Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari

Yuklangan vaqt

2024-11-19

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

110,6 KB


 
 
 
 
 
 
Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari 
 
Reja 
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. Geodeziya fani to’g’risida ma’lumot. 
3. Geodeziya ishlarini olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot 
4. Geoid tushunchasining tarkib topishi 
5. Yerning matematik modeli 
6. Yer ellipsoidi va uning o’lchamlari. 
 
 
Tayanch so’zlar: topografiya, kartografiya, geodeziya, Beruniy, joy plani, 
kartometriya, GIS, Ptolomey, Merkator, Geoid, Ellipsoid, Shar, Listing, mutloq 
balandlik, nisbiy balandlik, Krassovskiy, qutbiy siqiqlik, ekvator, meridian, parallel, 
masshtab 
 
Topografiya va kartografiya asoslari fani geografik fanlar ichida muhim 
fanlardan biri bo’lib, unda kishilik jamiyatida va inson faoliyatida muhim 
hisoblanadi. Kishilik jamiyatida kartaning o’rni alohida bo’lib, turli geografik 
tadqiqotlar va er yuzasidagi voqea-hodisalarning hududiy tarqalishi kartada yaqqol 
namoyon bo’ladi. Geografik kartalar asosini topografik kartalar tashkil qiladi. 
Birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topo plani va 
kartasi tuziladi. Joyning topo kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan 
geodezik asos bo’lishi zarur. Bu orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa 
o’lchamlari aniqlanadi.  
 
Geodeziya – (grekcha-geo-yer, dio – o’lchash , ya’ni yerni o’lchash degan 
ma’noni bildiradi) yerning shakli va kattaligini o’lchash, yer yuzasida har xil 
injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur 
Kursning maqsadi va vazifalari. Yerning shakli va o’lchamlari Reja 1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Geodeziya fani to’g’risida ma’lumot. 3. Geodeziya ishlarini olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot 4. Geoid tushunchasining tarkib topishi 5. Yerning matematik modeli 6. Yer ellipsoidi va uning o’lchamlari. Tayanch so’zlar: topografiya, kartografiya, geodeziya, Beruniy, joy plani, kartometriya, GIS, Ptolomey, Merkator, Geoid, Ellipsoid, Shar, Listing, mutloq balandlik, nisbiy balandlik, Krassovskiy, qutbiy siqiqlik, ekvator, meridian, parallel, masshtab Topografiya va kartografiya asoslari fani geografik fanlar ichida muhim fanlardan biri bo’lib, unda kishilik jamiyatida va inson faoliyatida muhim hisoblanadi. Kishilik jamiyatida kartaning o’rni alohida bo’lib, turli geografik tadqiqotlar va er yuzasidagi voqea-hodisalarning hududiy tarqalishi kartada yaqqol namoyon bo’ladi. Geografik kartalar asosini topografik kartalar tashkil qiladi. Birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topo plani va kartasi tuziladi. Joyning topo kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan geodezik asos bo’lishi zarur. Bu orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o’lchamlari aniqlanadi. Geodeziya – (grekcha-geo-yer, dio – o’lchash , ya’ni yerni o’lchash degan ma’noni bildiradi) yerning shakli va kattaligini o’lchash, yer yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur  
 
bo’lgan geodezik tayanch punktlarini tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning 
tuzilishini va u bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. 
 
Geodeziya oliy, quyi va injinerlik geodeziyaga bo’linadi: Oliy geodeziya – 
yerning shaklini, uning o’lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik 
nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o’lchash ishlari 
va ularni tashkil qilish bilan shug’illanadi. Quyi geodeziya – er yuzasining ayrim 
bo’laklarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o’lchash usullarini va 
geodezik asboblar bilan ishlash usullarini o’rganadi. Injinerlik geodeziya - injinerlik 
inshoatlarining o’rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda loyihalashda 
bajariladigan ishlar bilan shug’illanadi. 
 
Topografiya – (grekcha topos-joy, grafo-tasvirlash) yer yuzasining ma’lum bir 
kichik qismini plan yoki kartada tasvirlash usullarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda 
topografik plan olishda aero va kosmosur’atlardan foydalanilmoqda. 
 
Kartografiya – tabiat va jamiyatda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan voqea va 
hodisalarning tarqalishini, ularning o’zaro bog’liqligini, kartografik ma’lumotlarni 
belgi-modellar vositasida ko’rgazmali ravishda tasvirlash yo’llarini o’rgatuvchi fan 
hisoblanadi. Kartografiya – qadimiy fanlardan biri bo’lib, dastlab milodning 2-asrida 
yashagan Klavdiy Ptolomey tomonidan fanga kiritilgan. 
Geodezik ishlarni olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot. 
bo’lgan geodezik tayanch punktlarini tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini va u bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. Geodeziya oliy, quyi va injinerlik geodeziyaga bo’linadi: Oliy geodeziya – yerning shaklini, uning o’lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o’lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan shug’illanadi. Quyi geodeziya – er yuzasining ayrim bo’laklarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o’lchash usullarini va geodezik asboblar bilan ishlash usullarini o’rganadi. Injinerlik geodeziya - injinerlik inshoatlarining o’rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda loyihalashda bajariladigan ishlar bilan shug’illanadi. Topografiya – (grekcha topos-joy, grafo-tasvirlash) yer yuzasining ma’lum bir kichik qismini plan yoki kartada tasvirlash usullarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda topografik plan olishda aero va kosmosur’atlardan foydalanilmoqda. Kartografiya – tabiat va jamiyatda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan voqea va hodisalarning tarqalishini, ularning o’zaro bog’liqligini, kartografik ma’lumotlarni belgi-modellar vositasida ko’rgazmali ravishda tasvirlash yo’llarini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Kartografiya – qadimiy fanlardan biri bo’lib, dastlab milodning 2-asrida yashagan Klavdiy Ptolomey tomonidan fanga kiritilgan. Geodezik ishlarni olib borish to’g’risida tarixiy ma’lumot.  
 
Topografiya va kartografiya asoslari fani tarixi ham boshqa fanlar qatori 
tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa 
davrida paydo bo’lgan. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda Shimoliy 
Italiyadagi tog’larda toshlaraga yo’llar, daryolar va sug’oriladigan erlar 
tasvirlanganligi ma’lum va ular har xil chiziqli shakllardan tashkil topgan. Bunday 
tasvirlar qadimgi Vaviloniya shahrining arxeologik tasvirlarida ham uchraydi. O’rta 
Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 5-
asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda uchraydi. 
K.Ptolomey tomonidan yaratilgan “Geografiya” kitobida 27 ta kartadan iborat 
“Dunyo atlasi”ni yaratadi, bu atlasda daraja to’rlari ham tasvirlanadi. Yunon olimi 
Erotosfen tomonidan yer yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqlik orqali 
aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan. 
Strabon tomonidan yaratilagn kitoblarda yerning sharsimonligi va uni o’lchash 
usullari to’g’risida, o’sha davrlarda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari va 
ularning geografik tasvirlari bayon etilgan.  
 
 Bundan tashqari o’rta asrlarda Evropada kartografiya fani buyuk geografik 
kashfiyotlar davrida rivojlandi va maxsus kartalar tuzilgan. 16-asr o’rtalarida 
g’arbda  kompas yordamida oddiy o’lchash usuli bilan olingan topografik planlar 
vujudga kelgan. 1570 yilda yaratilgan Avraam Ortemeyning “Er shari manzarasi”, 
1569 yilda yaratilgan Gerard Merkatorning “Dunyo kartasi” va “Dunyo atlasi”, 
Vegenerning “Dengiz atlasi” sermazmunligi bilan ajralib turadi. 
Insoniyat tarixiy rivojlanish davomida ehtiyoji uchun turli o’lchash ishlarini 
olib borgan bo’lib, o’lchash ishlari vaqtida nuqtalarning bir-biriga nisbatan baland-
pastligi aniqlanadi. Topografiyada nuqtalarning baland-pastligini aniqlash Yerning 
umumiy shakliga nisbatan belgilanadi. Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar, 
tekisliklar, pastekisliklar, tog’lar, daryolar ko’llar va boshqalardan iborat. Yerning 
tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi, bu yuza geometrik-matematik model 
jihatidan murakkab bo’lib, undagi barcha nuqtalarning balandligi yerning umumiy 
shakliga bog’lanadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi 
sathini fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan yumaloq shakl GEOID (yunoncha 
“yerning ko’rinishi” ma’nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid  – deb atashni 
1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808-1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma joyda 
Topografiya va kartografiya asoslari fani tarixi ham boshqa fanlar qatori tarixiy manbalar asosida o’rganiladi. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lgan. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda Shimoliy Italiyadagi tog’larda toshlaraga yo’llar, daryolar va sug’oriladigan erlar tasvirlanganligi ma’lum va ular har xil chiziqli shakllardan tashkil topgan. Bunday tasvirlar qadimgi Vaviloniya shahrining arxeologik tasvirlarida ham uchraydi. O’rta Osiyo haqidagi dastlabki geografik va kartografik ma’lumotlar miloddan avvalgi 5- asrlarda yashagan yunon allomasi Geradot tomonidan yozilgan asarlarda uchraydi. K.Ptolomey tomonidan yaratilgan “Geografiya” kitobida 27 ta kartadan iborat “Dunyo atlasi”ni yaratadi, bu atlasda daraja to’rlari ham tasvirlanadi. Yunon olimi Erotosfen tomonidan yer yuzasidagi joylarning o’rinlari, kenglik va uzoqlik orqali aniqlash va gradus o’lchash yo’li bilan aniq o’lchash usullari ishlab chiqilgan. Strabon tomonidan yaratilagn kitoblarda yerning sharsimonligi va uni o’lchash usullari to’g’risida, o’sha davrlarda ma’lum bo’lgan hududlarning kartalari va ularning geografik tasvirlari bayon etilgan. Bundan tashqari o’rta asrlarda Evropada kartografiya fani buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlandi va maxsus kartalar tuzilgan. 16-asr o’rtalarida g’arbda kompas yordamida oddiy o’lchash usuli bilan olingan topografik planlar vujudga kelgan. 1570 yilda yaratilgan Avraam Ortemeyning “Er shari manzarasi”, 1569 yilda yaratilgan Gerard Merkatorning “Dunyo kartasi” va “Dunyo atlasi”, Vegenerning “Dengiz atlasi” sermazmunligi bilan ajralib turadi. Insoniyat tarixiy rivojlanish davomida ehtiyoji uchun turli o’lchash ishlarini olib borgan bo’lib, o’lchash ishlari vaqtida nuqtalarning bir-biriga nisbatan baland- pastligi aniqlanadi. Topografiyada nuqtalarning baland-pastligini aniqlash Yerning umumiy shakliga nisbatan belgilanadi. Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar, tekisliklar, pastekisliklar, tog’lar, daryolar ko’llar va boshqalardan iborat. Yerning tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi, bu yuza geometrik-matematik model jihatidan murakkab bo’lib, undagi barcha nuqtalarning balandligi yerning umumiy shakliga bog’lanadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi sathini fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan yumaloq shakl GEOID (yunoncha “yerning ko’rinishi” ma’nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid – deb atashni 1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808-1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma joyda  
 
bir xil bo’lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o’zgaradi, 
shuning uchun u ellipsoid shaklga o’xshab ketadi. 
Topografik yuzadagi nuqtalarning balandligi sathiy yuzadan, mamlakatimizda 
balandliklar Boltiq dengizidagi Kronshtadt futshtogidan hisoblanadi. Aynan shu 
nuqtaga nisbatan hisoblangan balandlik mutloq balandlik deyiladi. YEr yuzasidagi 
ikki nuqta balandliklari orasidagi farq nisbiy balandlik deyiladi. Odatda mutloq 
balandlik N harfi bilan, nisbiy balandlik N1 bilan belgilanadi. V nuqtaning A nuqtaga 
nisbatan balandligi, ya’ni nisbiy balandligi musbat bo’lsa (+), manfiy bo’lsa (-) 
ishora bilan yoziladi. Agar er yuzasidagi biror nuqtaning balandligi 0 metrdan baland 
bo’lsa, kartalarda ishora qo’yilmaydi, 0 metrdan past bo’lsa manfiy ishora qo’yiladi. 
Yer ellipsoidi, uning o’lchamlari 
Bir necha asrlardan buyon o’lchash ishlarining natijalari shunga olib kelganki, geoid 
shakl ellipsning kichik o’qlari atrofida aylanishida hosil bo’lgan Er -sferoid shaklga 
o’xshaydi. SHuning uchun uning o’lchamlari turli davrlarda bir necha olimlar 
tomonidan hisoblab chiqilgan. 
№ 
Olimlar nomi 
a 
v 
& (alfa) 
yili 
 
Metr hisobida 
1 
Delamber 
6375653 6356564 
1:334 
1800 (Fransiya) 
2 
Besselь 
6377397 6356079 
1:299,2 
1841 (Germaniya) 
3 
Klark 
6378249 6356515 
1:293,5 
1880 (Angliya) 
4 
Xeyford 
6378388 6356909 
1:297 
1909 (AQSH) 
5 
Krassovskiy 
6378245 6356863 
1:298,3 
1940 (Rossiya) 
 
Bu erda a-ellipsoidning katta yarim o’qi 
              v- ellipsoidning kichik yarim o’qi 
                            a-v 
&(alfa) =   ------------    -  qutblarning siqiqligi 
a 
 
Hozirgi vaqtda  er ellipsoidining elementlari F.N.Krassovskiy va 
A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda Krassovskiy ellipsoidi 
asos qilib olingan.  
bir xil bo’lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o’zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o’xshab ketadi. Topografik yuzadagi nuqtalarning balandligi sathiy yuzadan, mamlakatimizda balandliklar Boltiq dengizidagi Kronshtadt futshtogidan hisoblanadi. Aynan shu nuqtaga nisbatan hisoblangan balandlik mutloq balandlik deyiladi. YEr yuzasidagi ikki nuqta balandliklari orasidagi farq nisbiy balandlik deyiladi. Odatda mutloq balandlik N harfi bilan, nisbiy balandlik N1 bilan belgilanadi. V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nisbiy balandligi musbat bo’lsa (+), manfiy bo’lsa (-) ishora bilan yoziladi. Agar er yuzasidagi biror nuqtaning balandligi 0 metrdan baland bo’lsa, kartalarda ishora qo’yilmaydi, 0 metrdan past bo’lsa manfiy ishora qo’yiladi. Yer ellipsoidi, uning o’lchamlari Bir necha asrlardan buyon o’lchash ishlarining natijalari shunga olib kelganki, geoid shakl ellipsning kichik o’qlari atrofida aylanishida hosil bo’lgan Er -sferoid shaklga o’xshaydi. SHuning uchun uning o’lchamlari turli davrlarda bir necha olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan. № Olimlar nomi a v & (alfa) yili Metr hisobida 1 Delamber 6375653 6356564 1:334 1800 (Fransiya) 2 Besselь 6377397 6356079 1:299,2 1841 (Germaniya) 3 Klark 6378249 6356515 1:293,5 1880 (Angliya) 4 Xeyford 6378388 6356909 1:297 1909 (AQSH) 5 Krassovskiy 6378245 6356863 1:298,3 1940 (Rossiya) Bu erda a-ellipsoidning katta yarim o’qi v- ellipsoidning kichik yarim o’qi a-v &(alfa) = ------------ - qutblarning siqiqligi a Hozirgi vaqtda er ellipsoidining elementlari F.N.Krassovskiy va A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda Krassovskiy ellipsoidi asos qilib olingan.  
 
Yer – quyosh tizimidagi uchinchi sayyora bo’lib, Yerdan quyoshgacha 
bo’lgan masofa 149,6 mln. km ni tashkil qiladi. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha 
harakati sekundiga 29,8 km ni, Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km, yer o’z o’qi 
atrofida 23,43 soatda bir marta aylanib chiqadi. 
F.N.Krassovskiy ma’lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagilar: 
Ekvotorial radius yoki katta yarim o’q – 6378,245 km 
Qutbiy radius yoki kichik yarim o’q – 6356,863 km 
O’rtacha radius – 6371,110 km 
Qutbiy siqiqlik – 1:298 yoki 21,36 km 
Ekvotorial siqiqlik – 1:30000 yoki 213 km 
Meridian uzunligi – 40008,550 km 
Ekvator uzunligi – 40075,696 km 
Yer yuzasining maydoni – 510083000 km2 
Yerning hajmi – 1,083 x 1012 km 
Hozirgi paytda Er shaklining bir necha variantlari mavjud, chunki yerning 
shakli umumlashgan tushunchadir.  
Sferoid – Yer shaklining umumiy va yirik ko’rinishi bo’lib, bunda yer bitta 
aylanish o’qiga va ekvotorial simmetrik tekislikka ega bo’ladi. Sferoid aniq 
ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xil bo’ladi, 
shuning uchun yer shaklining sferoid ko’rinishi yerning haqiqiy shakliga 
o’xshamaydi. 
Ellipsoid– asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvotorial simmetriya tekisligi 
mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi 
geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik andozalarni tuzishda 
ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km, katta yarim o’q 6378,16 
km, kichik yarim o’q – 6356,77 km, ekssentrisitet – 1/298,25 ni tashkil qiladi. 
Uch o’qli ellipsoid – Yerning ekvotorial kesimi ham ellips shaklga ega 
ekanligi aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi 200 m atrofida ekssentrisitet – 
1/30000 ni tashkil qiladi. Yerning bu ko’rinishidan geografik tadqiqotlarda umuman 
foydalanilmaydi. 
Yer – quyosh tizimidagi uchinchi sayyora bo’lib, Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa 149,6 mln. km ni tashkil qiladi. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha harakati sekundiga 29,8 km ni, Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km, yer o’z o’qi atrofida 23,43 soatda bir marta aylanib chiqadi. F.N.Krassovskiy ma’lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagilar: Ekvotorial radius yoki katta yarim o’q – 6378,245 km Qutbiy radius yoki kichik yarim o’q – 6356,863 km O’rtacha radius – 6371,110 km Qutbiy siqiqlik – 1:298 yoki 21,36 km Ekvotorial siqiqlik – 1:30000 yoki 213 km Meridian uzunligi – 40008,550 km Ekvator uzunligi – 40075,696 km Yer yuzasining maydoni – 510083000 km2 Yerning hajmi – 1,083 x 1012 km Hozirgi paytda Er shaklining bir necha variantlari mavjud, chunki yerning shakli umumlashgan tushunchadir. Sferoid – Yer shaklining umumiy va yirik ko’rinishi bo’lib, bunda yer bitta aylanish o’qiga va ekvotorial simmetrik tekislikka ega bo’ladi. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xil bo’ladi, shuning uchun yer shaklining sferoid ko’rinishi yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Ellipsoid– asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvotorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik andozalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km, katta yarim o’q 6378,16 km, kichik yarim o’q – 6356,77 km, ekssentrisitet – 1/298,25 ni tashkil qiladi. Uch o’qli ellipsoid – Yerning ekvotorial kesimi ham ellips shaklga ega ekanligi aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi 200 m atrofida ekssentrisitet – 1/30000 ni tashkil qiladi. Yerning bu ko’rinishidan geografik tadqiqotlarda umuman foydalanilmaydi.  
 
Geoid – Ersimon shakl degan ma’noni bildiradi, dunyo okeanining o’rtacha 
sathiga mos keladigan yuza sathi bo’lib, bu yuzada og’irlik kuchi bir xil qiymatga 
ega, bu yuza gorizontal holatda bo’ladi. 
Tarjima 
Xaritalardan geofazoviy ma'lumotlarni ko'rish uchun yoki ob'ektlarni 
joylashishini yoki Yer yuzidagi hodisalarni bilish uchun foydalaniladi. Xaritalar  
foydalanuvchilarga geofazoviy munosabatlarni yaxshiroq tushunish uchun yordam 
beradi. Xaritalaridan masofalar, yo'nalishlar, maydon o’lchami bo'yicha axborot 
olish mumkin, satxni aniqlash, geogrfik munosabatlarni tushunish va aniqlashtirish 
mumkin. 1980 yildan buyon, raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida, 
geofazoviy axborot ma'lumotlar bilan ishlashni tezlashtirish mumkin bo'ldi. 
Binobarin, xaritalarda ishlatiladigan muhit bilan ishlash foydalanuvchilar uchun 
ancha o'zgardi. Kompyuter bilan ekran xaritalari keldi. Bu xaritalar orqali, 
ma'lumotlar bazasini o’zgartirish va ba'zi asosiy analitik funktsionalliklar haqida 
ma’lumot olish mumkin bo’ldi. 1980-yillardagi so’rovlar va geofazoviy tahlillar 
bazasi uchun dasturiy paketlar geografik axborot tizimlari (GAT) sifatida tanildi. 
Ularning funktsionalligi oshdi, ularning ta’siri geofazoviy axborot bilan ishlaydigan 
barcha sohalarga yoyildi. GAT turli xil manbalardan olingan geofazoviy 
axborotnining integratsiyasini yo’lga qo’ydi. Uning funksiyonalligi birlashgan 
axborotlarni boshqarish, tahlil qilish va vizuallashtirish qobiliyatini taqdim etadi. 
Endi foydalanuvchilar dasturiy modellarini joylashtirishlari “Qayer supermarket 
zanjiri uchun eng maqbul joy ” yoki “ Ushbu reja atrof-muhitdagi maydonga qanday 
ta’sir ko’rsatadi” degan savollariga javob olishlari mumkin bo’ldi.1 
 
                                                 
1Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: visualization of geospatial data. Edinburgh. 
Pearson education limited. 2010. 
 
Geoid – Ersimon shakl degan ma’noni bildiradi, dunyo okeanining o’rtacha sathiga mos keladigan yuza sathi bo’lib, bu yuzada og’irlik kuchi bir xil qiymatga ega, bu yuza gorizontal holatda bo’ladi. Tarjima Xaritalardan geofazoviy ma'lumotlarni ko'rish uchun yoki ob'ektlarni joylashishini yoki Yer yuzidagi hodisalarni bilish uchun foydalaniladi. Xaritalar foydalanuvchilarga geofazoviy munosabatlarni yaxshiroq tushunish uchun yordam beradi. Xaritalaridan masofalar, yo'nalishlar, maydon o’lchami bo'yicha axborot olish mumkin, satxni aniqlash, geogrfik munosabatlarni tushunish va aniqlashtirish mumkin. 1980 yildan buyon, raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida, geofazoviy axborot ma'lumotlar bilan ishlashni tezlashtirish mumkin bo'ldi. Binobarin, xaritalarda ishlatiladigan muhit bilan ishlash foydalanuvchilar uchun ancha o'zgardi. Kompyuter bilan ekran xaritalari keldi. Bu xaritalar orqali, ma'lumotlar bazasini o’zgartirish va ba'zi asosiy analitik funktsionalliklar haqida ma’lumot olish mumkin bo’ldi. 1980-yillardagi so’rovlar va geofazoviy tahlillar bazasi uchun dasturiy paketlar geografik axborot tizimlari (GAT) sifatida tanildi. Ularning funktsionalligi oshdi, ularning ta’siri geofazoviy axborot bilan ishlaydigan barcha sohalarga yoyildi. GAT turli xil manbalardan olingan geofazoviy axborotnining integratsiyasini yo’lga qo’ydi. Uning funksiyonalligi birlashgan axborotlarni boshqarish, tahlil qilish va vizuallashtirish qobiliyatini taqdim etadi. Endi foydalanuvchilar dasturiy modellarini joylashtirishlari “Qayer supermarket zanjiri uchun eng maqbul joy ” yoki “ Ushbu reja atrof-muhitdagi maydonga qanday ta’sir ko’rsatadi” degan savollariga javob olishlari mumkin bo’ldi.1 1Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: visualization of geospatial data. Edinburgh. Pearson education limited. 2010.