Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati, tuproqdagi kaliy miqdori va shakllari. Asosiy kaliyli o’g’itlar, olinishi va ularni qo’llash usullari. Kompleks o’g’itlar va ularning turlari.
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
38,8 KB
KALIYLI VA MURAKKAB O‘G‘ITLAR
Reja
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi ahamiyati, tuproqdagi kaliy miqdori va
shakllari.
2. Asosiy kaliyli o’g’itlar, olinishi va ularni qo’llash usullari.
3. Kompleks o’g’itlar va ularning turlari
4. Kompleks o’g’itlarni qollash usullari.
Tayanch iboralar: kaliy, kaliyli o’g’itlar potash, silvin, galit, silvinit, kaliy
xlor, kaliy sulfat, murakkab, murakkab-aralash, aralash (aralshtirilgan), ammofos,
diammofos.
Kaliyni birinchi marta ingliz kimyogari G.Devi 1807 yilda suyuqlangan
o’yuvchi kaliyni (KOH) elektroliz qilib olgan. Kaliy Yer qobig’i massasining 2,5%
ini tashkil etadi. Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lum: selvin KCl,
gallit NaCl. Ortoplaz Yer qobig’i massasining 18% ni tashkil etadi. Ortoplaz suv
bilan kuchsiz reaksiyaga kirishsa ham, kaliyning ko’p qismi tuproqqa ortoplazdan
o’tadi. Ortoplazning tabiiy suvlar, karbonat angidrid ta’sirida kimyoviy
parchalanishi natijasida portlash hosil bo’ladi. U suvda yaxshi eriganligi uchun
o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Kaliy sulfat eng qimmatli hisoblanadi. Odatda kaliy
tuz shaklida ishlatiladi. Oqsillovchi va antiseptik modda kaliy xlorat KClO3 (bertole
tuzi) gugurt ishlab chiqarishda, potash K2CO3 esa shisha ishlab chiqarishda zarur.
Tabiatda kaliyning 3 ta izotopi: (39K, 40K, 41K) bo’lib, oxirgisi radioaktiv
hisoblanadi, yemirilish davri 1,3 * 109 yilga teng.
Azot va fosfor bilan bir qatorda kaliy ham asosiy mineral oziq elementlaridan
biri hisoblanadi. U azot va fosfordan farq qilib, o’simliklarni biror organik moddasi
tarkibiga kirmaydi, balki o’simliklar hujayralarida ion formasida, hujayra shirasida
eruvchan tuzlar holida va qisman sitoplazma kolloidlari bilan beqaror adsorbsion
komplekslar holida bo’ladi. O’simliklarning qarigan organlariga nisbatan yosh
o’suvchan qism va organlarida kaliy ko’p bo’ladi. Oziq muhitda kaliy
yetishmaganda u qari organ va to’qimalardan o’suvchan yosh organlarga oqib keladi
va bu yerda qayta foydalaniladi.
Kaliyning o’simliklar organizmidagi fiziologik funksiyalari turli tumandir. U
sitoplazma kolloidlarining fizik holatiga ijobiy ta’sir etadi, ularning suvliligini,
bukuluvchanligini va qovushqoqligini oshiradi.
Bu esa hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonlari uchun, shuningdek
o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
Kaliy yetishmaganida va transpirasiya kuchayganida o’simliklar tezda turgorni
yo’qotadi va so’lib qoladi. Kaliy bilan yaxshi taminlanganda o’simliklarning suvni
saqlab turish qobiliyati kuchayadi va qisqa vaqt qurg’oqchilikka bardosh beradi.
Kaliyning fotosintez, oksidlanish jarayonlari intensivliligi va o’simlikda
organik kislotalar hosil bo’lishiga ijobiy ta’sir etishi, uning uglevod va azot
almashinuvida ishtirok etishi isbotlangan. Kaliy yetishmaganida o’simlikda oqsil
sintezi sekinlashadi natijada azot almashinuvi umuman bo’ziladi. Kaliy
yetishmaganida oddiy uglevodlarning murakkab uglevodlarga aylanishi to’xtab
qoladi.
Kaliy moddalarning barglardan boshqa organlariga qarab o’tishini
kuchaytiradi, uglevod almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan
saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi kuchayadi, bu hol shakar
miqdorining ko’payishi va hujayra osmotik bosimining ko’tarilishi bilan bog’liq.
Kaliy bilan yetarli darajada oziqlantirilganda o’simliklarning turli kasalliklariga
chidamliligi, masalan, g’alla ekinlarining un shudring kasalligi, zang kasalligiga
sabzavot
ekinlari,
kartoshka
va
ildizmevalilarning
chirish
kasalligini
qo’zg’atuvchilariga chidamliligi ortadi. Kaliy mexanik elementlar lub tolalarining
rivojlanishiga yordam beradi, shuning uchun poyalarning baquvvatligiga va yotib
qolishiga chidamliligiga zig’ir va kanop tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy
ta’sir etadi.
Paxtachilikda paxta bargi va ko’sagining mikrosporioz kasalligi bilan
kasallanishi o’simlikning kaliy bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’lib,
ko’p yillik tajribalardan shu narsa ma’lumki kaliy bilan o’g’itlanmagan variantlarda
bu kasallik kaliy bilan o’g’itlangan variantlarga nisbatan 1,5-2 barobar ko’payib
ketdi va o’z navbatida hosilning texnologik sifatining ham pasayishiga sabab
bo’ladi.
Kaliy yetishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi-
shonalar va boshlang’ich to’p gullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib
chiqish darajasi pasayadi.
O’simliklardagi kaliy miqdori uning optimal miqdoridan 3-5 marta kamayib
ketganida kaliy yetishmasligining aniq tashqi belgilari ko’rinadi. Kaliy odatda
urug’lar, ildiz va tuganaklarga qaraganda vegetativ organlarda ko’p bo’ladi.
Kungaboqar, tamaki, qand lavlagi, kartoshka barglarida kaliyning nisbiy miqdori
quruq massaga nisbatan 4-6% , g’allagullilar somonida 1-1,5% , karamda 0,5%
gacha bo’ladi. Donli ekinlar urug’ida 0,5% atrofida, kartoshka tuganaklarida,
ildizmevalarda 0,3-0,6% kaliy bo’ladi.
O’simliklarni kaliyga bo’lgan kritik davri ular rivojlanishining boshlang’ich
fazalariga to’g’ri keladi (unib chiqqandan 15 kun -keyin). O’simlik kaliyning asosiy
qismini biologik massasi intensiv o’sish davrida iste’mol qiladi. Donli ekinlar
gullashgacha kartoshka, qand lavlagi, karam esa butun vegetasiya davrida kaliyni
o’zlashtiradi. Kartoshka kaliyning asosiy qismini gullash va tuganak hosil qilish
davrida, qand lavlagi ildiz meva hosil qilish davrida o’zlashtiradi.
63-jadval
Bir qator qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi kaliyning
o’rtacha miqdori (quruq moddaga nisbatan % hisobida)
Ekin turi
Mahsulot
turi
K2O, %
Ekin turi
Mahsulot
turi
K2O, %
G’o’za
Bargida
Poyasida
Chigitida
Ko’sak
pallasida
Tolasida
2,07
1,25
1,07
3,50
0,55
Kartoshka
Poyasida
Tuganagida
3,70
2,40
Tomat
Mevasida
5,60
Bodring
Mevasida
5,65
Beda
Pichanida
1,8
Kuzgi
Donida
0,65
Karam
Mevasida
4,6
Bug’doy
Somonida
1,10
Sabzi
mevasida
3,2
Makkajuxori
Donida
poyasida
0,43
1,93
10 s hosil uchun galla ekinlari 25-37 kg, dukkakli ekinlar 15-20 kg, kartoshka
7-10 kg, xashaki va qand lavlagi 6,0 8,0 kg sabzavotlar 5-4 kg, 40-60 kg kaliy
iste’mol qiladi.
Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari hosilidagi kaliy miqdori
Ekinlar
Mahsulot, t/ga
Umumiy olib chiqib
ketish, K2O, kg/ga
Tovar
Qo’shimcha
G’alla ekinlari
Kartoshka
Qand lavlagi
Karam
Beda (pichan)
Kungaboqar
2-2,5
20,0
30
70
10
1,8
4-6
12,0
20
40
-
7,5
45-77
200
175
310
150
360
Har xil tuproqlarda kaliyning (K2O) miqdori 0,5-3% gacha bo’ladi, kaliy
miqdori ayniqsa ularning mexanik tarkibiga bog’liq. Kaliy tuproqlarning loyqa
fraksiyasida ko’p bo’ladi. Shu sababli og’ir soz tuproq va qumoq tuproqlarda, qumli
va qumloq tuproqlardagiga qaraganda kaliy ko’p bo’ladi. Trofli tuproqlarda kaliy
juda kam (0,03-0,05%) bo’ladi ko’pchiliq madaniy qumoq tuproqlarda kaliy 2-2,5%
ni tashkil etadi. Tuproqda kaliyning asosiy manbai kaliy minerallari bo’lib, O’rta
Osiyo tuproqlarida bu ko’rsatkich 1-3% ni tashkil etadi. Kaliyning tuproqdagi
umumiy miqdori azotga nisbatan 5-50, fosforga nisbatan 8-40 marta ko’p.
Tuproqlarning haydalma qatlamida K2O ning umumiy zahirasi 50-75 ming kg/ga ga
to’g’ri keladi, lekin kaliyning asosiy qismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va
o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan alyumosilikatli birikmalar holida bo’ladi.
Tuproqdagi kaliy birikmalarini harakatchanlik darajasiga va o’simliklar o’zlashtira
olishiga qarab kaliy quyidagi asosiy shakllarga bo’linadi:
1. Barqaror alyumosilikat minerallar, asosan dala shpatlari hamda slyuda
(muskovit, biotit) tarkibiga kiruvchi kaliy. Bu minerallar ham eruvchanligi qiyin va
o’simliklar yaxshi o’zlashtira olmasligi bilan tavsiflanadi. Dala shpatlaridagi kaliyni
o’simliklar qiyin o’zlashtiradi, lekin suv va unda erigan karbonat angidrid ta’sirida,
tuproq haroratining o’zgarishi va tuproq mikroorganizmlarining faoliyati ta’sirida
bu minerallar asta-sekin parchalanadi va kaliyning eruvchan tuzlarini hosil qiladi.
Slyudalardagi kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi.
2. Almashinuvchi tuproq kolloilariga yutilgan kaliy - bu elementning
tuproqdagi umumiy miqdorini ko’pi bilan 0,5-1,6% ni tashkil etadi. U
o’simliklarning oziqlanishida asosiy ahamiyatga ega. Almashinuvchi kaliyni
o’simliklar oson o’zlashtirishiga sabab, uning boshqa kationlar bilan almashinib
eritmaga
oson
o’tish
xususiyati
va
eritmadan
o’simliklar
tomonidan
o’zlashtirilishidir. Almashinuvchi kaliy miqdori tuproqlarning o’zlashtiriladigan
kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
3. Suvda eriydigan kaliy - tuproq eritmasida erigan har xil tuzlar (kaliy
nitratlar, fosfatlar, sulfatlar, xloridlar, karbonatlar) hosil qiladi. Ularni o’simliklar
bevosita o’zlashtiradi. Tuproqda bunday kaliy miqdori odatda oz ( almashinuvchi
kaliy miqdoriga nisbatan 10% atrofida) bo’ladi. Ba’zi tuproqlarda suvda eriydigan
kaliy almashinmaydigan shaklda yutilishi mumkin, natijada uning o’simliklar
tomonidan o’zlashtirilishi keskin kamayib ketadi. Bo’z va o’tloq tuproqlarning 0-40
sm qatlamida almashinuvchi kaliyning umumiy miqdori gektariga 150-450 kg gacha
bo’ladi. Bu ko’rsatkich 1 metrli qatlamga aylantirilganda gektariga 700-1300 kg ni
tashkil etadi. O’g’it sifatida tuproqqa solingan kaliyning o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilganidan qolgan qismi tuproqda saqlanib qolaveradi.
Jarikov A.Ye. ma’lumotiga asosan, o’rta mintaqadagi bo’z tuproqlarning
haydalma qatlamida o’rtacha 1 kg tuproqda 139-165 mg gacha almashinuvchi kaliy
bo’ladi. So’nggi yillarda bir necha yillar davomida bir turdagi ekin ekilib
kelinayotgan O’rta Osiyo tuproqlarida almashinuvchi kaliyning miqdori tobora
kamayib bormoqda. Buning sababi tuproqqa har yili azot bilan fosfor katta normada
solinsada, kaliyli o’g’itlar yetarlicha berilmayotganligidir.
Umumiy kaliy quyidagicha sinflanadi:
1. Suvda eruvchan kaliy (o’simliklar oson o’zlashtiradi)
2. Almashinuvchi kaliy (o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi)
3. Harakatchan kaliy (suvda eruvchan va almashinuvchan kaliy miqdori)
4. Almashinmaydigan gidrolizlanadigan kaliy (qiyin almashinuvchiyoki
rezerv)
5. Kislotalarda eriydigan kaliy
6. Minerallar tarkibidagi kaliy
Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliyga bo’lgan ehtiyoji ularni qiyg’os gulga
kirib hosil tugish davrida yanada kuchli bo’ladi. Kaliy yetishmaganda sariq dog’lar
kun sayin ko’paya boradi, eski barglar esa och jigar rangga kiradi. O’simliklarning
pastki va o’rta qismidagi barglari avval yashil va sariq yashil rangda bo’lib, so’ng
tez orada qo’ng’ir rangli dog’larga aylanadi. Barg plastinkasi bilan barglarning
chetlarida qo’ng’ir rangli to’qimalarhosil bo’ladi.
O’simlik barg sistemasining hamma qismi qorayib, qurishi hamda to’qilishi
kaliyning yetishmasligidan dalolat beradi. Barglarning erta to’qilishi esa, hosilning
kamayishiga va sifatiga ta’sir etadi. Masalan: paxta misolida olsak ko’sak atrofida
har xil shirali dog’lar hosil bo’ladi, tola sifati past bo’ladi, tolasi qorayib tez
o’ziluvchan bo’lib, qoladi Kaliy normadan past bo’lganda ekinlarning kattalikdagi
asosiy poyasi noziq bo’lib yerga yotib qoladi.
Tuproq tarkibida oziq moddalar miqdorining turlicha, unumdorligining esa
har xil bo’lishi, qishloq xo’jalik mutaxassislaridan o’simliklarning o’g’itlarga
bo’lgan ehtiyojini to’g’ri aniqlashni talab etadi.
O’simliklarni ildiz orqali oziqlanishi tekshirish maqsadida bir qator kimyoviy
analiz metodlari ishlab chiqilgan. Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi, o’sish
davrining turli paytida o’simliklarning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini
aniqlashga imkon beradi.
O’simlikdagi oziq elementlar tarkibini analiz qilish usuli ularning ma’lum
reaktivlar bilan bo’yalishi yoki cho’kma hosil qilish xususiyatiga asoslangan.
Tekshirilayotgan eritmalar tarkibi standart eritmalar bilan solishtirib ko’riladi.
Kaliy yetishmasligining tashqi alomatlari barg plastinkasi chekkalarining
qo’ng’irlashishida namoyon bo’ladi. Barglarning chetlari va uchlari kuydirilganga
o’xshash ko’rinishga kiradi, plastinkada zang dog’lari hosil bo’ladi. Kaliy
yetishmaganida hujayralar notekis o’sadi, bu esa barglarning buralib, gumbazsimon
shakl olishiga sabab bo’ladi. Kartoshka barglarida ham o’ziga xos, bronza dog’lar
paydo bo’ladi. G’allagullilar kaliy yetishmaganda yaxshi shoxlamaydi, poyalarining
bo’g’in oralari qisqaradi, barglar, ayniqsa pastki barglar tuproqda yetarli miqdorda
namlik bo’lganida ham so’lib qoladi.
Tabiatda kaliyning uchta izotopi mavjud: kaliyning K izotopi radioaktiv
hisoblanadi. Tajriba maqsadlarida yarim yemirilish davri 12,4 soat bo’lgan un’iy
izotopi ham ishlab chiqariladi.
Kaliy o’simlikda ion shaklida uchraydi va bironta ham organik modda
tarkibida kirmaydi. U asosan hujayra shirasi va sitoplazmada bo’lib, yadroda
umuman uchramaydi. Hujayra sitoplazmasi kolloidlari tomonidan 20 % kaliy
almashib-singdiridgan holda 1% qismi mitoxondriya tomonidan almashinmay
singdirilgan holatda, 80% esa hujayra shirasida bo’lib, suv bilan oson siqib
chiqariladi.
Xloroplast va mitoxondriyda tuplangan kaliy ular tuzilishi, tarkibini
muqumlashtirib,fotosintetik
va
oqsillanuvchan
fosforlanish
jarayonlarida
energiyaga boy ATF hosil bo’lishiga yordam beradi. Yorugda kaliyning hujayra
kolloidlari bilan bog’lanish kuchi ortadi, kechasi esa susayib, ildiz orqali kaliyning
qisman yuqolishi kuzatiladi.
Kaliy avvalombor hujayra kolloidlarining gidrotasiyasini kuchaytirib, ular
dispersligini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’simlik hujayrasida suvni to’tib turish
kobiliyatini oshirib, vaqtinchalik qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy
ta’sirida kartoshka tuganaklarida kraxmal,qand lavlagida saxaroza, meva-sabzavot
ekinlarida monosaxaridlar tuplanishi kuchayadi. Hujayra shirasi tarkibida osmotik
bosimning ortishi hisobiga o’simliklarning sovukka va kishga chidamliligi,
zambrkgli va bakteriyali kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlar gemisellyuloza, sellyuloza, pektin
moddalari, ksilan sintezini tezlashtiradi, natijada donli ekinlar hujayra jevorlari
qalinlashib, yotib qolishga chidamligi ortadi, zigir va kanop tolasi sifati
yaxshilanadi, ba’zi fermentlar aktivligini kuchaytiradi, ba’zi vitaminlar hosil
bo’lishi va tuplanishiga yerdam beradi, barg ogizchasi oxirgi hujayralari faoliyati
uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy qishloq xo’jalik ekinlarning ammoniyli
oziqlanishida muxim rol uynaydi. Kaliyning o’simlikda yetishmasligi moddalar
metabolizmini bo’zilishiga olib keladi. Bir qator fermentlar faoliyati susayadi,
o’simlikda oqsil va uglevod almashinuvchi bo’ziladi, qandning nafas olish jarayoni
uchun ortikcha sarflanishiga olib keladi, natijada donning puch bo’lishi, urug’
unuvchanligi va hayotchanligi susayishi, oqibatda esa sifatsiz hosil olinishiga olib
keladi. Kaliyli oziqlanishning yetarli bo’lmasligi, ekinlarning kasalliklarga chalinish
darajasini oshiradi, hosilning saqlash davrida yuqolishi ortadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kaliy yetishmasligi belgilari dastlab eski
barglarda kurinadi, barglar chetlaridan boshlab sargaya boshlaydi, keyinchalik barg
chetlari va uchi qo’ng’ir rangga o’tadi, so’ngra qurib to’kila boshlaydi, barg xuddi
yirtilganga uxshab qoladi. Kaliy yetishmasligi dastlab uncha talabchan ekinlarda
namoyon bo’ladi. Kaliy yetishmaganda modda almashuvining biokimyoviy
jarayonlari susayishi kuzatiladi.
Kaliy kation holida o’zlashtiriladi, hujayrada zaryadlangan ion holida bo’lishi
sababli hujayra moddalari bilan kuchsiz bog’ hosil qiladi. U hujayrada
elektroneytrallikni ta’minlaydi, hujayra va muhit o’rtasidagi potensiallar farqi va
assimetriyasini ta’minlaydi. Ehtimol mana shu funksiyasi uchun kaliy mineral
oziqlanishida o’simlik uchun almashtirib bo’lmaydigan element hisoblanadi.
Kaliyning bu xossasi D.A.Sabinin tomonidan shunday ta’riflanadi,"-kaliy,
natriy va qisman kalsiy kationlarining ahamiyati sitoplazma tuzilmalarini hosil
bo’lishida, protoplast hosilalarining elektr xossalarini ta’minlashda kurinadi".
Ma’lumki, kaliyning hujayradagi boshqa kationlarga nisbatan miqdori bir
necha marta ko’p bo’ladi, tashki muhitdagi kaliy konsentrasiyasiga karaganda
hujayrada konsentrasiya 100-1000 marta yuqori bo’ladi.
Ko’plab tadkikotlarda hujayra tarkibidagi kaliy miqdori va o’sish jarayonlari
o’rtasida bog’liq yakin bo’lishi aniqlangan. Kaliy yetishmasligi hujayra o’sishi,
cho’zilishi va bo’linishini sekinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda o’simliklar tarkibidagi kaliy miqdori va oqsil moddasi sintezi
jadalligi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjudligi haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud.
Kaliy yetishmasligi fotosintez mahsuldorligi susayadi, bargdan fotosintez jarayoni
mahsulotlarini boshqa organlarga kuchishi kamayishi aniqlangan
Kaliyli oziqlanishning kritik davri o’simlik o’sishining dastlabki davri (unib
chiqqandan so’ng 15 kun) maysa fazasiga to’g’ri keladi. O’simlik eng ko’p
o’zlashtirish davri esa biomassa jadal tuplanish fazasiga to’g’ri keladi. Donli va
dukkakli-don ekinlarining kaliyni o’zlashtirishi gullash-sut pishishi fazasiga kelib
tuxtaydi, zig’ir o’simligida-yalpi gullash,- kartoshka, qand lavlagi va karaMga usuv
davri oxirigacha davom etadi.
Kartoshka kaliyni eng ko’p gullash - tugunak hosil qilishida, qand lavlagi -
ildizmeva hosil bo’lishida, karam - bosh urash fazasida o’zlashtiradi.
Bahori bug’doy tuplash fazasigacha - 25,4, naychalash fazasida 42,1%,
boshoq tortishda - 100% kaliyni o’zlashtiradi, kaliyning eng ko’p o’zlashtirilishi
naychalash – boshoq tortish davriga to’g’ri keladi. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirishi
usuv davrida bo’yicha kuyidagicha kechadi: shonalashgacha (31kun) - 2,8%,
shonalashdan gullashgacha (o’nib chiqqandan so’ng 58 kun mobaynida) - 17,8%,
birinchi terim boshlanishida - 100%. G’o’zaning kaliyni o’zlashtirish davri nisbatan
cho’zilgan. Kartoshkaning kaliyni o’zlashtirishi: iyunda - 20%, iyulda -80%,
avgustda - 98%, sentyabrda - 100%. Qand lavlagida kaliy butun usuv davri
mobaynida o’zlashtirilib, maksimum iyul-avgust oylariga to’g’ri keladi.
Kaliy fosfatlarni organik birikmalar tarkibiga o’tkazish uchun zarur
hisoblanadi, bundan tashqari u fosfat guruhlarni kuchirish jarayonlari uchun kerak
Kaliy tomonidan faolligi oshiriladigan fermentlar hujayrada turli-tuman
reaksiyalarni boshqaradi, asetilkoenzim A hosil bo’lishini kuchaytiruvchi ferment
faoliyatini boshqaradi. Kaliy o’simlikning yosh usuvchi organlarida meristema va
kambiyda ko’p miqdorda uchraydi. Eski barglardagi kaliy reutilizasiya uchrab yosh
barglarga o’tadi. Bu jarayonga natriy ioni yordam beradi. U kaliy ioni urnini
egallaydi. Kaliy miqdori o’simlik quruq moddasiga nisbatan barg va poyada pastdan
yuqoriga karab ortib boradi. Kaliyning o’simlik tuproqda va o’g’itdagi miqdori oqsil
shaklida ifodalanadi – K2O.
Donli va dukkakli-don ekinlariga nisbatan kartoshka, lavlagi quruq modda
birligi uchun kua kaliy talab qiladi. Donli ekinlar azotga teng miqdorda, fosforga
nisbatan 2-3 marta ko’p kaliy o’zlashtiradi (N:P2O5:K2O nisbati 2,0-3,0:1,0:2,5-3,5).
Sabzavot ekinlari, kartoshka, lavlagi kaliyni azotga nisbatan 1,5 marta,fosforga
nisbatan 3-4,5 marta ko’p o’zlashtiradi.
Turli ekinlar 1 tonna asosiy va qo’shimcha mahsulot bilan turlicha miqdorda
kaliy o’zlashtiradi: donli ekinlar - 25-37kg, dukkakli-don ekinlar - 16-20 kg,
kartoshka - 7,9, lavlagi - 6,7-7,5 ,sabzavot ekinlari - 4,0-5,0 , yungichka 20-24 kg.
Hosil birligi uchun olib chiqiladigan oziqa moddalari miqdori asosiy va
qo’shimcha mahsulot nisbatiga bog’liq. Donli ekinlar tovar hosilida kaliy kam
bo’lsa, ildizmeva ko’p yillik o’tlar, sabzavotlar asosiy mahsulot tarkibida K2O
miqdori yuqori bo’ladi. Qancha tovar mahsuloti tarkibida kaliy kam bo’lsa uning
xo’jalik tuproqlaridan chiqib ketishi kam bo’lib, ijobiy rol uynaydi.
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib, tabiiy kaliy tuzlari
hisoblanadi. Ularning asosiy konlari, Rossiya, Belorussiya, Qozog’iston, O’rta
Osiyoda va Dehqonobodda joylashgan.
Barcha kaliy tuzlari konlari 2 turga bo’linadi: xloridli (92%) va sulfatli. Xom-
ashyoga bog’liq ravishda ishlab chiqariladigan o’g’itlar ham xlorli va sulfatli
turlarga bo’linadi.
Xloridli kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo bo’lib,
silvin (KCl) va galit (NaCl) minerallari aglomerati bo’lgan silvinit hisoblanadi.
Silvinit 12-15% K2O saqlaydi.
Karnalit KCl*MgC12*6H2O rudalaridan magniy ajratib olingach kaliy –xlorid
elektrolit olinadi.
Kaliyli o’g’itlar konsentrlangan (xlorli kaliy, kaliy sulfati, xlorli kaliy
elektrolit, kaliy tuzi, kalimagneziya, kaliy-magniyli konsentrat) va xom kaliy tuzlari
(silvinit kapHalit) turlariga bo’linadi.
K a l i y x l o r i d i - KCl Asosiy kaliyli o’g’it bo’lib umumiy ishlab
chiqarilayetgan kaliy saqlovchi o’g’itlarning 80-90% ini tashkil etadi. Tarkibida
53,7-60,6 % K2O, 1% dan kamroq namlik saqlaydi. Tashqi ko’rinishi oq yoki pushti
rangdagi kristall modda.
Kaliy xloridi 2 usulda flotasion va galurgik usulda olinadi.
Flotasion uslubda KCl silvinit rudasidan olinadi. Bu usul KCl va NaCI
minerallarining yuzasi suv bilan turliga namlanishiga asoslangan. Maydalangan ruda
suvli eritmaga moysimon aminlar qo’shilib, pulpa orqali havo purkaladi. Eritma
yuzasiga so’zib chiqayotgan pufakchalarga KCl ning gidrofob mineralli silvin
qo’shilib chiqadi. NaCl esa chukmada qoladi. Pufakchalar so’zib olinadi,
sentrifugada qo’g’itilib olinadi.
Galurgik usul silvinit rudasi tarkibiy qismi bo’lgan silvin va galit rudalarining
suvda turlicha eruvchanligiga asoslangan. Eritish 90-100oC haroratgacha olib
boriladi va 20-25oC haroratgacha sovitiladi. Eritma harorati 100oC darajaga
yetganda KCl eruvchanligi 2 marta oshadi, NaCl eruvchanligi kamayadi.
Sovutilganda silvin kristall holatda bo’ladi, galit esa eritmada qoladi.
Hozirgi paytda kaliy xloridi olishning gidrosiklon usuli ham qo’llaniladi. Bu
usul silvin (1,987 g\sm) va galitning (2,176 g\sm) turlicha zichligi asosida ajratib
olishga asoslangan.
Flotasion va galurgik usulda olingan kaliy xlorid mayda kristall bo’lib,
saqlanganda qotib qoladi. Shu tufayli uni ulchami 1-3 mm kattalikda donador holga
keltiriladi. Kaliy xloridi qotib qolishini kamaytirish maqsadida uning tarkibiga
aminlar qo’shiladi.
K a l i y s u l f a t i – K2SO4. Mayda kristalli oq rangdagi kukunsimon, 1,2%
namlikdagi modda. Tarkibida 46-50 % K2O saqlaydi, qotib qolishga moyiligi
kuchsiz, qopda va ochiq holda tashiladigan o’g’it.
Kaliy sulfati 2 bosqichda shenit minerallini langbeynitga konversiyalash va
kaliy xlorid qo’shish orqali olinadi:
2KCl + 2MgCO4 = K2SO4 * MgCO4 + MgC12
K2SO4 * MgCO4 + 2KCl = K2SO4+ MgC12
Fizikaviy xususiyatlariga ko’ra juda yaxshi, suvda oson eruvchan, xlorga
sezuvchan ekinlar uchun qo’llash qulay bo’lgan o’g’it. Kaliy sulfati tannarxi yuqori
bo’lgani bilan boshqa kaliyli o’g’itlardan farq qiladi.
K a l i y x l o r - e l ye k t r o l i t - kaliy xloridning natriy va magniy xloridli
aralashmasi. Tarkibida 31,6-45,5 % K2O, 5% dan MgO, NaO, va 50% gacha xlor
saqlaydi. O’simliklarga ta’siri bo’yicha kaliy xlorididan qolishmaydi. Tarkibida 4%
gacha namlik saqlovchi changlanuvchan sarg’ish rangli kukunsimon o’g’it. Ochiq
holda saqlanganda qotib qolmaydi.
Qog’oz holta yoki ochiq holda tashish mumkin.
K a l i m a g n ye z i ya - K2SO4 * MgSO4. Kainit-langbeynit rudalaridan
olinadi. Tarkibida 26-28 % K2O, 9% MgO saqlaydi, namligi 5% dan oshmaydi.
Ochiq havoda qotib qolmaydi. Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda kartoshka ekini
uchun qo’llashga tavsiya etiladi.
K a l i y - m a g n ye z i a l k o n s ye n t r a t - kulrang, donador 1,5-7 %
namlikdagi 18,5% K2O ,9% MgO oziqa moddalari saqlovchi o’g’it. Xlorga sezgir
ekinlar, xlorli sho’rlangan tuproqlar sharoitida qo’llash uchun tavsiya etiladi.
40% li k a l i y t u z i - KCl * KCl + NaC1. Pushti rang kristallari mavjud
bo’lgan kulrang kristalli kukunsimon holdagi kaliy xlorid va silvinit aralashmasidan,
iborat o’g’it. Namligi 2% dan ko’p bo’lmagan, 40% K2O saqlovchi, ochiq havoda
saqlanganda
qotib
qoladigan
kaliyli
o’g’it.
Nitriyga
talabchan
ekinlar
(ildizmevalilar) va qum va qumloq mexanik tarkibli tuproqlar sharoiti uchun tavsiya
etiladi.
K a i n i t - KCl*MgSO4*3H2O qisman NaCl saqlaydi. Qo’ng’ir-pushti rangli
yirik kristalli, 5% dan ko’p bo’lmagan namlikdagi kaliyli o’g’it. Tarkibida 10%
oziqa moddasi saqlaydi. Ochiq holda saqlaganda qotib qolmaydi.
S ye m ye n t ch a n g i - Sement ishlab chiqarish sanoati chikindisi, xlorsiz
kaliyli o’g’it hisoblanadi.10-15% K2O saqlovchi, donador qog’oz qoplarga solingan
holda ishlab chiqariladi. ushbu o’g’itda kaliy karbonat,-bikarbonat, sulfat va silikatli
tuzlar shaklida bo’ladi. Kislotali tuproqlarda xlorga sezgir ekinlar uchun tavsiya
etiladi.
P o t a sh - K2CO3 . Fiziologik ishqoriy kaliyli o’g’it, tarkibida 63-67 % K2O
saqlaydi. Gigroskopikligini kamaytirish maqsadida Sa qo’shiladi Kaliy bikarbonati
KHCO3 47,0 % K2O saqlaydi. O’tloqzor va dalalarni asosiy o’g’itlash uchun tavsiya
etiladi.
S i l v i n i t - KCl*NaC1. Maydalangan silvinit rudasi bo’lib, pushti-qo’ng’ir
rangli kristall modda, kristallar ulchami 1-4 mm, 11-12% K2O va 75-80% NaC1
salaydi. Ochiq havoda qotib, mushtlashib qoladi, ildizmevali natriyga talabchan
ekinlar uchun tavsiya etiladi. Tarkibida kaliy kam bo’lgani sababli uzoq masofaga
tashish maqsadga muvofik emas.
K a r n a l i t - KCl*MgC1 *6H2O. 12-13% K2O saqlovchi, juda gigroskopiq
ochiq havoda qotib qoluvchi, maydalangan rudadir. O’g’it sifatida deyarli
qo’llanilmaydi. Magniy ishlab chiqarish uchun xom-ashyo hisoblanadi.
Tuproqlarning haydalma qatlamida kaliyning yalpi miqdori azot miqdoriga
nisbatan 5-50 fosforga nisbatan 8-40 marta ko’pdir. Shunga bog’liq ravishda uning
zahirasi ham azot va fosforga nisbatan yuqori miqdorda bo’ladi.
Mexanik tarkibi qumoq chimli-podzol tuproqlarda yalpi kaliyning miqdori -
1-2%, kulrang o’rmon, podzollashgan, ishqorsizlashgan, oddiy qora, bo’z
tuproqlarda - 2,5%, janubiy qora va kashtan tuproqlarda - 2% ga yaqin, qizil
tuproqlarda - 0,6-0,9, sho’rtob va sho’rxoqlarda 1,2-3,0%. Torfli tuproqlarda yalpi
kaliy miqdori juda oz (0,03-1,0%), qayir tuproqlarida ham kaliy oz miqdorda
uchraydi (0,22-2,0%).
Kaliy tuproqning asosan mineral qismida uchraydi. Tuproqda kaliy ko’yidagi
shakllarda uchraydi:
1. Birlamchi va ikkilamchi minerallar kristall panjarasida.
2. Kolloid zarrachalarga almashinib va almashinmay singigan holda.
3. O’simlik ildizi, ang’izi, qoldiqlari va mikroorganizmlar tarkibida.
4. Tuproq eritmasida mineral tuzlar holida.
Tuproqdagi umumiy kaliy birikmalarini quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
- suvda eruvchan (oson o’zlashtiriladi)
- almashuvchan (yaxshi o’zlashtiriladi)
- harakatchan (suvda eruvchan va almashuvchan kaliy yig’indisi)
- almashinmaydigan gidrolizlanuvchan kaliy (0,2n yoki 10% HCl eritmasi
bilan gidrolizlanuvchi, zaxira)
- almashinmaydigan kaliy.
O’simliklar oziqlanishi uchun asosiy hisoblangan harakatchan kaliy uning
tuproqdagi umumiy miqdoriga nisbatan 0,5-2,0% ini tashkil etadi.
Umumiy kaliyning 9% ini almashinmaydigan kaliy tashkil etadi O’simlik
tomonidan o’zlashtirilgan kaliy almashinmaydigan kaliy hisobiga, u esa o’z
navbatida qiyin almashinadigan kaliy hisobiga zahirasi to’lib boradi.
Tuproqdagi yalpi kaliyning 2-15% kislotada eruvchan, kislotada eruvchan
kaliyga nisbatan 5-25% almashuvchan, almashuvchan kaliyga nisbatan 10-25%
suvda eruvchan kaliy tashkil etadi.
Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Ammo ular tuproqqa solinganda
kaliy ioni kolloid zarrachalar bilan fizik-kimyoviy va almashinmay singish tipida
o’zaro ta’sirlashadi.
Kaliyning tuproqda almashinmay singishi uning qo’llanilgandan bir sutka
o’tishi bilan deyarli tugaydi va o’g’it qo’llash muddati davomiyligiga umuman
bog’liq emas.
Tuproqning kaliyni almashuvchan singdirishi umumiy singdirish sigimining
1\4 qismini tashkil etadi. Tuproqning kaliyni almashib singdirish reaksiyasi kaytar
jarayondir:
Keltirilgan reaksiyadan ko’rinib turibdiki, tuproq muhiti nafakat H ioni
hisobiga balki A1 ioni hisobiga ham nordonlashishi mumkin. Kaliy kationi TSK
almashib singdirilishi hisobiga tuproq eritmasiga ekvivalent miqdorda boshqa
kationlarni siqib chiqarib, tuproq muhiti reaksiyasini o’zgartirishga va oqibitda
o’simliklar o’sishi sharoitiga ham ta’sir ko’rsatadi. O’z harakteriga ko’ra barcha
kaliyli o’g’itlar fiziologik nordon hisoblanadi. Bu holat ayniksa kislotalik
tuproqlarda yaqqol seziladi.
Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning tuproq kislotaligiga
ta’siri kuchli seziladi.
O’g’it kaliyning tuproqdagi fiksasiyasi turli tuproqlarda katta miqdorga (80%)
yetishi mumkin. V.U.Pchelkin tajribalarida kaliyning almashinmay singishi tuproq
mineralogik tarkibiga va o’g’it me’yoriga bog’liq holda 14-82% ni tashkil etgan. K
radioaktiv izotopi bilan o’tkazilgan tajribalarda qumloq va og’ir qumoq tuproqlarda
usuv davri oxiriga kelib o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmay qolgan kaliy miqdori
tegishlicha 63 va 70% ni tashkil etgan. Uning bor yo’g’i 1\6 - 1\8 qismi harakatchan
kaliyga to’g’ri kelgan. Kaliyning almashinmay singgigan kationlari o’simliklar
uchun befoyda, ayrim hollarda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kaliyni fiksasiyasi
montmorillionit guruhida, gidroslyuda guruhiga kiruvchi minerallar uchun xos.
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda og’ir tuproqlarga nisbatan kaliy kamroq
fiksasiyalanadi.
Tuproqning qurub ketishi va namlanishi galmagal bo’lib turadigan
sharoitlarda kaliy fiksasiyalanishi kuchli kechadi. Shu tufayli kaliyli o’g’itlarni
chuqur qatlamga berish tavsiya etiladi.
Kaliyli o’g’itlarning yirik kristalli va donador turlarini qo’llash almashinmay
singish jarayonini 20-30% ga kamaytiradi.
Kaliyli o’g’itlarni sistematik ravishda qo’llash va uning ijobiy balansida,
tuproqda harakatchan hamda almashinmay singigan kaliy shakllari miqdori ortadi.
Bunda almashuvgan kaliy miqdori, eruvchan kaliyga nisbatan ko’proq ortadi.
Tuproqdagi kaliy shakllarining o’zaro ta’sirini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Kristall panjaradagi kaliy = almashinmay singdirilgan kaliy = almashinib
singdirilgan kaliy = tuproq eritmasidagi kaliy.
Kaliy o’g’itlarning tuproq singdirish kompleksi bilan o’zaro ta’sirini
o’rganish shundan dalolat beradiki, kaliy tuproq profili buylab juda sekin ko’chadi
va asosan 0-60 sm haydov qatlamida qoladi.
Kaliyli o’g’itlarni migrasiyasi kuchsiz bo’lganligi sababli yuza qatlamga
berish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari yuza qatlam qurib qolishi hisobiga uning
fiksasiyasi kuchli o’tib, foydalanish koeffisiyenti kamayadi.
Kaliyli o’g’itlar tuproq mexanik tarkibiga, undagi harakatchan kaliy
miqdoriga, namlanish darajasi, ekin biologik xususiyati, rejalashtirilgan hosil
miqdori va sifatiga bog’liq ravishda taqsimlanadi. Kaliyli o’g’itlar avvalo qumli,
qumloq chimli-podzol, torfli-botqoq va qayir tuproqlar sharoitida samaralidir.
Qumoq mexanik tarkibli kulrang o’rmon, ishqorsizlangan qora tuproqlarda
kaliy bilan o’rta va kam ta’minlangan sharoitlarda o’g’itlarning ekinlar hosiliga
ta’siri yuqori bo’ladi.
Kaliyli o’g’itlar samarasi O’zbekiston eskidan haydaladigan tuproqlar
sharoitida g’o’za yetishtirishda yanada yuqori bo’ladi.
Kaliyli o’g’itlarning samarasi ularni azotli va fosforli o’g’itlar bilan maqbul
nisbatda qo’llanilganda yanada ortadi.
Kaliyli o’g’itlarning asosiy qismi kuzgi shudgorlashda qo’llash maqsadga
muvofiqdir. Xlorli sho’rlanish sharoitida xlor saqlovchi o’g’itlar sho’r yuvishdan
ilgari qo’llash tavsiya etiladi.
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarda hamda sug’oriladigan sharoitda kaliyli
o’g’itlarning bir qismi oziqlantirish uchun tavsiya etiladi.
Kaliyga talabchan ekinlarga kungaboqar, tamaki, kartoshka, qandlavlagi,
sabzavot ekinlari, mevali daraxtlar hisoblanadi.
Tamaki, toq mevali daraxtlar, sitrus ekinlari, kartoshka, zig’ir xlorga sezgir
bo’lib, xlorsiz kaliyli o’g’itlar qo’llash tavsiya etiladi.
Qand lavlagi va boshqa ildiz mevalilar uchun tarkibida Na bo’lgan kaliyli
o’g’itlar ahamiyati beqiyos.
Karbonatli sho’rlangan tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni oshirilgan me’yorda
qo’llash lozim. Kaliyli o’g’itlardan foydalanish koeffisiyenti katta oraliqda o’zgarib
boradi (12-50%). Bu ekin turi, tuproq iqlim sharoitiga bog’liq.
Kaliyli o’g’itlar samaradorligini oshirishi yo’llari:
- kaliyli o’g’itlarni, uni jadal o’zlashtiruvchi ekinlarda qo’llash.
- kaliyli o’g’itlarni azotli-fosforli o’g’itlar fonida qo’llash.
- kaliy o’g’itlarning samarali shakllaridan unumli foydalanish.
- kaliyli o’g’itlarni tuproq - iqlim zonasi va o’simlik talabidan kelib chiqib
qo’llash.
Kaliyli o’g’itlar qo’llash samarasi, ekinlardan olinadigan qo’shimcha hosilda
quyidagi ko’rsatkichlarda kurinadi:
100 kg K2O hisobiga olinadigan qo’shimcha hosil:
donli ekinlar
- 0,2-0,3 t\ga
kartoshka
- 2,0-3,3 t\ga
qand lavlagi
- 3,5-4,0 t\ga
paxta
- 0,1-0,2 t\ga
zig’ir tolasi
- 0,1-0,15t\ga
ko’p yillik o’tlar
- 2,0-3,3 t\ga
KOMPLEKS O’G’ITLAR
Tarkibida ikkiyoki undan ortiq oziq elementini turli miqdor va nisbatlarda
tutadigan o’g’itlar kompleks o’g’itlar deb yuritiladi.
Tarkibiga ko’ra ikki komponentli (fosforli-kaliyli, azotli-fosforli, azotli-
kalishsh) va uch komponentli (azotli-fosforli-kalipli), olinish usuliga ko’ra murakkab,
murakkab-aralash va aralashtirilgan, agregat holatiga ko’ra esa qattiq va suyuq
kompleks o’g’itlarfarqlanadi.
Murakkab o’g’itlar kation va anionlardan tarkib topgan bo’lib, qatiy
kimyoviy formula bilan ifodalanadi KNO3, NH4H2P04va boshqa.
Murakkab-aralash o’g’itlar deganda, yagona texnologik jarayonda ammiaq
fosfat, nitrat va sulfat kislotalar, ammiakli selitra suyuqlanmasi, fosforit yoki
apatit, kaliy tuzlarning o’zaro ta’sirlashishi asosida olinadigan va har bir
zarrachasida kimyoviy birikmalar holida ikki yoki uchta oziq elementini tutadigan
o’g’itlar tushuniladi. Aralash o’g’itlar ikki yoki uchta quruq holatdagi oddiy
mineral o’g’itlarni aralashtirish yuli bilan olinadi.
Bir paytning o’zida tarkibida yuqori konpentrasiyaliikki yoki uchta oziq
elementni tutishi kompleks o’g’itlarga xos ijobiy xususiyatdir. Masalan, ammofos,
diammofos, ammoniilashtirilgan superfosfat, nitrofos ikkita oziq elementi tutsa,
nitrofoska, karboammofoskalar tarkibida uchta oziq elementi mavjud. Ayrim
murakkab o’g’itlar tarkibiga mikroelementlar ham kiritiladi.
Kompleks o’g’itlar qo’llash asosida o’g’itlarni tuproqda kiritish bilan
bog’liq sarf-xarajatlarni oddiy mineral o’g’itlarni alohida-alohida qo’llashga
nisbatan 1,5-2,0 marta kamaytirish mumkin.
Ayni chog’da kompleks o’g’itlar tarkibidagi fosfor usimliklar tomonidan
oddiy fosforli o’g’itlardagidan ko’proq o’zlashtiriladi.
Kompleks o’g’itlar faqat o’simliklarni oziq elementlar bilan ta’minlashni
yaxshilab qolmay, o’g’itlarni yuklash, tashish va tushirish bilan bog’liq xarajatlarni
kamaytiradi, o’g’it omborlari adjlishini arzonlashtiradi.
39-jadvalda
keng
tarqalgan
kompleks
o’g’itlar
tarkibidagi
oziq
elementlarning miqdori va nisbatlari keltirilgan.
Asosiy kompleks o’g’itlar tarkibining oziq moddalar miqdori va
nisbatlari
(A. V. Peterburgskiy, 1989)
O’g’it nomi
Oziq moddalar
nisbati
Oziq moddalarning yalpi
miqdori
Ammofos
Diammofos
Nitroammofos
Nitroammofoska
Nitrofoska
1:4:0
1:2,5:0
1:1:0
1:1:1
1:1:1
56-63
66-6S
48
48-51
33-35
Murakkab o’g’itlar, Tarkibida ikki yoki uchta oziq, elementi tutgan
murakkab o’g’itlar farqlanadi.
Ammofos - NH4H2PO,. Fosfat kislota tarkibidagi bitta vodorod urnini
NH4olishidan hosil bo’ladi, tarkibidagi ionlar (ammoniy va fosfat) o’simliklar
tomonidan barcha tuproq, tiplarida oson o’zlashtiriladi. Ballastsiz o’g’it, tarkibida
11-12% azot va 46- 60 % fosfor mavjud.
Olinishi juda sodaa: Fosfat kislotani ammiak bilan to’yintirish asosida
olinadi
NH3+H3PO4=NH4H2PO4
Diammofos eng yuqori konsentrasiyali murakkab o’g’itlardan biri bo’lib,
tarkibida 18 % dan ortiq azot va 50% atrofida fosfor tutadi. (N;P2O5-1:2,5),
2NH3+H3PO4=(NH4)2HPO4
Ammofos va diammofos tarkibidagi N:P2O5 nisbatning 1:2,5:4 ga teng
bo’lishi ularni nihollarni qo’shimcha oziqlantirish paytida qo’llash imkonini
cheklaydi, lekin urug’larni ekish, ko’chat o’tqazish va kuzgi shudgor kiritish yaxshi
samara beradi.
Polifosfatlar (Npt2 PpO,p+|) - tarkibida ko’p sonli PO4guruh tutgan chizikli
polimerlardir. Ular hozirgi kunda ishlabchiqarilayotgan o’g’itlardan tarkibidagi fosfat
komponentning tuzilishi bilan farqlanadi. Polifosfat atomi zanjiri va halkasining
shakllanishi uchun xizmat qiladigan P-O-P bog’ning makroenergetikaviy tabiati
o’simliklarda kechadigan fizikaviy - biologik jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Polifosfatlarning gidrolizlanish quyidagi tartibda sodir bo’ladi:
2NPO3+H2O=H4P2O7 ; H4P2O;+H2O=2H3PO4 va h. q
Harorat 7-12 daraja bo’lganda gidroliz sekin kechadi, 12-15 darajada
kuchayadi, eng ma’kul harorat 30-35°C dir.
Istiqbolli murakkab o’g’itlar jumlasiga ammoniy polifosfatni (15 % azot, 60
% P2O, tutadi) kiritish mumkin. Bu o’g’it O’rta Osiyoning serkarbonat
tuproqlarida qo’llanilganda yuqori iqtisodiy samara beradi.
mujassam bo’ladi va u sulfatli nitrofoska deb yuritiladi.
Yuqoridagi jarayonda pulpa (kalsiyli selitraning kalsiy fosfatlar bilan
aralashmasi) ga ammiak va fosfat kislota qo’shilsa, kalsiy nitrat kalsiyningbir va
ikki almashgan fosfatlariga, ammiakli selitra hamda ammofosga aylanadi.
3H2O+2Ca(NO)2+4H3PO4+5NH3==4NH4NO3+CaHPO4-
2H2O+Ca(H2PO4)2H2O+NH4H2PO4
Qo’shimcha ravishda KCI kiritilganda yuqoridagi moddalar tarkibiga NH4CI
va KNO3qo’shiladi. Bu o’g’it - nitrofoskadir. Nitrofosfatlarning donalari 3 - 4 mm
kattalikda bo’ladi va ularning quyidagi turlari ishlab chiqariladi
Nitroammofos - monoammoniyfosfatasosidaolinadiganmurakkabaralasho’g’it.
Tarkibiga kaliy kiritilsa, nitroammofoska deyiladi.
Aytilganlardan tashqari karboammofoska (20% azot, 20 % fosfor, 20% kaliy),
mochevina fosfat CO(NH2)2* (NH4)2HPO4 (27 % azot, 27 % fosfor) va fosfamid deb
nomlanadigan o’g’itlar ishlab chiqariladi.
Murakkab-aralash (kombinasnyalangan) o’g’itlar
Akademik D.N.Pryanishnikov 1908 yilda fosforitlarga sulfat kislota bilan
emas, bachki nitrat kislota bilan ta’sir etish bir yo’la azotli va fosforli o’g’it olish
imkonini berishini ta’minlagan edi.
Fosforitga nitrat kislota ta’sir ettirilganda kalsiyli selitraning CaHPO4 *2H2O
va ular bilan aralashmasi - nitprofos olinadi.
Shu toifaga kiradigan ammoniylashtirilgan superfosfat oddiy superfosfat
ammiak bilan to’yintirib olinadi. Odatda, kukunsimon superfosfat 6 % gacha
ammiak
azotini
yutishi
mumkin,
lekin
kalsiy
monofosfatning
retrogradasiyalanishini oldini olish uchun 3-4 % atrofida NH3 yuttiriladi. Bu o’g’it
tarkibidagi azot o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, lekin o’simliklarni
azot bilan ta’minlashda uncha katta rol uynamaydi.
Suyuq va suspenziyalangan kompleks o’g’itlar
Suyuk kompleks o’g’itlar (SKO’) deb tarkibida barcha makro va
mikroelsmentlarii tutgan suyuq aralashlarga aytiladi.Qattiq va suyuq, kompleks
o’g’itlar samaradorligi birdek bo’lishi aniqlangan. SKO’lar - istiqbolli o’g’itlardan
hisoblanadi. Ular fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash (pH=6,5) asosida
olinadi. Tarkibidagi azot miqdorini oshirish uchun suyuk o’g’itlarga ammiakli
selitra, mochevina yoki ularning aralashmalari qo’shiladi. Ortofosfat kislota asosida
olingan o’g’itlar (24-30% ozis elementi bor) tiniq, eritma holida, superfosfor
kislota asosida olingan o’g’itlar esa (40 % dan ortiq oziq, elementlari tutadi)
loyqaroq eritma holida bo’ladi. Bu turdagi o’g’itlar o’z tarkibida erkin ammiak
tutmaydi. Shu sababdan ularni tuproqqa purkab, izidan ishlov berish texnikasini
tushirish mumkin. Suv bilan oqizib ishlatilganda ham yaxshi samara beradi. Suyuk
kopleks o’g’itlarni yuklash, tashish, tuproqqa solishni to’la mexanizasiyalash va shu
yo’l bilan isrofgarchilikning oldini olish mumkin. Tavsiflanayotgan o’g’itlarni
ishlatishdan katta iqtisodiy samara olish mumkin. Bu birinchidan ishlab chiqarish
sexlari qurishga 20-30% kam mablag’ sarflanishi va ikkinchidan, mexnat sarfining
3-3,5 marta kamligi bilan borlikdir. Muayyan haroratlarda kristallanishi,
korroziyaga chidamli idishlarda sakdashni talab qilishi va yuqori nishablikka ega
maydonlarga kiritilganda fosforning bir qismini yuvilib ketishi SKO’larga xos
salbiy xususiyatdir.
SKO’lardagi oziq elementlari miqdorini istalgancha oshirib boraverishning
iloji yo’q, chunki ma’lum haroratdan boshlab ular kristallana boshlaydi.
Konsentrasiyasini oshirish uchun ularga stabillashtiruvchi qo’shimcha - kolloid loy
(1 t o’g’itga 10-22 kg) ko’shiladi. Shunday usulda olingan o’g’it 12 % azot, 40%
P2O5tutishi mumkin, SKO’larning saqlash muddati 3 oygacha. SKO’larni
serkarbonat bo’z tuproqoarda ko’llash yaxshi iktisodiy samara beradi.
Aralashtirilgal o’g’itlar
Aralashtirilgan
o’g’itlar
komponentlarni
kimyoviy
o’zgarishga
uchratmasdan olinadi. Ular kukunsimon yoki donador holatda bo’lishi mumkin.
O’g’itlarni quruq holatda aralashtirish kompleks o’g’itlar olishdagi eng oddiy
va samarali usuldir. Bu tadbir ikki xil usulda amalga oshiriladi:
- bevosita xo’jaliklarning o’zida muqim va ko’chma o’g’it aralashtirgichlar
yordamida aralashtirish;
- yuqori quvvatli moslamalar (40-60 t/soat) yordamida aralashtirish.
Aralashtirilgan o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy kukunsimon yoki donador
o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, agrokimyo markazlarining yirik
mexanizasiyalashtirilgan omborlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish
yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlarni qo’llashga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida
- alohida solishdagiga qaraganda ancha tejaladi, ularning samaradorligi ortadi,
chunki barcha zaruriy elementlar birdaniga solinadi, ular paykalga bir me’yorda
taqsimlanadi.
O’g’itlarni aralashtirishni birin-ketin bajariladigan quyidagi besh bosqichdan
iborat jarayon deb qarash mumkin:
1)
O’g’itlarni aralashtirishga tayyorlash;
2)
Komponentlarni aralashtirishga o’zatish;
3)
Me’yorlash (aralashtirish uchun tegishli miqdordagi o’g’itlarni ajratish);
4)
Aralashtirish;
5)
Aralashmani tashish moslamalari yoki omborlarga olish.
Aralashtiriladigan o’g’itlarning o’ziga xos fizikaviy va kimyoviy
xususiyatlari ko’p hollarda ularni aralashtirish imkoniyatlarini cheklab quyadi.
Masalan, ammiakli selitra superfosfat bilan aralashtirilganda, nitrat kislota
bug’lari yoki azot oksidlari hosil bo’ladi:
Shuningdek, hosil bo’ladigan kalsiy nitrat aralashmaning gigroskopikligini
oshiradi:
2NH4NO3+Ca(H2PO4)2=2NH4H2PO4+Ca(NO3)2+nH2O
Tarkibida kalsiy oksidini tutgan metallurgiya shlaklarini ammiakli selitra yoki
ammoniy sulfat bilan (shuningdek ammoniy fosfat bilan) aralashtirish mum-kin
emas, chunki bunda ammiak ajralib chikadi:
CaO+(NH4)2SO4=2NH4 +CaSO4+ H2O
Superfosfatvafosforitunikaliylio’g’itlarbilan,
shuningdek,
ammiakliselitravaammoniysulfatpresipitatbilanaralashtirilgandanomaqbulo’zgarishl
arsodirbo’lmaydi.
Eng keng tarqalgan o’g’itlar - ammiaki selitra, superfosfat va kaliy xlorid
aralashmalarining fizik xossalarini yaxshilash maqsadida superfosfatdagi erkin
kislotani boqlash va gigroskopiklikni kamaytirish uchun maydalangan - dolomit,
fosforit uni kabi mu’tadillovchi moddalar qo’shiladi. Bunday aralashmani
sochiluvchanligi 4-5 oy davomida ham o’zgarmaydi.
Mochevinani tuproqka kiritish oldidan fosforli va kaliyli o’g’itlarning barcha
shakllari
bilan
aralashtirish
mumkin.
Unisuperfosfatbilananchaoldindanaralashtirgandahamsalbiyo’zgarishlarkuzatilma
ydi. Donador o’g’itlar, ayniqsa donachalarining o’lchamlari bir xil bo’lgan o’g’itlar
aralashtirilganda
aralashmaning
fizikaviy
xossalari
va
sochiluvchanligi
yaxshilanadi.
O’g’itlarni aralashtirishda ekinlarning oziq moddalarning muayyan nisbatiga
(N:P2O5:K2O) ehtiyojini shuningdek, tuproq, xossalari, o’g’itlash usullari va
muddatlarini hisobga olish zarur.
Nazorat savollari
1. Kaliyni o’simlik tarkibida miqdori va ahamiyati
2. Tarkibida kaliy tutuvchi minerallarni ayting
3. Kaliyning o’simlik hayotidagi ahamiyati va vazifalari
4. Tuproqlardagi kaliy miqdori va shakllari qanday
5. Kaliyni sinflanishi
6. Kaliy yetishmasligi belgilari
7. O’zbekistonda qo’llaniladigan kaliyli o’g’itlar
8. Kompleks o’g’itlarni guruhlarini ayting?
9. Murakkab o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?
10. Murakkab aralash o’g’itlarga qaysi o’g’itlar kiradi?