KO‘KRAK VA QORIN AORTASI: ASOSIY TARMOQLARI, ICHKI A’ZOLARNI QON BILAN TA’MINLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
902,2 KB
KO‘KRAK VA QORIN AORTASI: ASOSIY TARMOQLARI, ICHKI
A’ZOLARNI QON BILAN TA’MINLANISHI
Pastga tushuvchi aorta. Pars descendens aortae
Pastga tushuvchi aorta - aortae descendens ikki bo`limdan:
1) ko`krak aortasi - pars thoracica aortae;
2) qorin aortasi - pars abdominalis aortae dan tashkil bo`ladi. Tushuvchi
aortaning har bir bo`limidan devorlarga - pariyetal - rami parietales, hamda
a’zolarga visseral - rami viscerales tarmoqlari ajraladi.
Ko`krak aortasi – aortae thoracica
Ko`krak aortasining pariyetal tarmoqlari:
Ko`krak aortasi (old tomondan).
1 - ramus dorsalis arteriae intercostalis
posterioris;
2 - pars thoracica aortae;
3 - sternum;
4 - ramus intercostalis anterior arteriae
thoracicae internae;
5 - a. thoracica interna;
6 - a. intercostalis posterior.
1) A. a. intercostales posteriores – qovurg`alararo orqa arteriyalari.
Qovurg`alarning ichki yuzasining ostki qirrasi sohasidagi egatlarda joylashadi.
Ko`krakning xususiy mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Pastki qovurg`alararo
arteriyalar qorin mushaklarida yakunlanib, qorin sohasini qon bilan ta’minlashda
qatnashadi. Qovurg`alararo arteriyalardan rami spinales tarmog`i ajralib, orqa
miyaning ko`krak segmentlari qon bilan ta’minlanadi. Orqa qovurg`alararo arteriya
– a. itercostales pasteriores dan quyidagi tarmoqlar jaraladi:
a) r.dorsales – orqaning mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Orqa terisi
soxasida r. cutaneus medialis va r. cutaneus lateralis shoxlariga ajraladi.
b) r. r. spinales – orqa miyaning ko`krak segmentlarini qon bilan ta’minlaydi.
v) r. collateralis – yonlama shoxlar.
g) r. cutaneus lateralis – ko`krak qafasining yon terisini qon bilan
ta’minlaydi.
Uning shoxlari r.r. mammarii lateralis sut bezini qon bilan ta’minlashda
qatnashadi.
2) A. subcostalis – qovurg`a osti arteriyasi.
Bu arteriya r. dorsalis – orqa mushaklariga tarmoq va r. spinalis – orqa
miyaga tarmoq chiqaradi.
3) A. a. phrenicae superiores - diafragmaning ustki arteriyasi – diafragma
mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Ko`krak aortasining visseral tarmoqlari:
1) r.r. bronchiales - bronxlarni va o`pkani arteriya qoni bilan ta’minlaydi.
2). r.r.esophageales – qizilo`ngachni qon bilan ta’minlaydi.
3) r.r. mediastinales – orqa ko`ks oralig`idagi to`qimalarni qon bilan
ta’minlaydi.
Qorin aortasi – aorta abdomienalis.
Qorin aortasidan qorin devoriga pariyetal va a’zolarga visseral tarmoqlar
ajraladi.
Qorin aortasining visseral tarmoqlari toq va juft tarmoqlarga bo`linadi.
Qorin aortasining visseral toq tarmoqlari :
I. Truncus coeliacus – uchta arteriyaga ajraladi: 1) a. gastrica sinistra;
2) a. hepatica communis;
3) a. lienalis.
1. A. gastrica sinistra – me’daning kichik egriligi bo`ylab yo`naladi.
Me’dani va qizilo`ngachning qorin qismini – r.r.oesophagealis qon bilan
ta’minlaydi.
2. A. hepatica communis – umumiy jigar arteriyasidan quyidagi tarmoqlar
chiqadi:
a) a. gastrica dextra – me’daning kichik egriligi bo`ylab yo`nalib chap
me’da arteriyasi bilan birlashadi.
b) a. gastroduodenalis – me’da – 12 barmoqli ichak arteriyasi ikkiga
ajraladi:
a. gastro – omentalis dextra – me’daning katta egriligi bo`ylab yo`naladi;
hamda a. a. pancreaticoduodenales superior posterior – me’da osti bezi va 12
4) r.r.pericardiaci – yurak xaltasi – perikardni qon bilan ta’minlaydi.
barmoqli ichakni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya o`nikki barmoqli ichakga r.r.
duodenales shoxi va oshqozon osti beziga r.r. pancreatici shoxlarini ajratadi.
v) a. hepatica propria – jigarning xususiy arteriyasi - jigar darvozasidan
kiradi va shu sohada o`t pufagiga – a. cystica tarmog`ini ajratadi. A. hepatca
propria jigar ichida: r. dexter o`ng shox va r. sinister chap shoxga ajraladi.
R. dexter shoxidan quyidagi arteriyalar ajraladi;
a) a. cystica – o`t pufagining arteriyasi;
b) a. lobi caudati – jigarning dumsimon bo`lagining arteriyasi;
v) a. segmenti anteriores – jigarning oldingi segmentining arteriyasi;
g) a. segmenti pasterioris – jigarning orqa segmentining arteriyasi;
R. sinister shoxidan quyidagi arteriyalar ajraladi:
a. lobi caudati – jigar dumsimon bo`lagining arteriyasi;
b) a. segmenti medialis – jigarning medial segmentining arteriyasi;
v) a. segmenti lateralis – jigarning lateral segmentining arteriyasi.
Jigarning qolgan segmentlarini jigar xususiy arteriyasining oraliqdagi shoxi –
r. inetrmedius qon bilan ta’minlaydi
3. I. A. lienalis – taloqni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyada quyidagi
tarmoqlar chiqadi:
a) R. pancreatici – me’da osti bezini qon bilan ta’minlaydi; Bu shox quyidagi
arteriyalarga ajraladi:
a.pancreatica dorsalis – oshqozon osti bezining orqa arteriyasi; a.
pancreatica inferior - oshqozon osti bezining pastki arteriyasi; a. prepancratica
– oshqozon osti bezi oldidagi arteriya; a.pancreatica magna – oshqozon osti
bezining katta arteriyasi; a. cauda pancreatis oshqozon osti bezining dum
qismining arteriyasi.
b) a. gastroomentalis sinistra – me’daning katta egriligi bo`ylab yo`nalib,
o`ng tarafdagi shunday arteriya bilan birikadi. Bu arteriyadan r.r. gastrici –
oshqozonga shoxlar va – r.r.omentales – katta charviga shoxlar, a. gastricae
breves – me’daning qisqa arteriyalari, a. gastrica posterior – oshqozonning orqa
yuzasiga tarmoqlar chiqadi.
A. lienalis ning oxirgi qismlari taloq ichida tarmoqlanadi.
II. A. mesenterica superior – yuqorigi tutqich arteriyasi – qorin aortasining
toq tarmog`idir. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraydi :
1) a. pancreaticoduodenalis inferior – me’da osti bezini hamda 12 barmoqli
ichakni qon bilan ta’minlaydi. SHunday yuqorigi arteriya bilan o`zaro qo`shiladi.
R. anterior – oldingi va r. posterior orqa shoxchalar ajraladi.
2) a. jejunales – och ichak arteriyalari.
3) a. ileales – yonbosh ichak arteriyalari.
4) a. iliocolica – yonbosh ichakni va ko`r ichak sohalarini qon bilan
ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) a. caecalis anterior – ko`r ichakning oldingi arteriyasi;
b) a. caecalis posterior – ko`r ichakning orqa arteriyasi;
v) a. appendicularis – chuvalchangsimon o`simtaning arteriyasi;
g) r. ilealis – yonbosh ichak shoxi;
d) r. colicus – chambar ichak shoxi;
5) a. colica dextra – yo`g`on ichakning ko`tariluvchi qismini qon bilan
ta’minlaydi.
6) a. flexurae dextrae – yo`g`on ichakning o`ng bukilish sohasining
arteriyasi.
7) a. colica media – yo`g`on ichakning ko`ndalang chambar ichak sohasini
qon bilan ta’minlaydi.
Korin bo`shlig`i a’zolarining arteriyalari.
1 - pars abdominalis aortae;
2 - truncus coeliacus;
3 - a. gastrica sinistra;
4 - a. lienalis;
5 - a. hepatica communis;
6 - a. gastrica dextra;
7 - r. dextra a. hepoticae propriae;
8 - r. sinister a. hepoticae propriae;
9 - a. cystica;
10 - a. gastroduodenalis;
11 - a. gastroepiploica dextra;
12 - a. gastroepiploica sinistra;
13 - a. pancriaticoduodenalis superior;
14 - a. pancriaticoduodenalis inferior;
15 - a. masenterica superior;
16 - a. colica media; 17 - a. colica dextra;
18 - a. ileocolica; 19 - a. apendicularis;
20 - arcus Riolani; 21 - a. masenterica inferior;
22 - a. colica sinistra; 23 - a. sigmoidea;
24 - a. rectalis superior; 25 - a. iliaca communis; 26 - iliaca externa;
27 - iliaca interna; 28 - a. rectalis media.
Yo`g`on ichak arteriyalarining tarmoqlari o`zaro qo`shilib, chambar ichak
yoyi – arcus marginalis coli ni – hosil etadi.
III. A. mesenterica inferior – pastki tutqich arteriyasi quyidagi tarmoqlarni
chiqaradi:
1) a. ascendens – ko`tariluvchi arteriya – ko`ndalang chambar ichakning chap
bo`kilish sohasiga yo`naladi.
2) a. colica sinistra – yo`g`on ichakning tushuvchi qismini qon bilan
ta’minlaydi;
3) a. a. sigmoideae – yo`g`on ichakning S-simon ichak qismini qon bilan
ta’minlaydi;
4) a. rectalis superior – to`g`ri ichakning yuqori qismini qon bilan
ta’minlaydi.
Qorin aortasining visseral juft tarmoqlari:
1. A. suprarenalis media – buyrak usti bezini qon bilan ta’minlaydi.
2. A. renalis – buyrakni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan buyrak usti
beziga – a. suprarenalis inferior tarmog`i chiqadi. Buyrak arteriyasi A.
renalis dan buyrak atrofidagi kapsulaga – r.r. capsularis tarmoqlari ajraladi.
Buyrak ichida esa – a. renalis oldingi shox – r. anterior va orqa shox
r.posterior ga ajraladi.
Xar bir shox buyrak segmentlarining arteriyasiga tarmoqlanadi.
Ramus anterior – tarmoqlari:
a) a. segmenti superioris – bo`yrakning yuqori segmetining arteriyasi;
b) a. segmenti anterioris superioris – bo`yrakning oldingi yuqori segment
arteriyasi;
v) a. segmenti anterioris inferioris – bo`yrakning oldingi pastki segment
arteriyasi;
g) a. segmenti inferioris – bo`yrakning pastki segment arteriyasi.
Ramus posterior shoxidan – a. segmenti posterioris – orqa segment
arteriyasi ajraladi.
Buyrak arteriyasidan siydik nayi shoxlari – r.r. ureterici ajraladi.
Buyrak arteriyasining buyrak ichidagi tarmoqlarig a ta’minlaydi. Bu
arteriyadan buyrak usti beziga – a. suprarenalis superior tarmog`i ajraladi.
2. A. a. lumbales – bel sohasini – r. dorsalis shoxi qon bilan ta’minlaydi.
Orqa miyani qon bilan ta’minlash uchun r. spinales tarmog`ini ajratadi. Bel
arteriyalari qorin mushaklarini ham qon bilan ta’minlaydi.
3. A. sacralis mediana - qorin aortasining pariyetal toq tomiri bo`lib,
chanoq devorini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan belning eng pastdagi
arteriyalari – a.a. lumbales imae; dumg`azaning lateral shoxlari – r.r. sacrales
laterales ajraladi.
Qorin aortasi IV bel umurtqasi sohasida ikkita umumiy yonbosh arteriyalari –
a. iliaca communis dextra et sinistra ga ajraladi. Qorin aortasining bo`linish
sohasi – bifurcario aortae deyiladi.
O`z navbatida har bir umumiy yonbosh arteriyasi: tashqi yonbosh arteriyasi –
a. iliaca externa ga, hamda ichki yonbosh arteriyasi – a. iliaca interna ga
bo`linadi.
a a.a. intrarenales deb ataladi
3. A. testicularis – (erkaklarda) – moyakni qon bilan ta’minlash uchun, chov
kanali orqali o`tib, yorg`oq bo`shlig`iga tushadi. Bu arteriyadan siydik nayi
shoxlari – r.r ureterici va moyak ortig`i uchun – r.r. epididymalis shoxlari
ajraladi.
4. A. ovarica - (ayollarda) tuxumdon arteriyasidan siydik nayi shoxlari – r.r.
ureterici va bachadon naylari uchun shoxlar – r.r. tubarii ajraladi.
Qorin aortasining pariyetal tarmoqlari:
1. A. phrenica inferior – diafragmani ostki yuzasini qon bil
Yuqori tutqich arteriya.
1 - omentum majus, 2 -
peritoneum viscerale, 3 - a.
colica sinistra, 4 - a.
mesenterica superior, 5 - v.
mesenterica superior, 6 - aa.
et vv. jejunales, 7 - aa.
intestinales, 8 - appendix
vermiformis, 9 - a. et v.
appendiculares, 10 - aa. et
vv. ilei, 11 - colon ascendens,
12 - a. ileocolica, 13 - a.
colica dextra,14 - r.
ascendens a. colicae dextrae,
15 - a. colica media, 16 - pancreas, 17 - r. descendens a. colicae mediae, 18 -
arcus arteriosus, 19 - colon transversum.
Pastki tutqich arteriyasi.
1 - omentum majus, 2 colon
transversum, 3 - pancreas, 4 - a.
colica media va a. colica sinistra
orasidagi anastomoz, 5 - v.
mesenterica inferior, 6 - colon
descendens, 7 - a. mesenterica
inferior, 8 - aorta abdominalis, 9 -
a. et v. colicae sinistrae, 10 - aa.
et vv. sigmoideae,11 - a. et vv.
rectales
superiores,
12
-
peritoneum
viscerale,
13
-
peritoneum parietale, 14 - v.
iliaca communis sinistra, 15 -
colom sigmoideum, 16 - vesica urinaria, 17 - rectum, 18 - caecum, 19 - appendix
vermiformis, 20 - mesoappendix, 21 - a. iliaca communis sinistra, 22 - v. cava
inferior, 23 - radix mesenterii (kesilgan), 24 - intestinum tenue, 25 - mesenterium,
26 - a. et v. colicae mediae.
Ichki yonbosh arteriyasi – a. iliaca internae.
Ichki yonbosh arteriyasi – a. iliaca internae – chanoq devorlarini qon bilan
ta’minlaydigan pariyetal guruh arteriyalariga va chanoq sohasidagi a’zolarni qon
bilan ta’minlaydigan visseral guruh arteriyalariga bo`linadi.
Pariyetal arteriyalar.
1. A. iliolumbalis – yonbosh – bel arteriyasi – yonbosh suyagi va bel
sohalaridagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar
ajraladi:
a) r. lumbalis – bel sohasini qon bilan ta’minlaydi;
b) r. spinalis – orqa miyani qon bilan ta’minlaydi;
v) r. iliacus – yonbosh sohasini qon bilan ta’minlaydi;
2. A. sacralis lateralis – dumg`azaning yon arteriyasi. CHanoq sohasidagi
m. piriformis, m. levator ani va dumg`aza chigalini qon bilan ta’minlaydi. Bu
arteriya orqa miyani qon bilan ta’minlaydigan r.r. spinales shoxlarini ajratadi.
3. A. glutea superior – dumbaning yuqorigi arteriyasi. CHanoq bo`shlig`idan
foramen suprapiriforme teshigi orqali chiqadi va dumba sohasini qon bilan
ta’minlaydi. Bu arteriya yuzaki shox – r. superficialis va chuqur shox – r.
profundus larga ajraladi. CHuqur shoxdan esa maydaroq bo`lgan yuqori shoxlar –
r. superior va ostki shox – r. inferior lar ajraladi.
4. A. glutea inferior – dumbaning ostki arteriyasi. CHanoq bo`shlig`idan
foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi va dumba sohasini qon bilan
ta’minlaydi. Bu arteriyadan o`tirg`ich nervi bilan birga yo`naladigan apteriya – a.
comitans nervi ischiadici ajraladi.
5. A. obturatoria – yopqich arteriyasi – shu nomli kanal orqali o`tadi – m.
obturatorius externus va sonning medial guruh mushaklarini qon bilan
ta’minlaydi. Bu arteriyaning muhim tarmog`i – ramus acetabularis – chanoq
suyagining sirka kosasiga incesura acetabuli tirqishi orqali o`tadi va son
suyagining boshchasi xamda lig. capitis femoris ni qon bilan ta’minlaydi.
Ichki yonbosh arteriyasining visseral tarmoqlari.
1. A. umbilicalis - kindik arteriyasi - embrion taraqqiyotida homiladan
qonning chiqib ketishini ta’minlaydi. Tug`ilgandan so`ng, arteriyaning ko`pchilik
qismi kindik bilan birlashtiruvchi lig. umbilicale mediale boylamiga aylanadi.
Arteriyaning boshlang`ich ochiq qismi – pars patens dan ko`yidagi tarmoqlar
ajraladi: a) a. vesicales superior – siydik qopchasining yuqorigi arteriyasi; b) r.r.
ureterici – siydik nayining shoxlari; v) a. ductus deferentis (erkaklarda) urug`
olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi.
Kindik arteriyasi yopiq qismi – pars occlusa – kindik arteriyasining boylami
– chorda a. umbilicalis ga aylanadi.
2. A. ureterici – siydik nayini qon bilan ta’minlaydi.
3. A. vesicalis inferior – siydik qopchasini qon bilan ta’minlaydi Bu
arteriyadan erkaklarda prostata bezi uchun – r.r. prostatici tarmoqlari ajraladi
4. A. ductus deferentis – erkaklarda bo`lib, urug` tizimchasining tarkibida
yo`naladi va moyakni hamda urug` olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi.
5. A. uterina – ayollarda bo`lib, bachadonni, qin sohasini, bachadon
naylarini va tuxumdonlarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi
tarmoqlar ajraladi:
a) r.r. helicini – bachadonga yo`naluvchi burama shoxlar;
b) r.r. vaginales – qin sohasini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
v) r. ovaricus – tuxumdonni qon bilan ta’minlaydigan shox;
g) r. tubarius – bachadon nayini ta’minlaydigan shox;
6. A. vaginalis – ayollarda bo`lib, qinning xususiy arteriyasi deyiladi.
7. A. rectalis media – to`g`ri ichakning o`rta sohasini qon bilan ta’minlaydi.
Bu arteriyadan ayollarda qinni qon bilan ta’minlaydigan shoxlar – r.r.vaginales,
erkaklarda esa prostata bezini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar – r .r.prostatici
ajraladi.