Karbonsuvlarni aniqlash uslublari

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

24,4 KB


 
 
 
 
 
 
Karbonsuvlarni aniqlash uslublari 
 
Uglevodlarning klassifikasiyasi va energetik ahamiyati. Uglevodlar – 
uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan organik birikmalardir. Odatda 
oddiy, murakkab uglevodlarga farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda oddiy – 
monosaxaridlar, masalan, glyukoza va murakkab – polisaxaridlar va bular ham 
o’z navbatida quyi – oddiy uglevodlarning qisman qoldiqlarini saqlovchi 
(disaxaridlar) va murakkab uglevodlar qoldig’ining juda ko’plab  molekulalarini 
saqlovchi (polisaxaridlar) uglevodlarga farqlanadi. Hayvonlar organizmida 
uglevodlarning miqdori quruq moddaning 2 % ga yaqinini tashkil etadi. 
Sog’lom odamlarning o’rtacha bir kecha-kunduzda uglevodlarga 
bo’lgan talabi – 500 g.tashkil etadi, jadal jismoniy ish bajarganda bu talab –
1000 g. gacha ortadi. 
Uglevodlar iste’mol qilinayotgan oziq-ovqatlarning umumiy massasini 60 % 
ni, energiya bo’yicha esa 56 % ni tashkil qilishi kerak.  Glyukoza qon tarkibida 
saqlanadi va uning miqdori doimo ma’lum (0,1-0,12 %) darajada saqlab turiladi. 
Ichaklardan so’rilgan monosaxaridlar to’qimalarga olib kelinadi va u yerda 
monosaxaridlardan sitoplazma tarkibiga kiruvchi glikogen sintezlanadi. 
Glikogenning zahiralari asosan jigar va to’qimalarda saqlanadi. Tana vazni 70 kg 
bo’lgan odam gavdasida glikogenning umumiy miqdori 375 g.ga yaqin bo’ladi, 
uning 245 g.muskul to’qimalarda  110 g. ( to 150 g.gacha) jigarda, qon va tananing 
boshqa suyuqliklarida 20 g saqlanadi. Sport bilan shug’ullangan odamlar 
organizmida glikogenning miqdori, sport bilan shug’ullanmagan odamlardagiga 
nisbatan 40-50 % ga ko’p bo’ladi. Uglevodlar – organizmning hayot faoliyati va 
ish bajarishi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi.   
Karbonsuvlarni aniqlash uslublari Uglevodlarning klassifikasiyasi va energetik ahamiyati. Uglevodlar – uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan organik birikmalardir. Odatda oddiy, murakkab uglevodlarga farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda oddiy – monosaxaridlar, masalan, glyukoza va murakkab – polisaxaridlar va bular ham o’z navbatida quyi – oddiy uglevodlarning qisman qoldiqlarini saqlovchi (disaxaridlar) va murakkab uglevodlar qoldig’ining juda ko’plab molekulalarini saqlovchi (polisaxaridlar) uglevodlarga farqlanadi. Hayvonlar organizmida uglevodlarning miqdori quruq moddaning 2 % ga yaqinini tashkil etadi. Sog’lom odamlarning o’rtacha bir kecha-kunduzda uglevodlarga bo’lgan talabi – 500 g.tashkil etadi, jadal jismoniy ish bajarganda bu talab – 1000 g. gacha ortadi. Uglevodlar iste’mol qilinayotgan oziq-ovqatlarning umumiy massasini 60 % ni, energiya bo’yicha esa 56 % ni tashkil qilishi kerak. Glyukoza qon tarkibida saqlanadi va uning miqdori doimo ma’lum (0,1-0,12 %) darajada saqlab turiladi. Ichaklardan so’rilgan monosaxaridlar to’qimalarga olib kelinadi va u yerda monosaxaridlardan sitoplazma tarkibiga kiruvchi glikogen sintezlanadi. Glikogenning zahiralari asosan jigar va to’qimalarda saqlanadi. Tana vazni 70 kg bo’lgan odam gavdasida glikogenning umumiy miqdori 375 g.ga yaqin bo’ladi, uning 245 g.muskul to’qimalarda 110 g. ( to 150 g.gacha) jigarda, qon va tananing boshqa suyuqliklarida 20 g saqlanadi. Sport bilan shug’ullangan odamlar organizmida glikogenning miqdori, sport bilan shug’ullanmagan odamlardagiga nisbatan 40-50 % ga ko’p bo’ladi. Uglevodlar – organizmning hayot faoliyati va ish bajarishi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi.  
 
Organizmda kislorodsiz sharoitda (anaerob) uglevodlar sut kislotasiga 
parchalanadi va energiya ajratadi va bu jarayon glikoliz deb ataladi. Kislorod 
ishtirokida esa (aerob) uglevodlar karbonat angidrid va suvgacha parchalanadi va 
bu sharoitda ancha ko’p energiya ajraladi. Uglevodlarning fosfor kislotasi 
ishtirokida anaerob parchalanishi muhim biologik ahamiyatga ega – fosforlanish 
jarayoni bajariladi. Glyukozaning fosforlanishi fermentlar ishtirokida jigarda yuz 
beradi. Bu yerda glyukozaning asosiy manbasi aminokislotalar va yog’lar bo’lishi 
mumkin. glyukozaning dastlabki fosforlanishi natijasida jigarda juda yirik 
polisaxarid molekulasi – glikogen hosil bo’ladi. Jigardagi glikogenning miqdori 
organizmning oziqlanish xarakteriga va jismoniy ish bajarish faoliyatiga bog’liq.  
Boshqa fermentlar ishtirokida jigarda glikogenning glyukozagacha parchalanishi 
yoki qand hosil bo’lish jarayoni bajariladi. Ochlik paytlarda va jismoniy ish 
bajarilganda jigarda va skelet muskullarida glikogenning parchalanishi, aynan 
o’sha joyda, glikogenning sintezlanishi bilan birgalikda kechadi. Jigarda hosil 
bo’luvchi glyukoza qonga tushib, u bilan barcha hujayralar va to’qimalarga 
tarqatiladi. 
Faqatgina oqsillar va yog’larning uncha katta bo’lmagan qismigina 
desmolitik parchalanish jarayonida energiya ajratadi va nihoyat to’g’ridan –to’g’ri 
energiya manbai hisoblanadi. Oqsillar va yog’larning katta qismi toki to’lig’icha 
parchalangunligiga qadar avval muskullarda uglevodga aylanadi. Bundan 
tashqari, ovqat hazmi kanalidan oqsil va yog’larning gidrolizlanish mahsulotlari 
jigarga tushadi, ya’ni u yerda aminokislotalar va yog’lar glyukozaga aylanadi. Bu 
jarayon glyukoneogenez deb ataladi. Jigarda glyukoza hosil bo’lishining asosiy 
manbai glikogen hisoblanadi, glyukozaning ma’lum qismi glyukoneogenez yo’li 
bilan yuzaga keladi, bu jarayonda keton tanachalarining hosil bo’lishi to’xtatib 
turiladi. Shunday qilib, uglevodlar almashinuvi  oqsillar, yog’lar va suv 
almashinuviga jiddiy ta’sir etadi. 
Ishlayotgan muskullar bilan glyukozaning iste’mol qilinishi 5-8 marta ortadi 
va jigarda glikogenning hosil bo’lishi yog’lar va oqsillar hisobiga bajariladi. 
Uglevodlar, oqsillar va yog’lardan  farqli o’laroq juda tez parchalanadi, shu 
sababli kuchli energiya xarajatlari paytida (jismoniy ish bajarganda, og’riq, 
Organizmda kislorodsiz sharoitda (anaerob) uglevodlar sut kislotasiga parchalanadi va energiya ajratadi va bu jarayon glikoliz deb ataladi. Kislorod ishtirokida esa (aerob) uglevodlar karbonat angidrid va suvgacha parchalanadi va bu sharoitda ancha ko’p energiya ajraladi. Uglevodlarning fosfor kislotasi ishtirokida anaerob parchalanishi muhim biologik ahamiyatga ega – fosforlanish jarayoni bajariladi. Glyukozaning fosforlanishi fermentlar ishtirokida jigarda yuz beradi. Bu yerda glyukozaning asosiy manbasi aminokislotalar va yog’lar bo’lishi mumkin. glyukozaning dastlabki fosforlanishi natijasida jigarda juda yirik polisaxarid molekulasi – glikogen hosil bo’ladi. Jigardagi glikogenning miqdori organizmning oziqlanish xarakteriga va jismoniy ish bajarish faoliyatiga bog’liq. Boshqa fermentlar ishtirokida jigarda glikogenning glyukozagacha parchalanishi yoki qand hosil bo’lish jarayoni bajariladi. Ochlik paytlarda va jismoniy ish bajarilganda jigarda va skelet muskullarida glikogenning parchalanishi, aynan o’sha joyda, glikogenning sintezlanishi bilan birgalikda kechadi. Jigarda hosil bo’luvchi glyukoza qonga tushib, u bilan barcha hujayralar va to’qimalarga tarqatiladi. Faqatgina oqsillar va yog’larning uncha katta bo’lmagan qismigina desmolitik parchalanish jarayonida energiya ajratadi va nihoyat to’g’ridan –to’g’ri energiya manbai hisoblanadi. Oqsillar va yog’larning katta qismi toki to’lig’icha parchalangunligiga qadar avval muskullarda uglevodga aylanadi. Bundan tashqari, ovqat hazmi kanalidan oqsil va yog’larning gidrolizlanish mahsulotlari jigarga tushadi, ya’ni u yerda aminokislotalar va yog’lar glyukozaga aylanadi. Bu jarayon glyukoneogenez deb ataladi. Jigarda glyukoza hosil bo’lishining asosiy manbai glikogen hisoblanadi, glyukozaning ma’lum qismi glyukoneogenez yo’li bilan yuzaga keladi, bu jarayonda keton tanachalarining hosil bo’lishi to’xtatib turiladi. Shunday qilib, uglevodlar almashinuvi oqsillar, yog’lar va suv almashinuviga jiddiy ta’sir etadi. Ishlayotgan muskullar bilan glyukozaning iste’mol qilinishi 5-8 marta ortadi va jigarda glikogenning hosil bo’lishi yog’lar va oqsillar hisobiga bajariladi. Uglevodlar, oqsillar va yog’lardan farqli o’laroq juda tez parchalanadi, shu sababli kuchli energiya xarajatlari paytida (jismoniy ish bajarganda, og’riq,  
 
hayajon, qo’rqish, g’azablanish va h.k.) ular organizm tomonidan juda tez 
ishlatiladi. Uglevodlarning parchalanishi tana haroratining doimiyligini 
ta’minlaydi va muskullarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar 
asab tizimining mutadil faoliyat ko’rsatishi uchun zarur element hisobanadi. Qon 
tarkibida 
qand 
miqdorining 
kamayishi, 
tana 
haroratining 
pasayishiga 
muskullarning charchashi va holsizlanishiga, asab faoliyatining buzilishiga olib 
keladi. 
Glyukozaning juda kam qon bilan olib kelinadigan qismi to’qimalarda 
energiya ajralib chiqishi uchun ishlatiladi. To’qimalardagi uglevodlar 
almashinuvining asosiy manbai ilgari glyukozadan sintezlangan glikogen 
hisoblanadi. 
Uglevodlarning asosiy iste’molchisi muskullar ish bajargan paytida ularda 
zahira holida saqlanuvchi glikogendan foydalaniladi va faqatgina bu zahiralar 
to’lig’icha sarflanganidan keyin muskullarga qon bilan olib kelinuvchi 
glyukozadan bevosita foydalaniladi. Bu paytda jigardagi glikogen zahiralaridan 
hosil bo’luvchi glyukozadan foydalaniladi. Muskullar ish bajarganidan keyin 
o’zining glikogen zahirasini qondagi glyukozadan sintezlashni boshlaydi, jigar 
esa ovqat hazmi kanalidan so’rilgan monosaxaridlar  oqsillar va yog’lar hisobidan 
glikogenni sintezlaydi. Qon tarkibidagi glyukozaning miqdori glikogenni 
sintezlash hisobiga doimo bir xil darajada oradi va uning miqdori qonda katta 
miqdorda ortib ketganida siydik bilan chiqarish (glyukozuriya) hisobiga saqlanib 
turiladi. Masalan, oziqlar tarkibida katta miqdorda uglevodlarning bo’lishi tufayli 
qon tarkibidagi glyukozaning 0,15-0,16 % dan ortishi mumkin va bunga 
giperglikemiya deb ataladi, natijada ortiqcha glyukozaning siydik bilan 
chiqarilishi – glyukozuriya yuz beradi. Ikkinchi tomondan, hattoki uzoq muddatli 
ochlikdan keyin ham qondagi glyukozaning darajasi kamayib ketmaydi, ya’ni 
to’qimalardan ulardagi glikogenni parchalanishi natijasida glyukozaning qonga 
tushishi kuzatiladi. 
 
Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi 
 
hayajon, qo’rqish, g’azablanish va h.k.) ular organizm tomonidan juda tez ishlatiladi. Uglevodlarning parchalanishi tana haroratining doimiyligini ta’minlaydi va muskullarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar asab tizimining mutadil faoliyat ko’rsatishi uchun zarur element hisobanadi. Qon tarkibida qand miqdorining kamayishi, tana haroratining pasayishiga muskullarning charchashi va holsizlanishiga, asab faoliyatining buzilishiga olib keladi. Glyukozaning juda kam qon bilan olib kelinadigan qismi to’qimalarda energiya ajralib chiqishi uchun ishlatiladi. To’qimalardagi uglevodlar almashinuvining asosiy manbai ilgari glyukozadan sintezlangan glikogen hisoblanadi. Uglevodlarning asosiy iste’molchisi muskullar ish bajargan paytida ularda zahira holida saqlanuvchi glikogendan foydalaniladi va faqatgina bu zahiralar to’lig’icha sarflanganidan keyin muskullarga qon bilan olib kelinuvchi glyukozadan bevosita foydalaniladi. Bu paytda jigardagi glikogen zahiralaridan hosil bo’luvchi glyukozadan foydalaniladi. Muskullar ish bajarganidan keyin o’zining glikogen zahirasini qondagi glyukozadan sintezlashni boshlaydi, jigar esa ovqat hazmi kanalidan so’rilgan monosaxaridlar oqsillar va yog’lar hisobidan glikogenni sintezlaydi. Qon tarkibidagi glyukozaning miqdori glikogenni sintezlash hisobiga doimo bir xil darajada oradi va uning miqdori qonda katta miqdorda ortib ketganida siydik bilan chiqarish (glyukozuriya) hisobiga saqlanib turiladi. Masalan, oziqlar tarkibida katta miqdorda uglevodlarning bo’lishi tufayli qon tarkibidagi glyukozaning 0,15-0,16 % dan ortishi mumkin va bunga giperglikemiya deb ataladi, natijada ortiqcha glyukozaning siydik bilan chiqarilishi – glyukozuriya yuz beradi. Ikkinchi tomondan, hattoki uzoq muddatli ochlikdan keyin ham qondagi glyukozaning darajasi kamayib ketmaydi, ya’ni to’qimalardan ulardagi glikogenni parchalanishi natijasida glyukozaning qonga tushishi kuzatiladi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi  
 
Nerv tizimining uglevodlar almashinuviga ta’sirini dastlab K.Bernar o’rgangan. 
K.Bernar uzunchoq miyadagi to’rtinchi miya qorinchasining tubiga igna 
sanchganida (qand ukoli), qonda qand ko’payganligi (giperglikemiya) holati va 
siydik 
bilan 
qand 
chiqqanligini 
(glyukozuriya) 
kuzatgan. 
Uglevodlar 
almashinuvining oliy markazlari gipotalamus va bosh miya katta yarim sharlarida 
joylashgan. Gipotalamus ta’sirlanganda ham giperglikemiya va glyukozuriya 
hodisalari kuzatiladi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishida simpatik nerv 
tizimi muhim rolni egallaydi. Jumladan, simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda 
glikogenning parchalanib glyukozaga aylanishi tezlashadi. Gumoral omillardan 
uglevodlar almashinuvida  adrenalin va insulin gormoni  katta ahamiyatga ega. 
Adrenalin xuddi simpatik nerv tizimi singari ta’sir qiladi, ya’ni glikogenni 
glyukozaga aylantiradi. Insulin esa, glyukozani glikogenga aylantiradi. Bulardan 
tashqari, me’da osti bezining glyukogon gormoni, gipofiz, buyrak usti bezining 
po'stloq qismi va qalqonsimon bez gormonlari ham uglevodlar almashinuvida 
ishtirok etadi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishida miya po'stlog'ining 
yetakchi rolni o’tashi to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar bor. 
 
Nerv tizimining uglevodlar almashinuviga ta’sirini dastlab K.Bernar o’rgangan. K.Bernar uzunchoq miyadagi to’rtinchi miya qorinchasining tubiga igna sanchganida (qand ukoli), qonda qand ko’payganligi (giperglikemiya) holati va siydik bilan qand chiqqanligini (glyukozuriya) kuzatgan. Uglevodlar almashinuvining oliy markazlari gipotalamus va bosh miya katta yarim sharlarida joylashgan. Gipotalamus ta’sirlanganda ham giperglikemiya va glyukozuriya hodisalari kuzatiladi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishida simpatik nerv tizimi muhim rolni egallaydi. Jumladan, simpatik nerv tizimi qo’zg’alganda glikogenning parchalanib glyukozaga aylanishi tezlashadi. Gumoral omillardan uglevodlar almashinuvida adrenalin va insulin gormoni katta ahamiyatga ega. Adrenalin xuddi simpatik nerv tizimi singari ta’sir qiladi, ya’ni glikogenni glyukozaga aylantiradi. Insulin esa, glyukozani glikogenga aylantiradi. Bulardan tashqari, me’da osti bezining glyukogon gormoni, gipofiz, buyrak usti bezining po'stloq qismi va qalqonsimon bez gormonlari ham uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishida miya po'stlog'ining yetakchi rolni o’tashi to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar bor.