KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

30

Faytl hajmi

223,0 KB


 
 
219 
 
 
 
 
KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI 
 
Reja: 
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi 
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining 
o‘zgarish tamoyillari 
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi 
 
 
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati 
natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan 
foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab 
chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. 
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi 
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish 
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga 
bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun maolum sarf 
xarajatlar talab etiladi. 
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik 
va neoklassik yoki zamonaviy konsepsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya 
yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun 
amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.  
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 
2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. 
Logotip
219 KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI Reja: 1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi 2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun maolum sarf xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik va neoklassik yoki zamonaviy konsepsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir. Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
 
 
220 
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun 
ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular 
mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. 
Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va 
tovar qiymatiga muvofiq tushadi, yaoni: 
  
 
 
 
w = c + v + m, 
bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – 
isteomol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish 
haqi); m – qo‘shimcha qiymat. 
 Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar 
tushuniladi: 
k  =  s + v. 
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi 
materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va 
ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona 
tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi 
mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita 
ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-chizma).  
 
11.1-chizma  
Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi 
 
 
 
 
 
 
 
УМУМИЙ 
ХАРАЖАТЛАР  
 
Ишлаб чиқариш харажатлари 
 
Муомала харажатлари 
 
Иш ҳақи 
 
 
Хомашё 
харажатлари 
 
Ёнилғи ва мойлаш 
материаллари 
харажатлари 
 
Амортизация ва ҳ.к. 
 
Қўшимча муомала 
харажатлари 
 
Соф муомала 
харажатлари 
 
Logotip
220 Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, yaoni: w = c + v + m, bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – isteomol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha qiymat. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi: k = s + v. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-chizma). 11.1-chizma Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Ишлаб чиқариш харажатлари Муомала харажатлари Иш ҳақи Хомашё харажатлари Ёнилғи ва мойлаш материаллари харажатлари Амортизация ва ҳ.к. Қўшимча муомала харажатлари Соф муомала харажатлари
 
 
221 
 
 
 
 
 
 
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini 
tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam 
bo‘ladi.  
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan isteomolchiga yetkazilguncha 
ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala 
xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, 
transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala 
xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish 
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. 
Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. 
Sof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning 
maoshi, marketing (isteomolchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi 
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan 
qoplanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar 
va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik 
nazariyalarni ham maolum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga 
xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning 
cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. 
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish 
jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar 
Logotip
221 Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan isteomolchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. Sof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (isteomolchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham maolum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar
 
 
222 
bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi 
(11.2-chizma).  
 
11.2-chizma  
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni 
tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Bunday 
xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar, 
kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va 
boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari 
bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. 
УМУМИЙ 
ХАРАЖАТЛАР 
 
Ташқи харажатлар 
 
Ички харажатлар 
 
Ишчи кучига сарфлар 
 
 
Хомашё харажатлари 
 
Ёнилғи-энергия харажатлари 
 
Транспорт-алоқа хизмати 
харажатлари 
 
Асосий капитал амортизацияси 
 
Ижара ҳақи 
 
Қарз пул маблағлари ва фоизлари 
 
Банк хизмати харажатлари 
 
Меъёрдаги фойда 
 
Logotip
222 bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi (11.2-chizma). 11.2-chizma Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Ташқи харажатлар Ички харажатлар Ишчи кучига сарфлар Хомашё харажатлари Ёнилғи-энергия харажатлари Транспорт-алоқа хизмати харажатлари Асосий капитал амортизацияси Ижара ҳақи Қарз пул маблағлари ва фоизлари Банк хизмати харажатлари Меъёрдаги фойда
 
 
223 
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq 
xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida 
chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini 
shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga 
oshiriladi.  
Tashqi va ichki xarajatlarning mohiyatini ochib berish, ularning bir-biridan 
farqini tushuntirishda bugungi kunda xo‘jalik amaliyotimizda faoliyat yuritayotgan 
ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. 
Aytaylik, biron-bir tadbirkor o‘ziga qarashli bo‘lgan xonadonda kichik ishlab 
chiqarish sexi tashkil qildi. Bu yerda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish 
uchun zarur bo‘lgan xomashyo uchun to‘lov, elektr energiyasi, suv va boshqa 
kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, transport xizmatlari uchun to‘lov va boshqalar. 
Bu o‘rinda ichki xarajatlar nimadan iborat bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Misolimizdan ko‘rinadiki, tadbirkor sex binosi sifatida o‘z xonadonidan 
foydalanyapti. Shubhasiz, u o‘z xonadonidan foydalanganligi uchun o‘ziga haq 
to‘lamaydi, biroq agar u ushbu xonadonni biron-bir kishiga ijaraga berganida maolum 
miqdorda (aytaylik, bir oyga 200 ming so‘m) pul daromadi olgan bo‘lar edi. Uning 
xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin bo‘lgan ijara 
to‘lovidan, yaoni 200 ming so‘mdan mahrum etmoqda. Demak, bu o‘rinda tadbirkor 
«ko‘zga ko‘rinmagan» holda 200 ming so‘m sarflamoqda, yaoni ichki xarajat 
qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o‘zining ish haqini, agar 
oila aozolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga o‘xshash boshqa 
xarajatlarni kiritish mumkin. 
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov 
– meoyordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Meoyordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Meoyordagi foyda – 
bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib turish 
uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi meoyordagi foyda 
keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining 
kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi. 
Logotip
223 Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Tashqi va ichki xarajatlarning mohiyatini ochib berish, ularning bir-biridan farqini tushuntirishda bugungi kunda xo‘jalik amaliyotimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Aytaylik, biron-bir tadbirkor o‘ziga qarashli bo‘lgan xonadonda kichik ishlab chiqarish sexi tashkil qildi. Bu yerda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo uchun to‘lov, elektr energiyasi, suv va boshqa kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, transport xizmatlari uchun to‘lov va boshqalar. Bu o‘rinda ichki xarajatlar nimadan iborat bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Misolimizdan ko‘rinadiki, tadbirkor sex binosi sifatida o‘z xonadonidan foydalanyapti. Shubhasiz, u o‘z xonadonidan foydalanganligi uchun o‘ziga haq to‘lamaydi, biroq agar u ushbu xonadonni biron-bir kishiga ijaraga berganida maolum miqdorda (aytaylik, bir oyga 200 ming so‘m) pul daromadi olgan bo‘lar edi. Uning xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin bo‘lgan ijara to‘lovidan, yaoni 200 ming so‘mdan mahrum etmoqda. Demak, bu o‘rinda tadbirkor «ko‘zga ko‘rinmagan» holda 200 ming so‘m sarflamoqda, yaoni ichki xarajat qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o‘zining ish haqini, agar oila aozolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga o‘xshash boshqa xarajatlarni kiritish mumkin. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov – meoyordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Meoyordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Meoyordagi foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi meoyordagi foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.
 
 
224 
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati 
samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab 
xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-chizma). 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) taosir 
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. 
Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita taosir 
etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud 
bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), 
soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya 
ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish 
sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.3-chizma  
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siriga ko‘ra xarajatlarning 
turkumlanishi 
 
 
 
 
УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР 
 
Доимий харажатлар 
 
Ўзгарувчи харажатлар 
 
Корхона тўлов мажбуриятлари 
 
Хомашё 
 
Солиқлар 
 
Материаллар 
 
Logotip
224 Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-chizma). Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) taosir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar (DX) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita taosir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. 11.3-chizma Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siriga ko‘ra xarajatlarning turkumlanishi УМУМИЙ ХАРАЖАТЛАР Доимий харажатлар Ўзгарувчи харажатлар Корхона тўлов мажбуриятлари Хомашё Солиқлар Материаллар
 
 
225 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
ta]sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport 
xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar 
yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. 
Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi 
ifodasini 11.4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin. 
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash 
uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 
tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) 
xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng: 
М
UХ
UX
O

'
; 
bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar; 
Logotip
225 O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta]sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. Doimiy (DX), o‘zgaruvchi (O‘X) va umumiy (UX) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng: М UХ UX O  ' ; bu yerda: O‘UX – o‘rtacha umumiy xarajatlar;
 
 
226 
            UX – umumiy xarajatlar; 
             M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. 
 
          
Logotip
226 UX – umumiy xarajatlar; M – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
 
 
227 
11.4-chizma  
Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri 
      
              S                         
 
                                                                 UX 
 
 
                                                                O‘X 
                                                                 DX 
 
 
 
               0                                                 Q 
 
O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: 
М
DХХ
DХ
O

'
; 
bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar; 
           DXS – doimiy xarajatlar summasi. 
 O‘rtacha 
o‘zgaruvchi 
xarajatlar 
o‘zgaruvchi 
xarajatlarni 
ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: 
М
ХS
O
Х
O
O
'
'
'

; 
bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; 
           O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi. 
Shartli raqamlar yordamida korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va 
o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval). 
Logotip
227 11.4-chizma Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri S UX O‘X DX 0 Q O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: М DХХ DХ O  ' ; bu yerda: O‘DX – o‘rtacha doimiy xarajatlar; DXS – doimiy xarajatlar summasi. O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: М ХS O Х O O ' ' '  ; bu yerda: O‘O‘X – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; O‘XS – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi. Shartli raqamlar yordamida korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari to‘g‘risidagi misolni ko‘rib chiqamiz (11.1-jadval).
 
 
228 
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi 
bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib boruvchi 
miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha o‘zgaruvchi va 
o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan turlicha 
o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan 
300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib 
bormoqda. O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib, 
undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda.   
  
Logotip
228 Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmining kengayishi bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib boruvchi miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha o‘zgaruvchi va o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan turlicha o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar 100 dan 300 donagacha bir xilda bo‘lib, ishlab chiqarishning yanada kengayishi bilan ortib bormoqda. O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha miqdorda pasayib borib, undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda.
 
 
229 
11.1-jadval 
Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari 
Ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
miqdori, 
dona 
Korxona xarajatlari, ming so‘m 
O‘rtacha xarajatlar, so‘m 
Doimiy 
xarajatlar 
O‘zgaruvchi 
xarajatlar 
Umumiy 
xarajatlar 
Doimiy 
xarajatlar 
O‘zgaruvchi 
xarajatlar 
Umumiy 
xarajatlar 
0 
100 
0 
100 
100000 
0 
100000 
100 
100 
120 
220 
1000 
1200 
2200 
200 
100 
240 
340 
500 
1200 
1700 
300 
100 
360 
460 
333 
1200 
1533 
400 
100 
490 
590 
250 
1225 
1475 
500 
100 
640 
740 
200 
1280 
1480 
600 
100 
810 
910 
167 
1350 
1517 
 
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha 
o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin: 
O‘UX = O‘DX + O‘UX. 
Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-chizma): 
11.5-chizma  
O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari 
             S 
                                                                         O‘UX       
 
                                                                                   O‘UX 
 
                                                        M 
 
 
Logotip
229 11.1-jadval Korxonaning doimiy, o‘zgaruvchi, umumiy va o‘rtacha xarajatlari Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona Korxona xarajatlari, ming so‘m O‘rtacha xarajatlar, so‘m Doimiy xarajatlar O‘zgaruvchi xarajatlar Umumiy xarajatlar Doimiy xarajatlar O‘zgaruvchi xarajatlar Umumiy xarajatlar 0 100 0 100 100000 0 100000 100 100 120 220 1000 1200 2200 200 100 240 340 500 1200 1700 300 100 360 460 333 1200 1533 400 100 490 590 250 1225 1475 500 100 640 740 200 1280 1480 600 100 810 910 167 1350 1517 Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin: O‘UX = O‘DX + O‘UX. Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-chizma): 11.5-chizma O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari S O‘UX O‘UX M
 
 
230 
 
                                                                                        O‘DX 
 
               0                                                                       Q 
Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning 
zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi 
qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. So‘nggi qo‘shilgan xarajat deb 
mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha 
xarajatlarga aytiladi: 
М
UХ
SQХ



; 
bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat; 
           ∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi; 
           ∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi. 
 Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun 
aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab 
chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi. 
 
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining 
o‘zgarish tamoyillari 
 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, yaoni xarajat 
qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli taosir ko‘rsatadi. Shu 
sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq 
muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. 
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari 
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.  
Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning 
muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va, binobarin, korxona 
foydasining ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish 
Logotip
230 O‘DX 0 Q Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. So‘nggi qo‘shilgan xarajat deb mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi: М UХ SQХ    ; bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat; ∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi; ∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi. Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi. 2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, yaoni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli taosir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Misol uchun, korxona mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik. Taklifning muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va, binobarin, korxona foydasining ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish
 
 
231 
orqali korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng 
avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday 
xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, yaoni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va 
ulardan foydalanish; 
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini 
ko‘paytirish; 
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan 
mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k. 
Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda 
faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib, ular qisqa 
muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino 
va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda 
bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi 
mumkin. 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 
barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan 
davrdir.  
Bu yerda shuni taokidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini 
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib 
farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini 
nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun 
bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘rnatish kifoya qiladi. 
Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo‘shimcha quvvatlarni ishga 
tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. 
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham 
o‘zgaruvchi hisoblanadi.  
Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) 
quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab 
chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy 
Logotip
231 orqali korxona foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning uchun u eng avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, yaoni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini ko‘paytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k. Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib, ular qisqa muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni taokidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o‘rnatish kifoya qiladi. Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham o‘zgaruvchi hisoblanadi. Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy
 
 
232 
resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar maolum vaqtdan so‘ng kamayib 
boruvchi natija (mahsulot) beradi. 
Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan unumdorlikning pasayib 
borishi qonuni orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, maolum davrdan boshlab 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi 
resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi 
o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan mahsulot beradi. 
Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni 
ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab 
chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash 
uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning 
doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer 
ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb 
hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga 
qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 
61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi 
ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. 
Bu yerda shuni taokidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, 
o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir 
xil degan farazga asoslanadi. Yaoni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi 
bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb 
hisoblanadi. 
Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega 
bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p 
miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish 
omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy 
ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda 
ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir 
bo‘ladi. 
Logotip
232 resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar maolum vaqtdan so‘ng kamayib boruvchi natija (mahsulot) beradi. Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan unumdorlikning pasayib borishi qonuni orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, maolum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni taokidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Yaoni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi.
 
 
233 
Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz 
kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday 
o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish 
quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga 
boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish 
o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning 
kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-
sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining 
o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. 
Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu 
sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab 
chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish 
mumkin. 
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, 
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab 
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga taosir ko‘rsata boshlaydi. Bu 
omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining 
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtab 
o‘tamiz. 
1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan 
foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib 
boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida 
borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 
tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona 
topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga 
ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik korxonalarda 
malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka 
talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa ishlab chiqarish 
xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining 
Logotip
233 Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart- sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga taosir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtab o‘tamiz. 1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik korxonalarda malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining
 
 
234 
o‘sishi bilan taominlanuvchi mehnat operatsiyalarining taqsimlanishi imkoniyati 
ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi. 
5-6 ta topshiriq bilan band qilingan eng mahoratli ishchi ham bu vazifalarning har 
birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. Yagona vazifani bajarish imkoniga 
ega bo‘lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat 
ixtisoslashuvining yuqori darajasi ishchi tomonidan bir topshiriqni bajarishdan 
boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini oladi. 
2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning yirik 
miqyoslari shuningdek boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq 
foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir 
bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada yetarli 
darajada foydalanilmaydi. Bu holatda maomuriy apparatni taominlash xarajatlarini 
oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar 
ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi 
mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik 
korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini boshqaruvning turli 
sohalari – masalan, marketing, ishchi kuchi resurslarini boshqarish, moliyaviy 
boshqarish 
bo‘yicha 
taqsimlashga 
majbur 
bo‘lishi 
mumkin. 
Operatsiyalar 
miqyosining kengayishi marketing bo‘yicha mutaxassis o‘zini mahsulotlarni 
taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi mumkinligidan 
darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun qo‘shimcha 
ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning 
oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga 
olib keladi. 
3. Kapitaldan samarali foydalanish. Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab 
chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga 
qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarish uchun 
mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. 
Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab 
Logotip
234 o‘sishi bilan taominlanuvchi mehnat operatsiyalarining taqsimlanishi imkoniyati ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi. 5-6 ta topshiriq bilan band qilingan eng mahoratli ishchi ham bu vazifalarning har birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. Yagona vazifani bajarish imkoniga ega bo‘lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat ixtisoslashuvining yuqori darajasi ishchi tomonidan bir topshiriqni bajarishdan boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini oladi. 2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning yirik miqyoslari shuningdek boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada yetarli darajada foydalanilmaydi. Bu holatda maomuriy apparatni taominlash xarajatlarini oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar. Kichik korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini boshqaruvning turli sohalari – masalan, marketing, ishchi kuchi resurslarini boshqarish, moliyaviy boshqarish bo‘yicha taqsimlashga majbur bo‘lishi mumkin. Operatsiyalar miqyosining kengayishi marketing bo‘yicha mutaxassis o‘zini mahsulotlarni taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi mumkinligidan darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun qo‘shimcha ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. 3. Kapitaldan samarali foydalanish. Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarish uchun mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab
 
 
235 
chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va 
samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.       
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari 
yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini 
taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, baozi bir hisob-
kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish 
hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday 
jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab 
chiqaruvchilar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillarni boshqa 
jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq 
xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan 
ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va 
qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi.    
4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi 
ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 
kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni qadoqlash 
bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o‘g‘itlar, dorivor 
mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma 
bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.    
Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, 
nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan 
samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini 
kengaytirishga layoqatli bo‘lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab 
chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga taosir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, 
ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab 
chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada 
o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi 
salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab 
chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.  
Logotip
235 chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin. Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, baozi bir hisob- kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat mayda ishlab chiqaruvchilar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi. 4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o‘g‘itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi. Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini kengaytirishga layoqatli bo‘lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga taosir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
 
 
236 
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab 
chiqaruvchiga 
aylangan 
firmaning 
faoliyatini 
samarali 
nazorat 
qilish 
va 
muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi maolum boshqaruv 
qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Uncha katta bo‘lmagan korxonada bitta-yagona 
boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul 
qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta bo‘lmaganligi tufayli mazkur 
boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda 
firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z qo‘l 
ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va 
samarali qaror chiqara olishi mumkin bo‘ladi.Biroq bunday qulay holat firma 
miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Maomuriy xodimlar va ishlab chiqarish 
jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko‘payib boradi; yuqori 
rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi. 
Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha 
maolumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan 
tashqarida bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot 
almashinuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik 
holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan 
qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, 
ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar 
miqdorining 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 
5%ga o‘sishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. 
Baozi hollarda ijobiy miqyos samarasi taosiri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi 
bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi 
tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda 
barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib 
ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli 
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini 
Logotip
236 Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi maolum boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Uncha katta bo‘lmagan korxonada bitta-yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta bo‘lmaganligi tufayli mazkur boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z qo‘l ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara olishi mumkin bo‘ladi.Biroq bunday qulay holat firma miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Maomuriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko‘payib boradi; yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi. Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha maolumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashinuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5%ga o‘sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Baozi hollarda ijobiy miqyos samarasi taosiri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini
 
 
237 
beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab 
chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 
 
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi 
 
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga 
qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.  
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning 
pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.  
Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab 
chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan 
taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng 
bo‘ladi. 
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera 
olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks 
ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – 
foyda muhim o‘rin tutadi. 
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan 
keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb 
ham yuritiladi. 
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik 
xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 
40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi.  
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi: 
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning 
yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi 
qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda 
shaklida namoyon bo‘lmaydi; 
Logotip
237 beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi. Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o‘rin tutadi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo‘ladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi;
 
 
238 
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni 
sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq 
namoyon bo‘ladi.  
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul 
daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir.  
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda 
ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, 
ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. 
Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji 
narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat: 
Т
N
F
u
ich


. 
Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga 
bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. 
Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun 
sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.  
Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo‘yicha hisoblash 
mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini 
hisoblab chiqamiz (11.2-jadval).  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.2-jadval 
«A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash 
Logotip
238 ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat: Т N F u ich   . Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Mahsulot tannarxini xarajatlarning asosiy turkumlari bo‘yicha hisoblash mumkin. Misolimizdagi «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblab chiqamiz (11.2-jadval). 11.2-jadval «A» mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisoblash
 
 
239 
Xarajatlar 
Jami ishlab chiqarish 
xarajatlari, mln. so‘m 
1 birlik mahsulot ishlab 
chiqarish xarajatlari, 
so‘m 
Xomashyo va materiallar 
24,0 
240 
Yoqilg‘i va energiya 
9,0 
90 
Ish 
haqi 
va 
ijtimoiy 
sug‘urtaga ajratmalar 
15,0 
150 
Transport xarajatlari 
6,0 
60 
Boshqaruv xarajatlari 
6,0 
60 
Jami 
60,0 
600 
 
Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish 
xarajatlari 60 mln. so‘mdan iborat bo‘lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab 
chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng. 
Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz eksport 
salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p 
jihatdan tejakorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga 
bog‘liq.  
11.6-chizma 
Mahsulot qiymati tarkibi  
Logotip
239 Xarajatlar Jami ishlab chiqarish xarajatlari, mln. so‘m 1 birlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari, so‘m Xomashyo va materiallar 24,0 240 Yoqilg‘i va energiya 9,0 90 Ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 15,0 150 Transport xarajatlari 6,0 60 Boshqaruv xarajatlari 6,0 60 Jami 60,0 600 Jadvaldan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotning bir oylik ishlab chiqarish xarajatlari 60 mln. so‘mdan iborat bo‘lib, jami 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan. Demak, 1 dona mahsulotning tannarxi 600 so‘mga teng. Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan tejakorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog‘liq. 11.6-chizma Mahsulot qiymati tarkibi
 
 
240 
Sarflangan ishlab 
chiqarish vositalari 
qiymati (QIV) 
 
Ish haqi (IH) 
 
Yalpi foyda (Fya) 
 
Mahsulot tannarxi (T) 
 
 
 
Mahsulot qiymati (Q) 
 
Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maolumki, 
mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) 
hamda yangidan yaratilgan qiymat (QYa)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan 
yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi. Bu holatni 11.6-
chizma orqali ko‘rish mumkin. 
Foyda miqdoriga taosir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o‘z mahsulotlarini 
sotuvchi narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi 
o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-chizma). 
 
 
 
 
 
11.7-chizma  
Tovar qiymati va narxining nisbati 
Logotip
240 Sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) Ish haqi (IH) Yalpi foyda (Fya) Mahsulot tannarxi (T) Mahsulot qiymati (Q) Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maolumki, mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan qiymat (QYa)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi. Bu holatni 11.6- chizma orqali ko‘rish mumkin. Foyda miqdoriga taosir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o‘z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-chizma). 11.7-chizma Tovar qiymati va narxining nisbati