KO‘PAYISH FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Ko‘payish haqida umumiy tushuncha.
2. Erkak hayvonlarning ko‘payish fiziologiyasi.
3. Spermatozoidlar va spermaning hosil bo‘lishi.
4. Qo‘shimcha jinsiy bezlarning vazifalari va uning fiziko – kimyoviy
xususiyatlari.
Tayanch IBORALAR.
Jinsiy, jinssiz, sodda hayvon, o‘silik, sut emizuvchi, otalik, onalik,
assimilyasiya, dissimilyasiya, zigota, embrion, xomila, bola, jinsiy organ, jinsiy
hujayra, jinsiy refleks, xulq atvor, urug‘lantirish, bug‘ozlik, jinsiy yetilish, fiziologik
yetilish, urug‘daon, qo‘shimcha jinsiy bezlar, urug‘don ortig‘ini boshchasi, tanasi,
dumi, spermotogoniy, spermatotsit, spermatid, sertoli sinsitiyasi, yadro, burama
kanalcha, 2-3 oy, 3-4o past, jinsiy yo‘lda, qo‘chqorda 6-11 kun, ayg‘irda 6-8 kun,
lipotrop modda, po‘st, manfiy zaryad, agglyutinasiyalanmaydi, pufakchasimon,
prostata, piyozchasimon sperma, 1677 yil Levenuk, 75% N2O, 25% quruq modda,
85% oqsil, 13,2% lipidlar, 1,8% mineral modda, DNK, 2,7% fosfor bor, sistinga boy,
nozik oqsil parda, to‘g‘ri chiziqli harakat, 37-39% neytral muxit rN=6,7-6,9, biroz
ishqoriy rN=7,2-7,6 kislotali muxit harakatni sekinlashtiradi, ishqoriy, tezlashtirib
o‘ldiradi, fruktoliz, glikoliz.
1.Ko‘payish turni saqlab, individlar sonini ko‘payishini ta’minlaydi, tirik
organizmlar 2 xil yo‘l bilan ko‘payadi.
1.Jinssiz yo‘l bilan sodda hayvonlar va ba’zi bir o‘simliklar ko‘payadi.
2.Jinsiy yo‘l bilan barcha sut emizuvchii hayvonlar ko‘payadi.
Jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda otalik va onalik jinsiy hujayralar uchra-shib
assimilyasiya va dissimilyasiyalanib zigota hosil bo‘ladi, zigota yetilib embrionga-
xomilaga aylanadi. Yangi tug‘ilgan hayvon bolalarida jinsiy organ-lar yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. Yirik va mayda shoxli hayvon bolalari 5-8 oyligida, ot
bolalari 15-16 oyligida, tuyalarning bolalari - bo‘talog‘i 2-5 yoshligida jinsiy voyaga
yetilib, jinsiy bezlari tegishli hujayralarni ishlab chiqaradi, jinsiy gormonlar hosil
qilib qonga o‘tib jinsiy refleks paydo bo‘lib, hayvonlarda tegishli o‘zgarishlar hosil
bo‘lib, erkak hayvon urug‘lantirish, urg‘ochi hayvon bug‘ozlanish xususiyatiga yega
bo‘ladi.
Hayvonlarning jinsiy yetilishi ularning yashash sharoitiga, atrof muhit
temperaturasiga, oziqalanishiga va boshqa ko‘p sabablarga bog‘liq. Hayvon
faqatgina jinsiy yetilib qolmay u fiziologik yetilishi kerak, aks holda hayvon
o‘rchitilsa hayvon yomon rivojlanib, mahsuldorligi pasayib, nasli ayniydi ya’ni
kichik bo‘lib qoladi. Shulardan kelib chiqqan holda g‘unojin va tanalar 16-18
oyligida, qo‘ylar 12-18, cho‘chqa 9-11 oyligida, otlar 3-4 yoshligida fiziologik
yetiladi. Shundagina ularni qochirish mumkin.
Hayvonlardan bola olish uchun otlardan 16-18 yil, nasldorlaridan 25-30 yil,
sersut sigirlardan 13-16 yil qo‘ylardan 6-7, cho‘chqalardan 6-9 yil foydalaniladi.
Erkak hayvonlar jinsiy organlariga urug‘donlar yoki jinsiy bezlar, urug‘don
ortiqlari, urug‘ yo‘llari, qo‘shimcha jinsiy bezlar siydik tanasil kanali, jinsiy a’zo
(olat) kiradi. Urug‘donlar shakli tuxumga o‘xshash juft jinsiy bez bo‘lib, ikki tomoni
yassi, erkaklik jinsiy hujayralari-spermatozoidlarni ishlab chiqaradi. Urug‘don
embrional rivojlanish davrida bel sohasida vujudga kelib tug‘ilgandan keyingi
dastlabki oylarda oraliq va chot halqasi orqali urug‘don xaltasiga tushadi.
Urug‘don ustidan seroz parda bilan koplanib, bu parda tagida zich bezni o‘rab
turadigan biriktiruvchi to‘qimadan iborat oq parda bo‘ladi. Bu oqish pardadan
urug‘don ichiga to‘siqlar o‘tib, urug‘donni qismlarga bo‘ladi. Har bir qism ichida
urug‘don parenximasi joylashib, ulardan burama kanalcha chiqadi. Bu kanalchalar
urug‘don ichida bir-biri bilan qo‘shilib to‘g‘ri kanalchalarni hosil qiladi. To‘g‘ri
kanalchalar urug‘don to‘riga qo‘shilib, urug‘don to‘ridan urug‘ chiqaruvchi
kanalchalar boshlanib, ular o‘zaro qo‘shilib urug‘don ortig‘ini kanalini hosil qilib,
urug‘don ortig‘ining kanali urug‘ yo‘liga aylanadi.
Urug‘don ortig‘ini uch qismga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Boshlanish qismi-boshchasi.
2. Uzun cho‘zilgan qismi-tanasi.
3. Oxirgi qismi-dumi.
Urug‘don ortig‘ining bosh qismidagi kanalchalar tor bo‘lib, ichki diametri
0,1-0,2 mm va tana qismida biroz kengayib dum qismida kengligi 1-2 mm bo‘ladi.
Urug‘don burama kanalchalari juda nozik mikroskopik tuzilma bo‘lib
biriktiruvchi to‘qima parda bilan o‘ralgan. Burama kanalchalarda erkaklik jinsiy
hujayralari spermatozoidlarni hosil qiladigan bosh (ona) hujayralar spermatagoniylar
bo‘lib, bu hujayralar bo‘linib, bir qismi shu yerda qolib ikkinchi qismi ikkinchi
qatorga siljib birinchi tartibli spermatosidlar hosil bo‘ladi, bu spermatositlar
kattalashib bo‘linib ikkinchi tartibli sperma-tositlar hosil bo‘lib, ular bo‘linib ikkita
spermatidga aylanadi. Spermatidlar sertoli sinsitsiyasining protoplazmasiga
joylashib shu yerdagi glikogen bilan oziqlanib shakllanib spermatazoidga aylanadi.
Spermatazoidlarning yadrosi quyuqlashib boshcha hosil bo‘ladi, qarama-qarshi
tomonida dumcha hosil bo‘lib, shakllangan hujayra burama kanal bo‘shlig‘iga
tushadi. Kuchsiz kislotali muhitda harakatlanib, navbatma-navbat to‘g‘ri
kanalchaga, urug‘don to‘riga va urug‘don ortig‘ining kanaliga o‘tadi. Bu kanal
qisqarishi natijasida sperma-tazoidlar urug‘don ortig‘ining dum qismiga o‘tkazilib
to‘la-to‘kis yetilib hayotchanligi oshib u yerda urug‘lantirish qobiliyati 2-3 oygacha
saqlanadi. Urug‘don orti-g‘ining kislotali muhiti, devorining qon va limfa tomirlar
bilan yaxshi ta’-minlanganligi, urug‘don xaltasidagi harorat tana haroratiga nisbatan
3-4o past-ligi urug‘don ortig‘idagi spermatazoidlarni uzoq yashashiga sharoit
hisoblanadi.
Urug‘don
ortig‘idagi
haroratning
pastligi,
suyuqliklarda
elektrolitlarning kam-ligi, kelgan suvdan ma’lum qismini reabsorbsiyalab hamda
boshqa ko‘p sabablar tufayli urug‘don ortig‘ida spermatazoidlar anabioz holatiga
o‘tib yener-getik moddalarni kam sarflaydi. (Spermatazoidlar faqat urg‘ochi
hayvonlar jinsiy yo‘llaridagi sharoitlarda aktivlashadi).
Spermatazoidlar urug‘don ortig‘i kanalini dengiz cho‘chqalarida 14-18 kun,
qo‘chqorlarda 6-11 kun, ayg‘irlarda 6-8 kun davomida bosib o‘tadi. Bu kanal orqa-
li o‘tishda spermatazoidlar lipotrop moddaga o‘ralib po‘st hosil qilib manfiy
zaryadlanadi va bir-biriga yopishmaydigan bo‘ladi.
Erkak va urg‘ochi hayvon juftlashtirilganda spermatozoidlar urug‘don
ortig‘ining dum qismidan urug‘ yo‘li orqali siydik tanosil kanaliga chiqari-ladi.
Urug‘ yo‘llari juft (o‘ng va chap) bo‘lib, urug‘don ortig‘i kanalini davomi
bo‘lib hisoblanib, chov xaltasi orqali qorin bo‘shlig‘i tomon yo‘nalib, qovuq ustidan
o‘tadi. O‘zaro yaqinlashib siydik-tanosil kanalining chanoq sohasiga tutashayotib,
kengayib, unga urug‘ yo‘li ampulasi deyiladi. Ampula devorida bezlar bo‘lib hayvon
juftlashishida spermatazoidlarni aralashtiradigan sekret ishlab chiqaradi. Buqa va
qo‘chqorlarda ampula jinsiy qo‘zg‘alishda spermatazoidlarning to‘planish joyi
bo‘lib hisoblanadi. Urug‘ yo‘llarida qo‘shimcha jinsiy bezlar va bir qancha uretral
bez yo‘llari siydik tanosil kanalining chanoq sohasiga ochilib bu bezlarning
sekretlari spermani suyuq qismini tashkil qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda
yeyakulyat tarkibida turli hayvonlar spermatazoidlari-ning miqdori turlicha bo‘lib
qo‘chqorlarda 29,3%, buqalarda 14,4%, ayg‘irlarda 8%, cho‘chqalarda 7,1%.
Demak qo‘shimcha jinsiy bez sekretlari spermatazoidlarni juda ko‘p marta suyultirar
ekan.
1. Pufakchasimon bez ayg‘irlarda shilimshiq quyuq sekret ajratsa, buqa, erkak
cho‘chqa va qo‘chqorlarda suyuq sekret ajratadi.
2. Prostata bezi ayg‘irlarda va erkak cho‘chqalarda yaxshi rivojlanib suyuq
sekret ajratsa, buqa va qo‘chqorlarda uncha rivojlanmagan va siydik tanosil
kanalining ichida kichik bezchalar sifatida sochilib joylashgan.
3. Piyozchasimon bezlar yelimsimon yopishqoq sekret ishlab chiqarib erkak
cho‘chqalarda yaxshi rivojlangan.
Qo‘shimcha jinsiy bezlarning sekretlari spermatazoidlarda oksidlanish
jarayonlarini tezlashtiradi. Bu sekretlarda qand, fosfatlar, limon kislota, xolin,
fosfataza va proteolitik fermentlar, askorbat kislotalar bor. Fruktoza pufakchasimon
bez sekretida uchrab, spermatazoidlarga energetik manba, fosfatlar yesa nafas
olishda muhimdir. Qo‘shimcha jinsiy bez sekretlari nav-batma-navbat chiqarilib
oldin uretral va piyozchasimon bez suyuqligi chiqarilib, siydik-tanosil kanalini
yuvadi va spermatazoidlarning aktivligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmaydi. Prostata
bezining sekreti spermatazoidlarni anabioz holatidan aktiv harakatchan holatga
o‘tkazadi. Eng oxirida pufakchasimon bez sekreti ajralib chiqadi. Kemiruvchi va
cho‘chqalar qinida bu bez sekreti quyuqlashib tikin hosil qilib, to‘kilgan spermani
qindan tashqariga chiqishga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘shimcha jinsiy bezlar holati,
sekretning miqdori, tarkibi, yeyakulyat miqdori va tarkibiga hayvon organizmining
holatiga, ozuqalanishiga parvarish qilinishiga bog‘liq.
Eyakulyatsiya vaqtida erkak hayvonning siydik tanosil kanalidan chiqadi-gan
jinsiy bezlar mahsulotlari aralashmasidan iborat bo‘lgan suyuqlikga sperma
deyiladi. Sperma plazma va spermatazoidlardan iborat bo‘lib buqa spermasining
tarkibida 5,8%, qo‘chqornikida 10%, erkak cho‘chqalarnikida 3,8%, ayg‘irlarda 1-
2,5% oqsil bo‘ladi. Buqa va qo‘chqor spermasida lipid va fruktoza bo‘lib, ayg‘ir
va erkak cho‘chqalar spermasida bu moddalar juda kam, bulardan tashqari K, Na, SI
oz miqdorda Mg, Cu. Zn va boshqa yelementlar ham uchraydi.
Spermatazoidlar. spermani asosini tashkil qilib uning uzunligi 50-70 mkm,
hajmi 16-19 mkm3 bo‘lib, 1677 yil Golland olimi Levenguk tomonidan ochilgan
bo‘lib, mikroskop tagida spermatazoidlarni boshchasi, bo‘yni, tana va dumi
ko‘rinadi. Spermatazoidlarning boshi maxsus niqob parda bilan o‘ralib ingichka
nozik bo‘yinchasi bilan tutashib, bo‘yinchasi ancha murtdir. Spermatazoid boshchasi
tuxum hujayraga kirganidan keyin bo‘yni uziladi va urug‘langan tuxum hujayrasi
ichida spermatazoidni boshchasi qoladi. Spermatazoidlarning 75% N2O, 25% quruq
modda bo‘lib, bu quruq moddaning 85% oqsil, 13,2% lipid, 1,8% mineral moddalar
tashkil yetadi. Spermatazoidning bosh qismida DNK ko‘p, 2,7% yaqin fosfor
tashqarisida sistinga boy bo‘lgan parda bilan o‘ralgan. Spermatazoidlar normal
sharoitda oldinga qarab harakatlanib buqalarda 5 mm/daqiqa, qo‘chqorda 4
mm/daqiqa, quyon va itlarda 2 mm/daqiqa tezlikga teng va turli ta’sirotlarda harakat
qobiliyatlari
yo‘qolib,
bunday
spermalarni
qochirishga
ishlatilmaydi.
Spermatazoidlar manfiy zaryadlangan bo‘lib, kislotali muhitda yopishqoqligi oshib
o‘ladi. Ular harorat 37-39o bo‘lganida harakatchan, harorat oshishi bilan ular o‘ladi.
Buqa, qo‘chqorlarning yangi spermasi neytral muhitga yega (6,7-,6,9), erkak
cho‘chqa, ayg‘irlarda ishqoriyroq (7,2-7,6). Kislotali muhitda spermatazoidlarni
harakati sekinlashib to‘xtashi ham mumkin, ishqoriy muhitda yesa ularni harakati
tezlashib halok bo‘ladi. Spermatazoidlar uchun zarur energiya nafas (glikoliz,
fruktoliz) jarayonlari natijasida olinib, buqa va qo‘chqorlar spermasida fruktoliz va
glikoliz kuzatilib, ayg‘irlar spermasida qand kam bo‘lib, kerak bo‘lgan energiyani
spermatazoidlar nafasining boshqa jarayonlaridan oladi.
TAYYoRLANISh UChUN SAVOLLAR.
1. Ko‘payish jarayonini mohiyatini tushuntiring?
2. Erkak hayvonlar jinsiy organlar fiziologiyasi.
3. Urug‘donni tuzilishini va spermatogenez jarayonini tushuntiring?
4. Sperma va uning fiziko-kimyoviy xususiyatini tushuntiring?