Kitobdagi rasmlar bilan tanishtirish metodikasi. Badiiy-nutqiy faoliyat (Nutq kamchiligiga ega bolalarni kitobdagi rasmlar bilan tanishtirishda logopedik yordamni tashkil etish)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
24,8 KB
Kitobdagi rasmlar bilan tanishtirish metodikasi. Badiiy-nutqiy faoliyat.
REJA:
1. Nutq kamchiligiga ega bolalarni kitobdagi rasmlar bilan tanishtirishda
logopedik yordamni tashkil etish
2. Nutq kamchiligiga ega bolalarda badiiy faoliyat.
Tayanch tushunchalar: tizim, maktabgacha ta’lim tashkiloti, logopedik
shoxobcha.
Bizning mamlakatimizda turli xil nutq kamchiligiga ega bo‘lgan shaxslarga
ko‘rsatiladigan har tomonlama sistematik yordam rivojlanib bormoqda.
Rossiyada qadimdan alohida mehr-muruvvat muassasalari mavjud bo‘lib,
ularda maxsus ta’lim jadal namoyon bo‘lgan nuqsonlarni (karliq ko‘rlik aqli zaiflik)
ajratish va farqlash zaminida amalga oshirilar edi. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan
kishilarga logopedik yordam tashkil qilinmagan edi.
Pedagogika va tibbiyot jamoatchiligining atoqli namoyondalari nutq
patologiyasining ruhiyatning va shaxsning shakllanishiga salbiy ta’sir etishini bir
necha bor ko‘rsatib o‘tganlar.
1911 yili Moskva o‘qituvchilarining s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda nutq
kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga maxsus yordamni tashkil qilish zarurligi
birinchi marta ta’kidlab o‘tildi. Bunday yordam surdopedagog F.A.Pay rahbarligi
ostida ikkita yordamchi maktabda tashkil qilingan edi. 1915 yilda esa logopediya
Ko‘rslari tashkil etildi.
1918 yil V.Bonch Bruevich tashabbusi bilan Moskvadagi barcha
maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari va vrachlari uchun majburiy
logopedik Ko‘rslar tashkil qilindi. Bir yildan so‘ng Xalq Komissarlari sovetining
farmoni chiqib, unda Maorif va sog‘liqni saqlash xalq komissarlarining anomal
bolalarni tarbiyalash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha vazifalari aniq belgilab berildi.
Bolalar nuqsonligi bilan Ko‘rashish bo‘yicha I Butun Rossiya s’ezdi (1920)
anomal rivojlanishning xilma-xil turlariga ega bo‘lgan bolalar uchun tashkil
qilinadigan maxsus ta’lim va tarbiya tizimi tamoyillari tamoyillarining belgilab
berdi.
1922 yil N.QQoupskaya Butun Rossiya guberniya xalq maorifi bo‘limi
mudirlarining s’ezdida so‘zlagan nutqida bu toifadagi bolalar uchun muassasalar
tashkil qilishning muhimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
1924 yilda balog‘atga yetmagan bolalarni ijtimoiy ho‘qo‘qiy jihatdan
himoya qilish yuzasidan II s’ezd bo‘lib o‘tdi. S’ezdda L.S.Vigotskiy so‘zga chiqib,
nuqsonning to‘zilishini tahlil qilish, uni to‘zatish va o‘rnini to‘ldirishga yangicha
yondashish yo‘lini taklif qildi, maxsus ta’limnish maqsad va vazifalarini ommaviy
maktablaridagi tarbiya tamoyilaridan kelib chiqqan holda belgilab berdi.
1929 yil defektologiya muommalarini ishlab chikish bo‘yicha tashkil
qilingan ilmiy markaz — Eksperimenta, defektologiya institutini, «Hurmat belgisi»
ordenli Sobiq SSSR Pedagogika faning Defektologiya ilmiy tekshirish institutining
tashkil qilinishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa anomal bolalarni kompleks
o‘rganishga, maxsus maktablarning differensiallashgan tarmorini va ularda bolalarni
ta’lim-tarbiyasi tizimining ilmiy asoslarini ishlab chiqishga imkoniyat yaratdi.
30 yillarnint boshlarida institut anomal bolalarga majburiy sur’atda umumiy
ta’lim berish haqidagi qonunni qabul qilishda qatnashdi.
Turli xil anomaliyalarni kliniko-psihologik tashxis diagaostika qilishga
tayanib, bolalarni kompleks o‘rganish mamlakatda maxsus ta’lim-tarbiya va maktab
muassasalarining ko‘p tarmoqli tizimini rivojlantirish uchun asosiy ilmiy zaminni
yaratish imkonini berdi.
Nutq nuqsonining murakkab strukturasini to‘g‘ri tushunish faqat to‘g‘ri
tashxis qo‘yishni, maxsus muassasa to‘rini hamda bola bilan olib boradigan to‘zatish
tarbiyalash ish metodlarini belgilay bilishnigina emas, balki ikqilamchi
nuqsonlarning kelib chiqish ehtimollarini oldindan aytib berish imkonini beradi.
Xalq ta’limi va sog‘liqii saqlash organlari tomonidan maxsus ta’lim va
to‘zatish ishlariga muhtoj yasli, maktabgacha tarbiya va maktab yoshidaga bolalarni
aniqlash hamda hisobga olishga yo‘naltirilgan tashkiliy pedagogik ish o‘tkazildi.
Nazariya va amaliyotning o‘zaro yaqin hamkorligi nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan o‘smir va bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiyani ilmiy asoslash, maxsus
muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini berdi.
Nomenklaturaga u yoki bu tipdagi maxsus muassasaning kiritilishidan oldin
bolalar keng miqyosda kompleks klinikononrofiziologik va ruhiy pedagogik jihatdan
o‘rganiladi eksperimental ta’lim tizimi tashkil qilinadi.
Hozirgi vaqtda turli tipdagi muassasalarning to‘zilishi va to‘zatish tarbiyaviy
ta’sir etish mazmuni aniq belgilangan.
Bolani uning umumiy va nutqiy rivojlanishi saviyasiga mos keladigan
muassasaga o‘tkazish zarurati turilganda bu imkoniyatni ta’minlovchi vorislik
ko‘zda to‘tiladi.
Yil sayin maktabgacha tarbiya yoshidaga anomal bolalarga ko‘rsatilayotgan
yordam kengayib bormoqia. Xalq ta’limi davlat komitetining «Jismoniy va aqliy
rivojlanishida kamchiligi bor bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari
nomenklaturasi haqida»gi karori qabul qipingandan so‘ng maxsus maktabgacha
tarbiya muassasalari tarmog‘i sezilarli darajada rivoj topdi.
Maktab reformasiga muvofiq nutqiy nuqsonga ega bo‘lgan bolalar uchun
mo‘ljallangan maktab va maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish davom
ettirilmoqda. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan katta yoshdagi kishilar, o‘smirlar va
bolalarga poliklinikalarda, shifoxonalarda, dispanser, sanatoriylarda kompleks
tibbiy logopedik yordam ko‘rsatiladi.
Rivojlanishida kamchiligi bor bolalarga davlatimizning ko‘rsatayotgan
g‘amho‘rligi faqat maxsus muassasalarning differensiallashgan tarmog‘ini tashkil
etishda namoyon bo‘lmay balki rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga beriladigan
ta’lim darajasini sistematik ravishda oshirib borishda aks etayotir. Ko‘pchilik
maxsus maktablar internat shaklida bo‘lib, ularda bolalarni ta’limtarbiya olishi
davlat hisobidan ta’minlanadi.
Bizning mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan differensiyalashgan
logopedik yordam keng rivojlangandir. Bu yordam xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash
sohalari orqali amalga oshirilmoqda.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya
muassasalari
Defektologiya sohasidaga ilmiy tadqiqotlar orqali nuqsonni erta aniqlash va
uni oldinroq to‘zatish katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlab berilgan.
Bir qator hollarda maxsus maktabgacha ta’lim va tarbiya rivojlaniщsagi
kamchiliklarni to‘zatadi va bu bilan bolalarning maktabda o‘qshida vujudga
keladigan qiyinchiliklarning oldini oladi (G.A.Vlasova, 1972).
Yaqqol namoyon bo‘lgan nutq nuqsonlari mavjud bo‘lganda bolalar bilan
olib boriladigan to‘zatish tarbiyalash ishlarini erta boshlash nuqsonni sezilarli
darajada kompensatsiya qilinishini ta’minlaydi.
1960 yildan boshlab sobiq SSSRda nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga
mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog‘i rivojlana boshladi.
Dastlab bu ommaviy bog‘chalar qoshida tashkil qilingan alohida eksperimental
guruhlar edi, koninchalik esa nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan
alohida bolalar borchalari va yasli, bog‘chalari tashkil topdi.
Dastlabki bosqichda bolalar bog‘chalarida yengil nutq kamchiligiga ega
bo‘lgan (nutqiing fonetik tomoni rivojlanmagan) bolalar uchun guruhlar ochildi.
Konin birmuncha murakkab nuqsonli bolalar (dudo‘qlanadigan, nutqi to‘liq
rivojlanmagan bolalar) guruhari tashkil qilindi. Sobiq SSSR maorif ministrligining
1972 yil 21 noyabrdaga 125 sonli qaroriga asosan maorif sistemasidagi anomal
bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari nomenklaturasi (ro‘yxati)
tasdiqlandi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bog‘chalar, yasli-
bog‘chalar va umumiy tipdagi borcha, yasli-bog‘chalar qoщidagi tegishli
maktabgacha tarbiya guruhlari yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan muassasa
qiraydigan xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan komplektlashtiriladi.
Normal nutqni o‘zlashtirgan, ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan va 7
yoshga to‘lmagan bolalar umumiy tipdagi bog‘chaga o‘tkaziladilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida turli xil nutq
nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarga beriladigan logopedik ta’limning asosiy
vazifalari yetakchi nutq nuqsonini to‘zatish bilan birga xat-savodni egallashga
tayyorlash ishini ham o‘z ichiga oladi.
Nutq nuqsoniga ega bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya
muassasalarida barcha to‘zatish jarayonlarini aniq tashkil qilish ko‘zda to‘tiladi.
To‘zatish ishlari quyidagilar, ya’ni:
— bolalarni o‘z vaqtida tekshirish;
— mashg‘ulotlar jadvalini oqilona to‘zish;
— har bir bola bilan olib boriladigan individual ishni rejalashtirish;
— frontal mashg‘ulotlarni rejalashtirish;
— mashg‘ulotlarni kerakli jihozlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash;
— logopedning tarbiyachi va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi orqali
ta’minlanadi.
Nutqida kamchiligi bor shaxslarning barcha yosh guruhlarida nutq bilish
faoliyati, emotsional irodaviy sohalaridagi nuqsonlarni bartaraf etish imkoniyatlari
tibbiy va pedagogik ta’sirlar kompleksining o‘z vaqtida va aynan bir xil qo‘llanishiga
bog‘liqdir.
To‘zatuvchi ta’lim ishlarining barcha komplekslarini o‘tkazish umumdastur
talablarini bajarish bilan birga nutq nuqsonlarining to‘zatish bo‘yicha maxsus
mashg‘ulotlarni qo‘shib olib borishni talab qiladi. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar guruhlari uchun oddiy kun tartibidan farq
qiladigan, maxsus kun tartibi ishlab chiqilgan. Jumladan unda logoped tomonidan
o‘tkaziladigan umumiy, guruhdardagi va yakka tartibdagi mashg‘ulotlar ko‘zda
to‘tilgan. Shu bilan birga kechki vaqtda tarbiyachining logoped topshirigi bo‘yicha
guruhlarda va alohida bolalar bilan nutqii to‘zatish yuzasidan maxsus soatlar
ajratilgan. Tarbiyachi o‘z ishini dastur talablari va bolalarning nutqiy imkoniyatlarini
hisobga olgan holda rejalashtiradi. Tarbiyachi bola nutqining shakllanishidagi
individual kamchiliklarni bilishi, nutqining talaffo‘z va leksiko-grammatik
tomonidan nuqsonlarni bilishi, ta’lim va ta’limdan tashqiri faoliyat jarayoni
davomida har bir bolaning nutqiy imkoniyatlarini hisobga olishi shart. Logoped bilan
hamkorlikka nutqning to‘liq rivojlanmaganligi (FNR guruhlarida) nutqii o‘stirish,
tevarak-atrof bilan tanishtirish, savol o‘rganishga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar
rejalashtiriladi. Logoped bilan tarbiyachining ishidagi izchillik maxsus daftarda qayd
qilinadi.
Logopedning ota-onalar bilan hamkorliqiagi ishi butun pedagogik
jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, bolalar bog‘chasi sharoitida quyidagi shakllarda
amalga oshiriladi.
Ota-onalar majlislari. Birinchi ota-onalar majlisi avgustning oxirida yoki
sentyabrning boshida o‘tkaziladi. Ota-onalar muassasa to‘zilishi, ish mazmuni va
vazifalari bilan, bolalar borchasidagi kun tartibi va qoidalar bilan tanishtiriladi.
Odatda, bu majlisni bog‘cha mudirasi barcha maxsus guruhlar bolalarining ota-
onalari bilan birgaliqia o‘tkazadi.
Ikkinchi majlisni har bir logoped o‘z guruhida oktyabr oyida o‘tkazadi.
Ushbu majlisning maqsadi ota-onalarni bolalarni tekshirish natijasida olingan
ma’lumotlar bilan tanishtirishdir. Bunda logoped har bir bolaning nutqiy va umumiy
rivojlanishini
atroflicha
ta’riflaydi.
Ota-onalarga
bolalarning
nutqiy
rivojlanishlaridagi asosiy kamchiliklarni tushunarli qilib yoritib berish, ularning
normadan orqada qolish darajasini va ushbu nuqsonni bartaraf etishda hamkorlik
qilish zarurligini ko‘rsatib berishi keraq
Uchinchi ota-onalar majlisi yanvar oyvda o‘tkaziladi. Unda yarim yillik ish
natijalari aytilib, koningi to‘zatish ishlari yo‘nalishi yoritib beriladi, Har bir bolaning
nutqiy va umumiy rivojlanishi, bolalardagi ijobiy dinamika, shuningdek mashg‘ulot
davomvda uchragan qiyinchiliklar ta’riflanadi.
Oxirgi ota-onalar majlisi may oyida o‘tkaziladi. Unda yil davomida
bajarilgan ishlar yakunlanadi. O‘tilgan materialni mustahkamlash bo‘yicha
tavsiyalar beriladi. Logoped ota-onalarni bolani ommaviy maktabda, nutq maktabida
ta’lim olishi yoki zarurat bo‘lsa, bog‘chaning maxsus guruhida qayta bo‘lishi haqida
komissiyani qarori bilan tanishtiradi. Komissiyaning qarori to‘liq asoslanadi.
Shanba yoki chorshanba kunlari (kunning ikkinchi yarmida) har hafta ota-
onalar uchun qisqa muddatli majlislar (pyatiminutqa) o‘tkaziladi. Ba’zi bir ota-
onalar bolalari bilan taklif qilinadilar. Logoped ota-onalarni tovushlarni
mustahkamlashning asosiy usullari bilan tanishtiradi. Uyda qanday mashqlar
bajarish kerakligani ko‘rsatib beradi.
Ota-onalarning ochiq logopedik mashg‘ulotlarda ishtirok etishi butun o‘quv
yili davomida rejalashtiriladi (3 oyda 1 marta). Bunday mashg‘ulotlarda logoped ota-
onalarni ta’limning asosiy usullari, materialni tanlash, shuningdek mashg‘ulot
davomida bolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishtiradi.
Ota-onalarga mo‘ljallangan stendlarni logoped va tarbiyachi butun yil
davomida chiqirib turadilar. Stendda normadagi bola nutqining rivojlanishi, nutq
anomaliyalarining xilma-xil turlari, ommabop adabiyotlar ro‘yxati kabi masalalar
yoritilib boriladi. Tovushlarni talaffo‘z qilish, bog‘lanishli nutqning shakllantirishga
doir nutqiy material vaqt-vaqti bilan yangilanib turiladi. Ota-onalar burchagida
axborot bo‘limi mavjud bo‘lib, unda ota-onalar majlislarining sanalari, logoped bilan
suhbatlashish uchun takliflar, mutaxassislarning konsultatsiya berish vaqti
ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya
muassasalari anomal bolalarga ta’lim va tarbiya berish umumiy sistemasida
perspektiv bo‘rin bo‘lib hisoblanadi, qiysiki u nuqsonning koningi rivojlanishini
oldini oladi.
Bir qator patologik shakllarda (oligofreniya, ko‘rish nuqsonlari, tayanch
harakat apparatidagi nuqsonlar) nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarga maxsus
maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida logopedik yordam ko‘rsatiladi.
Sobiq SSSR Xalq ta’limi ministrining 1975 yil 14 oktyabrdagi 131sonli
qaroriga muvofiq ko‘rishida, tayanch harakat apparatida va aqliy rivojlaniщida
kamchiligi bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bog‘chalarda o‘qituvchi defektolog
lavozimi guruhga bitta hisobidan joriy qilinadi.
Tayanch harakat apparatida kamchiligi bor bolalarga mo‘ljallangan
maktabgacha tarbiya muassasalari
Tayanch harakat sohasida kamchiligi bor bolalar uchun maktabgacha tarbiya
muassasalarining guruhlari yoshni hisobga olib quyidagicha komplektlashtiriladi:
yasli guruhi 2—3 yoshdagi bolalar, kichik guruh 3— 4 yoshdagi bolalar, o‘rta guruh
4—5 yoshdagi bolalar, katta guruh 5—6 yoshdagi bolalar, tayyorlov guruhi — 6—
7 yoshli bolalar. Guruhdagi bolalar soni 10—12 ta bo‘lishi keraq
Bolalar har yili 1 avgustdan 1 sentyabrga qadar qubul qilinadi. 7 yoshga
to‘lgan bolalar tibbiy pedagogak komissiyaning xulosasiga ko‘ra tegashli tipdagi
maktablarga o‘tkaziladilar.
O‘qituvchi logoped bolalarni aqliy rivojlanishi, to‘g‘ri nutqqa, to‘g‘ri
talaffo‘z qilishga o‘rgatishga doir butun o‘quv to‘zatish ishini o‘tkazadi. U vrach
psixonevrolog, guruh tarbiyachilari bilan hamkorliqia ish olib boradi, bolalar bilan
frontal, kichik guruhlar to‘zib, yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazadi, tegishli
hujjatlarni yozib boradi.
Aqliy zaif bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari.
Bolalar bog‘chasi (bolalar uyi) aqliy zaif bolalarga mo‘ljallangan
maktabgacha tarbiya muassasasining asosiy tipi bo‘lib hisoblanadi. Guruhlar yoshni
hisobga olib, quyidagicha komplektlashtiriladi: kichik guruh 3—4 yoshdan A—5
yoshgacha, o‘rta guruh 4—5 yoshdan 5—6 yoshgacha, katta guruh 5—6, tayyorlov
guruhi 6—7 yosh.
Guruhlagi bolalar soni intellektning bo‘zilishi darajasidan qat’i nazar 10—
12 boladan iborat bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidaga aqliy zaif bolalarning ko‘pchiligida yakqol
namoyon bo‘lgan nutq kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular uchun korreksion
ta’limning umumiy sistemasida sistematik logopedik ish ko‘zda to‘tiladi. Logopedik
ish mashg‘ulotlar jadvaliga qat’iy rioya qilgan holda har bir yosh guruhida haftasiga
2 marta frontal nutq; o‘stirish mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi (ta’limning 1 — 3
yillarida guruh kichik guruhlarga bulinadi; 4 yilda guruh bilan frontal mashg‘ulot
o‘tkaziladi). Har bir bola bilan haftasiga 3 marta individual logopedik mashg‘ulotlar
o‘tkaziladi.
Korreksion ta’lim mazmuniga ona tili tovushlarini nutqga kiritish
(postanovka) va mustahkamlash (avtomatizatsiya), nutqiing ravonligi, nafas olish,
urg‘u qo‘yish ustida ishlash, so‘z boyligini aniqlashtirish va kengaytirish, grammatik
to‘zilishlarni amalda borlangan nutqii shakllantirish kiradi. Nutqni o‘stirish
yuzasidan olib boriladigan har kungi ishlar maxsus maktabgacha tarbiya
muassasasining butun jamoa tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘rish nuqsoniga ega bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya
muassasalari (Guruhlari)
Bu masalalarga ko‘rishida kamchiligi bo‘lgan, ko‘rish qobiliyati keskin
pasaygan va intensiv davolanishga muxtoj 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
qabul qilinadi (yasli bog‘chaga 2 yoshdan, bog‘chaga 3 yoshdan).
Ko‘r bolalar Guruhlari 10, zaif Ko‘ruvchi bolalar Guruhi 12 — 15 kishidan
iborat bo‘lishi kerak Bu toifadagi bolalar bilan muntazam logopedik ishlar olib
borish
zarurligi
bolalarda
yaqqol
namoyon
bo‘lgan
og‘zaki
nutqdagi
kamchiliklarning mavjudligidan kelib chiqadi.
Bolalar bilan dastlabki tanishuv atroflicha tekshirish o‘tkazish va nutqiy
hamda nutqsiz jarayonlarni baholashdan boshlanadi (bog‘lanishli nutqning ahvoli,
so‘zning grammatik to‘zilishi, lug‘at boyligi, fonetika, idrokni bahrlash, umumiy va
nutq metodikasi ham shu o‘rinda tekshiriladi). Tuzatish ishlari tekshirish natijalarini
hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Ta’limning differensiyalashgan sistemasi nutqiy rivojlanish darajasi (ular 4
ta) har xil bo‘lgan bolalarni o‘qitishni ko‘zda tutadi. Nutq rivojlanishining 1 darajasi
guruhlarida asosiy e’tibor tovushlar talaffo‘zini shakllantirishga qaratiladi.
Nutq rivojlanishining 2—3 darajasiga mo‘ljallangan bolalar guruhlarida
logopedik ish nutqning fonetik-fonematik va leksik-grammatik tomonidagi
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. Bolalar bilan borlangan nutqii
shakllantirish, nutq sistemasining barcha komponentlarini rivojlanganligini to‘zatish
bo‘yicha logopedik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Logopedik mashg‘ulotlar shakli bo‘yicha yakka tartibda va kichik guruhlar
bilan o‘tkazilishi mumkin. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning nutqii rivojlanishini
tuzatishga doir ishlar ushbu muassasada ishlovchi barcha mutaxassislarning o‘zaro
hamkorligi orqali amalga oshiriladi.
Og‘ir nutq nuqsonliga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktablar.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktab normal
eshitish va saqlangan intellektda vujudga kelgan alaliya, afaziya, rinolaliya,
dizartriya, duduqlanish kabi nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga
mo‘ljallangan maxsus maktab muassasasi tipidir. Mazkur toifadagi bolalarda
dasturni o‘zlashtrish, nutq shakllanishining muvaffaqiyatli bo‘lishi tuzatuvchi ta’sir
ko‘rsatishning o‘ziga kos sistemasi qo‘llanadigan maxsus maktab sharoitidagina
mumkin bo‘ladi.
Defektologiya ilmiy tekshirish instituti logopediya sektorini bevosita
ishtirokida 1954 yilda Leningradda birinchi maktab tashkil qilingan edi.
Moskvada, 1956 yil zaif eshituvchilar maktabi qoshida agar formada nutqi
rivojlanmagan bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilindi. Maktab bazasida 1958
yil Og‘ir nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos rejimli maxsus
maktab-internat ochildi.
1958 yildan keyin bunday maktablar bashqa shaharlarda vujudga keldi
(Moskva (ikkinchi maktab), Leningrad Sverdlovsk).
Dastlab bu maktablar ommaviy maktabning 4 sinfi hajmidagi ta’limni
ta’minlar edi.
1961 yildan e’tiboran og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalar uchun maxsus
maktab-internatlar tarmog‘i keng rivojlana boshladi.
Hozirgi vaqtda og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar uchun alohida
maktab-internatlar mavjud.
Bu muassasada umumta’lim maktabi vazifalari bilan birga maxsus vazifalar
ham xal qilinadi:
a) og‘zaki va yozma nutqdagi turli xil kamchiliklarni bartaraf etish;
b) ular bilan bog‘liq psixik rivojlanishdagi o‘ziga xos kamchiliklarni o‘qish
va o‘qiщdan tashqi tUzatish tarbiyaviy ishlar jarayonida yo‘qotish;
v) professional mehnat tayyorgarligini amalga oshirish.
Maktab ikki bo‘limdan iborat. Maktabning birinchi bo‘limiga ommaviy,
maktabda ta’lim olishga xalaqit beradigan alaliya, afaziya, dizertriya, rinolaliya,
dudo‘qlanish kabi nutq nuqsoniga ega bo‘lgan nutqi umumiy rivojlanmagan bolalar
qabul qilinadi. Sinflarni komplektlashtirishda birinchi navbatda nutqiy rivojlanish
darajasi va birlamchi nuqson harakteri hisobga olinadi.
II bo‘limga nutqiing normal rivojlanishida duduqlanishning og‘ir formasidan
aziyat chekuvchi bolalar qabul qilinadi.
I bo‘limda nutqi umumiy rivojlanmagan bolalar uchun ta’lim olish muddati
12 yil (tayyorlov sinfi va I—XI sinflar),
II bo‘limda duduqlanishnint Og‘ir formasi bilan xastalangan bolalar uchun
— 9 yil (I—IX sinflar).
Sinflar 12 kishidan iborat bo‘ladi. Maxsus maktabni bitiruvchilariga to‘liqsiz
o‘rta ma’lumot haqida guvoxnoma beriladi.
O‘quvchilarning nutqlari va yozuvdagi kamchiliklarini to‘zatish ishlari
muntazam ravishda butun o‘quv tarbiyaviy jarayon davomida olib boriladi. ayniqsa,
ona tili darslarida bu vazifa har tomonlama hal qilinadi. Turli xil nutq defektlarnni
oldini olish frontal va ivdividual mashg‘ulotlarni birligi tufayli mumkin bo‘ladi.
Ivdividual logopedik mashg‘ulotlar o‘qituvchi logoped tomonidan darsdan tashqiri
vaqtda o‘tkaziladi. harakatida kamchiligi bor bolalar uchun davolash gimnastikasi
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Maxsus maktabning II bo‘limida bolalar to‘liq bo‘lmagan o‘rta maktab
hajmida bilim oladilar. Duduqlanishning Og‘ir formasiga ega bolalarni o‘qitishda
ommaviy maktab darsliklari, maxsus logopedik jihozlar, ta’limning texnik
vositalaridan foydalaniladi. Maxsus maktabni bitiruvchilar ommaviy maktabda yoki
xunar-texnika bilim yurtlarida ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin.
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logopeddan tashqiri o‘qituvchi va
tarbiyachilar ham qatnashadilar. Maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilari, logopedi
ta’lim va mehnat faoliyati davomida o‘quvchilarning umumiy va nutqiy
rivojlanishlarini tuzatib boradilar.
Yordamchi maktabdagi logopedik ishlar
Aqliy zaif o‘quvchilarda nutq kamchiliklarini tuzatish maxsus, logopedik
ishlarning tashkil qilinishini talab qiladi. Yordamchi maktablarning o‘quv rejasida
o‘qituvchi — logoped tomonidan o‘tkaziladigan logopedik mashg‘ulotlar soati
ko‘zda to‘tilgan. O‘qituvchi logoped tibbiy pedagogik komissiyaning a’zosi
hisoblanadi. Maxsus tekshirish yo‘li bilan u bolaning nutqida kamchiligi bor-
yo‘qiigini va uning harakterini aniqiay bilishi keraq
O‘quv yilining boshida logoped maktabga qabul qilingan barcha
o‘quvchilarni tekshiradi. O‘quvchilar og‘zaki nutqining dastlabki tekshirilishi
darslar vaqtvda o‘tkaziladi. Yozuv malakalari diktant orqali tekshiriladi.
Dastlabki tekshirish davomida nutqida kamchiligi aniqlangan bolalarning
hammasini logoped maxsus jurnalga belgilab qo‘yadi. Shundan so‘ng nutqiing va
yozuvning holati individual tekshiriladi va bolaga nutq kartasi to‘ldiriladi.
Logopedik yordamga juda muhtoj, nutq nuqsoni Og‘ir bolalar logopedik
mashg‘ulotdarda qatnashish uchun tanlanadi. Qolganlar kandidat sifatida qabul
qilinib, maktabga dastlab qabul qilingan o‘quvchilarda nutq buzilishlari bartaraf
etilgandan so‘ng logoped tomonidan mashg‘ulotlarga chaqiriladi.
Nutq nuqsonining harakteri va bolaning o‘zlashtirishda uning ahamiyati
mashg‘ulotlarga qabul qilishda asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
Logopedik mashg‘ulotga qatnashadigan bolaning nutq kartasiga u bilan olib
boriladigan mashg‘ulotlarning individual rejasi ilova qilinadi. Reja tekshirishdan
olingan barcha ma’lumotlarni umumlashtiruvchi logopedik xulosa asosida tuziladi.
Logoped o‘quvchidagi nutq nuqsonining harakteri va etiologiyasini aniqlash,
unga nisbatan eng to‘g‘ri va samarali yondashuv yo‘lini topish maqsadida tibbiy
tekshirish ma’lumotlari bilan tanishadi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar bilan mashg‘ulotlar tashkil qilish va
ularni o‘tkazishda kamchiliklarini to‘g‘rilash yuzasidan olib boriladigan ishlar
bolalarning yosh xususiyatlarini, nutq defekti xususiyatlarini, ona tilidan maktab
dasturini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Logopedik mashg‘ulotlarga dars
mashg‘ulotlaridan bo‘sh va sinfdan tashqari vaqtda 5 — 6 dars ajratiladi. Maktab
ma’muriyati va sinf o‘qituvchilari bilan kelishgan holda logoped o‘quvchilarni
o‘qish darslaridan chaqirib olishi mumkin.
I— IV sinf o‘quvchilari bilan individual va guruh tarzidagi mashg‘ulotlar
haftasiga 4 marta va V — VI sinflarda haftasiga 3 marta o‘tkaziladi. Har bir o‘quvchi
bilan olib boriladigan individual mashg‘ulotga, odatda 15 ming ajratiladi. Guruh
mashg‘ulotlarining davomiyligi — 45 ming. Kichik guruhchalar bilan 20 — 25 ming
mashg‘ulotlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Odatda individual mashg‘ulotlar tovushlarni postanovka yoki korreksiya
qilishga muhtoj bolalar bilan o‘tkaziladi.
Logoped bitta nutqiy nuqson bo‘yicha 4 — 6 kishidan iborat guruhni
komplektlashtiradi. 2 — 9 o‘quvchidan iborat kichik guruhlar bir xil o‘quvchilar
bilan, o‘ziga xos reja bo‘yicha ishlash talab qilingandagina komplektlashtiriladi.
O‘qituvchi va logoped, sinf rahbari, tarbiyachi o‘quvchilarni logopedik
mashg‘ulotlarda qatnashishlarini nazorat qilib turishlari kerak
Logoped:
— mashg‘ulotga qatnashish jurnalini tutib, unda mashg‘ulotda o‘tilgan
materialning mazmunini qisqacha aks ettiradi (har kuni);
— ishni o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan yakin hamkorliqia tashkil qiladi,
ular dare vaqtida, uy vazifasini tayyorlash nizomida, turmushda o‘quvchilarning
logopedik
mashg‘ulotlar
jarayonida
egallangan
nutqiy
malakalarining
mustahkamlanishig yordam berishlari keraq
— dars vaqtida va darsdan tashqari vaqtda bolalar nutqiga to‘g‘ri talablar
quyilishi uchun o‘qituvchi va tarbiyachilarga o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklari
haqida muntazam axborot berib boradi;
— bola bilan olib borilgan logopedik mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng
o‘qituvchi va tarbiyachiga qo‘lga kiritilgan malakalarni sinf sharoitida va darsdan
tashqari vaqtda to‘liq avtomatlashtirish usullari hakida tavsiyalar beradi;
— nutqiy nuqsoni bor bo‘lgan o‘quvchilarning nutq imkoniyatlarini
tekshirish uchun ona tili, nutq o‘stirish, o‘qish va boshka darslarni kuzatadi
(logopedik mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda). O‘z navbatida o‘qituvchi va
tarbiyachilar ham mazkur sinf o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ishlardan
xabardor bo‘lishlari uchun vaqt-vaqti bilan logopedik mashg‘ulotlarda
qatnashishlari keraq
— dastur talablarini, ona tilini o‘qitish metodi va usullarini yaxshi bilishi,
ularni o‘z ishida hisobga olishi, darsda o‘rganilayotgan mavzuga moe didaktik
materialdan foydalanishi kerak.
— o‘quvchilar bilan olib boriladigan nutq o‘stirish ishlarini tashkil qilishda
tarbiyachilarga yordam beradi;
— o‘quv yilining oxirida tantanali ertalik o‘tkazadi. Unda logopedik
mashg‘ulotlarga qatnashgan bolalar o‘z yutuqlarini namoyish qiladilar.
Logopedning tarbiyachilar va o‘qituvchilar bilan olib boradigan ishi turli
shaklda bo‘lishi mumkin: individual suhbat, ochiq mashg‘ulotlar, metod
birlashmalarda ma’lumot berish va boshqalar.
Yilning oxirida logoped o‘quv yili davomida qilingan ishlar haqida matnli va
raqamli hisobot topshiradi.
O‘rta umumiy ta’lim maktablari qoshidagi logopedik punktlar
Logopedik punktlar maktab yoshidagi bolalarda mavjud bo‘lgan nutq
kamchiliklarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan maxsus ta’limiy-tarbiya
muassasalaridir. Ular tumandagi umumiy ta’lim maktablarining birida tashkil
qilinadi. Har bir logopedik punktga muayyan miqdordagi maktablar soni
biriktiriladi.
Uning asosiy vazifalari:
— o‘quvchilarning nutq kamchiliklarini to‘g‘rilash;
— O‘qituvchilar va aholi o‘rtasida logopedik bilimlarnn tag‘rib qilish;
— birinchi sinfga kelayotgan bolalardagi nutq kamchiliklarini o‘z vaqtida
aniqlash, oldini olishdan iboratdir.
Tovushlar talaffuzida kamchiligi bo‘lgan, duduqlanuvchi, dizgrafik dizleksik
yaqqol namoyon bo‘lmagan nutqi rivojlanmagan bolalar logopedik punktlarning
asosiy kontingenti bo‘lib hisoblanadi.
— Bolalarni saralashda logoped ularni sinfda (tayyorlov guruhida)
tekshiruvdan o‘tkazadi.
Logopedik punktga bolalar psixnevrolog,
o‘qituvchilar, ota-onalar
tashabbusi bilan yuboriladilar.
Logopedik mashg‘ulotlar natijalarni nutq kartasiga belgilanib, sinf rahbari va
ota-onalar e’tiboriga havola qilinadi.
Logopedik ishning samaradorligi tuzatish tadbirlarining to‘g‘riligiga,
o‘qituvchi va logopedning o‘zaro yaqin hamkorligi hamda bolalar nutqiga yagona
talablar qo‘yishiga bog‘liq. Bolalar nutqini to‘g‘rilashda ota-onalarning faol ishtirok
etishi ham katta ahamiyatga ega.
Sog‘liqni saqlash sistemasida logopediya yordam.
Aholiga logopedik yordam berishni takomillashtirish, nutqida kamchiligi
bo‘lgan shaxslarni davolash samaradorligini va sifatini oshirish masalalari
O‘zbekistan sog‘liqni saqlash vazirliga tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinmoqda.
Sobiq SSSR sog‘liqni saqlash vazirliganing 1985 yil 8 apreddagi 485 nomerli
«Nutqida kamchiligi bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan logopedik yordamni
yanada takomillashtirish tadbirlari haqida» degan qarori asosida ixtisoslashtirilgan
yordamni rivojlantirish logopedik kabinetlar tarmog‘ini, bolalar poliklinikalarida,
psixonevrologik dispanserlarda davolash tiklash bo‘limlarini kengaytirishga doir
ishlar yo‘nalishi belgilangan. Bu joylarda funksional va organik nutq
kamchiliklariga ega bo‘lgan turli yoщsagi shaxslarga logopedik yordam ko‘rsatiladi.
Sobiq SSSR sog‘liqni saqlash vazirliganing 1985 yil 19 avgustda chiqirilgan
1096 nomerli qirorida logopedlarning xizmat normalari ko‘rsatiddi:
— og‘ir nutq kamchiligaga ega bo‘lgan (afaziya, diazartriya, duduqlanish va
boshqalar) shaxslar bilan individual ishlashda bir soatda 1—5 kishini qabul etish,
guruhli logopedik mashg‘ulotlarda bir soatda 8—10 kishi bilan ishlash ko‘zda
tutiladi;
— dislalik bolalar bilan yakka tartibda bir soatda 4 kishi bilan ishlash, guruhli
logopedik mashg‘ulotlarda bir soatda 10—12 kishi bilan ishlashni ko‘zda tugadi;
— katta yoshdagi 100 ming aholiga bir stavka logopedik xizmat, bolalar va
o‘smirlar yoshidagi 20 ming aholiga bir stavka logopedik xizmat ko‘rsatiladi.
Nutq
kamchiliklari
bo‘yicha
Respublika
ilmiy-metodika
markazi
muvaffaqiyatli ishlab kelyapti. Uning asosiy vazifasi sog‘liqni saqlash
muassasalarida tashkil etilgan logopedik kabinetlarda psixonevrologik dispanserlar,
kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan bo‘limlarida ishni tashkil etish bo‘yicha
tashkiliy va metodik yordam berishdir.
Ilmiy-metodik markazning xizmatchilari aholi o‘rtasida keng yoyilgan nutq
kamchiliklarini, logopedik yordamga ehtiyojni o‘rganadilar; bolalar va kattalarga
ko‘rsatiladigan logopedik yordamini tashkil etish, yaxshilash va rivojlantirish
bo‘yicha takliflarni, tavsiyanomalarni ishlab chiqadilar; logopedik kabinetlarni,
statsionarlarni jihozlashga doir takliflarni o‘rganadilar; instruktiv-metodik
materiallarini ishlab chiqadilar, logopedik kabinet va kasalxonalarning logopediya
bo‘limlari ish tajribalarini ommalashtiradilar.
Bolalar poliklinikasining logopedik kabineti sog‘liqni saqlash tizimida
bolalar poliklinikasi qoshida tashkil etilgan logopedik kabineta logopedik
yordamning asosiy bo‘limi hisoblanadi.
Poliklinikada logopedning ishi «Bolalar poliklinikasining logopediya
kabineti haqida Nizom» ga asoslangan xalda tashkil etiladi. Nizomda uning ishi
yo‘nalishlari belgilangan:
1. Nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan
pedagogik ishlar doimiy va konsultatsion mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
2. Uyushgan va uyushmagan bolalar guruhini dispanserizatsiya qilish.
3. Sog‘liqni saqlash va xalq maorifi sistemasidagi logopedik muassasalarni
komplektlashtirishda ishtirok etish bir bolaga logopedik harakteristika tuzish.
4. Logopedik tadbirlarni o‘tkazish: ota-onalar bilan bat, bolalar vrachi va
bolalar bog‘chasining tarbiyachilari bilan olib boriladigan ishlar, logopedik
byulletenlar chiqarish, didaktik ko‘rsatma materiallarini tayyorlash.
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgai yaslilar
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yaslilar
sog‘liqni saqlash muassasalarining mustaqil bir bo‘limi bo‘lib hisoblanadi va
bolalarni tarbiyalash, tadbirlar o‘tkazish, bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf
etish, bolalar nutqini o‘stirish kabi maksadlarni o‘z oldiga qo‘yadi.
Yaslilar sog‘liqni saqlash mahalliy organlarining qaramog‘ida bo‘lib, bu
organlar ular ishiga rahbarlik va bolalarga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish ishini nazorat
qiladi.
Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarni yasliga saralash maxsus tuzilgan
komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Bu komissiya tarkibida: pediatr, psixiatr
(nevropatolog, psixonevrolog) va logoped bo‘ladi.
Bolalar saralash komissiyasiga quyidagi hujjatlar bilan yuboriladi: kasallik
tarixidan ko‘chirma, poliklinika psixonevrologi va logopedining xulosasi, yashash
joyidan ma’lumotnoma ota-onasining ish joyidan olingan oyligi haqidagi
ma’lumotnoma.
Ixtisoslashtirilgan yaslilarga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) nutqiy rivojlanishida to‘xtalish bo‘lgan bolalar yil davomida bo‘shagan
joylarga qabul qilinadilar;
b) duduqlanuvchi bolalar 6 oyda bir marta qabul qilinadilar.
Ixtisoslashtirilgan yaslilarga organik harakterga ega bo‘lgan duduqlanuvchi
va nutqiy rivojlanishida to‘xtalish bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
Yaqqol ifodalangan aqliy zaif bolalar (oligofreniya, akli zaiflik), tutqanoq va
harakatida qo‘pol buzilishlar bo‘lgan bolalar ushbu yasliga qabul qilinmaydilar.
Ixtisoslashgan yaslilar kecha-kunduz ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bolalar yaslida 4 yoshgacha bo‘ladilar.
Guruhlar nutq kamchiliklari bo‘yicha (duduqlanish, nutqiy rivojlanipщsa
to‘xtalish bo‘lish) komplektlashtiriladi.
Yaslidan so‘ng bolalar maxsus nutq bog‘chalariga yoki umumiy
bog‘chalarga boradilar.