Jorj Bize ijodi (1838-1875)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

28,9 KB


 
 
 
 
 
 
Jorj Bize ijodi (1838-1875) 
 
  
1. J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. 
2. Jorj Bizening estetik qarashlari. 
3. J.Bizening musiqaviy dramaturgiya tamoyillari. 
4. Jorj Bizening “ Karmen” operasi . 
 
 
  J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. Jorj Bize — XIX asrning 
ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan buyuk frantsuz kompozitori. U musiqiy teatrlar 
uchun yaratilgan eng a’lo ijod namunalari — «Karmen» operasi va Alfons Dodening 
«Arlezianka» dramasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir. 
Kompozitor nixoyatda qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da (u o’ttiz etti yoshga xam 
to’lmagan edi), musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo’ldi. Bize 
opera san’atining buyuk namoyandasi bo’lib etishdi. Bizening opera san’ati milliy 
zaminda yaratilgan bo’lsa-da, u jahon san’atida xar doim etakchi o’rinlardan birini 
egallab kelgan frantsuz opera teatrlari an’analariga tayangan edi. 
XIX asrning 60-yillarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan «katta» 
opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko’ngilochar tomoshaga, lirik 
operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy ijodiy 
yutuqlari teatr bilan bog’langan bo’lib, u teatr uchun o’zining eng yaxshi asarlarini 
yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: «Men simfoniya uchun tug’ilgan emasman, 
menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman», degan edi. 
Faqat operadagina Bizening dahosi, uning dono, tiniq va xaq-qoniy mahorati 
xalq orasidan chiqqan oddiy kishilarning katta fojiasini, hayotning go’zal 
manzaralarini, uning yorqin xamda qorong’i tomonlarini ko’rsatishdagi mahorati 
to’la ochildi. 
Jorj Bize ijodi (1838-1875) 1. J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. 2. Jorj Bizening estetik qarashlari. 3. J.Bizening musiqaviy dramaturgiya tamoyillari. 4. Jorj Bizening “ Karmen” operasi . J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. Jorj Bize — XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan buyuk frantsuz kompozitori. U musiqiy teatrlar uchun yaratilgan eng a’lo ijod namunalari — «Karmen» operasi va Alfons Dodening «Arlezianka» dramasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir. Kompozitor nixoyatda qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da (u o’ttiz etti yoshga xam to’lmagan edi), musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo’ldi. Bize opera san’atining buyuk namoyandasi bo’lib etishdi. Bizening opera san’ati milliy zaminda yaratilgan bo’lsa-da, u jahon san’atida xar doim etakchi o’rinlardan birini egallab kelgan frantsuz opera teatrlari an’analariga tayangan edi. XIX asrning 60-yillarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan «katta» opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko’ngilochar tomoshaga, lirik operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy ijodiy yutuqlari teatr bilan bog’langan bo’lib, u teatr uchun o’zining eng yaxshi asarlarini yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: «Men simfoniya uchun tug’ilgan emasman, menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman», degan edi. Faqat operadagina Bizening dahosi, uning dono, tiniq va xaq-qoniy mahorati xalq orasidan chiqqan oddiy kishilarning katta fojiasini, hayotning go’zal manzaralarini, uning yorqin xamda qorong’i tomonlarini ko’rsatishdagi mahorati to’la ochildi.  
 
Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning 
taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi. 
Yorqin xayotiy bo’yoqlarga, o’tkir syujetlarga moyillik, Bizening Janub va 
Sharq xalqlarini ko’proq tasvirlashga olib keldi. «Javohir izlovchilar», «Jamila», 
provansalcha «Arlezianka» va ispancha-tsigancha «Karmen» singari sharqona ruh 
bilan yo’g’rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelgan edi. 
   Ispaniya va Sharq xalqlari hayotini aks ettirar ekan, Bize milliy ohanglardan 
foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go’zal asarlarini yaratadi. Bize 
XIX asr kompozitorlari orasida o’zining xalqsevarligi va «Karmen» operasi bilan 
jahon musiqa madaniyati iftixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan ijodkorlar 
toifasiga mansubdir. 
Jorj Bize (Bizet, Georges) (1838—1875). Aleksandr Tsezar Leopold Bize (u 
cho’qinayotgan paytda Jorj nomini olgan) 1838-yil 25-oktabrda Parijda musiqachilar 
oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi va ona tomonidan bobosi ashuladan dars 
berishgan. Bizening musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo’lgan. U to’rt yoshga 
kirganidayoq, yaqinlari musiqiy salohiyati va noyob xotirasini sezib qolishgan. 
To’qqiz yoshida Bize Parij konservatoriyasiga o’qishga kiradi. U A. F. 
Marmontelning fortepiano sinfida, P. Simmerman, J. F. Galevilarning kompozitsiya 
sinflarida muvaffaqiyat bilan o’qidi. Galevi sinfida Bize opera janri bilan yaqindan 
tanishib, bu sohani umrining oxirigacha xam tark etmadi. Keyinchalik Galevining 
ukasi Leon, kompozitorning jiyani Lyudovik Bize bilan uning librettochisi sifatida 
hamkorlik qilishdi. 
Bizega frantsuz lirik operasining yirik ustasi Sharl Guno katta ta’sir ko’rsatdi. 
Bize Gunodan kompozitsiya sirlarini o’rgandi. Guno opera musiqasining eng yaxshi 
tomonlari Bizening ijodiy uslubiga ta’sir o’tkazmasdan qolmas edi. 
Konservatoriya yillarida yaratilgan asarlar orasida do major simfoniyasi 
e’tiborga sazovor. Bize konservatoriyada o’qib yurgan yillarida do major 
simfoniyasidan tashqari, bir aktli komik operasi «Doktorning uyi» va orkestr uchun 
lya major uvertyurasini xam yaratadi. Konservatoriyani bitirish yili (1857) «Klovis 
va Klotilda» kantatasi uchun Bize Nafis san’at akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan 
Rim mukofotini oladi. Bu mukofot yosh musiqachiga davlat stipendiyasini 
Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi. Yorqin xayotiy bo’yoqlarga, o’tkir syujetlarga moyillik, Bizening Janub va Sharq xalqlarini ko’proq tasvirlashga olib keldi. «Javohir izlovchilar», «Jamila», provansalcha «Arlezianka» va ispancha-tsigancha «Karmen» singari sharqona ruh bilan yo’g’rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelgan edi. Ispaniya va Sharq xalqlari hayotini aks ettirar ekan, Bize milliy ohanglardan foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go’zal asarlarini yaratadi. Bize XIX asr kompozitorlari orasida o’zining xalqsevarligi va «Karmen» operasi bilan jahon musiqa madaniyati iftixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan ijodkorlar toifasiga mansubdir. Jorj Bize (Bizet, Georges) (1838—1875). Aleksandr Tsezar Leopold Bize (u cho’qinayotgan paytda Jorj nomini olgan) 1838-yil 25-oktabrda Parijda musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi va ona tomonidan bobosi ashuladan dars berishgan. Bizening musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo’lgan. U to’rt yoshga kirganidayoq, yaqinlari musiqiy salohiyati va noyob xotirasini sezib qolishgan. To’qqiz yoshida Bize Parij konservatoriyasiga o’qishga kiradi. U A. F. Marmontelning fortepiano sinfida, P. Simmerman, J. F. Galevilarning kompozitsiya sinflarida muvaffaqiyat bilan o’qidi. Galevi sinfida Bize opera janri bilan yaqindan tanishib, bu sohani umrining oxirigacha xam tark etmadi. Keyinchalik Galevining ukasi Leon, kompozitorning jiyani Lyudovik Bize bilan uning librettochisi sifatida hamkorlik qilishdi. Bizega frantsuz lirik operasining yirik ustasi Sharl Guno katta ta’sir ko’rsatdi. Bize Gunodan kompozitsiya sirlarini o’rgandi. Guno opera musiqasining eng yaxshi tomonlari Bizening ijodiy uslubiga ta’sir o’tkazmasdan qolmas edi. Konservatoriya yillarida yaratilgan asarlar orasida do major simfoniyasi e’tiborga sazovor. Bize konservatoriyada o’qib yurgan yillarida do major simfoniyasidan tashqari, bir aktli komik operasi «Doktorning uyi» va orkestr uchun lya major uvertyurasini xam yaratadi. Konservatoriyani bitirish yili (1857) «Klovis va Klotilda» kantatasi uchun Bize Nafis san’at akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan Rim mukofotini oladi. Bu mukofot yosh musiqachiga davlat stipendiyasini  
 
ta’minladi va unga uch yil davomida xorijiy mamlakatlarda badiiy mahorat sirlarini 
egallash imkoniyatini berdi. 
Konservatoriyani tugatgach, Bize o’zining fortepiano bo’yicha o’qituvchisi 
A.F. Marmontelning ta’biri bilan aytganda, «katta musiqachi» bo’lib etishdi. Guno 
va Galevi singari opera janrining ikki yirik ustasi rahbarligida Bize XIX asr 
o’rtalaridagi frantsuz opera madaniyati an’analari bilan tanishdi. 
Bizening uch yil davomida Italiyada yashashi (1858—1860) yosh 
kompozitorning 
dunyoqarashiga 
kuchli 
ta’sir 
ko’rsatdi. 
Rim 
mukofoti 
sovrindorlarining doimiy uchrashuv joyi Rimdagi Medichi villasi edi. Bu erda Bize 
Marmontelning shogirdi Ernest Giro bilan do’stlashadi. Keyinroq Giro Parij 
konservatoriyasida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Uning sinfidan Klod Debyussi va Pol 
Dyuka singari kompozitorlar etishib chiqadi. Eng yaxshi asarlari Giro nomi bilan 
bog’langan, ulardan biri — «Karmen» operasi. Bize vafotidan keyin Giro 
kompozitorning uslub qirralarini saqlab qolgan holda operaga rechitativ yozadi va 
uni o’zi orkestrga moslashtiradi. Giro Alfons Dodening «Arlezianka» dramasiga 
orkestr uchun ikkinchi syuitani tuzadi. 
Italiyada Bize ikki ko’rinishdan iborat komik opera «Don Prokopio», «Vasko 
da Gama», «Te Deum» qasida-simfoniyalarini yaratadi. 
1869-yilda Bize Parijga qaytadi. 1862-yilda u «Lirik teatr»dan «Javohir 
izlovchilar» operasi uchun taklif oladi. Bu opera 1863-yilda qo’yilgan va muallifga 
katta muvaffaqiyatlar keltirgan edi. «Javohir izlovchilar» operasida frantsuz 
kompozitorining Sharq ekzotikasi bilan qiziqishlari o’z ifodasini topgan. Asl sharq 
ohanglaridan foydalanmasdan turib xam Bize alohida olingan sharq koloritini 
xaqqoniy va maftunkor tarzda ko’rsata olgan. 
Bizening navbatdagi opera asari «Ivan Grozno’y» besh ko’rinishli katta opera 
bo’ldi. U «Grand Opera» teatrining buyurtmasi edi. Opera partiturasi 1865-yilda 
tugallangan bo’lishiga qaramay, Parij teatrlari uni rad etishgan edi. Operaning 
librettosi ancha muvaffaqiyatsiz chiqadi, chunki tarixiy xaqiqatdan bir qadar 
uzoqroq bo’lgan. «Katta opera» janrining o’zi kuchaytirilgan ehtiroslar, tashqi 
tomoshabop ko’rinishlariga qaramay, Bize uchun yot edi. «Ivan Grozno’y»dan keyin 
Bize «katta opera» janri bilan boshqa shug’ullanmaydi. 
  
ta’minladi va unga uch yil davomida xorijiy mamlakatlarda badiiy mahorat sirlarini egallash imkoniyatini berdi. Konservatoriyani tugatgach, Bize o’zining fortepiano bo’yicha o’qituvchisi A.F. Marmontelning ta’biri bilan aytganda, «katta musiqachi» bo’lib etishdi. Guno va Galevi singari opera janrining ikki yirik ustasi rahbarligida Bize XIX asr o’rtalaridagi frantsuz opera madaniyati an’analari bilan tanishdi. Bizening uch yil davomida Italiyada yashashi (1858—1860) yosh kompozitorning dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Rim mukofoti sovrindorlarining doimiy uchrashuv joyi Rimdagi Medichi villasi edi. Bu erda Bize Marmontelning shogirdi Ernest Giro bilan do’stlashadi. Keyinroq Giro Parij konservatoriyasida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Uning sinfidan Klod Debyussi va Pol Dyuka singari kompozitorlar etishib chiqadi. Eng yaxshi asarlari Giro nomi bilan bog’langan, ulardan biri — «Karmen» operasi. Bize vafotidan keyin Giro kompozitorning uslub qirralarini saqlab qolgan holda operaga rechitativ yozadi va uni o’zi orkestrga moslashtiradi. Giro Alfons Dodening «Arlezianka» dramasiga orkestr uchun ikkinchi syuitani tuzadi. Italiyada Bize ikki ko’rinishdan iborat komik opera «Don Prokopio», «Vasko da Gama», «Te Deum» qasida-simfoniyalarini yaratadi. 1869-yilda Bize Parijga qaytadi. 1862-yilda u «Lirik teatr»dan «Javohir izlovchilar» operasi uchun taklif oladi. Bu opera 1863-yilda qo’yilgan va muallifga katta muvaffaqiyatlar keltirgan edi. «Javohir izlovchilar» operasida frantsuz kompozitorining Sharq ekzotikasi bilan qiziqishlari o’z ifodasini topgan. Asl sharq ohanglaridan foydalanmasdan turib xam Bize alohida olingan sharq koloritini xaqqoniy va maftunkor tarzda ko’rsata olgan. Bizening navbatdagi opera asari «Ivan Grozno’y» besh ko’rinishli katta opera bo’ldi. U «Grand Opera» teatrining buyurtmasi edi. Opera partiturasi 1865-yilda tugallangan bo’lishiga qaramay, Parij teatrlari uni rad etishgan edi. Operaning librettosi ancha muvaffaqiyatsiz chiqadi, chunki tarixiy xaqiqatdan bir qadar uzoqroq bo’lgan. «Katta opera» janrining o’zi kuchaytirilgan ehtiroslar, tashqi tomoshabop ko’rinishlariga qaramay, Bize uchun yot edi. «Ivan Grozno’y»dan keyin Bize «katta opera» janri bilan boshqa shug’ullanmaydi.  
 
2--: 
 Estetik qarashlari.1866—1871-yillar oralig’ida Bize o’zining yagona musiqiy-
tanqidiy asari «Musiqa xaqida suxbatlar»ni yozadi. U musiqa san’ati muammolariga 
bag’ishlangan edi. Maqolada Bize san’atning asosiy muammolari ustida to’xtaydi: 
san’atning buyuk emotsional kuchini tasdiqlaydi, shu bilan birgalikda o’zi uchun 
zamondosh bo’lgan Ikkinchi Frantsiya imperiyasida san’atning ayanchli o’rni va 
ahvolini ko’rsatib beradi. Bize san’atdagi akademizm va eskilikka qarshi chiqadi, 
san’atdan hayotni jur’at va iqtidor bilan tasvirlashni talab qiladi. Maqolada Bize 
Verdini himoya qilib chiqadi. Akademik guruhlar uni qo’pollik xamda nafosatdan 
holilikda ayblashayotgan edi. 
  O’z ijodiy izlanishlari, birinchi navbatda, opera janrida Bize o’sha davrning 
eng ulug’ opera kompozitorlari (Verdi, Vagner, Chaykovskiy) hayollarini band etgan 
ideal — musiqiy dramaga kirishi kerak edi. Bizening e’tirof etishicha, mavjud «katta 
opera» unga o’lik janr bo’lib ko’rinar, lirik opera meshchanlarga xos 
chegaralanganligi bilan achchig’ini keltirar, komik opera boshqalaridan ko’ra 
ko’proq islohotga muhtoj edi. U o’zidagi demokratik unsurlari bilan diqqatga 
sazovor bo’lgan. 
60-yillarning eng ko’zga ko’ringan asari Valter Skottning romani asosida 
yaratilgan «Pert go’zali» operasi bo’ldi. Opera 1867-yilda «Lirik teatr»da qo’yilgan 
va katta muvaffaqiyat qozongan. Opera qaxramonlari oddiy kishilar: temirchi Smit, 
qo’lqop tikuvchi Simon Glover va uning qizi Katarina, lo’li qiz Mab edi. Bize 
«Karmen» va «Arlezian qizi»dan xam ustunroq bo’lgan yorqin maishiy va ommaviy 
sahnalar yaratadi 1870-yilda frank-pruss urushi boshlanadi. Bize Milliy Gvardiya 
qo’shinlari safida bo’ladi. 
Bizening vatanparvarlik tuyg’ulari Gyugoning «Frantsiya uchun qurbon 
bo’lganlar» she’ri asosidagi qo’shig’ida o’z ifodasini topgan. 1871-yilda Parij 
kommunasi e’lon qilinadi, uni Bize qabul qila olmaydi, zero, u siyosiy hayotdan 
ancha uzoq bo’lgan burjuaziya tarbiyasidagi kishi edi. 
  
3--: 
 Musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.So’nggi besh yillikdagi asarlarga — xalq 
hayotidan olingan musiqiy dramalar «Arlezian qizi», «Karmen», «Jamila» lirik-
2--: Estetik qarashlari.1866—1871-yillar oralig’ida Bize o’zining yagona musiqiy- tanqidiy asari «Musiqa xaqida suxbatlar»ni yozadi. U musiqa san’ati muammolariga bag’ishlangan edi. Maqolada Bize san’atning asosiy muammolari ustida to’xtaydi: san’atning buyuk emotsional kuchini tasdiqlaydi, shu bilan birgalikda o’zi uchun zamondosh bo’lgan Ikkinchi Frantsiya imperiyasida san’atning ayanchli o’rni va ahvolini ko’rsatib beradi. Bize san’atdagi akademizm va eskilikka qarshi chiqadi, san’atdan hayotni jur’at va iqtidor bilan tasvirlashni talab qiladi. Maqolada Bize Verdini himoya qilib chiqadi. Akademik guruhlar uni qo’pollik xamda nafosatdan holilikda ayblashayotgan edi. O’z ijodiy izlanishlari, birinchi navbatda, opera janrida Bize o’sha davrning eng ulug’ opera kompozitorlari (Verdi, Vagner, Chaykovskiy) hayollarini band etgan ideal — musiqiy dramaga kirishi kerak edi. Bizening e’tirof etishicha, mavjud «katta opera» unga o’lik janr bo’lib ko’rinar, lirik opera meshchanlarga xos chegaralanganligi bilan achchig’ini keltirar, komik opera boshqalaridan ko’ra ko’proq islohotga muhtoj edi. U o’zidagi demokratik unsurlari bilan diqqatga sazovor bo’lgan. 60-yillarning eng ko’zga ko’ringan asari Valter Skottning romani asosida yaratilgan «Pert go’zali» operasi bo’ldi. Opera 1867-yilda «Lirik teatr»da qo’yilgan va katta muvaffaqiyat qozongan. Opera qaxramonlari oddiy kishilar: temirchi Smit, qo’lqop tikuvchi Simon Glover va uning qizi Katarina, lo’li qiz Mab edi. Bize «Karmen» va «Arlezian qizi»dan xam ustunroq bo’lgan yorqin maishiy va ommaviy sahnalar yaratadi 1870-yilda frank-pruss urushi boshlanadi. Bize Milliy Gvardiya qo’shinlari safida bo’ladi. Bizening vatanparvarlik tuyg’ulari Gyugoning «Frantsiya uchun qurbon bo’lganlar» she’ri asosidagi qo’shig’ida o’z ifodasini topgan. 1871-yilda Parij kommunasi e’lon qilinadi, uni Bize qabul qila olmaydi, zero, u siyosiy hayotdan ancha uzoq bo’lgan burjuaziya tarbiyasidagi kishi edi. 3--: Musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.So’nggi besh yillikdagi asarlarga — xalq hayotidan olingan musiqiy dramalar «Arlezian qizi», «Karmen», «Jamila» lirik-  
 
operasi, «Don Rodrigo» qaxramonlik operasi, fortepianoda ikki kishi ijrosi uchun 
«Bolalar o’yinlari» syuitasi mansubdir. Ushbu syuitadagi beshta p’esani 
kompozitorning o’zi orkestrga moslashtirgan va ular «Kichik syuita»ni tashkil 
etardi. Uning tarkibiga: «Marsh» («Truba va baraban»), «Alla» («Qo’g’irchoq»), 
«Ekspromt» («Pildiroq»), «Duet» («Mitti er va mitti xotin»), «Galop» («Bal») kiradi. 
«Jamila» operasi «Komik opera» taklifi bilan 1871-yilda Alfred Myussening 
«Namuna» dostoni asosida Lui Gallening librettosiga yozilgan edi. Doston sevgi va 
sadoqat xaqida. Operada sharqona kolorit mahorat bilan nozik tarzga ifodalangan. 
Asar arab xalq musiqasi ohanglari, ritmlar bilan boyitilgan. 
Bizening navbatdagi katta ishi Alfons Dodening «Arlezian qizi» dramasi uchun 
yozilgan musiqa edi. Spektakl prem’erasi 1872-yilda «Vodevil» teatrida bo’lib 
o’tadi. Partituraning yigirma ettita nomeri xalq xayotidan olingan chuqur dramalarni 
yorqin musiqiy obrazlarda ochib beradi. 
  1874-yilda Prosper Merimening shu nomdagi dramasi asosida A. Melyak va 
L. Galevilar librettosiga tayanib, «Karmen» operasini tugallaydi. Opera prem’erasi 
1875-yil martida bo’lib o’tadi. Operaning postanovkasi uchun yaxshi tayyorgarlik 
ko’rilgan bo’lishiga qaramay, muvaffaqiyatsiz chiqadi. Bize bundan larzaga tushadi. 
U asarning zafar quchishiga to’la-to’kis ishongan edi. 
Bizening bevaqt o’limi «Karmen» operasi atrofidagi gap-so’zlar tufayli 
tezlashib ketadi. U 1875-yil 3-iyunda vafot etadi. Parijda «Karmen» operasining 
postanovkasi 1883-yilda yangidan qo’yiladi. Ernest Giro operadagi dastlabki 
dialoglarni rechitativlar bilan almashtiradi, unga oxirgi ko’rinishda balet sahnalarini 
qo’shadi, ularni «Pert go’zali» va «Arlezian qizi»dan oladi. 
Xozirgi kunda «Karmen» jahon musiqiy teatrlari repertuarida eng munosib 
o’rinlarni egallab kelmoqda. 
  
4--: 
 «Karmen» operasi. «Karmen» operasi — yorqin xalq xayoti fonida ommadan 
chiqqan oddiy odamlar, lo’li qiz Karmen va soldat Xoze muxabbati tarixini 
jonlantiruvchi musiqali drama. 
Prosper Merime syujetining musiqiy talqinida Bize ko’p jixatlar bo’yicha 
novelladan chetlashdi. Bosh qaxramonlar obrazlari ijobiylashtirildi. Chunonchi, 
operasi, «Don Rodrigo» qaxramonlik operasi, fortepianoda ikki kishi ijrosi uchun «Bolalar o’yinlari» syuitasi mansubdir. Ushbu syuitadagi beshta p’esani kompozitorning o’zi orkestrga moslashtirgan va ular «Kichik syuita»ni tashkil etardi. Uning tarkibiga: «Marsh» («Truba va baraban»), «Alla» («Qo’g’irchoq»), «Ekspromt» («Pildiroq»), «Duet» («Mitti er va mitti xotin»), «Galop» («Bal») kiradi. «Jamila» operasi «Komik opera» taklifi bilan 1871-yilda Alfred Myussening «Namuna» dostoni asosida Lui Gallening librettosiga yozilgan edi. Doston sevgi va sadoqat xaqida. Operada sharqona kolorit mahorat bilan nozik tarzga ifodalangan. Asar arab xalq musiqasi ohanglari, ritmlar bilan boyitilgan. Bizening navbatdagi katta ishi Alfons Dodening «Arlezian qizi» dramasi uchun yozilgan musiqa edi. Spektakl prem’erasi 1872-yilda «Vodevil» teatrida bo’lib o’tadi. Partituraning yigirma ettita nomeri xalq xayotidan olingan chuqur dramalarni yorqin musiqiy obrazlarda ochib beradi. 1874-yilda Prosper Merimening shu nomdagi dramasi asosida A. Melyak va L. Galevilar librettosiga tayanib, «Karmen» operasini tugallaydi. Opera prem’erasi 1875-yil martida bo’lib o’tadi. Operaning postanovkasi uchun yaxshi tayyorgarlik ko’rilgan bo’lishiga qaramay, muvaffaqiyatsiz chiqadi. Bize bundan larzaga tushadi. U asarning zafar quchishiga to’la-to’kis ishongan edi. Bizening bevaqt o’limi «Karmen» operasi atrofidagi gap-so’zlar tufayli tezlashib ketadi. U 1875-yil 3-iyunda vafot etadi. Parijda «Karmen» operasining postanovkasi 1883-yilda yangidan qo’yiladi. Ernest Giro operadagi dastlabki dialoglarni rechitativlar bilan almashtiradi, unga oxirgi ko’rinishda balet sahnalarini qo’shadi, ularni «Pert go’zali» va «Arlezian qizi»dan oladi. Xozirgi kunda «Karmen» jahon musiqiy teatrlari repertuarida eng munosib o’rinlarni egallab kelmoqda. 4--: «Karmen» operasi. «Karmen» operasi — yorqin xalq xayoti fonida ommadan chiqqan oddiy odamlar, lo’li qiz Karmen va soldat Xoze muxabbati tarixini jonlantiruvchi musiqali drama. Prosper Merime syujetining musiqiy talqinida Bize ko’p jixatlar bo’yicha novelladan chetlashdi. Bosh qaxramonlar obrazlari ijobiylashtirildi. Chunonchi,  
 
Merime novellasida Karmen nazokatli lo’li qizning o’g’rilikka moyilligi bilan 
ko’rsatilgan, askar Xoze esa nafaqat xushtor, balki qaroqchi xam. 
Operaga yangi personaj — Xozening qallig’i, qishloq qizi Mikaela kiritilgan, u 
Karmenning o’ziga xosligi va maftunkorligini bo’rttirib turadi. Torero Eskamilio 
(novellada Lukas) operada novelladagidan yanada yorqinroq tavsifga ega. Uning 
xushchaqchaq, kekkaygan obrazi Xozening qayg’uli va rashkli tuyg’usiga qarama-
qarshidir. 
Merimening asarida Ispaniya ma’yus romantika ruhida ko’rsatilgan. Voqealar 
tunda, zulmatli, yovvoyi tog’ ungurlarida, qorong’i shaxar vayronalarida bo’lib 
o’tadi. Bizening operasida Ispaniya yorqin quyosh nurlariga to’lgan holda 
ko’rsatiladi. Voqealar jonli olomonga to’la Sevilya maydonlariga olib chiqiladi. 
Faqat uchinchi pardada novellaning zulmatli romantik kayfiyati saqlab qolingan. 
Bize musiqiy vositalardan mohirona foydalangan ispancha rang-baranglikni 
yaratdi. Operada uchta xalq kuyidan foydalanilgan: xabaneraga asos bo’lgan Irader 
to’plamidan 
olingan 
kubincha 
qo’shiq, 
to’rtinchi 
parda 
muqaddimasida 
foydalanilgan ispancha polo raqs kuyi, birinchi parda qo’shig’i va melodramasidagi 
ispancha Goblas raqsi. 
«Karmen» operasi hajviy opera janrida yozilgan va unda musiqiy nomerlarni 
birlashtiruvchi so’zlashuv dialoglari kiritilgan. Biroq hajviy opera janri shartli 
ravishda belgilangan. Ernest Giro so’zlashuv dialoglarini musiqiy-rechitativlarga 
aylantirdi va buning natijasida hajviy opera janri qirralari yo’qoldi. Frantsuz 
operasining boy an’analaridan Bize barcha qimmatli va progressiv narsalarni oldi: 
«katta operadan» — teatr voqealarining yorqinligini, lirik operadan — dramani 
ochib berishdagi nafislikni, hajviy operadan — janr-maishiy va xalq sahnalarini va 
hokazo. 
Shu tarzda, Bize realistik musiqali drama janrini yaratdi, bunda u milliy 
operaning yaxshi yutuqlariga tayandi va uning eng muhim unsurlarini isloh qildi. 
 
Merime novellasida Karmen nazokatli lo’li qizning o’g’rilikka moyilligi bilan ko’rsatilgan, askar Xoze esa nafaqat xushtor, balki qaroqchi xam. Operaga yangi personaj — Xozening qallig’i, qishloq qizi Mikaela kiritilgan, u Karmenning o’ziga xosligi va maftunkorligini bo’rttirib turadi. Torero Eskamilio (novellada Lukas) operada novelladagidan yanada yorqinroq tavsifga ega. Uning xushchaqchaq, kekkaygan obrazi Xozening qayg’uli va rashkli tuyg’usiga qarama- qarshidir. Merimening asarida Ispaniya ma’yus romantika ruhida ko’rsatilgan. Voqealar tunda, zulmatli, yovvoyi tog’ ungurlarida, qorong’i shaxar vayronalarida bo’lib o’tadi. Bizening operasida Ispaniya yorqin quyosh nurlariga to’lgan holda ko’rsatiladi. Voqealar jonli olomonga to’la Sevilya maydonlariga olib chiqiladi. Faqat uchinchi pardada novellaning zulmatli romantik kayfiyati saqlab qolingan. Bize musiqiy vositalardan mohirona foydalangan ispancha rang-baranglikni yaratdi. Operada uchta xalq kuyidan foydalanilgan: xabaneraga asos bo’lgan Irader to’plamidan olingan kubincha qo’shiq, to’rtinchi parda muqaddimasida foydalanilgan ispancha polo raqs kuyi, birinchi parda qo’shig’i va melodramasidagi ispancha Goblas raqsi. «Karmen» operasi hajviy opera janrida yozilgan va unda musiqiy nomerlarni birlashtiruvchi so’zlashuv dialoglari kiritilgan. Biroq hajviy opera janri shartli ravishda belgilangan. Ernest Giro so’zlashuv dialoglarini musiqiy-rechitativlarga aylantirdi va buning natijasida hajviy opera janri qirralari yo’qoldi. Frantsuz operasining boy an’analaridan Bize barcha qimmatli va progressiv narsalarni oldi: «katta operadan» — teatr voqealarining yorqinligini, lirik operadan — dramani ochib berishdagi nafislikni, hajviy operadan — janr-maishiy va xalq sahnalarini va hokazo. Shu tarzda, Bize realistik musiqali drama janrini yaratdi, bunda u milliy operaning yaxshi yutuqlariga tayandi va uning eng muhim unsurlarini isloh qildi.