YER PO‘STI, YER PO‘STINING TARKIBI,YER PO‘STI TUZULISHINING ASOSIY
QIRRALARI
Kirish.
I-bob. Litosfera va Yer po’stining tarkibi va tuzulishi.
I.1. Litosfera va uning tuzilishi
I.2 Yer po’sti haqida tushunsha.
II-bob. Okean va Materik yer po’sti, platformalar, geosinklinallar.
II.1 Materik yer po’sti, platformalar, geosinklinallar.
II.2 Okean yer po’sti va uning tuzulishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Yer poʻsti — ichki geosferalar ichida bevosita oʻrganish imkoniyati boʻlgan
yagona geosfera. Shuning uchun ham Yer poʻstining strukturasini oʻrganish faqat Yer
poʻstini emas, balki umuman Yerning rivojlanishi tarixi toʻgʻrisida fikr yuritish uchun
muhimdir. Yer poʻsti 2 asosiy qism — materik Yer poʻsti va okean osti Yer poʻstidan
iborat, shulardan materiklar Yer poʻsti yaxshiroq oʻrganilgan. Materikdagi Yer
poʻstining eng qad. tarkibiy unsurlari qad. (tokembriy) platformalar — tektonik
jihatdan kam harakat qiladigan (barqaror) keng quruqliklardir. Platforma
hududlarining anchagina qismi geologik tarix davomida deyarli gorizontal yotgan
choʻkindi jinslar bilan qoplangan plitalarga aylangan. Ularning ostida qad.
burmalangan fundament joylashgan. Bunday fundament choʻkindi jinslar boʻlmagan
qalqonlarda yuzasiga chiqib qolgan va burmalangan metamorfik jinslardan tashkil
topgan, bularni asosan granit tarkibli chuqur magmatik intruziyalar yorib chiqqan. Qad.
platformalar bir-biridan faol geosinklinal mintaqalar bilan ajralgan; geosinklinal
mintaqalar bir qancha geosinklinal sistemalardan iborat. Geosinklinal mintaqalar
uzunasiga oʻnlarcha ming km ga choʻzilgan, ularda Yer poʻsti qalin, katta amplitudali
vertikal qarakatlar sodir boʻlgan, togʻ jinslari kuchli burmalangan, vulkan harakatlari
faollashgan va seysmik harakatlar shiddatli tus olgan.
Okean osti yer poʻsti kam oʻrganilgan va bu sohada koʻproq faraz qilinadi. Keng
va nisbatan tekis boʻlgan okean tubida vulkanizm kam, seysmik harakatlar sust, Yer
poʻstining vertikal harakatlari sekin oʻtadi. Bunday maydonlar okean platformalari deb
ataladi. Ayni vaqtda okean ostida tektonik harakatlar boʻlib turadigan zonalar ham bor,
ular okean rift mintaqalari deb ataladi va butun okeanlar boʻylab oʻrtaliq togʻ tizmalari
shaklida choʻzilib yotadi. Ularda vulkanizm, kuchli seysmiklik va Yer qaʼridan
keladigan issiklik oqimi katta. Tizmalari boʻylama ketgan yoriqlari bilan
murakkablashgan shunday joylarda qator chuqur rift botiklari paydo boʻlgan. Materik
va okean osti Yer poʻstlarining oʻzaro strukturaviy nisbatiga koʻra ularning bir-biridan
prinsipal farq qiladigan 2 tipini ajratish mumkin. Atlantika tipi deb ataluvchi birinchisi,
asosan Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga xos. Bu da materik va okean
chegarasi materik poʻsti strukturalarini koʻndalangiga kesib oʻtadi, undan okean osti
Yer poʻstiga oʻtishi esa keskin boʻlib „granit“ qatlamini materik yon bagʻriga kirib
yoʻqolishidan amalga oshadi. Ikkinchi, yoki tinch okean tipi Tinch okean chekkalari,
Atlantika okeanining Karib dengizi va orollari, Jan. Gebrid o.lari va Hind okeanining
Indoneziya qirgʻoklariga tegishlidir. Bunga mezozoy va kaynozoy burmali sistemalari
va hozirda zamon geosin-klinallarining kontinent chetiga parallel yotishi xosdir. Oʻtish
zonasi tarkibida geoantiklinal koʻtarilmalar mavjud. Hozirda relyefda bular orollar
yoyining togʻlik arxipelagi koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bular bilan chekka
dengizlarning chuqur suv osti botiklari va kambar uzun okean novlari koʻrinishidagi
geosinklinal bukilmalar yonma yon joylashgan.
I-bob. Litosfera va Yer po’stining tarkibi va tuzulishi.
I.1. Litosfera va uning tuzilishi
Hozirgi vaqtda yuqori mantiya bazalt va o’rta asosli jinslardan tashkil topganligi
aniq bo’lib qoldi. Seysmik to’lqinlarning yuqori tezligiga ega bo’lgan yuqori
mantiyaning ustki qismiga ajratiladi. Yuqori manteyaning bu qattiq moddali Yer
qobig’I bilan birga litasfera deb ataladi. Demak litosfera yuqori mantiyaning
debledlashgan ustki qismi va yer qobig’ini o’z ichiga olib, uning tuzilishi va tarkibi
Yerning geologik tarixi va moddasining differentsiyastsiyasi xususiyatlarini to’liq aks
ettiradi.
Litosferaning peridotitli magnezial-silikatli quyi va asosan, alyumosilikatli ustki
qismlarga ajralishi aniq aks etganligi tufayli ular orasidagi chegara Yer kesmasidagi
bosh petrofial bo’limlar qatoriga kiriti 43 laishi bejiz emas.
Restitli qatlam litosferaning pastki qismini tashkil etadi. Qisman erish natijasida
bazalt fazasi chiqib ketadi va yuqori mantiya ancha qiyin eridigan minerallardan iborat
bo’lib qoladi. Adabiyotlarda bunday jinslar restitit nomini olgan. Qisman erigan va
bazalt qismini yo’qotgan mantiya “debletlashgan” deb yuritiladi. Uning tarkibi
tuzilishi haqida burmalangan (geosinklinal) oblastlardagi ofiolit komplekslar o’rta-
okean tizmasining rift vodiylari va transform Yer yoriqlari bo’ylab mantiyaning hozirgi
zamon ochilmalari hamda Yer qobig’idagi matematik jinslar ichidagi turli ksenolitlar
tarkibi bo’yicha xulosalar chiqarilingan.
Litosfera yunon tilida “Tosh o’ran” ma’nosini anglatadi.Yerning qattiq
xolatidagi tashqi o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km quruqlikda 30-40km va
tog’li o’lkalarda 70-80kmgacha boradi, u cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’
jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan bo’lib,
ularning qalinligi 20kmgacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga yetadi. Ular
tarkibi bo’yicha chaqiq, kimyoviy va organik chiqindilardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin.
Cho’kindilarning ostida 10-40km qalinlikdagi granid qobig’I joylashgan
bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granid va okean cho’kinlari qobig’i ostida
bazalt qobig’i joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5-7 km va quruqlikda 20-
30kmga boradi.
Yerning tosh o’rami satxining tashqi tuzilishiga relyef deyiladi. Relyefning
shakillanishi uning yoshini morfologik tuzilishini, o’zgarishini va tarqlishi
qonuniyatlarini Geomorfologiya fani o’rganadi. Yer satxining tuzilishi, tarixiy
taraqiyoti, unda hayotning rivojlanishi asosan yerning ichki qismida vujudga keladigan
tektonik jarayonlarga va iqlimga bog’liqdir.
Yerning muz qoplamagan quruqlik sathi 133,4 mln km bo’lib , uning 55,7 mln
km2 tropik, 24,3 mln km2 subtropik, 22,5mln km2 mo’tadil, 21,2mln km2 qutb
mintaqalariga tog’ri keladi.
Litosfera ostida mustaqil qatlam sifatida astenosfera yotadi. Seysmik to’lqinlar
bo’yica kuzatuvlar yordamida okeanlardagi 50kmdan kam chuqurliklarda, qit’alarda
esa 80-120 km oralig’idagi to;lqinlarning tarqalish tezligi mantiyaning ustki
qismidagiga nisbatan kamayadi. Bu kamaygan tezliklar qatlami pastdan ham katta
seysmik tezliklar sferasi bilan chegaralangan.
Ushbu yuzalardan to’lqinlarning qaytishi tufayli ular asosan shu qatlamining
ichida tarqaldi. Shuning uchun ham seysmik “volnovod”deb nomlangan. Uni aynan
astenosferaga o’xshatishadi. U lateral yo’nalish bo’yicha bir jinsli emas. Okeanlarda
uning ustki yuzasi 50kmga yaqin va o’rta okean tog’ tizmalari ostida yer yuzasiga 10-
15 kmgacha yaqinlashib keladi. Ostki yuzasininh chuqurligi 400kmdan oshmedi.
Kontinentlarda o’zining tuzilishi bo’yicha astenosfera juda ham turli tarkibga ega.yosh
tog’li o’lkalar ostida (Alp,Kavkaz,Tyanshan) uning ustki yuzasi 80 kmgacha. Rift
zonalarida esa 50-60kmgacha ko’tariladi. Yer qobig;ining eng tug’un oblastlari-
qadimiy platformalar qalqonlari ostida astenosfera kuchsiz ifloslangan.100dan
200kmgacha chuqurliklarda u bir-biridan ajralgan astenolinzalardan tuzilgan, nisbatab
kichik qalinlikdagi qatlamlardan iborat.
Astenosfera Yer litosferasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Astonosferada magma va yer qobig’ moddasining parchalanishi va saralanish
jarayonlarini o’zagi joylashgan, litosfera plitalari harakatlarini ta’minlovchi
astenosferaning geodinamik hossalari ham katta ahamiyatga ega. Astenosfera-lateral
yo’nalishda yakka jinsli emas. Okeanlar tagida u aniq ifodalanadi va katta qalinlikka
ega.qadimiy kontinentlar plitalar, ayniqsa, arxey kratonlari ostida litosferaning 200-
350km va undan ortiqroq chuqurliklarda yuqori mantiyaning tuzilishi mutloqo
boshqacha ekanligi aniqlangan. Yuqori mantiya osti moddalar o’zining umumiy
tarkibini saqlagan holda fazaviy o’zgarishlarga uchredi va shu tufayli uning fizik
hossalarini o’zgaradi. Bunday o‘zgarishlarni bir necha sathi kuzatiladi. Ularning
orasida 410km va 660-670km chuqurlikdagi sathlar juda muhim hisoblanadi. Yer
kesmasi ustki qismidagi bunday qatlanish Yer qobig’I va butun yerning tuzilishi va
rivojlanishini anglashda katta ahamiyatga ega. Litosfera sathidan insoniyatning
yashashi uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari va q. azilma qazib olishda
foydalaniladi. Ochiq usulda qazib olinadigan konlarning chuqurligi 800metrga, yopiq
usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3-4kmga yetadi. BMTning
ma’lumotlariga ko’ra 1972-yilda dunyo bo’yicha 3231100 ming tonna ko’mir,
2646290ming tonna neft, 600200 ming tonna temir rudasi, 75180 ming tonna boksit,
3660 ming tonna xrom rudasi , 7300 ming tonna mit, 3350 ming tonna qo’rg’oshin,
5430 ming tonna rux rudasi va boshqalar qazib olingan.
Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning o’zgarishi
o’simliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Yevropada birinchi marta
kalmiklar yerida 500ming gektarli dast paydo bo’lgan ( u har yili 50 ming gektarga
kengayib bormoqda)
I.2 Yer po’sti haqida tushunsha.
„Qattiq“ Yerning ustki qismi — Yer poʻsti tarkibi nihoyatda xilma-xil va eng
murakkab sferadir. Olimlarning fikriga koʻra, Yer poʻstining qalinligi quruqlikda 20—
80 km, okeanlar tubida 5—10 km. Oʻrta Osiyoda Yer poʻstining qalinligi tekisliklarda
35 km, togʻlik joylarda 50—80 km. Yer poʻsti bir necha tipga boʻlinadi; ulardan koʻp
tarqalganlari materik va okean osti Yer poʻstidir. Materik Yer poʻsti 3 qatlamdan
iborat: ustki — chukindi qatlam (10 km dan 20 km gacha), oʻrta — shartli ravishda
„granit“ qatlam deb ataladigan qatlam (10 km dan 40 km gacha) va quyi — „bazalt“
qatlami (10 km dan 80 km gacha).
Rotatsion gipotezaga ko`ra, kembriydan ilgarigi platformalar yer yuzasining
epeyrogenik markazlarida, ya`ni intruziya harakatlari eng kuchli bo`lgan joylarda
vujudga kelgan. Bu markazlar 62° sh. k. va 20° j. k. parallellari 15° shq. u (Sharqiy
evropa va Afrika platformalari), 75° g`.u. (ikkala Amyerika platformalari) va 105°
shq.u. (Sibir`, Xitoy va Avstraliya platformalari) aktiv myeridiani bilan kesishgan
yerdadir.
Yer yuzasining tuzilishida Yer poʻstini butunlay kesib oʻtadigan va koʻpincha
mantiyagacha boradigan chuqur Yer yoriqlari muhim rol oʻynaydi. Ular Yer poʻstini
relyefda yaxshi ifodalanib turadigan katta boʻlaklarga ajratib turadi. Yirik Yer yoriqlari
okeanlar tubida kenglik va subkenglik boʻyicha 1000 km gacha choʻzilgan. Bunday Ye
yoriqlari okean oʻrtaliq tizmalarini kesib oʻtgan, ularni biri ikkinchisiga nisbatan 10—
100 km ga siljigan segmentlarga ajratib yuborgan va relyefda tepalik, kambar botiqlar
va ular ustidan koʻtarilgan togʻ tizmalari shaklida namoyon boʻlgan.
Morfoskulpturalar. Morfoskulpturalarning shakllanishida dare va vaqtincha oqar
suvlarning roli katta. Suv keng tarqalgan flyuvial (erozion va akkumulyativ) shakllarni
(daryo vodiylari, soyliklar, jarlar va b.) hosil qilgan. Muzlik shakllari ham koʻp. Ular
xoz. va kad. muzliklar faoliyati bilan bogʻliq. Osiyo va Shim. Amerikada koʻp yillik
muzloq qatlamli jinslar tarqalgan joylarda turli shakldagi muzlagan yerlar (kriogen)
relyefi rivojlangan. Choʻl va chala choʻl oʻlkalarda fizik nurash, shamol va vaq-tincha
okar suv oqimlari tufayli yuzaga kelgan arid relyef shakllari keng tarqalgan.
Kembriydan ilgari yer po`stining hamma joyi juda harakatchan bo`lgan, undan g`oyat
ko`p vulkan jinslari oqib chiqib turgan. Otqindi jinslardan arxey yerasining granitli
massivlari-materiklarning dastlabki va bo`lajak yadrolari hosil bo`lgan. Bu yadrolar
platformalar aoosini tashkil etgan (latincha Platum-tekislik demak).
Kembriydan oldingi eng qadimiy platformalar yer sharida kenglik bo`yicha ikki
qator bo`lib joylashgan. birinchisi shimoliy o`rtacha kengliklarda joylashgan bo`lib, u
Shimoliy Amyerika (bunga Grenlandiya ham kiradi), Sharqiy evropa va Sibir`
platformalaridan iborat. Ikkinchi qator ekvatorial materiklarning platformalarini-
Janubiy Amyerika, Afrika (Arabiston bilan), Hindiston, Xitoy va Avstraliya
platformalarini tashkil etadi. Chekkada Antarktida platformasi bor.
Materiklardagi kembriydan ilgarigi vujudga kelgan yadrolarning qanday
geografik kengliklarda joylashganligini ko`rib chiqar ekanmiz, ular geografik uzoqlik
bo`yicha uch qator hosil qilganligini ko`ramiz, bular Shimoliy va Janubiy Amyerika
qatori; Sharqiy evropa va Afrika qatori; Sibir`, Xitoy va Avstraliya qatori. Hindiston
va Antarktida qatorlar hosil qilmagan. “ Yerning tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari
haqida, asosan, taxminiy maʼlumotlargina mavjud, chunki Yer poʻstining faqat eng
ustki qisminigina bevosita kuzatish imkoniyati bor. Yer qaʼrining eng chuqur
qatlamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar esa turli xil bilvosita (asosan, seysmologiya,
gravimetriya, geotermiya, magnitometriya, geofizika, Yer tebranishi chastotasini
oʻlchash va b.) tadqiqot usullari bilan olingan. Bulardan eng ishonchlisi — zilzila
toʻlqinlarining Yerda tarqalish yoʻllari va tezligini oʻrganishga asoslangan seysmik
usuldir. Bu tadqiqotlar asosida Yer 3 geosfera: Yer poʻsti, mantiya va yadrodan
tuzilganligi isbotlandi.
II-bob. Okean va Materik yer po’sti, platformalar, geosinklinallar.
II.1 Materik yer po’sti, platformalar, geosinklinallar.
Yer poʻsti materik qismining tarixi yaxshiroq oʻrganilgan, ana shu qismda qad.
(tokembriy) platformalar bundan 1500—1600 mln. yilcha oldin tarkib topgan; bular
Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Sibir (Rossiya); Xitoy-Koreya, Jan. Xitoy va
Hindiston, Afrika, Avstraliya, Jan. Amerika va Shim. Amerika (Kanada), shuningdek,
Antarktida platformalaridir. Materiklar Yer poʻsti tarixi geosinklinal sistemalardan
iborat geosinklinal mintaqalarning tarkib topish tarixidan iborat .
Fanerozoy geosinklinal sistemalarining koʻpchiligi tektonik sikllar davomida
vujudga kelgan. Tektonik sikllardan har birining boshlanishi va oxiri turli hollarda
oʻnlarcha mln. yil farq qilsa ham, bu sikllar materik Yer poʻsti strukturasi umumiy
evolyusiyasining tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Bulardan ikkitasi — kaledon va gersin
sikli paleozoy erasiga toʻgʻri keladi (bundan 570—248 mln. yil oldin oʻtgan). Mana
shu sikllar oxirida tugagan kaledon va gersin burmalanishi eng katta epipaleozoy yosh
platformalarining fundamentlarini hosil qilgan. Bundan keyingi tektonik tarix
koʻpincha yagona alp sikli deb qaraladi (q. Alp burmalanishi). Birok, bu sikl ham Yer
sharining muayyan qismlari taraqqiyotida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha
kichik sikllarga ajraladi (mezozoy sikli, haqiqiy alp sikli, kaynozoy sikli).
Butun tektonik sikl davomida vertikal harakatlarning davriy takrorlanib turishi
(sikl boshida yerning koʻproq choʻkishi va sikl oxirida koʻproq koʻtarilishi) har safar
Yer yuzasi relyefining oʻzgarishiga, transgressiya va regressiya boʻlib turishiga olib
kelgan. Bu davriy harakatlar choʻkindi jinslar tabiatiga, shuningdek, iklimga taʼsir
etgan, oqibatda iklim davriy ravishda oʻzgarib turgan. Paleozoyda Braziliya, Jan.
Afrika, Hindiston va Avstraliyani vaqti-vaqti bilan muz bosgan. Shim. yarim sharning
bir qancha joylarini oxirgi marta antropogenda muz qoplagan.
Har bir tektonik siklning birinchi yarmida materiklarni koʻproq dengiz
bosgan — platformalar va geosin-klinallarning koʻproq qismi suv ostida qolgan.
Dengizlarda dastlab koʻproq qumgillar choʻkkan, dengizlar maydoni kengaygan sari
ohaktoshlar toʻplanishi koʻpaya borgan. Sikl oʻrtalariga kelib Yer poʻsti tobora
koʻtarila borgach dengiz chekingan, quruqlik va geosinklinallarda togʻlar paydo
boʻlgan. Tektonik sikl oxirlarida deyarli hamma joyda materiklar dengiz havzalaridan
xoli boʻlgan. Botiklarda paydo boʻladigan choʻkindi jinslar ham oʻzgargan. Dastlab
dengiz choʻkindilari qum, gillardan iborat boʻlgan, sayoz va berk dengiz havzalarida
esa suvning bugʻlanib ketishidan xemogen laguna yotqiziqpari (tuz, gips) hosil
boʻlgan. Choʻkindi hosil boʻlish sharoiti davriy oʻzgarib turganidan, turli tektonik
sikllarning bir xil bosqichlarida hosil boʻlgan choʻkindi formatsiyalari bir-biriga
oʻxshaydi. Bu esa bir qancha hollarda choʻkindi foydali qazilma konlarining hosil
boʻlishiga olib kelgan. Mac, eng katta toshkoʻmir konlari gersin va alp sikllarining
endigina Yer poʻsti koʻtarila boshlagan bosqichlarida vujudga kelgan. Tektonik
sikllarinng oxirlarida osh va kaliy tuzining yirik konlari hosil boʻlgan.
Platformalarda geologik tarix davomida tektonik harakatlar bir necha bor
kuchaygan. Bu neogen oxirida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlgan — kaledon yoki
gersin sikllari oxirlarida paydo bulgan va tekislanib qolgan togʻlar (mas, Tyanshan,
Oltoy, Sayan togʻlari va b.) bu paytda platformalarda yana baland koʻtarilib qolgan;
xuddi ana shu davrda yirik grabenlar — rift sistemalari (Baykal riftlari, Sharqiy Afrika
grabenlari) vujudga kelgan.
Tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro taʼsiridan Yer yuzasining tabiati butun
geologik tarix davomida oʻzgarib turgan. Relyef, materik va okeanlarning qiyofasi,
iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bir necha bor oʻzgargan. Organik dunyo
taraqqiyoti Yer taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan chambarchas bogʻliqdir; ana
shu bosqichlar orasida nisbatan tinch davom etgan uzok, davrlar bilan birga Yer poʻsti
hamda yuzasidagi tabiiy sharoit qisqa vaqt davomida uzgarib ketgan davrlar ham
boʻlgan.
Organik dunyoning rivojlanish tarixi. Yerda hayotning paydo boʻlishi va uning
dastlabki taraqqiyot davri toʻgʻrisida turli gipotezalar mavjud. koʻpchilik olimlarning
fikriga koʻra, biologik evolyusiyadan oldin suv xavzalarida aminokislotalar, oqsillar
va b. organik birikmalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq, uzoq davom etgan kimyoviy
evolyusiya boʻlib oʻtgan. Dastlabki atmosfera tarkibida kislorod boʻlmagan.
Atmosfera, asosan, metan, karbonat angidrid, suv bugʻi va vodoroddan tashkil topgan
boʻlib, kislorod birikkan holda boʻlgan. Evolyusiya tufayli dastlabki murakkab organik
birikmalardan asta-sekin ibtidoiy organizmlar vujudga kelgan. Ular oqsil va nuklein
kislotadan tarkib topgan va irsiy oʻzgarish qobiliyatiga ega boʻlgan Tabiiy tanlanish
taʼsirida koʻproq takomillashgan va organik moddalar bilan oziqlangan ibtidoiy
organizmlargina yashab qolgan Keyinroq anorganik moddalardan kimyoviy sintez va
fotosintez yoʻli bilan organik moddalarni sintez qila oladigan organizmlar paydo
boʻlgan Fotosintez tufayli hosil boʻladigan erkin kislorod atmosferada toʻplana
borgan. Avtotrof organizmlar kelib chiqishi bilan oʻsimlik va hayvonlar evolyusiyasi
uchun keng imkoniyat tugʻilgan.
Hayot tarixi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayvon va oʻsimliklarning tosh
qotgan qoldiqlari va ular faoliyatining izlariga qarab oʻrganiladi. Pekin bu maʼlumotlar
toʻla emas, chunki koʻpgina organizmlar, xususan skeletsiz organizmlar butunlay
yoʻqolib ketgan.
Organizmlar hayot faoliyatining eng qad. izlari bundan 2,6—3,2 mlrd. yil va
undan ham oldinroq paydo boʻlgan arxey jinslarida saqlangan; ular bakteriya va koʻk-
yashil suvoʻtlar qoldiqlaridan iborat. Proterozoy jinslarida to-pilgan organik moddalar
ancha xilma-xildir. Quyi proterozoydan aksari suvutlar (stromatolitlar) va bakteriyalar
(jumladan, temir rudasi konlari hosil qilgan temir bakteriyalari) hayot faoliyati
mahsulotlari topilgan. Pro-terozoyda dastlabki koʻp hujayrali hayvonlar paydo bulgan,
chunki proterozoy oxiridagi yotqiziklarda skeletsiz bir qancha hayvonlar — bulutlar,
meduzalar, marjonlar, chuvalchang va b. baʼzi organizmlarning izlari va yadrolari
aniqlangan. Meduzalar qoldigʻi koʻp topilganidan proterozoy oxirini „meduzalar asri“
deb atashadi. Proterozoyda boshqa organizmlar ham boʻlgan, chunki ilk paleozoy
yotqiziklaridan butun hayvonot olamining deyarli barcha tiplari vakillarining
qoldiqlari va izlari topilgan.
Ilk kembriy va fanerozoy chegarasida organik yoki mineral skeletli
organizmlarning dunyoga kelishi organik dunyo taraqqiyotida juda muhim voqea
boʻldi. Fanerozoy yotqiziklaridagi koʻpdan-koʻp organik qoldiqlar organik dunyo
taraqqiyot tarixining qanday kechganini bilib olish bilan bir qatorda uni muayyan
bosqichlarga (eralar, davrlar va b.) boʻlishga, paleogeografik rekonstruksiya qilishga
(dengiz va kontinentlarning, iklim zonalarining chegaralarini aniqlashga, dengiz
havzalari va materi klar tarixini bilib olishga, oʻtmishda organizmlarning qanday qilib
va qaysi sharoitda yashaganini aniqlashga) imkon beradi.
Evolyusiya
muhitga
moslashish
jarayoni
tarzida
borgan
va
irsiy
oʻzgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish uning asosiy omili boʻlgan.
Baʼ-zan organizmlar juda katta sifat uzgarishlariga uchragan (mas, issiq qonli
organizmlar paydo boʻlgan). Evolyusiya, odatda, oddiy shakldan murakkab shaklga
oʻtishdan iborat boʻlgan; bir xil organizmlarning rivojlanishi muhitga uncha
moslashmagan ikkinchi bir xil organizmlarning xalok boʻlib yoʻq boʻlishiga olib
kelgan.
Organik dunyoga qarab aytiladigan boʻlsa, paleozoy erasi ikki bosqichga
ajratiladi. Birinchi bosqich (kembriy, ordovik va silur)da dengiz organizmlari ustun
turgan. Ordovikda dastlabki umurtqalilar paydo boʻlgan. Silur oxirida jagʻ suyakli
chinakam baliklar vujudga kelgan. Ikkinchi bosqich — oʻrta paleozoyda quruqlikda
yashaydigan oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, keng tarqalgan. Devon boshida
birinchi hasharotlar va quruklikda yashaydigan xelitseralilar (chayonlar, urgimchaklar
va kanalar) paydo boʻlgan. Devonda, ayniqsa, baliklar tez taraqqiy etgan, shuning
uchun baʼzan devon davrini „baliklar asri“ deb atashadi.
Paleozoy oxirida (karbon va perm) turli organizmlar, avvalo usimliklar
quruklikni ham egallay boshlagan. Daraxtlar paydo boʻlib koʻpaygan. Oʻrta va kechki
karbonda 3 botanik-geografik oblast: tropik, shim. (Angara) vajan. (Gondvana)
oblastlari paydo boʻlgan. Oʻsimliklar bilan bir qatorda quruklikda yashaydigan
koʻpgina hayvonlar, birinchi navbatda boʻgʻimoyoqlilar (hasharotlar) koʻpaygan,
dastlabki sudraluvchilar vujudga kelgan. Perm davrining oʻrtalarida dengizlarning
hajmi kichraygan, materiklar maydoni kengaygan. Ochiq urugʻlilar — ignabarglilar
keng tarqalgan.
Mezozoy erasining boshlarida suvda yashovchi sudraluvchilar — toshbaqalar,
timsohlar, ixtiozavrlar; quruqlik hayvonlari — birinchi dinozavrlar, ibtidoiy sut
emizuvchilar (triko-nodontlar) paydo boʻlgan. Trias davri oxirida qirqquloklar,
ignabarglilar va b. koʻpaygan. Yura davri oxirida sudraluvchilardan qad. qushlar
(arxeopteriks) kelib chiqqan.
Boʻr davrida tishli qushlar tarqalib, bahaybat dinozavrlar paydo boʻlgan. Boʻr
davri oxirida koʻp organizm guruhlari qirilib ketgan va oʻzgargan.
Kaynozoy erasining boshiga kelganda organik dunyo yanada murakkablashgan.
Bir qancha qushlar va sut emizuvchilar paydo bulgan; miyasi murakkab issiq qonli
qushlar tashqi muhitga nisbatan ancha mustaqil boʻlib, hayotga koʻproq moslashgan.
Baʼzi sut emizuvchilar quruklikda, boshqalari dengizda yashashga, bir xillari uchishga
moslashgan. Tropik, subtropik va muʼtadil botanik-geografik oblastlar yaqqol ajralgan;
tropik va subtropik oblayetlarda doimiy yashil palma va daraxtsimon qirqquloq
(paporotnik) koʻpchilikni tashkil etgan. Moʻʼtadil oblastda ignabargli va kengbargli
oʻrmonlar tarqalgan.
Paleogenning oxiri va neogenning boshida hoz. hayvonlarga oʻxshab ketadigan
umurtqasizlar rivojlanishda davom etgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar yanada
taraqqiy etgan; qushlar kengroq hududlarga tarqalgan. Neogen boshida uch panjali
otlar, karkidonlar, mastodontlar, jirafalar, bugʻular, yirtqichlar (qilich tishli yoʻlbarslar,
sirtlonlar), Gʻarbiy Yevropada tundra, tayga oʻsimliklari tarkib topgan. Yevropa va
Shim. Amerikada oʻtloq oʻsimlikli tekisliklar paydo boʻlgan. Antropogen davrida hoz.
flora va fauna rivojlanishda davom etgan. Shim. yarim sharning hayvonot va oʻsimlik
dunyosi katta muzliklar bosgan davrda juda ham oʻzgarib ketgan. Oʻziga xos baʼzi
hayvonlar (mamont, uzun junli karkidonlar) pay-do boʻlib, yana qirilib ketgan.
Odamning paydo boʻlishi bu davrdagi eng muhim voqea edi.
Platfоrmalar materiklarning asоsiy struktura elementlari bo‘lib, ular
geоsinklinallarga nisbatan kam harakatchan tektоnik rejimi, magmatizm va
zilzilalarning sustligi bilan ajralib turadi. “Platfоrma” atamasini birinchi marta rus
оlimi A.D.Arxangelskiy qo‘llagan (1932).
Platfоrmalarda vertikal tebranma haraktlarning tabaqalanishi, tezligi va
amplitudagi farqlar unchalik katta emas. Shuning uchun platfоrmalar maydоnining
50% dan ko‘prоg’ini pasttekisliklar, baland bo‘lmagan platоlar, yassitоg’lar yoki
Bоltiq, Sariq va bоshqa shelfli (materik sayozlikli) dengizlar egallaydi.
Platfоrmalar zaminining yoshiga qarab, qadimgi va yosh platfоrmalarga
bo‘linadi. Qadimgi platfоrmalarning zamini arxey va prоterоzоy eralarida hоsil
bo‘lgan tоg’ jinslaridan tashkil tоpgan bo‘lib, ustki qismi keyingi davrlarga mansub
jinslardan tuzilgan. Ular materik platfоrmalar оrasida katta maydоnni egalaydi. Bu xil
platfоrmalarga Sharqiy Yevrоpa, Sibir, Shimоliy Xitоy va Kоreya, Janubiy Xitоy,
Hindistоn, Afrika-Arabistоn, Janubiy Amerika, Shimоliy Amerika, Avstraliya va
Antarktida platfоrmalari misоl bo‘ladi.
Janubiy yarim shardagi platfоrmalar shimоliy yarim shardagi platfоrmalardan
quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi; uzоq vaqt davоmida ko‘tarilish cho‘kishdan
ustun bo‘lgan; o‘rtacha balandligi katta: baland tоg’ massivlari uchraydi; qalqоnlar va
kristall jinslar katta maydоnni egallaydi; seysmik harakatlar kuchlirоq; pоrtlash
trubkalari uchraydi. Shimоliy yarim shardagi Sibir va Hindistоn platfоrmalari tuzilishi
jihatidan janubiy platfоrmalarga o‘xshaydi. Janubiy platfоrmalarning relefi tektоnik
harakatlar
natijasida
ancha
balandga
ko‘tarilib
qоlganligi,
Tinch
оkean
cho‘kmalarining mezоkaynоzayda yanada cho‘kishi va rift tizimalarining paydо
bo‘lishi bilan bоg’liq hоlda ancha murakkablashgan.
Qadimgi platfоrmalarning relefida asоsan kenglik zоnalligi aks etgan masalan,
Sharkiy Yevrоpa va Shimоliy Amerika platfоrmalaridagi akkumulyativ tekisliklarda
uchraydigan tepaliklar materik muzliklari keltirilgan yotqiziqlardan hоsil bo‘lgan.
Shimоliy Afrika va Markaziy Avstraliyadagi tekisliklardagi tepaliklar esa eоl
akkumulyatsiyasidan vujudga kelgan.
Platfоrma
qоlqоnlarida
shakllangan
denudatsiоn
tekisliklarning
relef
xususiyatlari denudatsiyaga uchragan jinslarning geоlоgik strukturalariga bоg’liqdir.
Platfоrmaning zaminini tashkil qilgan kristal jinslarining qalqоnlarda yer yuzasiga
chiqib yotishi bu erlarda denudatsiyani uzоq vaqtdan beri davоm etayotganligiga
guvоhlik beradi. Bunday tekisliklar Bоltiq, Kanada va bоshqa qalоqоnlarda
shakllangan. Bundan tashqari qattiq jinsli qalqоnlarda pоg’оnasimоn tekislik va
platоlar, stоlsimоn tоg’lar kuzatiladi.
Platfоrmalar uchun qiya va keng bo‘lib egilgan (sinekliza) va ko‘tarilgan
(antekliza) strukturalar xоs. Ayrim anteklizalar uzоq geоlоgik vaqt davоmida balandga
ko‘tarilishi natijasida cho‘kindi jinslar bilan qоplanmaydi va qalqоn deb ataladigan
strukturalarni tashkil qiladi. Bunday strukturalarga Bоltiq, Kanada, Anabar, Braziliya
va bоshqalar misоl bo‘la оladi. Platfоrmaning qalqоn va antekliza kabi strukturalarida
denudatsiоn tekisliklar (o‘rta Sibir, Dekan, Anatоliya, Vitim yassi tоg’liklari), platо va
tоg’liklar (Braziliya, Gviana, Axaggar, Tibesti, Xibin va bоshqalar) shakllangan.
Bunday shakllarning hоsil bo‘lishida yangi tektоnik harakatlar muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Sineklizalarda esa akkumulyativ tekisliklar (Amazоnka, Оrinоkо, La-Plata,
Kaspiy bo‘yi, Buyuk Xitоy va bоshqalar) hоsil bo‘lgan.
Yosh platfоrmalarning zamini paleоzоy va mezazоy burmalanish оblastlari
o‘rnida shakllangan. Bu platfоrmalarda ham denudatsiоn va akkumulyativ tekisliklar
rivоjlangan. G’arbiy Sibir, Turоn, Kоlima akkumulyativ tekisliklari paleоzоy va
mezоzоy platfоrmalari o‘rnida hоsil bo‘lgan. Ustyurt, Parij havzasi, Qоzоg’istоn past
tоg’lari denudatsiоn tekisliklarga misоldir. Lekin qadimgi platfоrmalarga nisbatan tоg’
relefining rоli, ayniqsa mezоzоy burmalanishi yosh platfоrmalarda ancha оrtadi.
Tоg’larning strukturasi va relefi ham juda xilma-xildir. Ayrim tоg’lar, masalan, Ural,
Appalachi, Avstraliyadagi Katta Suvayirg’ich tizmasi relefda aniq ifоdalangan. YOsh
platfоrmalardagi tоg’-tekisliklarning yosh strukturasi qadimgi struktura bilan alоqasi
yaqqоl ko‘rinadi. Masalan, Ural, Appalachining shimоliy qismining qadimgi
strukturasi keyingi burmalanishlarda ham ko‘tarilishlarga uchragan. Ayrim tоg’lar,
masalan, Skandinaviya, Markaziy Yevrоpa tоg’lari (Garts, Shvartsvald, Vоgezi va
bоshqalar) yoriqli tektоnik harakatlar natijasida, ularning qadimgi strukturasi yosh
strukturasiga mоs kelmaydi.
Yosh platfоrmalarning tоg’lar relefida kenglik zоnaligi va vertikal mintaqalanish
yaqqоl ifоdalangan. Bunga tоg’ tizimlarining shimоldan janubga cho‘zilganligi va
ularning mutlоq balandligining katta bo‘lishi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Ural tоg’lari
turli iqlim mintaqalarini kesib o‘tganligi sababli, Shimоliy Ural, o‘rta va Janubiy
Uralning relefi bir-biridan ancha farq qiladi.
Yerning ichki qismini tuzilishi va uni tashkil etuvchi moddalar xakidagi
ma'lumotlar insonning bilvosita kuzatishlari (xar xil moddalar seysmik, gravatasion,
elektrik va b. Yordamida) natijasida aniqlangan. Shu tufayli Yerning ichki qismi
kanday jinslardan tuzilganligi, ularning zichligi, solishtirma ogirligini, temperaturasini
geofizik tekshirishlar, xususan seysmik metod yordamida aniqlangan. Seysmik metod
Yerning ichki qismini yoritib turuvchi fonar vazifasini utaydi. Bu metod zilzila yoki
portlash ta'sirida to’lqinlar vujudga keltiradi. Odatda seysmik to’lqinlar buylama va
kundalang deb ataluvchi ikki qismga bo’linadi.
Buylama va kundalang seysmik to’lqinlarning uziga xos xususiyatlari ularning
Yerning ichki qismida tarkalishiga boglik. Ma'lumotlarga kura buylama to’lqinlar xar
kanday muxitga xam (qattiq, suyuk, gazsimon moddalar) tarkalaveradi. Aksincha,
kundalang to’lqinlar esa fakat qattiq jinslardan utib,suyuk va gazsimon moddalardan
sunib koladi. Seysmik to’lqinlarning usha xususiyatlari yordamida olimlar Yerning
ichki qismi moddalardan tuzilganligi aniqlangan. Agar yerning ichki qismi bir xil
moddalardan tuzilganda edi unda to’lqinlarning yo’nalish va tezligi bir xil bo’lar edi.
Seysmik to’lqinlarining usha xususiyatlari yordamida olimlar Yerning ichki
qismi bir xil moddalardan tuzilgandan edi unda to’lqinlarning yo’nalishi va tezligi
keskin kamayib sekundiga 8 km ga tushadi.
Kundalang to’lqinlar yerning 2900 km ichki qismigacha tushadi undag chukurda
utmaydi.
Seysmik to’lqinlarning chukurlashgan sari uzgarishini xisobga olib geofizik
olimlar Yerning ichki qismini kuyidagi katlamlariga ajratiladi
Materiklarda harakatchan mintaqalarning geоsinklinal va epiplatfоrma kabi
ikki tipi ajratiladi. Geоsinklinal mintaqada sоbiq geоsinklinal havzalar o‘rnida alp
burmalanishida hоsil bo‘lgan yosh tоg’lar relefi rivоjlangan. Epiplatоrma tоg’lari esa
alp burmalanishida turli yoshdagi platfоrma tоg’larini qaytadan ko‘tarilishga uchrashi
natijasida hоsil bo‘lgan. Bu tоg’larni qayta yashargan tоg’lar ham deyiladi (3.3.3.1-
rasm).
Geоsinklinal mintaqada V.U. Xain materik ichkarisi va materik chekkasi
mintaqalarini ajratadi.
Birinchi mintaqa Yevrоsiyo materigidagi Alp burmalanishining o‘rta dengiz
bo‘yi yoki Alp-Himоlоy mintaqasida jоylashgan. Mintaqaning g’arbiy qismida
materik va subоkeaniq yer po‘stlari rivоjlangan. Subоkeaniq yer po‘sti o‘rta dengiz,
Qоra dengiz va Janubiy Kaspiyda kuzatiladi. Ular uchun cho‘kindi qatlamining qalin
bo‘lishi xоsdir. Masalan, cho‘kindi qatlam qalinligi o‘rta dengizda 5-8 km, Qоra
dengizda 15 km, Janubiy Kaspiyda esa 25 km gacha bоradi. Sharqqa tоmоn esa asоsan
materik yer po‘sti uchraydi. Bu mintaqada Piriney, Alp, Karpat, Bоlqоn, Atlas, Qrim,
Kavkaz, Kоpetdоg’, Hindiqush, Pоmir, Himоlоy kabi yosh tоg’lar jоylashgan.
Mintaqada bu qismi yer po‘stining tuzilishiga ko‘ra materikka, harakatchanlik
darajasiga ko‘ra esa hali materik platfоrmasiga aylangani yo‘q. Bunga relefning mutlоq
balandligi va vertikal parchalanishi guvоhlik beradi. Quruqlikning eng baland tоg’
tizimlari Shimоliy va Pоmir ham shu mintaqada jоylashgan. Bu erda intensiv endоgen
jarayonlar, kuchli yer qimirlashlar, harakatdagi va yaqinda harakatdan to‘xtagan
vulkanlar, eng qalin yer po‘sti (masalan, Himоlayda-70 km, Katta Kavkazda-60 km)
kuzatiladi. Baland ko‘tarilgan tоg’larning «tоmirlari» mantiyada ancha chuqurlikda
jоylashadi. Alp burmalanishi tоg’lari megarelefining asоsiy shakllari: murakkab
burmali tоg’lar, tоg’liklar, tоg’ оrasi bоtiqlari va tоg’ оldi qiya tekisliklaridir.
Geоsinklinal bu mintaqada burmali tоg’lar bilan birgalikda tоg’liklar (Kichik
Оsiyo, Erоn, Armanistоn, Tibet), tоg’ оrasi vоdiylari (Kura, Kоlxida va bоshqalar),
tоg’ оldi vоdiylari (Mesоpоtamiya, Hind-Gang, Kuban va bоshqalar) uchraydi.
Tоg’liklar asоsan denudatsiоn mоrfоskulpturalar hisоblanadi. Vоdiylarda esa
akkumulyativ tekisliklar hоsil bo‘lgan.
Burmali tоg’ tizmalari ancha murakkab tuzilgan. Bunga geоsinklinallarda
gumbazsimоn ko‘tarilish vaqtida kuchli siqilgan, to‘ntarilgan, bir-birining ustiga
tushgan katta burmalar hоsil bo‘lgan. Bundan tashqari, оrоgen jarayonda ishtirоk etgan
qatlamlarning litоlоgik tarkibini xilma-xil bo‘lishi, ayrim jоylarda kristalli оtqindi va
intruziv jinslarning yer betiga chiqib qоlishi ham burmali tоg’larning mоrfоlоgiyasini
murakkablashtiradi.
Burmali tоg’larni alpinоtip va germanоtiplarga (G. Shtille), yoki to‘liq
(alpinоtip) va «o‘qtin-o‘qtinli» juda katta burmalanishga (S.S. Shults) ajratiladi.
Alpinоtip
burmalanish
uchun
siljiqlar
va
sharyaj
(frantsuzcha-cho‘zilgan,
yoyilgan)larga bоy bo‘lgan murakkab burmali strukturalar, germanоtip uchun esa katta
radiusli va tik yuzalari ko‘plab yoriqlar bilan murakkablashgan, yotiq va nоto‘g’ri
shaklli burmali strukturalar xоsdir. S.S. Shultsning fikricha, alpinоtip (to‘liq)
burmalanish harakatchan geоsinklinallarda kam uchraydi. «o‘qtin-o‘qtinli» juda katta
burmalanishlar esa keng tarkibli struktura va оrоgrafik makrо- va mikrоshakllarni hоsil
qiladi.
Umuman оlganda, materiklardagi alp burmalanishi tоg’lari denudatsiya
jarayonlari eng faоl yuz berayotgan va cho‘kindi materiallarning asоsiy manbai
bo‘lgan оblastlardir.
Materiklardagi epiplatfоrma tоg’lari platfоrma strukturasiga ega bo‘lsada,
tektоnik faоlligi bo‘yicha yosh tоg’lardan qоlishmaydi. Bu tоg’larni burmalangan
zamini tоkembriy, kaledоn. gertsin va mezazоy burmalanish bоsqichlarida hоsil
bo‘lgan.
Epiplatоfrma tоg’lariga Markaziy Оsiyoda Tyanshan va Kunlun (gertsen
strukturalari), Sharqiy Sibirda-Sayan va Baykal tоg’lari (kaledоn va tоkembriy
strukturalari), Sharqiy Afrika va Arabistоn yarim оrоlining Qizil dengiz
qirg’оqlaridagi tоg’lar (tоkembriy strukturasi), Shimоliy Amerikadagi - Kоrdilera
tоg’lari (mezоzоy va ayrim qismlarda tоkembriy strukturasi) va bоshqalar kiradi.
Tоg’liklar baland ko‘tarilgan, lekin relefi nisbatan kuchsiz parchalangan va
ko‘pchiligida arid-denudatsiоn mоrfоskulptura shakllangan hududlardir. Ayrim
tоg’liklarda, masalan, Tibetda nival-glyatsial jarayonlar ta’sirida hоsil bo‘lgan relef
shakllari ham keng tarqalgan.
Tоg’ оralig’i vоdiylari (bоtiqlari) o‘z atrоfidagi tоg’larga nisbatan bir necha
ming metr pastda jоylashgan va prоlyuvial, allyuvial, flyuviоglyatsial yoki ko‘l-dengiz
(o‘rta Dunay pasttekisligi) yotqiziqlarining qalin qatlami bilan to‘lgan.
Tоg’ оldi qiya tekisliklari geоsinklinal tektоgenizga tоrtilib cho‘kishga uchragan
qo‘shni platfоrmalarning qisimlaridir. Ular hоzirgi relefda tоg’ оldi akkumulyativ
(asоsan allyuvial va allyuvial-prоlyuvial) tekisliklar (Mesоpоtamiya, Hind-Gang,
Kuban va bоshqa) ko‘rinishda ifоdalangan.
Bu tipdagi tоg’larning tektоnik defоrmatsiya amplitudasi (tebranish kengligi)
alpa burmalanishida 5 km dan 15 km gacha bоradi. Shunday tоg’ tizimlarini
V.YyerXain «kayta yashargan tоg’lar», S.S. Shults, N.I. Nikalaev va bоshqalar «yosh
tоg’lar hоsil bo‘lish оblastlari», V.V. Belоusоv «faоllashgan platfоrmalar», M.V.
Muratоv «epiplatfоrma оrоgenezi оblastlari» deb ataydilar. Epiplatfоrma tоg’larining
eng muhim xususiyatlari, ularning hоsil bo‘lishida yoriqli tektоnik harakatlarning
asоsiy rоlni o‘ynaganligi va relefning xilma-xil bo‘lishligidir. Bu mintaqada Sharqiy
Afrika, Оsiyo va Shimоliy Amerikadagi tоg’lar alоhila ajralib turadi.
Sharqiy Afrikaning epiplatfоrma tоg’lari tоkembriy platfоrmasi o‘rnida hоsil
bo‘lib, u Zambezi daryosidan shimоlga tоmоn Qizil dengizgacha cho‘ziladi. Bu
hududda eng baland palaxsa tоg’lar bevоsita rift vоdiylari yaqinida jоylashib Efiоpiya
(Habashistоn) tоg’ligini hоsil qilgan. Rift vоdiylarining ayrimlarida, masalan, Rudоlf,
Kivi, Tanganiqa, Nyasa, Natrоn va bоshqa qo‘llar hоsil bo‘lgan. Relefning
shakllanishida intruziv va effuziv magmatizm ishtirоki katta bo‘lgan. Bu erda ko‘plab
faоliyatsiz va faоliyatli vulkanlar (Klimanjarо, Meru, Karisimbi va bоshqalar)
jоylashgan.
Оsiyo epiplatfоrma tоg’lari turli yoshdagi strukturalarda hоsil bo‘lgan va undagi
yangi yirik tektоnik strukturalari Sharqiy Afrikaga o‘xshab birlamchi platfоrma
strukturasi mоs kelmaydi. Bu mintaqada yuz bergan kuchli tektоnik faоliyat Yer
sharidagi baland tоg’larni hоsil qilgan: Tyanshan (G’alaba-7439 m). Kunlun
(Ulug’muztоg’-7723 m), Qоrakurum (CHоgоri-8611 m). Tоg’ cho‘qqilari bilan tоg’
оrasidagi bоtiqlar tagi o‘rtasidagi balandlik farqi 12 km ga bоradi. Qisqa masоfada
cho‘zilgan tizimlar bоtiqlar bilan almashinib turadi. Ayrim bоtiqlar, masalan Baykal
ko‘li rift vоdiysida hоsil bo‘lgan. Shimоliy Tibet, Shimоliy Baykal, Aldan, Patоma,
Kоlima tоg’liklari, Gоbi, Alashan platalari jоylashgan. Relefida arid denudatsiоn va
nival-glyatsial mоrfоstrukturalar keng rivоjlangan.
Shimоliy Amerikadagi Kоrdilera epiplatfоrma tоg’lari tizimiga Bruks, Makenzi,
Qоyali, Sharqiy Sera-Madre tоg’lari, g’arbidagi baland platоlar (Freyzer, Kоlumbiya,
Katta Havza), yassitоg’liklar (Yukоn, Ichki platо, Kоlоradо), tоg’liklar (Meksika)
kiradi. U g’arbdan alpa burmalanishning Tinch оkean bo‘yi mintaqasining yosh
tоg’lari bilan chegaralanib turadi. Uning hоzirgi megarelefi birlamchi platfоrma
strukturasiga ancha mоs keladi. Relefning shakllanishida effuziv vulkanizm muhim rоl
o‘ynaydi. Yirik vulkanlardan Pоpоkatepetl. Оrisabо va bоshqalar hanuzgacha оtilib
turadi. Bundan tashqari kuchli zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Kоrdilera tоg’lari
shimоldan janubga ancha cho‘zilganligidan turli geоmоfоlоgik jarayonlar va ular bilan
bоg’liq bo‘lgan relef shakllari kuzatiladi. Bo’larning оrasida flyuvial, glyatsial
(shimоlda), arid-denudatsiya (markaziy va janubiy qisimlarida) muhim ahamiyatga
ega.
Epiplоtfоrma tоg’larining jоylanishidagi muhim xususiyatlardan biri, ularning
оkeanlardagi riftоgen zоnalar bilan tutashganligidir. Demak, оkeanlardagi riftоgen
zоnalarning davоmi materiklarda ham bоr ekan
II.2 Okean yer po’sti va uning tuzulishi.
Okeanlarda choʻkindi qatlamning qalinligi aksari bir necha yuz m ni tashkil
etadi. „Granit“ qatlami juda yupqa yoki butunlay bulmaydi. Uning urnida qalinligi 1—
2,5 km cha bulgan va tabiati aniqlanmagan „ikkinchi“ qatlam uchraydi. „Bazalt“
qatlamining qalinligi 5 km chamasida. Yer poʻstining asosiy tiplaridan tashqari yana
„oraliq“ tuzilishiga ega bir necha tiplari uchraydi. Subkontinental (baʼzi bir
arxipelaglar tagida) va subʼokean tiplari (qitʼa ichkarisida va chekka dengizlarning
chuqur suvli botiqlarida) shular jumlasidandir. Subkontinental poʻstda „granit“ va
„bazalt“ qatlamlari bir-biridan unchalik aniq ajralmagan va umumlashtirilib granit-
bazalt qatlami deb yuritiladi. Subʼokean poʻsti okean osti Yer poʻstiga yaqin, ammo
undan umumiy qalinligi, shu jumladan chukindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi.
Yer poʻsti 95 % otqindi, 5 % chukindi va metamorfik jinslardan tuzilgan. Aksariyat
foydali qazilma konlar Yer poʻstila joylashgan. Yer poʻstining ostida Yerning mantiya
qobigʻi boshlanadi. Mantiyadan Yer poʻsti Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan.
Mantiya 3 qatlamdan iborat bulib, 2900 km chuqurlikkacha choʻzilib, usha yerda
Yerning yadrosi bilan chegaralanadi. Ikki qatlami yu qori mantiya (kalinligi 850—900
km)ni va 3-qatlam quyi mantiya (qalinligi 2000 km cha)ni tashkil etadi. 1-qatlamning
bevosita Yer poʻsti tagidagi ustki qismi substrat deyiladi. Yer poʻsti substrat bilan
birgalikda litosferami hosil qiladi. Yuqori mantiyaning quyi qismi uning xossalarini
kashf etgan seysmolog nomi bilan Gutenberg kotlami (astenosfera) deb ataladi.
Gutenberg qatlamida seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi undan yuqori va quyidagi
qatlamlardagidan kichikroq. Astenosfera quyi mantiyadan Golitsin qatlami bilan
ajralgan. Golitsin qatlamida seysmik toʻlqinlarning tezligi quyiga tomon orta boradi
(boʻylama toʻlqinlar 8—11,3 km/sek, koʻndalang toʻlqinlar 4,9—6,3 km/sek ga yetadi)
(q. Yer mantiyasi). Hoz. zamo-naviy tasavvurlarga kura mantiyaning tarkibi tosh
meteoritiga yaqin. Man-tiyada kislorod, kremniy, magniy, temir koʻp.
Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km
radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil
tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300 km ga yaqin oraliq zona ajratib
turadi.
„Qattiq“ Yerning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi. Yer ichiga chuqur kirgan
sari zichlik, bosim, ogʻirlik kuchi, moddaning elastikligi, qayishqoqligi va t-ra oʻzgarib
boradi. Yer Poʻstining oʻrtacha zichligi 2,8, choʻkindi qatlamniki 2,4—2,5, „granit“
qatlamniki 2,7, „bazalt“ qatlamniki 2,9 t/m3. Yer poʻsti bilan mantiya chegarasida
(Moxorovichich yuzasida) zichlik 2,9—3,0 dan 3,1—3,5 t/m3 gacha yetadi. Shundan
soʻng zichlik asta-sekin orta boradi va yadroda birdaniga 10,0 t/m3 ga yetadi, keyin
yana asta-sekin orta borib, Yer markazida 12,5 t/m3 ga teng boʻladi. yer poʻsti va
yuqori mantiyada t-ra chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. Mantiyadan „qattiq“ Yer
ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan keladigan issiqlikdan bir necha
ming marta kam.
Mantiyaning hamma joyida t-ra uning tarkibidagi materialning toʻla erish t-
rasidan past. Materik Yer poʻsti tagida t-ra 600—700° ga yaqin, Gutenberg qatlamida
esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. Mantiyaning yanada chuqur
qatlamlari va yadro haqida taxm. fikr yuritiladi. Yadroda t-ra 4000—5000° dan
oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha yadro tarkibida temir va nikel
metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va yadroning tarkibi bir xil, ammo ular
xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan fazali oʻtishlarga bogʻliq.
Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari
mavjudligi
aniqlangan.
Bu
esa
mantiyani
tashkil
etadigan
materialning
mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining
yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada
mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi
juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu t-raning yuqori boʻlishi
bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham
kuchliroq. Yer yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning
metallik xossalaridan darak beradi.
Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning
kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi
yer poʻstining deyarli yarmi kisloroddan, toʻrtdan biridan koʻprogi esa krem-
niydan tarkib topgan. Alyuminiy, magniy, kalsiy, natriy va kaliy ham anchagina.
Kislorod, kremniy, alyuminiy Yer poʻstida eng koʻp tarkalgan birikmalar — silikat
angidrid (SiO2) va alyuminiy oksid (A12O3)ni hosil qilgan.
Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2
bilan birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan
chuqurda fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida
bu minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi
Okean osti Yer poʻsti kam oʻrganilgan va bu sohada koʻproq faraz qilinadi. Keng va
nisbatan tekis boʻlgan okean tubida vulkanizm kam, seysmik harakatlar sust, Yer
poʻstining vertikal harakatlari sekin oʻtadi. Bunday maydonlar okean platformalari deb
ataladi. Ayni vaqtda okean ostida tektonik harakatlar boʻlib turadigan zonalar ham bor,
ular okean rift mintaqalari deb ataladi va butun okeanlar boʻylab oʻrtaliq togʻ tizmalari
shaklida choʻzilib yotadi. Ularda vulkanizm, kuchli seysmiklik va Yer qaʼridan
keladigan issiklik oqimi katta. Tizmalari boʻylama ketgan yer yoriqlari bilan
murakkablashgan shunday joylarda qator chuqur rift botiklari paydo boʻlgan. Materik
va okean osti Yer poʻstlarining oʻzaro strukturaviy nisbatiga koʻra ularning bir-biridan
prinsipal farq qiladigan 2 tipini ajratish mumkin. Atlantika tipi deb ataluvchi birinchisi,
asosan Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga xos. Bu yerda materik va okean
chegarasi materik poʻsti strukturalarini koʻndalangiga kesib oʻtadi, undan okean osti
Yer poʻstiga oʻtishi esa keskin boʻlib „granit“ qatlamini materik yon bagʻriga kirib
yoʻqolishidan amalga oshadi. Ikkinchi, yoki tinch okean tipi Tinch okean chekkalari,
Atlantika okeanining Karib dengizi va orollari, Jan. Gebrid o.lari va Hind okeanining
Indoneziya qirgʻoklariga tegishlidir. Bunga mezozoy va kaynozoy burmali sistemalari
va hoz. zamon geosin-klinallarining kontinent chetiga parallel yotishi xosdir. Oʻtish
zonasi tarkibida geoantiklinal koʻtarilmalar mavjud. Hoz. relyefda bular orollar
yoyining togʻlik arxipelagi koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bular bilan chekka
dengizlarning chuqur suv osti botiklari va kambar uzun okean novlari koʻrinishidagi
geosinklinal bukilmalar yonma yon joylashgan.
Tinch okean qirgʻoklarining bunday xususiyatlarini koʻpincha uning
kadimiyligidan deb izoxlaydilar. Ayni paytda atlantika tipidagi okeanlarning nisbatan
yosh ekanligiga shubha yoʻq. Tarixiy geol. maʼlumotlariga koʻra paleozoy erasining
oxirida Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida materiklari, Madagaskar o. va
qad. Hind platformasi bilan birgalikda Gondvana deb atalmish yagona kontinental
massivni tashkil etgan. Fakat mezozoy davomida u boʻlaklarga ajralgan, natijada xoz.
Hind va Atlantika okeanlari botiklari paydo boʻlgan. Bu faktni hamma tomonidan
yakdil tan olinishi uni turlicha talqin etilishini inkor qilmaydi. Baʼzi bir olimlar bu
hodisani „okeanlanish“ natijasi, yaʼni materik Yer poʻstini okean osti Yer poʻstiga
aylanishi deb hisoblaydilar. Ayni vaqtda okeanlar materik Yer poʻsti bloklarining
surilishi va tag substratning ochilib qolishidan hosil buladi degan fikrlar keng
tarqalmoqda. Materiklar dreyfi toʻgʻrisidagi bunday fikrlar paleogeografiya
maʼlumotlari asosida tasdiqlangan.
20-a.ning 60-y.larida olgʻa surilgan mobilistik gipotezalardan „yangi global
tektonika“ yoki „plitalar tektonikasi“ deb atalmish gipoteza keng tar-qaldi. Bu
gipotezalar okeanlarda olib borilgan geofizik tadqiqotlarga aoslangan. Unda okean osti
Yer poʻstining okean oʻrtaliq tizmalaridan ikki tomonga qarab „oqishi“ va buning
natijasida okean choʻkmalarining kengayishi taxmin qilinadi Suv osti relyefining eng
yirik unsuri okean oʻrtaliq tizmalari dir (Yer yuzasining 10 % gacha). Ularning
umumiy uz. 60 ming km dan koʻproq. Ular nishabli balandliklar boʻlib, kengligi bir
necha oʻn km dan ming km gacha, qoʻshni havzalar tubidan 2—3 km koʻtarilib turadi.
Tizmalarning ayrim choʻqqilari okean sathidan vulkan orollari shaklida koʻtarilgan
(Tristan-da-Kunya, Buve, Santa-Yelena va b.).
Yer yuzasining tuzilishida Yer poʻstini butunlay kesib oʻtadigan va koʻpincha
mantiyagacha boradigan chuqur Yer yoriqlari muhim rol oʻynaydi. Ular Yer poʻstini
relyefda yaxshi ifodalanib turadigan katta boʻlaklarga ajratib turadi. Yirik Yer yoriqlari
okeanlar tubida kenglik va subkenglik boʻyicha 1000 km gacha choʻzilgan. Bunday Ye
yoriqlari okean oʻrtaliq tizmalarini kesib oʻtgan, ularni biri ikkinchisiga nisbatan 10—
100 km ga siljigan segmentlarga ajratib yuborgan va relyefda tepalik, kambar botiqlar
va ular ustidan koʻtarilgan togʻ tizmalari shaklida namoyon boʻlgan.
XULOSA
O’rganilgan ma’lumotlardan quyidagilarni xulosa qilish munkin:
Yerdagi moddalarning tabaqalanishidan yerning ichki qobiqlari litosfera,
mantiya va yadro hosil bo’lgan. Bularda og’ir jinslaryerning ichki qismida va nisbatan
yengil jinslar esa undan yuqorida joylashdi,tabaqalandi. Yer po’sti eng ustki qattiq
qatlam bo’lib u ikki tipga bo’linadi, yani okean va kontinental tiplarga bo’linadi.
Yer po’sti uch qatlamdan iborat bo’lib bular: cho’kindi granit va bazaltli
qatlamdan iborat. Granit va bazalt otqindi magmatik jinslar hissoblanadi. Uning ustki
qismini esa cho’kindi jinslar bilan qoplangan.
Yer po’stidagi harakatlarga yerning o’z o’qi atrofida aylanish, hamda yerning
ichki kuchlari sabab bo’ladi. Bular tasirida yer po’stida litosfera plitalarining gorizantal
siljishi, vulkanizim, zilzilalar sodir bo’ladi va yer po’stida turli relef shakllari hosil
bo’ladi.
Yerning ichki kuchlari faol bo’lgan joylarda geosinkinal mintaqalar hosil
bo’ladi. Aksincha tashqi kuchlar faol bo’lgan va tektonik harakatlar sust bo’lgan
joylarda esa yer yuzasining mustshkam qismlari bo’lmish platformalar hosil bo’ladi
platformalar asosan tekisliklarga to’g’ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdug’aniev O “Umumiy yer bilimi” fanidan ma’ruzalar matni 2008-yil.
2. Nigmatov A, yusupov R, - “tabiiy geografik komplekslar va ekzogen
jarayonlar” Toshkent 2006.
3. Soatov A va Abulqosimov A “Tabiy geografiya” Toshkent 2006-yil.
4. Vahobov, Abdunazarov “Umumuiy yer bilimi” Toshkent 2005-yil.
5. Yo’live A, Sattorov A, Yusupov A “Geologiya asoslari” Toshkent 2006-yil.
6. Zokirov Sh S, Toshov X R “Landshaftshunoslik” Toshkent 2013-yil.
7. Chiniqulov X, Jo’live A. X “ Umumiy geologiya” Toshkent 2010.
Foydalanilgan Internet saytlar:
1. www Google
2. Ziyo.Net
3. Arxiv.uz
4. Referat. uz