Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

37,4 KB


 
 
 
 
 
 
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901) 
 
  
Reja: 
1. J.Verdining tarjimai holi. 
2. J.Verdi ijodining davrlashtirilishi . 
3. Verdining opera g’oyalari. “Aida”operasi . 
4. J.Verdining dramaturgiya tamoyillari . 
 
  
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901). Kompozitorning tarjimai holi. Juzeppe Verdi 
1813-yilning 10-oktabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog’ida 
dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo’lib, oilani ancha qiyinchilik bilan 
tebratgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan 
edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u ota-onasidan musiqadan dars 
olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo’lida o’qiydi va 
spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o’qitish 
uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda 
vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi bo’lib ishlardi. 
Juzeppe taqdirida Antonio Baretsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar 
bo’lsa-da, musiqa uning hayotida jiddiy o’ringa ega edi. Baretsi Verdini idora xodimi 
va savdo ishlarida hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli bo’lsa-da, 
og’ir emas edi, musiqa bilan shug’ullanish uchun esa vaqt bemalol bo’lardi. Verdi 
ishtiyoq bilan partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda ishtirok etar, 
havaskor musiqachilarga partiyalarni o’rganishlari uchun ko’maklashardi. 
Busseto musiqachilari orasida Ferdinando Provezi etakchi mavqe tutardi, u 
soborda organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib 
ishlardi. U Verdini kompozitsiya va dirijyorlik texnikasining asoslari bilan
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901) Reja: 1. J.Verdining tarjimai holi. 2. J.Verdi ijodining davrlashtirilishi . 3. Verdining opera g’oyalari. “Aida”operasi . 4. J.Verdining dramaturgiya tamoyillari . Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901). Kompozitorning tarjimai holi. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10-oktabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo’lib, oilani ancha qiyinchilik bilan tebratgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo’lida o’qiydi va spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o’qitish uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi bo’lib ishlardi. Juzeppe taqdirida Antonio Baretsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar bo’lsa-da, musiqa uning hayotida jiddiy o’ringa ega edi. Baretsi Verdini idora xodimi va savdo ishlarida hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli bo’lsa-da, og’ir emas edi, musiqa bilan shug’ullanish uchun esa vaqt bemalol bo’lardi. Verdi ishtiyoq bilan partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda ishtirok etar, havaskor musiqachilarga partiyalarni o’rganishlari uchun ko’maklashardi. Busseto musiqachilari orasida Ferdinando Provezi etakchi mavqe tutardi, u soborda organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib ishlardi. U Verdini kompozitsiya va dirijyorlik texnikasining asoslari bilan
 
 
tanishtirdi, uning musiqiy-nazariy bilimlarini boyitdi, organ chalish mahoratini 
takomillashuviga yordam berdi. O’smirdagi katta musiqiy iste’dodga ishonch 
bildirib, uning porloq kelajagini bashorat qildi. Italiyadagi eng yaxshi o’quv 
yurtlaridan biri — Milan konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi. 
Milanga borish va konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida) 
Verdi 600 lira hajmida stipendiya olar edi. Bunga Baretsi xam shaxsiy 
jamg’armasidan bir ozgina mablag’ qo’shib turadi. 
1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri, 
Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan 
konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul 
qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqasizlikni ko’rsatadi. 
Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning 
birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini 
izlash bo’ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani 
tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. 
Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib 
bergani bo’ldi. 
Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. 
Yosh Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur 
etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya 
jamiyatining repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi. 
Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy debyuti juda katta rol 
o’ynadi. Avstriyalik kompozitor Iosif Gaydnning «Dunyoning yaratilishi» 
oratoriyasi repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning 
barchasi esa o’z joylarida edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat 
rahbari P. Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni 
iltimos qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat 
qilgan edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam 
etib keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya 
jamiyati boshlig’i, shu bilan birga, teatrning direktori bo’lgan Mazini berdi. 
Verdining dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan 
librettosi turar edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’lmadi.
tanishtirdi, uning musiqiy-nazariy bilimlarini boyitdi, organ chalish mahoratini takomillashuviga yordam berdi. O’smirdagi katta musiqiy iste’dodga ishonch bildirib, uning porloq kelajagini bashorat qildi. Italiyadagi eng yaxshi o’quv yurtlaridan biri — Milan konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi. Milanga borish va konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida) Verdi 600 lira hajmida stipendiya olar edi. Bunga Baretsi xam shaxsiy jamg’armasidan bir ozgina mablag’ qo’shib turadi. 1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri, Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqasizlikni ko’rsatadi. Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini izlash bo’ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib bergani bo’ldi. Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. Yosh Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi. Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy debyuti juda katta rol o’ynadi. Avstriyalik kompozitor Iosif Gaydnning «Dunyoning yaratilishi» oratoriyasi repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning barchasi esa o’z joylarida edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat rahbari P. Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni iltimos qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat qilgan edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam etib keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya jamiyati boshlig’i, shu bilan birga, teatrning direktori bo’lgan Mazini berdi. Verdining dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan librettosi turar edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’lmadi.
 
 
  
 2--: 
J. Verdi ijodining davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi. 
Ona diyor — Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun 
ishlay boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori 
lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning 
musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar edi. 1836-yilning bahorida 
Verdining Margarita Baretsi bilan nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto 
Filarmoniya jamiyatida tantanali nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi. 
1837-yil martida qizi Virjiniya, 1838-yil iyulida o’g’li Ichilyao dunyoga keladi. 
1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar 
(yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi 
bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini 
qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini Filodramatik 
teatrning emas, balki Lavinya teatrining direktori edi. Bu ishlarda ko’p foydasi 
tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi. 
«Oberto»ning prem’erasi 1839-yil 17-noyabrda bo’lib o’tadi va katta 
muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u 
ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi 
«Soxta Stanislav» komik operasini yaratadi, opera 1840-yilda qo’yiladi, biroq 
shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi 
fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod qilish 
istagi umuman qolmaydi. 
«Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida eng 
yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, 
teatrda ko’pdan beri bunday gulduros va hayajonli qarsaklar bo’lmagan edi. 
Ko’rinishlar so’nggida butun omma o’rnidan turadi va kompozitorni qizg’in 
tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor-
yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik 
bilan qarshi olishgan edi. Endi esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan 
ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro etiladi. Bu «La 
Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
2--: J. Verdi ijodining davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi. Ona diyor — Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun ishlay boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar edi. 1836-yilning bahorida Verdining Margarita Baretsi bilan nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto Filarmoniya jamiyatida tantanali nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi. 1837-yil martida qizi Virjiniya, 1838-yil iyulida o’g’li Ichilyao dunyoga keladi. 1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar (yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini Filodramatik teatrning emas, balki Lavinya teatrining direktori edi. Bu ishlarda ko’p foydasi tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi. «Oberto»ning prem’erasi 1839-yil 17-noyabrda bo’lib o’tadi va katta muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi «Soxta Stanislav» komik operasini yaratadi, opera 1840-yilda qo’yiladi, biroq shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod qilish istagi umuman qolmaydi. «Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida eng yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, teatrda ko’pdan beri bunday gulduros va hayajonli qarsaklar bo’lmagan edi. Ko’rinishlar so’nggida butun omma o’rnidan turadi va kompozitorni qizg’in tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor- yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik bilan qarshi olishgan edi. Endi esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro etiladi. Bu «La Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
 
 
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda ediki, Verdi «Nabukko»da o’z 
vatandoshlarining eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira 
olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan. 
«Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch 
taqib yurganlar timsolida zamonaviy Italiyaning vatanparvarlari tasvirlangan. Opera 
g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun 
mamlakat bo’ylab katta g’alaba qozonishiga asos bo’ldi. Biroq, operaning 
vatanparvarlik mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular 
postanovkaning amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga 
tegishli o’zgarishlar kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat 
berishdi. 
«Lombardliklar» prem’erasi «La Skala» teatrida 1843-yil 11-fcvralda bo’lib 
o’tdi. Spektakl yorqin siyosiy namoyish bilan uyg’unlashib ketgan edi, bu hol 
Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori 
Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul 
qilingan edi. 
«Lombardliklar»ning Milandagi namoyishidan keyin Italiyaning boshqa 
shaharlarida xam muvaffaqiyat bilan qo’yila boshlandi. U Evropaning boshqa 
mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada xam qo’yilgan edi. «Nabukko» va 
«Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri-
biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki 
buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini 
kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya 
qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon 
do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam 
Piavening librettosi asosida yaratilgan. 
Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha 
adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va shoiri 
Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo «Parijdagi 
Bibi Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi. 
«Ernani» dramasi dastlab Parijda 1830-yilning fevralida qo’yildi. «Ernani» 
ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda ediki, Verdi «Nabukko»da o’z vatandoshlarining eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan. «Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch taqib yurganlar timsolida zamonaviy Italiyaning vatanparvarlari tasvirlangan. Opera g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun mamlakat bo’ylab katta g’alaba qozonishiga asos bo’ldi. Biroq, operaning vatanparvarlik mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular postanovkaning amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga tegishli o’zgarishlar kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat berishdi. «Lombardliklar» prem’erasi «La Skala» teatrida 1843-yil 11-fcvralda bo’lib o’tdi. Spektakl yorqin siyosiy namoyish bilan uyg’unlashib ketgan edi, bu hol Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul qilingan edi. «Lombardliklar»ning Milandagi namoyishidan keyin Italiyaning boshqa shaharlarida xam muvaffaqiyat bilan qo’yila boshlandi. U Evropaning boshqa mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada xam qo’yilgan edi. «Nabukko» va «Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri- biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam Piavening librettosi asosida yaratilgan. Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va shoiri Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi. «Ernani» dramasi dastlab Parijda 1830-yilning fevralida qo’yildi. «Ernani» ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt
 
 
ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart 
kuni Venetsiyadagi «La Feniche» teatrida bo’lib o’tadi. U juda katta zafarga erishadi. 
Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi: 
Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni eslatar, suiqasd 
qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or-
nomusi va jasoratini ulug’lash vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’atib yuborardi. 
«Ernani»ning to-moshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar edi. O’sha 
yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli edi: prem’era ketidan prem’era 
qo’yilardi. «Ernani»ning prem’erasidan sakkiz oy xam o’tmasdan, 1844-yil 3-
noyabrda Rimning «Arjentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki 
Foskari» tomoshalari qo’yiladi. Asar ingliz shoiri va dramaturgi Jorj-Gordon 
Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi. 
Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller ijodiga 
qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni qiziqtirib 
qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning qahramonona, shu 
bilan birga, hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler librettosi) operasini 
yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La Skala» teatrida 1845-yil 
15-fevralida bo’lib o’tadi. 
Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira» operasining 
namoyishi bo’lib o’tadi. Verdining navbatdagi operasi «Atilla» uchun nemis 
dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi. 
Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning 
tragediyalari, dramalari, tarixiy xronikalari, komediyalarini qayta-qayta o’qir, 
ularning namoyishlarida ishtirok etardi. O’zining muqaddas orzusi — Shekspir 
syujetlari asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi 
o’ninchi operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi. 
«Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu 
erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam 
Shekspir ijodiga bir necha marotaba murojaat qiladi («Qirol Lir», «Otello», 
«Falstaf»). «Makbet»ning musiqiy-dramatik uslubi keyinroq Verdi tomonidan 
yaratilgan ko’plab operalarga ko’tarinkilik bag’ishlab turadi va Verdi musiqiy-
dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bosqich bo’ldi.
ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart kuni Venetsiyadagi «La Feniche» teatrida bo’lib o’tadi. U juda katta zafarga erishadi. Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi: Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni eslatar, suiqasd qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or- nomusi va jasoratini ulug’lash vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’atib yuborardi. «Ernani»ning to-moshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar edi. O’sha yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli edi: prem’era ketidan prem’era qo’yilardi. «Ernani»ning prem’erasidan sakkiz oy xam o’tmasdan, 1844-yil 3- noyabrda Rimning «Arjentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki Foskari» tomoshalari qo’yiladi. Asar ingliz shoiri va dramaturgi Jorj-Gordon Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi. Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller ijodiga qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni qiziqtirib qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning qahramonona, shu bilan birga, hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler librettosi) operasini yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La Skala» teatrida 1845-yil 15-fevralida bo’lib o’tadi. Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira» operasining namoyishi bo’lib o’tadi. Verdining navbatdagi operasi «Atilla» uchun nemis dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi. Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning tragediyalari, dramalari, tarixiy xronikalari, komediyalarini qayta-qayta o’qir, ularning namoyishlarida ishtirok etardi. O’zining muqaddas orzusi — Shekspir syujetlari asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi o’ninchi operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi. «Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam Shekspir ijodiga bir necha marotaba murojaat qiladi («Qirol Lir», «Otello», «Falstaf»). «Makbet»ning musiqiy-dramatik uslubi keyinroq Verdi tomonidan yaratilgan ko’plab operalarga ko’tarinkilik bag’ishlab turadi va Verdi musiqiy- dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bosqich bo’ldi.
 
 
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qaroqchilar»ning 
prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan. 
1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli viloyatlaridagi 
qo’zg’olonlar xaqida eshitganidan keyin, u Milanga shoshiladi. U Madzini va 
Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga hamdardlik bildiradi. Inqilobiy voqealar 
ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi. 
  1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi 
jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha esa Verdi «Korsar» 
(Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi. 
«Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan teatrda 
o’tkaziladi, unda 1849-yil fevralida mamlakatda Respublikani e’lon qilgan 
rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi. 
1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller» operasi 
qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi edi. 
Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan edi. 
«Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir. 
«Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir 
qator sahnalarida xam qo’yiladi. Bu operadagi asosiy yangilik shunda ediki, 
tomoshabinlar ko’zi oldida injil yoki tarixiy syujetlar emas, balki oddiy odamlar 
hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan 
bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi 
bilan umumiy bo’lgan qirralar uchraydi. «Luiza Miller» operasidan boshlab 
Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas 
ijtimoiy 
tuzum 
sharoitida 
dahshatli 
muhit 
bilan 
to’qnashuv 
natijasida 
qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi. 
  
 3--: 
 Verdining opera g’oyalari.XIX asrning 50-yillarida Verdi oltita opera yozadi: 
«Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon Bokkanegra», 
«Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi eng mashhur 
operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin yaratilgan va
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qaroqchilar»ning prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan. 1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli viloyatlaridagi qo’zg’olonlar xaqida eshitganidan keyin, u Milanga shoshiladi. U Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga hamdardlik bildiradi. Inqilobiy voqealar ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi. 1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha esa Verdi «Korsar» (Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi. «Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan teatrda o’tkaziladi, unda 1849-yil fevralida mamlakatda Respublikani e’lon qilgan rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi. 1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller» operasi qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi edi. Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan edi. «Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir. «Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir qator sahnalarida xam qo’yiladi. Bu operadagi asosiy yangilik shunda ediki, tomoshabinlar ko’zi oldida injil yoki tarixiy syujetlar emas, balki oddiy odamlar hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi bilan umumiy bo’lgan qirralar uchraydi. «Luiza Miller» operasidan boshlab Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas ijtimoiy tuzum sharoitida dahshatli muhit bilan to’qnashuv natijasida qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi. 3--: Verdining opera g’oyalari.XIX asrning 50-yillarida Verdi oltita opera yozadi: «Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi eng mashhur operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin yaratilgan va
 
 
musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos trilogiyani 
tashkil etadi. 
«Rigoletto» operasi Viktor Gugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo’lgan «Qirol 
ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi ijtimoiy 
g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan saroy 
qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga qarshi qo’yiladi. Gyugo 
dramasini Parijda qo’yishga tsenzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos qirol 
obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi. Verdi harakatlarni 
Parijdan Italiyaning kichkinagina viloyati Mantuyaga ko’chiradi, frantsuz qiroli 
Mantuan gertsog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari 
xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o’rniga 
Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy g’oyasi: oddiy odamlarning 
ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat — gertsogning iflosliklariga 
qarshi qo’yishi yo’qotolmas edi. Asarda ijtimoiy tengsizlik fojiasi xam 
shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda Milandagi namoyishidan 
keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Truba-dur»ning stsenariysi ustidagi 
ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko’rishi uchun ikki 
yilga yaqin vaqt ketdi. 
«Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo’lib 
o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n 
beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha 
operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga 
aylangan kuylar juda ko’p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi» 
ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko 
jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi. 
Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar bilan 
boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod 
bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon uchun 
noodatiyligida edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi 
bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera sahnasi uchun 
o’taketgan dag’allik bo’lib tuyulgan. Operaning g’oyasi — burjua jamiyatidagi 
ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi
musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos trilogiyani tashkil etadi. «Rigoletto» operasi Viktor Gugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo’lgan «Qirol ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi ijtimoiy g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan saroy qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga qarshi qo’yiladi. Gyugo dramasini Parijda qo’yishga tsenzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi. Verdi harakatlarni Parijdan Italiyaning kichkinagina viloyati Mantuyaga ko’chiradi, frantsuz qiroli Mantuan gertsog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o’rniga Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy g’oyasi: oddiy odamlarning ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat — gertsogning iflosliklariga qarshi qo’yishi yo’qotolmas edi. Asarda ijtimoiy tengsizlik fojiasi xam shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda Milandagi namoyishidan keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Truba-dur»ning stsenariysi ustidagi ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko’rishi uchun ikki yilga yaqin vaqt ketdi. «Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo’lib o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga aylangan kuylar juda ko’p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi» ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi. Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar bilan boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon uchun noodatiyligida edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera sahnasi uchun o’taketgan dag’allik bo’lib tuyulgan. Operaning g’oyasi — burjua jamiyatidagi ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi
 
 
meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda Alfredni sevgan 
Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — avvalida 
engiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va tomoshabinlar 
ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo’ysunishga va 
o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi qarama-qarshilikning 
asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma’no kasb etadi. Verdi 
o’zining barcha operalarida xalq xayotidagi maishiy qo’shiqlar va raqslar 
ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil yanada kattaroq ahamiyat 
kasb etadi. «Traviata»dagi qo’shiq-raqs janrlari alohida obrazlar, tuyg’u va 
kechinmalar tavsifi uchun eng muhim vosita bo’lgan. Operadagi chuqur 
demokratizm shundaki, uning barcha dramatik xhrakatlari raqs va qo’shiqlar orqali 
o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol o’ynagan. 
1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib 
o’tadi. Bu gal u «San Benedetto» teatrida qo’yiladi. Opera katta shuhrat qozonadi: 
tinglovchilar uni tushunibgina qolmasdan, yaxshi ko’rib qolishdi. Tez orada 
«Traviata» Italiya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi 
qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga 
professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo’yishini, -havaskor sifatida esa 
«Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan. 
1850--1860-yillarda Verdi operalari Evropaning eng yirik sahnalari yuzini 
ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya 
oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi. 
«Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga qarshi 
kurashi tarixi syujeti asosida yozilgan boiib, italyan operalari xususiyatlari va 
frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan. 
Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad» operasidir, 
u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan bo’lib, 
shved qiroli Gustav III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya 
tsenzurasi, frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan 
tashvishlanib, operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni 
o’ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan
meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda Alfredni sevgan Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — avvalida engiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va tomoshabinlar ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo’ysunishga va o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi qarama-qarshilikning asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma’no kasb etadi. Verdi o’zining barcha operalarida xalq xayotidagi maishiy qo’shiqlar va raqslar ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. «Traviata»dagi qo’shiq-raqs janrlari alohida obrazlar, tuyg’u va kechinmalar tavsifi uchun eng muhim vosita bo’lgan. Operadagi chuqur demokratizm shundaki, uning barcha dramatik xhrakatlari raqs va qo’shiqlar orqali o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol o’ynagan. 1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib o’tadi. Bu gal u «San Benedetto» teatrida qo’yiladi. Opera katta shuhrat qozonadi: tinglovchilar uni tushunibgina qolmasdan, yaxshi ko’rib qolishdi. Tez orada «Traviata» Italiya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo’yishini, -havaskor sifatida esa «Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan. 1850--1860-yillarda Verdi operalari Evropaning eng yirik sahnalari yuzini ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi. «Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi tarixi syujeti asosida yozilgan boiib, italyan operalari xususiyatlari va frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan. Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad» operasidir, u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan bo’lib, shved qiroli Gustav III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya tsenzurasi, frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan tashvishlanib, operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni o’ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan
 
 
Amerikaga ko’chirishga majbur bo’ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori 
Richard Varvikka aylantiradi. 
Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya zulmiga 
qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan Madzini va 
Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlarini ma’qullaydi. U 1860-yilda Italiyaning 
birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining nomi 
Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi. Ijtimoiy va 
siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik topish 
uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo’shiqchisi 
Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha sodiq 
do’st topgan edi. 
60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi. «Taqdirning kuchi» operasi 
Peterburg Imperatori teatri direkstsyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan 
buyon doimiy ravishda Peterburgda faoliyat ko’rsatadigan va favqulodda 
muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi. 
Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati 
bo’lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qilishardi. Italiya operalari rus poytaxtida 
saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar ekan, rus klassik 
operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus klassik 
operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto», «Trubadur» yoki «Traviata» 
singari eng mashhur asarlari realizmi bilan solishtirilganida xam, anchabaland 
mavqega ega edi. 
Odoevskiy, 
Stasov, 
Serov 
va 
Chaykovskiylarning 
Rossiyadagi 
«italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar edi. Shu bilan birgalikda, 
ular umumiy tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini e’tirof etsalar-da, uning 
ijodiga bergan umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg 
juda sovuq qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda 
holatlardagi musiqiy go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi 
asarlari qatoriga kiritib bo’lmaydi. Operaning muvaffaqiyat qozonmaganligining 
sababi librettoning nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan 
o’zlashtirilgan edi. Shunga qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom 
ma’noda Verdining keyingi operalarida o’z aksini topdi. Bular: orkestr dramaturgik
Amerikaga ko’chirishga majbur bo’ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori Richard Varvikka aylantiradi. Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlarini ma’qullaydi. U 1860-yilda Italiyaning birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining nomi Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi. Ijtimoiy va siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik topish uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo’shiqchisi Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha sodiq do’st topgan edi. 60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi. «Taqdirning kuchi» operasi Peterburg Imperatori teatri direkstsyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan buyon doimiy ravishda Peterburgda faoliyat ko’rsatadigan va favqulodda muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi. Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati bo’lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qilishardi. Italiya operalari rus poytaxtida saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar ekan, rus klassik operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus klassik operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto», «Trubadur» yoki «Traviata» singari eng mashhur asarlari realizmi bilan solishtirilganida xam, anchabaland mavqega ega edi. Odoevskiy, Stasov, Serov va Chaykovskiylarning Rossiyadagi «italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar edi. Shu bilan birgalikda, ular umumiy tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini e’tirof etsalar-da, uning ijodiga bergan umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg juda sovuq qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda holatlardagi musiqiy go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritib bo’lmaydi. Operaning muvaffaqiyat qozonmaganligining sababi librettoning nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan o’zlashtirilgan edi. Shunga qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom ma’noda Verdining keyingi operalarida o’z aksini topdi. Bular: orkestr dramaturgik
 
 
vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan 
garmoniyaning boyitilishi, leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning 
kuchi» operasi Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi. 
1862-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar 
madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompozitor, shoir, Gyotening «Faust»i 
asosida «Mefistofel» operasini yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi. Keyinchalik 
Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil boshlarida 
Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi, 1864-yilda 
«Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada bo’lishi uning 
ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij uchun yozilgan 
xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini topgan. 
«Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan. U 
qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning 
ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi. 
Operaning bosh xarakatlanuvchi shaxslari musiqada bo’rttirilgan, psixologik 
nozik va aniq tavsifini topgan edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha 
ortadi, bu holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera 
dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va 
ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr 
talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi. 
1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari 
munosabati bilan Qoxiradagi yangi teatr uchun Misr xayotidan olingan 
vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning 
frantsuzcha matnini prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga 
tarjima qildi. 
“Aida” operasi. «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-dekabrda 
bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera tarixida 
eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning boshqa 
italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u butun 
Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi. Shundan 
keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto Verdi ijodiga 
bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar, tanqidchilar
vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan garmoniyaning boyitilishi, leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning kuchi» operasi Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi. 1862-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompozitor, shoir, Gyotening «Faust»i asosida «Mefistofel» operasini yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi. Keyinchalik Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil boshlarida Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi, 1864-yilda «Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada bo’lishi uning ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij uchun yozilgan xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini topgan. «Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan. U qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi. Operaning bosh xarakatlanuvchi shaxslari musiqada bo’rttirilgan, psixologik nozik va aniq tavsifini topgan edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha ortadi, bu holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi. 1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari munosabati bilan Qoxiradagi yangi teatr uchun Misr xayotidan olingan vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning frantsuzcha matnini prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga tarjima qildi. “Aida” operasi. «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-dekabrda bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera tarixida eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning boshqa italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u butun Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi. Shundan keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto Verdi ijodiga bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar, tanqidchilar
 
 
xam endilikda uning beqiyos iste’dodini, opera san’ati sohasidagi buyuk xizmatlarini 
e’tirof eta boshlaydilar. Chaykovskiy «Aida»ning ijodkorini «buyuk» deb tan oldi 
xamda uning nomi tarix saxifalarida eng mashhur nomlar bilan yonma-yon qayd 
etilishi kerakligini ta’kidladi. 
«Aida» operasida Verdi ijodidagi ikki an’ana, ikki oqim: Verdining ilk 
operalari «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos»dan kelayotgan «katta» qaxramonlik 
operasi oqimi xamda «Luiza Miller» va «Traviata»dan boshlangan lirik-psixologik 
yo’nalish o’zaro qo’shilib ketadi. «Aida» operasida kompozitor-dramaturg 
mahoratining oliy darajasi namoyon bo’lgan. «Aida»ning musiqiy mukammalligi 
uning ohanglarga boyligi va rang-barangligi bilan kishini hayratga soladi. 
Verdi bironta operasida xam musiqiy ijodkorlikka, kashfiyotga bu qadar 
sahovat va mahorat ko’rsatmagan edi. Buning ustiga «Aida»ning kuylari favqulodda 
go’zalligi, ta’sirchanligi, ulug’vorligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi; ularda 
qadimiy italyan opera kompozitorlari yo’l qo’yadigan qoliplilik, eskilikning izi xam 
yo’q edi. Bu operada Radamesning «Aziz Aida» romansini istisno qilganda, eski 
italyan opeasidagi nomerli tarkib bartaraf etilgan edi, opera butunlay katta dramatik 
sahnalardan tuzilgan. Shaklning tekisligi va aniqligi buzilgan emas. Voqealar rivoji 
va matnga nozik darajada rioya etgan xolda xar bir ariya, duet yoki ansambl tarkiban 
yakunlangan, mantiqan rivojlanib boruvchi musiqiy organizm sifatida taassurot 
qoldiradi. 
1873-yilning may oyida Verdi Santa-Agatada yashar edi. Bu erda u shoir 
Alessandro Mansonining vafoti xaqidagi xabarni eshitadi va bundan juda chuqur 
iztirob chekadi. Verdining bu vatanparvar shoirga bo’lgan hurmati va muxabbati 
cheksiz edi. O’zining shonli yurtdoshi vafotining xotirasini munosib qadrlash uchun 
u do’sti vafotining bir yilligiga Rekviem yaratishni mo’ljallab qo’yadi. Rekviemni 
yaratish uchun Verdi o’n oyga yaqin vaqt sarfladi va bu asar 1874-yil 22-mayda 
birinchi marotaba Milandagi muqaddas Mark cherkovida muallif boshqaruvida ijro 
etildi. Kuyning boyligi va ta’sirchanligi, uyg’unlikning yangiligi va qatiyati, 
orkestrlashtirishning yorqinligi, shaklning mukammalligi, polifonik texnikadagi 
mahorat Verdi Rekviemini mazkur janrdagi eng mashhur asarlar qatoriga olib chiqdi. 
Bu asar musiqasi an’anaviy diniy marosimlar matniga zid o’laroq, aqidaparastlikdan
xam endilikda uning beqiyos iste’dodini, opera san’ati sohasidagi buyuk xizmatlarini e’tirof eta boshlaydilar. Chaykovskiy «Aida»ning ijodkorini «buyuk» deb tan oldi xamda uning nomi tarix saxifalarida eng mashhur nomlar bilan yonma-yon qayd etilishi kerakligini ta’kidladi. «Aida» operasida Verdi ijodidagi ikki an’ana, ikki oqim: Verdining ilk operalari «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos»dan kelayotgan «katta» qaxramonlik operasi oqimi xamda «Luiza Miller» va «Traviata»dan boshlangan lirik-psixologik yo’nalish o’zaro qo’shilib ketadi. «Aida» operasida kompozitor-dramaturg mahoratining oliy darajasi namoyon bo’lgan. «Aida»ning musiqiy mukammalligi uning ohanglarga boyligi va rang-barangligi bilan kishini hayratga soladi. Verdi bironta operasida xam musiqiy ijodkorlikka, kashfiyotga bu qadar sahovat va mahorat ko’rsatmagan edi. Buning ustiga «Aida»ning kuylari favqulodda go’zalligi, ta’sirchanligi, ulug’vorligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi; ularda qadimiy italyan opera kompozitorlari yo’l qo’yadigan qoliplilik, eskilikning izi xam yo’q edi. Bu operada Radamesning «Aziz Aida» romansini istisno qilganda, eski italyan opeasidagi nomerli tarkib bartaraf etilgan edi, opera butunlay katta dramatik sahnalardan tuzilgan. Shaklning tekisligi va aniqligi buzilgan emas. Voqealar rivoji va matnga nozik darajada rioya etgan xolda xar bir ariya, duet yoki ansambl tarkiban yakunlangan, mantiqan rivojlanib boruvchi musiqiy organizm sifatida taassurot qoldiradi. 1873-yilning may oyida Verdi Santa-Agatada yashar edi. Bu erda u shoir Alessandro Mansonining vafoti xaqidagi xabarni eshitadi va bundan juda chuqur iztirob chekadi. Verdining bu vatanparvar shoirga bo’lgan hurmati va muxabbati cheksiz edi. O’zining shonli yurtdoshi vafotining xotirasini munosib qadrlash uchun u do’sti vafotining bir yilligiga Rekviem yaratishni mo’ljallab qo’yadi. Rekviemni yaratish uchun Verdi o’n oyga yaqin vaqt sarfladi va bu asar 1874-yil 22-mayda birinchi marotaba Milandagi muqaddas Mark cherkovida muallif boshqaruvida ijro etildi. Kuyning boyligi va ta’sirchanligi, uyg’unlikning yangiligi va qatiyati, orkestrlashtirishning yorqinligi, shaklning mukammalligi, polifonik texnikadagi mahorat Verdi Rekviemini mazkur janrdagi eng mashhur asarlar qatoriga olib chiqdi. Bu asar musiqasi an’anaviy diniy marosimlar matniga zid o’laroq, aqidaparastlikdan