LIMFA TIZIMNING FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. YUZA VA CHUQUR LIMFA TUGUNLARNI JOYLASHUVI VA PROEKSIYASI, ASOSIY LIMFA OQIMLARI. TALOQ: TUZILISHI, KLINIK AHAMIYATI.
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
18
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
317,0 KB
LIMFA TIZIMNING FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. YUZA
VA CHUQUR LIMFA TUGUNLARNI JOYLASHUVI VA PROEKSIYASI,
ASOSIY LIMFA OQIMLARI.
TALOQ: TUZILISHI, KLINIK AHAMIYATI.
Limfatik tizimi
Limfatik sistema qon tomirlar sistemasiga qo`shimcha ravishda kapillyarlarga
so`rila olmaydigan moddalarni to`qima va hujayralardan chiqarib turadigan
tomirlar sistemasidan iborat. Limfatik kapillyarlarga molekula og`irligi va xajmi
katta bo`lgan moddalar (oqsil moddalar, yog`lar, hujayralar, bakteriyalar, viruslar)
so`riladi.
Limfa to`qimalari: limfotsit - qonning shaklli elementini ham ishlab chiqaradi.
Limfatik sistemaning quyidagi tarkibiy qismlari bo`ladi:
1. limfatik kapillyarlar
2. limfa kapillyarlarining to`ri
3. limfa tomirlar
4. limfa tugunlar
5. asosiy limfa yo`llari.
Limfatik kapillyarlar – to`qimalardan qovuzloq shaklida, berk kengayma
holatida boshlanuvchi naychalarning tizimidan iborat. Qon tomir kapillyarlari
aksincha arteriola va venulalar bilan bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naycha bo`lib
hisoblanar edi. Qon tomir kapillyarlari singari, limfa kapillyarlarining devori ham
bir qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan bo`ladi. Lekin limfatik kapillyarlarining
diametri kattaroq bo`ladi.
Limfatik kapillyarlar quyidagi sohalarda uchramaydi:
1) bosh miya va orqa miyada;
2) tog`ay moddalarda;
3) terining epidermis qavatida;
4) ichki a’zolarning epiteliy qatlamida.
Limfatik kapillyarlar berk holatda boshlanib, limfatik kapillyar to`rini hosil
qiladi. Limfatik to`rdan limfa tomirlari boshlanadi. Bu tomirlar devori qalinlashadi,
devorida silliq mushak tolalari bo`ladi, uning ichida limfa suyuqligi bir tomonga
oqishini ta’minlovchi klapanlar bo`ladi. Yirik limfa tomirlar vena qon tomirlar
bilan birga joylashib, ularning nomi bilan ataladi. Limfa tomirlari ma’lum joylarda
limfa tugunlarida bo`linadi. Qo`l limfa tomirlari asosiy limfa yo`llariga
quyilguncha 5-8 marotaba limfa tugunlari – nodilus lymphaticus da bo`linib
o`tadi. Oyoqda esa 8-10 marotaba limfa tugunlarda bo`linib, so`ngra asosiy limfa
yo`llariga quyiladi.
Limfa tugunlarining miqdori tuban darajadagi sut emizuvchi hayvonlardan
primatlarga qarab osha boradi. Limfa tugunlari odamda ayniqsa ko`p bo`lib, jag`
ostida, bo`yinda, traxeya va bronxlar atrofida, qorin bo`shlig`idagi a’zolarda, ichak
tutqichida, chov sohasida, qo`ltiq osti chuqurchasida, tirsak chuqurchasida, tizza
osti chuqurchasida uchraydi.
Limfa tugunlari zich qo`shuvchi to`qimadan tuzilgan kapsula cortex bilan
o`ralgan. Bu kapsula limfa tugunlarining ichiga to`siqlar chiqaradi. To`siqlar
orasida limfoid (cortex) moddasi va mag`iz (medulla) moddasi shaklida
joylashadi.
Har bir limfa tugunchaga bir necha limfa keltiruvchi tomir – vas afferentia -
qo`yiladi. Bu limfa keltiruvchi tomirlar kapsulani teshib o`tib, sinuslarga ochiladi.
Limfa suyuqlig`iga limfa tugunlarida takomil etgan limfotsit qo`shilib, tugunlardan
chiqib ketuvchi tomirlar – vasa efferentia ga o`tadi. Olib chiqib ketuvchi limfa
tomirlarining miqdori kamroq, lekin diametri kattaroq bo`ladi.
Limfa tugunlarining vazifasi:
1) limfotsit yetishadi;
2) limfa suyuqlig`i tozalanadi;
3) antitela ishlab chiqarib bar’erlik vazifasini o`taydi;
4) to`qimalar ushlanib qolib, mexanik filtr vazifasini o`taydi.
Kalla sohasidagi limfa tugunlar. Nadi lymphoidei capitis
1. Nodi occipitales – ensa tugunlari;
2. Nodi mastoidei – so`rg`ichsimon o`simta sohasidagi tugunlar;
3. Nodi paratidei superficiales – quloq oldi so`lak bezining yuzaki tugunlari;
4. Nodi parotoidei profundi – quloq oldi so`lak bezining chuqur tugunlari.
Bu tugunlar guruxini quyidagi tugunlar hosil qiladi:
a) nodi preauriculares – quloq oldi tugunlari;
b) nodi infraauriculares – quloq osti tugunlari;
v) nodi intraglandulares – quloq oldi so`lak bezi ichidagi tugunlar;
8. Nodi submandibulares – pastki jag` osti tugunlari.
Bo`yin sohasidagi limfa tugunlar. Nadi lymphoidei colli
Bo`yindagi limfa tugunlari quyidagi guruxlarga bo`linadi:
I. Nodi cervicales anteriores – bo`yinning oldingi tugunlari;
II. Nodi cervicales laterales – bo`yinning yon tugunlari;
III. Nodi supraclaviculares – o`mrov ustidagi tugunlar;
IV. Nodi accesorii – qo`shimcha tugunlar.
I. Bo`yinning oldingi tugunlari quyidagi gurux tugunlardan hosil bo`ladi:
1) nodi superficiales – yuzaki tugunlar;
2) nodi profundi – chuqur tugunlar guruxi. Bu gurux quyidagi tugunlardan
hosil bo`ladi:
a) nodi infrahyoidei – til osti suyagining ostidagi tugunlar. Uning tarkibiga
nodi prelaryngei – xiqildoq oldi tugunlari kiradi;
b) nodi thuroidei – qalqonsimon bez sohasidagi tugunlar;
v) nodi pretracheales – traxeya oldi tugunlari;
g) nodi paratracheales – traxeya atrofidagi tugunlar;
d) nodi retropharyngeales – halqum orqasidagi tugunlar.
II. Bo`yinning yon tugunlari guruxi quyidagi tugunlardan hosil bo`ladi:
1) nodi superficiales – yuzaki tugunlar;
2) nodi profundi superiores – chuqur joylashgan yuqoridagi tugunlar. Uning
tarkibida quyidagi tugunlar bo`ladi:
a) nodus jugulodigastricus – buyunturuq venasi va ikki qorinchali mushak
orasida;
b) nodus lateralis – yon tugunlar;
g) nodus anterior – oldingi tugunlar;
3) nodi profundi inferiores – chuqur joylashgan pastki tugunlar. Ularning
tarkibida quyidagi tugunlar bo`ladi:
a) nodus juguloomohyoideus – buyunturuq venasi va kurak – til osti
mushagi sohasidagi tugun;
b) nodus lateralis – yon tugun;
g) nodus anteriorus – oldingi tugun;
III. Qo`shimcha tugunlar tarkibi – nodi retropharyngeales – xalqum
orqasidagi tugunlardan tashkil topgan.
Qo`ldagi limfa tugunlar. Nodi lymphoidei membri superioris
Qo`ldagi limfa tugunlar qo`ltiq osti sohasida va tirsak bo`g`imi sohalarida
joylashadi.
1. Nodi lymphatici axillares – qo`ltiq sohasidagi limfa tugunlar yuzaki va
chuqur guruhlarga ajraladi.
Qo`ltiq sohasidagi yuzaki limfa tugunlar: kaftning ichki yuzasidan, bilakning
medial yuzasidan – v. basilica bo`ylab yo`nalgan limfa tomirlarini qabul qiladi.
Bilakning lateral yuzasidan limfa tomirlar – v. basilica bo`ylab yo`naladi va
yuzaki qo`ltiq tugunlariga quyiladi.
Qo`ltiq sohasidagi chuqur qo`ltiq tugunlariga: tirsak tugunlaridan chiquvchi
limfa tomirlar, yelka sohasidagi, yelka kamari sohasidan va ko`krakning yon
devoridagi limfa tomirlar quyiladi.
Qo`ltiqdagi limfa tugunlarga uning atrofidagi quyidagi limfa tugunlar quyiladi
:
a) nodi subscapulares – kurak osti limfa tugunlari;
b) nodi pectoralis – ko`krakning oldingi devoridagi limfa tugunlar;
v) nodi apicales – qultiq uchidagi tugunlar;
g) nodi humeralis – yelkadagi tugunlar;
d) nodi centrales – qultiq markazidagi tugunlar.
2) Nodi interpectorales – ko`krak mushaklari orasidagi tugunlar xam qo`ltiq
osti tugunlariga quyiladi;
3) Nodi deltopectorales – deltasimon mushak va ko`krak mushagi orasidagi
tugunlar xam qo`ltiq osti tugunlariga quyiladi;
4) Nodi brachiales – yelka mushaklari orasidagi tugunlar;
5) Nodi cubitales – tirsak bo`g`imi sohasidagi limfa tugunlar: kaftdagi va
bilakdagi vena qon tomirlar bilan birga yo`nalgan limfa tomirlarni qabul qiladi.
Bu tugunlarga qo`l panjasining suyaklaridagi va mushaklaridagi, bilakdagi
suyaklarning va mushaklarning limfa tomirlari quyiladi.
Bu gurux tugunlari tarkibiga yelka suyagi g`altagi ustidagi – nodi
supratrochleares tugunlari ham qo`shiladi.
6) Qo`ldagi tugunlar tarkibiga bilakdagi yuzaki tugunlar – nodi superficiales
kiradi;
7) Qo`ldagi tugunlar tarkibiga bilak mushaklari orasidagi chuqur tugunlar –
nodi profundi ham kiradi;
Ko`krak qafasidagi limfa tugunlar
Ko`krak qafasidagi limfa tugunlar uning devoridagi pariyetal tugunlarga va
ko`krakdagi a’zolarning tuguni - visseral guruhga bo`linadi.
Pariyetal limfa tugunlar quyidagilardan iborat:
1. Nodi intercostales – qovurg`alararo limfa tugunlar;
2. Nodi parasternales – ko`krak qafasining oldingi devoridagi limfa
tugunlar;
3. Nodi phrenici superiores – diafragmadagi ustki limfa tugunlar;
4. Nodi lymphatici paramammaria – oldingi devorning tashqi yuzasida –
sut bezining atrofidagi limfa tugunlar.
Ko`krak qafasidagi visseral limfa tugunlar.
1. nodi brachiocephalici – yelka – bo`yin tugunlari
2. nodi paratracheales – traxeya atrofidagi limfa tugunlar;
3. nodi tracheo-bronchiales superiores – traxeyaning bo`linish sohasidagi
ustki limfa tugunlar;
4. nodi tracheo-bronchiales inferiores – traxeyaning bo`linish sohasidagi
pastki limfa tugunlar;
5. nodi broncho pulmonales – o`pka darvozasi sohasidagi limfa tugunlar;
6. nodi intrapulmonales – o`pka ichidagi tugunlar;
7. nodi juxtaoesophageales – qizilo`ngach atrofidagi tugunlar;
8. nodi prevertebrales – umurtqa oldididagi tugunlar
9. nodi mediastinales posteriores – orqa ko`ks oralig`idagi limfa tugunlar;
10. nodi mediastinales anteriores – oldingi ko`ks oralig`idagi limfa
tugunlar;
11. nodi lymphatici paraoesophageales pulmonales – o`pkaning
qizilo`ngach atrofidagi limfa tugunlari;
12. nodi prepericardiales et pericardeales laterales – yurak xaltasi
atrofidagi limfa tugunlar.
Ko`krak qafasidagi limfa tugunlardan chiquvchi limfa tomirlar ikkita limfa
tomirlarga yig`iladi:
a) chap tarafdagi a’zo va to`qimalardan limfa - trunci bronchomediastenales
sinister - bu tomir – ko`krak limfa yo`li – ductus thoracicus ga quyiladi.
b) o`ng tarafdagi a’zo va to`qimalardan limfa – trunci bronchomediastinales
dexter ga - bu limfa tomiri esa o`ng limfa yo`li – ductus lymphaticus dexter ga
quyiladi.
Qorindagi limfa tugunlar. Nadi lymphoidei abdominis
Qorin devorining ustki qismidan limfa tomirlar qo`ltiq osti limfa tugunlari -
nodi lymphatici axillares ga quyiladi.
Qorin devorining pastki qismlaridan limfa tomirlar chov sohasidagi limfa
tugunlar – nodi lymphatici inguinales ga quyiladi.
Qorin bo`shlig`idagi limfa tugunlar qorin devorining ichki yuzasidagi
pariyetal limfa tugunlardan va qorin bo`shlig`idagi a’zolarning limfa tugunlari –
visseral limfa tugunlariga bo`linadi.
Pariyetal limfa tugunlar qorin aortasi va pastki kavak vena atrofida joylashadi
va bel sohasining limfa tugunlari – nodi lymphatici lumbales deyiladi.
Qorindagi pariyetal limfa tugunlari:
1) Nodi lumbales sinistri – belning chap tugunlari quyidagi tugunlardan
hosil bo`ladi:
a) nodi aortici laterales – aorta sohasidagi yon tugunlar;
b) nodi preaortici – aorta oldidagi tugunlar;
v) nodi retroaortici – aorta orqasidagi tugunlar;
2) nodi lumbales intermedii – belning oralig`idagi tugunlari;
3) nodi lumbales dextri – belning o`ng tugunlari quyidagi tugunlardan hosil
bo`ladi:
a) nodi cavales laterales – pastki kavak vena yonidagi tugunlar;
b) nodi precavales – pastki kavak vena oldidagi tugunlar;
v) nodi retrocavales - pastki kavak vena orqasidagi tugunlar;
4) nodi phrenici inferiores – diafragmaning ostidagi tugunlar;
5) nodi epigastrici inferiores – qorin devorining ostki tugunlari.
Visseral limfa tugunlar qorin bo`shlig`idagi aortaning toq tarmoqlari atrofida
joylashadi va quyidagi limfa tugunlardan iborat:
1. Nodi coyeliaci – shu nomli arteriya bo`ylab joylashgan limfa tugunlar;
2. Nodi pylorici – me’daning chiqish qismidagi limfa tugunlar;
3. Nodi gastrici sinistri – shu nomli arteriya bo`ylab joylashgan, me’daning
kichik egriligidagi limfa tugunlar;
4. Nodi gastrici dextri – shu nomli arteriya bo`ylab joylashgan, me’daning
kichik egriligidagi limfa tugunlar;
5. Nodi gastroomentales dextri et sinistri – o`ng va chap oshqozon – charvi
tugunlari;
6. Nodi pancreatici – oshqozon osti bezining tugunlari;
7. Nodi splenici – taloq tugunlari;
8. Nodi hepatici – jigar darvozasi sohasidagi limfa tugunlar;
9. Nodi pancreaticoduodenalis – me’da osti bezi va o`nikki barmoqli ichak
limfa tugunlari;
10. Nodi mesenterici superiores – shu nomli arteriya atrofida joylashgan
limfa tugunlar – ingichkia ichak tutqichidagi tugunlardan va yo`g`on ichakning
ko`p qismidan limfa tomirlarni qabul qiladi; Nodi mesenterici superiores tugunlar
guruxi quyidagi tugunlardan tashkil topgan:
a) nodi juxtaintestinales – ingichka ichak atrofidagi tugunlar;
b) nodi superiores centrales – yuqorigi markaziy tugunlar;
v) nodi ileocolici – yonbosh va yo`g`on ichak tugunlari;
g) nodi precoecales – ko`r ichak oldidagi tugunlar;
d) nodi retrocoecales – ko`r ichak orqasidagi tugunlar;
e) nodi appendiculares – chuvalchangsimon o`simta tugunlari;
n) nodi mesocolici – ko`ndalang chambar ichak to`tqichidagi tugunlar. O`z
navbatida bu tugunlar guruxi – nodi paracolici – ko`ndalang chambar ichak
yaqinidagi, nodi solici dextri, medii, sinistri, – ko`ndalang chambar ichak
to`tqichining o`ng, o`rta, chap tugunlaridan tashkil topgan.
11. Nodi mesenterici inferiores – shu nomli arteriya bo`ylab joylashadi va
yo`g`on ichakning tushuvchi va S-simon qismlaridan limfa tomirlarni qabul qiladi.
Nodi mesenterici inferiores – pastki tutqich tugunlari quyidagi tugunlardan hosil
bo`ladi:
a) nodi sigmoidei – S – simon ichak tugunlari ;
b) nodi rectales superiores – to`g`ri ichakning yuqorigi tugunlari;
Ingichka ichak devoridagi limfa tomirlari, uning shilliq qavatidagi
vorsinkalarning uchidan berk xoldagi limfa kapillyarlari sifatida boshlanadi.
Ingichka ichakdan yog` moddalari limfa kapillyarlariga o`tadi. Boshqa moddalar
esa (glyukoza, oqsil va h.k.) qon tomir kapillyarlariga so`riladi.
12 barmoqli ichakdan yo`nalayotgan limfatik tomirlar – nodi lymphatici
pancreaticoduodenalis limfa tugunlariga yig`iladi.
Och ichak va yonbosh ichakdan kelayotgan limfatik tomirlar ingichki ichak
tutqichidagi - nodi lymphatici mesenteriali - limfa tugunlariga quyiladi.
Ingichkia ichak tutqichining ildiz sohasida uning limfa tomiri – trunci
intestinales hosil bo`lib, bu tomir ko`krak limfa yo`li – ductus thoracicus ga yoki
o`ng bel limfa tomiri – truncus lumbali dextra ga quyiladi.
Chanoq sohasidagi va oyoqdagi limfa tugunlar.
Chanoq soxasidagi limfa tugunlari quyidagi guruxlarga ajraladi:
I. Nodi lymphoidei parietales – chanoq devoridagi pariyetal tugunlar;
II. Nodi lymphoidei viscerales – chanoq a’zolarining limfa tugunlari;
I. Chanoq devoridagi limfa tugunlar guruxi qon tomirlar bo`ylab joylashib
quyidagi tugunlardan hosil bo`ladi:
1) nodi iliaci communes – umumiy yonbosh venalari soxasidagi tugunlar
quyidagilardan tashkil topgan:
a) nodi mediales – medial tugun;
b) nodi intermedii – oraliqdagi tugunlar;
v) nodi laterales – lateral tugunlar;
g) nodi subaortici – aorta ostidagi tugunlar;
d) nodi promontorii – bel – dumg`aza bo`rtig`i sohasidagi tugunlar;
2) nodi iliaci externi – tashqi yonbosh venalar sohasidagi tugunlar
quyidagilardan tashkil topgan:
a) nodi mediales – medial tugunlar;
b) nodi intermedii – oraliqdagi tugunlar;
v) nodi laterales – lateral tugunlar;
g) nodi interiliaci – yonbosh orasidagi tugunlar;
d) nodi obturatorii – yopqich teshigi sohasidagi tugunlar;
3) nodi iliaci interni – ichki yonbosh venalar sohasidagi tugunlar
quyidagilardan tashkil topgan:
a) nodi gluteales superiores et inferiores – ustki va ostki dumba tugunlari;
b) nodi sacrales – dumg`aza tugunlari;
II. CHanoq a’zolarining limfa tugunlari:
1) nodi paravesicales – siydik qopchasi atrofidagi tugunlar quyidagilardan
tashkil topgan:
a) nodi prevesicales – siydik qopchasi oldidagi tugunlar;
b) nodi retrovesicales – siydik qopchasi orqasidagi tugunlar;
v) nodi vesicales lateralis – siydik qopchasining lateral tugunlari;
2) nodi parauterini – ayollarda – bachadon atrofidagi tugunlar;
3) nodi paravaginales – ayollarda qin atrofidagi tugunlar;
4) nodi pararectales – to`g`ri ichak atrofidagi tugunlar.
Oyoqdagi limfa tomirlar oyoqdagi qon tomirlar bilan birga yo`nalib taqim
chuqurchasi sohasidagi nodi lymphatici popliteales limfa tugunlarida hamda chov
sohasidagi - nodi lymphatici inguinales - limfa tugunlarida yakunlanadi.
O`z navbatida chov sohasidagi limfa tugunlar guruhi – nodi lymphatici
inguinales profundi dan tashkil topadi.
Oyoqdagi yuzaki limfa tomirlar teri osti venalari bilan birga yo`naladi. V.
saphena magna - katta teri osti venasi bilan birga yo`naladigan limfa tomirlar,
chovning yuzaki limfa tugunlari - nodi lymphatici inguinales superficiales ga
quyiladi. Oyoqning kichik teri osti venasi - v. saphena parva bilan birga
yo`naladigan limfa tomirlar taqim osti sohasidagi - nodi lymphatici popliteales
limfa tugunlariga quyiladi. Oyoq panjasining lateral chekkasidagi, IV barmoq
sohasidagi, boldirning lateral yuzasidagi yuzaki limfa tomirlar taqim osti limfa
tugunlariga quyiladi.
Oyoq panjasining qolgan I, II, III barmoqlari sohasidan, boldirning medial va
orqa yuzalaridagi yuzaki limfa tomirlar chov sohasidagi yuzaki tugunlarga
yig`iladi. CHov sohasidagi yuzaki tugunlar sonning yuzaki limfa tomirlarini, qorin
devorining yuzaki limfa tomirlarini, tashqi jinsiy a’zolarining limfa tomirlarini va
dumba sohasining yuzaki limfa tomirlarini qabul qiladi.
Oyoq panjasining suyaklaridan, mushaklaridan va to`qimalaridan,boldir
sohasining, suyak va mushaklaridan limfa tomirlar asosiy qon tomirlar bilan birga
yo`naladi va taqim osti limfa tugunlariga quyiladi. Taqim osti limfa tugunlari tizza
bo`g`imidagi limfa tomirlarni qabul qiladi.
Taqim osti limfa tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlar sondagi asosiy qon
tomirlar bilan birga yo`nalib, chuqur chov limfa tugunlarig quyiladi.
Chov sohasidagi chuqur limfa tugunlariga sonning suyaklaridan va
mushaklaridan limfa tomirlarni yig`adi.
Chov sohasidagi limfa tugunlardan chiqadigan limfa tomirlar tashqi yonbosh
arteriyalar bilan birga yo`nalib, bel limfa nayi trunci lumbales ga quyiladi.
Chanoq sohasidagi limfa tugunlar: tashqi yonbosh arteriya sohasida - nodi
lymphatici sacrales da joylashadi. Bu limfa tugunlarga chanoq devoridan va
chanoq ichidagi a’zolarning limfa tomirlari quyiladi. Chanoq limfa tugunlaridan
chiquvchi limfa tomirlar bel limfa nayiga - trunci lumbales ga yig`iladi.
Oyoqdagi limfa tugunlari – nodi lymrhoidei membri inferiores.
I. CHov sohasidagi limfa tugunlar – nodi lymphaidei inguinales ikki gurux
tugunlaridan tashkil topgan:
1).CHov sohasining yuzaki tugunlari – nodi inguinales superficiales
quyidagilardan tashkil topgan:
a) nodi superomediales – ustki medial tugunlar;
b) nodi superolaterales – ustki lateral tugunlar;
v) nodi inferiores – pastki tugunlar;
2) CHov sohasining chuqur tugunlari – nodi inguinales profundi
quyidagilardan tashkil topgan:
a) nodus proximalis – yuqoridagi tugunlar;
b) nodus intermedius – oraliqdagi tugunlar;
v) nodus distalis – pastki tugunlar;
II. Taqim osti sohasidagi tugunlar – nodi poplitei quyidagilardan tashkil
topgan:
a) nodi superficiales – yuzaki tugunlar;
b) nodi profundi – chuqur tugunlar;
III. Oldingi katta boldir venasi bo`ylab joylashgan tugun – nodus tibiales
anterior ;
IV. Orqa katta boldir venasi bo`ylab joylashgan tugun – nodus tibialis
posterior;
V . Kichik boldir venasi bo`ylab joylashgan tugun – nodus fibulares .
Ko`krak limfa nayi - ductus thoracicus.