KO‘RISH QOBILIYATI BUZILGAN O‘QUVCHILARNI KORREKTSION O‘QITISH
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
127,5 KB
KO‘RISH QOBILIYATI BUZILGAN O‘QUVCHILARNI KORREKTSION
O‘QITISH
Mashg’ulot rejasi:
1. Ko’rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari.
2. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o’rta ta’lim
maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash.
3. Tayanch harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish.
Tayanch
tushunchalar:
tiflopedagogika,
ko’zi
ojizlik,
ko’rlik,
ko’rishida nuqsoni bor bola, ko’rish, harakat-tayanch a’zolarida kamchiliki
bor bo’lgan bola.
1. Ko’rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari
Bizga ma’lumki anomal bolalarning quyidagi kategoriyalari mavjud:
- eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar;
- ko’rishida nuqsoni bor bolalar;
- ko’r-kar-soqov bolalar;
- oligrofen ya’ni aqliy zaif bolalar;
- ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
- og’ir nutqiy nuqsonlari bor bo’lgan bolalar;
- xarakat-tayanch a’zolaridagi kamchiliklari bor bo’lgan bolalar.
Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan
tiflopedagogika shug'ullanadi (yunoncha «typhlos» — ko'r) — korreksion pedagogika
(defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko'rish — ko'rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya
ko'rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma'lumotlarni oladi.
Bolaning ko'rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash
jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko'rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo'lib, ular nasliy
kasalliklar, homila ona qornida rivojlanayotganda ko'rish organlari patologiyasining
yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og'ir
kasalliklar bilan og'rishi va hokazo omillardan iborat bo'lishi mumkin.
Ko'rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruxiy rivojlanishida
muxim axamiyatga ega. Tevarak-atrof xakidagi eng kuchli taassurotlar ko’z bilan
idrok etiladi. Bola ko’rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, xajmi, xarakati,
uzoq-yaqinligi, fazodagi o’rni haqida tasavvurga ega bo’ladi.
Ma’lumki, ko’rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism - ko’z olmasi
(soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko’zga tushgan tasvirni avval pustlok osti
markazlariga, keyin esa oliy ko’ruv markazlari joylashgan katta miya pustlogiga
(ensa bo'laklariga) yetkazib beradigan o'tkazuvchi yo’llardan tashkil topgan. Ana shu
analizatorning xar qanday kismlaridagi o’zgarishlar bolaning ko’rish qobiliyatiga
albatta ta’sir ko’rsatadi.
Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalar ko’r (so'qir), yaxshi ko’ra olmaydigan,
ko’zi xira bolalar guruxiga bo'linadi. Ko’r bolalarning ko’rish qobiliyati keskin
kamaygan (total ko’rlik) yoki korrektsiya kullanilganida (ko’zoynak tutilganda) xam
ko’rish utkirligi 0,04 gacha pasaygan bo’lsa, bunday bolalar amalda ko’r bo’ladi. Zaif
ko’ruvchi bolalarda ko’rish o'tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo’lishi mumkin.
Ushbu guruxdagi bolalar tevarak-atrofni ko’rish analizatori orkali idrok etadi.
Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan
bo’ladi. Tug'ma nuqsonlar orasida irsiy sabablar (masalan, tug’ma kataraktaning
ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari
bilan og'rishi, homila davrida ko’rish organlarining embrional rivojlanish paytida
zararlanishi, miya o'smasi va shu kabi kasalliklar katta rol uynaydi.
Orttirilgan ko’rish anomaliyalari xozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga
davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani, tibbiyot soxasidagi
katta yutuklar kulga kiritilgani munosabati bilan zaif ko’ruvchi bolalar ancha
kamaydi. Traxoma, chechak, so’zak, ko’z sili, skarlatina va boshka kasalliklar
okibatida bolalarning ko’r yoki zaif ko’ruvchi bo’lib kolish xodisalariga deyarli
tamomila barxam berildi.
Ko’z ojizligi, ya’ni ko’rish nuqsonlar i zo'rayib boradigan va bir xil turadigan
(muqim) bo’ladi. Zo'rayib boradigan xili kun sayin og'irlashib, bora-bora ko’rlikka
olib keladi. Ko’rish qobiliyatining zurayib boradigan zaifligi, kuksuv, ya’ni
glaukoma kasalligi (ko’z ichki bosimining kutarilib ketishi) ko’ruv nervi atrofiyasi,
to'r parda (ko’zning yorug'likni kabul tsiladigan kismi) distrofiyasi (aynishi) ga
bog’liq bo’lib, bolaning xar kanday rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin.
Gigienik talablarga rioya qilmaslik refraktsiya anomaliyalar bilan bog’liq bo’lgan
ko’z kamchiliklari zo'rayib borishiga ham (fakat yakindan yoki o’zoqdan ko’rishga)
olib keladi.
Yosh gudaklarda ba’zan ko’zga oid tug'ma nuqsonlar xam uchraydi:
kriptoftalьm - ko’z olmasi, kovokdarining tugiliiщan rivojlanmay qolgani;
mikroblefaron — ko’z kovoklari kaltaligi tufayli ko’zning yumilmay turishi,
koloboma — ko’z kovokdarining nuksoni va boщqalar shular jumlasidandir. Bunday
kamchiliklarning ko’pchiligini jarroxdik yo’i bilan davolab, ularni bartaraf etsa
bo’ladi. Ko’zi ojiz, so'qir bolalar ko’r tug’ilgan va ko’r bo’lib qolgan bolalar deb ikki
guruhga ajratiladi. Birinchi guruxga tug'ilishdan ko’zi ojiz va tug'ilganidan so'ng to
uch yoshgacha bo’lgan davr ichida ko’rish qobiliyati bo’zilgan bolalar kiritilsa,
ikkinchisiga keyinchalik ko’zi ko’r bo’lib qolgan bolalar kiritiladi, bunday
bolalar xotirasida ko’rish tasavvurlari qolgan bo’ladi. Ko’rish qobiliyatining ogir
shakldagi bo’zilishlari bolaning xarakterida, isixikasida ikkilamchi asoratlar paydo
bo’lishiga olib keladi.
Ko’r bo’lib qolgan bolalar bilan barcha ishlar ularning ko’rish tasavvurlarini
tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum natijalarga erishish mumkin bo’ladi.
Har holda bola rang, shakl va boshqalarni bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli
tushunchalar hosil qilishni osonlashtiradi. Ko’z ojizligi kancha kech paydo bo’lgan
bo’lsa, bolaning tevarak-atrof xakidagi tasavvurlari shuncha boy va ularni
mustaxkamlash, takomillashtirish, kengaytirish shunchalik oson bo’ladi.
Ko’rish qobiliyati keskin kamaygan bolalar ko’zi ojiz bolalar uchun maxsus
tashkil etilgan maktablarda yoki sog’lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak.
Bu maktablarda sog’lom analizatorlarning aktiv faoliyati asosida (tuyg'u va eshitish,
boshka sezgi analizatori) ko’rish analizatori faoliyatini koplash ishlari olib boriladi.
Maxsus ta’lim-tarbiya ishlari ko’rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo’lgan
ikkilamchi psixik asoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, korrektsiyalashga
karatiladi.
Bolada mustakil hayot uchun zarur bo’lgan barcha bilim, ko’nikma xamda
malakalar shakllantirib boriladi.
Zaif ko'ruvchi bolalar tevarak-atrofni ko’rish analizatori orkali idrok etadilar.
Ular ham ko’rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktabda yoki
ko’rlar maktabi qoshidagi maxsus sinflarda sog’lom tengdoshlari orasida ta’lim
olishlari kerak. Birok bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o’qishni boshlashi
ma’lum. Bir necha yil muvaffakiyatsiz ravishda kiynalib o'qigach, ular maxsus
maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va o’qituvchilar sog’lom
tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha vaqtli maxsus maktablarga jo'natishlari yoki
inklyuziv ta’limni tashkil etishlari kerak. Ko’rish qobiliyati zaiflashgan bolalar
satrlarni yaxshi ajrata olmaydilar, shakli uxshash narsa, xarflarni bir-biri bilan
adashtirib yuboradilar, natijada o’qish va yozishda ko’p xatolarga yo’l qo'yadilar.
Rakamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqibatida x,isoblashda va matematika
masalalarini yechishda kiynaladilar. Ular doskaga yozilganlarni, jadval, sxema va
boshka tasvirlarni yaxshi ko’rmaydilar, ko’rish bilan bog’liq ishni bajarish vaqtida tez
charchab qoladilar. Noto'g'ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko’rish qobiliyati
keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin.
Ko'rish qobiliyatining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi.
Tug'ma ko'r bo'lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko'rish
nuqsonlarining yuzaga kelishida naslivlik ham ko'zga tashlanadi.
Orttirilgan ko'rlik odatda ko'rish organlari — to'r pardasi, shoh parda voki
markaziv nerv tizimining kasallanishi (meningit. miva shishi. meningoensifalit).
organizmning umumiy kasallanishidan kevingi asoratlari (kor, gripp. skorlatina),
shuningdek, miva voki ko'zning iarohatli shikastlanishi (boshi varalanishi.
shikastlanishi) oqibatida bo'lishi mumkin. Ko'rish qobiliyatining buzilgan bolalar
quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Ko'r tug'ilganlar.
2. Erta ko'r bo'lib qolganlar.
3. Uch yoshidan keyingi ko'r bo'lib qolganlar.
V.S.Rahmonova muallifligidagi o`zbek tilida chop etilgan “Defektologiya va
logopediya asoslari” o`quv qo`llanmasida ko’zi ojiz bolalarning yosh xususiyatlari va
ularning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.
Bu kabi anomaliyalarga ega bo’lgan nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan
shug’ullanuvchi ta’lim muassasasi Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanida
mavjud.
9.2. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o’rta
ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash
Korrektsion pedagogikada anomal bolalarning quyidagi kategoriyalari ajratib
ko’rsatiladi: eshitish, ko’rish, ko’r-kar-soqov, oligrofen, ruxiy rivojlanishi orqada
qolgan, og’ir nutqiy nuqsonlari bor, xarakat-tayanch a’zolaridagi kamchiliklari.
Shundan, ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash masalalari
bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» - ko'r) - korreksion pedagogika
(defektologiya)-ning yana bir sohasi shug'ullanadi.
Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o'qituvchi
korreksion ishlarning o'ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalarning quyidagi guruhlari ajratib ko’rsatiladi:
- Ko’r(so’qir) bolalar;
- Yaxshi ko’ra olmaydigan bolalar;
- ko’zi xira bolalar.
Refraksiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko'zoynak taqishlari kerak. Lekin
ko'zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda
bo'lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o'quv ishlarini bajarishda sanitar-
gigienik talablarga amal qilish lozim. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bola uchun ish o'rni
to'g'ri va yetarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi
yoki ikkinchi qatorga o'tkazilishi kerak. Yaqinni ko'radigan bola ham doskaga yaqinroq
birinchi yoki ikkinchi partaga o'tkazilishi zarur. Uzoqni ko'radigan bola esa,
aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o'tkazilishi talab etiladi.
O'qituvchi o'quvchining doska, jadval va xaritadagi o'quv materiallarini qabul
qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko'zi
charchashi ko'p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida ularga ko'rish ishlarini boshqa
turdagi ishlar uyg'unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10—15 minut
davomida intensiv ko'rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska
yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko'rish charchog'ining bartaraf etilishiga yordam
beradi.
Ko'rish qobiliyati ancha og'ir bo'lgan — ko'r va yomon ko'radigan bolalarni
o'qitish maxsus ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba'zan ko'rish qobiliyati og'ir
buzilgan bolalar ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablariga qabul qilinadilar.
Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati
yuzaga keladi.
O'z sinflarida og'ir ko'rish qobiliyati buzilgan bola bo'lgan o'qituvchilar bolaga
differensial yondashuv asosida munosabatda bo'lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi
o'quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko'rish
qobiliyatida nuqsoni bo'lgan bolaning ish o'rni esa qo'shimcha yoritilgan bo'lishi
kerak. Yomon ko'radigan bolalarni o'qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korretsion)
maktablarda amalga oshiriladi. O'quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o'qituvchining
nutqi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi
zarur. O'qituvchi o'zining har bir harakati mohiyatini so'z yordamida sharhlab borishi
kerak. Hamda ular bilan korrektsion ishlarni olib borilishi talab qilinadi. Korrektsiya
bu - nuqsonlarni tuzatish, yumshatish degan ma’noni anglatadi. Bu esa tarbiyachi-
o’qituvchidan juda kata mehnat va tajriba talab etadi.
Sinfida ko'r yoki yomon ko'radigan bola bo'lgan o'qituvchi ularning individual
xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko'radigan tengdoshlaridan farq
qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi va o’qituvchilar ko’rish qobiliyati zaif bolalarni o’z vaqtida
oftalmolog xuzuriga maslaxatga yuborishlari kerak.
Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo’lsa unga korrektsiya qiladigan ko’zoynak
taqib yurishni tavsiya etadi va bola qayerda ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi.
Ko'zoynak takib yurishi kerak bo’lgan bolalarga bog’cha va maktab sharoitida to'g'ri
sanitariya-gigiena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o’rni to’g’ri va yetarli
darajada yoritilgan bo’lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada chizilgan tasvirlar va
boshqa o'quv materiallarini kanchalik anik ko'rayotganiga e’tibor beriladi. Anomal
refraktsiyali bolalarning ko’zi tez charchab kolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga
ish turlarini mumkin kadar o’zgartirib turish, ko’z qadash bilan bog’liq bo’lgan ishlar,
topshirikdar xajmini g'oyat jiddiy nazorat qilib borish zarur.
Ko’z o'tkirligi 0,05 dan to 0.4 gacha bo’lgan zaif ko’ruvchi bolalar maxsus
bog'cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu joylarda o'quv ishlari ko’rish
asosida olib boriladi, ammo turli texnik va kattalashtiruvchi optik vositalardan,
yirikrok harflar bilan bosib chikarilgan darsliklardan, maxsus yoritgichlardan va
xokazolardan foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri —
bolalarda saqlanib qolgan ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida to’g’ri
foydalanish va bularni rivojlantirish, ko’rish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun
shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni tarbiyalab, bolaning bilimga bog’liq
faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, bolada ko’rish qobiliyati zaifligi natijasida
paydo bo’lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir.
Maxsus maktablarni bitirgach, ko’rish qobiliyati zaif bolalar jumxuriyat ko'rlar
jamiyati
qoshidagi
muassasalarda
ishlaydilar,
intellektual
faoliyat
bilan
shug'ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va urta maktab o’qituvchilari, musikachi va
boshkalar). SHunday qilib, ko’rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya yo'li bilan
rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to’g’ri tashkil etilgan kompensator,
korrektsion chora-tadbirlar natijasida ular xayotda o’z o’rnini topib ketishlari
mumkin.
Ommaviy maktablarda, ta'lim olganda yomon ko'ruvchi bola jiddiy
qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi
xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o'ziga xos belgilarini
bilib olishda ma'lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar va
raqamlarni adashtiradilar. Bular o'qish texnikasini egallab olish, o'qilganlarning
mazmunini tushunishga xalaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko'ruvchi bolalar
doskada nima yozilganligini ko'rmaydilar, qarab bajariladigan ishlarni tashkil etishda
yomon ko'radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini
pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa — yomon ko'radigan bolani
o'z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta'lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun
PMPKga yuborishdan iborat. Yomon ko'radigan bolalarni o'qitish va tarbiyalash
asosan maxsus (korreksion) maktablarda amalga oshiriladi.
9.3. Tayanch-harakat apparati buzilgan o'quvchilarni korrektsion o'qitish
Xar qanday ota-ona o’z oilasida farzandining sog’lom jismonan baquvvat,
Psixik tetik, fikirlash qobliyati teran, iymon-etiqodi butun,bilimli, ma’naviyati
yuksak,mard va jasur bulib etishishni,xar tomo tomonlama kamol topishini istaydi,
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog’lom avlodni
tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. “Barkamol” avlodni tarbiyalash masalasi
davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, bu masalaga ustivor vazifa deb qaralmoqda.
Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun “ xalqoro
xayriya jamg’armasining tuzilganligi, 2000 -yilni "Sog’lom avlod yili", 2001 yilni
"Ona" va bola yili" deb e’lon qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar tserebral falaji, poliomielit (shol
kasalligi asorati), Harakat tayanch a’zolarining turli tug’ma va orttirilgan
deformatsiyasi artrogripoz, oyoq qo’llarning majruhligi, axondroshgaziya yoki
xondrodistrofiya — tana, bo’yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug’ma
oyoq qo’l suyaklari o’sishining orqada qolishi, miopatiya — mushak to’qimalarida
modda almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi
qisqarmaydi, kishi qo’l oyoqni harakatta keltira olmaydi.
Harakat
tayanch
aьzolari
jaroxatlangan
bolalar
uchun
O’zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, bog’cha va maktab
yoshidagi
bolalar
uchun
maxsus
maktab-internatlar
faoliyat
ko’rsatmokda Ayrim bolalar umumta’lim ommaviy maktabgacha tarbiya
muassasalarida va maktabda intefatsiyalashgan inklyuziv ta’limga jalb
etilmoqda
Maxsus
muassasalarda
barcha
ta’lim-tarbiya
ishlari
korrektsion
yo’nalishda
amalga
oshiriladi.
Ko’prok
xarakat
funktsiyalarini korrektsiyalashgan e’tibor beriladi.
Harakat tayanch aьzolari
jaroxatlangan bolalar
— tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir.
Kinesteziya
maxsus
sezuvchi
to’qimalar
—
proprioretseshorlar orqali sodir bo’ladi. Bu to’qimalar
mushak, pay, bo’g’imlarda joylashgan bo’ladi. Ular oliy
nerv sistemasiga tana, ko’l, oyoqlarnish holati haqida,
mushaklarshshg qisqarishi haqida ma’lumot beradi
Kinesteziya
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko’pchiligida miya falaji
kuzatiladi. Bolalar tserebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo’lmagan
miyaning kasalligidir. Onaning homiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan
kasallanishi, tug’ilish vaqtidagi patologik o’zgarishlar, tugilgandan to bir yoshgacha
davr ichida bola kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari
shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi.
Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati
buziladi.
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan
maxsus muassasalarda harakat funktsiyasini korrektsiyalash
ishlari kompleks tarzda, ya’ni bolaga xar tomonlama ta’sir
o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunga tibbiy dori-
darmonlar bilan davolash, fizioterapevtik, ortopediq uqalash
massaj, davolovchi gimnastika, jismoniy tarbiya, mexnatga
o’rgatish ishlari kiradi.
Tibbiy dori-darmonlar bilan davolan ishlari mushak tonusini pasaytirish,
giperkinez majburiy harakatlarni kamaytirish, asab sistemasidagi kompensator
jarayonining faolligini kuchaytirishga yo’naltiriladi.
Fizoterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, mushaklardagi qon
aylanishini yaxshilashga qaratiladi.
нутқий моторикага
салбий
таъсир
кўрсатади.
Мушакдаги гиперкинезлар
(тил, лаб, жағ, ун пайчалари, кичик тил ҳаракати бузилади) нутқнинг
фонетик
томондан
бузилишига,
яъни
товушлар
талаффузидаги
камчиликларга олиб келади.
Нутқ аппаратининг кам
ҳаракатланиши
дизартрия ёки анартрия товушлар талаффузидаги
камчиликларнинг келиб чиқиshiга сабаб бўлади.
Гиперкинез
Ҳаракат таянч аъзолари
жароҳатланган болаларда
Дизартриянинг
псевдобульбар
шаклида артикуляцион
тонус баланд бўлади.
Нутқ
апптаратини
иннервациясига
бевосита боғлиқ
бўлган калла
суяк нервла-
рининг
жароҳатлари кўп
ҳолларда кўз
ҳаракати
нервларининг
жароҳатланиши
билан бирга
кузатилади.
Сўлак
безлари
атрофидаги
мушаклар
кискармаганлиги
туфайли бола сўлаги
оқиб туради. Бундай
бола
яхши
чайнай
олмайди, ютолмайди.
Дизартрик боланинг нутқи ноаниқ, чучмал,
хириллаган, монотон бўлади.
Лаб, тил, кичик тил, пастки жағ, ун пайчалари ҳаракатчанлиги
бузилади ва натижада товушлар талаффузи, овоз, нутқ суръати
нуқсонлари кузатилади.
Дизартрия қанчалик барвакт аниқланса,
уни бартараф этиш, коррекциялаш ҳам
шунчалик осон бўлади.
Диафрагма, қовуға орасидаги мушаклар гиперкинези нутқий нафас олишни,
ун пайчаларининг тебранишига, нутқ маромининг бузилишига олиб келади.
Гиперкинез
Ortopedik tadbirlar harakat- tayanch a’zolari, bo’yin, gavda harakatini
yaxshilash, kerak bo’lsa zarur moslamalardan foydalanish, har bir bolani shaxsiy
ortopedik rejimga rioya qilishga o’rgatishga qaratiladi.
Dunyodagi 500 million aholining 10 foizi nogironlardir. SHular jumlasiga
mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Mujassam nuqsonli anomal bolalarda
bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi
deb ham nomlanadi.
Onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, ekologik
muvozanatni
yanada
barqarorlashtirish
yuzasidan
mamlakatimizda
mustaqillshimizning birinchi kunidanok muayyan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Oftalmologik yutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarining qo’llanishi,
ko’rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus
maktab o’quvchilarining kontingenti sezilarli darajada o’zgardi. Ko’r bolalar nisbatan
kamaydi, ammo zaif ko’ruvchi bolalar soni ko’paydi. Ularning orasida maktab
dasturini o’zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol ko’rina boshlandi. Kompleks, ya’ni
har tomonlama tekshirish, o’rganish natijasida ularning ko’rish qobiliyatining
buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi akli zaiflik kam mavjudligi aniqlandi. Zaif
ko’ruvchi va akli zaif bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash ancha murakkab va
o’ziga xosdir.
Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o'qitish va tarbiyalashda
muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati
funksiyalarining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin. Tayanch-harakat
apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1)
nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BTsP), poliomielit);
2)
tayanch-harakat apparatining tug'ma patologiyasi; sonning tug'ma chiqqanligi;
bo'yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa
pog'onasi
rivojlanishidagi
nuqsonlar
(skolioz);
qo'l
yoki
oyoqlaming
Mujassam nuqsonli
maxsus yordamga
muhtojlar
toifasiga
karko’rsoqov bolalar, kar va aqlan zaif, ko’r va oligofren, Harakat
tayanch a’zolari jarohatlangan va ko’r yoki aqli zaif va h.k. kiradilar.
rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo'li barmoqlarining anomal rivojlanishi;
artrogripoz (tug'ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya,
bosh miya va qo'1-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari
(tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit,
xondodistrofiya).
V.S.Rahmonova muallifligida chop etilgan “Defektologiya va logopediya
asoslari” o`quv qo`llanmasida bolalardagi tayanch-harakat tizimidagi kamchiliklar
ularda nutqning rivojlanmay qolishiga ta’sir ko’rsatishi masalasiga to’xtalib o’tgan.
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo'lgan bolalarda asosiy buzilish
harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini
serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy
buzilishlar bilan birga namoyon bo'ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va
ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham
muhtoj bo’ladilar. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar I-II guruh
nogironlari hisoblanada. Bunday tipdagi bolalar maxsus maktab-internatlarda o’qiydi.
Surxondaryo viloyatida Maxsus yordamchi maktab internati Sho’rchi tumanida
joylashgan.
Harakatlanish buzilishlari o'rtacha darajada bo’lgan bolalar yurishni o'rganib
olsalarda, biroq, ishonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur.
Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko'chada mustaqil,
qo'rqmay yura oladilar, o'zlariga to'la xizmat ko'rsatadilar.