KAVSH QAYTARUVCHI HAYVONLARDA OVQAT HAZMI.

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

24,3 KB


 
 
 
 
 
 
KAVSH QAYTARUVCHI HAYVONLARDA OVQAT HAZMI. 
 
 
Reja: 
1. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. Me’da oldi bo‘lmalarida ovqat hazm bo‘lishi. 
3. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining harakati(motorikasi). 
4. Shirdonda oziqalarning hazmlanishi. 
 
Tayanch IBORALAR. 
 
 Katta qorin, to‘r qorin, qat qorin, shirdon, organik kislota, achish-chirish, 
oziqa, go‘sht, sut, o‘txo‘r, dag‘al oziqa, oqsil, yog‘ uglevod, don, dukkakli, beda, 
pichan, lab, til, tish, so‘lak bezi, 25 kun, refleks, 2 oy, 3 oy, 40-60 l, azot, 30-35%, 
ferment, bo‘tqa, naycha, tarnov, chirish, mekkoniy, uvuz suti, kraxmal, kletchatka, 
oqsil, yog‘, bakteriya, infuzoriya, zamburug‘, nerv, gumoral, M.N.S., so‘rilish, 
adashgan nerv, simpatik nerv. 
   
 1.Kavsh qaytaruvchi hayvonlar chorvachilik sohasida eng asosiy o‘rinni 
yegallab insonlarning asosiy oziq-ovqat manbai go‘sht, sut va yog‘lar bilan 
ta’minlaydi. Shuning uchun ham kavsh qaytaruvchi hayvonlarning organizmida 
kechadigan jarayonlarni yaxshi bilishimiz kerak. Dona halqimiz maqollarida 
«Molning suti tilida» deyishlari bejiz aytilgan emas ya’ni hayvonlarni yaxshi, sifatli 
oziqalar bilan oziqalantirilsa mahsulot ko‘p va sifatli bo‘ladi. Hayvonlar hazm 
sistemalarida kechadigan jarayonlarni yaxshi bilgandagina rejalarni aniq bajaraolish 
imkoniyatlari tug‘iladi Hayvonlarning yaxshi tarbiyalab, o‘stirib, yaxshi nasl olsak 
va yaxshi oziqalantirish o‘rganilsa barcha yehtiyojlarni bajarishga sharoit yaratiladi.
KAVSH QAYTARUVCHI HAYVONLARDA OVQAT HAZMI. Reja: 1. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Me’da oldi bo‘lmalarida ovqat hazm bo‘lishi. 3. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining harakati(motorikasi). 4. Shirdonda oziqalarning hazmlanishi. Tayanch IBORALAR. Katta qorin, to‘r qorin, qat qorin, shirdon, organik kislota, achish-chirish, oziqa, go‘sht, sut, o‘txo‘r, dag‘al oziqa, oqsil, yog‘ uglevod, don, dukkakli, beda, pichan, lab, til, tish, so‘lak bezi, 25 kun, refleks, 2 oy, 3 oy, 40-60 l, azot, 30-35%, ferment, bo‘tqa, naycha, tarnov, chirish, mekkoniy, uvuz suti, kraxmal, kletchatka, oqsil, yog‘, bakteriya, infuzoriya, zamburug‘, nerv, gumoral, M.N.S., so‘rilish, adashgan nerv, simpatik nerv. 1.Kavsh qaytaruvchi hayvonlar chorvachilik sohasida eng asosiy o‘rinni yegallab insonlarning asosiy oziq-ovqat manbai go‘sht, sut va yog‘lar bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ham kavsh qaytaruvchi hayvonlarning organizmida kechadigan jarayonlarni yaxshi bilishimiz kerak. Dona halqimiz maqollarida «Molning suti tilida» deyishlari bejiz aytilgan emas ya’ni hayvonlarni yaxshi, sifatli oziqalar bilan oziqalantirilsa mahsulot ko‘p va sifatli bo‘ladi. Hayvonlar hazm sistemalarida kechadigan jarayonlarni yaxshi bilgandagina rejalarni aniq bajaraolish imkoniyatlari tug‘iladi Hayvonlarning yaxshi tarbiyalab, o‘stirib, yaxshi nasl olsak va yaxshi oziqalantirish o‘rganilsa barcha yehtiyojlarni bajarishga sharoit yaratiladi.
 
 
 Sut va go‘shtning sifati, miqdori hamda naslchilik ishlarining muvaffaqiyatli 
chiqishi hayvonlarning oziqala-nishiga bog‘liq. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar 
o‘tho‘r hayvonlar guruhiga kirib, oziqasi asosan dag‘al oziqa-beda, pichan, somon, 
o‘simliklarning doni, dukkaklilardir. 
 Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmlanishi boshqa turdagi hayvonlar 
oshqozonida kechadigan hazmlanish jarayoni-dan farq qilib, ularning oshqozoni 
to‘rt kameradan: katta qorin, to‘r qorin, qat qorin va shirdondan yoki chin (haqiqiy) 
me’dadan iboratdir. Bu kameralarning har birida kechadigan jarayonlar o‘ziga xos 
bo‘lib,u hazm jarayon-larining murakkabligidan dalolat beradi. 
Me’da 
oldi 
bo‘lmalari ichki shilliq pardasi mo‘g‘izlanmagan yassi epiteliy bilan qoplanib, shira 
ajratuvchi bezlari yo‘q. 
 Shirdon shilliq pardasi bir kamerali hayvonlar me’dasiga o‘xshash tuzilgan 
bo‘lib, qo‘shimcha, bosh va qoplama hujayralarga yega bo‘lishi uni chin me’da 
deyilishiga sabab bo‘ladi. kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida ovqat hazmini 
yaxshi tushinish uchun har qaysi kamerasidagi hazmlanish va qizil o‘ngach navi 
bilan tanishib chiqilishi lozim.  
 Katta qorin oshqozonning boshlang‘ich va katta qismi bo‘lib, qorin 
bo‘shlig‘ini chap tomonini to‘liq yegallab, o‘ng tomonni ham qisman yegallab, 
hajmi qoramollarda 100 – 300, qo‘y va yechkilarda 13 – 23 litrdir. 
 Ichki shilliq pardasida turli tomonga yo‘nalgan buramalar katta qorin 
bo‘shlig‘ining dahlizi, dorsal va ventral xoltalarga va kaudo – dorsal hamda kaudo – 
vetral ko‘r xoltalarga ajratadi. Yosh hayvonlar katta qorin shilliq pardasida 0,5 sm, 
katta hayvonlarda 1 sm keladigan so‘rg‘ichlar bor bo‘lib, uning tuzilishi bajaradigan 
vazifasiga mosdir.  
 To‘r qorin ikkinchi qism bo‘lib, hajmi sigirlarda 5 – 10 litrni, qo‘y va 
yechkilarda 1,5 – 2,0 litr atrofidadir. U katta va qat qorin hamda tegishli yo‘llar bilan 
qizil o‘ngach navi bilan tutashgan. U dumoloq xaltani yeslatib, ichki shilliq pardasi 
asalari uyasiga o‘xshash to‘rdan iborat bo‘lib shuning uchun ham uni to‘r qorin 
deyiladi. 
 Qat qorin uchinchi qism bo‘lib, hajmi karomollarda 7 – 18 litrni, qo‘y va 
yechkilarda 0,3 – 0,9 litrni tashkil yetadi. Qat qorin to‘r qorin va shirdon bilan
Sut va go‘shtning sifati, miqdori hamda naslchilik ishlarining muvaffaqiyatli chiqishi hayvonlarning oziqala-nishiga bog‘liq. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar o‘tho‘r hayvonlar guruhiga kirib, oziqasi asosan dag‘al oziqa-beda, pichan, somon, o‘simliklarning doni, dukkaklilardir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmlanishi boshqa turdagi hayvonlar oshqozonida kechadigan hazmlanish jarayoni-dan farq qilib, ularning oshqozoni to‘rt kameradan: katta qorin, to‘r qorin, qat qorin va shirdondan yoki chin (haqiqiy) me’dadan iboratdir. Bu kameralarning har birida kechadigan jarayonlar o‘ziga xos bo‘lib,u hazm jarayon-larining murakkabligidan dalolat beradi. Me’da oldi bo‘lmalari ichki shilliq pardasi mo‘g‘izlanmagan yassi epiteliy bilan qoplanib, shira ajratuvchi bezlari yo‘q. Shirdon shilliq pardasi bir kamerali hayvonlar me’dasiga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, qo‘shimcha, bosh va qoplama hujayralarga yega bo‘lishi uni chin me’da deyilishiga sabab bo‘ladi. kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida ovqat hazmini yaxshi tushinish uchun har qaysi kamerasidagi hazmlanish va qizil o‘ngach navi bilan tanishib chiqilishi lozim. Katta qorin oshqozonning boshlang‘ich va katta qismi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ini chap tomonini to‘liq yegallab, o‘ng tomonni ham qisman yegallab, hajmi qoramollarda 100 – 300, qo‘y va yechkilarda 13 – 23 litrdir. Ichki shilliq pardasida turli tomonga yo‘nalgan buramalar katta qorin bo‘shlig‘ining dahlizi, dorsal va ventral xoltalarga va kaudo – dorsal hamda kaudo – vetral ko‘r xoltalarga ajratadi. Yosh hayvonlar katta qorin shilliq pardasida 0,5 sm, katta hayvonlarda 1 sm keladigan so‘rg‘ichlar bor bo‘lib, uning tuzilishi bajaradigan vazifasiga mosdir. To‘r qorin ikkinchi qism bo‘lib, hajmi sigirlarda 5 – 10 litrni, qo‘y va yechkilarda 1,5 – 2,0 litr atrofidadir. U katta va qat qorin hamda tegishli yo‘llar bilan qizil o‘ngach navi bilan tutashgan. U dumoloq xaltani yeslatib, ichki shilliq pardasi asalari uyasiga o‘xshash to‘rdan iborat bo‘lib shuning uchun ham uni to‘r qorin deyiladi. Qat qorin uchinchi qism bo‘lib, hajmi karomollarda 7 – 18 litrni, qo‘y va yechkilarda 0,3 – 0,9 litrni tashkil yetadi. Qat qorin to‘r qorin va shirdon bilan
 
 
tutashgan bo‘lib ichida katta, o‘rta va kichik varaqchalar bo‘lib, bu qism 
qoramollarda yaxshi rivojlangan. 
 Qizil o‘ngach navi – yosh hayvonlarda oziqa hazmlanishida katta 
ahamiyatga yega. Qizil o‘ngach katta qorin dahlizi bilan to‘r qorin oralig‘ida tugab, 
shu joydan qizil o‘ngach davomi sifatida qizil o‘ngach navi boshlanadi va to‘r qorin 
tubi bilan qat qoringa yetib boradi. Yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oshqozonda 
ovqat hazm bo‘lishi hayvonni yoshiga qarab o‘zgaradi. Murakkab oshqozonni turli 
qismlari hayvonning turli yoshida turlicha rivojlanadi. Ularni me’da oldi bo‘lmalari 
yaxshi rivojlanmagan holda tug‘iladi, ya’ni me’da oldi bo‘lmalari qo‘zi va 
buzoqlarda shirdondan kichik bo‘ladi. ular hayotining dastlabki kunlarida me’da oldi 
bo‘lmalari sekin rivojlanadi. Yosh hayvon ichgan sut yoki suyuqlik qizil o‘ngach 
navi orqali katta qoringa tushmay to‘r qorin tubi bilan to‘g‘ri shirdonga tushib 
hazmlanadi. Ular dag‘al oziqa istemol qilishi bilan hazmlanishda katta qorin ishtirok 
yetadi. Ular 2 – 3 oyligida katta qorinda 10 – 12% oziqa modda hazmlanishda 
ishtirok qiladi. Natijada bijg‘ish jarayoni avjga chiqib, quloq oldi so‘lak bezi uzliksiz 
so‘lak ajratadi. Ularda qizilo‘ngach navi lablari yaxshi qo‘zg‘aladi va yosh 
hayvonlar me’da oldi bo‘lmalari ham voyaga yetgan hayvonlarnikiga o‘xshab+ 
harakat qiladi. Yosh hayvonlar onasini yemganida, suv yoki sut ichganida qizil 
o‘ngach navini labi reflektor qo‘zg‘alib, naycha hosil qiladi. Natijada ichilgan suv 
va sut katta qoringa tushmasdan to‘r qorin orqali qat qorin va undan shirdonga o‘tadi.  
 Qizil o‘ngach navi lablarining qo‘zg‘alishi yemish va suv ichish tufayli til va 
tomoq pardalarini retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv 
orqali uzunchoq miyadagi markazga borib, markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi 
adashgan nerv markazdan qochuvchi tolalar orqali qizil o‘ngach navini labiga 
uzatilib, uni qo‘zg‘atib, naycha holatiga keladi. Adashgan nervni ikki tomonlama 
kesilsa bu refleks yo‘qoladi. Qizil o‘ngach navi lablarini qo‘zg‘alishi shartli reflektor 
ravishda ham ro‘yobga chiqib, bunda katta yarim sharlar po‘stlog‘i ishtirok yetadi. 
Hayvon ulg‘oya borishi bilan qizil o‘ngach navi o‘sishda me’da oldi bo‘lmalaridan 
orqada qolib ketib, lablari dag‘allashadi, qo‘zg‘alaolmaydigan, naycha hosil 
qilaolmay o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 
 Katta qorinda oziqa hazmlanishi bir qancha usullar yordamida o‘rganilib, 
ularga katta qorinning ayrim qismlarini qolgan qismlaridan ajratish, ularga uzaro
tutashgan bo‘lib ichida katta, o‘rta va kichik varaqchalar bo‘lib, bu qism qoramollarda yaxshi rivojlangan. Qizil o‘ngach navi – yosh hayvonlarda oziqa hazmlanishida katta ahamiyatga yega. Qizil o‘ngach katta qorin dahlizi bilan to‘r qorin oralig‘ida tugab, shu joydan qizil o‘ngach davomi sifatida qizil o‘ngach navi boshlanadi va to‘r qorin tubi bilan qat qoringa yetib boradi. Yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oshqozonda ovqat hazm bo‘lishi hayvonni yoshiga qarab o‘zgaradi. Murakkab oshqozonni turli qismlari hayvonning turli yoshida turlicha rivojlanadi. Ularni me’da oldi bo‘lmalari yaxshi rivojlanmagan holda tug‘iladi, ya’ni me’da oldi bo‘lmalari qo‘zi va buzoqlarda shirdondan kichik bo‘ladi. ular hayotining dastlabki kunlarida me’da oldi bo‘lmalari sekin rivojlanadi. Yosh hayvon ichgan sut yoki suyuqlik qizil o‘ngach navi orqali katta qoringa tushmay to‘r qorin tubi bilan to‘g‘ri shirdonga tushib hazmlanadi. Ular dag‘al oziqa istemol qilishi bilan hazmlanishda katta qorin ishtirok yetadi. Ular 2 – 3 oyligida katta qorinda 10 – 12% oziqa modda hazmlanishda ishtirok qiladi. Natijada bijg‘ish jarayoni avjga chiqib, quloq oldi so‘lak bezi uzliksiz so‘lak ajratadi. Ularda qizilo‘ngach navi lablari yaxshi qo‘zg‘aladi va yosh hayvonlar me’da oldi bo‘lmalari ham voyaga yetgan hayvonlarnikiga o‘xshab+ harakat qiladi. Yosh hayvonlar onasini yemganida, suv yoki sut ichganida qizil o‘ngach navini labi reflektor qo‘zg‘alib, naycha hosil qiladi. Natijada ichilgan suv va sut katta qoringa tushmasdan to‘r qorin orqali qat qorin va undan shirdonga o‘tadi. Qizil o‘ngach navi lablarining qo‘zg‘alishi yemish va suv ichish tufayli til va tomoq pardalarini retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv orqali uzunchoq miyadagi markazga borib, markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi adashgan nerv markazdan qochuvchi tolalar orqali qizil o‘ngach navini labiga uzatilib, uni qo‘zg‘atib, naycha holatiga keladi. Adashgan nervni ikki tomonlama kesilsa bu refleks yo‘qoladi. Qizil o‘ngach navi lablarini qo‘zg‘alishi shartli reflektor ravishda ham ro‘yobga chiqib, bunda katta yarim sharlar po‘stlog‘i ishtirok yetadi. Hayvon ulg‘oya borishi bilan qizil o‘ngach navi o‘sishda me’da oldi bo‘lmalaridan orqada qolib ketib, lablari dag‘allashadi, qo‘zg‘alaolmaydigan, naycha hosil qilaolmay o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Katta qorinda oziqa hazmlanishi bir qancha usullar yordamida o‘rganilib, ularga katta qorinning ayrim qismlarini qolgan qismlaridan ajratish, ularga uzaro
 
 
anastomozlar o‘rnatish, sun’iy katta qorin hosil qilish va naychalar o‘rnatish usullari 
yordamida o‘rganiladi. Og‘izda yuzaki chaynalib yutilgan ozuqalar katta qoringa 
tushadi, u yerda so‘lak bilan yumushatiladi, bo‘rttiriladi, turli xildagi 
mikroorganizmlar ishtirokida parchalanish jarayonlari yuzaga keladi. Katta qorinda 
oziqa hazmlanishida mikroorganizmlarning o‘rni muhim bo‘lib, ular organik 
moddalarni parchalay-di, ba’zilarini sintezlaydi. Sut yoki uning o‘rnini bosadigan 
suyuq oziqalar bilan oziqalanayotgan yosh kavsh qaytaruvchilarning katta qornida 
oziqa hazm bo‘lmaydi, chunki ularda mikroorganizmlar yo‘q. Katta qoringa 
mikroorganizmlar fakat dagal ozikalar bilan kiradi, tez ko‘payadi va katta qorindagi 
hazm jarayonlarini darajasini belgilab beradi. Ana shunday qilib, katta qorinda oziqa 
hazm bo‘lishi umr bo‘yi mikroorganizmlar ishtirokida ruyobga chiqadi, ya’ni 
infuzoriyalar, bakteriyalar, ya’ni streptokokklar, rumino-kokklar, suksinogen 
bakteriyalar sellyulozani parchalovchi bakteriyalar katta qorinning asosiy 
mikrofloralari bo‘lib xizmat qiladi. Katta qorindagi mikroorganizmlarning xili, 
miqdori iste’mol qilinayotgan oziqa turiga, tarkibiga, hayvonning yoshiga, 
oziqalanishiga, mahsuldorligiga va boshqa-larga bogliqdir. Kavsh qaytaruvchi 
hayvonlarning katta qorni-dagi 1 gr oziqada 20 turga mansub bo‘lgan 10 milliard 
bakteriya va 1 million infuzoriyalar bo‘ladi. Infuzoriyalarning 120 xili 
hayvonlarning katta qornida uchrashi mumkin. Mikroorgani-zmlar oziqalarga 
mexanik ta’sir ko‘rsatadi, ularni parchalaydi va oziqa tarkibidagi oqsillar, azotli 
birikmalar, qisman kletchatka, kraxmal va boshqalarni o‘zlashtiradi va o‘z 
tanasining 
oqsillarini 
va 
polisaxaridlarni 
sintezlaydi. 
Shunday 
qilib, 
mikroorganizmlar tanasi hayvonlar organizmi uchun tuyimli moddalarning 
manbalari bo‘lib hisoblanadi. Ozuqadagiga nisbatan mikroorganizmlarning oqsili 
hayvon organizmi uchun nihoyatda qiymatlirokdir. Ularning oqsillari o‘zlarining 
aminokislota tarkibiga ko‘ra organizm oqsiliga yaqin turadi. Demak, mikroorganizm 
oqsillari ham hayvon organizmi uchun to‘la qiymatli oqsillar o‘rnini bosar ekan. 
Mikroorganizmlar faoliyatlari tufayli katta qorinda bijg‘ish jarayoni yuzaga kelib 
turli xildagi gazlar va uchuvchi yog kislotalari hosil bo‘ladi va shu yerdan qonga 
shimilib, organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Katta qorinda kechayotgan oziqa 
hazmlanishining 
to‘g‘ri 
kechishi 
mikroorganizmlarning 
aktivligiga, 
mikroorganizmlarning turlarini foydali qismlarining ko‘p hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.
anastomozlar o‘rnatish, sun’iy katta qorin hosil qilish va naychalar o‘rnatish usullari yordamida o‘rganiladi. Og‘izda yuzaki chaynalib yutilgan ozuqalar katta qoringa tushadi, u yerda so‘lak bilan yumushatiladi, bo‘rttiriladi, turli xildagi mikroorganizmlar ishtirokida parchalanish jarayonlari yuzaga keladi. Katta qorinda oziqa hazmlanishida mikroorganizmlarning o‘rni muhim bo‘lib, ular organik moddalarni parchalay-di, ba’zilarini sintezlaydi. Sut yoki uning o‘rnini bosadigan suyuq oziqalar bilan oziqalanayotgan yosh kavsh qaytaruvchilarning katta qornida oziqa hazm bo‘lmaydi, chunki ularda mikroorganizmlar yo‘q. Katta qoringa mikroorganizmlar fakat dagal ozikalar bilan kiradi, tez ko‘payadi va katta qorindagi hazm jarayonlarini darajasini belgilab beradi. Ana shunday qilib, katta qorinda oziqa hazm bo‘lishi umr bo‘yi mikroorganizmlar ishtirokida ruyobga chiqadi, ya’ni infuzoriyalar, bakteriyalar, ya’ni streptokokklar, rumino-kokklar, suksinogen bakteriyalar sellyulozani parchalovchi bakteriyalar katta qorinning asosiy mikrofloralari bo‘lib xizmat qiladi. Katta qorindagi mikroorganizmlarning xili, miqdori iste’mol qilinayotgan oziqa turiga, tarkibiga, hayvonning yoshiga, oziqalanishiga, mahsuldorligiga va boshqa-larga bogliqdir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning katta qorni-dagi 1 gr oziqada 20 turga mansub bo‘lgan 10 milliard bakteriya va 1 million infuzoriyalar bo‘ladi. Infuzoriyalarning 120 xili hayvonlarning katta qornida uchrashi mumkin. Mikroorgani-zmlar oziqalarga mexanik ta’sir ko‘rsatadi, ularni parchalaydi va oziqa tarkibidagi oqsillar, azotli birikmalar, qisman kletchatka, kraxmal va boshqalarni o‘zlashtiradi va o‘z tanasining oqsillarini va polisaxaridlarni sintezlaydi. Shunday qilib, mikroorganizmlar tanasi hayvonlar organizmi uchun tuyimli moddalarning manbalari bo‘lib hisoblanadi. Ozuqadagiga nisbatan mikroorganizmlarning oqsili hayvon organizmi uchun nihoyatda qiymatlirokdir. Ularning oqsillari o‘zlarining aminokislota tarkibiga ko‘ra organizm oqsiliga yaqin turadi. Demak, mikroorganizm oqsillari ham hayvon organizmi uchun to‘la qiymatli oqsillar o‘rnini bosar ekan. Mikroorganizmlar faoliyatlari tufayli katta qorinda bijg‘ish jarayoni yuzaga kelib turli xildagi gazlar va uchuvchi yog kislotalari hosil bo‘ladi va shu yerdan qonga shimilib, organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Katta qorinda kechayotgan oziqa hazmlanishining to‘g‘ri kechishi mikroorganizmlarning aktivligiga, mikroorganizmlarning turlarini foydali qismlarining ko‘p hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.
 
 
Normal hayotiy jarayonlar davrida katta qorinda harorat 38-410 da, rN ko‘rsatkichi 
6,5-7,4 atrofida bo‘lib, bu holat mikroorganizmlar yashashi uchun juda qulaydir. 
Katta qorindagi muhit osonlikcha o‘zgarmasdan doimo birday soqlanib bunda quloq 
oldi so‘lak bezlarining uzliksiz so‘lak ajralishini ahamiyati kattadir. Katta qorinda 
hosil bo‘ladigan turli xil kislota va kislotali boshqa moddalar katta qorin muhitini 
o‘zgartirib, mikroorganizmlarning yashashi uchun noqulay sharoitlarni hosil qilishi 
mumkin. Ana shu paytda quloq oldi so‘lak bezidan ishlanayotgan so‘lak bu kislotali 
xususiyatga yega bo‘lgan moddalarni neytrallab turadi. Katta qorindagi muhitning 
barqarorligi oziqalarning vaqti-vaqti bilan arala-shib, so‘rilib turilishida muhim 
ahamiyatga yega. Katta qorindagi mikroorganizmlarning hazm jarayonlari uchun 
zarur bo‘lgan turlarni rivojlanishi rasion tarkibining qanchalik tez-tez o‘zgarib 
turishiga ham bog‘liq. Hayvonlar muayyan oziqa turi bilan uzoq vaqt 
oziqalanayotgan bo‘lsa bu vaqtda katta qorinda mikroorganizmlarning muayyan 
turlari, ya’ni shu oziqani hazmlanishda ishtirok yetadigan turlari rivojlanadi. Agar 
bu hayvonlarda oziqasi to‘satdan o‘zgartirilsa, unda yangi oziqani parchalavchi 
mikroorganizmlar yetishmaganligidan hazmlanish jarayoni izdan chiqadi, shularni 
inobatga olgan holda hayvonlarni bir oziqa turdan ikkinchi oziqa turiga o‘tkazish 
asta sekinlik amalga oshirilishi lozim. Katta qorinda oziqalar to‘la parchalanmasdan 
ularning hazmlanmagan qismlari vaqti-vaqti bilan og‘izga qaytariladi, qayta 
chaynalib yetarlicha 
maydalangandan, mayinlashganidan keyin oziqaning 
tegishlicha parchalangan qismi katta qorindan me’da oldi bo‘lmalarining kelgusi 
qismlariga o‘tkaziladi.  
  
Katta qorinda uglevodlar, ya’ni kletchatkaning hazmlanishi yuzaga 
kelib, u murakkab polisaxariddir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar yeydigan o‘simlik 
oziqalari 40 – 50% ni kletchatka tashkil yetadi. Ovkat hazm qilish jarayonida 
qatnashadigan shiraning tarkibida kletchatkani parchalaydigan fermentlar yo‘q 
bo‘lsada, lekin polisaxaridlarning o‘zlashtirilishi yuzaga keladi. Hazm sistemasida 
hazm bo‘ladigan kletchatkaning 80% ni sellyulozani parchalovchi bakteriyalar 
ishtirokida katta qorinda parchalanishi yuzaga keladi. Kletchatka polisaxarid 
bo‘lganligi tufayli u energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bakteriyalarning 
fermentlari kletchatkani disaxaridlarga, so‘ngra monosaxaridlarga parchalaydi. 
Hayvonga kam oziqa berilsa, yoki shu oziqani asosiy qismini engil hazmlanuvchi
Normal hayotiy jarayonlar davrida katta qorinda harorat 38-410 da, rN ko‘rsatkichi 6,5-7,4 atrofida bo‘lib, bu holat mikroorganizmlar yashashi uchun juda qulaydir. Katta qorindagi muhit osonlikcha o‘zgarmasdan doimo birday soqlanib bunda quloq oldi so‘lak bezlarining uzliksiz so‘lak ajralishini ahamiyati kattadir. Katta qorinda hosil bo‘ladigan turli xil kislota va kislotali boshqa moddalar katta qorin muhitini o‘zgartirib, mikroorganizmlarning yashashi uchun noqulay sharoitlarni hosil qilishi mumkin. Ana shu paytda quloq oldi so‘lak bezidan ishlanayotgan so‘lak bu kislotali xususiyatga yega bo‘lgan moddalarni neytrallab turadi. Katta qorindagi muhitning barqarorligi oziqalarning vaqti-vaqti bilan arala-shib, so‘rilib turilishida muhim ahamiyatga yega. Katta qorindagi mikroorganizmlarning hazm jarayonlari uchun zarur bo‘lgan turlarni rivojlanishi rasion tarkibining qanchalik tez-tez o‘zgarib turishiga ham bog‘liq. Hayvonlar muayyan oziqa turi bilan uzoq vaqt oziqalanayotgan bo‘lsa bu vaqtda katta qorinda mikroorganizmlarning muayyan turlari, ya’ni shu oziqani hazmlanishda ishtirok yetadigan turlari rivojlanadi. Agar bu hayvonlarda oziqasi to‘satdan o‘zgartirilsa, unda yangi oziqani parchalavchi mikroorganizmlar yetishmaganligidan hazmlanish jarayoni izdan chiqadi, shularni inobatga olgan holda hayvonlarni bir oziqa turdan ikkinchi oziqa turiga o‘tkazish asta sekinlik amalga oshirilishi lozim. Katta qorinda oziqalar to‘la parchalanmasdan ularning hazmlanmagan qismlari vaqti-vaqti bilan og‘izga qaytariladi, qayta chaynalib yetarlicha maydalangandan, mayinlashganidan keyin oziqaning tegishlicha parchalangan qismi katta qorindan me’da oldi bo‘lmalarining kelgusi qismlariga o‘tkaziladi. Katta qorinda uglevodlar, ya’ni kletchatkaning hazmlanishi yuzaga kelib, u murakkab polisaxariddir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar yeydigan o‘simlik oziqalari 40 – 50% ni kletchatka tashkil yetadi. Ovkat hazm qilish jarayonida qatnashadigan shiraning tarkibida kletchatkani parchalaydigan fermentlar yo‘q bo‘lsada, lekin polisaxaridlarning o‘zlashtirilishi yuzaga keladi. Hazm sistemasida hazm bo‘ladigan kletchatkaning 80% ni sellyulozani parchalovchi bakteriyalar ishtirokida katta qorinda parchalanishi yuzaga keladi. Kletchatka polisaxarid bo‘lganligi tufayli u energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bakteriyalarning fermentlari kletchatkani disaxaridlarga, so‘ngra monosaxaridlarga parchalaydi. Hayvonga kam oziqa berilsa, yoki shu oziqani asosiy qismini engil hazmlanuvchi
 
 
uglevodlar tashkil qilsa kletchatkaning hazmlanishi yomonlashadi, chunki bu paytda 
oziqa tezlik bilan katta qorindan o‘tib ketadi, iste’mol qilinayotgan oziqaning 
tarkibida engil hazm bo‘ladigan uglevodlar ko‘p bo‘lishi me’da oldi bo‘lmalarida 
shu uglevodlarni parchalovchi bakteriyalarning ko‘payishi va kletchatkani 
parchalovchi bakteriyalarning kamayishiga sabab bo‘ladi.  
 Katta qorinda bakteriya va infuzoriyalar engil hazm bo‘ladigan 
uglevodlardan kraxmal va qandning hazm bo‘lishida ahamiyati katta bo‘lib, bu 
jarayonda mikroorganizmlar faoliyati tufayli, bijg‘ish jarayonlari hisobiga kraxmal 
va qandni parchalanib, har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Kraxmalning barcha turlari 
ham birxil tezlikda hazm bo‘lmasdan, makkajuxori kraxmali, kartoshka kraxmaliga 
nisbatan, pishirilgan kraxmal xom kraxmalga nisbatan tez hazm bo‘ladi. Kraxmal 
organizmda me’da osti bezi, ichak shirasining fermentlari ta’sirida hazm bo‘laveradi, 
lekin u katta qorinda mikroorganizmlar faoliyati uchun zarur bo‘lganligi uchun 
uning katta qorindagi hazmlanishini ahamiyati kattaroqdir. Kavsh qaytaruvchi 
hayvonlarning yegan ozuqasidan me’da oldi bo‘lmalarida kletchatkaning 
parchalanishi natijasida mono va disaxaridlar hosil bo‘ladi. Achish – bijgish 
jarayonlari natijasida bu qandlardan sut, sirka, propion, moy kislotalari hosil bo‘ladi. 
Tekshirishlar – hayvon oziqa rasioniga bog‘liq ravishda bir kunda katta qorinda 4 
litrgacha uchuvchi yog kislotalari va ulardan tashqari, achish-bijg‘ish jarayonining 
oqibatida izomoy, izovalerian, ikki metil moy kislotalari kabi zanjirli uchuvchi yog 
kislotalari ham hosil bo‘ladi. Konsentratlar, tarkibida oqsili ko‘p bo‘lgan oziqalar 
berilganda moy kislotasi hosil bo‘ladi, lekin sirka va propion kislotalarning hosil 
bo‘lishi kamayadi. Tarkibida engil hazmlanadigan uglevodlar (shakar lavlagisi, 
boshqalar) ko‘p bo‘lgan oziqalarni hayvon rasioniga birdan kiritilsa, hayvonlar katta 
qornida o‘zlashtirilaolishi mumkin bo‘lgandan ko‘proq sut kislotasi hosil bo‘ladi va 
bu organizmda hazmlanishini buzilishiga va zaharlanishga sabab bo‘ladi. Shulardan 
kelib chiqgan holatda tez, engil hazmlanadigan uglevodlarning rasionga kiritilib va 
ularning miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borilishi lozim. Bu vaqtda katta 
qorinda ko‘p sut kislotalarni parchalaydigan mikroorganizmlar hosil bo‘lib, natijada 
sut kislotasi bilan zaharlanish kuzatilmaydi. Katta qorinda oqsillarning azotsiz 
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan uchuvchi yog kislotalari, me’da oldi bo‘lmalari devori 
orqali qonga so‘riladi, bu moddalarning so‘rilish tezligi ularning konsentrasiyasiga
uglevodlar tashkil qilsa kletchatkaning hazmlanishi yomonlashadi, chunki bu paytda oziqa tezlik bilan katta qorindan o‘tib ketadi, iste’mol qilinayotgan oziqaning tarkibida engil hazm bo‘ladigan uglevodlar ko‘p bo‘lishi me’da oldi bo‘lmalarida shu uglevodlarni parchalovchi bakteriyalarning ko‘payishi va kletchatkani parchalovchi bakteriyalarning kamayishiga sabab bo‘ladi. Katta qorinda bakteriya va infuzoriyalar engil hazm bo‘ladigan uglevodlardan kraxmal va qandning hazm bo‘lishida ahamiyati katta bo‘lib, bu jarayonda mikroorganizmlar faoliyati tufayli, bijg‘ish jarayonlari hisobiga kraxmal va qandni parchalanib, har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Kraxmalning barcha turlari ham birxil tezlikda hazm bo‘lmasdan, makkajuxori kraxmali, kartoshka kraxmaliga nisbatan, pishirilgan kraxmal xom kraxmalga nisbatan tez hazm bo‘ladi. Kraxmal organizmda me’da osti bezi, ichak shirasining fermentlari ta’sirida hazm bo‘laveradi, lekin u katta qorinda mikroorganizmlar faoliyati uchun zarur bo‘lganligi uchun uning katta qorindagi hazmlanishini ahamiyati kattaroqdir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning yegan ozuqasidan me’da oldi bo‘lmalarida kletchatkaning parchalanishi natijasida mono va disaxaridlar hosil bo‘ladi. Achish – bijgish jarayonlari natijasida bu qandlardan sut, sirka, propion, moy kislotalari hosil bo‘ladi. Tekshirishlar – hayvon oziqa rasioniga bog‘liq ravishda bir kunda katta qorinda 4 litrgacha uchuvchi yog kislotalari va ulardan tashqari, achish-bijg‘ish jarayonining oqibatida izomoy, izovalerian, ikki metil moy kislotalari kabi zanjirli uchuvchi yog kislotalari ham hosil bo‘ladi. Konsentratlar, tarkibida oqsili ko‘p bo‘lgan oziqalar berilganda moy kislotasi hosil bo‘ladi, lekin sirka va propion kislotalarning hosil bo‘lishi kamayadi. Tarkibida engil hazmlanadigan uglevodlar (shakar lavlagisi, boshqalar) ko‘p bo‘lgan oziqalarni hayvon rasioniga birdan kiritilsa, hayvonlar katta qornida o‘zlashtirilaolishi mumkin bo‘lgandan ko‘proq sut kislotasi hosil bo‘ladi va bu organizmda hazmlanishini buzilishiga va zaharlanishga sabab bo‘ladi. Shulardan kelib chiqgan holatda tez, engil hazmlanadigan uglevodlarning rasionga kiritilib va ularning miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borilishi lozim. Bu vaqtda katta qorinda ko‘p sut kislotalarni parchalaydigan mikroorganizmlar hosil bo‘lib, natijada sut kislotasi bilan zaharlanish kuzatilmaydi. Katta qorinda oqsillarning azotsiz qoldiqlaridan hosil bo‘lgan uchuvchi yog kislotalari, me’da oldi bo‘lmalari devori orqali qonga so‘riladi, bu moddalarning so‘rilish tezligi ularning konsentrasiyasiga
 
 
bog‘liqdir. Bu kislotalar so‘rilish tezligiga qarab, eng ko‘p sirka kislotasi, so‘ngra 
moy va propion kislotasi so‘riladi. Bu yog kislotalari organizmning energetik manbai 
hamda organizmdagi moddalar almashinish jarayonlarida qatnashadi.  
 Oqsillarning hazm bo‘lishi. Katta qorinda xuddi shunday qisman oqsil 
parchalanishi yuzaga kelib, bu parchalanish achish va chirish hisobiga yuzaga keladi. 
Katta qorinda oqsillar, mikroorganizmlar 
fermentlari ta’sirida peptidlar, 
aminokislotlar so‘ngra ammiakgacha parchalanadi. Oqsillar parchalanishining 
mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtirilib, o‘z tanalarining oqsilini 
sintezlaydi. Oziqa tarkibidagi oqsillarning 40-80 % hazm jarayonida mikroorga-
nizm tanasining oqsiliga aylanadi, qolgan qismi o‘zgarmay shirdonga o‘tib, u yerda 
hazmlanishi davom yetadi. Mikroorga-nizmlar tomonidan sintezlangan oqsillar 
hayvonlar organizmi uchun to‘la qiymatli oqsil hisoblanib, ularning tarkibida 
almashtirib bo‘lmaydigan aminakislotalarning barchasi mavjud. Oziqa oqsillari 
hayvon organizmiga yaxshi singishi uchun rasionda engil hazmlanadigan 
uglevodlarning nisbati to‘g‘ri bo‘lishi kerak, agarda oziqada oqsil haddan tashqari 
ko‘p bo‘lib engil hazmlanuvchi uglevodlar kam bo‘lsa, oqsillarning parchala-nishi 
natijasida hosil bo‘lgan ammiak to‘la o‘zlashtirilmay qoladi. Bu o‘sha muhitda 
uglevodlar 
kamligidan 
mikroorganizmlarning 
yetarlicha 
katta 
qorinda 
ko‘paymasligi bilan bog‘liqdir. Hosil bo‘lgan ammiak katta qorin devori orqali 
qonga so‘rilib jigarda mochevinaga aylanadi. Mochevinaning kam qismi so‘lakka 
o‘tib, qaytadan katta qoringa tushadi, aksariyat qismi siydik bilan tashqariga 
chiqarilib tashlana-di. Agarda ammiak juda ko‘p so‘rilsa, jigar uni mochevinaga 
aylantirishga ulgura olmaydi natijada ammiak bilan zaharlanadi. Demak, rasion 
tarkibida oqsillar haddan tashqari ko‘p bo‘lishi organizmning zaharlanishiga sabab 
bo‘lar ekan. Shulardan kelib chiqqan holatda kavsh qaytaruvchi hayvonlar rasioni 
tarkibidagi oqsil moddalar hamda engil hazm bo‘ladigan uglevodlar miqdori to‘g‘ri 
nisbatda bo‘lishi lozim. Shunday sharoitlardagina katta qorinda ammiakni yaxshi 
o‘zlashtiradigan mikroorganizmlar rivojlanib ko‘payadi va ular ammiakni o‘z 
tanasining oqsilini sintezlash uchun sarflaydi va oqsillarni hayvon organizmi to‘la 
o‘zlashtira oladigan bo‘ladi. 
  Katta qorindagi mikroorganizmlar oqsil bo‘lmagan azotli moddalardan ham 
o‘zlarining tanalarini oqsillarini sintezlaydi, shulardan kelib chiqgan holatda
bog‘liqdir. Bu kislotalar so‘rilish tezligiga qarab, eng ko‘p sirka kislotasi, so‘ngra moy va propion kislotasi so‘riladi. Bu yog kislotalari organizmning energetik manbai hamda organizmdagi moddalar almashinish jarayonlarida qatnashadi. Oqsillarning hazm bo‘lishi. Katta qorinda xuddi shunday qisman oqsil parchalanishi yuzaga kelib, bu parchalanish achish va chirish hisobiga yuzaga keladi. Katta qorinda oqsillar, mikroorganizmlar fermentlari ta’sirida peptidlar, aminokislotlar so‘ngra ammiakgacha parchalanadi. Oqsillar parchalanishining mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtirilib, o‘z tanalarining oqsilini sintezlaydi. Oziqa tarkibidagi oqsillarning 40-80 % hazm jarayonida mikroorga- nizm tanasining oqsiliga aylanadi, qolgan qismi o‘zgarmay shirdonga o‘tib, u yerda hazmlanishi davom yetadi. Mikroorga-nizmlar tomonidan sintezlangan oqsillar hayvonlar organizmi uchun to‘la qiymatli oqsil hisoblanib, ularning tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan aminakislotalarning barchasi mavjud. Oziqa oqsillari hayvon organizmiga yaxshi singishi uchun rasionda engil hazmlanadigan uglevodlarning nisbati to‘g‘ri bo‘lishi kerak, agarda oziqada oqsil haddan tashqari ko‘p bo‘lib engil hazmlanuvchi uglevodlar kam bo‘lsa, oqsillarning parchala-nishi natijasida hosil bo‘lgan ammiak to‘la o‘zlashtirilmay qoladi. Bu o‘sha muhitda uglevodlar kamligidan mikroorganizmlarning yetarlicha katta qorinda ko‘paymasligi bilan bog‘liqdir. Hosil bo‘lgan ammiak katta qorin devori orqali qonga so‘rilib jigarda mochevinaga aylanadi. Mochevinaning kam qismi so‘lakka o‘tib, qaytadan katta qoringa tushadi, aksariyat qismi siydik bilan tashqariga chiqarilib tashlana-di. Agarda ammiak juda ko‘p so‘rilsa, jigar uni mochevinaga aylantirishga ulgura olmaydi natijada ammiak bilan zaharlanadi. Demak, rasion tarkibida oqsillar haddan tashqari ko‘p bo‘lishi organizmning zaharlanishiga sabab bo‘lar ekan. Shulardan kelib chiqqan holatda kavsh qaytaruvchi hayvonlar rasioni tarkibidagi oqsil moddalar hamda engil hazm bo‘ladigan uglevodlar miqdori to‘g‘ri nisbatda bo‘lishi lozim. Shunday sharoitlardagina katta qorinda ammiakni yaxshi o‘zlashtiradigan mikroorganizmlar rivojlanib ko‘payadi va ular ammiakni o‘z tanasining oqsilini sintezlash uchun sarflaydi va oqsillarni hayvon organizmi to‘la o‘zlashtira oladigan bo‘ladi. Katta qorindagi mikroorganizmlar oqsil bo‘lmagan azotli moddalardan ham o‘zlarining tanalarini oqsillarini sintezlaydi, shulardan kelib chiqgan holatda
 
 
hayvonlarni mahsuldorligini oshirish maqsadida kavsh qaytaruvchi hayvonlar 
rasioniga tegishli miqdorda sun’iy mochevina karbamid qo‘shib berish taklif 
qilingan yedi. Karbamidning tarkibida 45 % gacha azot bo‘lib, katta qorindagi 
mikroorganizmlar o‘z tanasining oqsillarini karbamid tarkibidagi azotdan ham 
sintezlaydi. Karbamid berish oqibatida oqsilli oziqalarni ma’lum miqdorda tejash 
yo‘lga qo‘yiladi. Bu holat quyidagicha yuzaga keladi: katta qorinda karbamid 
mikroorga-nizmlardagi uriaza fermenti ta’sirida ammiak va karbanat angidridga 
parchalanib, 
ammiak 
va 
uglevodlarning 
parchalanish 
mahsulotlari 
mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi va mikroorganizmlar organizmining 
to‘la qiymatli oqsili sintezlanadi va bu oqsil to‘la qiymatli oqsil sifatida organizm 
tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. 
  Sigirlarda hazmlanadigan oqsilga bo‘lgan kundalik yextiyoj 25-30 %, 
qo‘ylar 30-35 % karbamid bilan almashtirish maqsadga muvofiq yoki sigirlar bir 
kunda 80-150 gr, qo‘ylar 13-18 gr. karbamid olishlari lozim. Karbamidni ozuqa bilan 
yaxshi aralashtirilib, 2-3 bo‘lakga bo‘lib beriladi va bu vaqtda oziqa tarkibida engil 
hazmlanadigan uglevodlar yetarlicha bo‘lishi lozim. Karbamid bo‘lmagan sharoitda 
oziqaga sirka, propion kislota-larining ammoniyli tuzlarini qo‘shib bersa ham 
bo‘ladi, chunki ular mikroorganizmlar uchun azotli va uglevodli oziqa o‘rnini bosadi 
va mikroorganizmlarni yaxshi rivojlanib, ko‘payib o‘z tanalarining oqsillarini 
sintezlash uchun yetarli moddalar bilan ta’minlanadi.  
  
 Mikroorganizmlarning 
faoliyatlari 
tufayli 
katta 
qorinda 
vitaminlar 
sintezlanib, jumladan V gurux vitaminlaridan riboflavin, tiamin, nikotin kislotasi, 
folat kislotasi, pantotent kislotasi, biotin, piridoksin, V12vitamin, yogda yeruvchi K 
vitamini sintezlanadi. bu kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oziqasida bu 
vitaminlarning bo‘lishi shart emas degan xulosaga olib kelsada, lekin oziqa tarkibida 
bu vitamin-larni sintezlanishini ta’minlovchi tarkibiy qismlari bo‘lishi shart. 
Jumladan, V12 vitamin ning sintezlanishi uchun kobalt zarur. Kavsh kaytaruvchi yosh 
hayvonlarda, ya’ni ular dagal oziqalarga o‘tmasdan oldin ularning oziqasining 
tarkibida yuqorida keltirilgan vitaminlarning barchasi bo‘lishi shart. Mikrobiologik 
jarayonlar tufayli katta qorinda har xil gazlar ham hosil bo‘lib, bu gazlar ishtirokida 
tuyimli moddalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan gazlarning xili va miqdori hayvon 
yeydigan oziqaning miqdoriga va turiga bag‘liqdir. Hayvonlar oziqalangandan 2-3
hayvonlarni mahsuldorligini oshirish maqsadida kavsh qaytaruvchi hayvonlar rasioniga tegishli miqdorda sun’iy mochevina karbamid qo‘shib berish taklif qilingan yedi. Karbamidning tarkibida 45 % gacha azot bo‘lib, katta qorindagi mikroorganizmlar o‘z tanasining oqsillarini karbamid tarkibidagi azotdan ham sintezlaydi. Karbamid berish oqibatida oqsilli oziqalarni ma’lum miqdorda tejash yo‘lga qo‘yiladi. Bu holat quyidagicha yuzaga keladi: katta qorinda karbamid mikroorga-nizmlardagi uriaza fermenti ta’sirida ammiak va karbanat angidridga parchalanib, ammiak va uglevodlarning parchalanish mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi va mikroorganizmlar organizmining to‘la qiymatli oqsili sintezlanadi va bu oqsil to‘la qiymatli oqsil sifatida organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Sigirlarda hazmlanadigan oqsilga bo‘lgan kundalik yextiyoj 25-30 %, qo‘ylar 30-35 % karbamid bilan almashtirish maqsadga muvofiq yoki sigirlar bir kunda 80-150 gr, qo‘ylar 13-18 gr. karbamid olishlari lozim. Karbamidni ozuqa bilan yaxshi aralashtirilib, 2-3 bo‘lakga bo‘lib beriladi va bu vaqtda oziqa tarkibida engil hazmlanadigan uglevodlar yetarlicha bo‘lishi lozim. Karbamid bo‘lmagan sharoitda oziqaga sirka, propion kislota-larining ammoniyli tuzlarini qo‘shib bersa ham bo‘ladi, chunki ular mikroorganizmlar uchun azotli va uglevodli oziqa o‘rnini bosadi va mikroorganizmlarni yaxshi rivojlanib, ko‘payib o‘z tanalarining oqsillarini sintezlash uchun yetarli moddalar bilan ta’minlanadi. Mikroorganizmlarning faoliyatlari tufayli katta qorinda vitaminlar sintezlanib, jumladan V gurux vitaminlaridan riboflavin, tiamin, nikotin kislotasi, folat kislotasi, pantotent kislotasi, biotin, piridoksin, V12vitamin, yogda yeruvchi K vitamini sintezlanadi. bu kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oziqasida bu vitaminlarning bo‘lishi shart emas degan xulosaga olib kelsada, lekin oziqa tarkibida bu vitamin-larni sintezlanishini ta’minlovchi tarkibiy qismlari bo‘lishi shart. Jumladan, V12 vitamin ning sintezlanishi uchun kobalt zarur. Kavsh kaytaruvchi yosh hayvonlarda, ya’ni ular dagal oziqalarga o‘tmasdan oldin ularning oziqasining tarkibida yuqorida keltirilgan vitaminlarning barchasi bo‘lishi shart. Mikrobiologik jarayonlar tufayli katta qorinda har xil gazlar ham hosil bo‘lib, bu gazlar ishtirokida tuyimli moddalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan gazlarning xili va miqdori hayvon yeydigan oziqaning miqdoriga va turiga bag‘liqdir. Hayvonlar oziqalangandan 2-3
 
 
soat o‘tgach maksimal darajada gazlar hosil bo‘lib, soatiga o‘rtacha 35 litrni tashkil 
qiladi va bir kunda 1000 litrgacha gaz hosil bo‘lishi mumkin. Gazlar dukkakli 
o‘simliklarni iste’mol qilganda ko‘p hosil bo‘ladi, oz miqdorda azot, vodorod, 
vodorod sulfid hosil bo‘lib turadi. Katta qorinda asosan korbanat angidrid va metan 
hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan karbonat angidrid va metan yesa katta qorindagi achish 
va bijgish jarayonining oxigi mahsulotlari hisoblanadi. Karbonat angidridning bir 
qismi katta qoringa tushgan so‘lak tarkibidagi bikarbonatlardan ham hosil bo‘ladi. 
Mikroorganizmlar o‘zlashtirib ulgurmagan gazlarning ortiqcha qismi og‘iz orqali 
tashqariga chiqarilsa bir qismi katta qorin devoridan qonga so‘riladi, shuning bilan 
birga o‘pka orqali ham tashqariga chiqariladi.  
 To‘r va qat qorin funksiyasi. Katta qorinda atroflicha hazm bo‘lgan oziqa 
me’da oldi bo‘lmalarining navbatdagi qismi to‘r qoringa, so‘ngra qat qoringa 
o‘tkaziladi. Katta qorinning dahliz qismi bilan to‘r qorin o‘rtasida shilliq parda 
burmasi bo‘lib, bu burma katta qorinning dahlizi qisqarganda, u bilan to‘r qorin 
oraligidagi teshikni ma’lum darajada yopadi va katta qorinda yaxshi maydalangan 
oziqani to‘r qoringa o‘tkazilishi ta’minlanadi. Oziqaning yaxshi maydalanmagan 
qismi katta qorinda ushlanib qolib tegishlicha maydalanganidan keyin to‘r qoringa 
o‘tkaziladi. To‘r qoringa tushgan oziqalar darrov qat qoringa o‘tkaziladi va qat qorin 
varaqlari orasida siqiladi, yeziladi, maydalandi. Bu yerda suv so‘riladi va tegishlicha 
hazm bo‘lganidan keyin oziqa shirdonga o‘tkazilib, shirdonda hazmlanadi.  
 Oziqalarning me’da oldi bo‘lmalarida ayniqsa katta qorinda hazm bo‘lishida 
kavsh qaytarish jarayoni muhim ahamiyatga yega. Kavsh qaytarish kavsh 
qaytaruvchi hayvonlarga xos xususiyat bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar naridan 
– beri chaynab yutgan oziqani yana yaxshilab chaynab, maydalaydi so‘lak bilan 
aralashtiradi. Chunki chala chaynalgan oziqa hazm sistemasida yaxshi hazm 
bo‘lmaydi organizmga to‘la singmaydi. Shuning uchun kavsh qaytarish jarayoni 
hazm jarayonini muhim bosqichi bo‘lib qoladi. Kavsh qaytarish reflektor jarayon 
bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi: katta qorindagi oziqalarning dag‘al qismlari 
qizilo‘ngach navi va to‘r qorindagi taktil retseptorlarni qo‘zg‘atadi, qo‘zg‘alish 
adashgan nervning tegishli afferent tolalari orqali uzunchoq miyadagi kavsh 
qaytarish markaziga uzatiladi. Markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi adashgan 
nervning yefferent tolalari orqali to‘r qorin va qat qoringa hamda oziqaning ogizga
soat o‘tgach maksimal darajada gazlar hosil bo‘lib, soatiga o‘rtacha 35 litrni tashkil qiladi va bir kunda 1000 litrgacha gaz hosil bo‘lishi mumkin. Gazlar dukkakli o‘simliklarni iste’mol qilganda ko‘p hosil bo‘ladi, oz miqdorda azot, vodorod, vodorod sulfid hosil bo‘lib turadi. Katta qorinda asosan korbanat angidrid va metan hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan karbonat angidrid va metan yesa katta qorindagi achish va bijgish jarayonining oxigi mahsulotlari hisoblanadi. Karbonat angidridning bir qismi katta qoringa tushgan so‘lak tarkibidagi bikarbonatlardan ham hosil bo‘ladi. Mikroorganizmlar o‘zlashtirib ulgurmagan gazlarning ortiqcha qismi og‘iz orqali tashqariga chiqarilsa bir qismi katta qorin devoridan qonga so‘riladi, shuning bilan birga o‘pka orqali ham tashqariga chiqariladi. To‘r va qat qorin funksiyasi. Katta qorinda atroflicha hazm bo‘lgan oziqa me’da oldi bo‘lmalarining navbatdagi qismi to‘r qoringa, so‘ngra qat qoringa o‘tkaziladi. Katta qorinning dahliz qismi bilan to‘r qorin o‘rtasida shilliq parda burmasi bo‘lib, bu burma katta qorinning dahlizi qisqarganda, u bilan to‘r qorin oraligidagi teshikni ma’lum darajada yopadi va katta qorinda yaxshi maydalangan oziqani to‘r qoringa o‘tkazilishi ta’minlanadi. Oziqaning yaxshi maydalanmagan qismi katta qorinda ushlanib qolib tegishlicha maydalanganidan keyin to‘r qoringa o‘tkaziladi. To‘r qoringa tushgan oziqalar darrov qat qoringa o‘tkaziladi va qat qorin varaqlari orasida siqiladi, yeziladi, maydalandi. Bu yerda suv so‘riladi va tegishlicha hazm bo‘lganidan keyin oziqa shirdonga o‘tkazilib, shirdonda hazmlanadi. Oziqalarning me’da oldi bo‘lmalarida ayniqsa katta qorinda hazm bo‘lishida kavsh qaytarish jarayoni muhim ahamiyatga yega. Kavsh qaytarish kavsh qaytaruvchi hayvonlarga xos xususiyat bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar naridan – beri chaynab yutgan oziqani yana yaxshilab chaynab, maydalaydi so‘lak bilan aralashtiradi. Chunki chala chaynalgan oziqa hazm sistemasida yaxshi hazm bo‘lmaydi organizmga to‘la singmaydi. Shuning uchun kavsh qaytarish jarayoni hazm jarayonini muhim bosqichi bo‘lib qoladi. Kavsh qaytarish reflektor jarayon bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi: katta qorindagi oziqalarning dag‘al qismlari qizilo‘ngach navi va to‘r qorindagi taktil retseptorlarni qo‘zg‘atadi, qo‘zg‘alish adashgan nervning tegishli afferent tolalari orqali uzunchoq miyadagi kavsh qaytarish markaziga uzatiladi. Markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi adashgan nervning yefferent tolalari orqali to‘r qorin va qat qoringa hamda oziqaning ogizga
 
 
qaytarishda ishtirok yetadigan boshqa organlarga o‘tkaziladi. So‘ngra oziqaning 
og‘izga qaytarilishi to‘r qorinning qo‘shimcha qisqarishi bilan boshlanadi. Bu paytda 
nafas harakatlari nafasni chiqarish davrida to‘xtab hiqildoq yopiladi va nafas olishga 
intilib, ko‘krak qafasidan qizilo‘ngachning katta qoringa kirish qismida bosim 
pasayib qizilo‘ngachning kardial sfinktori ochiladi. Bu vaqtda katta qorin dahlizdagi 
oziqaning ma’lum qismi qizilo‘ngachga qarab harakat qilib qizil o‘ngachga chiqadi 
va qizilo‘ngachning antiperistaltik harakati tufayli oziqa og‘izga chiqariladi. Oziqa 
halqumdagi kranial sfinktorda siqiladi va oziqning suyuq qismi katta qoringa qaytib 
tushadi.  
 Og‘izga qaytarilgan oziqani chaynalishi, uning xarakteriga, xiliga bog‘liq 
holatda 20-60 soniya davomida yeziladi. Oziqa atroflicha chaynalgandan so‘ng yana 
yutiladi. Shunday qilib, oziqaning yutilishi va qayta og‘izga chiqarilishi shu tariqa 
davom yetaberadi. Kavsh qaytarish oziqa yegandan keyin qo‘ylarda 20-45 daqiqa, 
qoramollarda 30-70 daqiqadan keyin boshlanadi. Bu vaqt davomida katta qorinda 
oziqa bo‘rtadi, yumushaydi, engil chaynaladigan holatga keladi.  
 Kavsh qaytarish navbatma-navbat keladigan alohida davrlardan iborat bo‘lib, 
bu davrlarning har qaysisi o‘rtacha 30-60 daqiqani tashkil yetadi. Kavsh qaytarish 
davrining davomiyligi murakkab oshqozonning turli qismlarini oziqa bilan 
qanchalik to‘lganligiga, oziqa dag‘al qismlarining katta qorin, to‘r qorin devorlariga 
ta’sir qilish darajasiga bog‘liq. Agarda katta qorindagi oziqaning asosiy qismi yaxshi 
chaynalib maydalangan bo‘lsa, bu katta qorin va to‘r qorin devorlarini dag‘al 
oziqlardan ta’sirlanishini pasaytirib, katta qorin, to‘r qorindan qat va undan oziqani 
shirdonga o‘tkazilishini jadallashtiradi. Shirdonda bosim oshadi, oldingi qismlarida 
kamayadi. Oqibatda me’da oldi bo‘lmalar harakati pasayib, katta qorindan og‘izga 
oziqa chiqarilishi to‘xtab, pauza boshlanadi. Pauza davrida oziqa shirdondan 
ichakka, qat qorindan shirdonga o‘tadi. Ozuqaning asosiy qismi qat qorindan 
shirdonga, shirdondan hazmlangani ichakga o‘tkazilishiga qadar pauza davom 
yetadi. Ozuqaning ko‘p qismi ichakga o‘tib, qat qorin va shirdonda bosim pasayadi, 
katta qorin va to‘r qorinni dag‘al oziqadan ta’sirlanishini kuchaytirib, kavsh 
qaytarilishi takrorlanadi. Natijada murakkab oshqozonning oldingi qismlarida bosim 
pasayib, keyingi qismlarida bosim ko‘tariladi. Me’da oldi bo‘lmalarining harakati 
susayadi. Katta qorindan oziqaning og‘izga chiqarilishi to‘xtaydi, pauza boshlanadi.
qaytarishda ishtirok yetadigan boshqa organlarga o‘tkaziladi. So‘ngra oziqaning og‘izga qaytarilishi to‘r qorinning qo‘shimcha qisqarishi bilan boshlanadi. Bu paytda nafas harakatlari nafasni chiqarish davrida to‘xtab hiqildoq yopiladi va nafas olishga intilib, ko‘krak qafasidan qizilo‘ngachning katta qoringa kirish qismida bosim pasayib qizilo‘ngachning kardial sfinktori ochiladi. Bu vaqtda katta qorin dahlizdagi oziqaning ma’lum qismi qizilo‘ngachga qarab harakat qilib qizil o‘ngachga chiqadi va qizilo‘ngachning antiperistaltik harakati tufayli oziqa og‘izga chiqariladi. Oziqa halqumdagi kranial sfinktorda siqiladi va oziqning suyuq qismi katta qoringa qaytib tushadi. Og‘izga qaytarilgan oziqani chaynalishi, uning xarakteriga, xiliga bog‘liq holatda 20-60 soniya davomida yeziladi. Oziqa atroflicha chaynalgandan so‘ng yana yutiladi. Shunday qilib, oziqaning yutilishi va qayta og‘izga chiqarilishi shu tariqa davom yetaberadi. Kavsh qaytarish oziqa yegandan keyin qo‘ylarda 20-45 daqiqa, qoramollarda 30-70 daqiqadan keyin boshlanadi. Bu vaqt davomida katta qorinda oziqa bo‘rtadi, yumushaydi, engil chaynaladigan holatga keladi. Kavsh qaytarish navbatma-navbat keladigan alohida davrlardan iborat bo‘lib, bu davrlarning har qaysisi o‘rtacha 30-60 daqiqani tashkil yetadi. Kavsh qaytarish davrining davomiyligi murakkab oshqozonning turli qismlarini oziqa bilan qanchalik to‘lganligiga, oziqa dag‘al qismlarining katta qorin, to‘r qorin devorlariga ta’sir qilish darajasiga bog‘liq. Agarda katta qorindagi oziqaning asosiy qismi yaxshi chaynalib maydalangan bo‘lsa, bu katta qorin va to‘r qorin devorlarini dag‘al oziqlardan ta’sirlanishini pasaytirib, katta qorin, to‘r qorindan qat va undan oziqani shirdonga o‘tkazilishini jadallashtiradi. Shirdonda bosim oshadi, oldingi qismlarida kamayadi. Oqibatda me’da oldi bo‘lmalar harakati pasayib, katta qorindan og‘izga oziqa chiqarilishi to‘xtab, pauza boshlanadi. Pauza davrida oziqa shirdondan ichakka, qat qorindan shirdonga o‘tadi. Ozuqaning asosiy qismi qat qorindan shirdonga, shirdondan hazmlangani ichakga o‘tkazilishiga qadar pauza davom yetadi. Ozuqaning ko‘p qismi ichakga o‘tib, qat qorin va shirdonda bosim pasayadi, katta qorin va to‘r qorinni dag‘al oziqadan ta’sirlanishini kuchaytirib, kavsh qaytarilishi takrorlanadi. Natijada murakkab oshqozonning oldingi qismlarida bosim pasayib, keyingi qismlarida bosim ko‘tariladi. Me’da oldi bo‘lmalarining harakati susayadi. Katta qorindan oziqaning og‘izga chiqarilishi to‘xtaydi, pauza boshlanadi.