KORXONA BIZNES REJASI VA UNING ASOSIY BO‘LIMLARI.

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

44,4 KB


 
1 
 
 
 
 
 
KORXONA BIZNES REJASI VA UNING ASOSIY BO‘LIMLARI. 
 
 
 
Reja: 
1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini. rejalashtirishning 
asosiy vazifalari. 
2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi. 
3. «Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari. 
4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
1 KORXONA BIZNES REJASI VA UNING ASOSIY BO‘LIMLARI. Reja: 1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini. rejalashtirishning asosiy vazifalari. 2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi. 3. «Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari. 4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari.
 
2 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar: biznes-rejani fuknsiyasi, biznes-reja o‘z oldiga 
qanday savollarga javob berishni maqsad qilib qo‘yyadi. Biznes-rejani bo‘limlari, 
asosiy xujjat, investor, yutuq, kalit, biznes, boshqarish, rahbar, bank, bankir.  
 
1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini 
rejalashtirishning asosiy vazifalari 
 Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan korxonalarda ishlab 
chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari 
qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o‘z o‘rnini biznes-rejalarga bo‘shatib berdi. 
Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks 
ettiriladi. 
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq 
degan fikr ham mavjud: 
 biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish; 
 korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash; 
 pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish. 
 
2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi 
 
Xo‘jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan 
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-
rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili 
va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-
kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan 
texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishga asoslanishi hamda 
zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi  lozim. 
Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini 
aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan 
tashqari iste’molchilar mahsulotni harid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu 
ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning 
Logotip
2 Tayanch so‘z va iboralar: biznes-rejani fuknsiyasi, biznes-reja o‘z oldiga qanday savollarga javob berishni maqsad qilib qo‘yyadi. Biznes-rejani bo‘limlari, asosiy xujjat, investor, yutuq, kalit, biznes, boshqarish, rahbar, bank, bankir. 1. Rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Korxona faoliyatini rejalashtirishning asosiy vazifalari Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat rejalari, qurilish rejalari, transport-moliya rejalari qaysi tarmoqqa qarashli ekaniga qarab o‘z o‘rnini biznes-rejalarga bo‘shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi. Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq degan fikr ham mavjud:  biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish;  korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;  pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish. 2. Rejalashtirish texnologiyasi. Korxonada reja ijrosi Xo‘jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes- rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob- kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim. Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari iste’molchilar mahsulotni harid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning
 
3 
 
cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun «ehtiyoj - resurslar» bog‘liqligi biznes-
rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik 
talabiga ega bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish uchun harajatlar sarflashining 
oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo‘l 
qo‘ymaydi. 
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning 
rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga 
ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar 
olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o‘z navbatida 
korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga 
imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to‘g‘ri bo‘lur edi. 
 
3.«Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari. 
 
Biznes reja – korxonaning rivojlanish rejasi bo‘lib, unda firmaning yangi 
faoliyat doiralarini o‘zlashtirish, yangi biznesni tashkil etish mo‘ljallangan. 
Biznes-reja 
yangi 
tashkil 
etilayogan 
korxonalarni 
hamda 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalarni bo‘lajak muddatga rivojlanishi belgilash uchun tuziladi 
- ishlab chiqiladi. 
Biznes-rejaning asosiy maqsadlari quyidagicha:  
Biznes rejalashtirish bo‘yicha jahonga mashhur mutaxassisi G. Reyenning 
ta’rifi bo‘yicha biznes reja ishbilarmon uchun quyidagicha: «O‘zlikni tushunish va 
o‘zini sotish» demakdir. Boshqa so‘z bilan ifolaganda Biznes reja quydagi muhim 
muammolarni hal etadi: 
- korxonani faoliyat ko‘rsata bilish darajasini va kelajakda muhimligini, hamda 
ishbilarmonlik faoliyatidagi xavfni kamaytiradi; 
- biznesni kelajakda rivojlanishi son va sifat  ko‘rsatgichlari bo‘yicha 
rivjlanishni aniq belgilab beradi; 
- potensial investorlarni firmaga bo‘lgan e’tibori va qiziqishini oshiradi, hamda 
ularni mablag‘larini jalb etishga undaydi va xaflarni ishonchga aylanishini 
ta’minlaydi; 
Logotip
3 cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun «ehtiyoj - resurslar» bog‘liqligi biznes- rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik talabiga ega bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarish uchun harajatlar sarflashining oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o‘z navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to‘g‘ri bo‘lur edi. 3.«Biznes-reja» ning mohiyati, vazifalari. Biznes reja – korxonaning rivojlanish rejasi bo‘lib, unda firmaning yangi faoliyat doiralarini o‘zlashtirish, yangi biznesni tashkil etish mo‘ljallangan. Biznes-reja yangi tashkil etilayogan korxonalarni hamda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni bo‘lajak muddatga rivojlanishi belgilash uchun tuziladi - ishlab chiqiladi. Biznes-rejaning asosiy maqsadlari quyidagicha: Biznes rejalashtirish bo‘yicha jahonga mashhur mutaxassisi G. Reyenning ta’rifi bo‘yicha biznes reja ishbilarmon uchun quyidagicha: «O‘zlikni tushunish va o‘zini sotish» demakdir. Boshqa so‘z bilan ifolaganda Biznes reja quydagi muhim muammolarni hal etadi: - korxonani faoliyat ko‘rsata bilish darajasini va kelajakda muhimligini, hamda ishbilarmonlik faoliyatidagi xavfni kamaytiradi; - biznesni kelajakda rivojlanishi son va sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha rivjlanishni aniq belgilab beradi; - potensial investorlarni firmaga bo‘lgan e’tibori va qiziqishini oshiradi, hamda ularni mablag‘larini jalb etishga undaydi va xaflarni ishonchga aylanishini ta’minlaydi;
 
4 
 
- rejalashtirish borasida qimmatli tajriba olishga yordamlashadi, tashkilotga va 
uning ishchi kuchi omillariga qiziqishni ortiradi; 
Shunday qilib Biznes reja tashkilotni ichki maqsadiga erishishini ta’minlabkina 
qolmay balki shaxslarni tashqi maqsadini ham ko‘zlab yangi  ish boshlash uchun 
manfaatli bo‘ladi. 
Biznes reja investorladan tashqari, firmaning potensial ista’molchilari va 
ta’minotchilarini bo‘lajak biznesga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. 
Faoliyat boshlovchi ishbilarmonlar uchun biznes-reja investorlanrni qiziqishini 
va jalb etuvchi yagona hujjat hisoblanadi. Biznes-rejani aniqligi va asoslanganligi 
ishbilarmon faoliyati ko‘rsatgichlarining ishonchli va kafolatli ekanligini bildiradi. 
Odatda biznes reja ishbilarmon va bo‘lajak investor o‘rtasida kelishuv va 
shartnoma tuzishni boshlanish nuqtasi (ishbilarmon va bank) hisoblanadi. 
Biznes-reja chet el investorlari bilan kelishuv va shartnoma boshlash uchun 
yanada muhim ahamiyatiga ega bo‘ladi. 
Biznes-reja firmaning tashqi muhitiga yo‘naltirilgan reja bo‘lib, o‘z navbatida 
uni mahsulotga aylantiradi, uni sotib imkoni boricha ko‘proq yutuqqa erish imkonini 
yaratadi. 
Hozirgi davrda O‘zbekiston respublikasida Biznes-reja yana bir muhim 
ahamiyatga egaki uning yordamida korxonalarni davlat e’tirofidan chiqarishga 
asosiy hujjat hisoblanib, tashkilotni kelajakdagi maqsadlari faoliyatini rivojlantirsh 
iqtisodiy baquvvat etish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Biznes-reja qimmatbaho 
qog‘ozlar emissiyasiga kirib tashkilotni aksiyalarini qimmati haqida ma’lumotlar 
ham beradi. 
Biznes-rejada firmaning ishlab chiqarish va bozor, texnologik va moliyaviy, 
ichki va tashqi faoliyatini ifodalaydi. Natijada uni texnika-iqtisodiy ko‘rsatkilirini 
asoslashga ehtiyoj qoldirmaydi. 
Biznes-rejani tuzishdan oldin quyidagi kompleks ma’lumotlarga ega 
bo‘lishimiz kerak. 
 I qadam: 
- biznes-rejalashtirish bo‘yicha qo‘llanma va o‘quv qurollari; 
- davlat tashkilotlari (jumladan kichik biznes bilan shug‘ullanivchi); 
Logotip
4 - rejalashtirish borasida qimmatli tajriba olishga yordamlashadi, tashkilotga va uning ishchi kuchi omillariga qiziqishni ortiradi; Shunday qilib Biznes reja tashkilotni ichki maqsadiga erishishini ta’minlabkina qolmay balki shaxslarni tashqi maqsadini ham ko‘zlab yangi ish boshlash uchun manfaatli bo‘ladi. Biznes reja investorladan tashqari, firmaning potensial ista’molchilari va ta’minotchilarini bo‘lajak biznesga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Faoliyat boshlovchi ishbilarmonlar uchun biznes-reja investorlanrni qiziqishini va jalb etuvchi yagona hujjat hisoblanadi. Biznes-rejani aniqligi va asoslanganligi ishbilarmon faoliyati ko‘rsatgichlarining ishonchli va kafolatli ekanligini bildiradi. Odatda biznes reja ishbilarmon va bo‘lajak investor o‘rtasida kelishuv va shartnoma tuzishni boshlanish nuqtasi (ishbilarmon va bank) hisoblanadi. Biznes-reja chet el investorlari bilan kelishuv va shartnoma boshlash uchun yanada muhim ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biznes-reja firmaning tashqi muhitiga yo‘naltirilgan reja bo‘lib, o‘z navbatida uni mahsulotga aylantiradi, uni sotib imkoni boricha ko‘proq yutuqqa erish imkonini yaratadi. Hozirgi davrda O‘zbekiston respublikasida Biznes-reja yana bir muhim ahamiyatga egaki uning yordamida korxonalarni davlat e’tirofidan chiqarishga asosiy hujjat hisoblanib, tashkilotni kelajakdagi maqsadlari faoliyatini rivojlantirsh iqtisodiy baquvvat etish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Biznes-reja qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasiga kirib tashkilotni aksiyalarini qimmati haqida ma’lumotlar ham beradi. Biznes-rejada firmaning ishlab chiqarish va bozor, texnologik va moliyaviy, ichki va tashqi faoliyatini ifodalaydi. Natijada uni texnika-iqtisodiy ko‘rsatkilirini asoslashga ehtiyoj qoldirmaydi. Biznes-rejani tuzishdan oldin quyidagi kompleks ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak. I qadam: - biznes-rejalashtirish bo‘yicha qo‘llanma va o‘quv qurollari; - davlat tashkilotlari (jumladan kichik biznes bilan shug‘ullanivchi);
 
5 
 
- boshqarish to‘g‘risida maslahat beruvchi firmalar; 
- tarmoq bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar; 
- auditorlik firmalari; 
- tanish-bilishlar, o‘rtoqlar, hamkasblar. 
II qadam: 
- biznes reja ustida ishlash uning maqsadini aniqlash va ishlab chiqish; 
Biznes-reja maqsadi belgilangan ichki va tashqi muhitga binoan har xil bo‘lishi 
mumkin va unga kerakli sharoit yaratilishi,  hamda sifatli, aniq tadbirlar hisobiga 
erishiladi. 
III qadam: 
- tashkilot (xohishiga qarab) ichki ishtirokchilarni tashqi shaxslarni investor 
bo‘laoladimi (ular aksionermi, tijorat banklarmi, venchur kompaniyalarimi) yoki 
yo‘qmi shu muammoni hal etishi kerak. 
Biznes- rejani tuzuvchi muallif o‘z o‘quvchilari doirasini  belgilangandan so‘ng 
IV qadamga ya’ni tuzulajak hujjat tarkibini belgilashga o‘tiladi. 
Odatda Biznes reja quydagilardan tashkil topadi: 
- mansab varaqasi; 
- rezyume – Biznes-reja qisqa mazmuni; 
- biznes tarixi; 
- mahsulot tavsiyasi; 
- tarmoqdagi holat tavsifi, mahsulot bozorlari; 
- raqobatchilar: raqobat strategiyasini tanlash va baholash; 
- ishlab chiqarish rejasi; 
- mahsulotni sotish-marketing reja; 
- tashkiliy reja; 
- moliyaviy reja va xavfni baholash; 
- ilmiy izlanish rejasi; 
- xavfni sug‘urtalash kafolatlash va baholash; 
- ilova (appendiks) 
Biznes-rejani har bir bo‘limi tavsifini keynroq ko‘rib chiqamiz. 
V qadam: 
Logotip
5 - boshqarish to‘g‘risida maslahat beruvchi firmalar; - tarmoq bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar; - auditorlik firmalari; - tanish-bilishlar, o‘rtoqlar, hamkasblar. II qadam: - biznes reja ustida ishlash uning maqsadini aniqlash va ishlab chiqish; Biznes-reja maqsadi belgilangan ichki va tashqi muhitga binoan har xil bo‘lishi mumkin va unga kerakli sharoit yaratilishi, hamda sifatli, aniq tadbirlar hisobiga erishiladi. III qadam: - tashkilot (xohishiga qarab) ichki ishtirokchilarni tashqi shaxslarni investor bo‘laoladimi (ular aksionermi, tijorat banklarmi, venchur kompaniyalarimi) yoki yo‘qmi shu muammoni hal etishi kerak. Biznes- rejani tuzuvchi muallif o‘z o‘quvchilari doirasini belgilangandan so‘ng IV qadamga ya’ni tuzulajak hujjat tarkibini belgilashga o‘tiladi. Odatda Biznes reja quydagilardan tashkil topadi: - mansab varaqasi; - rezyume – Biznes-reja qisqa mazmuni; - biznes tarixi; - mahsulot tavsiyasi; - tarmoqdagi holat tavsifi, mahsulot bozorlari; - raqobatchilar: raqobat strategiyasini tanlash va baholash; - ishlab chiqarish rejasi; - mahsulotni sotish-marketing reja; - tashkiliy reja; - moliyaviy reja va xavfni baholash; - ilmiy izlanish rejasi; - xavfni sug‘urtalash kafolatlash va baholash; - ilova (appendiks) Biznes-rejani har bir bo‘limi tavsifini keynroq ko‘rib chiqamiz. V qadam:
 
6 
 
-biznes-reja har bir bo‘limini tuzish uchun ma’lumotlar yig‘ishga qaratiladi. 
Bunda biznes-reja tuzishda ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar taklif 
etiladi ular tashkilot xodimlari yoki tashqaridan taklif etilgan mutaxasislar bo‘lishi 
mumkin, ya’ni tashkilot imkoniyatini puxta biluvchilar, moliyaviy bashorat eta 
oluvchilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar bo‘lishi mumkin. 
VI qadam: 
- biznes rejani tuzish (yozish) bo‘lib, juda murakkab va ko‘p mehnat talab 
etuvchi jarayon hisoblanadi. Eng  muhimi ishbilarmon biznes rejani mustaqil 
ravishda yozishi, tuzishi kerak, qancha vaqt va mablag‘ ketishigi qaramasdan. 
Agarda ishbilarmon biznes-rejani tuzishni boshqa shaxsga ishonsa u holda: o‘z 
tashkilotini kuchli va kuchsiz tomonlarini bilmasligi, kalajakda tashkilotga salbiy 
ta’sir etuvchi omillardan bexabar kolishi mumkin, investorlarga o‘z biznesini 
afzalligi isbotlay olmasligi mumkin, natijada investorlar qiziqishini kamaytirib 
mavjud imkoniyatlardan foydalana olmaydi. 
 
4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari. 
 
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»; «Samarali 
ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad 
qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish 
mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish 
mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish 
mumkin?» kabi savollarga javob olinadi. 
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur: 
* 
biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun 
tushunarli va oson bo‘lishi lozim; 
* 
biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o‘ziga kerakli 
ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo‘limlarga (boblarga) bo‘linishi lozim; 
* 
biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, 
chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi 
Logotip
6 -biznes-reja har bir bo‘limini tuzish uchun ma’lumotlar yig‘ishga qaratiladi. Bunda biznes-reja tuzishda ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar taklif etiladi ular tashkilot xodimlari yoki tashqaridan taklif etilgan mutaxasislar bo‘lishi mumkin, ya’ni tashkilot imkoniyatini puxta biluvchilar, moliyaviy bashorat eta oluvchilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar bo‘lishi mumkin. VI qadam: - biznes rejani tuzish (yozish) bo‘lib, juda murakkab va ko‘p mehnat talab etuvchi jarayon hisoblanadi. Eng muhimi ishbilarmon biznes rejani mustaqil ravishda yozishi, tuzishi kerak, qancha vaqt va mablag‘ ketishigi qaramasdan. Agarda ishbilarmon biznes-rejani tuzishni boshqa shaxsga ishonsa u holda: o‘z tashkilotini kuchli va kuchsiz tomonlarini bilmasligi, kalajakda tashkilotga salbiy ta’sir etuvchi omillardan bexabar kolishi mumkin, investorlarga o‘z biznesini afzalligi isbotlay olmasligi mumkin, natijada investorlar qiziqishini kamaytirib mavjud imkoniyatlardan foydalana olmaydi. 4. Korxonaning biznes rejasi va uning bo‘limlari. Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»; «Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi. Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur: * biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo‘lishi lozim; * biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o‘ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo‘limlarga (boblarga) bo‘linishi lozim; * biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi
 
7 
 
yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning 
ishonchliligiga shubha uyg‘onishi mumkin; 
* 
biznes-rejaning ob’ektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va 
noto‘g‘ri hisob-kitoblar bo‘lmasligi lozim; 
* 
biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda 
biznes to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo‘ladi. 
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo‘lim va ko‘rsatkichlardan iborat 
bo‘ladi. O‘ntagacha bo‘limni o‘z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga 
ko‘ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo‘limlarni o‘z 
ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi: 
1. Tanlangan biznes konsepsiyasi. 
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari 
tavsifnomasi. 
4. Boshqaruv (menedjment). 
5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 
6. Marketing harakatlari rejasi. 
7. Ishlab chiqarish rejasi. 
8. Tavakkalchilikni baholash. 
9. Moliyaviy reja. 
10. Biznes-loyihaning samaradorligi. 
 
Biznes-reja tarkibi va uni tuzish 
 
Quyidagi bo‘lim biznes-rejani tarkibi va uni tuzish haqida bo‘ladi. 
Mansab varaqasi va mundarija. 
Mansab varaqasi quyidagi mazmunda bo‘lishi kerak: 
- reja sarlovhasi; 
- tayyorlash vaqti; 
- rejani kim tayyorlaydi, to‘liq ismi sharifi va otasini ismi, ishbilarmonni ismi 
sharifi va telefon raqamlari; 
Logotip
7 yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg‘onishi mumkin; * biznes-rejaning ob’ektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto‘g‘ri hisob-kitoblar bo‘lmasligi lozim; * biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo‘ladi. Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo‘lim va ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. O‘ntagacha bo‘limni o‘z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko‘ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi: 1. Tanlangan biznes konsepsiyasi. 2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi. 4. Boshqaruv (menedjment). 5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 6. Marketing harakatlari rejasi. 7. Ishlab chiqarish rejasi. 8. Tavakkalchilikni baholash. 9. Moliyaviy reja. 10. Biznes-loyihaning samaradorligi. Biznes-reja tarkibi va uni tuzish Quyidagi bo‘lim biznes-rejani tarkibi va uni tuzish haqida bo‘ladi. Mansab varaqasi va mundarija. Mansab varaqasi quyidagi mazmunda bo‘lishi kerak: - reja sarlovhasi; - tayyorlash vaqti; - rejani kim tayyorlaydi, to‘liq ismi sharifi va otasini ismi, ishbilarmonni ismi sharifi va telefon raqamlari;
 
8 
 
- kim uchun reja tuzilgan; 
Ba’zi hollarda hujjatdagi ma’lumotlar sirligi va undan boshqa shaxslarni 
xabardor bo‘lmasligi haqida ilova kiritilishi mumkin, bu holda ishbilarmon fikri va 
maqsadi himoyalanadi; 
Mundarija – mansab varaqasi va rezyumedan  so‘ng ko‘p o‘qiladi va u biznes-
reja tarkibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. 
Rezyume – biznes-reja tuzib bo‘lingandan so‘ng yoziladi. Unda biznes-reja 
elementlari va asosiy bo‘limlarini qisqacha mazmuni beriladi. 
Rezyume tarkibi uch qismdan iborat bo‘lishi kerak: 
- kirish – rejaning maqsadi, qisqa ko‘rinishdagi loyihani ma’nosi; 
- asosiy mazmuni – biznes rejaning qisqacha mazmuni keltiriladi. Ya’ni faoliyat 
turi, kelajakdagi talab darajasi, loyiha qiymati, moliyaviy mablag‘larning manbalari. 
- xulosa, ishbilarmonning kelajakdagi yutuqlari natijasi va uning asosiy faoliyat 
turlari. 
Rezyume qisqa va tushunarli bo‘lib 3-4 betdan oshmasligi kerak. Chunki  uni 
o‘qiydigan kishilar juda band bo‘lishadi va kun davomida shu hujjatga o‘xshash ko‘p 
ish qog‘ozlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Rezyume shunday tuzilishi kerakki uni 
o‘qiyotgan investorda qiziqish uyg‘otishi kerak, unda ishbilarmon faoliyatini har 
tomonlama to‘liq ifodalab, investordan nima xohlashini bildirish kerak. 
Biznes tarixi. 
 
Bu bo‘lim korxona uzoq mudatda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib ma’lum 
yutuqlarga erishgan hollarida tuziladi – yoziladi. 
Biznes tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashqaridagi o‘quvchilar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib tashkilot tarixini muhokama etilayotgan vaqtda erishilgan 
yutuqlarga e’tiborni qaratishi kerak. Erishilgan yutuqlarni ko‘rsatiladigan faoliyat, 
hamda kelajakdagi maqsad bilan bog‘lab son ko‘rsatgichlarda keltirilsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
 
Mahsulot (xizmat) turlarini yoritish. 
 
Logotip
8 - kim uchun reja tuzilgan; Ba’zi hollarda hujjatdagi ma’lumotlar sirligi va undan boshqa shaxslarni xabardor bo‘lmasligi haqida ilova kiritilishi mumkin, bu holda ishbilarmon fikri va maqsadi himoyalanadi; Mundarija – mansab varaqasi va rezyumedan so‘ng ko‘p o‘qiladi va u biznes- reja tarkibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. Rezyume – biznes-reja tuzib bo‘lingandan so‘ng yoziladi. Unda biznes-reja elementlari va asosiy bo‘limlarini qisqacha mazmuni beriladi. Rezyume tarkibi uch qismdan iborat bo‘lishi kerak: - kirish – rejaning maqsadi, qisqa ko‘rinishdagi loyihani ma’nosi; - asosiy mazmuni – biznes rejaning qisqacha mazmuni keltiriladi. Ya’ni faoliyat turi, kelajakdagi talab darajasi, loyiha qiymati, moliyaviy mablag‘larning manbalari. - xulosa, ishbilarmonning kelajakdagi yutuqlari natijasi va uning asosiy faoliyat turlari. Rezyume qisqa va tushunarli bo‘lib 3-4 betdan oshmasligi kerak. Chunki uni o‘qiydigan kishilar juda band bo‘lishadi va kun davomida shu hujjatga o‘xshash ko‘p ish qog‘ozlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Rezyume shunday tuzilishi kerakki uni o‘qiyotgan investorda qiziqish uyg‘otishi kerak, unda ishbilarmon faoliyatini har tomonlama to‘liq ifodalab, investordan nima xohlashini bildirish kerak. Biznes tarixi. Bu bo‘lim korxona uzoq mudatda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib ma’lum yutuqlarga erishgan hollarida tuziladi – yoziladi. Biznes tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashqaridagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib tashkilot tarixini muhokama etilayotgan vaqtda erishilgan yutuqlarga e’tiborni qaratishi kerak. Erishilgan yutuqlarni ko‘rsatiladigan faoliyat, hamda kelajakdagi maqsad bilan bog‘lab son ko‘rsatgichlarda keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mahsulot (xizmat) turlarini yoritish.
 
9 
 
Bozorga qanday mahsulot yoki xizmat taklif etilishini ishbilarmon ham investor 
ham bilishi ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot turini har tomonlama ta’riflanishi 
kerak. 
O‘zbekistondagi ishbilarmonlar bank xodimlarini-investorlarni xohishidan 
doim xayratda qolmoqdalar, chunki ular mahsulot xususiyati to‘g‘risida uni qanday 
o‘ralganligi, dizayni, himoyalanganligi darajasi, sotish bahosini asoslanganligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq bilishni istashidan. Bank mutaxassislari uchun 
mahsulotni sifati, raqobatlasha olishi, iste’mol etilishi, tovar ko‘rinishi darajasi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi, chunki mahsulotni bozorga kirishi va 
undan foyda olish imkoni shu ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Mahsulotni (xizmatni) tavsifini ifodalovchi savollar ruyxati quydagilar: 
1.Mahsulotni raqobatlasha olishi va undan foydalanish usullari. Mahsulot 
xususiyatlari iste’molchilar talabini qondiradigan holda bo‘lishi kerak. 
2.Tanlangan mahsulotni hayotiy siklini firma qanday tasavvur etadi? 
3. Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan o‘xshash mahsulotni 
imkoniyatlari qanday? Taklif etilayotgan mahsulot raqobatchilarnikiga qaraganda 
afzallikka egami, bozorda talab bormi, mahsulotni alohida xususiyatlari qanday? 
4. Mahsulotni himoyalanganlik darajasi qanday? Mahsulotga patent olganmi, 
avtorlik huquqiga  egami, tovar markasi ruyxatdan o‘tkazilganmi? Mahsulotni 
kimiyoviy, fizik va mexanik xususiyatlarini ham keltirish kerak. 
 
Tarmoq foaliyatining holati tahlili. 
 
Bu bo‘limda bozor sig‘imini absalyut ko‘rsatgichlarda keltirib, bozorning  
asosiy sigmentlari o‘sishga moyilmi yoki turg‘un holda ekanligini aniqlash 
muhimdir. Tashqi va ichki omillarga borozni sezgirligi o‘zgarishlar mavsumi yoki 
siklik ya’ni ma’lum muddatda kaytariladimi, hamda raqobatchilarni bozordagi o‘rni, 
ularni kelajakdagi maqsadi, boshqa tarmoqlar taqdiri to‘g‘risidagi ma’limotlarni ham 
keltirish kerak bo‘lad. Bozorni kelajagi haqida umumiy xulosa ham yozish kerak 
bo‘ladi. Agar ular korxona uchun yaxshi bo‘lsa o‘z ulushini kelajakda oshirish 
mumkin bu ko‘rsatgichlar natural va qiymat ko‘rsatgichlar keltirilishi kerak. 
Logotip
9 Bozorga qanday mahsulot yoki xizmat taklif etilishini ishbilarmon ham investor ham bilishi ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot turini har tomonlama ta’riflanishi kerak. O‘zbekistondagi ishbilarmonlar bank xodimlarini-investorlarni xohishidan doim xayratda qolmoqdalar, chunki ular mahsulot xususiyati to‘g‘risida uni qanday o‘ralganligi, dizayni, himoyalanganligi darajasi, sotish bahosini asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq bilishni istashidan. Bank mutaxassislari uchun mahsulotni sifati, raqobatlasha olishi, iste’mol etilishi, tovar ko‘rinishi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi, chunki mahsulotni bozorga kirishi va undan foyda olish imkoni shu ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulotni (xizmatni) tavsifini ifodalovchi savollar ruyxati quydagilar: 1.Mahsulotni raqobatlasha olishi va undan foydalanish usullari. Mahsulot xususiyatlari iste’molchilar talabini qondiradigan holda bo‘lishi kerak. 2.Tanlangan mahsulotni hayotiy siklini firma qanday tasavvur etadi? 3. Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan o‘xshash mahsulotni imkoniyatlari qanday? Taklif etilayotgan mahsulot raqobatchilarnikiga qaraganda afzallikka egami, bozorda talab bormi, mahsulotni alohida xususiyatlari qanday? 4. Mahsulotni himoyalanganlik darajasi qanday? Mahsulotga patent olganmi, avtorlik huquqiga egami, tovar markasi ruyxatdan o‘tkazilganmi? Mahsulotni kimiyoviy, fizik va mexanik xususiyatlarini ham keltirish kerak. Tarmoq foaliyatining holati tahlili. Bu bo‘limda bozor sig‘imini absalyut ko‘rsatgichlarda keltirib, bozorning asosiy sigmentlari o‘sishga moyilmi yoki turg‘un holda ekanligini aniqlash muhimdir. Tashqi va ichki omillarga borozni sezgirligi o‘zgarishlar mavsumi yoki siklik ya’ni ma’lum muddatda kaytariladimi, hamda raqobatchilarni bozordagi o‘rni, ularni kelajakdagi maqsadi, boshqa tarmoqlar taqdiri to‘g‘risidagi ma’limotlarni ham keltirish kerak bo‘lad. Bozorni kelajagi haqida umumiy xulosa ham yozish kerak bo‘ladi. Agar ular korxona uchun yaxshi bo‘lsa o‘z ulushini kelajakda oshirish mumkin bu ko‘rsatgichlar natural va qiymat ko‘rsatgichlar keltirilishi kerak.
 
10 
 
Raqobatchilar faoliyatini baholash. 
 
O‘zbekiston ishbilarmonlari ko‘p hollarda raqobatchilarni hisobga olmaydilar, 
chunki ular o‘zlarini tarmoq bo‘yicha yagona mahsulot ishlab chiqaruvchi va 
sotuvchi hisoblab, yangi raqobatchilarni bozorga kirib kelishi, shu mahsulotni 
o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi va iste’molchi 
qiluvchilar tomonidan vujadga keladigan xafv xatarni hisobga olmaydilar. Natijada 
o‘z faoliyatlarida ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. 
Raqobatchilar orasida chet el firmalarining salohiyati kuchli, chunki ular 
mahsuloti sifatli bo‘lmasa ham bahosi arzonligi, tovar ko‘rinishi, dizayni bilan 
iste’molchilar e’tiborini qozonadi. Bunday firmalar O‘zbekiston ishbilarmonlarini 
tajribasizligiga imtiyoz bermaydi, ular o‘z maqsadlarigi erishish uchun ayavsiz 
faoliyat olib boradilar, shuning uchun ishbilarmonlar xalqaro tajribaga suyangan 
holda professor Porter taklif etganidek mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida eng 
kam  ya’ni yetakchi, takomillashtirish, yangilash siyosatiga binoan ish yuritishlari 
kerak. Biznes rejada tanlangan strategiya va uni aniq joriy etish usullari yozilishi 
kerak. 
 Raqobatlashish 
siyosati 
tanlanganidan 
so‘ng 
ishbilarmon 
quydagi 
muammolarni hal etish kerak: 
- qanday qilib siyosatni eng yaxshi usul bilan joriy etish? 
- tashkilot tarkibini qayta tuzish kerakmi? 
- siyosatni amalga oshirish uchun moliyaviy tarkib qanday bo‘lishi kerak? 
- mavjud faoliyat darajasini o‘zgartirmasdan foydani oshirish mumkinmi? 
Agarda ishblarmon o‘z faoliyat darajasini, siyosatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa 
yoki raqobat bozoriga endi  kirmoqchi bo‘lsa, raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan 
xarakatlarni hisobga olishi kerak: 
- qarshi xarakat (xujum)ni ehtimol darajasi; 
- firmaga ta’sir etish  darajasi; 
- qachon bunday xarakatlar boshlanishi bo‘lishi mumkin; 
- eng xavfli xarakatdan qutilish imkon kancha? 
 
Logotip
10 Raqobatchilar faoliyatini baholash. O‘zbekiston ishbilarmonlari ko‘p hollarda raqobatchilarni hisobga olmaydilar, chunki ular o‘zlarini tarmoq bo‘yicha yagona mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi hisoblab, yangi raqobatchilarni bozorga kirib kelishi, shu mahsulotni o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi va iste’molchi qiluvchilar tomonidan vujadga keladigan xafv xatarni hisobga olmaydilar. Natijada o‘z faoliyatlarida ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Raqobatchilar orasida chet el firmalarining salohiyati kuchli, chunki ular mahsuloti sifatli bo‘lmasa ham bahosi arzonligi, tovar ko‘rinishi, dizayni bilan iste’molchilar e’tiborini qozonadi. Bunday firmalar O‘zbekiston ishbilarmonlarini tajribasizligiga imtiyoz bermaydi, ular o‘z maqsadlarigi erishish uchun ayavsiz faoliyat olib boradilar, shuning uchun ishbilarmonlar xalqaro tajribaga suyangan holda professor Porter taklif etganidek mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarida eng kam ya’ni yetakchi, takomillashtirish, yangilash siyosatiga binoan ish yuritishlari kerak. Biznes rejada tanlangan strategiya va uni aniq joriy etish usullari yozilishi kerak. Raqobatlashish siyosati tanlanganidan so‘ng ishbilarmon quydagi muammolarni hal etish kerak: - qanday qilib siyosatni eng yaxshi usul bilan joriy etish? - tashkilot tarkibini qayta tuzish kerakmi? - siyosatni amalga oshirish uchun moliyaviy tarkib qanday bo‘lishi kerak? - mavjud faoliyat darajasini o‘zgartirmasdan foydani oshirish mumkinmi? Agarda ishblarmon o‘z faoliyat darajasini, siyosatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa yoki raqobat bozoriga endi kirmoqchi bo‘lsa, raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan xarakatlarni hisobga olishi kerak: - qarshi xarakat (xujum)ni ehtimol darajasi; - firmaga ta’sir etish darajasi; - qachon bunday xarakatlar boshlanishi bo‘lishi mumkin; - eng xavfli xarakatdan qutilish imkon kancha?
 
11 
 
Ishlab chiqarish rejasi. 
 
Biznes rejani bu bo‘limini yoritishda uni o‘qiydigan kishi soha bo‘yicha 
ixtisoslashgan muxandislik bilimiga ega emasligini hisobga olgan holda sodda va 
tushunarli qilib bayon etish kerak. Moliya xodimlarini uchun mahsulot ishlab 
chiqarish muammolari va ularni asoslash – ishlab chiqarish tizimi elementlarini 
biznes-rejada keltirish kerak. Ishlab chiqarish  rejasida mahsulot ishlab chiqarish 
xarajatlari ham kirish kerak. Yukorida keltirilgan ma’lumotlardan tashqari quydagi 
savollarga ham javoblar bo‘lishini taqazo etiladi: 
1. Asosiy ishlab chiqarish usullari va texnologiya qanday? 
2. Ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot ishlab chiqarish operatsiyalari qanday? 
Bu texnologik oparesiyalarini takomillashtirish, yengillashtirish mumkinmi? Ishlab 
chiqarish jarayoni tarkibini sxema ko‘rinishda ifodalansa yaxshi bo‘ladi. 
3. Qanaqa xomashyo va materiallar kerak? Firma ta’minotchilari kimlar? Ularni 
manzili va ismi sharifi. 
4. Kritik omillar aniqlaganmi (kamchiliklari) ta’minotchilarni xomashyo va 
materiallarni yetkazib berish vaqti va h.k. 
5. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun korxona  qanday quvvatga ega bo‘lishi 
kerak? Ishlayotgan quvvatlar korxona mavjudmi? Korxona quvvatini oshirish uchun 
qancha mablag‘ talab etiladi? 
6. Korxona mavjud quvvati bilan faoliyat ko‘rsatganda qanday samarmdorlikka 
erishadi? 
7. Ishlab chiqarish operatsiyalarida qaytarilish hollari qancha? 
8. Mahsulot sifatini nazorat etish tartibi qanday? 
9. Mavjud mashina va  jihozlarni, kelajakda kerakli bo‘ladiganlarini tavsifi, va 
ularni tanlash qanday tartibda o‘tkazilishi? 
10. Korxona qaerda joylashadi? Korxona manziligi va geografik sharoitiga 
bo‘lgan talab qanday? 
11. Ishchi kuchi korxana faoliyatini yuritish uchun hozirgi sharoitida va 
kelajakda qancha kerak? Mashina va jihozlarni yuritish uchun ishlovchilar malakasi 
mos kelishi? 
Logotip
11 Ishlab chiqarish rejasi. Biznes rejani bu bo‘limini yoritishda uni o‘qiydigan kishi soha bo‘yicha ixtisoslashgan muxandislik bilimiga ega emasligini hisobga olgan holda sodda va tushunarli qilib bayon etish kerak. Moliya xodimlarini uchun mahsulot ishlab chiqarish muammolari va ularni asoslash – ishlab chiqarish tizimi elementlarini biznes-rejada keltirish kerak. Ishlab chiqarish rejasida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari ham kirish kerak. Yukorida keltirilgan ma’lumotlardan tashqari quydagi savollarga ham javoblar bo‘lishini taqazo etiladi: 1. Asosiy ishlab chiqarish usullari va texnologiya qanday? 2. Ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot ishlab chiqarish operatsiyalari qanday? Bu texnologik oparesiyalarini takomillashtirish, yengillashtirish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayoni tarkibini sxema ko‘rinishda ifodalansa yaxshi bo‘ladi. 3. Qanaqa xomashyo va materiallar kerak? Firma ta’minotchilari kimlar? Ularni manzili va ismi sharifi. 4. Kritik omillar aniqlaganmi (kamchiliklari) ta’minotchilarni xomashyo va materiallarni yetkazib berish vaqti va h.k. 5. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun korxona qanday quvvatga ega bo‘lishi kerak? Ishlayotgan quvvatlar korxona mavjudmi? Korxona quvvatini oshirish uchun qancha mablag‘ talab etiladi? 6. Korxona mavjud quvvati bilan faoliyat ko‘rsatganda qanday samarmdorlikka erishadi? 7. Ishlab chiqarish operatsiyalarida qaytarilish hollari qancha? 8. Mahsulot sifatini nazorat etish tartibi qanday? 9. Mavjud mashina va jihozlarni, kelajakda kerakli bo‘ladiganlarini tavsifi, va ularni tanlash qanday tartibda o‘tkazilishi? 10. Korxona qaerda joylashadi? Korxona manziligi va geografik sharoitiga bo‘lgan talab qanday? 11. Ishchi kuchi korxana faoliyatini yuritish uchun hozirgi sharoitida va kelajakda qancha kerak? Mashina va jihozlarni yuritish uchun ishlovchilar malakasi mos kelishi?
 
12 
 
Marketing reja. 
 
Firma muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘z mahsulotiga samara beradigan bozor 
tanlashi kerak va bu yutuqqa erishish usullarini biznes rejaning marketing reja 
bo‘limida yoritiladi. 
Yaxshi mahsulot ishlab chiqarish, texnoligik yangiliklarni  joriy  etishni davom 
etirish kifoya qilmaydi, balki mahsulotni sotib oluvchilar e’tiborini qozonish, 
mahsulot sotib olgandan so‘ng to‘lov  qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni jalb etish 
kerak bo‘ladi. 
Biznes-rejaning marketing rejasi quydagilar uchun kerak: 
- firmaning marketing faoliyati ishbilarmonni asosiy maqsadlari va vazifalarini 
belgilab olish uchun; 
- marketing xizmati ishchilari bezorni o‘zlashtirish, o‘z mahsulotlari bilan 
bozorga kirish uchun asosiy qo‘llanma sifatida foydalinishiga; 
- investorlarni bozorni sig‘imi yetarli darajada va kelajakda uni o‘sishi 
to‘g‘risida ishonch hosil qilishlari uchun. 
Marketing reja firmaning marketing faoliyatining hamma elementlarini hisobga  
olishi va quydagi savollarga javob berish kerak: 
1. Mavjud tarmoq bozorida iste’molchilarning asosiy tavsifi qanday? Mavjud 
bazorni asosiy segmenti ya’ni iste’molchilarni daromad darajasi, demografik holati, 
xulq atvor prinsiplari va h.k. qanday? Firma qaysi segmentlarga asoslanishi e’tibor 
berishi kerak? 
2. Mavjud bozor segmentida tashkilot qanday o‘rinni egallay oladi? Tashkilot 
bozordagi o‘rinini  kengaytirib raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishni 
mo‘ljallamokdami? 
3. Firma mahsulotlariga baho belgilash usullari qanday? Belgilangan bahoni 
qanday darajasi firmaga qancha sof daromad keltiradi? Istemolchilar uchun 
imtiyozlar mo‘ljallanganmi? 
4. Firma mahsulotlarni qaysi usul bilan tarqatadi? Chakana yoki ulgurji 
mahsulot oluvchi  istemolchilar xizmatiga muhtoj bo‘ladimi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
istemolchilar bilan muomala qiladimi? 
Logotip
12 Marketing reja. Firma muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘z mahsulotiga samara beradigan bozor tanlashi kerak va bu yutuqqa erishish usullarini biznes rejaning marketing reja bo‘limida yoritiladi. Yaxshi mahsulot ishlab chiqarish, texnoligik yangiliklarni joriy etishni davom etirish kifoya qilmaydi, balki mahsulotni sotib oluvchilar e’tiborini qozonish, mahsulot sotib olgandan so‘ng to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni jalb etish kerak bo‘ladi. Biznes-rejaning marketing rejasi quydagilar uchun kerak: - firmaning marketing faoliyati ishbilarmonni asosiy maqsadlari va vazifalarini belgilab olish uchun; - marketing xizmati ishchilari bezorni o‘zlashtirish, o‘z mahsulotlari bilan bozorga kirish uchun asosiy qo‘llanma sifatida foydalinishiga; - investorlarni bozorni sig‘imi yetarli darajada va kelajakda uni o‘sishi to‘g‘risida ishonch hosil qilishlari uchun. Marketing reja firmaning marketing faoliyatining hamma elementlarini hisobga olishi va quydagi savollarga javob berish kerak: 1. Mavjud tarmoq bozorida iste’molchilarning asosiy tavsifi qanday? Mavjud bazorni asosiy segmenti ya’ni iste’molchilarni daromad darajasi, demografik holati, xulq atvor prinsiplari va h.k. qanday? Firma qaysi segmentlarga asoslanishi e’tibor berishi kerak? 2. Mavjud bozor segmentida tashkilot qanday o‘rinni egallay oladi? Tashkilot bozordagi o‘rinini kengaytirib raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishni mo‘ljallamokdami? 3. Firma mahsulotlariga baho belgilash usullari qanday? Belgilangan bahoni qanday darajasi firmaga qancha sof daromad keltiradi? Istemolchilar uchun imtiyozlar mo‘ljallanganmi? 4. Firma mahsulotlarni qaysi usul bilan tarqatadi? Chakana yoki ulgurji mahsulot oluvchi istemolchilar xizmatiga muhtoj bo‘ladimi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri istemolchilar bilan muomala qiladimi?
 
13 
 
U yoki bu istemolchi, xizmatigi murojaat etishi nima bilan asoslanadi? 
5. Firma o‘z mahsulotlari samarali sotish uchun qanday choralar ko‘radi? Firma 
mahsulot siljishini – reklama, sotishni rag‘batlantirish, targ‘ibot etish, shaxsan 
sotish, usullari qo‘llashni mo‘ljallamoqda? Mahsulot siljishini moliyalashtirish kim 
tomonidan amalga oshirilmoqchi? Jamiyat bilan muomala qilishda alohida bo‘lim 
tashkil etiladimi? 
6. Firma mahsulotlari uchun texnik kafolat bera oladimi? Mahsulot sotilgandan 
so‘ng servis xizmati qanday tashkil etiladi? 
 
Tashkiliy reja. 
 
Tashkiliy reja firmadagi mulkchilik shakli bilan tanishtiradi, firmaning 
boshqarish, lavozimlar va javobgarlikni taqsimlash va firmani tashkiliy tarkibi turlari 
masalalarini yoritib beradi. 
 Rejani tuzish uchun quydagi savollarga javob berilishi kerak: 
1. Tashkilotni mulkchilik shakli qanday (hissadorlik jamiyati, o‘rtoqlik va h.k.) 
2. Asosiy pul ajratuvchi kim yoki tashkilotni asosiy aksiyalari kimga tegishli. 
Yepik turdagi korporatsiyalar uchun bazi hollarda aksionerlarni to‘liq ruyxati 
keltiriladi, qolgan hollarda ya’ni ochiq turdagi korporatsiyalar uchun 5% aksiyaga 
ega bo‘lgan aksionerlar ruyxati keltiriladi. 
Aksionerlarni quydagi ma’lumotlar orqali tanishtiriladi: 
-ismi sharifi va pasporti ma’lumotlari; 
-xissadorning aksiyalar soni va qiymati; 
-xissadorning aksiyalarini umumiy kapitalga nisbatan salmog‘i. 
3. Agarda korxona aksionerlar mulki bo‘lsa, qancha aksiyalar chiqarilgan va 
chiqarish mo‘ljallanmoqda hamda ularning qiymati qanday? 
4. Xissadorning ovoz berish huquqi qanday, dividentlar to‘lash tartibi va 
miqdori. Har bir aksiya uchun moliyaviy zaxira miqdori qancha? 
5. Direktorlar kengash tarkibi qanday va korporatsiyani boshqaruvchilari 
kimlar? 
Logotip
13 U yoki bu istemolchi, xizmatigi murojaat etishi nima bilan asoslanadi? 5. Firma o‘z mahsulotlari samarali sotish uchun qanday choralar ko‘radi? Firma mahsulot siljishini – reklama, sotishni rag‘batlantirish, targ‘ibot etish, shaxsan sotish, usullari qo‘llashni mo‘ljallamoqda? Mahsulot siljishini moliyalashtirish kim tomonidan amalga oshirilmoqchi? Jamiyat bilan muomala qilishda alohida bo‘lim tashkil etiladimi? 6. Firma mahsulotlari uchun texnik kafolat bera oladimi? Mahsulot sotilgandan so‘ng servis xizmati qanday tashkil etiladi? Tashkiliy reja. Tashkiliy reja firmadagi mulkchilik shakli bilan tanishtiradi, firmaning boshqarish, lavozimlar va javobgarlikni taqsimlash va firmani tashkiliy tarkibi turlari masalalarini yoritib beradi. Rejani tuzish uchun quydagi savollarga javob berilishi kerak: 1. Tashkilotni mulkchilik shakli qanday (hissadorlik jamiyati, o‘rtoqlik va h.k.) 2. Asosiy pul ajratuvchi kim yoki tashkilotni asosiy aksiyalari kimga tegishli. Yepik turdagi korporatsiyalar uchun bazi hollarda aksionerlarni to‘liq ruyxati keltiriladi, qolgan hollarda ya’ni ochiq turdagi korporatsiyalar uchun 5% aksiyaga ega bo‘lgan aksionerlar ruyxati keltiriladi. Aksionerlarni quydagi ma’lumotlar orqali tanishtiriladi: -ismi sharifi va pasporti ma’lumotlari; -xissadorning aksiyalar soni va qiymati; -xissadorning aksiyalarini umumiy kapitalga nisbatan salmog‘i. 3. Agarda korxona aksionerlar mulki bo‘lsa, qancha aksiyalar chiqarilgan va chiqarish mo‘ljallanmoqda hamda ularning qiymati qanday? 4. Xissadorning ovoz berish huquqi qanday, dividentlar to‘lash tartibi va miqdori. Har bir aksiya uchun moliyaviy zaxira miqdori qancha? 5. Direktorlar kengash tarkibi qanday va korporatsiyani boshqaruvchilari kimlar?