JUFT KORRELYATSION TAHLIL
1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish.
2. Korrelyatsiya koeffitsiyentining turlari: juft, Pirson, Fexner va Spirman.
3. Korrelyatsiya koeffitsiyentini о‘zgarish intervallari va Cheddok shkalasi.
Tayanch iboralar: bog‘lanish, korrelyatsion bog‘lanish, chiziqli, chiziqsiz
bog‘lanish, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli.
1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni о‘rganish
ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir.
Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki kо‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri bog‘liq
bо‘lmagan о‘zgaruvchilar, ikkinchisi bog‘liq о‘zgaruvchilar hisoblanadi.
Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning о‘zgarishiga sababchi
bо‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa
natijaviy belgilar deyiladi.
Masalan, iste’molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va
xizmatlarga bо‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi,
unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil
qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi.
Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda
omillarning tо‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar tо‘liqsiz
hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Korrelyatsiya sо‘zi lotincha correlation sо‘zidan olingan bо‘lib, о‘zaro
munosabat, muvofiqlik, bog‘liqlik degan ma’noga ega.
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog‘lanish juft korrelyatsiya
deb ataladi.
Korrelyatsion bog‘lanishlarni о‘rganishda ikki toifadagi masalalar kо‘ndalang
bо‘ladi. Ulardan biri о‘rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya’ni
kuchli yoki kuchsiz) bog‘lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil
deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog‘lanish zichlik darajasini
baholashga aytiladi.
Omillarning о‘zaro bog‘lanishi 2 turga bо‘linadi: funksional bog‘lanish va
korrelyatsion bog‘lanish.
1.-rasm. Bog‘lanish turlari
Yunalishlarning о‘zgarishiga qarab, bog‘lanishlar ikki turga bо‘linadi: tо‘gri
bog‘lanish va teskari bog‘lanishlar.
Analitik ifodalarning kо‘rinishlariga qarab ham bog‘lanishlar ikki turga bо‘linadi:
tо‘g‘ri chiziqli va chiziksiz bog‘lanishlar.
Fuksional bog‘lanishlarda bir о‘zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa
о‘zgaruvchi belgining anik bitta qiymati mos keladi.
2.-rasm. Korrelyatsion bog‘lanish turlari
2. Korrelyatsiya koeffitsiyentining turlari: juft, Pirson, Fexner va Spirman
Korrelyatsion tahlil korrelyatsiya koeffitsiyentlarini aniqlash va ularning
muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.1
Chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyentining hisoblash formulasi:
Y
X
X
Y
Y
X
Y
X
r
(7.1)
bu yerda,
x
va
y
mos ravishda x va y о‘zgaruvchilarning о‘rtacha kvadratik
chetlanishidir va ular quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
n
x
x
n
i
i
x
1
2
,
n
y
y
n
i
i
y
1
2
(5.5)
Ёки
2
2
)
(X
X
X
;
(7.2)
2
2
)
(Y
Y
Y
.
(7.3)
Shuningdek,
korrelyatsiya
koeffitsiyentini
hisoblashning
quyidagi
modifikatsiyalangan formulalaridan ham foydalanish mumkin:
y
x
n
i
i
i
n
y
y
x
x
r
1
ёки
n
i
n
i
n
i
n
i
n
i
n
i
n
i
y
y
n
x
x
n
y
x
xy
n
r
1
2
1
2
1
2
1
2
1
1
1
(5.6)
Determinatsiya koeffisiyenti korrelyatsiya koeffisiyentining kvadratiga teng.
1Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu),Inc.p. 90
1. Xususiy korrelyatsiya koeffisiyentlari. Xususiy korrelyatsiya koeffisiyenti
asosiy va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini bildiradi.
2. Juft korrelyatsiya koeffisiyentlari asosiy omil inobatga olinmagan nuqtada
hisoblanadi. Agar juft korrelyatsiya koeffisiyenti 0,6 dan katta bo‘lsa, unda omillararo
bog‘lanish kuchli deb hisoblanadi va erkin omillar ma’lum darajada bir birini
takrorlaydi. Agar modelda o‘zaro bog‘langan omillar qatnashsa, model yordamida
qilingan hisoblar noto‘g‘ri chiqishi mumkin va omillar ta’siri ikki barovar hisoblanishi
mumkin. O‘zaro bog‘langan ta’sir etuvchi omillardan bittasi modeldan chiqarib
tashlanadi. Albatta modelda kuchliroq va mustahkamroq omil qoladi.
3. Ko‘p omilli modellarda agar natijaviy omilga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatsa,
unda omillar orasida ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffisiyenti hisoblanadi.
3. Korrelyatsiya koeffisiyentini o‘zgarish intervallari va Cheddok shkalasi
Korrelyatsiya koeffisiyenti (r) –1 dan +1 oralig‘ida bo‘ladi.Agar
0
r
bo‘lsaomillar o‘rtasida bog‘lanish mavjud emas,
1
0
r
bo‘lsa, to‘g‘ri bog‘lanish
mavjud
0
1
r
- teskari bog‘lanish mavjud
1
r
funksional bog‘lanish mavjud.
Bog‘lanish zichlik darajasi odatda quyidagicha talqin etiladi. Agar
2
,
0
gacha –
kuchsiz bog‘lanish;
4
,
0
2
,
0
– o‘rtacha zichlikdan kuchsizroq bog‘lanish;
6
,
0
4
,
0
– o‘rtacha bog‘lanish;
8
,
0
6
,
0
– o‘rtachadan zichroq bog‘lanish;
99
,
0
8
,
0
– zich bog‘lanish.
Korrelyatsion taxlil o‘tkazilganda quyidagi korrelyatsiya koeffisiyentlari
hisoblanadi: