Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi
REJA
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
2. Korxonaning narx siyosati
3. Tarmoqda narxning shakllanishi
4. Narxni aniqlash usullari
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash
iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Nazariy jixatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldani
ifodasidir. Amaliy jixatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak
hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo‘lib, ishlab
chiqarishning o‘zidani mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi.
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning
majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat
tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog`i extiyojni qondira
olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir
qismini, agar u kerakli bo‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni
yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy
zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil
qiladi.
Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari yaqqol ko‘rsatib beradi.
Baho nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli
narxini, buning farqi yo‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda baho bozordani talab
va taklifning xajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat xolatiga keltiradi.
2. Hisob-kitob, o`lchov funksiyasi. Baho qiymatning puldani ifodasi, chunki
bajarilgan ish xajmi, foyda-zararning barchasi bahoasosida hisob-kitob qilinadi.
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Baho bozor iqtisodiyotining asosiy
vositalaridan biridir. Undani o‘zgarish bozor xolati (kon’yukturasi)ni bildiradi.
4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga
keltiruvchi kuch hisoblanadi. Baho vositasida bellashuv raqobatning asosiy
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Firmalar o‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan
siqib chiqarish uchun bahoni o‘zgartirib turadilar.
5. Ijtimoiy ximoya funksiyasi. Bahoayrim axoli toifalarini kambag`allikdan
saqlash vazifasini o`taydi. Odatdaaxolining nochor va muxtoj qatlamlariga tovarlar
arzonlashtirilgan baholarda sotiladi. Bular ijtimoiy dotasiyalangan baholar bo‘lib,
ularni moliyaviy jixatdan davlat byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag`lar
ta’minlaydi. Dotasiyalangan baholarni davlat
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos tizimi borki, u o‘zaro bog`langan, bir-birini
taqozo etuvchi, ammo turli maqsadlarda qo‘llanuvchi baholar majmuasidan tashkil
topadi. Bahoning shakllanish jarayoni murakkab bo‘lib, uning ishtirokchilari g`oyat
ko‘pchilikni tashkil etadi. Baholar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning
turi ko‘p.
Narxlarning asosiy turlariga quyidanilar kiradi:
1. Ulgurji baholar. Tovarlar ko`tarasiga katta miqdorda sotilganda bu
baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan
savdo markazlarida uchratish mumkin.
2. Chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda
foydalaniladi. Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo
tashkilotchilarining harajati va foydasini oladi.
3. Nufuzli baholar. Bu baholardan obro` talab iste’molchilarga tovarlar
sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi.
4. Dotasiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan
arzonlashtirilgan baholardaolinadi.
5. Davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma
berilganda qo‘llaniladi.
6. Mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga
belgilanadi.
7. Milliy va jaxon baholari.Aloxida tovarning baynalmilal harajatlari. Bunda
jaxon bozoridani talab va taklif nisbati hisobgaolinadi.
8. Standart baholar. Haridor cho‘ntagidani pulga qarab, ma’lum davrgacha
o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi.
9. Preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, haridor
uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi.
Ishlab chiqargan maxsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish
mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho ko‘rsatkichlarini
aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchgaajratadi. Ya’ni maksimal
(eng yuqori), minimal (eng past) vaob’ektiv baho.
Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan
boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir.
Minimal baho - (qo`shilishi mumkin bo‘lgan eng past baho) - bu tovar
narxining shunday ko‘rsatkichiqi, tadbirkor muzokaralar davomida undan
tushmaslikka harakat qiladi.
Ob’ektiv baho - bu tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u
yoki bu tovarning o‘rtacha bahosidir.
Bahoning iqtisodiyotdani o‘rni beqiyos katta bo‘lganidan uning har bir
turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu
sababli korxonalar va firmalar narx, belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular
o‘zlarining
narx
strategiyasini
ishlab
chiqishda
quyidani
maqsadlarni
ko‘zlaydilar:
-
tovar sotishni ko‘paytirish;
-
ko‘proq foyda olish;
-
o`rnini muayyan mavqeini saqlab qolish.
Tovar sotishni ko‘paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni
ko‘paytirish orqali bozorda o‘z hissasini oshirish, imkon bo‘lganda bozorni o‘z
nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning
kamayishiga rozi bo‘lgan xolda tovarlarni ko‘plab sotish orqali keladigan yalpi
foydani oshirish; v) tovarni ko‘p sotish natijasida uning xajmiga nisbatan savdo-sotiq
harajatlarini qisqartirish.
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mavqeini mustaxkamlash uchun
firmalar maxsus narx qo‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping
narx deb ataladi.
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu
sababli firmalar uni yashirin qo‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini
kechib yuborish shaklida bo‘ladi.
Raqobatli bozor soitida mahsulot narxi talab va taklif muvozanati asosida
o‘rnatiladi. Mahsulot narxining shakllanishiga yana quyidagi bir qancha omillar ham
ta’sir ko‘rsatadi:
- mahsulotga bo‘lgan talab darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar;
- bozordagi taklif darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar;
- bozor kon’yukturasi va raqobat muhiti;
- mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari, tannarxi va foyda mepyori;
- taklif etilayotgan mahsulotning sifati, dizayni va foydalilik darajasi;
- narxlarni davlat tomonidan tartibga solib turilishi va boshqalar.
Mahsulotga talab qanchalik yuqori va taklif qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot
narxi shuncha yuqori bo‘ladi. Xuddi shuningdek, taklif hajmining o‘zgarishiga
ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalaniladigan resurslar narxi, ishlab chiqarishni
moliyalashtirish soitlari, soliqlar va dotasiyalar, bozordagi ishlab chiqaruvchilar soni
va boshqa mahsulotlar narxi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bozorda ushbu omillar
ta’sirida talab va taklif hajmining o‘zgarishi, bozor muvozanatining o‘zgarishiga va
oqibatda mahsulot narxining o‘zgarishiga olib keladi.
Talab qonuniga asosan iste’molchilar narx arzonlashuvi ta’sirida ko‘proq
mahsulot harid qilishga moyil bo‘ladilar. Ammo, iste’molchilar talabining narx
o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligi mahsulotning xususiyatiga ko‘ra turlicha
bo‘lishi
mumkin.
Ayrim
mahsulotlar
narxining
o‘zgarishiga
nisbatan
iste’molchilarning sezuvchanligi yuqori bo‘ladi va narxdagi ozgina o‘zgarishlar
ta’sirida mahsulotga bo‘lgan talab miqdori sezilarli darajada o‘zgaradi. Bunday
mahsulotlarga bo‘lgan talab o‘zgaruvchan talab (elastik talab) deb ataladi.
Ikkinchi tur mahsulotlar narxining o‘zgarishi ularga bo‘lgan talab miqdoriga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ko‘pincha, kundalik va zarurat buyumlari narxiga
nisbatan iste’molchilar talabining sezuvchanligi past bo‘ladi. Bunday mahsulotlarga
bo‘lgan talab nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lmagan talab (noelastik talab) deb ataladi.
Sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi (elastikligi)
unchalik katta bo‘lmaydi. Ya’ni, iste’molchilar daromadlarining o‘sishi qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabning o‘sishiga unchalik ta’sir etmaydi va bu
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxini o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Talab qonuniga asosan iste’molchilar narx arzonlashuvi ta’sirida ko‘proq
mahsulot harid qilishga moyil bo‘ladilar. Ammo, iste’molchilar talabining narx
o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligi mahsulotning xususiyatiga ko‘ra turlicha
bo‘lishi
mumkin.
Ayrim
mahsulotlar
narxining
o‘zgarishiga
nisbatan
iste’molchilarning sezuvchanligi yuqori bo‘ladi va narxdagi ozgina o‘zgarishlar
ta’sirida mahsulotga bo‘lgan talab miqdori sezilarli darajada o‘zgaradi. Odatda,
dabdaba va hasham buyumlari narxiga nisbatan iste’molchilar talabining
sezuvchanligi yuqori bo‘ladi. Masalan, yengil avtomobillar narxining oshishi
unga bo‘lgan talabning sezilarli qisqarishiga olib keladi. Bunday mahsulotlarga
bo‘lgan talab o‘zgaruvchan talab (elastik talab) deb ataladi.
Ikkinchi tur mahsulotlar narxining o‘zgarishi ularga bo‘lgan talab miqdoriga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ko‘pincha, kundalik va zarurat buyumlari narxiga
nisbatan iste’molchilar talabining sezuvchanligi past bo‘ladi. Masalan, uy-joy,
non, tuz, dori-darmon, gugurt kabi mahsulotlar narxining o‘zgarishi ularga
bo‘lgan talab miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunday mahsulotlarga
bo‘lgan talab nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lmagan talab (noelastik talab) deb ataladi.
Mavsumiylik harakteri natijasida ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish
hajmining yilning bir davrida talabdan ortib ketishiga yoki ikkinchi bir davrida
talabdan kamayib ketishiga olib keladi. Masalan, pomidor va bodring ishlab
chiqarish yoz oylarida ko‘payib, qish va erta narxrda keskin kamayib ketadi.
Natijada bunday mahsulotlar narxi yil davomida tebranib turadi.
Sanoat mahsulotlar bozorida narxning bir qancha turlari amal qiladi (9.1-
chizma).
Korxona mahsulotiga o‘rnatiladigan narx darajasini belgilashda tadbirkorlar
o‘zaro bog‘liqlikda amal qiluvchi narxlar tizimi va ularning turlarini yaxshi bilishi
kerak.
Narxlar tizimini ularning ma’lum bir xususiyatlariga muvofiq turkumlarga
ajratish qabul qilingan:
1. Tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish (ish bajarish) hajmiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish narxi – ishlab chiqaruvchi tomonidan katta hajmdagi
mahsulotlarni buyurtma bo‘yicha korxonalarga va ulgurji savdo tashkilotlariga
sotish narxlaridan tashkil to‘adi. Bu narx mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va uni
sotish bilan bog‘liq (shu jumladan, tegishli boshqaruv harajatlari) davr harajatlariga
tegishli foyda miqdorini qo‘shib hisoblanadi;
- ulgurji narxlar – ulgurji savdo korxonalari tomonidan chakana savdo bilan
shug‘ullanuvchilarga yoki boshqa korxonalarga yirik miqdordagi mahsulotlarni
sotish narxlaridan iborat bo‘ladi. Ulgurji narx ishlab chiqarish narxiga savdo
korxonasining barcha muomala harajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib
belgilanadi;
- chakana narxlar – sotuvchi tomonidan mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘i
orqali kichiq miqdorlarda yoki donalab (kilolab, grammlab, litrlab, metrlab va
hokazo) sotish narxlaridan tashkil to‘adi. Bu narx ulgurji narxga chakana savdo
korxonasining barcha muomala harajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib
belgilanadi;
- harid narxlari – davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan mahsulotlarga
davlat tomonidan o‘rnatiladigan narx;
2. Davlat tomonidan tartibga solinishi yoki erkinligi darajasiga ko‘ra:
- erkin narxlar – ishlab chiqaruvchi va haridor o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik
asosida talab va taklifdan kelib chiqib o‘rnatiladi;
- tartibga solinadigan narxlar – asosan talab va taklifdan kelib chiqib
o‘rnatiladigan, ammo, o‘sish surpatlari yoki quyi va yuqori chegaralari davlat
tomonidan tartibga solinadigan narxlarni o‘z ichiga oladi (aholi iste’moli uchun
zarur bo‘lgan un, shakar va o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar narxlari);
- qat’iy o‘rnatiladigan narxlar – davlat tomonidan ayrim turdagi muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan qat’iy belgilanadigan narxlardan
iborat bo‘ladi (strategik ahamiyatga ega bo‘lgan neftь mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar
va boshqa resurslar narxlari).
3. Asoslanishi nuqtai-nazaridan:
- bazis narxi – haridor va sotuvchi o‘rtasidagi muzokaralar vositasida o‘rnatilib,
muayyan miqdor va sifatdagi (sortdagi) mahsulotlarni ma’lum bir muddatlarda
yetkazib berish stlaridan kelib chiqib belgilanadi. Unga binoan, haqiqatda yetkazib
berilgan mahsulot miqdori, sifati (sorti) va muddatlari stnomada belgilanganidan
farqlansa, bazis narxiga nisbatan ma’lum bir chegirma yoki ustamalar ko‘zda
tutilishi mumkin;
- haqiqiy narx – bazis narxga nisbatan turli ustama yoki chegirmalar
qo‘llanilgandan keyingi haqiqiy bitim narxi;
- ma’lumot beradigan narxlar – kataloglar, jurnallar, gazetalar, bukletlar,
preyskurantlar va boshqa savdo xabarnomalarida cho‘ etiladigan hamda
mutaxassislar tomonidan shu turdagi tovarlarga narx belgilashda mo‘ljal bo‘lib
xizmat qiladigan narxlarni anglatadi;
- preyskurant narxlari – ma’lumot beradigan narx turlaridan biri bo‘lib, ishlab
chiqaruvchi korxonaning yoki sotuvchi firmaning preyskurantlarida aks ettiriladi;
- taqqoslama narxlar – bir necha yillar davomida mahsulot ishlab chiqarish va
sotish dinamikasini aniqlash hamda ularni taqqoslama holda solishtirish maqsadida
qo‘llaniladi (davlat tomonidan statistik hisobot shakllari uchun o‘rnatiladi).
4. Amal qilish muddati bo‘yicha:
- doimiy (qat’iy) narxlar – mahsulotni yetkazib berish stnomasi amal qiladigan
davr mobaynida o‘zgarmaydi;
- joriy narxlar – aynan mahsulot sotilayotgan davrda amal qilayotgan narxlar
darajasini ifodalaydi va bozor konpyukturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin;
- mavsumiy narxlar – yilning ma’lum bir davri uchun o‘rnatiladigan narxlar
darajasi (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yilning turli mavsumlarida
turlicha narx o‘rnatiladi);
- o‘zgaruvchi narxlar – bozordagi talab va taklif muvozanati hamda inflyatsiya
darajasidan kelib chiqib o‘sib yoki kamayib borish xususiyatga ega. Bunda sotuvchi
va haridor kelishuviga asosan bazis narxi o‘rnatilib, turli omillar ta’sirida narxda
yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar stnomada kelishib olinadi.
5. Oldi-sotdi stnomasi kelishuviga ko‘ra:
- stnoma (faktura) narxi – stnomada belgilangan mahsulotni yetkazib berish
stlaridan kelib chiqib sotuvchi va haridor o‘rtasida kelishuv asosida o‘rnatiladi/
9.2. Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining
muhim
ajralmas
qismidir.
SHu
sababli
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda
baho belgilash siyosati aloxida o`rin egallaydi. Bahoni xo‘jalik mexanizmi va o‘zini
o‘zi pul bilan ta’minlashning ko`tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. Jamoaning va
ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning
to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liqdir.
Baho bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa,
tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan
almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo`yiladi.
Baho pul muomalasi xolatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning
moliyaviy sog`lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda
ishlovchilarning,
umuman
axolining
o‘zaro
rejali
bog`lanishi
baho
yordamidaamalgaoshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi
ichki maxsulotni hisobgaolish va taqsimlash amalgaoshiriladi. Bahoni tovar qiymati
belgilaydi, ammo bozor iqtisodi soitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo‘lishi
mumkin, bu esa bozordani o`sha maxsulotga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq
bo‘ladi. Tovar bahosining darajasi, Shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi
darajasi va boshqa tovarlar o`rnini bosaolishi, muomaladani pulning harid quvvatiga
ham boqlig` bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti soitida baho yordamida korxonalar ishlab
chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish
foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, axolining to‘lov qobiliyati, ishlab
chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to‘g‘risida korxona
egalarigaaxborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat
o`lchovidir, bunda qilingan harajatlar vaolingan natija ma’lum bir narx yordamida
hisob-kitob qilinadi.
Baholar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya
qilinadigan maxsulot turiga ko‘ra farqlanadi. Ammo bahoning turlari bir biri bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim
elementlari quyidanilardir:
a) ulgurji baholar. Ular firmalar o‘z maxsulotlarini katta xajmda boshqa
firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida
qo‘llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish harajatlarini qoplashni,
zarur foydaolishni ta’minlab berishi zarur;
b) chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda
foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari do`konlari va
bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. CHakana baho darajasi axolining real
daromadlari bilan belgilanadi.
v) harid baholari qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining davlat tomonidan sotib
olinishida ishlatiladi.
g) dunyo baholari halqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi.
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan haridor o‘rtasidani iqtisodiy munosabat bo‘lganidan
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Haridor deganda, biz tovar va
xizmatlarni iste’mol etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun
resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Baholarning shakllanishida tovarni
ishlab chiqarishdan tortib, iste’molgaetgungacha bo‘lgan mehnat sarflari ishtirok
etadi. Jamiki harajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidanicha:
1. Iqtisodiy harajat darajasi;
2. Tovarlarning naflilik darajasi;
3. Tovarga bo‘lgan talab va uning taklifi;
4. Raqobat shakllari va usullari;
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat,
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o`rni bozor narxlarini belgilovchi muhim
omillardan hisoblanadi. Monopoliya soitida bozorda bir turdani maxsulotlar taklif
qilinishi sababli baho ustidan to‘liq nazorat amalgaoshiriladi.
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdani
xukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklangani bo‘lib, to`qnash keladi. O`rnini
bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdani mutlaq
imkoniyatini cheklaydi.
Oligopoliya soitida esaaloxida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga
bog‘liq bo‘lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botinaolmaydilar.
Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin.
Bahoning shakllanishini quyidanicha ifodalash mumkin (10.1-chizma).
Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bahoning roli va ahamiyati beqiyosdir.
Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer
yuzidani ko‘pgina davlatlarda turli darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan
rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri, narxlarning
liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat
yuqoridan belgilamaydi. U bozordani talab va taklifga qarab, haridor bilan
sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor
munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz
bo‘lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo‘lib,
iqtisodiyotda o`ta muhim rol` o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining
ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya,
valyuta kursi kabi xodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi
emas, balki iste’molchi (haridor) o‘z izmini o`tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va
narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rib chiqqanimizdek, bozor
iqtisodiyotiga o`tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta.
Baho shakllanishida raqobat muhim o`rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki
yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida haridor ko‘p
bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular
raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi.
Raqobat kurashida harajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan
o`ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan
foydalanishni talab qiladi.
Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan
extiyojni hamda ularni harid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog`lig`iga putur
yetkazuvchi maxsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni harid qilinishini
chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat maxsulotlarining narxini me’yorda
ushlab turish orqali extiyojlarni to‘laroq qondirish muloxazamizga dalil bo‘la oladi.
9.1-chizma. Narxning shakllanishi.
9.3.Tarmoqda narxning shakllanishi. Narxni aniqlash usullari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoqilg‘i-energetika resurslari
hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini
NARXNING SHAKLLANISHI
Firmaning
baho hususidagi
o’z nufuzi
(imidji)
Raqiblarning baho
xususidagi nufuzi
Talab omillari
Harajat omillari
Raqiblarning bozordagi
ulushi
Firmaning
bozordagi o’z ulushi
Raqobat omillari
Raqiblarning reklama
dinamikasi
Firmaning
reklama dinamikasi
Raqiblarning mahsulot
nufuzi
Firmaning mahsulot
nufuzi(imidji)
Sotuvchilarning bahoni
shakllantirishi
Kelajakda mijozlarni
mo’ljallash
takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov
intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish,
shuningdek, monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish,
monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro printsiplariga o‘tishni ta’minlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning
(ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi
to‘g‘risidagi nizom muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab
turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan sotiladigan, ular bo‘yicha ushbu sub’ektning ustun mavqei
e’tirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past
narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.
Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan
tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi) (keyingi
o‘rinlarda tovar deb ataladi) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan tatbiq
etilmaydi.Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:
- bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda
foyda summasidan yuqori bo‘lsa;
- asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish
natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tovar bozorida ustun
mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan belgilanadigan
tovarning narxi hisoblanadi.
Agar tovar narxi birja savdolari yakunlari bo‘yicha shakllangan bo‘lsa, bunday
narx monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja
savdolarida narxlar boshlang‘ich narx sifatida qo‘llanilishiga tatbiq etiladi.
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab
turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va
ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada
raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.