KO‘RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR

Yuklangan vaqt

2024-10-26

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

18,9 KB


 
 
 
 
 
 
KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR 
 
 
Reja: 
1.Tiflopedagogika fanining maqsadi. 
2.Ko’rishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari. 
3.Ko’zi ojiz bolalarning tavsifnomasi.  
4. Ko’zi ojiz bolalar uchun tashkil qilingan muassasalar. 
 
 Tayanch iboralar: 
Ko’r –ko’rish faoliyatining yo’qolishi. 
Zaif ko’ruvchi –ko’rish faoliyatining buzilishi. 
Katarakta–tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi.  
  
Ko`rish analizatori yordmida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tеvarak atrof haqidagi eng kuchli taasurotlar 
ko`z bilan idrok etiladi. Bola ko`rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, 
xajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o`rni haqida tasavvurga ega bo`ladi. 
 
Ma'lumki, ko`rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism ko`z olmasi 
(soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko`zga tushgan tasvirni avval po`stloq osti 
markazlariga kеyin esa oliy ko`ruv markazlari joylashgan miya po`stlog`iga (ensa 
bo`laklari) yеtkazib bеruvchi o`tkazuvchi yo`llardan tashkil topgan ana shu 
analizatorning har qanday qismlaridagi uzgarishlar bolaning ko`rish qobiliyatiga 
albatta ta'sir ko`rsatadi. 
 
Tiflopеdagogikada ko`zi ojiz bolalar ko`r va zaif ko`ruvchi bolalar guruhlariga 
bo`linadi. Ko`r bolalarning ko`rish qobiliyati kеskin kamaygan (total ko`rlik) yoki 
korrеktsiya qo`llanilganda (kuzoynak tutilganda) ham ko`rish o`tkirligi 0,04 gacha 
pasaygan, ya'ni bunday bolalar amalda ko`r bo`ladi. Zaif ko`ruvchi bolalarning 
ko`rish o`tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo`lishi mumkin.  
KO’RISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR Reja: 1.Tiflopedagogika fanining maqsadi. 2.Ko’rishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari. 3.Ko’zi ojiz bolalarning tavsifnomasi. 4. Ko’zi ojiz bolalar uchun tashkil qilingan muassasalar. Tayanch iboralar: Ko’r –ko’rish faoliyatining yo’qolishi. Zaif ko’ruvchi –ko’rish faoliyatining buzilishi. Katarakta–tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi. Ko`rish analizatori yordmida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tеvarak atrof haqidagi eng kuchli taasurotlar ko`z bilan idrok etiladi. Bola ko`rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, xajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o`rni haqida tasavvurga ega bo`ladi. Ma'lumki, ko`rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism ko`z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko`zga tushgan tasvirni avval po`stloq osti markazlariga kеyin esa oliy ko`ruv markazlari joylashgan miya po`stlog`iga (ensa bo`laklari) yеtkazib bеruvchi o`tkazuvchi yo`llardan tashkil topgan ana shu analizatorning har qanday qismlaridagi uzgarishlar bolaning ko`rish qobiliyatiga albatta ta'sir ko`rsatadi. Tiflopеdagogikada ko`zi ojiz bolalar ko`r va zaif ko`ruvchi bolalar guruhlariga bo`linadi. Ko`r bolalarning ko`rish qobiliyati kеskin kamaygan (total ko`rlik) yoki korrеktsiya qo`llanilganda (kuzoynak tutilganda) ham ko`rish o`tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya'ni bunday bolalar amalda ko`r bo`ladi. Zaif ko`ruvchi bolalarning ko`rish o`tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo`lishi mumkin.  
 
 
Ko`rishga aloqador nuqsonlar kеlib chiqish sabablariga ko`ra tug`ma va 
ortirilgan bo`ladi. Tug`ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, xomilador 
ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab 
bo`lishi mumkin. 
   Orttirilgan ko`rish anomaliyalari traxoma, chеchak, so`zak, ko`z sili, qizamiq, 
skorlatina va boshqa kasalliklar oqibatida paydo bo`lishi mumkin. Aholiga davolash 
profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilanishining hamda tibbiyot 
soxasidagi katta yutuqlar qo`lga kiritilganligi munosabati bilan zaif ko`ruvchi bolalar 
ancha kamaydi. 
 
Ko`rish nuqsonlari zo`rayib boradigan va turg`un (muqim) bo`ladi. Zo`rayib 
boradigan xili kun sayin og`irlashib, bora-bora ko`rlikka olib kеladi. Muqim xili esa 
turg`un buladi, bolaning ko`rish darajasi bir xilda turavеradi. Ko`rish qobiliyatining 
zurayib boradigan xili kuksuv ya'ni glaukoma kasalligi (ko`z ichki bosimining 
kutarilib turishi) ko`ruv nеrvi atrofiyasi, tur parda distofiyasiga bog`liq bo`lib, 
bolaning har qanda rivojlanish davrida vujudga kеlishi mumkin. Gigiеnik talablarga 
rioya qilmaslik rеfraktsiya anomaliyalari bilan bog`lik bo`lgan ko`z kamchiliklari 
zurayib borishiga ham olib kеladi. Ko`zi ojiz bolalar ko`r tug`ilgan va ko`r bo`lib 
qolgan bolalar dеb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug`ilganda va 
tug`ilgandan so`ng to 3 yoshgacha bo`lgan davr ichida ko`rish qobiliyati zaif bolalar 
kiritilsa, ikkinchisiga kеyinchalik ko`zi ojiz bolalar kiritiladi. Ko`zi ojizligi 
kanchalik kеch paydo bo`lgan bo`lsa, bolaning tеvarak atrof haqidagi tasavvurlari 
shunchalik boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish shunchalik oson bo`ladi. 
 Tiflopedagogika-grekcha “tiflos”–ko’r so’zidan olingan bo’lib, ko’rishda nuqsoni 
bo’lgan shaxslar ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Teflopedagogika fan sifatida 
quyidagi asosiy muammolarni hal etadi:  
1. 
Ko’rishda jiddiy nuqsoni bo’lgan shaxslarni psixologik – pedagogik va 
klinik o’rganish.  
2. 
Ruhiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va ko’rish funksiyasi 
buzilishlari tipologiyasini aniqlash. 
3. 
Ko’rish va ko’z ojizlikda buzilgan nuqsonlarni tiklashning yo’llari va 
shartlari belgilash;  
Ko`rishga aloqador nuqsonlar kеlib chiqish sabablariga ko`ra tug`ma va ortirilgan bo`ladi. Tug`ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo`lishi mumkin. Orttirilgan ko`rish anomaliyalari traxoma, chеchak, so`zak, ko`z sili, qizamiq, skorlatina va boshqa kasalliklar oqibatida paydo bo`lishi mumkin. Aholiga davolash profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilanishining hamda tibbiyot soxasidagi katta yutuqlar qo`lga kiritilganligi munosabati bilan zaif ko`ruvchi bolalar ancha kamaydi. Ko`rish nuqsonlari zo`rayib boradigan va turg`un (muqim) bo`ladi. Zo`rayib boradigan xili kun sayin og`irlashib, bora-bora ko`rlikka olib kеladi. Muqim xili esa turg`un buladi, bolaning ko`rish darajasi bir xilda turavеradi. Ko`rish qobiliyatining zurayib boradigan xili kuksuv ya'ni glaukoma kasalligi (ko`z ichki bosimining kutarilib turishi) ko`ruv nеrvi atrofiyasi, tur parda distofiyasiga bog`liq bo`lib, bolaning har qanda rivojlanish davrida vujudga kеlishi mumkin. Gigiеnik talablarga rioya qilmaslik rеfraktsiya anomaliyalari bilan bog`lik bo`lgan ko`z kamchiliklari zurayib borishiga ham olib kеladi. Ko`zi ojiz bolalar ko`r tug`ilgan va ko`r bo`lib qolgan bolalar dеb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug`ilganda va tug`ilgandan so`ng to 3 yoshgacha bo`lgan davr ichida ko`rish qobiliyati zaif bolalar kiritilsa, ikkinchisiga kеyinchalik ko`zi ojiz bolalar kiritiladi. Ko`zi ojizligi kanchalik kеch paydo bo`lgan bo`lsa, bolaning tеvarak atrof haqidagi tasavvurlari shunchalik boy va ularni mustahkamlash, takomillashtirish shunchalik oson bo`ladi. Tiflopedagogika-grekcha “tiflos”–ko’r so’zidan olingan bo’lib, ko’rishda nuqsoni bo’lgan shaxslar ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan. Teflopedagogika fan sifatida quyidagi asosiy muammolarni hal etadi: 1. Ko’rishda jiddiy nuqsoni bo’lgan shaxslarni psixologik – pedagogik va klinik o’rganish. 2. Ruhiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va ko’rish funksiyasi buzilishlari tipologiyasini aniqlash. 3. Ko’rish va ko’z ojizlikda buzilgan nuqsonlarni tiklashning yo’llari va shartlari belgilash;  
 
4. 
Ko’r va ko’zi ojizlarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar 
tiplarini belgilash. 
5. 
O’quv rejalari, dasturlari, darsliklar, hususiy metodiklarni tuzilishning 
ilmiy asoslarini ishlab chiqish. 
Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta’lim tarbiya oladigan muassasalar. 
Bizning mamlakatimizda ta’lim barcha bolalar va o’smirlar uchun 
majburiydir. Ko’r va ko’zi ojiz bolalar uchun maktabgacha g’amxo’rlik qilish 
davlatimizning doimiy nazoratidadir. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun 
maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi, bolalarning buzilgan ko’rish 
funksiyasini imkon qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash va 
maktab ta’limiga tayorlashdan iborat.Kunlik sutkalik bog’chalar mavjud. Ko’r 
bolalar uchun bolalar uylari, maktabgacha guruhlarda ko’rishida nuqsoni bo’lgan, 
ya’ni tamoman ko’rmaydigan bolalar tarbiyalanadi.  
Ko’zi ojiz bolalar uchun bog’chalar, ko’rish o’tkirligi 0.05-0.4 bolalar qabul 
qilinadi. Ko’zoynak bilan korreksiyalash ishlari olib boriladi.  
Ko’zi ojiz bolalar ta’limi maxsus maktab-internatlarida umum ta’lim 
dasturlari asosida olib boriladi. Ko’r va ko’zi ojiz bolalar maktabni tugatganlari 
to’g’risida shahodatnoma oladilar va ular uchun qulay iqtisosliklar bo’yicha kollej, 
oliy o’quv yurtlarida kirishlari yoki xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlashlari 
mumkin. 
Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri-bolalarda saqlanib qolgan 
ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida tog’ri foydalanish va ularni rivojlantirish 
qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy-ruhiy jarayonlarini 
tarbiyalash, bolaning ruhiy bilish faoliyatini rivojlantirirsh, kengaytirish, bolada 
ko’rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni 
bartaraf etishdir. Maxsus maktablarni bitirgach, ko’rish qobiliyati zaif bolalar uchun 
ko’rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar. 
Tekshirish uchun savollar. 
1. Tiflopedagogika faninig vazifalari. 
2. Ko’r bolalar qanday turlarga ajratiladi. 
3. Zaif ko’ruvchilar qanday turlarga ajratiladi. 
4.Tug’ma ko’rlikning kelib chiqish sabablari. 
4. Ko’r va ko’zi ojizlarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tiplarini belgilash. 5. O’quv rejalari, dasturlari, darsliklar, hususiy metodiklarni tuzilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar ta’lim tarbiya oladigan muassasalar. Bizning mamlakatimizda ta’lim barcha bolalar va o’smirlar uchun majburiydir. Ko’r va ko’zi ojiz bolalar uchun maktabgacha g’amxo’rlik qilish davlatimizning doimiy nazoratidadir. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi, bolalarning buzilgan ko’rish funksiyasini imkon qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash va maktab ta’limiga tayorlashdan iborat.Kunlik sutkalik bog’chalar mavjud. Ko’r bolalar uchun bolalar uylari, maktabgacha guruhlarda ko’rishida nuqsoni bo’lgan, ya’ni tamoman ko’rmaydigan bolalar tarbiyalanadi. Ko’zi ojiz bolalar uchun bog’chalar, ko’rish o’tkirligi 0.05-0.4 bolalar qabul qilinadi. Ko’zoynak bilan korreksiyalash ishlari olib boriladi. Ko’zi ojiz bolalar ta’limi maxsus maktab-internatlarida umum ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. Ko’r va ko’zi ojiz bolalar maktabni tugatganlari to’g’risida shahodatnoma oladilar va ular uchun qulay iqtisosliklar bo’yicha kollej, oliy o’quv yurtlarida kirishlari yoki xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlashlari mumkin. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri-bolalarda saqlanib qolgan ko’rish imkoniyatlaridan o’qish jarayonida tog’ri foydalanish va ularni rivojlantirish qobiliyati pasayib ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy-ruhiy jarayonlarini tarbiyalash, bolaning ruhiy bilish faoliyatini rivojlantirirsh, kengaytirish, bolada ko’rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo’lgan ikkilamchi ruhiy asoratlarni bartaraf etishdir. Maxsus maktablarni bitirgach, ko’rish qobiliyati zaif bolalar uchun ko’rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar. Tekshirish uchun savollar. 1. Tiflopedagogika faninig vazifalari. 2. Ko’r bolalar qanday turlarga ajratiladi. 3. Zaif ko’ruvchilar qanday turlarga ajratiladi. 4.Tug’ma ko’rlikning kelib chiqish sabablari.  
 
5.Orttirilgan ko’rlikning kelib chiqish sabablari. 
6.Qanday tug’ma ko’z kasallaiklarini bilasiz. 
7.Brayl shriftining qulay tomonlari. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.I.A.Karimov. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 
yil.   
2.“Defektologiya va lagopediya asosloari”.V.S. Rahmonova T.1991 y 
3.“Tiflopedagogika” ma’ruzalar matni. T. 2002 y 
4, V.S. Rahmonova. Defektologiya asoslari. Ma’ruza matni. Toshkent 2004yil. 
 
 
5.Orttirilgan ko’rlikning kelib chiqish sabablari. 6.Qanday tug’ma ko’z kasallaiklarini bilasiz. 7.Brayl shriftining qulay tomonlari. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.I.A.Karimov. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 yil. 2.“Defektologiya va lagopediya asosloari”.V.S. Rahmonova T.1991 y 3.“Tiflopedagogika” ma’ruzalar matni. T. 2002 y 4, V.S. Rahmonova. Defektologiya asoslari. Ma’ruza matni. Toshkent 2004yil.