KORXONALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINING TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-12-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

63,9 KB


 
 
 
 
 
 
KORXONALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINING TAHLILI 
 
 
Reja: 
1. 
XYUSlar moliyaviy barqarorligining mohiyati va ahamiyati. 
2. 
Absolyut moliyaviy barqarorlik, sog‘lom (normal) moliyaviy 
barqarorlik, nobarqaror moliyaviy ahvol va krizisli moliyaviy holat. 
3. 
Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari.  
 
Korxonalar moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan korxona ixtiyorida qanday va 
qancha mablag‘ mavjudligi hamda ular korxonaning qaysi yo‘nalishiga 
kiritilganligiga bog‘liq. Foydalanilayotgan sarmoya yo‘nalish mavqeiga qarab o‘z 
va qarz mablag‘lariga ajratiladi. 
Korxonaning o‘z mablag‘lari o‘zini-o‘zi moliyalash talablari zarurati bilan 
izohlanadi hamda u korxona mustaqilligining asosi hisoblanadi. Biroq inobatga olish 
kerakki, korxona faoliyatini moliyalash o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirish har 
doim ham foydali hisoblanmaydi va bu asosan mavsumiy harakterga ega ishlab 
chiqarishda o‘z aksini topadi. Bunda ayrim vaqtda bank hisob raqamlarida katta 
hajmda mablag‘lar yig‘ilib qoladi va aksincha boshqa vaqtda mablag‘larni topib 
bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari, e’tibor qaratish kerakki, agar moliyaviy resurslar narxi yuqori 
bo‘lmasa, korxona kredit resurslari uchun to‘lashga nisbatan kiritilgan mablag‘dan 
yuqori natija erishishni ta’minlashi va qarz mablag‘larini jalb etish esa o‘z 
mablag‘lar rentabelligi oshishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda, korxona 
mablag‘lari asosan qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga shakllangan bo‘lsa, unda 
korxona moliyaviy holati beqaror bo‘ladi. Ya’ni qisqa muddatli sarmoyalardan 
KORXONALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINING TAHLILI Reja: 1. XYUSlar moliyaviy barqarorligining mohiyati va ahamiyati. 2. Absolyut moliyaviy barqarorlik, sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik, nobarqaror moliyaviy ahvol va krizisli moliyaviy holat. 3. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni oshirish yo‘llari. Korxonalar moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan korxona ixtiyorida qanday va qancha mablag‘ mavjudligi hamda ular korxonaning qaysi yo‘nalishiga kiritilganligiga bog‘liq. Foydalanilayotgan sarmoya yo‘nalish mavqeiga qarab o‘z va qarz mablag‘lariga ajratiladi. Korxonaning o‘z mablag‘lari o‘zini-o‘zi moliyalash talablari zarurati bilan izohlanadi hamda u korxona mustaqilligining asosi hisoblanadi. Biroq inobatga olish kerakki, korxona faoliyatini moliyalash o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirish har doim ham foydali hisoblanmaydi va bu asosan mavsumiy harakterga ega ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Bunda ayrim vaqtda bank hisob raqamlarida katta hajmda mablag‘lar yig‘ilib qoladi va aksincha boshqa vaqtda mablag‘larni topib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, e’tibor qaratish kerakki, agar moliyaviy resurslar narxi yuqori bo‘lmasa, korxona kredit resurslari uchun to‘lashga nisbatan kiritilgan mablag‘dan yuqori natija erishishni ta’minlashi va qarz mablag‘larini jalb etish esa o‘z mablag‘lar rentabelligi oshishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda, korxona mablag‘lari asosan qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga shakllangan bo‘lsa, unda korxona moliyaviy holati beqaror bo‘ladi. Ya’ni qisqa muddatli sarmoyalardan  
 
foydalanishda uzoq muddatli aylanmaga jalb etmaslik va uni o‘z vaqtida qaytarishni 
nazorat qilishga yo‘naltirilgan doimiy tezkor ishlashni talab etadi. Demak, 
korxonaning moliyaviy holati o‘z va qarz mablag‘larning optimal muvozanatiga 
bevosita bog‘liq. 
Moliyaviy 
strategiyani 
to‘g‘ri 
shakllantirish 
korxonalar 
faoliyati 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik 
korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalariga bevosita bog‘liq. Shu munosabat 
bilan alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tizimning eng muhim tarkibiy qismi 
hisoblangan korxonalarning moliyaviy barqarorligi mamlakat iqtisodiyotining 
barqaror o‘sishiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, moliyaviy barqarorlik 
va unga erishish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yuritish qobiliyatini 
ta’minlashning garovi hamda uning mustahkam mavqe’ga ega bo‘lishining asosi 
sifatida xizmat qiladi. 
Shu nuqtai nazardan, moliyaviy barqarorlik, korxonaning o‘rta va uzoq 
muddatli istiqboldagi moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash muhim iqtisodiy 
muammolar jumlasiga kiradi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlikni baholash 
usullarining chegaralari va ularning butun tizimidan eng samarali foydalanish 
imkoniyatlari, ko‘rsatkichlar algoritmi va ularni talqin etish, mulkchilik va tarmoq 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning mezonlarini tadqiq etish dolzarb 
hisoblanadi. 
Korxonalarning moliyaviy barqarorligiga nisbatan mavjud fikrlar va uni 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda ikkita yondashuvni 
ajratish mumkin. Birinchi yondashuv sobiq Ittifoq davlatlari iqtisodiyotida yuzaga 
kelgan bo‘lib, unda korxonaning to‘lov qobiliyati va uning o‘z aylanma mablag‘lari 
bilan ta’minlanganligi, moliyaviy barqarorlikning asosiy mezoni sifatida 
o‘rganiladi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy holatini to‘liq 
tavsiflay olmaydi, chunki ma’lum sanaga – davr boshi va yakuniga ko‘ra balans 
bo‘yicha hisoblab chiqiladi va shuning uchun ushbu vaqt mobaynida katta 
o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin. 
foydalanishda uzoq muddatli aylanmaga jalb etmaslik va uni o‘z vaqtida qaytarishni nazorat qilishga yo‘naltirilgan doimiy tezkor ishlashni talab etadi. Demak, korxonaning moliyaviy holati o‘z va qarz mablag‘larning optimal muvozanatiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy strategiyani to‘g‘ri shakllantirish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalariga bevosita bog‘liq. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tizimning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan korxonalarning moliyaviy barqarorligi mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, moliyaviy barqarorlik va unga erishish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat yuritish qobiliyatini ta’minlashning garovi hamda uning mustahkam mavqe’ga ega bo‘lishining asosi sifatida xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy barqarorlik, korxonaning o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash muhim iqtisodiy muammolar jumlasiga kiradi. Korxona faoliyatida moliyaviy barqarorlikni baholash usullarining chegaralari va ularning butun tizimidan eng samarali foydalanish imkoniyatlari, ko‘rsatkichlar algoritmi va ularni talqin etish, mulkchilik va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning mezonlarini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy barqarorligiga nisbatan mavjud fikrlar va uni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda ikkita yondashuvni ajratish mumkin. Birinchi yondashuv sobiq Ittifoq davlatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan bo‘lib, unda korxonaning to‘lov qobiliyati va uning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy barqarorlikning asosiy mezoni sifatida o‘rganiladi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar korxonaning moliyaviy holatini to‘liq tavsiflay olmaydi, chunki ma’lum sanaga – davr boshi va yakuniga ko‘ra balans bo‘yicha hisoblab chiqiladi va shuning uchun ushbu vaqt mobaynida katta o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin.  
 
Moliyaviy barqarorlikka nisbatan MDH davlatlari iqtisodchilarining bunday 
fikri, bizningcha, to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki uzoq vaqt mobaynida sobiq Ittifoq 
davrida qurilgan korxonalar davlat tomonidan rasman tashkil etilgan barqaror 
sharoitda faoliyat yuritgan va uzoq muddatli rejada ularga bankrotlik tahdid 
solinmagan. 
Ikkinchi yondashuv G‘arb iqtisodiy amaliyotida rivojlangan bo‘lib, bunda 
korxonaning qarz va o‘z mablag‘larining nisbati bilan bog‘liq (kreditorlardan) 
moliyaviy mustaqilligi, uning moliyaviy barqarorligining asosiy mezoni hisoblandi. 
Ushbu fikr ham bir tomonlama xususiyatga ega, chunki korxonaning moliyaviy 
holati va uni rivojlantirish istiqbollarini to‘liq hisobga olmaydi. O‘zbekistondagi 
sanoat korxonalarining hozirgi xo‘jalik yuritish amaliyoti ko‘rsatmoqdaki, hatto 
aktivlar tarkibida qarz mablag‘lariga ega bo‘lmagan holda, ya’ni moliyaviy 
barqarorlikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan holda ham og‘ir moliyaviy 
holatga tushib qolish mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi quyidagilar bilan 
harakterlanadi: 
 
tashqi qarziy manbalardan moliyaviy mustaqillik; 
 
moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida XYUSning 
qobiliyati; 
 
xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘lari 
summalarining XYUSda barqaror mavjudligi. 
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYUS moliyaviy resurslarini 
samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi.  Moliyaviy 
barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYUS o‘zining moliyaviy resurslarini 
quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga 
imkon beradi: 
 
talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini 
ta’minlash; 
 
mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish; 
 
innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va yangilash. 
Moliyaviy barqarorlikka nisbatan MDH davlatlari iqtisodchilarining bunday fikri, bizningcha, to‘g‘ri hisoblanadi. Chunki uzoq vaqt mobaynida sobiq Ittifoq davrida qurilgan korxonalar davlat tomonidan rasman tashkil etilgan barqaror sharoitda faoliyat yuritgan va uzoq muddatli rejada ularga bankrotlik tahdid solinmagan. Ikkinchi yondashuv G‘arb iqtisodiy amaliyotida rivojlangan bo‘lib, bunda korxonaning qarz va o‘z mablag‘larining nisbati bilan bog‘liq (kreditorlardan) moliyaviy mustaqilligi, uning moliyaviy barqarorligining asosiy mezoni hisoblandi. Ushbu fikr ham bir tomonlama xususiyatga ega, chunki korxonaning moliyaviy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini to‘liq hisobga olmaydi. O‘zbekistondagi sanoat korxonalarining hozirgi xo‘jalik yuritish amaliyoti ko‘rsatmoqdaki, hatto aktivlar tarkibida qarz mablag‘lariga ega bo‘lmagan holda, ya’ni moliyaviy barqarorlikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan holda ham og‘ir moliyaviy holatga tushib qolish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi quyidagilar bilan harakterlanadi:  tashqi qarziy manbalardan moliyaviy mustaqillik;  moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida XYUSning qobiliyati;  xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘lari summalarining XYUSda barqaror mavjudligi. Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYUS moliyaviy resurslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYUS o‘zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi:  talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;  mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish;  innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va yangilash.  
 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYUSning faoliyati to‘g‘risida 
to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar 
holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYUS taraqqiyotining ehtiyojlariga 
javob berishi muhim hisoblanadi. 
XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda ko‘plab omillar 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  Ular, odatda, quyidagi belgilariga ko‘ra klassifikatsiya 
qilinadi: 
 
vujudga kelish joyiga qarab; 
 
natijasining muhimligiga ko‘ra; 
 
tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha; 
 
harakat etish davriga muvofiq. 
Vujudga kelish joyiga qarab XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: 
 
ichki; 
 
tashqi. 
Natijasining muhimligiga ko‘ra  moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini 
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi: 
 
asosiy omillar; 
 
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar. 
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi: 
 
oddiy; 
 
murakkab. 
Harakat etish davriga muvofiq  moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini 
ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 
 
doimiy; 
 
vaqtinchalik. 
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi  omillarning tashqi va ichki guruhi 
hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga, miqdoriy va sifat mazmuniga  u yoki 
bu darajada XYUSning bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini aniq aniqlab beradi. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYUSning faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYUS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi. XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular, odatda, quyidagi belgilariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi:  vujudga kelish joyiga qarab;  natijasining muhimligiga ko‘ra;  tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha;  harakat etish davriga muvofiq. Vujudga kelish joyiga qarab XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:  ichki;  tashqi. Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi:  asosiy omillar;  ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar. Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi:  oddiy;  murakkab. Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:  doimiy;  vaqtinchalik. Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va ichki guruhi hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga, miqdoriy va sifat mazmuniga u yoki bu darajada XYUSning bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini aniq aniqlab beradi.  
 
XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi asosiy ichki 
omillarga quyidagilar kiradi: 
 
moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni boshqarishning 
taktikasi va strategiyasi; 
 
XYUS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi; 
 
ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni qisqartirish 
imkoniyatlari; 
 
ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga layoqatli bozor talabiga 
muvofiqligi; 
 
XYUSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar. 
Bu omillarning ta’sirini baholash menejerlarning kasbiy mahoratiga, ularning 
kompetentligiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va o‘zaro 
bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
 
xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri; 
 
davlatning soliq va kredit siyosati; 
 
iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining darajasi; 
 
jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning umumiy 
darajasi; 
 
tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi; 
 
XYUS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari; 
 
va boshqalar. 
XYUSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq 
ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin: 
 
ichki barqarorlik; 
 
tashqi barqarorlik; 
 
umumiy barqarorlik. 
XYUSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:  moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni boshqarishning taktikasi va strategiyasi;  XYUS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi;  ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni qisqartirish imkoniyatlari;  ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga layoqatli bozor talabiga muvofiqligi;  XYUSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar. Bu omillarning ta’sirini baholash menejerlarning kasbiy mahoratiga, ularning kompetentligiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:  xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;  davlatning soliq va kredit siyosati;  iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining darajasi;  jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning umumiy darajasi;  tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;  XYUS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari;  va boshqalar. XYUSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bog‘liq ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin:  ichki barqarorlik;  tashqi barqarorlik;  umumiy barqarorlik.  
 
Ichki barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, unda faoliyat 
ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, ichki omillarning 
faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. 
O‘z navbatida, tashqi barqarorlik  XYUSning shunday moliyaviy holatidirki,  
u doirasida XYUS faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiy muhitning barqarorligi bilan 
belgilanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat masshtabida rivojlanayotgan 
iqtisodiyot sharoitida erishiladi. 
Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, 
unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirchanligini faollashtirish hisobidan 
mablag‘lar tushumining ularning harajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi. 
 
2-savol bayoni. O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va harajatlarni 
shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning 
o‘lchamiga bog‘liq ravishda XYUSlar moliyaviy barqarorligining quyidagi tiplarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- absolyut moliyaviy barqarorlik; 
- sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik; 
- nobarqaror moliyaviy ahvol; 
- krizisli moliyaviy holat. 
Absolyut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto‘lovlar va ular kelib 
chiqish sabablarining mavjud emasligidir. 
Sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moliyaviy intizomning 
buzilmasligini taqozo etadi. 
Nobarqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi (mehnat haqini 
to‘lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo‘sh turgan o‘z mablag‘lari, rezerv fondlari va 
boshqa fondlardan foydalanish), hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining 
uzilishlar bilan tushishi, rentabellikning nobarqarorligi, moliyaviy rejaning, 
jumladan, foyda bo‘yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan harakterlanadi. 
Krizisli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega: 
birinchi daraja (I): muddati o‘tkazib yuborilgan bank ssudalarining mavjudligi; 
Ichki barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, unda faoliyat ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. O‘z navbatida, tashqi barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, u doirasida XYUS faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiy muhitning barqarorligi bilan belgilanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat masshtabida rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida erishiladi. Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYUSning shunday moliyaviy holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirchanligini faollashtirish hisobidan mablag‘lar tushumining ularning harajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi. 2-savol bayoni. O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va harajatlarni shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning o‘lchamiga bog‘liq ravishda XYUSlar moliyaviy barqarorligining quyidagi tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - absolyut moliyaviy barqarorlik; - sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik; - nobarqaror moliyaviy ahvol; - krizisli moliyaviy holat. Absolyut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto‘lovlar va ular kelib chiqish sabablarining mavjud emasligidir. Sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moliyaviy intizomning buzilmasligini taqozo etadi. Nobarqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi (mehnat haqini to‘lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo‘sh turgan o‘z mablag‘lari, rezerv fondlari va boshqa fondlardan foydalanish), hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining uzilishlar bilan tushishi, rentabellikning nobarqarorligi, moliyaviy rejaning, jumladan, foyda bo‘yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan harakterlanadi. Krizisli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega: birinchi daraja (I): muddati o‘tkazib yuborilgan bank ssudalarining mavjudligi;  
 
ikkinchi daraja (II): I + tovarlar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarga muddati 
o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi; 
uchinchi daraja (III): III + byudjetga nisbatan boqimandalarning mavjudligi. 
Krizisli moliyaviy holatda zaxiralar va harajatlar ularni shakllantirish 
manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYUS va bankrotlik ostonasidagi 
chuqur krizis to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday vaziyatda pul 
mablag‘lari, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlari uning 
kreditorlik qarzlarini va muddati o‘tkazilgan ssudalarni qoplamaydi. XYUS ning 
moliyaviy holati kompleks tushuncha bo‘lib, uning xo‘jalik va tijoriy faoliyati 
jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar barcha elementlarining 
o‘zaro ta’sirchanligini aks ettiradi. 
 
 
3-savol bayoni. Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy 
ko‘rsatkichlar – moliyaviy koeffitsiyentlar – yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
 Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash uchun informatsion baza sifatida 
buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu koeffitsiyentlar balans tuzilgan sanada 
hisoblanadi va dinamik ko‘rinishda qarab chiqilishi mumkin. 
 Eng umumiy ko‘rinishda XYUSning moliyaviy barqarorligini quyidagi 
ko‘rsatkichlar harakterlaydi: 
ХЮСнинг молиявий 
барқарорлигининг асосий 
элементлари
Молиявий ресурслар билан 
етарлича таъминланиш
Турли шароитларда МБни узоқ 
вақт сақлаб қолиниши
Кредитга лаёқатлилик, тўловга 
лаёқатлилик
актив ва пассивлар, даромад ва 
хъаражатлар, пул оқимларининг 
баланслаштирилганлиги
ikkinchi daraja (II): I + tovarlar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarga muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi; uchinchi daraja (III): III + byudjetga nisbatan boqimandalarning mavjudligi. Krizisli moliyaviy holatda zaxiralar va harajatlar ularni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYUS va bankrotlik ostonasidagi chuqur krizis to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday vaziyatda pul mablag‘lari, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlari uning kreditorlik qarzlarini va muddati o‘tkazilgan ssudalarni qoplamaydi. XYUS ning moliyaviy holati kompleks tushuncha bo‘lib, uning xo‘jalik va tijoriy faoliyati jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar barcha elementlarining o‘zaro ta’sirchanligini aks ettiradi. 3-savol bayoni. Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlar – moliyaviy koeffitsiyentlar – yordamida amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash uchun informatsion baza sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu koeffitsiyentlar balans tuzilgan sanada hisoblanadi va dinamik ko‘rinishda qarab chiqilishi mumkin. Eng umumiy ko‘rinishda XYUSning moliyaviy barqarorligini quyidagi ko‘rsatkichlar harakterlaydi: ХЮСнинг молиявий барқарорлигининг асосий элементлари Молиявий ресурслар билан етарлича таъминланиш Турли шароитларда МБни узоқ вақт сақлаб қолиниши Кредитга лаёқатлилик, тўловга лаёқатлилик актив ва пассивлар, даромад ва хъаражатлар, пул оқимларининг баланслаштирилганлиги  
 
 
avtonomlik koeffitsiyenti; 
 
qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti; 
 
qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti. 
Avtonomlik 
koeffitsiyenti 
XYUSning 
barcha 
mulkiga 
qo‘yilgan 
(joylashtirilgan) o‘z mablag‘larining barcha mablag‘larning umumiy summasidagi 
hissasi (salmog‘i)ni ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 
 
K a  =  O‘ k  : B b  
 Bu yerda: 
K a  - avtonomlik koeffitsiyenti; 
O‘ k  - o‘z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb nomlanuvchi balans Sh 
bo‘limining jami; 
B b  - balans jami (o‘z va qarziy kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning 
umumiy summasi). 
 
 XYUSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsiyentining darajasi 0,5dan 
kichik bo‘lmagan holda barqaror deb hisoblanadi. Bu XYUSning yarim mulki uning 
o‘z 
mablag‘lari 
hisobidan 
shakllanganligini 
anglatadi. 
Avtonomlik 
koeffitsiyentining o‘sishi moliyaviy barqarorlikning oshganligidan dalolat beradi. 
 Qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti qarzning kapital 
umumiy summasidagi salmog‘ini aniqlab beradi va uni formula yordamida 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
 
K qk  = Q k  :  B b  
 
 Bu yerda: 
K qk  - qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti; 
          Q k  - qarziy kapital (balans passivining 4- va 5-bo‘limlari yig‘indisi; 
 avtonomlik koeffitsiyenti;  qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti;  qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti. Avtonomlik koeffitsiyenti XYUSning barcha mulkiga qo‘yilgan (joylashtirilgan) o‘z mablag‘larining barcha mablag‘larning umumiy summasidagi hissasi (salmog‘i)ni ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: K a = O‘ k : B b Bu yerda: K a - avtonomlik koeffitsiyenti; O‘ k - o‘z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb nomlanuvchi balans Sh bo‘limining jami; B b - balans jami (o‘z va qarziy kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi). XYUSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsiyentining darajasi 0,5dan kichik bo‘lmagan holda barqaror deb hisoblanadi. Bu XYUSning yarim mulki uning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanganligini anglatadi. Avtonomlik koeffitsiyentining o‘sishi moliyaviy barqarorlikning oshganligidan dalolat beradi. Qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti qarzning kapital umumiy summasidagi salmog‘ini aniqlab beradi va uni formula yordamida quyidagicha ifodalash mumkin: K qk = Q k : B b Bu yerda: K qk - qarziy kapitalning konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti; Q k - qarziy kapital (balans passivining 4- va 5-bo‘limlari yig‘indisi;  
 
          B b  - balans jami (o‘z va qarziy kapital yig‘indisi, ya’ni 
moliyalashtirishning umumiy summasi). 
 
 Qarzning salmog‘i qancha katta bo‘lsa, XYUSning moliyalashtirish tashqi 
manbalariga bog‘liqligi, bundan kelib chiquvchi oqibatlar bilan birgalikda, shuncha 
yuqori bo‘ladi. Yuqoridagi har ikkala koeffitsiyentlar bir-biri bilar uzviy bog‘langan. 
Ularning bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega: 
 
K a  +  K qk  = 1 
 
 Qarziy 
va 
o‘z 
mablag‘larining 
nisbati 
koeffitsiyenti 
XYUS 
majburiyatlarining o‘z mablag‘lariga nisbati bilan aniqlanadi: 
 
K qu=  M qk  :  O‘ k  
 
 Bu yerda: 
K qu - qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti; 
          M qk - majburiyatlar (qarziy kapital); 
          O‘ k  - o‘z kapitali (o‘z mablag‘lari). 
 
 Qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti  o‘z mablag‘lari 
aktivlariga joylashtirilgan (qo‘yilgan) har bir so‘mga XYUS tomonidan qancha 
qarziy mablag‘lar jalb qilinganligini ko‘rsatadi. Hisobot davri davomida bu 
koeffitsiyent darajasining ortishi XYUS jalb qilinayotgan qarziy mablag‘larga 
bog‘liqligining kuchayganligidan va moliyaviy barqarorligining pasayganligidan 
darak beradi. Bu koeffitsiyent avtonomlik koeffitsiyenti bilan bog‘langan va bu 
bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega: 
 
K qu = 1 / K a  - 1 
B b - balans jami (o‘z va qarziy kapital yig‘indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi). Qarzning salmog‘i qancha katta bo‘lsa, XYUSning moliyalashtirish tashqi manbalariga bog‘liqligi, bundan kelib chiquvchi oqibatlar bilan birgalikda, shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqoridagi har ikkala koeffitsiyentlar bir-biri bilar uzviy bog‘langan. Ularning bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega: K a + K qk = 1 Qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti XYUS majburiyatlarining o‘z mablag‘lariga nisbati bilan aniqlanadi: K qu= M qk : O‘ k Bu yerda: K qu - qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti; M qk - majburiyatlar (qarziy kapital); O‘ k - o‘z kapitali (o‘z mablag‘lari). Qarziy va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti o‘z mablag‘lari aktivlariga joylashtirilgan (qo‘yilgan) har bir so‘mga XYUS tomonidan qancha qarziy mablag‘lar jalb qilinganligini ko‘rsatadi. Hisobot davri davomida bu koeffitsiyent darajasining ortishi XYUS jalb qilinayotgan qarziy mablag‘larga bog‘liqligining kuchayganligidan va moliyaviy barqarorligining pasayganligidan darak beradi. Bu koeffitsiyent avtonomlik koeffitsiyenti bilan bog‘langan va bu bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega: K qu = 1 / K a - 1  
 
 
 Shunday qilib, uning darajasi birga teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak. 
 Yuqoridagi umumiy koeffitsiyentlardan tashqari XYUS joriy faoliyatining 
moliyalashtirish o‘z manbalari – o‘z aylanma mablag‘lari – bilan ta’minlanganligi 
ham baholanadi. Bu narsa XYUS moliyaviy barqarorligining quyidagi nisbiy 
ko‘rsatkichlarini hisoblashga asoslangan: 
 
zahiralar va harajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; 
 
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; 
 
o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti. 
Zahiralar 
va 
harajatlarning 
o‘z 
kapitali 
bilan 
ta’minlanganlik 
koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘lari summasining moddiy zahiralar va harajatlar 
qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin: 
 
K tzx  = O‘ ам  :  Q зх 
 
 Bu yerda: 
K tzx  - zahiralar va harajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik 
koeffitsiyenti; 
O‘ ам  - o‘z aylanma mablag‘lari; 
          Q зх  - moddiy zahiralar va harajatlar qiymati. 
        
 Bu koeffitsiyentning darajasi moddiy zahiralar va harajatlarning o‘z 
manbalari bilan qanday qoplanganligini va qarziy mablag‘larni jalb qilishga muhtoj 
emasligini ko‘rsatadi. Uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajasi 0,6-
0,8ga tengdir. 
 Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti  o‘z aylanma mablag‘larining joriy 
aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi: 
 
Shunday qilib, uning darajasi birga teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak. Yuqoridagi umumiy koeffitsiyentlardan tashqari XYUS joriy faoliyatining moliyalashtirish o‘z manbalari – o‘z aylanma mablag‘lari – bilan ta’minlanganligi ham baholanadi. Bu narsa XYUS moliyaviy barqarorligining quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlarini hisoblashga asoslangan:  zahiralar va harajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti;  moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti;  o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti. Zahiralar va harajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘lari summasining moddiy zahiralar va harajatlar qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ko‘rsatish mumkin: K tzx = O‘ ам : Q зх Bu yerda: K tzx - zahiralar va harajatlarning o‘z kapitali bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari; Q зх - moddiy zahiralar va harajatlar qiymati. Bu koeffitsiyentning darajasi moddiy zahiralar va harajatlarning o‘z manbalari bilan qanday qoplanganligini va qarziy mablag‘larni jalb qilishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. Uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajasi 0,6- 0,8ga tengdir. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘larining joriy aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi:  
 
K мм  =  O‘ ам : J аа 
  
 Bu yerda:  K мм  - moliyaviy  mustaqillik koeffitsiyenti; 
                         O‘ ам  - o‘z aylanma mablag‘lari; 
                         J аа- joriy aylanma aktivlar. 
  
 Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti XYUSga tegishli bo‘lgan aylanma 
mablag‘larning qancha qismi o‘z kapitali hisobidan shakllantirilganligini ko‘rsatadi. 
Agar uning darajasi 1ga teng yoki undan katta bo‘lsa, u holda bu absolyut moliyaviy 
barqarorlikni anglatadi. Koeffitsiyentning darajasi 1dan qancha past bo‘lsa, XYUS 
moliyaviy holati shuncha nobarqarordir. Bu koeffitsiyentning kritik darajasi 0,1ga 
teng. 
 O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti  XYUS o‘z aylanma 
mablag‘larining o‘z kapitali  summasiga nisbati orqali ifodalanadi: 
 
K м  = O‘ ам  : O‘ к  
 Bu yerda: 
K м   - o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti; 
          O‘ ам  - o‘z aylanma mablag‘lari; 
          O‘ к   - o‘z kapitali. 
 
 Bu  koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni 
moliyalashtirishda foydalanilayotganligi va qancha qismi kapitallashtirilganligini 
ko‘rsatadi. Uning 0,5ga teng bo‘lgan  darajasi optimal hisoblanadi 
 Zarur bo‘lgan hollarda XYUSning moliyaviy barqarorligini harakterlaydigan 
boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. 
 XYUS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyidagilardan iborat: 
K мм = O‘ ам : J аа Bu yerda: K мм - moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari; J аа- joriy aylanma aktivlar. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti XYUSga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘larning qancha qismi o‘z kapitali hisobidan shakllantirilganligini ko‘rsatadi. Agar uning darajasi 1ga teng yoki undan katta bo‘lsa, u holda bu absolyut moliyaviy barqarorlikni anglatadi. Koeffitsiyentning darajasi 1dan qancha past bo‘lsa, XYUS moliyaviy holati shuncha nobarqarordir. Bu koeffitsiyentning kritik darajasi 0,1ga teng. O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti XYUS o‘z aylanma mablag‘larining o‘z kapitali summasiga nisbati orqali ifodalanadi: K м = O‘ ам : O‘ к Bu yerda: K м - o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti; O‘ ам - o‘z aylanma mablag‘lari; O‘ к - o‘z kapitali. Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni moliyalashtirishda foydalanilayotganligi va qancha qismi kapitallashtirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5ga teng bo‘lgan darajasi optimal hisoblanadi Zarur bo‘lgan hollarda XYUSning moliyaviy barqarorligini harakterlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. XYUS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyidagilardan iborat:  
 
 
asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimallashtirish:  innovatsion 
texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallanmagan ishlab chiqarishni 
qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish; 
 
XYUS  pul-hisob-kitob  o‘zaro aloqalarining samaradorligini oshirish; 
 
oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni optimallashtirish; 
muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni,  XYUSning  
sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi moliyaviy resurslarni shakllantirishning 
mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash. 
 asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimallashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish;  XYUS pul-hisob-kitob o‘zaro aloqalarining samaradorligini oshirish;  oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni optimallashtirish; muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni, XYUSning sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi moliyaviy resurslarni shakllantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash.