Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi. Halqali chuvalchanglarni ko’payishi, embrional rivojlanishi, ekologiyasi va ularning ahamiyati.
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
74,4 KB
Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi.
Halqali chuvalchanglarni ko’payishi, embrional rivojlanishi, ekologiyasi va
ularning ahamiyati.
R E J A
1. Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi.
2. Halqali chuvalchanglarni ko’payishiva embronal rivojlanishi.
3. Halqali chuvalchanglarni ahamiyati.
Halqali chuvalchanglar 9000 dan ortiq yuksak tuzilgan chuvalchanglar turlarini
o’z ichiga oladi. Ularning asosiy belgilari quyidagilardan iborat;
1. Tanasi bosh, bo’g’imlari bo’lingan gavda va orqa anal bo’limlardan iborat. Har
bir halqada harakatlanish vazfasini bajaruvchi tuzilmalar - parapodiylar joylashadi.
Parapodiy - oyoq degan ma’noni beradi.
2. Parapodiylar barcha halqali chuvalchanglarda bo’lavermaydi.
3. Teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan.
4. Tana bo’shlig’i ikkilamchi yoki selom deyiladi.
5. Og’iz teshigi prostomiumning qorin tomonida joylashgan. Hazm qilish sistemasi
yaxshi rivojlangan.
6. Qon aylanish sistemasi odatda yopiq rivojlangan.
7. Ayirish sistemasi - har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan
iborat.
8. Markaziy nerv sistemasi - bir juftdan bosh va halqumosti nerv gangliylari,
shuncha halqum atrofi halqa nerv gangliylari, nerv o’qi va qorin zanjiridan iborat.
Qorin nerv zanjiri bir juft bo’ylama nerv o’qidan hosil bo’ladi. Nerv o’qlari
ko’pincha o’zaro yaqinlashib qo’shilib ketadi. Nerv o’qlari bo’ylab har bir
bo’g’imda bir juftdan nerv gangliylari joylashadi.
9. Ko’pchilik tuban tuzilgan halqalilar ayrim jinsli, metamorfoz orqali rivojlanadi,
lichinkasi troxofora deyiladi. Halqalilar ikki kenja tipga bo’linadi.
1. BELBOG’SIZLAR (ACLITELLATA) KENJA TIPI.
Belbog’sizlar ayrim jinsli, jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Tanasida belbog’i
bo’lmaydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi troxofora deyiladi. Kenja tip
bitta ko’ptuklilar sinfni o’z ichiga oladi.
KO’PTUKLILAR SINFI (POLYCHAETA)
Bu sinfga mansub chuvalchanglarning gavdasi ko’plab tuklar bilan qoplangani
uchun sinf nomi o’sha belgidan olingan. Ko’p tuklilarning ichida o’troq va ko’chib
yurib harakatlanadigan xillari uchraydi. Bularning aksariyati dengiz suvlarida
yashovchi jonivorlardir. Ko’p tuklilarning gavdasini tuzilish xususiyatlarining shu
sinf vakili bo’lmish nereis (Nereis) misolida beriladi.
Nereis (Nereis pelagica) qo’ng’ir yashil rangdagi chuvalchang bo’lib, uzunligi
120 mm. ga boradi. Nereisning oldingi tomoni keng, keyingi tomoni ensizroqdir.
Gavdasi 5 800 tagacha halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshi ikki qismdan
ibrat bo’lib, oldingi boshga prostomium, keyingisiga peristomium deyiladi.
Peristomium ko’pincha ikki uch halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bir
yoki bir nechta halqalar bosh bo’limiga qo’shilib boshni hosil qilishiga - sefalizatsiya
deyiladi. Prostomiumda bir juft paypaslagichlar bo’lib ular tuyg’u vazifasini
bajaradi. Peristomiumda esa har-xil miqdorda mo’ylovlar bo’ladi. Tananing hosil
qilgan halqalar bir xil kattalik va shaklda ko’rinadi. Bunday halqalar gomonom
halqalar deyiladi. Har bir halqaning yon tomonida o’siqlari paropiylar harakatlanish
organi sifatida birinchi bor shu chuvalchanglarda paydo bo’lgan.
Paropodiyning musukulli kalta tana bo’lib, u asosiy bo’lak va bu bo’lakda
joylashgan ustki va ostki bo’laklardan tashkil topadi. Paropodiylarda bir qancha
qillar tutami bo’lib, ular ingichka va elastik bo’ladi. Qillardan biri yo’g’on bo’lib, u
tayanch vazifasini o’taydi. Paropodiy olididan orqaga surilganda qillar substratga
tegib hayvon ilgari harakatlanadi.
Teri muskul xaltasi: Nereis tanasi ustki tomondan yupqa, biroq pishiq kutikula
qavat bilan o’raladi. Epiteliy ba’zi xollarda kiprikli bo’lishi mumkin. Ko’pincha
epiteliyda bez hujayralar joylashadi. Teri epiteliysi ostida ikki qavatli muskul
to’plami yotadi. Bu muskullar halqa, bo’ylama muskullardan tashkil topdi. Selom
ichak bilan tana qoplami o’rtasida joylashadi.
Ichki tuzilishi: Selom ichak va tana devori oralig’ini egallaydi. Selom yaxlit
bo’lmasdan metamer joylashgan xaltachalardan iboratdir. Selom haltachalari devori
ustki va ostida o’zaro qo’shilib mezenteriy to’siqlarini hosil qilib, ichak va shu
to’siqlarda tana devorida osilib turadi.
Selom tayanch, transport, ayrish va jinsiy mahsulotlar hosil bo’lishi va voyaga
yetishi jarayonlarida ishtirok etadi. Selom bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan, bu
suyuqlik o’z tarkibiga ko’ra dengiz suviga yaqin bo’lib u doimo harakatda bo’ladi.
Unda amyobasimon hujayralar suzib yuradi. Tana bo’shlig’idagi bu suyuqlik hayvon
hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Suyuqlik orqali tananing turli joylariga ozuqa
moddalar tarqaladi, sekretsiya bezlari ham shu suyuqlikka qo’shilib moddalar
almashnuvi hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim rol o’ynaydi.
Nereisni (A) oldingi, (B) keying tomoni.
1- paypaslagichlar (antenalar), 2- palp, 3-og’iz yoni mo’ylovlari, 4 - ko’zlar,
5- prostomium, 6 - hidlash chuqurchasi. 7 peristomium, 8- parapodiylar, 9 - qillar,
10 orqa mo’ylov, 11 - pigidiy, 12 - anal mo’yiovlari, 13- orqa qon tomiri.
Ovqat hazm qilish sistemasiga: oldingi ektodermal, entodermadan kelib
chiqqan o’rta va ektodermadan kelib chiqqan keyingi ichak kiradi. Polixetlarning
tashqariga otilib chiquvchi halqumi bo’lib, halqumda o’tkir tikonlar, o’ljani ushlab
turishga xizmat qiluvchi tuzilmalar joylashadi. Nereis ham kuchli tishsimon
o’simtalari bo’lgan halqumga ega. U o’tchil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ko’pincha
nereisning ovqati suv karami hisoblanadi. O’rta ichak to’g’ri kanaldan tashkil topib,
keyingi ichak kaltadir. Ko’p tuklilar yirtqichlik bilan hayot kechiradilar. Ovqatni
tutish va og’zida yo’naltirish vazifasini boshidan palpalar bajaradi.
Nafas olishda turlicha tuzilmalar xizmat qiladi. Ko’ptuklilarnng sodda
tuzilgan vakillari terisi orqali nafas olishadi. Ammo ko’pchilik ko’p tuklilar
paropodiylarining yelka mo’ylovi jabra vazifasini bajaradi. Jabralarga ko’plab qon
tomir tarmoqlari kelib birlashadi.
Qon aylanish sistemasi- tananing orqa va qorin tomonida joylashgan qon
tomirlaridan iboratdir. Orqa qon tomiri ichakning ustidan, qorin qon tomiri ichak
ostidan o’tadi. Ikkinchi qon tomir halqa qon tomir bilan birlashadi. Halqa qon
tomirlari orqali qon jabralarga boradi. Jabralarda qon tozalanadi., kislorodga
boyiydi. Qon aylanish sistemasi yopiq, u faqat qon tomir, kapilyarlarida aylanadi.
Qon yelka tomirlarining ritmik qisqarishi natijasida harakatga keladi.
Halqali chuvalchanglar qonni tarkibida Fe moddasi bo’lgani uchun u qizil
rangda bo’ladi. Ayrish - har bir halqada joylashgan bir juft nefridiylar tomonidan
boshqariladi. Nefridiy uchlari selom bo’shlig’i devori yonida turadi. Undan ketuvchi
qon qo’shni segmentda tashqariga ochiladi.
Tuban halqalilarda nefridiy o’rniga xilpillovchi hujayra - solennotsitlar bo’ladi.
Solennotsitlar protonefridiylarni yulduzsimon hujayralariga o’xshaydi. Nerv
sistemasi- bir juft bosh gangliy, ulardan chiqib halqum atrofini o’rab o’tuvchi ikki
konnektiva va bir juft qorin nerv o’qidan iborat. Qorin nerv o’qlari tuban vakillarida
bir-biridan uzoqda joylashsa, birmuncha murakkab vakillarida nerv o’qlari bir biriga
yaqinlashadi. Sezgi organlari terida, boshdagi palpalar, ko’zlardir. Sezgi organlar
ayniqsa daydi ko’pqillilarda yaxshi rivojlanadi Ularning terisida tarqalgan sezuvchi
hujayralardan
tashqari
kimyoviy
sezish
organlari
ham
bo’ladi.
Bular
prostomiumdagi antennalar, palpalarda joylashadi.
Ko’rish organlari prostomiumning yelka tomonida 2 yoki 4ta bo’ladi.
Ko’zlarning to’rsimon qismi ikki xil hujayralardan tuziladi. Bu hujayralarning
birinchi xili yorug’likni sezuvchi xisoblanadi. Jinsiy sistemasi - sodda. Ayrim jinsli
bu hayvonlarda jinsiy a’zolari oldingi va eng so’ngi halqalardan boshqa barcha
segmentlarda bezlar shaklida bo’ladi. Bezlarda jinsiy mahsulotlar yig’ilgach, bez
yorilib, undan jinsiy hujayralar selomga chiqib yetiladi. Ko’pchilik halqalilarda
jinsiy yo’l nefridiy bilan qo’shilgan bo’ladi. Ko’p tuklilar ko’payishida epitok
hodisasi uchraydi. Jinsiy etilgan bo’g’im atrofi ko’plab qillar bilan o’ralib tanadan
ajralib, suv betiga chiqadigan chuvalchangning oldingi qismi- epitok, tananing
keyingi qismi atok deyiladi. Epitok tuhumga to’lib suv yuzasiga ko’tariladi.
Ko’ptuklilardagi epitok hodisasi oyning ba’zi fazalari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan,
Tinch okeandagi marjon poliplar orasida yashovchi palolo (Eunice viridis)
hayotidagi epitok hodisasi ko’pincha oktyabr oyiga to’g’ri keladi. Bu paytda suv
ostidan qalqib chiqayotgan chuvalchangning tuxum va urug’lar bilan to’la epitok
qismi bilan ba’zi xollarda suv yuzasi to’lib ketadi. Palolo uzunligi 40sm ga boradi.
Bu davrni Fidji oroli xalqi sabrsizlik bilan kutar ekan. Chunki, palolo maxalliy
xalqlar uchun yaxshi, to’yimli ovqatlik hisoblanar ekan. Suv yuzasida yurgan
epitokning devori yirtilishi natijasida undagi tuxumlar suvga chiqib, otalanish sodir
bo’ladi. Otalangan tuxumdan troxofora lichinkasi chiqadi.
Troxofora tashqi tomondan noksimon ko’rinishga ega bo’lib, ustki tomonida
bir dasta kokillari belbog’i bo’ladi. Ichagi oldingi, o’rta, keyingi qismlarga bo’linadi.
ayrish sistemasi protonefridiy tipida bo’ladi. Troxofora bir qancha vaqt erkin suzib
yurgandan so’ng tanasida asta halqalar paydo bo’la boshlaydi. Halqalarda
paropodiylar qillar hosil bo’ladi. Asta undan bo’lg’usi ko’p tukli belgilar paydo
bo’lishi davom etadi.
Ko’p tuklilar kezib yuruvchilar Yerrantia va o’troq halqalilar Sedentaria kabi
kenja sinflarga bo’linadi. Kezib yuruvchi ko’p tuklilar yaxshi rivojlangan,
paropodiylarida jabralari bo’ladigan, nefridiylari metamer joylashgan jonivorlardir.
Bularga Nyereis, Aphrodite, Lepidonatus kabi turlarni misol qilib ko’rsatiladi.
O’troq yashovchi halqalilar kam harakat bo’lgani uchun paropodiylar ham
rivojlanmagan. Tanasi geteronom segmentli, jabralari boshida joylashadi. Bular
ko’pincha dengiz ostidagi qumlarda alohida yo’llar, naychalar qilib shu uyalarda
yashaydi. Vakil sifatida Arenicola, Serpula, Sabellaria kabilar ko’rsatiladi.
ZULUKLAR (HIRUDINEA) SINFI.
Zuluklar ko’pincha hayvon va odamlarni qonini so’rib, ektoparazitlik bilan
yashaydigan halqali chuvalchanglardir. Yashash muhiti bu jonvorlarning tashqi va
ichki tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi tuzilishi: Zuluk gavdasi dorzoventral yo’nalishda sezilarli yassilangan
bo’ladi. Terida o’simtalar bo’lmaydi. Tanasining oldingi va keyingi uchida bittadan
so’rg’ichlari bo’ladi. Oldingi so’rg’ichi og’izni o’rab turadi, keyingisi nisbatan
rivojlangan bo’lib, unda anal teshigi bo’ladi.
Zuluklar tanasi 33 segmentdan tuziladi. Dastlabki 4 ta segment qo’shilib
oldingi so’rg’ichni, keyingi ikkita segment esa keyingi so’rg’ichni hosil qiladi.
Biroq, zuluklarni tashqi halqalari haqiqiy ichki tana halqalari soniga to’g’ri
kelmaydi. Odatda ichki bitta haqiqiy segmentga tashqaridagi 3-5 ta segment to’g’ri
keladi.
Zuluklar tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostidagi epiteliyda
bezli, pigment hujayralari ko’p bo’ladi. Epiteliyning ostida halqa va bo’ylama
muskullar joylashadi. Zuluklarning muskullari juda rivojlangan bo’lib muskullar
tana og’irligining 65,5 protsentini tashkil qiladi.
Vaholanki, yomg’ir chuvalchangida muskullari tana og’irligining 29,7
protsentini tashkil qiladi. Tanadagi halqa, bo’ylama, diogonal muskullar zuluk
xilma-xil harakatlar qilishiga imkon beradi. Zuluklar suvda yaxshi suzadi,
quruqlikda o’rmalab yuradi. Ichki organlar oralig’i g’ovak parenxima bilan to’lgan.
Ichki tuzilishi: Hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat.
Og’zi oldingi so’rg’ich tubida joylashgan bo’lib, og’iz bo’shlig’i halqumga ochiladi.
Xartumli zuluklarda halkum muskulli nay-xartumni hosil qiladi. Xartum og’zidan
chiqarilib, o’ljani tutish uchun xizmat qiladi. Jag’li zuluklarning og’iz bo’shlig’ida 3
ta valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda arraga o’xshash
jag’ni hosil qiladi. Zuluk oziqlanganda jag’lar xo’jayin tanasini teshib jaroxat paydo
qiladi. Zuluk shu jaroxatdan chiqqan qonni so’rib oziqlanadi. Halqumga bir hujayrali
so’lak bezlari yo’llari ochiladi. Tibbiyot zulugi bezlari suyuqligidagi girudin oqsili
qonning ivib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Zuluk so’rgan qon bir necha oy ivimasdan
saqlanadi. Halqum ingichka qizilo’ngach orqali o’rta ichakka ochiladi. O’rta ichak
bir juft yon o’simtalar (tibbiyot zulugida 10-11 juft), ya’ni xaltachalar hosil qiladi.
Orqa ichak to’g’ri nayga o’xshash bo’ladi.
Nafas olish organlari bo’lmaydi. Terilar orqali nafas oladi.
Haqiqiy qon aylanish sistemasi faqat qildor va xartumli zuluklarda bo’ladi.
Jag’li zuluklarda qon aylanish sistemasi vazifasini selom qoldig’i bajaradi. Xartumli
zuluklarda orqa va qorin qon tomirlari butunlay yo’qolib selom qoldig’i qon tomiri
vazifasini o’taydi. Zuluklarda qonni tarkibida gemoglabin va amyobasimon
hujayralar bo’ladi. Ayrish sistemasi ancha o’zgargan metanefridiylar iborat. Ayrish
nayi metamer joylashgan, faqat oldingi va keyingi segmentlarda bo’lmaydi. Tibbiyot
zulugida 17 juft metanefridiylari bo’ladi.
Nerv sistemasi: Boshqa halqalilarnikiga o’xshaydi. Qorin nerv zanjirida 20
yoki undan ko’proq gangliy bor. Halqum osti ganglisi 4 ta, eng oxirgi gangli esa 7 ta
oddiy ganglilarning qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Zuluklarning sezgi organlari har bir halqada joylashgan “qadaxsimon
organlardan” iborat. Ko’pchilik zuluklarda tananing oldingi qismidagi qadoxsimon
organlar ko’zga aylanadi. Ko’z faqat yorug’lik bilan qorong’ilikni farq qiladi.
Jinsiy sistemasi: Tibbiyot zulugi jinsiy sistemasi tanasining o’rta qismida
joylashgan 9 juft urug’ xaltalardan iborat. Haltalardan boshlanadigan ingichka urug’
yo’llari tananinng ikki yonida umumiy urug’ yo’liga qushiladi. Tananing oldingi
tomonida har qaysi urug’ yo’li urug’ to’kish nayiga qo’shiladi. Urug’ to’kish nayi
qo’shilish organida joylashadi.
Urg’ochi jinsiy sistemasi bir juft tuxum xaltalari va ularni ichida joylashgan
tuxumdonlardan iborat. Tuxum haltalaridan boshlanadigan tuxum yo’llari
bachadonni hosil qiladi. Bachadon muskulli keng jinsiy qin bilan bog’lanadi.
Urg’ochilik jinsiy teshigi qorin tomonidan yerkakli jinsiy teshigidan orqaroqda
joylashadi. Tuxumlarning otalanishidan individlardan biri spyermatoforani
ikkinchisini terisiga tiqib qo’yadi. Urug’ teri orqali zulukni jinsiy sistemasiga o’tadi.
Qo’shilish organi bo’lgan zuluklarda (Hirudinidae) bu organ urg’ochilik jinsiy
yo’liga kiritiladi. Pilla maxsus teri bezlardan chiqqan suyuqlikdan hosil bo’ladi. Bu
bezlar 9-11 segmentda joylashadi.
Zuluklar otalangan tuxumi bo’lgan pillasini suvga, suvo’tlari yoki nam
tuproqqa qo’yadi.
Zuluklar ikkita kenja sinfga bo’linadi.
1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi. Bu kenja sinf vakillari
zuluklar ichida tuban tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Tanasining oldingi beshta
xalqasida qillar - parapodiy qoldig’i sifatida saqlanib qolgan. Selom va qon tomirlari
bo’ladi. Bu turkumga Sibir ko’llaridagi baliqlarda tekinxurlik bilan yashovchi
Acanthobdella peledina vakil bo’adi.
2. Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi.
Terisida qillar bo’lmaydi Selomi to’la, qon tomir tizimi ham to’la yoki qisman
reduktsiyaga uchragan. Ikki turkumga bo’linadi.
1. Xartumli zuluklar (Rhunchobdellida) turkumi. .Erkin va tekinxurlik bilan
yashovchi zuluklardir. Bular muskulli xartumi bo’lishi bilan boshqa zuluklardan farq
qiladi. Bu turkum vakili sifatida baliqlarga jiddiy zarar yetkazuvchi (Piscicola
geometra) ko’rsatiladi. Bu turkum vakillari baliqlarning chavoqlarida tekinho’rlik
qilib ularga katta zarar yetkazadi.
Hartumli zuluklar ichida nasl uchun qayg’urish xususiyati ko’rinadi. Bu
zuluklarnng ayrimlari tuxumdan chiqqan bolalarini qorin qismiga joylab o’zi bilan
olib yuradi.
2. Jag’li zuluklar (Gnathobdellida) turkumi. Og’iz bo’shliqida 3 ta maxsus
valigi- jaglari bor. Jag’lari ko’pincha xitin tishchalari bilan qoplangan. Bu turkumga
tipik vakil tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) ko’rsatiladi. Bu zuluk qon tomir
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Zulukni so’lak bezlaridan qimmatbaxo
dorivor modda girudin olinadi. Zuluk saqlangan akvariumga bir vaqtni o’zida ikki
xil predmet tashlanib bu predmetlarni birini odam qo’li, ikkinchisini qisqich orqali
ushlab suvga tashlansa zuluklar darxol odam qo’li bilan ushlagan predmet atrofiga
yig’ilishadi. Bu zuluklarnixidni yaxshi bilishligidan dalolat byeradi.
Tabiatda zuluklar 3 yoshga borganida voyaga etishadi. Laboratoriya sharoitida
zuluklarni sovuqqonli hayvonlar bilan parvarish qilinganda ular 12-18 oyda voyaga
etishadi. Zuluklar o’z tuxumlarini pilla ichiga qo’yishadi. Zuluklarning pillasi xuddi
ipak qurt pillasiga o’xshab ketadi. Pillani uzunligi 20mm, eni 16mm atrofida bo’ladi.
Bitta pilla ichda o’rtacha 15-20 dona tuxum bo’ladi.
Tibbiyot zulugidan qadimdan xalq tabobatida tromboflebit, qon bosimi
kasaliga davo sifatida qo’llanilib kelingan. Soxta ot zulugi Haemopis sanguisuga
keng tarqalgan bo’lib, u ko’pincha ko’l, soylarda uchraydi.
Chuvalchanglar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Ayrim zuluklar odamda ham
tekinxo’rlik qiladi. Masalan, Limnatis turkestanica suv bilan odamning halqumiga
o’tib olganida tekinxo’rlik qilishi mumkin.