“Kimning xati chiroyli?” tanlovini tashkil qilish. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining predmeti,maqsadi va vazifalari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
25,2 KB
“Kimning xati chiroyli?” tanlovini tashkil qilish.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasining predmeti,maqsadi va vazifalari
Husnixat va uni o‘qitish m etodikasi - pedagogik fan. Inson o‘z fikrini boshqa
kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu ikki
shaklining o‘xshash va farqli tomonlari mavjud bo‘lib, ular o‘z o‘mida afzalliklarga
ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo‘jallanadi. U
kishilaming nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq
esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida idrok qilinadigan
doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilaming o‘zaro fikr almashishi va
bilimlami egallashning qudratli vositasi hisoblanadi.
Yozma nutq avlodlami bir-biriga bogMaydi, uzoq davrlar mobaynida
saqlanadi. Yozuv tufayli kishilar fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-
avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni
husnixatga o‘rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi
ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni
amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o‘qitish usullarini,
yozuviga o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual
kamchiliklarini tahlil qilish, kamchiliklarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va
tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rgatish boshlang‘ich sinflardan boshlanadi. 1-
4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi husnixat
bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o‘qitish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan bir
qatorda ta'lim berish, tarbiyalash, vazifalarini ham bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan ”Husnixat va uni o‘qitish
metodikasi” fanining maqsadi:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Talabalarni - bo‘lg‘usi o‘qituvchilami husnixat talablari asosida yozishga
o‘rgatish.
3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini husnixatga o‘rgatish metod va usullari
bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z predmeti bor.
Bu fanning predmeti taMim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik
jihatdan to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalami
qo‘yadi:
- talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
- o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish;
- boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga
o‘rgatish;
- boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari
bilan tanishtirish.
Birinchidan, husnixat bilan yozish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan, dastxatga pala-partish va bee'tibor munosabatda boMish
o‘quvchilaming imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar
qiladigan ishlarini o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato va kamchiliklarini ham
o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.
Uchinchidan, husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib turli
rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan,
to‘ldirilmagan hujjatlarni o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Vaholanki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 talab o‘quvchilar daftarini tekshiradi. 0
’qib boMmaydigan dastxat bilan yozilgan xat o‘qituvchining ko‘p vaqtini sarf
bo‘lishiga olib keladi. Aniq va ravon qilib yozilgan dastxat o‘qituvchining ishini
yengillashtiradi, keyingi taMimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat
yaratadi. Husnixat va uni o‘qitish m etodikasining boshqa fanlar bilan
aloqasi.Husnixat va uni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo‘lib
ularning natijalariga tayanadi. Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o‘qitish
metodikasi til o‘rganish jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni
vaqtda adabiy tilni o‘zlashtirib borishga yordam beradi. Pedagogik fanlar qatorida
husnixat darslari ham ta’lim- tarbiya berish vazifasini ham bajaradi.
Husnixat darslarida barkamol shaxs tushunchasi ichiga tozalik, tartiblilik
tarbiyasi kiradi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi ham pedagogikaning ta’lim-
tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining
asoslaridan yana biri psixologiyadir. Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak,
havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida m a’lumot beradi. Husnixatga o‘rgatishda
bola psixologiyasidagi yuqoridagi holatlariga tayanib ish ko‘riladi, o‘quv materiali
tanlanadi, sinflar bo‘yicha taqsimlanadi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi
fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik vatarix fanlari bilan ham uzviy
aloqadadir. O‘quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo‘l harakatlari,
yozganlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa, yozuv uchun
tanlangan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning paydo
bo‘lishi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rnini tushunishda esa tarix fanining yutuqlariga
asoslangan holda ish ko‘radi.
Yozuv haqida. Yozuv haqida ma’lumot.
Yozuv - biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv
tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi
belgilarnigina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga oladi.
Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira
yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan. Urug‘chilik
tuzumi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik jamiyati kichik va tarqoq
oila - urugMardan tashkil topgan darvda kishilar birbirlari bilan faqat og‘zaki nutq
yordamida fikr almashgan. Yirik urug‘ va qabila jamoalarining tarkib topishi bilan
og‘zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon insoniyatning shu ehtiyoji zaminida
yozuv paydo bo‘lgan. Boshida yozuv bilan bir qatorda grafik shaklga ega bo‘lmagan
usullar ham qo‘llanilgan (mis, iplami tugib qo‘yish). Bunday belgilar ibtidoiy
odamlar hayotida qo‘llanilgan. Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug‘-
qabilalarining tamg‘alari, shimoliy indeyeslaming chig‘anoq marjonlari, biror
ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini ifodalovchi belgilar va boshqa shakllarda
mavjud.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega.
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor, intemet) natijasida undagi
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham
og‘zaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda
ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish imkonini
berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir bo‘lishi
sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyeogriflari. Bu tur yozuvi XlX-asrning 20-yillarida
fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XlX-asrning 70-90 yillarida Evans
o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat yozuvlari ham
Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, xala,
xet-kappodokiya, fors tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XlX-asr boshlarida
deshifrovka qilina boshlanib, XX-asming 10-yillarida tugallandi. X
3. Somiy xalqiarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng
qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIXasring
60-70-yillarida va XX-asrning 20-yillarida topilgan). Janubiy arab, oromiy yozuvlari
(qadimgi
namunalari
XlX-asrning
60-70
yillarida
topilgan).
Ko‘pchilik
mutaxassislaming fikricha, qadimgi uyg‘ur va Urxun-Enasoy yozuvlari ham aslida
oromiy yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX -asrning 90-yiIlarida tilshunos
olimlari VTomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va
boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII
asrdayoq ilm ahliga ma’lum bo‘ladi va ulaming grammatik jihatdan o‘rganilishi XIX
asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeeslarida aloqa quroli sifatida qoMlanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan. Chunki
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi. Hayotiy ehtiyoj
bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan yozuv shakli
o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli boMib qoldi. Bu xitoy, misr,
shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir. www.ziyouz.com kutubxonasi
Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi yozuvni
takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi.
Avesto, Xorazm, Sug‘d, kushon, run, uyg‘ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular
jumlasidandir. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab
qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug‘d yozuvi qoMlanila boshlandi. Bu
yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asming oxiri III asming boshlarida
Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi. V-VIII asrlar davomida
turkiy xalqlaming O‘rxun-Enasoy yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda
“turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enasoy daryosi qirg‘oqlaridagi O‘rxun
yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi Remezov XVIII asming oxirida xabar
bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar bu yodgorliklami o‘qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov
yodgorlikdagi yozuvlami o‘qishga muyassar boMdilar. 0 ’rxun-Enasoy yozuvi
turkiy xalqlaming eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi. VII-VIII asrlarda O‘rta
Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyo jumladan
o‘zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila boshladi. Xalqimiz bu alifbodan 1200
yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo‘ishi bilan birga, o‘zbek tilining
tovushlarini to‘la ifoda eta olmagan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan i!g‘or fikrli
kishilar arab alifbosi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishga harakat qilganlar.
Chunonchi, Bobur o‘zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv
amaliyotda joriy qilinmadi. 1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya
Qo‘mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul
qilindi. 0 ’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek alifbosiga
o‘tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirildi. Ammo, bu
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o‘zbek yozuvi yangi
alifboga o‘tish haqidagi yangi alifboga o‘tish haqidagi qonun qabul qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon
qilinganidan so‘ng lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi masalasini o‘rtaga qo‘ydi.
Bu masala 0 ’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi
12 chaqiriq 13- sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaromi amaliyotga
joriy qilish borasida qizg‘in ishlar olib borildi. “O‘zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni
xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ulaming shakllari yuzasidan fikr
mulohazalar paydo bo‘ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlarning kiritilishi to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.
Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar Yozuvning gigienik talablari.
Gigiyenik talablarga ко’га maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi
lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining
qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi. Kuzatishlaming
natijasiga ко’га o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘magan holda
farqfansa, ulami bir xil oMchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni
bolaning yoshiga mas holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini
o‘chash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak. Bo‘yni 0.5 smgacha aniq
va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan
devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini
chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim.
Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To‘g‘ri o‘tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko‘rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo‘rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv qurollaridan to‘g‘ri
foydalanishga, ulami ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi. 0 ’qituvchi o‘quvchining
yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi.
Dastur talabi boyicha 1-sinf o‘quvchilari uchun yozuv yo‘li 4 mm, bosh harflar
uchun 8 mm bo‘lgan qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik harflaming
bo‘yi 3 mm, bosh harflaming bo‘yi 6 mm, raqamlaming bo yi harflardan 2 marta
qisqa bo‘ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftarga, 3*4-sinflarda ona
tili daftariga yozadilar. 1-2-sinflarda foydalaniladigan darftarda qiya chiziqlar
orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel
chiziqlar orasidagi masofa4 mm ga teng bo‘lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq
qildirish orqali l-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga o‘rgatib
boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o‘quvchi!arga harflarning eni va ular
orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkoniyatini beradi.
1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan boshlanadi. 0 ’quvchi daftariga sana
va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o‘rgatiladi, daftar hoshiyasi boMishi
shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda, sarlovha va matn orasida satr qoldirilmaydi.
Daftarga xatoni to‘g‘irlash yo‘li o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan chiziq
tortib, ustiga to‘,g‘risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig‘ib
oiinadi, tekshiriladi va baholanadi.
Yozuv materiali boMgan daftami yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar
qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri,
o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya boMishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tortib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki
uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g in hamda so‘zlaming tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va
tekis chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar
hoshiyasiga yozib ko‘rsatiladi.
8. Noto‘g‘ri yozilgan harflarni bo‘yash, o‘chirish yoki qavs ichiga olib
qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
9. Mashqlami bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal
qilish talab etiladi.
Daftar o‘quvchining ko‘kragining to‘g‘risida o‘rtada, uning o‘ng burchagi
chapidan yuqori bo‘lishi kerak. Boshning va gavdaning o‘rtacha u yoki bu tomonga
burilishini ta’minlanishi uchun bir necha so‘z yozilganidan so‘ng chap qo‘1 bilan
chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo‘1 ko‘krakning o‘rrasidan unchalik
uzoqlashib ketmasligi kerak. Dastlabki kundanoq bolani daftami to‘g‘ri va ozoda
tutishga o‘rgatib borish lozim. Daftar ustidagi yozuv matniga mos holda, o‘rnatilgan
tartibga ko‘ra to‘ldirilishi lozim. Daftarni qog‘oz bilan o‘rash mumkin emas, chunki
buklangan qog‘ozning qalinligi yozishga halaqit beradi. Daftarni muqovalagandan
ko‘ra o‘quvchini partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning
tagiga toza qog‘oz varag‘ini qo‘yishga o‘rgatib borish kerak. Ularning hammasi
o‘quvchining daftami tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga
o‘rgatadi. Daftarning tashqi ko‘rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o‘tish lozim.
1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:
2. Qatorining qayeridan so‘z yozishni boshlash lozimligini;
3. Qatordagi so‘zlarning oraliq masofasi qanday bo‘ishi kerakligini;
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;
5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.
Ruchkadan foydaIanish.Yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘
ri ushlash qoidasi o‘rgatiladi. Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv
qurolining ahamiyati katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan
foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil,
barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi
bilan barmoq oraligM 1,5-2 smga teng boMishi shart. Aks holda barmoqni ruchka
uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflami xunuk
yozishga olib keladi. Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning
bolishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi
faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.
O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka
papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo‘yish uchun maxsus joy
bo‘ladi. O‘quvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim boMganda
foydalanish uchun mchka va sterjenlar bo‘lishi zarur. Ruchka uchta barmoq orasida
tutiladi, ko‘rsatkich va o‘rta barmoq bilan ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi
ozgina bukilgan holda ruchkani tutadi. Ko‘rsatkich barmoq ruchkaning ustida,
o‘rtachasi uni o‘ng tomondan, katta barmoq esa chap tomondan ushlab turadi; qolgan
ikkita barmoq - nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq boMib qog‘ozga yengilgina
tegib turib unda sirg‘anishi kerak. Ruchkaning uchi o‘ng yelkaga qarama-qarshi
turadi.
Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak. Yozish
jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan
barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va
kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va
o‘ngga qarab harakatlanadi. Bu usullaming barchasi o‘z holicha oddiy va ulami
bolaga tushuntirish, ko‘rsatib berish oson, lekin ularni o‘rganish va amalda qo‘llash
birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Buning sababi bolalar bir vaqtning o zida bir
qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tishIariga to‘g‘ri keladi. Bularga o‘z gavdasini
to‘g‘ri tutishga, daftaming turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlaming,
kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o‘zida hali tanish bo‘lmagan yangi
harfhi yozishga to‘g‘ri keladi.
Xattaxta sinfda o‘quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi.O‘quvchining
husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada
yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va to‘q yashil boMishiga
erishish lozim. Binda xat aniq va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Boshlanglch sinf
o‘quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat boMishi, xattaxtaning
bir bo lagiga yozuv daftarining, ikkinchi bolagiga katak daftarining chiziqlari
chizilishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida o‘quvchi chiroyli yozuvga
o‘rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo‘yi ham chiroyli yozuvda katta ahamiyat kasb
etadi, shu sababli u yuqori va pastga o‘quvchi bo‘yiga moslab harakatlantirishga
moslangan bo‘lishi e’tiborga olinadi. O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida
shunday turishi kerakki, qo‘larining harakatini yopib qo‘ymasligi lozim. Sinf taxtasi
tekis g‘adir-budursiz va yoriqlarsiz bo‘lishi va bo‘yash uchun maxsus tayyorlangan
qora bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim. Oddiy moyli qora bo‘yoq yozuv taxtani
bo‘yash uchun yaroqsizdir, chunki yozuv taxtanihg yaltiroq ustki qavati yorug‘likni
ko‘zga tushiradi, bo‘r esa uning ustida sirpanadi va maydalanib ketadi. Sinf taxtasini
shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan yorug‘lik unda aks
etmasligi va o‘quvchiIar sinfhing turli joyidan unga yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy
olishlari mumkin bo‘lsin. O‘zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni
bosib yozish uchun u mustahkam qilib joylashgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi
devorga osib qo‘yilgan bo‘lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki
yozuv taxtaning ikki cheti ham. Husnixat bilan yozish mashg‘ulotlari uchun yozuv
taxta rangli chiziqlar bilan chizilgan bo‘lishi kerak.
Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo‘lsa o‘qituvchi o‘zi unga chiziqlar tortishi
talab etiladi. Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlaming
orasidagi masofa o‘quvchilaming daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq
olinishi kerak . Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo‘r bilan bo‘yalgan
arqonchani yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin. Yozuv taxtasiga
chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi chiziqlardan foydalanish mumkin.
Bunda bir vaqtning o‘zida chizg‘ichning ikkala tomonidan chiziqlar tortib ketish
mumkin. Harflaming yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlami sinf to‘g‘ri burchakli
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni
o‘qituvchiningo‘zi foner yog‘ochlar orqali yasab olishi mumkin. Agarda sinf xonasi
ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi sinf o‘quvchilari
shug‘ullanishsa ,unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal bo‘yog‘I bilan
chizilgan chiziqli holda ishlatish lozim.
FOYDАLАNGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI
1. Аbramovich S.А. Uroki vneklasnogo chteniya v 7-8 klassax M, L. 1964.
2. Bo‘ronov M. O‘zbek tili o‘qitish metodikasining baʼzi masalalari Nukus,
«Bilim» 1998.
3. Bo‘ronov M. O‘qituvchilar nutqidagi dialektal xatolar va ularni bartaraf
qilish yo‘llari. Nukus, «Qoraqalpog‘iston», 1990.
4. Ziyodova T. Tilsim topishmoqlari-nutqiy faoliyatini shakllantirish omili.
Toshkent, «O‘qituvchi» 1999.
5. Yoqubjonova O. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Toshkent, «O‘qituvchi»
1984.
6. Tursunov U, Muxtarov J. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Toshkent. 1992.
7. Umumiy o‘rta taʼlimning davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturi Ona tili,
O‘zbek tili (taʼlim boshqa tilda olib boriladigan
maktablar uchun) 1999 yil, 1-maxsus son.
8. Shomaqsudov Sh, Shoahmedov Sh. Nega shunday deymiz. Toshkent, 1988.
9. G‘ulomov А.Q. Neʼmatov H. G‘. Ona tili taʼlimi mazmuni. T, «O‘qituvchi»
1995.
10. O‘zbek va qoraqalpoq tillarining lug‘atlari maktab darsliklari.