KOMPOZITORLIK IJODIYOTI.
Reja:
1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti janrlarining
rivojlanishi.
2. Musiqiy sahnaviy janrlar.
3. Simfonik musiqa
4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi,
5. Vokal-simfonik va xor musiqasi
6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi.
1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti
janrlarining rivojlanishi.
2. Musiqiy sahnaviy janrlar. O’zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat
tarixiga ega. Uning an’anaviy musiqa, tomosha va so’z san’atining
sarchashmalari
miloddan
oldingi
davrlarga
borib
taqaladi.
Qadim
zamonlardayoq, O’zbekiston zaminida yashagan xalqlar, yuksak darajada
taraqqiy topgan madaniy an’analar sohiblari bo’lib kelganlar. Arxeologik
qazilmalar natijasida topilgan sozanda va raqqosalarning haykalchalari, tasviriy
san’at namunalarida ifodalangan musiqa cholg’u asboblari, asrlar osha bizgacha
etib kelgan xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari, xalq og’zaki ijodi
va yozma adabiyot asarlari, ilmiy va tarixiy manbalar va asori-atiqalar bundan
yorqin dalolat beradi.
Ma’lumki, har bir millatning madaniy taraqqiyoti, qaysi bir davrga mansub
bo’lishidan qatiy nazar, mazkur xalqning iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va
ma’naviyat sohalarida erishgan yutuqlari bilan chambarchas bog’liq. Har bir
xalqning ma’naviy ravnaqi esa, eng avvalo uning umumbashariy madaniyatga
qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi va qadrlanadi. Ana shu nuqtai nazardan, o’zbek
xalqi ham boshqa O’rta Osiyo xalqlari bilan birgalikda, jahon ilm-fani va
madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. O’zbek zaminidan etishib chiqqan
buyuk allomalar: Imom Ismoil Buxoriy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy,
Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro,
Baxovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Ulug’bek va boshqalar inson
tafakkurini diniy va dunyoviy fanlarni boyitishga va ma’naviy yuksalishiga ulkan
hissa ko’shganlar. Ularning nomlari nafaqat O’zbekistonda, balki uzoq va yaqin
xorijiy mamlakatlarda ham mashhurdir.
O’zbek musiqa san’atida ham, adabiyot va tasviriy san’at sohalarida bo’lgani
kabi "musiqali drama", "musiqali komediya", "operetta", "opera", "balet",
"simfoniya","kontsert", "romans" kabi musiqa atama turlari ijobiy o’zlashtirilib
olingan. Mazkur sohalarning deyarlik har birida, milliy ruh bilan sug’orilgan va
ayni chog’da umuminsoniy qadriyatlar qatoridan o’rin olishga qodir bo’lgan
asarlar yaratilgan va ular ota-bobolarimizdan meros bo’lib asrlar osha kelayotgan
an’anaviy musiqa boyliklarimiz bilan bir qatorda, mushtarak o’zbek musiqa
madaniyatini tashkil qiladi. Ana shu sertarmoq musiqa madaniyatimiz majmuida
musiqali drama va musiqali komediya janrlarining o’ziga yarasha o’rni va
salohiyati mavjud.
Tarixga murojaat qilganimizda, ba’zan shunday savollar tug’iladi: nima
uchun dunyodagi ko’p xalqlarda "teatr", "drama", "opera", "balet" kabi atamalar
bir xil nom va ma’nolarda yuritiladi? Agar bir zum fikrimiz bilan, olamshumul
tarix charxpalagini orqaga aylantirsak, qadim-qadim zamonlardan, miloddan
avval va keyingi asrlar davomida, dunyo xalqlari o’z mehnat va turmushlari
jarayonida tabiatni mo’jizalarini o’rganib, diniy e’tiqod va falsafiy tafakkurlari
bilan so’z, musiqa, raqs va turli tomosha-o’yinlarni yaratdilar va badiiy san’at
darajasiga ko’tardilar. Bu san’atlarning bir-biriga uzviy chatishtirishlari
natijasida, har-xil san’at turlari bunyodga keldi. Bulardan biri - teatr san’atidir.
Tarix shunday ma’lumot beradi-ki, butun dunyo xalqlari so’z (dialog va
monolog), musiqa va raqs san’atlarining bir-biriiga uzviy bog’lab, mazmunli
tomoshalar qo’yishga harakat qilganlar va yaxshi natijalarga erishganlar.
Qadimgi yunon xalqi (Ellada davlatida) bunday tomoshani teatr deb ataganlar.
Teatr (yunon so’zi g’G’eaorx1 - ko’ryapman, qarayotirman, uexgrou - tomosha
ko’radigan maxsus joy ma’nolarini bildiradi). Xuddi shunday, drama so’zi ham,
yunoncha atama bo’lib, (Ogata - harakat, fikr to’qnashuv harakati) dialog va
monolog badiiy so’z va sahna harakati orqali tuziladi. Boshqacha qilib aytganda,
drama - jamiyat tuzumlaridagi nuqsonlar, insonlarning munosabatlarida yuz
beradigan muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi g’oya va fikrlar, turli yaxshi
va yomon hatti-harakatlar kabi masalarni to’qnashuvi va ularni echilishi yoki
hukm chiqarishi bilan bog’liq adabiy sahnaviy asar.
3. Simfonik musiqa. Urush yillari simfonik musiqa ham sezilarli darajada
o’sdi. Avvalambor simfonik ijodiyotning janr doirasi kengaydi. Bu narsa,
san’atning ruhiy psixologik emotsional obrazli chegarasining kengayishi va
boyishi yirik masshtabli shakllar yuzaga kelishiga olib keldi. O’sha yillari,
O’zbeksiton musiqasi uchun an’anaviy bo’lib qolgan syuita va poema bilan bir
qatorda, uvertyura va cholg’u kontsert ham fuqarolik xuquqiga ega bo’ldi. Lekin,
kompzitorlarning ijodiy izlanishlari uchun asosiy soha bo’lib qolgan
simfoniyaning oldinga chiqishi eng katta yutuqdir. Simfonik musiqaning
g’oyaviy tematik mavzusi kengaydi: simfonik musiqa doirasiga qahramonlik
aktiv va shiddatli, xamda dramatik obrazlar kiritildi. Milliy uslubni o’zlashtirish
sohasida ham jiddiy siljishlar sodir bo’ldi.
Uspenskiyning har ikkala asari “Muqanna” syuitasi ( 1943 yil) va
“O’zbekcha poema rapsodiya” si ( 1944 yil) muallif tomonidan dastlab topilgan
vosita va usullar endilikda erkinroq va xilma xilroq qo’llanilayotganidan dalolat
beradi. Kompozitorning badiiy niyati dadilroq bo’lib qoladi.
O’zbek simfonik musiqasida o’z yo’lini miniatyuralardan boshlagan
Uspenskiydan farqli o’laroq, Georgiy Mushel birdaniga simfoniya muallifi
(uning birinchi simfoniyasi 30-yillar oxiriga mansub) sifatida tanildi.
Kompozitorning mazkur janrga qiziqishi doimiy va shu qadar o’tkir ediki,
urushning dastlabki yillaridayoq birin-ketin ikkita simfoniya yaratdi. Ta’kidlash
zarurki, Mushelning simfoniya janrida individual moyilligi, harbiy davrda
kompozitorlarning yirik shaklga va ulkan fuqarolik mavzulariga bo’lgan
intilishlariga xos umumiy yo’nalishni aks ettiradi. Simfoniyaning o’ziga xosligi
ko’p jixatdan uning janr belgilari o’zgachaligidan kelib chiqadi. “ Shaklning
monumentalligi musiqa bayonining osoyishtaligi, mavzularni rivojlantirish
usullari epik simfonizm (xammadan ko’proq Borodin ) an’analarini eslatadi. Shu
bilan birga, Mushelning o’tkir kolliziyalarga bo’lgan intilishi mazkur asarga lirik,
dramatik simfonizm belgilarini kiritadi”. Qo’shimcha qilish mumkinki, o’zbek
intonatsiya manbai zaminida, original singdirilgan romantik simfoniya ( Shubert)
ta’siri ham seziladi.
4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi. To’xtasin Jalilov
nomidagi O’zbekiston Davlat Akademik xalq cholg’ulari, Doni Zokirov
nomidagi O’zbek xalq cholg’ulari orkestrlarining kontsert ijrochilik faoliyati
keng
jamoatchilik
e’tiborini
qozondi.
1948-yilda
Toshkent
Davlat
konservatoriyasida xalq cholg’ulari fakultetining ochilishi, O’zbekiston
bastakorlarining original asarlar yaratish borasida faol ijodiy faoliyati ko’plab,
jaxon klassik asarlari va xalq kuylarining moslashtirilishi va qayta ishlanishi,
Davlat orkestriga jaxon sahnasiga chiqish imkonini berdi.
Orkestrning biinchi ma’sul chiqishi, 1948-yil noyabrning oxirida,
Moskvadagi P.I. Chaykovskiy nomidagi kontsert zalida bo’lib o’tdi. Kontsertlar,
shuningdek, olimlar uyida, madaniyat saroylari va boshqa zallarda ham bo’ldi.
Ulardan: Mutal Burxonov, Manas Leviev asarlari bilan bir qatorda, N.
Budashkinning “Domra va orkestr uchun kontsert” ( A. Baxromov yakkaxon),
E.Grigning “ Tanets Anitri” asarlari ijro etildi.
Yirik shakldagi orkestr asarlaridan, N. Budashkinning kontserti, Sobir
Boboevning “Bayram uvertyurasi”, G’ofur Qodirovning uch qismli “Syuita”si,
Fattox Nazarovning “ Yoshlar syuitasi” kiritilgan edi.
Doni Zokirov nomidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestri 50-yillarda tashkil
topgan. Uning eng muhim vazifalaridan biri, o’zbek xalq musiqasini tag’ib qilish
xamda keng tinglovchilar ommasini boshqa xalqlar musiqasidan bahramand
etish, shuningdek, O’zbekiston bastakorlarining yangi original asarlari bilan
tanishtirishdan
iborat.
Orkestrning
negizini,
Toshkent
Davlat
Konservatoriyasining o’zbek xalq cholg’ulari fakultetini bitirib chiqqanlar tashkil
etdi. Ular orasida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Qobul Usmonov,
Tohir Rajabov (rubob), Halim Jo’raev (nay), Qahramon Komilov (g’ijjakchi),
respublika ko’rigining sohiblari Rustam Karimov (rubob), Komil Shermatov (
chang). Orkestrning badiiy rahbari va bosh dirijeri, taniqli bastakor, g’ijjakchi
Mustafo Bafoev, yordamchi dirijeri Fazliddin Yunusovlar xozirda ham ijodiy
faoliyat ko’rsatmoqdalar.
5.Vokal-simfonik va xor musiqasi. Urushdan keyingi yillar, Sovet
voqeligining mavzu va obrazlari bilan bog’liq bo’lgan asarlar yaratilishi bilan
nishonlandi. 50-yillarning o’rtasidan, vokal-simfonik shaklan kengayib bordi.
Etakchi o’rinni egallagan kantata bilan bir qatorda, zamonaviy voqeaband
mavzularini aks ettiruvchi ilk oratoriyalar paydo bo’ldi. Poema, ballada, odalar
yaratildi. Mavzu borasida ham xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Kompozitorlarning
mahoratini o’sishi o’tgan davrda erishib bo’lmagan yangi ijodiy msalalarni
o’rtaga tashlash imkonini tug’diradi.
Vokal-simfonik asarlarining ko’plari V. Leninga bag’ishlangan. Orasida eng
etuklaridan biri, his-tuyg’ularning samimiyligi bilan ajralib turuvchi M.
Burxonovning “Lenin partiyasiga qasida”sidir. Ikrom Akbarov, o’zining
“Toshkentnoma” (Shayhzodaning dostoni asosida) oratoriyasini, Toshkentga
bag’ishladi. Bu tsiklning etti qismi pauza bilan ayrilib, ikki bo’limga guruhlanadi.
Birinchisi, inqilobga qadar o’tmish timsollari gavdalanadi. Birin-ketin azob va
uqubat kurash manzaralari (birinchi qism “Asrlar qa’ridan” jang va qahramonlik
epizodlari, ikkinchisi “Botirlar diyori”, uchinchisi “Yangi taqdir bo’sag’asida“
bir-birini almashtirib keladi. To’rtinchi qismi ”Sovetlar mash’alin biz yoqdik”
Ulug’ Oktyabr voqealariga olib keladi. Shunday qilib, ko’rilayotgan davrda,
o’zbek vokal-simfonik musiqasi sezilarli yutuqlarga erishdi. Serjanrlikka intilish
tipik bo’lmagan musiqali dramaturgik echilmalarni izlash, 60-70-yillardagi vokal
simfonik musiqaning fazilatlaridan hisoblanadi. Garchan, yirik shakldagi
asarlarda, izchil rivojlantirish masalasi ham xamma vaqt ham ishonarli ravishda
hal etilmagan bo’lsada, bu borada o’zlashtirilgan ijodiy yutuqlar, tanlangan yo’l
to’g’ri va istiqbolli ekanligi ekanligiga shubha qoldirmaydi.
6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi. “Estrada” so’zi lotin tilida,
“tepalik” ma’nosini anglatadi. XX asrning 50-yillarida estrada so’zi musiqaga
kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi.
Estrada musiqasi, estrada san’atining etakchi bir qismini tashkil etadi. Estrada bu
- engil maishiy xarakterga ega, ommabop musiqa bo’lib, uning tashkil topish
tarixi G’arb xalqlarining teatrtomosha shakllaridan boshlanadi. Bu G’arbda
ommalashgan, Myuzikxoll madaniyatlarining o’zaro ta’sirida rivojlandi. Asta-
sekin jaz, Evropa va Sharq garmoniya va ritmikasi, rok, pop kabi musiqalar va
yo’nalishlar estradani egalladi. O’zbeksitonda ham Milliy estrada musiqasi XX
asrning 50-yillarida shakllana boshladi. Unga taniqli estrada yulduzi Botir
Zokirov asos soldi. 1957-yili O’zbekistondlik yosh estrada guruhi Moskvada
o’tkazilgan yoshlarning oltinchi xalqaro festivalida ilk bor muvaffaqiyatli
qatnashib faxrli to’rtinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bu katta yutuq edi.
Shundan so’ng, Milliy estrada musiqasi tez ommalashdi va rivojlandi.
“Yalla“, “Paxtaoy”, “Navo”, “Sado” kabi estrada guruhlari shakllandi. Ayniqsa,
80-90-yillardan boshlab, jaxon andozalariga mos turli rok, rep guruhlari tuzildi.
O’zbek milliy estradasi mislsiz ravnaq topdi.
Botir Zokirov. O’zbek Milliy estrada musiqasining asoschisi, o’zbek milliy
estrada san’atining yirik namoyondasi, ajoyib shoir, rassom dramaturg, rejisser
va mohir xonanda Botir Zokir Toshkentda ustoz san’atkor Karim Zokirov oilasida
tavallud topgan. U o’z kasbining ustasi edi muntazam ravishda o’zbek milliy
estrada san’ati rivoji yo’lida izlanishlar olib bordi. Ijodiy izlanishlar jarayonida
rus xorijiy Sharq estrada qo’shiqlarini o’zbek milliy qo’shiqchiligiga
uyg’unlashtirib, yangi qiyofa topishga muyassar bo’ldi. Botir Zokir Toshkent
Davlat Konservatoriyasida va Toshkent Teatr va rassomchilik institutida tahsil
olgan. Uning amalga oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik, o’zbek estradasining
mumtoz andozasi bo’lib qoldi masalan: “Arab tangosi”, “Xabiba”, “Qochoq qiz”
va boshqalar. Botir Zokirov bu qo’shiqlari bilan O’zbekistonni butun dunyoga
tanitdi. Ayniqsa, “Ra’no”, ”Maftun bo’ldim” kabi qo’shiqlari bilan o’zbek
estradasida o’chmas iz qoldirdi. Botir Zokirov yosh iste’dodlarni izlashda, ularga
yo’l ko’rsatishda, mehnatini ayamadi. Uning bu mehnatlari samarasi o’laroq, juda
ko’p yosh iste’dodlar kashf etildi.
“Yalla“ guruhi. O’zbek estrada musiqasining faxri bo’lgan “ Yalla” guruhi
1971-yil tashkil topgan. Uning qatnashchilari, Toshkent Teatr va rassomchilik
instituti va Konservatoriya talabalaridan, B.Zokirovning shogirdlaridan edi. “
Yalla “ guruhi o’z paytida “ VIA” ( vokal instrumental ansambli) shaklida faoliyat
ko’rsatib, O’zbekistonda ilk estrada rok guruhlari qatoridan o’rin oldi. Unga bir
necha yillar davomida, Farrux Zokirov rahbarlik qilib kelmoqda. U “Yalla” ni
professional guruhlar darajasiga ko’tardi. Uning ijrosidagi “ Uchquduq”, “
Choyxona”, “ Maxbubam chiroyli”, “ Yallama yorim”, “ G’ayrag’ayra”,
“Qilpillama” kabi qo’shiqlar o’zbek estrada musiqasi xazinasidan munosib joy
oldi. Ansambl ijrosidagi qo’shiqlar, o’zining jozibadorligi, aranjirovkalarining
o’ziga xosligi, “Yalla” ga shon-shuhrat keltirdi. 1982-yili “Yalla” yoshlarning 9-
jaxon festivalida, birinchi o’rinni egallab, butun dunyoga dong taratdi. Hozirda
“Yalla” guruhi folklor uslubdagi guruhlardan biri sifatida faoliyatini davom
ettirmoqda. Bu esa guruh faoliyatining xalq musiqa merosi bilan yaqindan
bog’langanligini ko’rsatadi.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi”
1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T.
”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.