Korxonalarning tashkiliy - huquqiy shaklllari
Reja
1.1. Korxonalar mohiyati va iqtisodiy faolyatning asosi
1.2. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shaklllri
1.3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti
1.1. Korxonalar mohiyati va faolyatning asosi
Insoniyat hayoti va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq
bilan bog‘liq. Inson nimaiki qilmasin, qanday ishga qo‘l urmasin, o‘z maqsadiga
erishish yo‘lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o‘zining birlamchi ehtiyojini
(oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish,
o‘rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug‘ullanish, kiyim-kechak
tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug‘ullangan. Shular bilan bir qatorda
insonning ijtimoiy, ma’naviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ularni
qondirish uchun ham inson moddiy va ma’naviy resurslarga duch keladi. Inson
ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida
ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o‘z faoliyati
doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, iste’dod va boshqa vositalardan
foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatdan olganda, korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni
tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi hamda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Korxona insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan
jamiyatning birlamchi va asosiy bo‘g‘inidir. Korxonaning mohiyati ham
yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo‘linadi. Masalan:
og‘ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo, har - xil xizmat
ko‘rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa, korxonalar va ularni birlashmalarini o‘z
ichiga oladi.
Tarmoq lar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin.
Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini,
daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab
chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar.
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini daryolar,
dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi
tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta’minot
kabilar).
To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispridisiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa
aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular
xududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo‘jalik aloqalari
orqali tig‘iz bog‘liq umumiy qonun-qoidaga bo‘ysunuvchi yagona tizimdir. Shu
sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
Milliy iqtisodiyot asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur
bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, ma’naviy boyliklar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar,
tarmoqlar va sohalar tarkibi, mazmuni, masshtabi, rivojlanish darajasini belgilaydi.
Ulardan tarmoq va hududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar
tuziladi.
Korxona faoliyatining maqsadi – jamiyat ehtiyojlarini qondirish va foyda
olishdir.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat
uchun amalga oshiruvchi, o‘z xo‘jalik faoliyatini o‘z ehtiyoji (talabi) uchun emas,
tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo‘naltiruvchi korxonalar tashkil
qiladi.
Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy xarakter olib, ular nafaqat
o‘zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni ko‘zlab
ishlaydilar. Shuning uchun ham korxona ta’rifini yoritish uchun uning mazmuniga
har
tomonlama
yondashish zarur. Korxona
iqtisodiyotiga
bag‘ishlangan
adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo‘lib, uning mazmuniga
tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning jamiyatda tutgan
o‘rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi.
Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona –moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida
tashkil qilinib, maxsulot ishlab chiqish, biron - bir ish yoki xizmatni aholining,
bozorning talablarini qondirshi va foyda olish maqsadida yoki ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan vazifasini bajarishdan iborat. Shunday qilib korxona xo‘jalik sub’ekti
bo‘lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan kelib
chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tomonlaridan biri faoliyatidagi barcha
masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o‘z harakatlariga
javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona-jamiyatning mustaqil xo‘jalik
sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Korxona tushunchasini uning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyatisiz ko‘z
oldingizga keltirib bo‘lmaydi. Bu nuqtai nazardan yondashish korxonaga
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida yondashishni taqozo qiladi.
Nihoyat, korxona tushunchasining xuquqiy maqomi mavjud bo‘lib, u, albatta
huquqiy shaxs bo‘lishi shart. Xuquqiy shaxs sifatida korxona "Xuquqiy shaxs
huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi
bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab
chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan,
xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng
huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o‘z faoliyatini ro‘yobga
chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi".
Korxona xuquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lish uchun quyidagi talablarga javob
berishi kerak: faoliyat yuritish uchun, birinchidan, mol-mulkiga ega bo‘lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; uchinchidan, mulkni
sotish, sotib olish; to‘rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga
oshirish; beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo‘lishi mumkinligi; oltinchidan,
mustaqil xo‘jalik balansiga ega bo‘lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va
amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Korxona - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi, aholining talabini
qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida,
xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan,
ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati
bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega
bo‘lgan, har - xil masshtabdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Ushbu tahrif maqsadi, faoliyati, shakli, turlari va mulk shaklidan qathiy
nazar barcha korxonalarga taalluqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekti korxona maqomiga ega bo‘lishi uchun jahonda
qabul qilingan quyidagi belgilarga javob berishi zarur. Bu belgilar uning tahrifidan
kelib chiqadi.
Korxona xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida ishchi jamoasini tashkil qilishni
aniq tizimi (sistemasi)ga korxonaning tarkibiy tuzilish, boshqarish texnologiyasi va
tartibiga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, korxonaning birinchi belgisi uning
tashkiliy tuzilishi va boshqarilishidir.
Korxona tashkiliy yaxlitligi uning ikkinchi belgisidir. Tashkiliy yaxlitlik
tegishli tartibda korxonaning ta’sis etuvchi hujjatlarida o‘z aksini topgan bo‘lishi
kerak.
Uchinchi belgisi o‘zlik muhitiga ega bo‘lishi. Korxona mol-mulkini o‘z xohishi
bo‘yicha ishlatishi mumkin.
To‘rtinchidan korxona o‘z harakati va burchlari oldida moddiy javobgarligi.
Va, nihoyat, korxonaning oxirgi belgisi uning o‘z nomiga ega bo‘lishi. Bu belgi
tashqi qarashda formal ko‘ringani bilan moddiy ahamiyatga egadir. Chunki u o‘z
nomi bilan bitimlar tuzadi, tashqi aloqalarni amalga oshiradi, o‘z imidjini asraydi,
ulug‘laydi, sud organlariga talabgor yoki javobgar sifatida chiqadi va boshqa
funksiyalarini amalga oshiradi.
1.2. Korxonaning tashkiliy-xuquqiy shakllari
Korxonalarning iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari davlat konsernlari
tarmoq uyushmalariga aylantiriladi. Ularning boshqaruv apparatlari esa, o‘z
tarkibidagi birlashmalar va korxonalarning ixtiyoriy ravishda bergan puli hisobidan
ta’minlanadi.
Korxona va tashkilotlar qaysi idoraga bo‘sunishidan va mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar o‘z iqtisodiy manfaatlarini rag‘batlantirish maqsadida konsernlar,
uyushmalar va korporasiyalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda kiradi. Ular o‘z faoliyatini
pay va kirish badallari, ishtirokchilarning aksiyalar to‘plamini sotib olish asosida
yo‘lga qo‘yadi.
Bozor munosabatlari davrida uyushmalar, konsernlar, korporasiyalar va
boshqa uyushmalarning asosiy vazifasi respublika milliy iqtisodiyotida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning aniq turlari bilan ta’minlash, yagona ilmiy-texnikaviy
va investisiya siyosatini o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlar holatini o‘rganish,
tarmoqda bozor munosabatlarini rivojlantirishdir. Shuningdek, konsern, korporasiya
va boshqa uyushmalarning vazifasi davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini
nodavlat mulkiga aylantirish ishlarini tashkil etish, tadbirkorlikning rivojlanishini
butun choralar bilan qo‘llab - quvvatlashdan iborat. Bulardan tashqari xo‘jalik
birlashmalari o‘z muassasalarini huquqiy himoya qilishni ta’minlaydi, davlat,
mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini
ifodalaydi, tarmoqni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.
Turli tarmoqlardagi korxonalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ishlab
chiqarish xususiyati, ishlatiladigan asbob - uskunalar va texnologiyalar hamda kadrlar
malakasidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, ularning hammasi ayrim umumiy
xususiyatlarga ega bo‘lib bir qator yo‘nalishlar: mulkchilik shakllari, tashkiliy shakllari,
sanoat sohasiga mansubligi, hajmi, ixtisoslashuv darajasi, ishlab chiqarish turi,
mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha tasniflash imkonini beradi.
Mulkchilik shakliga qarab korxonalar xususiy, jamoa, davlat yoki aralash mulkka
asoslangan bo‘lishi mumkin. Uning nizom kapitalida xususiy (yoki jamoaviy) va davlat
mulkining ulushi bo‘lishi mumkin.
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga
turlanadi. "O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida"gi Qonunga binoan (4
modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan, oilaviy maxalla, kooperativ
mulki, ijaraga olingan korxona mulki, aktsionerlar jamiyati, davlat korxonasi,
jamoaning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, kontsern (konsorsium)larning
mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mahmuriy-hududiy tuzilmalar
(maishiy) mulkdan iborat davlat mulki;
-
aralash mulk;
-
qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek,
ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi
mumkin:
-
shaxsiy yoki xususiy mulkka asoslangan xususiy korxonalar;
-
jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
-
davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
-
aralash mulkka asoslangan korxonalar.
Shaxsiy yoki xususiy korxonaning o‘ziga xos muhim belgilari uning mulkdori
ham, tashkil etuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yagona jismoniy shaxs bo‘lishi, yuridik
shaxs maqomiga ega bo‘lib, yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilishi, yollanma
mehnatdan foydalanishidir.
Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan
va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xususiy korxona o‘z egaligida alohida mol-
mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi
hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar
va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga
qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-
mulki bilan javob beradi. Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va
uning firma nomi "xususiy korxona" so‘zini o‘z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari,
u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks
ettirilgan muhri va tamg‘asiga, mustaqil balansiga ega bo‘ladi, belgilangan tartibda
buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisob varaqlar ochadi.
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘ladi. U belgilangan tartibda vakolatxonalar ochishi va filiallar
tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi yoki ularning nizom
jamg‘armasiga o‘zgacha tarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona
faoliyati erkinligining kafolatlari ham belgilab qo‘yilgan.
Jamoa korxonasida mulkdorlar va ishtirokchilar ko‘proq bo‘lib, ular jismoniy
shaxs ham, yuridik shaxs ham bo‘lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi mumkin,
yollanma mehnat jalb qilinadi.
Jamoa tadbirkorligining ko‘rinishlari va ularning xususiyatlari. Jamoa
tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa
ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo‘lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va
amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko‘rinishlarga, xususiy shakllarga ega:
ishlab chiqarish kooperativi, xo‘jalik shirkati, xo‘jalik jamiyati, unitar korxona,
notijorat tashkilotlari va boshqalar.
Xo‘jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli-yatini olib
borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida birlashuvidir. Xo‘jalik shirkati
quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;
- to‘liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo‘lib, shirkat
majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja-
vobgar hisoblanadilar;
- har bir shaxs faqat birta shirkatga to‘liq sherik bo‘lishi mumkin;
- shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar ham
sheriklik asosida kirishlari mumkin.
Xo‘jalik shirkatining ikki ko‘rinishi mavjud: to‘liq shirkat va kommandit
shirkati. Ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat
nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari
bo‘yicha o‘zlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq
shirkat hisoblanadi. Bunday shirkat ishtirokchilari to‘liq sheriklar deb ataladi.To‘liq
sheriklar bilan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan hissa
doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-maydigan bir yoki
bir necha ishtirokchisi ham bo‘lgan shirkat kommandit shirkati hisoblanadi.
Shirkatning to‘liq bo‘lmagan ishtirokchilari hissa qo‘shuvchilar, omonatchilar,
kommanditchilar deb ataladi. Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa
qo‘shuvchining nomi kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka
aylanadi.
Xo‘jalik jamiyati - bu faoliyatini olib borish uchun bir yoki bir necha shaxsning
mulkini birlashtirish yo‘li bilan tashkil qilinadigan tashkilotdir. U quyidagi
xususiyatlarga ega:
- xo‘jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk birlashtiriladi;
- ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar (qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
- tadbirkorlik tavakkali nizom sarmoyasiga qo‘shgan badal bilan cheklanadi
(qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
- nizom sarmoyasi hissa qo‘shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-lat
hisoblanadi;
- nizom sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlarni xabar-dor qilish
kerak.
Xo‘jalik jamiyatining uch ko‘rinishi mavjud: mas’uliyati cheklangan jamiyat,
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni-dan
ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq-dordagi ulushlarga
bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar javobgarligi o‘zlari qo‘shgan hissa
doirasida cheklangan jamiyatdir.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to-monidan
ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdordagi ulushlarga
bo‘lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilari o‘zlari qo‘shgan hissaga nisbatan
karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladigan jamiyatdir.
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha javobgarligi boshqa ishtirokchilari o‘rtasida ularning qo‘shgan hissala-riga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xo‘jalik jamiyatining yana bir ko‘rinishi aksiyadorlik jamiyati bo‘lib
hisoblanadi. Nizom sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat
aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlari)
uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq
zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki turi — ochiq va yopiq ko‘rinishlari mavjud.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida uning ishtirokchilari o‘zlariga qarashli
aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o‘zga shaxslarga berishlari yoki
sotishlari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqargan aksiyalarga qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o‘tkazadi va ularni
ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya
balansi, foyda va zararlar hisobvarag‘ini barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari
uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi shart.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘zining ta’sischilari
orasida
yoki
oldindan
belgilab
qo‘yiladigan
boshqa
shaxslar
doirasida
taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zi chiqa-radigan aksiyalarga ochiq
obuna o‘tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas. Bu jamiyat uchun
aksiyadorlar sonining eng quyi va eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab
qo‘yilgan. Aksiyadorlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi
lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko‘rinishlaridan biri unitar korxonadir. O‘ziga
biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi
berilmagan korxona unitar korxona hisobla-nadi. Unitar korxona o‘z mol-mulki
egasining, mol-mulki egasi esa korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Lekin korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja-
vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, u mulkdor yoki
mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va ularga hisob berib turadi. Unitar
korxonaga mol-mulk ikki maqsadda - xo‘jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish
uchun biriktirilishi mumkin. Shunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo‘ladi: xo jalik
yuritish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga esoslangan unitar
korxona. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, mulkdor, yoki u vakil
qilgan organning qarori bilan tuziladi, uning ta’sis hujjati nizom hisoblanadi. U sho‘ba
korxona tashkil etishi mumkin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar
korxona, asosan, davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi.
Uning ham ta’sis hujjati nizomdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli
bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Qo‘shma korxona bir necha davlat fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari
(kompaniyalari, firmalari) tomonidan kiritiladigan qo‘shma mulk, foydani taqsimlash
va boshqaruvda qatnashish bo‘yicha kelishuvga asoslanadi, unda davlat ham ishtirok
etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.
Aralash mulkka asoslangan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, ayrim davlat
korxonalarida xususiy mulk, ayrim aksiyadorlik jamiyatlarida esa davlat mulki ishtirok
etadi, ayrim qo‘shma korxonalar ham aralash mulk shakllariga asoslangan.
Ajnabiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga karab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; tahlim;
infratuzilma (infrastruktura); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va
diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga, yahni mulk shakliga va
soxalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichiq, o‘rta va yirik
korxonalarga turlanadi.
Xo‘jalik yuritish shakllariga qarab korxonalar aktsioner (ochiq, yopiq)
korxonalar, shirkat (kooperativ), ijara korxonalariga tasniflanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuviga qarab,
ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi.
Korxonalar ishlab chiqarish mahsuloti yoki xizmat turlariga qarab juda
keng tasnifga egadir. Masalan: aviasiya zavodi, tekstil fabrikasi, konditer zavodi,
avtokorxona, tijorat banki, mehmonxona, savdo uyi, shifoxona, universitet,
maktab, machit va hokazolar. Ayni ushbu turlariga karab aksariyat korxonalarga
nomlar qo‘yiladi.
Iqtisodiy
islohotlar
jarayonida
vujudga
kelgan
korxonalarning
mustaqilligini
mustahkamlash,
yahni
iqtisodiy
munosabatlarga
moslashuvchanligini ta’minlash uchun maxsus tashkiliy tarkibga ega bo‘lgan
birlashmalar tashkil qilish ehtiyojini tug‘diradi. Bularga konsern, korporasiya,
assosasiya, xolding kompaniyasi, moliya-sanoat guruhi, agrofirma kabilar kiradi.
Bunday birlashmalar respublikada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularga
qisqacha tasnif berib o‘tamiz.
Konsernlar. Kontsern - yirik birlashmalar va korxonalarni to‘la boshqarish
huquqi bilan shartnoma asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy tuzilmadir.
Kontsern yirik masshtabdagi ishlab chiqarish, kooperasiyalash va
kombinasiyalash imkoniyatlariga egadir. Kontsern korxonalarni xo‘jalikni to‘la
boshqarish xuquqlari asosida birlashtiradi. O‘z tarkibiga kirgan korxonalarga
yuqori idora vazifasini bajaradi.
Kontsern yuridik shaxs hisoblanadi, uni vazifa va funktsiyalarini bajaradi.
Kontsernlar asosan korxonalarni xududiy belgilari bo‘yicha birlashtiradi.
Tashkiliy tarkib nuqtai nazardan hissadorlik jamiyatlariga yaqin bo‘lib, u turli
mulkchilik
shakllaridagi
hissadorlik
kompaniyalarni
va
korxonalarni
birlashmasidir.
Kapitalni, ishlab chiqarish quvvatini kontsentratsiyalash, ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish imkoniyatlari bilan o‘zgaruvchan bozor konhyukturasiga
turg‘unligini ta’minlaydi,
investision resurslardan samarali foydalanishni
tashkil qila oladi.
Korporasiyalar. Korporasiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar
birlashmasi ko‘rinishidagi tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.
Korporasiya chiqarilgan aksiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar
bo‘yicha mashuliyatli bo‘ladi, o‘z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish, shartnomalar tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs
harakatlarini amalga oshiradi.
Korporasiya faoliyatini ta’minlash uchun korporasiya muassasalarining pul
badallari hisobidan nizomiy jamg‘arma tashkil etadi, aksiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg‘armani
ko‘paytirib borish huquqiga ega.
Korporasiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar hamda xususiy
shaxslar bilan ham turli bitishuvlar va boshqa huquqiy xatti-harakatlarni amalga
oshiradi.
Assosiasiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o‘xshash vazifalarni bajaradi.
Lekin, ular korporasiyadan farqli ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyoriy
birlashmalari bo‘lishi mumkin. Bu sub’ektlar birlashib, o‘z xuquqlari va vazifalarining
bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag‘lar
ajratadilar.
Assosasiyalar foyda olishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ymagan jamoat tashkilotlari
tariqasida bo‘lishi mumkin. Bu holda u o‘z a’zolarining manfaatlarini xuquqiy
jihatdan muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini
ifodalash, ularga maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish
kabi vazifalarni bajaradi.
Xolding kompaniyasi. Xolding kompaniya - o‘zaro kooperasiyalanish
faoliyatini rivojlantirish maqsadi, korxonalar mablag‘larini ko‘ngilli ravishda
birlashtirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.
Xoldinglar xuquqiy shaxs hisoblanadi. Xolding
kompaniyasi
korxonalarning
shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi o‘sishini,
moddiy, moliya, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanishni, ularning
rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanishni ta’minlaydi.
Xolding kompaniyalarining faoliyati "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar
xuquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun va "Xolding haqida Nizom",
shuningdek, monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi.
Xolding boshqa aksiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar shakliga
kiradi.
Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli
o‘zga jamiyatlarning aksiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun odatdagi hol.
Shuning uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aksiyalaridan iborat bo’lgan
jamiyatlar xolding kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding kompaniyalari faoliyati
aksiyalar majmuasini boshqarish, birja operatsiyalaridan tushadigan dividentlar
va daromadlarni to‘plash, hamda aksiyador jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish,
ularni boshqaruv organlariga o‘z kadrlarini tayinlash kabi vakolatlarga egadir.
Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni
integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni
yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Kapitalining 50 foizidan ko‘prog‘ini boshqa emitentlarning qimmatbaho
qog‘ozlari va bo‘lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy
xolding hisoblanadi. Uning aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog‘ozlar va
boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek, boshqaruv apparati yuritishni ta’minlash
uchun bevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin.
Moliyaviy xolding sho‘hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat
faoliyatiga aralashish xuquqiga ega emas.
Moliya-sanoat guruhlari. Moliya - sanoat guruhiga - kredit-moliya va
investisiya
muassasalari,
korxonalar
va
tashkilotlarning
ishlab
chiqarishni
xalqaro
ko‘lamda
ixtisoslashtirish
va
kooperatsiyalashni
chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag‘larini
birlashtirib, tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma.
Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-huquqiy turdagi
korxonalar, shuningdek, kredit-moliya, investisiya va boshqa muassasalari,
nodavlat pensiya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, sug‘urta tashkilotlari,
shu jumladan, xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari bo‘la
oladilar.
Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega:
- ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish va shu
asosda yangi umumiqtisodiy makonni yaratish;
-
investisiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik- iqtisodiy darajasi,
mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
-
investisiya resurslarini fan yechimlarini ko‘p talab qiluvchi tarmoqlarga,
transport, telekommunikasiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘naltirish;
-
o‘z tarkibida korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil tuzilma bo‘g‘inlari
vakolatli bank, savdo uyi, ta’minot-sotish tashkiloti, marketing bo‘yicha bulinmalar
va hokazolarni tashkil etish;
-
iqtisodiyotning
tuzilmaviy
qayta
qurilishiga
ko‘maklashish
va
boshqalar.
Agrofirmalar
-
tuman
qishloq
xo‘jalik
majmuining
rivojlanishini
ta’minlash maqsadida, paxtakor va boshqa xo‘jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, xuquqiy shaxs
maqomiga ega bo‘lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organi.
Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetkazib berish;
- qishloq xo‘jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlash;
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish,
moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish;
- xo‘jaliklar va boshqa korxonalarga investisiyalarni jalb qilishda
ko‘maklashish;
- marketingni tashkil etish, bozor holatini (kong‘yukturasini) o‘rganish va
xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini
sotishda ko‘maklashish hamda o‘z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni
bajarish.
1.3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti
Korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
• Ichki muhit
• Korxona faoliyati
• Tashqi muhit
Bugungi kunda korxona faoliyatining pirovard natijalari ko‘p jihatdan uni o‘rab
turgan tashqi muhitga va ichki shart-sharoitlariga bog‘liq. Bozor munosabatlari o‘z
- o‘zidan ishlab chiqarishga raxbarlik qilishni ta’minlamaydi, mehnatni normal
tashkil qilmaydi, foydani ta’minlab bermaydi.
Korxona faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar tahsir ko‘rsatadi. Ichki muxit
- bu odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag‘i. Ularning