KORXONALAR MOLIYASINI BOSHQARISH (Yakka egalik, shirkat yoki sheriklik (hamkorlik), korporatsiya. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
422,0 KB
KORXONALAR MOLIYASINI BOSHQARISH (Yakka egalik, shirkat yoki
sheriklik (hamkorlik), korporatsiya. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari)
Reja:
1.
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qaror qabul
qilishga ta’siri.
2.
Yakka egalik, shirkat yoki sheriklik (hamkorlik), korporatsiya.
Ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar.
Odatda o‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkor oldida bo‘lajak faoliyatining
tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash masalasi turadi.
Huquqiy shaxs yoki yakka
tadbirkor bo‘lish kerakmi, agar huquqiy shaxs bo‘ladigan bo‘lsa qanday bo‘ladi,
degan savollar ko‘ndalang turadi. Ko‘p hollarda, bunday muhim qaror, jiddiy
tanlovsiz va uning oqibatlarini tushunmagan holda, qabul qilinadi. Haqiqatdan ham,
bunday tanlov bo‘yicha universal maslahatlar berishning iloji yo‘q. O‘zining holati
uchun eng yaxshi tanlovni bo‘lajak tadbirkorning o‘zi amalga oshiradi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash uchun barcha mavjud shakllar
haqida tasavvurga ega bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. So‘ngra ularning
ichidan eng yaxshi-optimal variantni tanlash kerak. Bo‘lajak korxonaning tashkiliy-
huquqiy shaklini tanlashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak.
Bundan maqsad keyinchalik biron-bir ho‘jalik operatsiyasini yoki biror masalani
yechish uchun kompaniyani qaydadan ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi ma’lum bo‘lib
qolmasin.
Har bir tadbirkor biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlashda qator
savollarga javob topishga urinib ko‘radi. Xususan:
1. Olingan daromad qanday taqsimlanadi va unga qanday soliq solinadi?
2. Ma’lum bir shaklda biznesni tashkil etish qanchalik qimmat va murakkab?
3. Ish yurishmasa va korxona bankrot bo‘lsa, uning mol-mulki qarzlarni
yopishga yetmasa, nima qilinadi?
4. Biznes samara bermay qo‘ysa, undan qulaylik bilan chiqish mumkinmi?
Quyida ushbu savollarga O‘zbekiston qonunchiligida qanday bo‘lsa
shunday javoblar bilan tanishib olishingiz mumkin.
Ustunligi: xususiy korxona – yuridik shaxs bo‘lib, yakka tadbirkordan farqli
ravishda, qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullana oladi.
Kamchiligi: bankrot bo‘lib qolganda korxona egasi majburiyatlari bo‘yicha
cheklanmagan ko‘rinishda javobgar bo‘ladi. Ya’ni, kasodga uchraganda barcha
qarzlarni va boshqa to‘lovlarni o‘zi to‘laydi. Biroq, bu tavakkalchilik XKning
yuridik shaxs sifatidagi soliqni to‘laganidan keyin sof daromad uchun soliqning
mavjud emasligi bilan muvozanatga keladi.
XK egasi uning faoliyatini shaxsan boshqarishi shart. U boshqaruv
vakolatlarini yollangan menejerga taqdim eta olmaydi.
O‘zbekistonda yuridik shaxslarga soliq solish ularning tashkiliy-huquqiy
shakliga bog‘liq emas. Agar korxona kichik tadbirkorlik sub’ekti bo‘lsa, O‘zRning
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga
muvofiq, u umumiy o‘rnatilgan soliq va soddalashtirilgan soliq tizimi (Yagona
daromad solig‘i)dan birini tanlashi mumkin.
Ba’zan, u yoki bu sabablarga ko‘ra, biznes mulkdorni qanoatlantirmay qoldi.
Bu holatda korxonani yo bo‘lmasa undagi ulushni nima qilish mumkin? Xususiy
korxona egasi korxonani to‘lig‘icha mulk kompleksi sifatida sotishi yoki hadya
etishi, yoxud uni tugatib, mol-mulkini alohida sotish mumkin.
Oilaviy korxona – kichik tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi. Xususiy turarjoyda
yoki hovlida faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bunda turarjoy binosini noturarjoy
toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi. Biroq, faoliyat yuritish turlariga cheklovlar bor.
Asosiy kamchiliklari: ishtirokchilar soni oila a’zolari bilan cheklangan hamda
korxona egalari uning majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega.
O‘zRning «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga
muvofiq, oilaviy korxonaning har bir ishtirokchisi uni boshqarish, moliya-xo‘jalik
faoliyatini nazorat qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Albatta, bu qanday amalga oshirilishi qonunda batafsil yoritilmagan. Ammo, barcha
asosiy jihatlari nizom shartnomasida yoritilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, OK
a’zolari o‘rtasida
kelishmovchiliklar
kelib
chiqqanida
korxona
faoliyati
chigallashadi.
OK ishtirokchisi uning tarkibidan chiqish huquqiga ega. Agar nizom
shartnomasida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, OK tarkibidan chiqayotgan
a’zoning nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasiga proporsional bo‘lgan mulk unga
moddiy yoki mulkiy ko‘rinishda qaytarilishi kerak.
OK boshlig‘i o‘zgarganida, oilaviy korxonaga tarkibiga ko‘ngilli ravishda
kirish (chiqish), er-xotin o‘rtasida nikohning bekor qilinishi yoki OK egalaridan
birining vafoti bilan nizom shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Bunda OKni qaytadan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.
MCHJ – biznesning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli.
Ustunligi: ishtirokchi tavakkalchiligi uning ulushi miqdori bilan cheklangan,
daromad solig‘i jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqlarga nisbatan
birmuncha past stavka bo‘yicha solinadi.
Kamchiligi: o‘z hissasini sota olmaslik yoki taqdim eta olmaslik. MCHJ
tarkibidan ulushning bir qismini yo‘qotmasdan chiqish amri mahol.
QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYAT
QMJning
MCHJdan
yagona
farqi
ishtirokchilar
javobgarliklarining
taqsimlanishidir. Bunda barcha a’zolar bir xil miqdorda hissa qo‘shishlari talab
etiladi. Javobgarlik chegarasi nizom bilan chegaralanishi mumkin.
Biznesni tashkil etishning bu shakli unchalik ham mashhur emasligiga, jamiyat
a’zolarining
korxona
majburiyatlari
bo‘yicha
mol-mulki
bilan
javobgar
bo‘lishidadir.
MCHJ va QMJ egalarining boshqaruvda ishtirok etishdagi asosiy mexanizmi
umumiy yig‘ilish hisoblanadi. Uning mutlaq vakolatlariga, xususan: Nizom
jamg‘armasi hajmini o‘zgartirish, tashkiliy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish, yangi a’zolarni qabul qilish yoki tarkibdan chiqarish, jamiyatning ijro
organlari, reviziya komissiyasi va boshqa organlarini saylash yoki muddatidan avval
vakolatlarini tugatish, foydani taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Bu masalalarni hal etish direktorga, boshqaruv yoxud boshqa organga taqdim
etilmaydi. Direktor yoki 20 foizdan ko‘proq ovozga ega bo‘lgan a’zoning
manfaatlari bo‘lgan bitimlar, shuningdek, jamiyat mulki bilan amalga oshiriladigan
yirik kelishuvlar umumiy majlis a’zolari tomonidan ma’qullanishi talab etiladi.
Jamiyatning umumiy a’zolarining kamida 10 foiz ovoziga ega a’zosi talabi
bilan ijro rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirishga majbur.
MCHJ va QMJ egalarining boshqaruvdagi ishtirokida «Mas’uliyati cheklangan
va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi amaliy
instrument hisoblanadi. Unga muvofiq, jamiyat nizom jamg‘armasida kamida 10
foizo‘ ulushga ega a’zosi sudga murojaat qilib, jamiyatdan o‘z majburiyatlarini
buzayotgan, yoki o‘zining harakatlari bilan jamiyat faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan
yoxud qiyinlashtirayotgan a’zolarni chiqarib yuborishni talab qilishi mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish uchun uning egalari direktorni
saylashadi yoki tayinlashadi. U o‘zi bilan imzolangan mehnat shartnomasi asosida
jamiyat ishini boshqaradi. Bundan tashqari, nizomda ko‘rsatilgan bo‘lsa, jamiyat
a’zolari ijro organi kollegiyasi - boshqaruvni shakllantirishlari mumkin. Unga
nafaqat jamiyat egalari kirishi mumkin. Shu bilan, MCHJ va QMJ ishtirokchilari
hissador hamda jamiyat faoliyatining muhim jihatlarini aniqlab beruvchi, ammo
bevosita biznesni yuritmaydigan shaxslarga taqsimlanishi mumkin.
MCHJ va QMJ a’zosi o‘z ulushini sotishi yoki nizom jamg‘armasidagi
hissasini boshqa biror usulda jamiyatning bir yoki bir necha a’zosiga taqdim etishi
mumkin. Bunda, mazkur bitimga aloqasi yo‘q ishtirokchilarning roziligi talab
qilinmaydi. Shu bilan birga, o‘z ulushini jamiyat nizomida taqiqlanmagan bo‘lsa,
uchinchi shaxsga berish mumkin. Bu holatda jamiyat ishtirokchilari va jamiyatning
o‘zi sotilayotgan ulushni uchinchi shaxsga taklif etilgan narxda harid qilish borasida
imtiyozli huquqqa ega. Shu boisdan ham hissasini sotuvchi ishtirokchi boshqa
ishtirokchilarni va jamiyatning o‘zini hissasini sotishga qilgan qarori va narxidan
yozma ravishda ogoh etadi. Jamiyatning boshqa a’zolari yoki jamiyatning o‘zi
birinchi bo‘lib harid qilish huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, hissa uchinchi
shaxsga sotilishi mumkin.
Nizomda, shuningdek, (odatda, bu qayd etiladi) ulushni biror bir boshqa usul
bilan taqdim etish, masalan, hadya qilish holati nazarda tutilgan bo‘ladi. Agar
nizomda hissani sotish taqiqlangan bo‘lsa, yoxud jamiyatning boshqa egalari rozilik
berishmasa, ulushini sotmoqchi bo‘layotgan a’zo ulardan ulushi qiymatini berish
bilan hissasini sotib olishlarini talab qilishi mumkin. O‘z hissasini sotishni
xohlamasa-da, jamiyat tarkibidan chiqmoqchi bo‘lgan ishtirokchi ham shunday
talabni ilgari sura oladi.
AJ – yirik biznesni tashkil etishga mos keladi.
Ustunligi: cheklangan mas’uliyat, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishning
oddiyligi.
Kamchiligi: aksiyadorlar soni ko‘p bo‘lganida mulkdorlar tomonidan
boshqarish qiyin bo‘ladi. O‘zbekistondagi o‘ziga xosliklar – qimmatli qog‘ozlarning
past likvidligi, kuchli huquqiy muvofiqlashtirilganlik, ko‘plab ichki tuzilmalarni
shakllantirish zarurligi, kuzatuv kengashi, reviziya komissiyasi, ichki audit va b.
AJ — biznesning yagona shakli bo‘lib, uning joriy faoliyatini boshqarish
shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi
mumkin. Agar aksiyadorlar bunga tayyor bo‘lishmasa, bunda an’anaviy usul
qo‘llaniladi, boshqaruv kengashi tashkil etiladi, direktor tayinlanadi. U biznesni
yuritadi.
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar
turiga bog‘liq. Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi, o‘z egasiga dividendlar
olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar esa, o‘z egalariga birinchi navbatda dividendlarni olishga
hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag‘larini olishda ustunlik
beradi. Shu bilan birga, imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi bor-yo‘qligidan
qat’inazar ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi.
Aksiyadorlarning jamiyat ishlarida ishtirok etishlariga imkon beradigan
instrumentlardan biri shundan iboratki, 5 foiz yoki undan ko‘p miqdorda ovoz
beruvchi aksiyalarga ega shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishini chaqira oladi.
Aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalarni AJ va boshqa aksiyadorlarning
roziligisiz sotishi yoki boshqa usulda begonaga berishi mumkin. Shu boisdan ham
aksiya – korxona sarmoyasiga hissa qo‘shishning eng likvidli bo‘lgan shaklidir.
Bunda, aksiyadorlar soni 50 nafardan oshmaydigan hamda bunday AJ nizomida
boshqa aksiyadorlar yoki jamiyatning sotilayotgan aksiyalarni harid qilishdagi
imtiyozi qayd etilgan holatlar mustasno. Bunday holatlarda MCHJ va QMJlardagi
qoida ishga tushadi.
Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun solinadigan daromad
solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani harid qilish va sotish orasidagi farqdan
hisoblanadi.
Aksiyador, shuningdek, jamiyatdan uning aksiyalarini harid qilishni so‘rash
bilan biznesni tark etishi mumkin. Bu kabi masalalar esa, O‘zRning «Aksiyadorlik
jamiyatari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan
tartibga solinadi.
2-savol bayoni. Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli
mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).
3.1-rasm. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
Yakka egalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma
bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining
mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari
bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga
(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining
talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi.
Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi. Ammo,
shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki kichkina
ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham mumkin.
Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma.
Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik
Бизнес олиб боришнинг
асосий ташкилий шакллари
Якка эгалик
Ширкат (ёки шериклик)
Корпорация
Битта одам ёки
оилага тегишли
фирма
Икки ва ундан кўп
киши (оила) мулки
бўлган фирма
Мустақил
юридик
шахс
kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning daromad va zarari
qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan
bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi, majburiyatlar bo‘yicha
cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham mumkin.
U holda bunday sheriklar mas’uliyati cheklangan sheriklar, yoki kommanditlar deb
ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech bo‘lmasa bittasi
firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladi va u asosiy
(bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat faoliyatiga taalluqli
kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu asosiy (bosh) sherikning
vakolatiga kiradi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (korporation) –
bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi.
Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari,
korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham
farq bor.
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya
daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga
proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida)
huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z
navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar.
Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli toifadagi
aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin.
Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni
shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa
egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati
cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir
bo‘lmasa, kreditor1lar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya
aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh)
sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar
kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.
Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs
yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari
tarqoq korporatsiyalar ochiq (publik korporations), mulkka egalik huquqi jamlangan
(to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private
korporations) deb ataladi.
Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan
muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli
yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat
darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi).
Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini quyidagicha
aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga inglizcha
inkorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari (Sokiete
Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlandiyada – NV (Naamloze
Vennootdchap); Shvesiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi.
Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va bunday
korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy
korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va ularning
nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari mas’uliyati
cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun xuddi
shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar Amsterdam va
Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik kompaniyasi”
(joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda bunday
atamadan deyarli foydalanilmaydi.
Mamlakatimizda biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi
1 “Kreditor” lotincha “kreditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs.
Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415.
bosqichlardan o‘tish talab etiladi:
3-savol bayoni. Mas’uliyati cheklangan jamiyat – mas’uliyati cheklangan
jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav
kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab quyilgan miqdorlardagi ulushlarga bulingan
jamiyat tan olinadi.
Jamiyat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi. Har
qanday zarar, xavf-xatar va tadbirkorlik risklari jamiyat a’zolari o‘rtasida ularning
ulushiga mutanosib tarzda taqsimlanishi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi
korxona ta’sischilarining individual zararlari darajasini yoki bankrot bo‘lish
ehtimolini pasaytiradi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so‘zi qo‘shiladi, bu
inglizcha so‘z bo‘lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning bir qator turlari mavjud. Ularning eng
keng tarqalgan shakli korporatsiyalardir. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi
kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan bozor sharoitiga tez moslashish
xususiyatiga hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli
o‘tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki kichik korxonalar o‘z
faoliyatlarini har bir ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam
turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda
bozor asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka
ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda
da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga
oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat
litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan
javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga
kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs
zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari
yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi
taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha
qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan
jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda
jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonun hujjatlarida va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda
jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari
va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning bir
qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur
jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o‘zga tarzda ularning
foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda va
jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan
chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin
qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n foizini
tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan
yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon
bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud
tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;
jamiyat faoliyatining predmeti;
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar
to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi,
shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul
qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;