Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

29,9 KB


 
 
 
 
 
 
Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, 
yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi 
 
 
R E J A 
1. Ko’krak tojlilar katta turkumi. 
2. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar turkumi. 
3. Yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi. 
 
         Ko’kraktojli qushlarning aksariya ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh 
suyagida ko’kraktoj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqlari bor, terisida 
apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’kraktojli qushlar yer yuzida keng 
tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. 
Nay burunlilar turkumi-Procellariformes: Bu turkumga tashqi ko’rinishi 
baliqchilarga o’xshaydigan, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda 
yashaydigan oqqushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o’tkir 
barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar 
uchiga o’rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik 
vakillari buronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan 
odatdagi albatrosning bo’yi 1m.ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5m.ga boradi. 
Rossiyaning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi. Uzoq sharqda 
kachurkalar bor. 
Kurakoyoqlilar yoki plikansimonlar turkumi-steganopodes:  Kurak oyoqlilarga 
suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi bo’lib to’rtala 
barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilganligi va pastki 
jag’ining ostida har-xildarajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi. 
Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz ko’l va daryolarning kuyi oqimlarida yashaydi. 
Rossiyaning Janubiy rayonlarida (Kavkaz, O’rta Osiyoda) sakoqush va qoravoylar 
Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi R E J A 1. Ko’krak tojlilar katta turkumi. 2. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar turkumi. 3. Yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi. Ko’kraktojli qushlarning aksariya ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh suyagida ko’kraktoj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqlari bor, terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’kraktojli qushlar yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. Nay burunlilar turkumi-Procellariformes: Bu turkumga tashqi ko’rinishi baliqchilarga o’xshaydigan, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan oqqushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o’tkir barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar uchiga o’rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik vakillari buronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning bo’yi 1m.ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5m.ga boradi. Rossiyaning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi. Uzoq sharqda kachurkalar bor. Kurakoyoqlilar yoki plikansimonlar turkumi-steganopodes: Kurak oyoqlilarga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi bo’lib to’rtala barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilganligi va pastki jag’ining ostida har-xildarajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi. Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz ko’l va daryolarning kuyi oqimlarida yashaydi. Rossiyaning Janubiy rayonlarida (Kavkaz, O’rta Osiyoda) sakoqush va qoravoylar  
 
yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. qoravoylar baliqlarni katta 
chuqurliklariga, ho’ng’ib ushlasa, sakoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi. 
Laylaksimonlar turkumi-Ciconiformes:  Bu turkumga laylaklar, ibislar, karkalar 
va oq qutonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun 
bo’lib, suv bo’ylarida vabotqoqlik joylarda yashaydi. Yer yuzida kutblardan tashqari 
hamma joylarda tarqalgan. Ba’zilari kaloniya bo’lib , daraxtlarda uya qursa, kutonlar 
boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi 
ham “qizil kitob”ga kiritilgan. Kaspiy dengiz bo’ylarida o’ziga xos tumshug’i 
bo’lgan qizil gaz ham shu turkumga kiritiladi. 
G’ozsimonlar turkumi-Anseriformes:G’ozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. 
Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. 
Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq 
tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari yoki tishchalari 
bo’ladi. Bu turkumga g’ozlar,oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Bularning hammasi 
ovlanadigan qushlardir. Bular yer yuzida keng tarqalgan, suv qirg’oqlarida, yerda, 
daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi 
hisoblanadi. Jo’jalari katta bo’lgach, pana joylarga borib tullaydi. qanot va rul 
patlarida birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo’qotadi. Natijada yirtqichlar 
va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli g’ozsimonlarni tulash joylarini 
qo’riqlash kerak. 
Lochinsimonlar (Kunduzgi Yirtqichlar) turkumi-Falconiformes: Bu turkumga 
o’rta va katta o’lchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshug’ida yumshoq teri 
voskovitsasi bo’lib, burun teshiklari shu voskovitsaga ochiladi. Ustki tumshug’ining 
uchi va tirnoqlari egilib, ilmoq hosil qiladi. Qizilo’ngachida jig’ildon bo’ladi. 
Kunduzgi yirtqich qushlar yer yuzining deyarili hamma qismida keng tarqalgan. 
Bular odatda juft bo’lib yashaydi.va yerga, daraxtlarga, qoyalarga beo’xshov 
uyalarni quradi.Yirik turlari 1-3 ta kichik turlari esa 4-7 ta tuxum qo’yadi. 
Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari navbvtlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan 
jo’jalari ko’zi ochiq, lekin nimjon bo’ladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan 
bo’ladi.bu q-ushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga o’limtik bilan 
ovqatlanadigan Amerika tasqaralarini va bizda tog’li rayonlarda yashaydigan 
odatdagi tasqaralarni, afrikada yashaydigan mirzaqush, qarchig’ay, burgutlar, 
yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. qoravoylar baliqlarni katta chuqurliklariga, ho’ng’ib ushlasa, sakoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi. Laylaksimonlar turkumi-Ciconiformes: Bu turkumga laylaklar, ibislar, karkalar va oq qutonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo’lib, suv bo’ylarida vabotqoqlik joylarda yashaydi. Yer yuzida kutblardan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Ba’zilari kaloniya bo’lib , daraxtlarda uya qursa, kutonlar boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi ham “qizil kitob”ga kiritilgan. Kaspiy dengiz bo’ylarida o’ziga xos tumshug’i bo’lgan qizil gaz ham shu turkumga kiritiladi. G’ozsimonlar turkumi-Anseriformes:G’ozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari yoki tishchalari bo’ladi. Bu turkumga g’ozlar,oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Bularning hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular yer yuzida keng tarqalgan, suv qirg’oqlarida, yerda, daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi hisoblanadi. Jo’jalari katta bo’lgach, pana joylarga borib tullaydi. qanot va rul patlarida birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo’qotadi. Natijada yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli g’ozsimonlarni tulash joylarini qo’riqlash kerak. Lochinsimonlar (Kunduzgi Yirtqichlar) turkumi-Falconiformes: Bu turkumga o’rta va katta o’lchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshug’ida yumshoq teri voskovitsasi bo’lib, burun teshiklari shu voskovitsaga ochiladi. Ustki tumshug’ining uchi va tirnoqlari egilib, ilmoq hosil qiladi. Qizilo’ngachida jig’ildon bo’ladi. Kunduzgi yirtqich qushlar yer yuzining deyarili hamma qismida keng tarqalgan. Bular odatda juft bo’lib yashaydi.va yerga, daraxtlarga, qoyalarga beo’xshov uyalarni quradi.Yirik turlari 1-3 ta kichik turlari esa 4-7 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari navbvtlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jo’jalari ko’zi ochiq, lekin nimjon bo’ladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo’ladi.bu q-ushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga o’limtik bilan ovqatlanadigan Amerika tasqaralarini va bizda tog’li rayonlarda yashaydigan odatdagi tasqaralarni, afrikada yashaydigan mirzaqush, qarchig’ay, burgutlar,  
 
kalxatlar, bo’ktarg’ilar hamda lochinlarning turlari vakil bo’ladi.Ko’pchilik 
kunduzgi yirtqich qushlar hashoratva kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar 
o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitariya vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich 
qushlar foydali hayvonlarga hujum qilsalarda, ular kasal va nimjonlarni tutib olib, 
tabiiy tanlashga yordam beradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, sport va xotto sanoat 
ovida ushlovchi tutuvchi qush sifatida foydaniladi.  
Tovuqsimonlar turkumi-Calliformes: Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining 
pishshiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, 
qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urg’ochisiga nisbatan 
katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turgan. Tovuqsimonlarda nasl uchun 
qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z uyalarini odatda yerga qo’yadi 
va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi. 
    Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati 
xastovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslarga 
qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka. 
Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovug’i,qirg’ovullar kakliklar, bedanalar; 
kursimon oilasiga kiradigan qur, qarqur, kuropatga va boshqa bir qancha turlar 
kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ovchilik obyekti hisoblanadi. 
Turnasimonlar turkumi-Cruiformes:O’lchami tashqi qiyofasi vaekoldogik 
xususiyatlari har-xil bo’lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o’z ichiga oladi va 
Rossiyada asosan turnalar, suvmoshoqlari va to’valoqlar oilalarining turlari 
tarqalgan. 
Turnalarning oyog’i va bo’yi uzun bo’ladi. Botqoqlik va quruq joylarga 
uya quradi. Bizda oq turna vabo’z turnalari yashaydi. Suvmoshoqlarga suv bo’yidagi 
changalzorlarda, botqoqliklarda va o’tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tartar, 
g’azkanjirlar kiradi. Tuvaloqlar odatda cho’l, sahrolarda yashaydigan qush bo’lib, 
bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarda faqat uchta barmog’i bor. Dum usti bezi 
rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg. gacha keladigan dudak yoki tuvaloq, 
bizg’aldoq va yurg’atuvaloqlar vakil bo’ladi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni 
keskin kamayib ketganligi sababli “qizil kitob” ga kiritilgan. 
Baliqchisimonlar turkumi-Lariformes: Baliqchilar mayda va o’rta o’rta 
kttalikdagi qushlar bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkirdir. Oyoqlarida 
turtadigan barmog’i bor, oldingi uchta barmog’i suzgich parda bilan o’zaro 
kalxatlar, bo’ktarg’ilar hamda lochinlarning turlari vakil bo’ladi.Ko’pchilik kunduzgi yirtqich qushlar hashoratva kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitariya vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich qushlar foydali hayvonlarga hujum qilsalarda, ular kasal va nimjonlarni tutib olib, tabiiy tanlashga yordam beradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, sport va xotto sanoat ovida ushlovchi tutuvchi qush sifatida foydaniladi. Tovuqsimonlar turkumi-Calliformes: Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining pishshiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urg’ochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turgan. Tovuqsimonlarda nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z uyalarini odatda yerga qo’yadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi. Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati xastovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslarga qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka. Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovug’i,qirg’ovullar kakliklar, bedanalar; kursimon oilasiga kiradigan qur, qarqur, kuropatga va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ovchilik obyekti hisoblanadi. Turnasimonlar turkumi-Cruiformes:O’lchami tashqi qiyofasi vaekoldogik xususiyatlari har-xil bo’lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o’z ichiga oladi va Rossiyada asosan turnalar, suvmoshoqlari va to’valoqlar oilalarining turlari tarqalgan. Turnalarning oyog’i va bo’yi uzun bo’ladi. Botqoqlik va quruq joylarga uya quradi. Bizda oq turna vabo’z turnalari yashaydi. Suvmoshoqlarga suv bo’yidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o’tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tartar, g’azkanjirlar kiradi. Tuvaloqlar odatda cho’l, sahrolarda yashaydigan qush bo’lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarda faqat uchta barmog’i bor. Dum usti bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg. gacha keladigan dudak yoki tuvaloq, bizg’aldoq va yurg’atuvaloqlar vakil bo’ladi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli “qizil kitob” ga kiritilgan. Baliqchisimonlar turkumi-Lariformes: Baliqchilar mayda va o’rta o’rta kttalikdagi qushlar bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkirdir. Oyoqlarida turtadigan barmog’i bor, oldingi uchta barmog’i suzgich parda bilan o’zaro  
 
qo’shilgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomonga qisilgan. 
Baliqchilarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, 
suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarni yerga qo’yadi va 
uyasida 2-3 ta tuxum bo’ladi. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. 
Baliqchi qushlar suvda baliqlar bilan va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu 
turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish 
mumkin. Bu turkumga yana chigirtkalar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini 
uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik 
bo’ladi. 
Kaptarsimonlar turkumi-Calumbiformes: O’rtacha kattalikdagi qushlardir. 
Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. qanoti uzun va o’tkirlashgan. Bu turkumga tashqi 
ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va 
bulduruklar kiradi. Kaptarlarning usiki tumshug’i asosida yumshoq terili 
voskovitsasi bo’ladi. Yovvoyi ko’k kaptar, g’ov kaptar va har-xil musichalar shu 
turkumning tipik vakilidir. Bulduruqlar asosan cho’l va sahrolarda yashaydi. 
Tumshug’ida voskovitsasi yo’q. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan ochiq roangda 
bo’ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qo’yadi. Ko’payish vaqtida jig’ildoni 
kaptarlardagi singari “sut” ishlab chiqarmaydi. Suvda ichish uchun uyasidan uzoq 
masofaga muntazam uchib boradi. 
To’tisimonlar turkumi-Psittaciformes: Yer sharining tropik va subtropik 
o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag’i bosh skeleti bilan 
xarakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastki hamda yon tomonga qarab 
xarakat qiladi. Tushug’i katta bo’lib, uchi ilmoq hosil qiladi, voskovitsasi bor. Ikkita 
barmog’i oldinga, ikkita orqa tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor. Tuti qushlarning 
tipik vakillariga Amerika ara to’tisi, kafasda boqiladigan ko’k to’ti, Avstraliya 
kokildor kakadu to’tisi Afrika jakosi. Yangi Zerlandiya nestori va boshqalar kiradi. 
Kakkusimonlar turkumi-Cuculiformes.: Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita 
barmog’i oldinga, ikkitasi orqa tomonga qaratilgan. Asosan hashoratlar bilan 
ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari uya 
qurmasdan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan 
bolasi uya egasini tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi. Shu turkumga 
tipik vakil qilib odatdagi kakkuni olamiz. 
qo’shilgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomonga qisilgan. Baliqchilarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarni yerga qo’yadi va uyasida 2-3 ta tuxum bo’ladi. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Baliqchi qushlar suvda baliqlar bilan va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana chigirtkalar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik bo’ladi. Kaptarsimonlar turkumi-Calumbiformes: O’rtacha kattalikdagi qushlardir. Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. qanoti uzun va o’tkirlashgan. Bu turkumga tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va bulduruklar kiradi. Kaptarlarning usiki tumshug’i asosida yumshoq terili voskovitsasi bo’ladi. Yovvoyi ko’k kaptar, g’ov kaptar va har-xil musichalar shu turkumning tipik vakilidir. Bulduruqlar asosan cho’l va sahrolarda yashaydi. Tumshug’ida voskovitsasi yo’q. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan ochiq roangda bo’ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qo’yadi. Ko’payish vaqtida jig’ildoni kaptarlardagi singari “sut” ishlab chiqarmaydi. Suvda ichish uchun uyasidan uzoq masofaga muntazam uchib boradi. To’tisimonlar turkumi-Psittaciformes: Yer sharining tropik va subtropik o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag’i bosh skeleti bilan xarakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastki hamda yon tomonga qarab xarakat qiladi. Tushug’i katta bo’lib, uchi ilmoq hosil qiladi, voskovitsasi bor. Ikkita barmog’i oldinga, ikkita orqa tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor. Tuti qushlarning tipik vakillariga Amerika ara to’tisi, kafasda boqiladigan ko’k to’ti, Avstraliya kokildor kakadu to’tisi Afrika jakosi. Yangi Zerlandiya nestori va boshqalar kiradi. Kakkusimonlar turkumi-Cuculiformes.: Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqa tomonga qaratilgan. Asosan hashoratlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari uya qurmasdan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi uya egasini tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi. Shu turkumga tipik vakil qilib odatdagi kakkuni olamiz.  
 
Yapaloqqushlar turkumi-Strigiformes: Tumshuqlari va tirnoqlarining uchi egilib, 
xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq hosil qiladi. Ko’zlari katta bo’lib, 
boshining oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan bo’lib, 
tashqi eshitish yo’lining chetida terisi burmasi bor. Bu ovoz to’plash vazifasini 
bajaradi. Patlari juda mayin va uchgan vaqtda shovqin chiqarmaydi.Yapaloqqushlar 
yer yuzida keng tarqalgan va kechasi aktiv hayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, 
qoyalariga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va hashoratlar bilan 
ovqatlanadi va qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Shimoliy kenglikda 
tarqalgan yapaloqqushlar, o’rta va janubiy mintaqalarda yashaydigan ukki, 
boyo’g’li, sorlar, quloqdor yapaloqqushlar bu turkumning tipik vakilidir. 
Uzunqanotlar turkumi-Apodiformes: Bu turkum bir-biridan yaxshi ajralib 
turadigan jar-qaldirg’ochlar va kolibrlarni o’z ichiga oladi. Jarqaldirg’ochlar kichik 
qushlaridir, tumshuqlari kichik qanoti uzun va o’tkir qilichsimon. Og’iz kesimi juda 
katta oyoqlari kalta, to’rtala barmog’i ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini havoda 
o’tkazadi. Ovqatlari mayda hasharotlarni havoda uchib yurib ushlaydi, hatto havoda 
suv ichadi. Tarixiy yodgorliklar kovaklarida, uy shiplarida tog’ qoyalariga uya 
quradi . Bizda oq qorinli va qora jarqaldirg’oqlar yashaydi. Osiyoning janubiy 
sharqiy tomonida salanga jarqaldirg’ochi yashaydi, bu qush so’lak bezlaridan 
chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar. 
 
Kolibrlar eng mayda qushlar hisoblanadi. Og’irligi 1,5g. keladi, Janubiy va 
Shimoliy amerikada tarqalgan.Tumshug’i ingichka va uzun. Rangi odatda, yaltiroq 
(katta tezlik bilan uchadi). Kattaligi 20g. gacha. Kattalari kichik qaldirg’ochdek 
uchadi, qanotini bir sekuntda 20-25 hatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda 
temperaturasi 17-21 S gacha tushadi. O’rmonlarda yashab gul nektori va guldagi 
mayda hashorotlar bilan ovqatlanadi. 
Rakshasimonlar turkumi:  
Tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan 
farq qiluvchi qushlar gruppasi hisoblanadi. Yopiq uya quradi. Bu turkumga yashil 
havo rangli ko’k qarg’a, sariq targ’il, kokildor sasiqpopishak, ariq va hovuz 
bo’ylarida yashovchi havo rang ko’ktarg’oq, asalarilarni kiradigan karqunoqlari 
kiradi. 
Qizilishtonlar turkumi: Daraxtga yashashga moslashgan kichik va o’rta 
kattalikdagi qushlar hisoblanadi. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan. 
Yapaloqqushlar turkumi-Strigiformes: Tumshuqlari va tirnoqlarining uchi egilib, xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq hosil qiladi. Ko’zlari katta bo’lib, boshining oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan bo’lib, tashqi eshitish yo’lining chetida terisi burmasi bor. Bu ovoz to’plash vazifasini bajaradi. Patlari juda mayin va uchgan vaqtda shovqin chiqarmaydi.Yapaloqqushlar yer yuzida keng tarqalgan va kechasi aktiv hayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, qoyalariga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va hashoratlar bilan ovqatlanadi va qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Shimoliy kenglikda tarqalgan yapaloqqushlar, o’rta va janubiy mintaqalarda yashaydigan ukki, boyo’g’li, sorlar, quloqdor yapaloqqushlar bu turkumning tipik vakilidir. Uzunqanotlar turkumi-Apodiformes: Bu turkum bir-biridan yaxshi ajralib turadigan jar-qaldirg’ochlar va kolibrlarni o’z ichiga oladi. Jarqaldirg’ochlar kichik qushlaridir, tumshuqlari kichik qanoti uzun va o’tkir qilichsimon. Og’iz kesimi juda katta oyoqlari kalta, to’rtala barmog’i ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini havoda o’tkazadi. Ovqatlari mayda hasharotlarni havoda uchib yurib ushlaydi, hatto havoda suv ichadi. Tarixiy yodgorliklar kovaklarida, uy shiplarida tog’ qoyalariga uya quradi . Bizda oq qorinli va qora jarqaldirg’oqlar yashaydi. Osiyoning janubiy sharqiy tomonida salanga jarqaldirg’ochi yashaydi, bu qush so’lak bezlaridan chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar. Kolibrlar eng mayda qushlar hisoblanadi. Og’irligi 1,5g. keladi, Janubiy va Shimoliy amerikada tarqalgan.Tumshug’i ingichka va uzun. Rangi odatda, yaltiroq (katta tezlik bilan uchadi). Kattaligi 20g. gacha. Kattalari kichik qaldirg’ochdek uchadi, qanotini bir sekuntda 20-25 hatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda temperaturasi 17-21 S gacha tushadi. O’rmonlarda yashab gul nektori va guldagi mayda hashorotlar bilan ovqatlanadi. Rakshasimonlar turkumi: Tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi qushlar gruppasi hisoblanadi. Yopiq uya quradi. Bu turkumga yashil havo rangli ko’k qarg’a, sariq targ’il, kokildor sasiqpopishak, ariq va hovuz bo’ylarida yashovchi havo rang ko’ktarg’oq, asalarilarni kiradigan karqunoqlari kiradi. Qizilishtonlar turkumi: Daraxtga yashashga moslashgan kichik va o’rta kattalikdagi qushlar hisoblanadi. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan.  
 
Dum patlari prujinarolini o’ynaydi elastik patlardan tashkil topgan. Tumshug’i qattiq 
va to’g’ri, tili uzayadi va uning yordamida daraxt po’sti ostidan xasharotlarning 
lichinkalarini ushlab oladi. qora olaqanotli qizilishtonlar va burma bo’yin bu 
turkumning tipik vakillaridir.  
Chumchuqsimonlar turkumi-Passeriformes:Yeng ko’p ya’ni 500ga yaqin turni 
o’z ichiga oladigan turkumdir. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning 60 % ni 
tashkil qilidi. Tashqi ko’rinishi va o’lchami nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Bular yer 
sharining deyarli hamma qismida tarqalgan. Juda ham pishiq yasalgan uyalari turli 
joylarga qo’yiladi. Chumchuqsimonlar oilasiga qarg’alar zarg’aldog’lar shakshaklar 
moyqutlar jiblajibonlar qaldirg’ochlar turagaylar chittaklar dexqonchumchuqlar kabi 
bir qancha oilalarning vakilari kiradi. Aksariyat ko’pchiligi hashorat qushlar bo’lib 
qishloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Kunduzgi yirtqichlar turkumiga kiruvchi qushlarni ta’riflang? 
2. Tovuqsimonlar turkumiga kiruvchi qushlar qanday amaliy ahamiyatga ega? 
3. Tungi yirtqich qushlarni qanday o’ziga xos xususiyatlari bor? 
4. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning eng ko’p turlari qaysi turkumga mansub? 
Glossariy 
1. Nay burunlilar turkumi - prosellariformes bu turkumga tashqi kòrinishi jihatidan 
balchiqqa òxshaydigan juda yaxshi uchadigan ochiq suv va dengizlarda uchraydigan 
oqquwlar kiradi. 
2. Kurakoyoqlilar turkumi - steganopodes bularga suvda yashaydigan yirik 
qushlar kiradi. 
3. Laylaksimonlar turkumi - Ciconiformes bu turkumga laylak ibislar karkaralar 
kiradi. 
4.Ğozsimonlar 
turkumi 
- 
Anoliformes 
ģozsimonlar 
suvda 
yashovchi 
qushlardir.Barmoqlari orasida suzguch parda tortilgan. 
 
Dum patlari prujinarolini o’ynaydi elastik patlardan tashkil topgan. Tumshug’i qattiq va to’g’ri, tili uzayadi va uning yordamida daraxt po’sti ostidan xasharotlarning lichinkalarini ushlab oladi. qora olaqanotli qizilishtonlar va burma bo’yin bu turkumning tipik vakillaridir. Chumchuqsimonlar turkumi-Passeriformes:Yeng ko’p ya’ni 500ga yaqin turni o’z ichiga oladigan turkumdir. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning 60 % ni tashkil qilidi. Tashqi ko’rinishi va o’lchami nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Bular yer sharining deyarli hamma qismida tarqalgan. Juda ham pishiq yasalgan uyalari turli joylarga qo’yiladi. Chumchuqsimonlar oilasiga qarg’alar zarg’aldog’lar shakshaklar moyqutlar jiblajibonlar qaldirg’ochlar turagaylar chittaklar dexqonchumchuqlar kabi bir qancha oilalarning vakilari kiradi. Aksariyat ko’pchiligi hashorat qushlar bo’lib qishloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Kunduzgi yirtqichlar turkumiga kiruvchi qushlarni ta’riflang? 2. Tovuqsimonlar turkumiga kiruvchi qushlar qanday amaliy ahamiyatga ega? 3. Tungi yirtqich qushlarni qanday o’ziga xos xususiyatlari bor? 4. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning eng ko’p turlari qaysi turkumga mansub? Glossariy 1. Nay burunlilar turkumi - prosellariformes bu turkumga tashqi kòrinishi jihatidan balchiqqa òxshaydigan juda yaxshi uchadigan ochiq suv va dengizlarda uchraydigan oqquwlar kiradi. 2. Kurakoyoqlilar turkumi - steganopodes bularga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. 3. Laylaksimonlar turkumi - Ciconiformes bu turkumga laylak ibislar karkaralar kiradi. 4.Ğozsimonlar turkumi - Anoliformes ģozsimonlar suvda yashovchi qushlardir.Barmoqlari orasida suzguch parda tortilgan.