Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi: kolonial nazariya – E. Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886); sinsitial nazariya - I. Xodji (1943) va boshqa olimlar nazariyalari; qutblanishni kelib chiqishi va hujayralar ixtisoslashuvi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
30,2 KB
Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi: kolonial nazariya – E.
Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886); sinsitial nazariya - I. Xodji (1943) va
boshqa olimlar nazariyalari; qutblanishni kelib chiqishi va hujayralar
ixtisoslashuvi; evolyutsiya jarayonida tuzilishni murakkablashuvi
R E J A
1. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi
2. Kolonial nazariya – E. Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886); sinsitial nazariya
- I. Xodji (1943) va boshqa olimlar nazariyalari
3. Evolyutsiya jarayonida tuzilishni murakkablashuvi
Ko‘p hujayralilarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari. Ko‘p
hujayralilar tanasi har xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan
hujayralardan iborat. Bu hujayralar mustaqil yashash xususiyatiga ega bo'lmasdan,
yaxlit organizmning bir qismi hisoblanadi. Hujayralar turli darajada ixtisoslashgan,
ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari faqat
qisqarish, nerv hujayralari esa sezish xususiyatiga ega. Ixtisoslashgan hujayralar
maxsus to‘qimalarini hosil qiladi. Yuqorida (13-16 betlar) ko‘p hujayrali
hayvonlaming epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari to‘g‘risida umumiy
ma’lumot berilgan edi.
Murakkab individual rivojlanish sikli hamma ko‘p hujayralilar uchun
xos xususiyatdir. Bu jarayonda urugiangan yoki ba’zan urug’lanmagan
tuxumdan voyaga yetgan organizm shakllanadi. Ko‘p hujayralilarning individual
rivojlanishi (ontogenezi) urug'langan tuxum hujayrasining juda ko‘p mayda
hujayralarga bo'linishi (maydalanish) va ulardan asta-sekin embrión varaqlari hamda
organlaming
hosil
bo‘lishidan
iborat.
Ko‘p hujayralilar jinssiz hamda jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz
ko'payish birmuncha sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar uchun xos bo'lib, ikkiga
bo‘linish, kurtaklanish yoki ko‘p marta bo‘linish orqali sodir bo‘ladi. Jinsiy
ko‘payishni ko‘p xujayralilaming hamma tiplarida kuzatish mumkin. Jinsiy
ko‘payish gametalar, ya’ni har xil jinsli ixtisoslashgan jinsiy hujayralar ishtirokida
boradi. Urg'ochi hujayra tuxum (oogameta), erkaklik hujayra urug‘ (spermatozoid)
deyiladi.
Gametalar
qo‘shilishi
natijasida
hosil
bo‘ladigan urug'langan tuxumhujayra zigota deb ataladi. Zigotadan individual
rivojlanish (ontogenez) jarayonida yetuk organizm shakllanib chiqadi. Ko‘p
hujayralllariing kellb chiqishi. Ko‘p hujayralilami bir hujayralilardan kelib
chiqqanligi isbot qilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhidan kelib
chiqqanligi to‘g‘risida turli flkrlar mavjud. Chunki ko‘p hujayrali organizmlar uchun
xos bo'lgan ayrim belgilarni (masalan, ko‘p yadrolik) bir hujayralilaming turli
guruhlari orasida kuzatish mumkin. Bu xususiyat soxtaoyoqlilar (nurlilar),
xivchinlilar (opalinalar) va hamma infuzoriyalar uchun xos. Ayrim hollarda yadrolar
sonining ortishi bilan birga boshqa organoidlar soni ham ortadi (masalan,
Hypermastigina turkumi vakillari), hatto ba’zan ko‘p hujayrali organizm ham
shakllanadi (masalan, miksosporidiyalar). Lekin sanab o‘tilgan hayvonlarning
ko‘pchiligí parazit hayot kechiradi va ulaming keyingi taraqqiyoti hech qachon ko‘p
hujayralilaming kelib chiqishiga olib kelolmaydi. Ko‘p hujayralilaming kelib
chiqishi muammosini hal etishda koloniya bo‘lib yashovchi hayvonlar muhim o‘rin
tutadi. Ko‘p hujayralilaming volvoksga o‘xshash koloniyali xivchinlilardan kelib
chiqqanligini hozir ko‘pchilik olimlar tan oladilar. Koloniyali bir hujayralilardan
ko‘p hujayralilaming paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar bor.
1. Gastrey nazariyasiga binoan ko‘p hujayralilaming qadimgi ajdodlari
sharsimon koloniyali hayvonlar bo ‘lgan. Bu nazariyaning asoschisi E. Gekkel
(1874) hisoblanadi. Ko‘phujayralilar embrional rivojlanishida gastrula stadiyasida
ichki ikkinchi embrión varag‘ini blastula devorini blastula bo‘shlig‘iga botib kirishi
-
invaginatsiya
natijasida
hosil
bo‘lishi
bu fikmi tasdiqlaydi. Gekkel fíkricha ko‘p hujayralilaming dastlabki ajdodi
sharsimon koloniyadan uning bir bo‘lagini ikkinchi bo‘lagi ichiga botib kirishi
natijasida hosil bo‘lgan; gastrula bo‘shlig‘i birlamchi ichak bo‘shlig‘iga aylangan, u
og‘iz teshigi bilan tashqariga ochilgan. Gekkel “gastrey” deb atagan bu gipotik
organizm suvda kipriklar yordamida suzib yurgan; jinsiy ko‘paygan.
1. Fagotsitella nazariyasi. Bu nazariyani 1886 yilda 1.1. Mechnikov asoslab
berdi. Tuban tuzilgan ko‘p hujayralilaming gastrula stadiyasi invaginatsiya yo‘li
bilan emas, balki ayrim hujayralaming blastula bo‘shlig‘i (blastotsel) ga ko‘chishi -
immigratsiya natijasida hosil bo‘lgan. Keyinchalik ichki hujayralar tig‘iz joylashuvi
bilan
birlamchi
ichak
bo‘shlig‘i
gastrotsel, keyinroq birlamchi og‘iz blastopor hosil bo‘lgan. Mechnikov
ham Gekkel singari ko‘p hujayrali hayvonlami koloniyali bir hujayralilardan kelib
chiqqanligini tan oladi. Lekin uning ko'rsatishicha ichki qavat qutblardan biridagi
hujayralaming botib kirishi bilan emas, balki hujayralaming ichki bo‘shliqqa ko‘chib
o‘tishi tufayli hosil bo‘ladi. Hujayralami ichki bo‘shliqqa o‘tishi ulami oziqni hazm
qílishga
ixtisoslashuvi
bilan
bog‘liq.
Shuning uchun ham 1.1. Mechnikov bunday hujayralami fagotsitoblastlar, o‘z
nazariyasini esa, “fagotsitella “deb ataydi. Ko‘p hujayrali hayvonlaming ajdodlarida
ikkita (ektoderma, endoderma) qavatning paydo bo‘lishi ulardagi hujayralaming
fanksional ixtisoslashuviga olib keldi. Buning natijasida tashqi qavat hujayralari
xarakatlantirish va sezish, ichki qavat esa hazm qilish va jinsiy organlar sistemasi
funksiyasini bajarishga moslashadi. Ko'pchilik zoologlaming fikricha, ko‘p
hujayralilar bevosita sharsimon koloniya bo ‘lib yashovchi bir hujayralilardan kelib
chiqqan. Lekin A. A. Zaxvatkinning fikricha, E. Gekkelning “Gastreya” va I. I.
Mechnikovning “Fagotsitella” nazariyalari ko‘p hujayralilaming kelib chiqishini
aniq aks ettirmaydi. Chunki blastula va gastrula voyaga yetgan organizmlar ajdodlari
tuzilishini ifodalamaydi, balki turlarni tabiatda tarqalishiga imkon beravchi erkin
hayot kechiradigan lichinkalari hisoblanadi. Ko‘p hujayralilami qadimgi ajdodlari
koloniya bo‘lib yashashdan g‘ovak tanlilar va gidroid poliplar singari o‘troq hayot
kechirishga
o‘tgan
hayvonlar bo‘lgan. Lekin bu fikr haqiqatdan ancha yiroq deyish mumkin.
Chunki hazm sistemasi rivojlanmagan va sodda o'troq hayvonlardan murakkab
tuzilishga ega bo'lgan hayvonlami kelib chiqishiga ishonib bo‘lmaydi. Yuqorida
keltirilgan nazariyalaming barchasi ko‘p hujayralilami kolonial bir hujayralilardan
kelib chiqqanligini inkor qilmaydi. Lekin ayrim zoologlaming fikricha ko‘p
hujayralilar bevosita yakka yashovchi bir hujayralilardan kelib chiqqan.
Yugoslaviyalik olim Iovan Hoji ko‘p hujayra1ilar bevosita ko‘p yadroli
infiizoriyalardan kelib chiqqan degan fikrni bildirdi. I. Hoji infuzoriyalar tanasidagi
ma’lum vazifalami bajarishga moslashgan ayrim qismlari, ya’ni organoidlari ko‘p
hujayrali hayvonlaming xuddi shunday vazifalami bajaradigan organlariga aylangan
degan fikmi ilgari suradi. Shunga ko‘ra u, ko‘p hujayralilaming teri qoplami
ektoplazmadan, ichaklari esa endoplazmadan, muskullari mionemalardan, ayiruv
organlari qisqaruvchi vakuollardan
va
jinsiy
organlari
infuzoriyalaming
mikronukleuslaridan rivojlangan, deydi. Hatto olim ko‘p hujayralilaming jinsiy
urchishi infuzoriyalaming kon’yugatsiyasiga, tuxum hujayralaming urug'lanishi esa
mikronukleusning migratsiyalanuvchi va statsionar yadrochalarining o'zaro
qo'shilishiga mos keladi, deb hisoblaydi. Shunday qilib, I. Hojining sellyurizatsiya
(cellula - hujayra) nazariyasiga binoan infuzoriyaning tanasi bir butun ko‘p hujayrali
organizmga ay lanib qo'yaqolgan. Mazkur nazariya haqiqatdan uzoq bo'lishiga
qaramay, zoologlar orasida uni qo‘llab quvvatlovchilar ham uchrab turadi
KO‘P HUJAYRALILAR KLASSIFIKATSIYASI
Ko‘p
hujayralilar
(Metazoa)
kenjadunyosi
fagotsitellasimonlar
-
Phagocytellozoa, tuban ko‘p hujayralilar - Parazoa va haqiqiy ko‘p hujayralilar -
Eumetazoa deb ataladigan uchta bo‘limga ajratiladi. Fagotsitellasimonlar bo‘limiga
faqat ikkita tumi birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban ko‘p hujayralilar
(Parazoa) ga g‘ovaktanlilar (Spongia) tipi kiradi. Fagotsitellasimonlar va
g'ovaktanlilar tanasidagi hujayralarning ixtisoslashmaganligi, nerv sistemasi
rivojlanmaganligi va bir xil hujayralarni ikkinchi xildagi hujayralarga oson aylanishi
bilan boshqa ko‘p hujayralilardan keskin ajralib turadi, Haqiqiy ko‘p hujayralilar
(Eumetazoa) bo‘limi juda ko‘p tip vakillarini birlashtiradi. Ular tanasi hujayralari
muayyan vazifani bajarishga ixtisoslashgan, haqiqiy nerv sistemasi rivojlangan. Bu
bo'lim
ham
o‘z
navbatida
radial simmetriyalilar yoki ikki qavatlilar (Radiata) hamdaikki tomonlama
simmetriyalilar (Bilateria) kichik bolimlarga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga
bo'shliqichlilar va ninaterililar tipi kiradi. Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlami
ham o‘z navbatida tana bo‘shliqqa ega bo‘lmagan parenximatoz hayvonlarga (yassi
chuvalchanglar, nemertinlar, mollyuskalar tipi); birlamchi tana bo‘shliqlilarga
(to‘garak chuvalchanglar, tikanboshlilar tipi), ikkilamchi tana bo‘shliqlilar, ya’ni
selomik hayvonlarga (halqali chuvalchanglar, ignaterililar, xordalilar tipi) va aralash
tana bo‘shliqlilar (bo‘g‘imoyoqlilar tipi) ga ajratish mumkin. Embrional tuzilishiga
binoan selomli hayvonlami ham birlamchi og‘izlilar (Protostomia) va ikkilamchi
og‘izlilar (Deuterostomia) guruhiga ajratiladi. Birlamchi og‘izlilarning embrional
rivojlanishi davrida hosil bo‘lgan birlamchi og‘iz (blastopor), ular voyaga yetgan
davrida ham og ‘iz teshigi bo'lib qolaveradi. Bu guruhga halqali chuvalchanglar,
mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar va onixoforalar tipi kiradi. Ikkilamchi og'izlilaming
embrional rivojlanishidagi hosil bo‘lgan birlamchi og‘iz voyaga yetgan hayvonning
chiqarish teshigiga aylanadi. Ikkilamchi, ya’ni haqiqiy og‘iz teshigi esa keyinchalik
mustaqil holda, ko‘pincha chiqarish teshigi joylashgan qutbning qarama-qarshi
tomonida hosil bo‘ladi. Bu guruhga ignaterililar, chalaxordalilar va xordalilar tipi
kiradi. Tuqjaglilar va pogonoforalaming embrional rivojlanishi yuqorida
ko‘rsatilgan ikkita guruhning birortasiga ham o'xshamaydi. Shuning uchun bu ikki
tip vakillarini birlamchi yoki ikkilamchi og‘izlilarga kiritib bo'lmaydi
Nazorat savollari
1. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi to’grisida nimalarni bilasiz?
2. Kolonial nazariya – E. Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886); sinsitial nazariya -
I. Xodji (1943) va boshqa olimlar nazariyalari bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Evolyutsiya jarayonida tuzilishni murakkablashuvi haqida tushunchalar berish?
Glossariy
1. Evolyutsiya (lot. evolutio — avj olish) — rivojlanishning sinonimi; asta-sekin,
bosqichma-bosqich roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. Evolutsiyada
rivojlanishning sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish
bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi. Evolyutsion rivojlanishda portlash
hodisasi roʻy bermaydi.
2. Oogameta-urg'ochi hujayra tuxum.
3. Spermatozoid-erkaklik hujayra urug'.
4. Zigota-urug'langan tuxum hujayra.
5. Ontogenez-individual rivojlanish.
6. Gastrosel-birlаmchi ichаk bo’shlig’i.
7. Blastopor-birlamchi og'iz.
8. Gastrula — koʻp hujayrali hayvonlarning gastrulyatsiya davridagi murtagi.
Birinchi marta rus biologi A. O. Kovalevskiy (1865) taʼriflab bergan, G.
tushunchasini fanga nemis biologi E. Gekkel kiritgan (1874).
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б.
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017
4. Богданов О.П. Ўзбекистон ҳайвонлари (умуртқалилар)
5. Дадаев С.Д., Мавлонов О.М. Зоология. Тошкент, 2010