Lipidlarni o’rganish uslublari

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

26,2 KB


 
 
 
 
 
 
Lipidlarni o’rganish uslublari 
 
 
Lipidlar, ularning klassifikasiyasi va fiziologik roli. Lipidlar – suvda 
erimaydigan, lekin organik birikmalarda (spirt, xloroform va boshq.) 
eruvchi,biotffektorlik xususiyatiga ega moddalardir. Lipidlarga neytral yog’lar, 
yog’simon moddalar, (lipoidlar) va ayrim vitaminlar (A, D, E, K) ham kiradi. 
Lipidlar plastik (qo’rilish) ahamiyatga ega bo’lib, barcha hujayralar va jinsiy 
gormonlar tarkibiga kiradi. 
Yog’lar. Yog’larning asosiy manbai bo’lib ichaklardan so’riluvchi ozuqalar 
tarkibidagi yog’lar hisoblanadi. Bundan tashqari, yog’lar va lipoidlar organizmga 
ko’plab uglevodlar iste’mol qilinganida aynan uglevodlardan va kam miqdorda 
oqsillardan ham sintezlanadi. Organizmdagi yog’larning umumiy miqdori tana 
og’irligining 10-20 % ni semizlik paytida esa undan ham ko’proq qismini tashkil 
etadi. Yog’lar va lipoidlar so’rilganidan keyin, barcha organlar va to’qimalargacha 
olib boriladi. 
Turli hayvonlarning yog’lari hamda bitta hayvonning turli organlaridagi 
yog’lar tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Yog’larning tarkibi oziqlanishga bog’liq. Uzoq muddat bir turdagi yog’ bilan 
oziqlanilgandan keyin odam tanasida yig’ilgan yog’ ham tarkibi va xususiyatlari 
jihatidan aynan o’sha yog’ga ancha yaqin bo’ladi. Plastik material shaklida 
foydalanilgan yog’lar va lipoidlar juda chidamli bo’ladi. Hayvonlarni yog’li va 
uglevodli oziqalar bilan oziqlantirilganida yog’lar va lipoidlar zahira yog’lar 
sifatida teriosti kletchatkasida, yog’ saqlovchi va ichki organlarni o’rab turuvchi 
bo’sh biriktiruvchi to’qimalarda jamlanadi. Bu yog’lar yog’ depolarida 
saqlanayotgan zahira, oziqlanish materiali bo’lib hisoblanadi va ular hayvon 
Lipidlarni o’rganish uslublari Lipidlar, ularning klassifikasiyasi va fiziologik roli. Lipidlar – suvda erimaydigan, lekin organik birikmalarda (spirt, xloroform va boshq.) eruvchi,biotffektorlik xususiyatiga ega moddalardir. Lipidlarga neytral yog’lar, yog’simon moddalar, (lipoidlar) va ayrim vitaminlar (A, D, E, K) ham kiradi. Lipidlar plastik (qo’rilish) ahamiyatga ega bo’lib, barcha hujayralar va jinsiy gormonlar tarkibiga kiradi. Yog’lar. Yog’larning asosiy manbai bo’lib ichaklardan so’riluvchi ozuqalar tarkibidagi yog’lar hisoblanadi. Bundan tashqari, yog’lar va lipoidlar organizmga ko’plab uglevodlar iste’mol qilinganida aynan uglevodlardan va kam miqdorda oqsillardan ham sintezlanadi. Organizmdagi yog’larning umumiy miqdori tana og’irligining 10-20 % ni semizlik paytida esa undan ham ko’proq qismini tashkil etadi. Yog’lar va lipoidlar so’rilganidan keyin, barcha organlar va to’qimalargacha olib boriladi. Turli hayvonlarning yog’lari hamda bitta hayvonning turli organlaridagi yog’lar tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Yog’larning tarkibi oziqlanishga bog’liq. Uzoq muddat bir turdagi yog’ bilan oziqlanilgandan keyin odam tanasida yig’ilgan yog’ ham tarkibi va xususiyatlari jihatidan aynan o’sha yog’ga ancha yaqin bo’ladi. Plastik material shaklida foydalanilgan yog’lar va lipoidlar juda chidamli bo’ladi. Hayvonlarni yog’li va uglevodli oziqalar bilan oziqlantirilganida yog’lar va lipoidlar zahira yog’lar sifatida teriosti kletchatkasida, yog’ saqlovchi va ichki organlarni o’rab turuvchi bo’sh biriktiruvchi to’qimalarda jamlanadi. Bu yog’lar yog’ depolarida saqlanayotgan zahira, oziqlanish materiali bo’lib hisoblanadi va ular hayvon  
 
sovuqda qolganida va ochlik paytida organizm tomonidan energiya manbai 
shaklidagi bioquvvat materiali sifatida foydalaniladi. 
Uzoq muddatli jismoniy mehnat qilinganida sarflanadigan energiyaning 80 
% yog’larning yoki ularning parchalanish mahsulotlarining oksidlanishi natijasida 
ajralib chiqadi. Yog’ depolaridagi zahira yog’lar to’qimalarda lipaza ishtirokida 
gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalanadi va keyinchalik karbonat angidrid va 
suvgacha oksidlanadi, bu paytda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Nihoyat, 
yog’ depolaridagi yog’larning bir qismi qonga tushadi, fermentlar ta’sirida 
gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalanib qon bilan jigarga yetkaziladi va u 
yerda glikogenga aylanadi.  Demak, yog’lar bilan uglevodlar almashinuvi orasida 
uzviy bog’liqlik mavjud. O’simlik va sigir moylari, baliq yog’i organizm 
tomonidan 97-98 % ga o’zlashtiriladi, mol va qo’y yog’lari 90 % ga 
o’zlashtiriladi. O’simlik dunyosi yog’larida to’yinmagan yog’ kislotalari 
saqlanganligi sababli, ulardan jigarda lipidlar hosil bo’ladi. Jismoniy ish 
bajarganda kunlik ratsion tarkibidagi yog’lardan 70-75 % hayvonlar yog’i va 25-
30 % o’simlik yog’lari bo’lishi zarur. Bir kecha-kunduzlik ratsion tarkibidagi 
yog’lar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo’yicha 30 % ni tashkil qilishi 
kerak, ya’ni voyaga yetgan odamlar uchun yog’ o’rtacha 100 g.ni jismoniy ish 
bajarganda esa 115-165 g.ni tashkil qilishi kerak. Me’yoridan ortiq yog’ iste’mol 
qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish qobiliyatini 2-3 
martagacha pasaytiradi. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida yog’ning miqdori 
katta bo’lganida, qon tarkibidagi yog’ning miqdori 1 % gacha ko’tariladi va undan 
ham yuqori ko’tarilishi mumkin (lipemiya) ovqatlar tarkibida yog’ning 
me’yoridan ortiq bo’lishi zararli, ayniqsa yoshi o’tgan paytda juda xavfli  chunki 
u hayotni qisqartiradi. Organizmga ovqatlar tarkibida ikki xildagi lipoidlar; 
fosfatidlar va sterinlar tushadi. Fosfatidlar – yuqori molekulali spirtlar va yog’ 
kislotalari bo’lib tarkibida fosfor kislotasini va azotli birikmalarni saqlaydi. 
Bularga neyronlarda saqlanuvchi va ulardan oqsillar jamlanishini ta’minlovchi 
xolin hosil bo’ladigan – xolin-fosfatid yoki litsetin kiradi. 
Xolin sirka kislotasi bilan birikib asetilxolinni, ya’ni asab tizimidagi 
qo’zg’alishlarni o’tkazuvchi asosiy mediatorni hosil qiladi. Fosfatidlar, neytral 
sovuqda qolganida va ochlik paytida organizm tomonidan energiya manbai shaklidagi bioquvvat materiali sifatida foydalaniladi. Uzoq muddatli jismoniy mehnat qilinganida sarflanadigan energiyaning 80 % yog’larning yoki ularning parchalanish mahsulotlarining oksidlanishi natijasida ajralib chiqadi. Yog’ depolaridagi zahira yog’lar to’qimalarda lipaza ishtirokida gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalanadi va keyinchalik karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi, bu paytda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Nihoyat, yog’ depolaridagi yog’larning bir qismi qonga tushadi, fermentlar ta’sirida gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalanib qon bilan jigarga yetkaziladi va u yerda glikogenga aylanadi. Demak, yog’lar bilan uglevodlar almashinuvi orasida uzviy bog’liqlik mavjud. O’simlik va sigir moylari, baliq yog’i organizm tomonidan 97-98 % ga o’zlashtiriladi, mol va qo’y yog’lari 90 % ga o’zlashtiriladi. O’simlik dunyosi yog’larida to’yinmagan yog’ kislotalari saqlanganligi sababli, ulardan jigarda lipidlar hosil bo’ladi. Jismoniy ish bajarganda kunlik ratsion tarkibidagi yog’lardan 70-75 % hayvonlar yog’i va 25- 30 % o’simlik yog’lari bo’lishi zarur. Bir kecha-kunduzlik ratsion tarkibidagi yog’lar umumiy ovqatning 17 % ni, energiya bo’yicha 30 % ni tashkil qilishi kerak, ya’ni voyaga yetgan odamlar uchun yog’ o’rtacha 100 g.ni jismoniy ish bajarganda esa 115-165 g.ni tashkil qilishi kerak. Me’yoridan ortiq yog’ iste’mol qilish ovqat hazmi jarayonlarini tormozlaydi hamda ish qobiliyatini 2-3 martagacha pasaytiradi. Iste’mol qilinayotgan ovqatlar tarkibida yog’ning miqdori katta bo’lganida, qon tarkibidagi yog’ning miqdori 1 % gacha ko’tariladi va undan ham yuqori ko’tarilishi mumkin (lipemiya) ovqatlar tarkibida yog’ning me’yoridan ortiq bo’lishi zararli, ayniqsa yoshi o’tgan paytda juda xavfli chunki u hayotni qisqartiradi. Organizmga ovqatlar tarkibida ikki xildagi lipoidlar; fosfatidlar va sterinlar tushadi. Fosfatidlar – yuqori molekulali spirtlar va yog’ kislotalari bo’lib tarkibida fosfor kislotasini va azotli birikmalarni saqlaydi. Bularga neyronlarda saqlanuvchi va ulardan oqsillar jamlanishini ta’minlovchi xolin hosil bo’ladigan – xolin-fosfatid yoki litsetin kiradi. Xolin sirka kislotasi bilan birikib asetilxolinni, ya’ni asab tizimidagi qo’zg’alishlarni o’tkazuvchi asosiy mediatorni hosil qiladi. Fosfatidlar, neytral  
 
yog’lar, xolesterin va boshqa lipidlar hujayralarning membranalari va 
organoidlarida mavjud bo’lib ularning tanlab o’tkazuvchanlik xususiyatini 
ta’minlaydi. Organizmda ayniqsa yog’larning so’rilishi va sintezida ishtirok 
etuvchi gliserofosfatidlar ko’p bo’ladi. Fosfotidlar odatda jigarda va ichaklar 
devorlarida sintezlanadi, ularning yetishmasligi esa jigarni yog’ bosishini va 
arteriosklerozni keltirib chiqaradi. Fosfatidlar rafinirlanmagan o’simlik moylarida 
(kungaboqar) sariq yog’, tuxumlarda ko’p bo’ladi. Fosfatidlarning bir kecha-
kunduzlik normasi 10 g.ni tashkil etadi. 
Sterinlar – spirtlardir, ular yog’ kislotalari bilan birikib murakkab efirlarni 
hosil qiladi. Ularga bosh miyada va buyrak usti bezlarida juda katta miqdorda 
saqlanuvchi xolesterin kiradi. Odamda uning vazniga nisbatan 0,2 % ga yaqin 
xolesterin bo’ladi. Xolesterin organizmda yog’lar va uglevodlarni oksidlanishidan 
hosil bo’ladi va uning asosiy sintezlanuvchi joyi jigardir (80 % gacha). U asosan 
hayvonot dunyosi oziqalarida ko’p bo’lsa, o’simlik dunyosi oziqalarida yo’q. 
Xolesterindan organizmda o’t kislotalari, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining  
po’stloq qismining gormonlari hosil bo’ladi. Aralash ovqat iste’mol qilinganida 
bir kecha-kunduzlik xolesterinning normasi 1,5 g.gacha bo’ladi. Vitamin D. ham 
sterinlar qatoriga kiradi. 
 
Almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari 
 
Yog’larda stearin, palmitin va moy kislotalari kabi to’yingan –
almashtiriladigan yog’ kislotalaridan tashqari, oliyen, linolat, linolen, araxidin 
kabi to’yinmagan almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari ham saqlanadi. 
O’simliklar moyida (kungaboqar va konopilyada) linolat va linolen yetarlicha 
saqlansa, araxidin juda kam; tovuq va g’oz yog’ida esa yetarlicha bo’ladi. 
To’yinmagan yog’ kislotalari jigarda lipoidlarga aylanadi. Bular orasidagi 
fiziologik qimmatli araxidin kislota organizmda linolat va linolen kislotalardan 
hosil bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalari karotinlar ta’sirini – vitamin A va B 
hamda C ni faollashtiradi. Ovqatlar tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarining 
bir kecha-kunduzlik kaloriyligi 1 % dan tushib ketsa, qon tomirlarining tonusi 
yog’lar, xolesterin va boshqa lipidlar hujayralarning membranalari va organoidlarida mavjud bo’lib ularning tanlab o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlaydi. Organizmda ayniqsa yog’larning so’rilishi va sintezida ishtirok etuvchi gliserofosfatidlar ko’p bo’ladi. Fosfotidlar odatda jigarda va ichaklar devorlarida sintezlanadi, ularning yetishmasligi esa jigarni yog’ bosishini va arteriosklerozni keltirib chiqaradi. Fosfatidlar rafinirlanmagan o’simlik moylarida (kungaboqar) sariq yog’, tuxumlarda ko’p bo’ladi. Fosfatidlarning bir kecha- kunduzlik normasi 10 g.ni tashkil etadi. Sterinlar – spirtlardir, ular yog’ kislotalari bilan birikib murakkab efirlarni hosil qiladi. Ularga bosh miyada va buyrak usti bezlarida juda katta miqdorda saqlanuvchi xolesterin kiradi. Odamda uning vazniga nisbatan 0,2 % ga yaqin xolesterin bo’ladi. Xolesterin organizmda yog’lar va uglevodlarni oksidlanishidan hosil bo’ladi va uning asosiy sintezlanuvchi joyi jigardir (80 % gacha). U asosan hayvonot dunyosi oziqalarida ko’p bo’lsa, o’simlik dunyosi oziqalarida yo’q. Xolesterindan organizmda o’t kislotalari, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezining po’stloq qismining gormonlari hosil bo’ladi. Aralash ovqat iste’mol qilinganida bir kecha-kunduzlik xolesterinning normasi 1,5 g.gacha bo’ladi. Vitamin D. ham sterinlar qatoriga kiradi. Almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari Yog’larda stearin, palmitin va moy kislotalari kabi to’yingan – almashtiriladigan yog’ kislotalaridan tashqari, oliyen, linolat, linolen, araxidin kabi to’yinmagan almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalari ham saqlanadi. O’simliklar moyida (kungaboqar va konopilyada) linolat va linolen yetarlicha saqlansa, araxidin juda kam; tovuq va g’oz yog’ida esa yetarlicha bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalari jigarda lipoidlarga aylanadi. Bular orasidagi fiziologik qimmatli araxidin kislota organizmda linolat va linolen kislotalardan hosil bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalari karotinlar ta’sirini – vitamin A va B hamda C ni faollashtiradi. Ovqatlar tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarining bir kecha-kunduzlik kaloriyligi 1 % dan tushib ketsa, qon tomirlarining tonusi  
 
pasayadi, ularning o’tkazuvchanligi ortadi, qonda xolesterin miqdori ko’payadi, 
arterioskleroz rivojlanadi, yurakda tromblar ko’zga tashlanadi va miokard infarkti 
yuz beradi, teri jarohatlanadi, jinsiy funksiyalar buziladi va urg’ochi hayvonlarda 
bo’g’oz bo’lishi yo’qoladi. 
Ozuqalar linolat va linolen kislotalari vitamin B6 bilan organizmga 
tushganida, unda to’yinmagan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi ortadi. 
Jigarning yog’ bosishi. Ovqatlar tarkibidagi yog’ miqdori ko’p bo’lganida va 
jigarda uning sintezlanishi ortganda, yog’ning oksidlanishi kamayganda va 
jigardan yog’ni evakuasiyasi buzilganida jigarni yog’ bosadi. 
Oziq-ovqatlar tarkibida uglevodlar va vitamin B1 ning miqdori 
ko’payganida, 
oqsillar 
kamayganida 
ayniqsa 
tireonin 
aminokislotasi  
kamayganida, ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilganida, ayrim zaharlanishlarda 
va organizmning to’lig’icha kasalliklari va ayniqsa jigarda kuzatilganida jigarni 
yog’ bosadi. 
Jigarni yog’ bosishini ogohlantiruvchi moddalar lipotron moddalar deb 
ataladi va ularga vitaminlar va lipionin kiradi. Juda faol linotrop xususityaga xolin 
ega, chunki uning ishtirokida jigardan yog’, depolariga yog’ kislotalarining 
harakatlanishini ta’min etuvchi fosfatidlarning sintezlanishi yuz beradi. 
Fosfotidlarning o’zi esa jigarda yog’ kislotalarining oksidlanishini faollashtiradi. 
Oziq-ovqatlarda xolin yetishmaganida lesitin va boshqa fermentlarning jigarda 
sintezlanishi buziladi, natijada unda yog’ kislotalarining va neytral yog’larning 
miqdori ortadi. 
Ma’lumki, jigarda yog’larning oksidlanishi fermentlar ishtirokida kechadi. 
Yog’larning oksidlanish jarayonida keton tanachalari hosil bo’ladi, tanachalarning 
miqdori esa bu jarayonning jadalligiga bog’liq bo’ladi. Bu tanachalarga oksimoy, 
asetosirka kislotalari va aseton kiradi. Uglevodlar almashinuvi buzilganida, 
masalan qandli diabetda siydik tarkibidagi aseton miqdori keskin ortadi, ya’ni 
jigarda glikogenni yetarlicha bo’lmasligi unda yog’ kislotalarining va 
aminokislotalarning to’lig’icha oksidlanmasligiga olib keladi. Siydik tarkibida 
aseton miqdorining jiddiy darajada ortishi asetonuriya deyiladi. Odam siydigi 
pasayadi, ularning o’tkazuvchanligi ortadi, qonda xolesterin miqdori ko’payadi, arterioskleroz rivojlanadi, yurakda tromblar ko’zga tashlanadi va miokard infarkti yuz beradi, teri jarohatlanadi, jinsiy funksiyalar buziladi va urg’ochi hayvonlarda bo’g’oz bo’lishi yo’qoladi. Ozuqalar linolat va linolen kislotalari vitamin B6 bilan organizmga tushganida, unda to’yinmagan yog’ kislotalarining hosil bo’lishi ortadi. Jigarning yog’ bosishi. Ovqatlar tarkibidagi yog’ miqdori ko’p bo’lganida va jigarda uning sintezlanishi ortganda, yog’ning oksidlanishi kamayganda va jigardan yog’ni evakuasiyasi buzilganida jigarni yog’ bosadi. Oziq-ovqatlar tarkibida uglevodlar va vitamin B1 ning miqdori ko’payganida, oqsillar kamayganida ayniqsa tireonin aminokislotasi kamayganida, ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilganida, ayrim zaharlanishlarda va organizmning to’lig’icha kasalliklari va ayniqsa jigarda kuzatilganida jigarni yog’ bosadi. Jigarni yog’ bosishini ogohlantiruvchi moddalar lipotron moddalar deb ataladi va ularga vitaminlar va lipionin kiradi. Juda faol linotrop xususityaga xolin ega, chunki uning ishtirokida jigardan yog’, depolariga yog’ kislotalarining harakatlanishini ta’min etuvchi fosfatidlarning sintezlanishi yuz beradi. Fosfotidlarning o’zi esa jigarda yog’ kislotalarining oksidlanishini faollashtiradi. Oziq-ovqatlarda xolin yetishmaganida lesitin va boshqa fermentlarning jigarda sintezlanishi buziladi, natijada unda yog’ kislotalarining va neytral yog’larning miqdori ortadi. Ma’lumki, jigarda yog’larning oksidlanishi fermentlar ishtirokida kechadi. Yog’larning oksidlanish jarayonida keton tanachalari hosil bo’ladi, tanachalarning miqdori esa bu jarayonning jadalligiga bog’liq bo’ladi. Bu tanachalarga oksimoy, asetosirka kislotalari va aseton kiradi. Uglevodlar almashinuvi buzilganida, masalan qandli diabetda siydik tarkibidagi aseton miqdori keskin ortadi, ya’ni jigarda glikogenni yetarlicha bo’lmasligi unda yog’ kislotalarining va aminokislotalarning to’lig’icha oksidlanmasligiga olib keladi. Siydik tarkibida aseton miqdorining jiddiy darajada ortishi asetonuriya deyiladi. Odam siydigi  
 
tarkibidagi asetonning miqdori normada 0,01-0,03 g. tashkil etadi, asetonuriya 
vaqtida esa 60 g.gacha ortishi mumkin. 
 
Lipoidlar va ularning ahamiyati. 
 
Organizmdagi lipoidlar, ya’ni yog’simon moddalar asosan ikki guruhga 
bo’linadi: fosfatidlar va sterinlar. Fosfatidlar -leytsin, kefalin, sfingomielin va 
boshqalar organizmda katta ahamiyatga ega. Fosfatidlar organizmda -jigarda, 
ichaklarning devorlarida, urug’donlarda, tuxumdonlarda, sut bezlarida va boshqa 
turli organlarda oqsillar bilan birikib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan 
tashqari, ular turli kislotalar bilan ham kompleks birikmalarni hosil qilib, ularning 
moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etishlariga yordam beradi. Fosfatidlar 
to’qimalarda lipaza, fosfotaza fermentlarining ishtirokida to’xtovsiz ravishda, 
parchalanib va hosil bo’lib turadi. Fosfatidlar nerv to’qimasining tarkibida ham ko’p 
miqdorda uchraydi. Jumladan, miyaning funksional holati uning to’qimalari 
tarkibidagi fosfatidlar miqdori bilan ham belgilanadi. Fosfatidlar serebrozidlar, 
xolesterin va shularga o’xshash boshqa moddalar bilan birga nerv to’qimasi quruq 
qoldig’ining asosiy qismini, ya’ni yarmidan ko’ra ko’prog’ini tashkil qiladi. 
Letsitinlar azotli asos xolin bilan birikkandir. Xolin bilan sirka kislotaning murakkab 
efiri -atsetilxolin impulslarning neyrondan neyronga va shuningdek, nerv tolasidan 
muskulga o’tkazilishida ishtirok etadi. Fosfatidlar ichak devorlarida yog'larning 
qayta sintezlanishida, qonda yog'lar va yog’ kislotalarning toshilishida, sut yog’i 
sintezlanishida, organizmda yog’ kislotalarining oksidlanib, parchalanishida va 
shunga o’xshash bir qator jarayonlarda ishtirok etadi. Sterinlardan politsiklik spirt-
xolesterin organizm uchun eng muhimidir. Xolesterin yog’ kislotalari bilan birikib 
efirlar, oqsillar bilan birikib esa kompleks birikmalar hosil qiladi. Tekshirishlar 
natijasida xolesterin ham organizmning barcha to’qimalarida erkin ham birikkan 
holatda uchrab turishi aniqlangan. Buyrak usti bezlari, nerv to’qimasi, eritrotsitlar, 
o’t suyuqligi xolesteringa ayniqsa boy. Buyrak usti bezlarining po'stloq qismi, jinsiy 
bezlarning 
gormonlari, 
provitamin 
“D”-ergosterin, 
o’t 
kislotalari 
sterin 
mahsulotlaridir. Sterinlar organizmda ko’plab sintezlanadi. Keyingi paytlardagi 
tarkibidagi asetonning miqdori normada 0,01-0,03 g. tashkil etadi, asetonuriya vaqtida esa 60 g.gacha ortishi mumkin. Lipoidlar va ularning ahamiyati. Organizmdagi lipoidlar, ya’ni yog’simon moddalar asosan ikki guruhga bo’linadi: fosfatidlar va sterinlar. Fosfatidlar -leytsin, kefalin, sfingomielin va boshqalar organizmda katta ahamiyatga ega. Fosfatidlar organizmda -jigarda, ichaklarning devorlarida, urug’donlarda, tuxumdonlarda, sut bezlarida va boshqa turli organlarda oqsillar bilan birikib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan tashqari, ular turli kislotalar bilan ham kompleks birikmalarni hosil qilib, ularning moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etishlariga yordam beradi. Fosfatidlar to’qimalarda lipaza, fosfotaza fermentlarining ishtirokida to’xtovsiz ravishda, parchalanib va hosil bo’lib turadi. Fosfatidlar nerv to’qimasining tarkibida ham ko’p miqdorda uchraydi. Jumladan, miyaning funksional holati uning to’qimalari tarkibidagi fosfatidlar miqdori bilan ham belgilanadi. Fosfatidlar serebrozidlar, xolesterin va shularga o’xshash boshqa moddalar bilan birga nerv to’qimasi quruq qoldig’ining asosiy qismini, ya’ni yarmidan ko’ra ko’prog’ini tashkil qiladi. Letsitinlar azotli asos xolin bilan birikkandir. Xolin bilan sirka kislotaning murakkab efiri -atsetilxolin impulslarning neyrondan neyronga va shuningdek, nerv tolasidan muskulga o’tkazilishida ishtirok etadi. Fosfatidlar ichak devorlarida yog'larning qayta sintezlanishida, qonda yog'lar va yog’ kislotalarning toshilishida, sut yog’i sintezlanishida, organizmda yog’ kislotalarining oksidlanib, parchalanishida va shunga o’xshash bir qator jarayonlarda ishtirok etadi. Sterinlardan politsiklik spirt- xolesterin organizm uchun eng muhimidir. Xolesterin yog’ kislotalari bilan birikib efirlar, oqsillar bilan birikib esa kompleks birikmalar hosil qiladi. Tekshirishlar natijasida xolesterin ham organizmning barcha to’qimalarida erkin ham birikkan holatda uchrab turishi aniqlangan. Buyrak usti bezlari, nerv to’qimasi, eritrotsitlar, o’t suyuqligi xolesteringa ayniqsa boy. Buyrak usti bezlarining po'stloq qismi, jinsiy bezlarning gormonlari, provitamin “D”-ergosterin, o’t kislotalari sterin mahsulotlaridir. Sterinlar organizmda ko’plab sintezlanadi. Keyingi paytlardagi  
 
tekshirishlarda jigarning Kupfer hujayralarida, taloqda, o’pkada, miyada xolesterin 
sintezlanishi isbotlangan. Xolesterin organizmda almashinib, kopresterin holatida 
axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. 
 
Yog'lar almashinuvining boshqarilishi 
 
Organizmda yog'lar almashinuvini ham nerv, ham gumoral tizimlar idora 
etib turadi. Yog'lar almashinuvini idora etadigan nerv markaz gipotalamus 
xisoblanadi. 
Tajribalarda 
gipotalamusning 
ventromedial 
yadrolari 
shikastlanganda hayvon semirib ketadi, lateral yadrolari shikastlanganda esa ozib 
ketadi. Gipotalamusning kulrang do’ngcha sohasi ta’sirlanganda yog'lar 
almashinuvi sezilarli darajada o’zgaradi. Vegetativ nerv tizimi tolalari 
ta’sirlanganda yog’ depolaridan yog'lar chiqarilishi va ularning jigarda 
parchalanishi 
tezlashadi. 
Yog'lar 
almashinuviga 
nerv 
tizimi, 
gipofiz, 
qalqonsimon, me’da osti, jinsiy bezlarning ichki sekretsiyasini o’zgartirish yo’li 
bilan ham ta’sir qila oladi. Yog'lar almashinuvining boshqarilishida miya 
po'stlog'i ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
 
tekshirishlarda jigarning Kupfer hujayralarida, taloqda, o’pkada, miyada xolesterin sintezlanishi isbotlangan. Xolesterin organizmda almashinib, kopresterin holatida axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. Yog'lar almashinuvining boshqarilishi Organizmda yog'lar almashinuvini ham nerv, ham gumoral tizimlar idora etib turadi. Yog'lar almashinuvini idora etadigan nerv markaz gipotalamus xisoblanadi. Tajribalarda gipotalamusning ventromedial yadrolari shikastlanganda hayvon semirib ketadi, lateral yadrolari shikastlanganda esa ozib ketadi. Gipotalamusning kulrang do’ngcha sohasi ta’sirlanganda yog'lar almashinuvi sezilarli darajada o’zgaradi. Vegetativ nerv tizimi tolalari ta’sirlanganda yog’ depolaridan yog'lar chiqarilishi va ularning jigarda parchalanishi tezlashadi. Yog'lar almashinuviga nerv tizimi, gipofiz, qalqonsimon, me’da osti, jinsiy bezlarning ichki sekretsiyasini o’zgartirish yo’li bilan ham ta’sir qila oladi. Yog'lar almashinuvining boshqarilishida miya po'stlog'i ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.