Ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

41,5 KB


 
 
 
 
 
 
 
Ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi 
 
 
Ushbu mavzuda ko‘llar suvida erigan mineral moddalar, ularni 
minerallashuv darajasi bo‘yicha guruhlash masalalari yoritiladi. SHuningdek, 
O‘rta Osiyo ko‘llari va suv omborlarining gidrokimyoviy rejimiga oid ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Reja: 
1. Ko‘llarni suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda guruhlash; 
2. Ko‘llar suvida erigan mineral moddalar haqida; 
3. O‘rta Osiyo ko‘llari minerallashuv darajasining o‘zgarishi; 
4. O‘rta Osiyo suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi. 
  
Ko‘llar, suvida erigan tuzlar miqdori hamda tarkibiga bog‘liq holda, Dunyo 
okeani, dengizlar va daryolar suvidan keskin farq qiladi. Ma’lumki, Dunyo okeani 
va dengizlar suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdori o‘rtacha 35‰ ga yaqin bo‘lib, 
vaqt bo‘yicha deyarli o‘zgarmaydi. Daryolar suvida esa minerallashuv darajasi 
ma’lum chegaradan, aksariyat hollarda 3­5‰ dan yuqori bo‘lmaydi. 
Ko‘llar suvining minerallashuvi haqida yuqoridagiga o‘xshash aniq 
raqamlarni keltirib bo‘lmaydi. CHunki Er yuzidagi ko‘llar suvi ular tarkibida erigan 
tuzlar miqdori bilan bir­biridan keskin farq qiladi. SHu o‘rinda ko‘llar suvining 
minerallashuv darajasi 14 mg/l dan 300 g/l gacha, hatto undan ham katta bo‘lgan 
qiymatlar (350 g/l gacha) oralig‘ida o‘zgarishini qayd etib o‘tish kifoyadir. 
 
Ko‘llar suvida erigan moddalar va tuzlarning miqdori ko‘p jihatdan ularda 
kechadigan suv almashinuvi jarayoni jadalligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, oqar 
ko‘llardagi tuz miqdori berk, ya’ni oqmas ko‘llarga nisbatan juda kam bo‘ladi. Oqar 
ko‘llar Er sirtining nam iqlimli yoki tog‘li hududlarida keng tarqalgan. Ularga 
Evropaning shimoliy rayonlaridagi va SHimoliy Amerikadagi buyuk ko‘llar, 
Ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi Ushbu mavzuda ko‘llar suvida erigan mineral moddalar, ularni minerallashuv darajasi bo‘yicha guruhlash masalalari yoritiladi. SHuningdek, O‘rta Osiyo ko‘llari va suv omborlarining gidrokimyoviy rejimiga oid ma’lumotlar keltiriladi. Reja: 1. Ko‘llarni suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda guruhlash; 2. Ko‘llar suvida erigan mineral moddalar haqida; 3. O‘rta Osiyo ko‘llari minerallashuv darajasining o‘zgarishi; 4. O‘rta Osiyo suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi. Ko‘llar, suvida erigan tuzlar miqdori hamda tarkibiga bog‘liq holda, Dunyo okeani, dengizlar va daryolar suvidan keskin farq qiladi. Ma’lumki, Dunyo okeani va dengizlar suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdori o‘rtacha 35‰ ga yaqin bo‘lib, vaqt bo‘yicha deyarli o‘zgarmaydi. Daryolar suvida esa minerallashuv darajasi ma’lum chegaradan, aksariyat hollarda 3­5‰ dan yuqori bo‘lmaydi. Ko‘llar suvining minerallashuvi haqida yuqoridagiga o‘xshash aniq raqamlarni keltirib bo‘lmaydi. CHunki Er yuzidagi ko‘llar suvi ular tarkibida erigan tuzlar miqdori bilan bir­biridan keskin farq qiladi. SHu o‘rinda ko‘llar suvining minerallashuv darajasi 14 mg/l dan 300 g/l gacha, hatto undan ham katta bo‘lgan qiymatlar (350 g/l gacha) oralig‘ida o‘zgarishini qayd etib o‘tish kifoyadir. Ko‘llar suvida erigan moddalar va tuzlarning miqdori ko‘p jihatdan ularda kechadigan suv almashinuvi jarayoni jadalligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, oqar ko‘llardagi tuz miqdori berk, ya’ni oqmas ko‘llarga nisbatan juda kam bo‘ladi. Oqar ko‘llar Er sirtining nam iqlimli yoki tog‘li hududlarida keng tarqalgan. Ularga Evropaning shimoliy rayonlaridagi va SHimoliy Amerikadagi buyuk ko‘llar,  
 
 
Osiyodagi Baykal ko‘li yoki Pomir  tog‘laridagi Sarez ko‘li misol bo‘ladi. Mazkur 
ko‘llarda suv almashinish jarayoni tez bo‘lganligi uchun, ularning suvi chuchukdir. 
 Berk, ya’ni oqmas ko‘llarga Afrikadagi CHad ko‘lini, Evrosiyo materigidagi 
Kaspiy va Orol dengizlarini, Issiqko‘lni misol qilib keltirish mumkin. Ularda 
suvning minerallashuv darajasi juda yuqoridir. Ayrim berk ko‘llar suvining sho‘rligi 
yildan - yilga ortib bormoqda. Masalan, Orol dengizi suvining minerallashuvi o‘tgan 
asrning o‘rtalarida 10-12 g/l ni tashkil etgan bo‘lsa, 80-yillarda dengiz suvining 
sho‘rligi 28-30 g/l gacha ortdi. Bu jarayon davom etib, hozirgi kunda Orol 
dengizining minerallashuv darajasi 100 g/l dan ham ortib ketdi (2.3-rasm).   
 
Orol dengizi sathi va minerallashuv darajasininng 
yillararo o‘zgarishi 
Ko‘llarni ularda erigan tuz miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin quyidagi 
guruhlarga ajratagan:  
1) chuchuk ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1 ‰ gacha);  
2)  nimsho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1­25 ‰ oralig‘ida);  
3)  sho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori  25 ‰  dan katta).  
Ko‘llar suvini sho‘rligi bo‘yicha qayd etilgan guruhlarga ajratish shartli 
bo‘lmasdan, balki ularning har biri suvning ma’lum bir tabiiy­kimyoviy doimiylari 
bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham amaliyotda ulardan foydalanish samarali 
natijalar beradi. Hozirgi kunda sho‘r ko‘llar guruhining quyi chegarasi 35 ‰ deb 
qabul qilingan. Ma’lumki, bu raqam Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligini 
ifodalaydi. 
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
19871988198919901991199219931994199519961997199819992000200120022003200420052006200720082009
H, м
0
20
40
60
80
100
120
М, г/л
Н, м
М, г/л
Osiyodagi Baykal ko‘li yoki Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li misol bo‘ladi. Mazkur ko‘llarda suv almashinish jarayoni tez bo‘lganligi uchun, ularning suvi chuchukdir. Berk, ya’ni oqmas ko‘llarga Afrikadagi CHad ko‘lini, Evrosiyo materigidagi Kaspiy va Orol dengizlarini, Issiqko‘lni misol qilib keltirish mumkin. Ularda suvning minerallashuv darajasi juda yuqoridir. Ayrim berk ko‘llar suvining sho‘rligi yildan - yilga ortib bormoqda. Masalan, Orol dengizi suvining minerallashuvi o‘tgan asrning o‘rtalarida 10-12 g/l ni tashkil etgan bo‘lsa, 80-yillarda dengiz suvining sho‘rligi 28-30 g/l gacha ortdi. Bu jarayon davom etib, hozirgi kunda Orol dengizining minerallashuv darajasi 100 g/l dan ham ortib ketdi (2.3-rasm). Orol dengizi sathi va minerallashuv darajasininng yillararo o‘zgarishi Ko‘llarni ularda erigan tuz miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin quyidagi guruhlarga ajratagan: 1) chuchuk ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1 ‰ gacha); 2) nimsho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1­25 ‰ oralig‘ida); 3) sho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 25 ‰ dan katta). Ko‘llar suvini sho‘rligi bo‘yicha qayd etilgan guruhlarga ajratish shartli bo‘lmasdan, balki ularning har biri suvning ma’lum bir tabiiy­kimyoviy doimiylari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham amaliyotda ulardan foydalanish samarali natijalar beradi. Hozirgi kunda sho‘r ko‘llar guruhining quyi chegarasi 35 ‰ deb qabul qilingan. Ma’lumki, bu raqam Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligini ifodalaydi. 0 5 10 15 20 25 30 35 40 45 19871988198919901991199219931994199519961997199819992000200120022003200420052006200720082009 H, м 0 20 40 60 80 100 120 М, г/л Н, м М, г/л  
 
 
SHo‘r ko‘llar quruq iqlimli hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi 
sinflarga bo‘linadi: 
1) karbonatli (sodali) ko‘llar, suvi tarkibida soda NaHCO3 va  Na2CO3  
birikmalari ko‘rinishida uchraydi; 
2) sulfatli ko‘llar, suvi tarkibida natriy (Na2SO4) va magniy (MgSO4) tuzlari 
miqdori ko‘p bo‘ladi; 
3) xloridli ko‘llar, suvi tarkibida kalsiyning xlorli tuzlari  (SaCl2) miqdori ko‘p 
bo‘ladi. 
Ko‘llar suvida mavjud bo‘lgan erigan moddalarni quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:  mineral moddalar; erigan gazlar; organik moddalar. Ko‘llar suvida 
erigan 
mineral 
moddalar 
o‘z 
navbatida 
makrokomponentlar 
va 
mikrokomponentlarga bo‘linadi. 
Makrokomponentlarga 







K
Na
Mg
Сa
Cl
SO
CO
HCO
,
,
,
,
,
,
,
2
2
2
4
3
3
 
ionlari kiradi va odatda ular ko‘llar suvida nisbatan katta miqdorda uchraydi. Taniqli 
gidroximik olim G.A.Maksimovich Er yuzidagi ko‘llarni ular suvida mavjud bo‘lgan 
asosiy ionlar va sho‘rlanish darajasi bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratgan.  
Mikrokomponentlar esa suv tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Lekin, 
ularning ko‘pchiligi ko‘llarda biologik jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ba’zan mikrokomponentlarning juda oz qismi ham ko‘ldagi biologik 
jarayonlarning tezlashishiga yoki aksincha sekinlashishiga olib kelishi mumkin. 
Ularga azot, fosfor, kremniy va qisman temir birikmalari kiradi. Ma’lumki, ular 
yuqorida aytib o‘tganimizdek, biogen moddalar deb ataladi.  
Erigan gazlarga atmosfera tarkibida mavjud bo‘lgan kislorod (O2), azot (N2), 
karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), vodorod (N2) va boshqalar kiradi. Ular orasida 
suvda erigan kislorod o‘ta muhim bo‘lib, ko‘llar faunasi (baliqlar, barcha tirik 
organizmlar) va florasi (o‘simliklari) rivojlanishini ta’minlaydi. 
 
Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa ko‘llar suvida kolloidlar  va 
suspenziyalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Kolloidlarga parchalanish mahsulotlari, 
jumladan, aminokislotalar, kislotalar, spirtlar, uglevodlar kiradi. Suspenziyalar esa 
tirik yoki o‘lik organizmlar, ularning qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘ladi. 
 
YUqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, har bir ko‘l o‘ziga xos bo‘lgan 
murakkab gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimga ega bo‘ladi. U esa o‘z navbatida 
SHo‘r ko‘llar quruq iqlimli hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi sinflarga bo‘linadi: 1) karbonatli (sodali) ko‘llar, suvi tarkibida soda NaHCO3 va Na2CO3 birikmalari ko‘rinishida uchraydi; 2) sulfatli ko‘llar, suvi tarkibida natriy (Na2SO4) va magniy (MgSO4) tuzlari miqdori ko‘p bo‘ladi; 3) xloridli ko‘llar, suvi tarkibida kalsiyning xlorli tuzlari (SaCl2) miqdori ko‘p bo‘ladi. Ko‘llar suvida mavjud bo‘lgan erigan moddalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: mineral moddalar; erigan gazlar; organik moddalar. Ko‘llar suvida erigan mineral moddalar o‘z navbatida makrokomponentlar va mikrokomponentlarga bo‘linadi. Makrokomponentlarga        K Na Mg Сa Cl SO CO HCO , , , , , , , 2 2 2 4 3 3 ionlari kiradi va odatda ular ko‘llar suvida nisbatan katta miqdorda uchraydi. Taniqli gidroximik olim G.A.Maksimovich Er yuzidagi ko‘llarni ular suvida mavjud bo‘lgan asosiy ionlar va sho‘rlanish darajasi bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratgan. Mikrokomponentlar esa suv tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Lekin, ularning ko‘pchiligi ko‘llarda biologik jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan mikrokomponentlarning juda oz qismi ham ko‘ldagi biologik jarayonlarning tezlashishiga yoki aksincha sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Ularga azot, fosfor, kremniy va qisman temir birikmalari kiradi. Ma’lumki, ular yuqorida aytib o‘tganimizdek, biogen moddalar deb ataladi. Erigan gazlarga atmosfera tarkibida mavjud bo‘lgan kislorod (O2), azot (N2), karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), vodorod (N2) va boshqalar kiradi. Ular orasida suvda erigan kislorod o‘ta muhim bo‘lib, ko‘llar faunasi (baliqlar, barcha tirik organizmlar) va florasi (o‘simliklari) rivojlanishini ta’minlaydi. Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa ko‘llar suvida kolloidlar va suspenziyalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Kolloidlarga parchalanish mahsulotlari, jumladan, aminokislotalar, kislotalar, spirtlar, uglevodlar kiradi. Suspenziyalar esa tirik yoki o‘lik organizmlar, ularning qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘ladi. YUqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, har bir ko‘l o‘ziga xos bo‘lgan murakkab gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimga ega bo‘ladi. U esa o‘z navbatida  
 
 
suv havzasi joylashgan hududning tabiiy geografik sharoiti, jumladan iqlimi, suv 
balansi, relefi, geologik tuzilishi, tuproq va o‘simlik qoplami bilan aniqlanadi. Ushbu 
omillar bilan bir qatorda, ko‘larda kechadigan gidrokimyoviy va gidrobiologik 
jarayonlarga ularning oqar yoki berk ko‘llarga mansubligi ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi.  
 
O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ko‘llarida ularning minerallashuv darajasi suv 
balansi elementlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda yil davomida o‘zgarib turadi. 
SHu bilan birga, o‘lkamizning tog‘li hududlaridagi ko‘llarning ko‘pchiligi oqar ko‘l-
lar bo‘lgani uchun, ularda erigan tuzlar miqdori juda kichik bo‘ladi. Aksincha, 
tekislikdagi ko‘llarda suvning sarflanishi asosan bug‘lanish hisobiga bo‘ladi. 
Ma’lumki, bug‘lanish jarayonida toza suv molekulalari bug‘lanib, ular tarkibidagi 
tuz qoladi. Natijada berk ko‘llar suvining minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi. 
 
YUqorida qayd etilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: O‘rta 
Osiyo ko‘llari suvining minerallashuv darajasi balandlik bo‘yicha o‘zgaradi. Bu 
ilmiy muammo ko‘lshunos olim A.M.Nikitin tomonidan o‘rganilgan. U o‘zi 
bajargan tadqiqotlar natijalariga tayanib, yirik daryolar, ya’ni Amudaryo va Sirdaryo 
havzalarining har biri uchun o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ochib bergan. 
O‘tgan asrning 60­yillaridan boshlab, O‘rta Osiyo respublikalarida 
sug‘oriladigan erlar maydoni jadal suratlarda kengaya boshladi. Ularda hosil bo‘lgan 
qaytarma suvlar hududning tekislik qismidagi tabiiy botiqlarda to‘planib, yangi 
tipdagi, ya’ni irrigatsion-tashlama ko‘llarni hosil qildi. Ularga Sariqamish, 
Dengizko‘l, Oyoqog‘itma, Tuzkoni kabi ko‘plab ko‘llarni misol qilib keltirish 
mumkin. Ushbu ko‘llarning har biri o‘ziga xos gidrologik xususiyatlarga ega.  
Ularning gidrokimiyoviy rejimi, asosan, shu ko‘llarga quyiladigan tashlama suv-
larning hajmi, sifati, ularda erigan tuzlar miqdori bilan aniqlanadi. 
 
Sun’iy ko‘llar - suv omborlarida suv almashinuvining tez borishi ularning 
boshqa suv havzalari - okeanlar, dengizlar bilan bir qatorda,  ko‘llarga nisbatan kam 
darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi. Suv omborlarining minerallashuv darajasi 
ham ular suvida erigan moddalar miqdori bilan aniqlanadi. Suv omborlarining 
gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar - 



Cl
SO
CO
HCO
,
,
,
2
4
3
3
­ anionlari 
va 




K
Na
Mg
Сa
,
,
,
2
2
 kationlari miqdorining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. 
Demak, suv omborlarining minerallashuvi deb, uning bir litrd suvida mavjud bo‘lgan 
suv havzasi joylashgan hududning tabiiy geografik sharoiti, jumladan iqlimi, suv balansi, relefi, geologik tuzilishi, tuproq va o‘simlik qoplami bilan aniqlanadi. Ushbu omillar bilan bir qatorda, ko‘larda kechadigan gidrokimyoviy va gidrobiologik jarayonlarga ularning oqar yoki berk ko‘llarga mansubligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ko‘llarida ularning minerallashuv darajasi suv balansi elementlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda yil davomida o‘zgarib turadi. SHu bilan birga, o‘lkamizning tog‘li hududlaridagi ko‘llarning ko‘pchiligi oqar ko‘l- lar bo‘lgani uchun, ularda erigan tuzlar miqdori juda kichik bo‘ladi. Aksincha, tekislikdagi ko‘llarda suvning sarflanishi asosan bug‘lanish hisobiga bo‘ladi. Ma’lumki, bug‘lanish jarayonida toza suv molekulalari bug‘lanib, ular tarkibidagi tuz qoladi. Natijada berk ko‘llar suvining minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi. YUqorida qayd etilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: O‘rta Osiyo ko‘llari suvining minerallashuv darajasi balandlik bo‘yicha o‘zgaradi. Bu ilmiy muammo ko‘lshunos olim A.M.Nikitin tomonidan o‘rganilgan. U o‘zi bajargan tadqiqotlar natijalariga tayanib, yirik daryolar, ya’ni Amudaryo va Sirdaryo havzalarining har biri uchun o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ochib bergan. O‘tgan asrning 60­yillaridan boshlab, O‘rta Osiyo respublikalarida sug‘oriladigan erlar maydoni jadal suratlarda kengaya boshladi. Ularda hosil bo‘lgan qaytarma suvlar hududning tekislik qismidagi tabiiy botiqlarda to‘planib, yangi tipdagi, ya’ni irrigatsion-tashlama ko‘llarni hosil qildi. Ularga Sariqamish, Dengizko‘l, Oyoqog‘itma, Tuzkoni kabi ko‘plab ko‘llarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu ko‘llarning har biri o‘ziga xos gidrologik xususiyatlarga ega. Ularning gidrokimiyoviy rejimi, asosan, shu ko‘llarga quyiladigan tashlama suv- larning hajmi, sifati, ularda erigan tuzlar miqdori bilan aniqlanadi. Sun’iy ko‘llar - suv omborlarida suv almashinuvining tez borishi ularning boshqa suv havzalari - okeanlar, dengizlar bilan bir qatorda, ko‘llarga nisbatan kam darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi. Suv omborlarining minerallashuv darajasi ham ular suvida erigan moddalar miqdori bilan aniqlanadi. Suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi unda erigan asosiy ionlar -    Cl SO CO HCO , , , 2 4 3 3 ­ anionlari va     K Na Mg Сa , , , 2 2 kationlari miqdorining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Demak, suv omborlarining minerallashuvi deb, uning bir litrd suvida mavjud bo‘lgan  
 
 
gramm yoki milligramm hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi. 
O‘rta Osiyodagi ba’zi suv omborlari suvining gidrokimyoviy tarkibi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2.3­jadvalda ko‘rsatilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 
tekisliklarda joylashgan Qayroqqum, Tuyamo‘yin, Quyimozor va CHordara suv 
omborlari o‘rtacha ko‘p yillik minerallashuv darajasining yuqoriligi bilan ajralib tu-
radi. Ularning barchasida ionlar yig‘indisi 1000 mg/l dan katta.  
 
2.3 ­ jadval 
O‘rta Osiyodagi ayrim suv omborlarining ko‘p yillik 
 gidrokimiyoviy tarkibi, mg/l 
Suv 
omborlari 

2
Ca
 

2
Mg
 

K
Na
 

3
HCO
 

2
4
SO
 

Cl  
Ionlar 
yig‘indisi 
Sinflar 
CHorbog‘ 
40,4 
8,6 
5,5 
138,2 22,6 
7,8 
223,1 
S ­ S 
Kosonsoy 
51,9 
9,6 
13,8 
158,8 43,2 15,5 
291,8 
S ­ S 
Tuyabo‘g‘iz 
48,8 11,2 
20,5 
134,4 74,6 15,3 
304,8 
S 
Kattaqo‘rg‘on 50,5 25,7 
32,0 
156,8 129,7 22,7 
417,4 
C ­ S 
Jizzax 
32,1 32,8 
74,0 
219,7 149,8 19,0 
527,2 
S 
Janubiy 
Surxon 
73,2 25,7 
52,8 
151,9 217,1 30,5 
551,2 
S 
CHimqo‘rg‘on 68,5 39,0 
45,8 
173,7 210,8 43,4 
581,2 
S 
Pachkamar 
127,0 41,4 
76,4 
139,7 414,7 62,0 
866,2 
S 
Uchqizil 
113,2 43,8 
106,3 
134,2 422,7 88,0 
908,8 
S 
Qayroqqum 112,2 64,5 
125,0 
162,3 492,8 105,7 
1062,5 
S 
Tuyamo‘yin 102,4 48,5 
181,0 
114,6 417,3 205,7 
1069,5 
S 
Quyimozor 
108,2 54,1 
180,0 
143,4 491,0 158,9 
1135,6 
S 
CHordara 
129,2 82,8 
126,8 
181,6 524,6 157,0 
1202,0 
S 
Izoh: jadvaldagi S ­ gidrokarbonatli suvlar sinfini, S ­ sulfatli suvlar sinfini, S 
­ S ­ gidrokarbonatli­sulfatli suvlar sinfini ifodalaydi. 
 
YUqoridagilarning 
aksicha, 
tog‘li 
hududlardagi 
suv 
omborlarining 
gramm yoki milligramm hisobidagi erigan moddalar miqdoriga aytiladi. O‘rta Osiyodagi ba’zi suv omborlari suvining gidrokimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2.3­jadvalda ko‘rsatilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tekisliklarda joylashgan Qayroqqum, Tuyamo‘yin, Quyimozor va CHordara suv omborlari o‘rtacha ko‘p yillik minerallashuv darajasining yuqoriligi bilan ajralib tu- radi. Ularning barchasida ionlar yig‘indisi 1000 mg/l dan katta. 2.3 ­ jadval O‘rta Osiyodagi ayrim suv omborlarining ko‘p yillik gidrokimiyoviy tarkibi, mg/l Suv omborlari  2 Ca  2 Mg  K Na  3 HCO  2 4 SO  Cl Ionlar yig‘indisi Sinflar CHorbog‘ 40,4 8,6 5,5 138,2 22,6 7,8 223,1 S ­ S Kosonsoy 51,9 9,6 13,8 158,8 43,2 15,5 291,8 S ­ S Tuyabo‘g‘iz 48,8 11,2 20,5 134,4 74,6 15,3 304,8 S Kattaqo‘rg‘on 50,5 25,7 32,0 156,8 129,7 22,7 417,4 C ­ S Jizzax 32,1 32,8 74,0 219,7 149,8 19,0 527,2 S Janubiy Surxon 73,2 25,7 52,8 151,9 217,1 30,5 551,2 S CHimqo‘rg‘on 68,5 39,0 45,8 173,7 210,8 43,4 581,2 S Pachkamar 127,0 41,4 76,4 139,7 414,7 62,0 866,2 S Uchqizil 113,2 43,8 106,3 134,2 422,7 88,0 908,8 S Qayroqqum 112,2 64,5 125,0 162,3 492,8 105,7 1062,5 S Tuyamo‘yin 102,4 48,5 181,0 114,6 417,3 205,7 1069,5 S Quyimozor 108,2 54,1 180,0 143,4 491,0 158,9 1135,6 S CHordara 129,2 82,8 126,8 181,6 524,6 157,0 1202,0 S Izoh: jadvaldagi S ­ gidrokarbonatli suvlar sinfini, S ­ sulfatli suvlar sinfini, S ­ S ­ gidrokarbonatli­sulfatli suvlar sinfini ifodalaydi. YUqoridagilarning aksicha, tog‘li hududlardagi suv omborlarining  
 
 
minerallashuv darajasi tekislikdagilarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Masalan, 
CHorbog‘, O‘rtato‘qay, Tuyabo‘g‘iz suv omborlarida ionlar yig‘indisi 200÷300 mg/l 
oralig‘ida o‘zgaradi.. SHu bilan birga tog‘lardagi suv omborlarining suvi 
O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, tekislik suv 
omborlari esa aksariyat hollarda sulfatli sinfga kiradi. 
Suv omborlarida ular suvining minerallashuv darajasi va kimyoviy tarkibi 
yillararo va yil davomida o‘zgarib turadi. Daryolarda kam suvli yillar kuzatilganda, 
minerallashuv darajasi ortsa, ko‘p suvli yillarda esa, aksincha, kamayadi. SHu 
jarayonlarga mos ravishda suv omborlari suvi tarkibidagi yig‘indi ionlar miqdori 
ham yillararo va yil davomida o‘zgaruvchandir. Masalan, ionlar yig‘indisining eng 
kichik qiymatlari ko‘p suvli yillarda kuzatilsa, eng katta qiymatlari esa kam suvli 
yillarga mos keladi. SHuningdek, ionlar yig‘indisining miqdoriy qiymatlari kuz va 
qish fasllarida ortadi, chunki bu davrlarda suv omboriga quyiladigan daryolar asosan 
er osti suvlari hisobiga to‘yinadi.   
 
Sinov savollari va topshiriqlar: 
1. Ko‘llar, suvi tarkibida erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda, qanday 
turlarga ajratiladi? 
2. Makrokomponentlar va mikrokomponentlar tushunchalarini tavsiflab 
bering. 
4.  Ko‘llar suvidagi biogen moddalar qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi? 
5. Tekislik va tog‘lardagi suv omborlarining minerallashuv darajasi qanday 
o‘zgaradi? 
6. Nima uchun tekisliklardagi suv omborlarining minerallashuv darajasi yuqori 
bo‘ladi? 
7. O‘zbekiston suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi haqida nimalarni 
bilasiz? 
 
 
minerallashuv darajasi tekislikdagilarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Masalan, CHorbog‘, O‘rtato‘qay, Tuyabo‘g‘iz suv omborlarida ionlar yig‘indisi 200÷300 mg/l oralig‘ida o‘zgaradi.. SHu bilan birga tog‘lardagi suv omborlarining suvi O.A.Alyokin tasnifi bo‘yicha gidrokarbonatli sinfga mansub bo‘lsa, tekislik suv omborlari esa aksariyat hollarda sulfatli sinfga kiradi. Suv omborlarida ular suvining minerallashuv darajasi va kimyoviy tarkibi yillararo va yil davomida o‘zgarib turadi. Daryolarda kam suvli yillar kuzatilganda, minerallashuv darajasi ortsa, ko‘p suvli yillarda esa, aksincha, kamayadi. SHu jarayonlarga mos ravishda suv omborlari suvi tarkibidagi yig‘indi ionlar miqdori ham yillararo va yil davomida o‘zgaruvchandir. Masalan, ionlar yig‘indisining eng kichik qiymatlari ko‘p suvli yillarda kuzatilsa, eng katta qiymatlari esa kam suvli yillarga mos keladi. SHuningdek, ionlar yig‘indisining miqdoriy qiymatlari kuz va qish fasllarida ortadi, chunki bu davrlarda suv omboriga quyiladigan daryolar asosan er osti suvlari hisobiga to‘yinadi. Sinov savollari va topshiriqlar: 1. Ko‘llar, suvi tarkibida erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda, qanday turlarga ajratiladi? 2. Makrokomponentlar va mikrokomponentlar tushunchalarini tavsiflab bering. 4. Ko‘llar suvidagi biogen moddalar qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi? 5. Tekislik va tog‘lardagi suv omborlarining minerallashuv darajasi qanday o‘zgaradi? 6. Nima uchun tekisliklardagi suv omborlarining minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi? 7. O‘zbekiston suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi haqida nimalarni bilasiz?