Mualliflar jamoasi // Mas’ul
muharrir. X.Ochilov – T.:Adolat nashriyoti, 2020 yil. 4-9 b.
2. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1.
Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441
bet.
3. H.R.Ochilov “Jinoyat huquqi” (Umumiy qism). O’quv-uslubiy qo’llanma –
T.: JIDU nashriyoti, 2013. 148 bet.
4. Rustambaev M.H. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Umumiy
qism. I tom: Jinoyat to‘g‘risida ta’limot. – T.:Ilmziyo, 2011. – 400 b.