LIPIDLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI.
REJA:
1. Lipidlarning umumiy tuzilishi
2. Yog’lar va moylar
3. Lipid, yog’lar va moylarning klassifikatsiyasi
Tayanch iboralar: Lipid, moy, Prostaglandinlar, Rezerv yog’lar, -
oksidlanish.
Odam organizmi lipidlari tuzilishi jihatdan ham tirik hujayrada ado etib
boradigan vazifalari jihatdan ham bir-biridan farq qiladigan birikmalarni o’z ichiga
oladi. Lipidlar eng muhim guruppalari quydagilardir.
1. Yog’ kislotalari tuzilishi jihatdan eng sodda lipidlar, ular organizmda boshqa
lipidlar parchalanishi yoki sintezida xosil bo’ladigan oraliq mahsulotdir.
2. Yog’lar (triatsilglitsirin) asosan rezerv energetik material vazifasini bajaradi.
Ovqat lipidlari asosan (taxminan 99%) yog’lardan iborat.
3. Fosfolipidlar
bilan
glikolipidlar
(murakkab
lipidlar)
hujayra
membranalarining eng muhim tarkibiy qismlaridir.
4. Steroidlar: bularning eng ko’p tarqalgani xolesterin. U hujayra molekulalari
tarkibiga struktura elementi bo’lib kiradi.
5. Prostaglandinlar belugrodli siklga ega bo’lgan yog’ kislotalar xosilalari.
Lipidlar metobolimi va funksiyalari bir qancha xususiyatlari ularning
gidrofobligidan kelib chiqadi. Yog’ bosishi, o’t-tosh kasalliklari, metabolik atsidoz,
ateroskleroz singari bir necha kasalliklar lipidlar almashinuvi izdan chiqishiga
bog’liq.
Organizmdagi yog’ kislotalarining juda ko’pchiligida uglerod atomlari juft sonda
bo’lib, yog’ kislotalari asosan 3-yo’nalishda sarflanadi.
1) Rezerv yog’lar tarkibiga qo’shiladi;
2) Murakkab lipidlar tarkibiga qo’shhiladi;
3) Uglerod dioksidi va suvgacha oksidlanib, energiyasidan AТF sintezi uchun
foydalaniladi.
Yog’lar (triatsilglitseridlar) gidrolizlanish natijasida xosil bo’ladigan yog’
kislotalarining oksidlanish yo’li bilan parchalanish universal bioximiyaviy protsess
bo’lib, barcha tirik organizmlarda bir xilda bo’ladi. bu prosessni katalizlovchi
fermentlar metoxondriylarda to’plangan. Yog’ kislotalar va oksidlanish yo’li
bilan parchalanadi.
-oksidlanishi:
Yog’ kislotalarining oksidlanish mexanizmi to’g’risidagi hozirgi zamon
tushunchalar Knoop tomonidan 1904 taklif qilingan gipoteza asosida yaratilgan.
Keyingi yillarda Grin, Ogao, Lordi, Lneninjer va boshqalarning bir qator
tajribalarida isbotlangan.
Hozirgi vaqtda yog’ kislotalarining oksidlanish protsessi va uning ayrim
replikatsiyalari xar tomonlama o’rganiladi. Oksidlanish replikatsiyalarida ishtirok
etadigan barcha oraliq moddalar koferment-A bilan bog’langan bo’ladi.
Yog’ kislotalar parchalanishdan oldin KoA yordamida aktivlashib, koferment-A
ning xosilasiga aylanishi lozim. Oksidlanish protsessining birinchi bosqichida erkin
kislota koferment-A va AТF bilan o’zaro replikatsiyaga kirishib, yog’ kislotalarning
energiyaga boy bo’lgan atsilli xosilalarini sintezlaydi. Replikatsiya atsil-KoA
sintetaza yoki tiokinaza fermenti ishtirokida katalizlanadi, yog’ kislotalarining
-oksidlanish prsessi metoxondriyalarida sodir bo’ladi. Chunki bu protsessni
katalizlovchi barcha fermentlar sistemalari shu organizmda joylashgan.
Yog’ kislotalarining -oksidlanishida ajralib chiqadigan atsetilin KoA bilan bir
vaqtda bir molekula qaytarilgan NAD va bir molekula qaytarilgan FAD ham xosil
bo’ladi. qaytarilgan bir molekula NAD ning nafas olish zanjiri orqali oksidlanishda
uch molekula AТF va qaytarilgan bir molekula FAD ning oksidlanishdan ikki
molekula AТF singdiriladi. Demak, -oksidlanish protsessida bir molekula atsetil-
KoA-Krebs siklida CO2 va H2O ga to’liq parchalanishda 12 molekula AТF xosil
bo’ladi. binobarin -oksidlanish protsessida bir molekula atsetil-KoA xosil bo’lishi
va uning to’liq parchalanish natijasida hammasi bo’lib, 17 molekula AТF
singdiriladi.
-oksidlanish:
O’simlaiklarda yog’ kislotalar boshqacha, ya’ni qo’shimcha yo’l bilan
oksidlanadi. -oksidlanishdan keskin farq qiladigan bu yo’l faqat tarkibida 13-18
ta uglerod atomi tutuvchi yuqori molekulyar yog’ kislotalar oksidlanadi. Bundan
tashqari, yog’ kislotalarni oldindan aktiv xolda keltirish ham talab qilinmaydi. Bu
prosessda xar doim yog’ kislotalarning -uglerod atomi oksidlanib, karboksil
guruppasi CO2 sifatida ajralib chiqadi va shuning uchun -oksidlanish deyiladi.
Yog’ kislotalar biosintezi:
Yog’ kislotalar atsetil-KoA dan sintezlanadi, sintez sitozolda bo’lib o’tadi. Yog’
kislotalar sintezi uchun sarflanadigan atsetil-KoA –karboksilada ta’sirida malonil
KoA ga aytiladi.
CH3-C-CKoA+CO2+AТFHOOC-CH-C-CKoA+ADF+H3PO4
Boshqa karboksilazalar singari, bu ferment tarkibida ham biotin bor, CO2 ning
subetratga o’tishda shu biotin bevosita ishtirok etadi.
Yog’ kislotalari sintezida palmitelsintetaza (yog’ kislotalar sintetazasi) asosiy
rolni o’ynaydi.
Yog’ kislotalar keyingi bosqichdagi reaksiyalarda manolil-KoA bir molekula
atsetil KoA bilan birikadi, bu reaksiyada CO2 ajralib chiqadi.
tiolaza
HOOC-CH2-C ~ S-KoA+CH3-CH~S-KOACH3-S-CH2-S~S-KoA+CO2+HS-
KoA
oksibutiril-KoA
Keyingi reaksiyada snol-KoA-gidrotaza fermenti ishtirokida bir molekula H2O
ajralib chiqadi va to’yinmagan birikma krotipil- KoA xosil bo’ladi.
CH3- CH - CH3- S~S-KoACH3-CH+CH-S~S-KoA
Krotinil-KoA
Oxirgi reaksiyada krotinil KoA yana bir molekula NADf N2 yordamida
qaytarilib, butiril- KoA ga aylanadi.
CH3-Sn-CH-S~S-KoA+NADF H2 CH3-CH2-CH2-S~S-KoA+NADf H2
butiril-KoA
demak, yuqoridagi reaksiyalar natijada aktiv xoldagi 2 molela atsetil-KoA dan
to’yingan4-uglerodli birikmabutiril-KoA paydo bo’ladi.
Yog’ kislotalar sintezi reaksiyalarining umumiy tenglamasi quydagicha:
8CH3-CO~S-KoA+7CO2+14NADfH2+7AТFCH3(CH2)14-COOH+7CO2+8HS-
KoA+ +14NADf+7ADF+7H3PO4+6H2O
Yog’larning xazm bo’lishi:
Тabiiy yog’lar kislotalarning tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladigan
traatsilgletsirinlar aralashmasidir. Odam triatsilglitserinlarida to’yinmagan yog’lar
kislotalr ko’p bo’ladi, shu sababdan odam yog’ining suyuqlanish tempraturasi past
10-15COdir, shuning uchun hujayralarda yog’ suyuq xolatda bo’ladi.
Yog’lar odam asosiy oziq moddalarining bir guruppasi bo’lib, ularga bo’lgan
sutkalik ehtiyoj 50-100 g tashkil qiladi.
Oziq mahsulotlari bilan og’iz bo’shlig’iga tushgan yog’lar ximiyaviy
o’zgarishlarga deyarli uchramaydi, chunki bu yerda yog’larni parchalovchi
fermentlar yo’q. Hayvonlarda va insonlarda yog’lar me’da va ichakda o’zlashtiriladi.
Yuqori
rivojlangan
hayvonlarda
ovqat
bilan
qabul
qilingan
triatsilglitseridlarning ko’p qismi ingichka ichakda oshqozonosti bezining
sekretsiyada lipaza fermenti ta’sirida gidrolitik parchalanadi. Ozuqa tarkibidagi
emulsiyalanmagan yog’lar o’t kislotalarining ta’sirida emulsiya xolatiga o’tadi. O’t
tarkibida konyugatsiyalangan yog’ kislotalari-glikoxolat va tauroxolat kislotalar
bo’ladi. O’t lipaza fermentini aktivlashtiradi, ammo bu jarayon to’liq o’rganilmagan.
O’t kislotalar jigarda asosan xolestirinlardan sintezlanadi. O’t ishqoriy reaksiyaga
ega bo’lib, tillarang-sariq tusda bo’ladi.
Odamda bir sutkada 500-1200 gacha o’t xosil bo’ladi. O’t yuzaning tortilish
kuchini kamaytirib, yog’larni emulsiya xoliga kiradi, ya’ni katta-katta yog’
tomchilarini mayda sharchalarga xilomikronlarga aylanadi, ularning diametri 0,5 mk
dan oshmaydi.
O’t xosil bo’lishi yoki o’t ajralib chiqishi buzilgan mahallarda yog’larning xazm
bo’lishi va gidroliz mahsulotlarining surilishi sharoitlari yomonlashadi va
yog’larning anchagini qismi axlat bilan chiqib ketadi (steatorreya). Bunda yog’da
eriydigan vitaminlar ham surilmaydiki, bu narsa gipovitaminoz boshlanishiga olib
keladi.
Uglevodlardan yog’larning xosil bo’lishi
Ovqat bilan birga kiradigan uglevodlarning bir qismi, ayniqsa, uglevodlar
miqdori jigar va muskullardagi glekogen zaxirasini asliga keltirish uchun keragidan
ortiqcha bo’lsa, organizmda yog’larga aylanadi.
Glyukoza atsetil-KoA manbai bo’lib yog’ kislotalarishu asitil-K0A dan
sintezlanadi. qaytaruvchi reksiyalar uchun oksidlanish xisiobiga, shuningdek NADF
ga bog’liq reaksiyalari xisobiga yetkazib beradi. Glitserofosfat glikolizning oraliq
maxsuloti bo’lmish dioksiatsetonning qaytarilish yo’li nima zarur bo’lsa borchasi
glyukozidan xosil bo’ladi. Uglerodlardan yog’lar sintezlanishi jigarda hammadan
aktiv tarzda o’tadigan bo’lsa yog’ to’qimasida kamroq aktivlik bilan boradi.
Yog’larning to’planib borishi va sarflanishi:
Yog’lar yog’ to’qimalarining ixtisoslashgan aloxida hujayralarida adipotsitlarda
to’planib boradi. Yog’ to’qimasi massasining 90% ga yaqini yog’lar ulushiga to’g’ri
keladi. Yog’ hujayrasi xajmining ko’p qismini yupqa sitoplazma qatlami bilan
o’ralib turadigan yog’ tomchisi tashkil qiladi, yog’ hujayrasida yadro,
mitoxondriyalar, va boshqa hujayra strukturalari bo’ladi. Yog’ hujayralarining
o’zida glyukozadan xosil bo’ladi. Lipoprateinlarning yog’i lipoproteilipoza ta’sirida
yog’ to’qimasi kapillyarlarida parchalanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Yog’larni xazm bo’lish jarayonidagi muxim omillar qaysilar?
2. Yog’lar almashinuvidagi ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati qanday?
3. F.Kioopning tajribalari ahamiyatini tushuntiring?
Yog’ kislotalar biosintezining qanday xususiyatlari bor?