LYUDVIG VAN BETXOVEN IJODI. (1770-1827)
Reja:
1. Betxoven ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyatini.
2. Betxovenning Bonn davri;Vena davri kechgan ijodiy yo’li.
3. Betxovenning etuk ijod davri .
4. Betxoven ijodining so’nggi davri .
5. Betxovenning fortepiano va simfonik ijodi
1. Betxoven ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Evropa
madaniyati tarixida 1789-yildagi frantsuz burjua inqilob yangi davr boshlanganini
bildirar edi. U millionlab insonlarga qaratilgan yangi davr musiqa madaniyatini
boshlab bergan marra vazifasini o’tadi. M.A. Balakirevga yozgan xatida V.V. Stasov
shunday degan: «Motsart alohida shaxslar uchungina javob bergan edi... Betxoven esa
faqat tarix va butun insoniyat xaqida o’ylaydi». «U — xalq ommasining Shekspiridir».
«Musiqa insonlarning qalbidan olov olishi kerak», degan edi bastakorning o’zi. Bu
Prometeycha shior Betxovenning san’at oldiga qo’ygan vazifalarining naqadar
ulug’vor ekanligini tasavvur qilishga imkon beradi.
Kompozitor ijodining asosiy mavzusi tarix xaqidagi, xalqlar taqdiri xaqidagi
o’ylar bo’lib, ular eng muhim muammolar, kurash va zafar pafosi bilan yo’g’rilgan.
Uning qaxramoni, jasur bo’lishi bilan birga, nafaqat qaxramonlik ko’rsata oladigan
kurashchi, balki nozik, boy tafakkurga ega mutafakkir hamdir. Betxoven musiqasida
xayot o’zining turfa xilligi bilan namoyon bo’ladi. Bular jo’shqin hissiyotlar va tarki
dunyo darajasida orzularga cho’mish, dramatik ta’sirchanlik va lirik iqrorlik, tabiat
manzaralari va kundalik hayot sahnalaridir. Betxoven xaqida, odatda, bir tomondan
musiqadagi klassik davrni yakunlovchi, boshqa tomondan esa «romantika asriga»
tomon yo’l ochib bergan kompozitor sifatida so’zlanadi.
2--:
Bonn davri. Buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven Bonn shaxrida
1770-yil dekabr oyida dunyoga keldi. Betxovenning onasi saroy oshpazining qizi
bo’lgan. Otasi Iogann van Betxoven — saroy xonandasi (tenori) bo’lib, ashula, musiqa
nazariyasi va klavesindan dars berardi.
Bonn XVIII asrning ikkinchi yarmida Pireneydagi unchalik katta bo’lmagan
shaxarcha bo’lib, Kyoln knyazining qarorgoxi edi. Germaniyadagi har qanday
knyazlik singari bu knyazlikda xam din ustuvor edi. Biroq odamlarning, ayniqsa, ko’p
sonli saroy va shahar zodagonlari baxtiga cherkov har xil ko’ngilochar tadbirlar xamda
shodiyonalarga to’sqinlik qilavermasdi.
Lyudvig xarakter qirralarini bobosi Lui Betxovendan meros qilib olgan.
Mag’rurlik, mustaqil xulq-atvor, matonat va mexnatsevarlik bobosiga qanchalik xos
bo’lsa, mashxur nabiraga xam shunchalik munosib edi. Lui Betxovengacha barcha oila
a’zolari oddiy kosiblar va dexqonlar bo’lishgan.
To’rt yoshga kirganidayoq, boladagi qobiliyatni sezmaslik mumkin emas edi.
Otasi bu xodisaga birdaniga yangi daromad manbayi sifatida qaraydi. Lyudvigning
o’sishi, qobiliyatli o’qituvchi bilan mashqlar qilishi zarur edi, otada eea majbur qilish
va kaltaklashdangina iborat yagona usul mavjud bo’lgan, xolos. Bir o’qituvchining
o’rniga boshqasi kelar, afsuski, ularning orasida xaqiqiy musiqachilar juda oz uchrar,
shu bois, ulardan birortasi xam o’ta iste’dodi bolaga jiddiy ta’sir ko’rsata olmas edi.
Ioganning maqsadi esa Lyudvigni tezroq kontsertlarga tayyorlash bo’lgan. Zero,
kontsertlar qancha tez boshlansa, Ioganning cho’ntaklariga pullar shu qadar tez oqib
kelar edi. Birinchi kontsert Kyolnda bo’lib o’tdi. Unda sakkiz yoshli bola reklama
maqsadida olti yoshli deb e’lon qilinadi. Biroq chiqishlar kutilgan daromadni bermadi,
balki shuning uchundir uning bolaligidagi kontsertlari xaqida boshqa hech qanday
ma’lumot mavjud emas.
1782-yilda Betxoven 12 ga kiradi. Bu yoshda u klavesin, skripka, organni bemalol
chalar, nota varaqlarini osonlik bilan o’qirdi. Xuddi shu yili yosh Betxovenning
bundan keyingi hayoti va faoliyatini belgilab bergan muxim voqealar ro’y beradi.
Xristian Gotloba Nefe Bonndagi saroy kapellasining yangi direktori etib
tayinlanadi. U Lyudvigning tom ma’nodagi maslaxatgo’yi va ustozi sifatida
Betxovendagi musiqiy ta’limni tartibga soldi. Nefe o’z shogirdining qalbida I.S. Bax,
Gendel, Gaydn va Motsartlar musiqasiga muxabbat uyg’otdi. F.E. Baxning klavir
musiqasi asosida Betxoven zamonaviy fortepiano uslubining nozik sirlarini o’rganadi.
Nefening yordami bilan shu yili Betxovenning birinchi asarlari nashr etiladi. Ular
Dressler marshlari mavzusidagi variatsiyalar va uchta fortepiano sonatasi edi. Kapella
direktorining gazetadagi bir xabari xam shu voqeaga bag’ishlangan edi. Unda,
jumladan, shunday yozilgan: «Bu yosh daxo o’z artistlik sayoxati uchun qo’llab-
quvvatlashga munosibdir. Agar u bundan keyin xam xozir boshlaganidek ruxda davom
etsa, undan ikkinchi Volfgang Amadey Motsart chiqadi». Yosh bastakorga katta umid
bildirilgan, endi uni oqlashgina qolgan edi, xolos.
Nefe faqat musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan cheklanib qolish mumkin
emasligini juda yaxshi bilardi. Betxoven, umumiy ma’lumotni olmasdan turib qadimgi
tillarni, adabiyotni, falsafani qoniqish bilan o’rgana boshladi. Uning g’arazli o’y-
xayollar bilan band bo’lgan otasini o’g’lining umumiy ma’lumotsiz qolayotganligi
mutlaqo qiziqtirmas edi. Shiller va Gyote Betxovenning jonu dili edi, u Shekspir
ijodining muxlisi edi.
Lyudvig 13 yoshidan boshlab, ishlashga majbur bo’lgan. Amalda oilani boqish
uning zimmasiga tushgan edi. U kapellada organchining yordamchisi vazifasida,
teatrda ishlaydi, bu erda qo’shiqchilar bilan partiyalarni yodlaydi, repetitsiyalarda
ularga qo’shilib turadi. Bunday mashaqqatli va ko’p qirrali ishlar jarayonida Betxoven
shaxarning musiqiy dunyosida sezilarli san’atkorga aylana boradi. Yosh musiqachi
buyuk san’atkorlarning e’tiborini tortish va, ayniqsa, Motsartning mashg’ulotlarida
ishtirok etishni orzu qilardi.
Barcha qiyinchiliklarni engib, 17 yoshida Lyudvig Venaga keladi. Uning maqsadi
Motsart bilan uchrashish edi. Maestro o’zining «Don Juan» operasi ustidagi ishlariga
butkul ko’milganligidan yosh musiqachining chiqishlarini parishonxollik bilan
eshitadi va u xaqda oddiygina maqtovini aytadi, xolos.
«Menga badiha uchun mavzu bering» — o’sha paytda pianinochilar orasida
berilgan mavzu asosida badixago’ylik keng urf bo’lgan edi. Motsart polifonik bayonli
ikki misrani topshiriq qilib beradi. Lyudvigning baxtiga u o’zini yo’qotmaydi, bugina
emas, mashxur bastakorni yanada ilhomlantirib, topshiriqni a’lo darajada bajaradi.
«Unga e’tibor bering, u xammani o’zi xaqida gapirishga majbur qilyapti», degan ekan
Motsart yosh Betxoven xaqida. Buni o’sha paytdagi suxbat ishtirokchilaridan biri o’z
xotiralarida yozib qoldirgan. Bunday fikrni barcha zamonlarning eng buyuk
sozandalaridan biri aytgan ekan, demak, bu buyuk kelajakdan bashoratdir. Biroq,
xuddi shu davrda Lyudvig xayotida yana bir keskin burilish yuz beradi. Onasi qattiq
kasal bo’lib qolganligi uchun u ona shaxri — Bonnga qaytishga majbur bo’ladi.
«Bemor onam bilan yana bir marta ko’rishish ishtiyoqi shu darajada kuchli ediki, bu
barcha to’sqinliklarni bartaraf qilishim va katta qiyinchiliklarni engishimga imkon
beradi, — deb yozgan edi Betxoven. — U men uchun aziz, meni sevadigan ona,
mening eng qadrdon do’stim edi». 1787-yilda onasi vafot etgach, oilaning barcha
tashvishlari Lyudvigning zimmasida qoladi, zero, bu paytda otasi mutlaqo ishsiz
qolgan edi, ko’p o’tmay u xam vafot etadi.
Yosh Betxoven qo’shimcha ish topishga, darslar miqdorini ko’paytirishga majbur
bo’lar, ularning ustiga xo’jalikning baland-pastiga qarashga, oilaning kundalik xolidan
xabardor bo’lishga, ular bilan muntazam shug’ullanishga to’g’ri kelardi. Bunday og’ir
yuk Lyudvigning sog’lig’iga ta’sir ko’rsatadi, u chechak bilan og’riydi. Kasallik uning
yuzida o’z izlarini qoldiradi. Bu uning hayotidagi eng og’ir damlarning bir umrlik
xotirasi bo’lib qoladi. Bonndagi hayot uning joniga tegadi, chunki yosh bastakor o’z
niyatlarini bu erda to’laqonli amalga oshira olmasdi, shahar unga torlik qilib qoladi.
Bu erdagi yagona tasalli Elena fon Breyninglar xonadoniga borib turish edi.
Xammadan ko’ra, u bu erda oilaviy xotirjamlikka etishar edi, bunga u bolalik davridan
buyon mux-toj edi. Mana shu oqil odamlar oilasi unga juda yaqin hisoblanardi. Deyarli
butun umri davomida u oilaning katta o’g’li Stefan bilan do’stlashdi, qizi Lorxen esa
uning o’smirlikdagi ilk romantik muxabbati bo’ldi. Breyninglar oilasi Betxovenni,
uning musiqiy qiziqishlarini muntazam tarzda qo’llab-quvvatlab turishdi, aynan shu
oila a’zolari bo’lajak buyuk kompozitor shaxsiyatining to’laqonli rivoji uchun kuchli
ta’sir ko’rsatdi. Ko’p jixatdan ular tufayli Lyudvig 1789-yilda Bonn universitetining
falsafa fakultetiga erkin tinglovchi sifatida qabul qilindi. Ammo bu erda bo’lishi
uzoqqa cho’zilmadi.
Musiqachi sifatida Betxoven allaqachon mohir san’atkor bo’lib etishgan bo’lib, u
Evropaning eng yirik pianinochilari bilan bir qatorda edi. Biroq kompozitor sifatida
unga o’z iste’dodini takomillashtirish, Bonnda ololmagan narsalari: yangi g’oyalar,
tuyg’ular, taassurotlar zarur edi. Yosh musiqachi o’zining baxt yulduzlari porlagan
onlariga etib keldi. Bu mutlaqo tasodifiy tarzda ro’y berdi. 1792-yilda Londondan
Venaga qaytayotganida u Bonnda qisqa muddatga Yozef Gaydnnikida to’xtaydi.
Musiqiy kapellachilar tomonidan shu munosabat bilan uyushtirilgan tantanalardan
birida Betxovenni mashhur kompozitorga tanishtirishadi. Yosh yigitchaning asarlari
Gaydnda katta taassurot qoldiradi. 11 Betxovenga har tomonlama yordam berishga
va’da berib, Venaga borishni tavsiya etadi. Evropaning musiqiy poytaxtidagi nufuzli
kishilarga yozilgan tavsiya xatlarini olgan Betxoven ona shahrini tark etadi, aslida bu
umrbod tashlab ketish edi.
Kompozitorning 22 yoshida «Bonn davri» deyilgan bosqich mana shu tarzda
yakunlanadi. 1792-yildayoq u 50 ta asarning muallifi edi. Agar uni xuddi shu yoshida
yuzlab asarlar yaratgan buyuk Motsart bilan solishtiradigan bo’lsak, uning kompozitor
sifatidagi rivoji unchalik katta bo’lmaganligini tasavvur tish mumkin. Ammo bu
ko’proq ulkan bo’ronlar oldidagi sukunatga o’xshardi. Darxaqiqat, ko’p o’tmay u
o’sha davr musiqa olamiga dovulday kirib boradi.
Birinchi Vena davri (1792—1802). Betxoven yana bir marta musiqaning bunday
sehrli shahriga kelib qoladi. Har tomondan Avstriya va nemis, venger va slavyan
ohanglari taralib turadi. Saroy sahnalarida esa «buyuk va taqlid qilib bo’lmaydigan
italyancha opera hukmronlik qilardi». Iste’dodli yosh musiqachilar Venaga homiy va
ximoyachilarini izlab intilib kelishardi. Betxoven mana shunday hamiyatli va
qobiliyatli insonlardan biri edi. Tez orada yosh Lyudvig Venaning mohir
musiqachilaridan biri bo’lib qoladi. Uning ijrosi xammani lol qoldirardi. Maqtovli
mulohazalar har tomondan oqib kelardi, uni kelajagi porloq musiqachi sifatida tan
olishardi. Betxoven jur’at bilan aristokratik estetika tomonidan qo’yilgan ta’qiqlarni
buzib tashladi va san’atkorning shaxsiy tuyg’u va kechinmalarini ifodalashdagi to’liq
erkinligini qonunlashtirdi. Betxoven tomonidan asos qilib olingan ijrodagi demokratik
uslub XIX asrning ko’p sonli mahoratli musiqachilari — Paganini, List va boshqalar
tomonidan davom ettirildi va rivojlantirildi.
Betxovenning Venadagi birinchi ustozi Gaydn edi. U yosh musiqachidagi
iste’dodni munosib ravishda baholagan birinchi shaxsdir. Bu xaqda u shunday yozadi:
«Bilimdonlar xam, bilmaydiganlar ham ushbu p’esalardan bir narsani so’zsiz e’tirof
etishlari lozimki, vaqti kelib Betxoven Evropaning eng buyuk bastakorlaridan birining
o’rnini egallaydi, men esa o’zimni uning ustozi ekanligimdan iftixor qilaman».
Lyudvig ijodiga bu qadar yuqori baxo berishiga qaramasdan, Gaydn o’z o’quvchisi
bilan to’liq til topisha olmaydi. Bunga ajablanmasa xam bo’ladi, ular mutlaqo boshqa-
boshqa insonlar, o’zgacha uslubli musiqachilar edilar. XVIII asr kompozitori bilan
yangi avlod vakili dunyoqarashlari orasidagi farq o’z ishini qildi.
Betxoven bir yarim yilcha muddatda nazariyotchi olim, kompozitsiya bo’yicha
darslik muallifi, shunga qaramay o’rtamiyona bastakor bo’lgan Albrekstberger
rahbarligida kontrapunktni o’rganadi. Biroq bu erda xam musiqani turlicha tushunish,
o’ziga xos dunyoqarash, boshqa tafakkur tarzi bu ikki shaxs orasida o’tib bo’lmas
devorni tiklab qo’ygan edi. «U xech narsani o’rganolmadi va xech narsani
o’rganolmaydi xam!» deb zorlangan edi Albrekstberger o’z o’quvchisi xaqida.
Betxovenning mashxur italiyalik Saleridan olgan saboqlari xam katta ahamiyatga ega
bo’lgan. Biz uni Motsartni «zaharlagan» shaxs sifatida bilamiz, vaholanki, bu tarix bir
ertak, o’sha suronli va hayratomuz yillarning afsonasi, xolos. Mashhur opera bastakori
o’zining nomuntazam bo’ladigan mashg’ulotlarida Betxovenga «vokal maktublar»
deyiladigan yangi narsani ochadi. Garchi yosh bastakor italyan san’atkorlaridan bu
sohada ancha uzoq bo’lsa-da, Saleri Betxovenning o’z vokal uslubini topishiga
yordam berdi.
Venada kechirilgan dastlabki bir necha yillar Lyudvig uchun xaqiqatan xam
umrining eng yaxshi onlari bo’ldi. U kibor tinglovchilar oldida muvaffaqiyatli
chiqishlar qildi, professional san’atkorlar, qolaversa, o’zi uchun nihoyatda muxim
bo’lgan homiylar e’tiboriga tushdi. Tez orada Lyudvig van Betxoven butun Evropada
kompozitor sifatida tanila boshladi.
Bu davrda Betxoven o’zining uslubiga sayqal bera boshlaydi va yangilik
yaratishga intiladigan yorqin ijodkor sifatida shakllanadi. Uslub — asardagi barcha
unsurlarning birligi va uyg’unligi bo’lib, u faqat asarning o’zini emas, balki muallif
shaxsiyatini
xam
aks
ettiradi.
Betxovenda
bularning
barchasi keragicha
mujassamlashgan edi. 1795-yildan 1802-yilgacha Betxoven o’n to’qqizta fortepiano
uchun sonatalari, uchta fortepiano va orkestr uchun kontsert, ikkita simfoniya, oltita
torli kvartet or. 18, fortepiano va torli trio,shuningdek, ko’plab boshqa asarlarini
yaratadi. Ushbu asarlarning barchasini Uchinchi «Qaxramonnoma» simfoniyasi bezab
turadi. U Betxoven etukligining inkor qilib bo’lmaydigan dalilidir.
Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida
Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi.
Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli
holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.
Ammo kulfat yolg’iz kelmaydi. Bu voqealik xam o’sha 1801-yilda yuz beradi.
Og’ir tabiatli, odamovi bastakor sevib qoladi. U shu qadar qattiq, chin dildan sevadiki,
o’z xayotini sevgilisi uchun o’ylab xam o’tirmasdan berishga tayyor turadi. Buyuk
ijodkorning qalbini rom etgan go’zal kim edi? U o’n olti yoshli aristokrat qiz —
yoqimli, baxorday go’zal, farishta yuzli, maftunkor tabassumli Juletta Gvichchardi
edi. Qiz xam bunday otashin muxabbatga javob berganday ko’rinardi. Lyudvig
qaytadan o’zida kuch seza boshlaydi, sog’ayishga umid paydo bo’ladi, uning nazarida
baxt juda yaqin edi. Ammo taqdir unga shafqatsiz munosabatda bo’ladi. Uning ko’z
oldidagi sarob tarqala boshlaydi. Betxoven yana bir sinovdan o’tadi. Julettalar
xonadoni "uchun musiqachi ikkinchi darajali odam, bor-yo’g’i artist, xizmat qiluvchi
shaxs edi, xolos. Qizning o’zi xam engil fikr yuritib, tez orada graf Gallenbergga
turmushga chiqadi.
Karlik muqarrar bo’lib, o’ttiz ikki yoshli Betxoven shaxsiy xayotidagi
muvaffaqiyatsizlik bois boshi berk ko’chaga kirib qoladi. Nima qilish kerak? Bundan
keyin qanday yashamog’i lozim, umuman, yashash kerakmi-yo’qmi? Yoki joniga qasd
qilsamikan? Bu chora yordam berarmikan?
Geyligenshtadt — Venadan unchalik uzoq bo’lmagan hilvat va osoyishta bir
joy edi. Dunay qirg’oqlaridagi go’zal tabiat manzaralari bastakorning sog’ayib ketishi
uchun imkon berishi log’im edi. Bu shaxarcha Betxoven tarjimayi holida tarixiy
ahamiyatga ega. Baxtga qarshi, u ko’proq iztirobli voqealar bilan aloqadordir. Bu erda
u eshitish imkoniyatiga ega bo’lishdek so’nggi umidlarini erga ko’madi, chunki
shifokorlar tavsiya etgan davolash usullari hech qanday natija bermaydi. Buning ustiga
juda yaqin va xamma narsadan qutqaruvchi bo’lib ko’rinayotgan olim xaqidagi o’ylar
uni tark etmasdi.
Lyudvig o’zining mashhur Geyligenshtad vasiyatnomasini yozadi. U ukalari Karl
va Iogannlarga atalgandi. U Betxovenning vafotidan keyingina o’qilishi kerak edi.
Betxoven vasiyatnomada ancha erta yolg’izlikda, jamiyatdan ajralgan holda
yashashga majbur bo’lgani, qaysi bir jamiyatga yaqinlashmasin o’zining holati —
karligidan xabar topib qolinishidek dahshatli qo’rquvga ro’para kelmaslik uchun
quvg’inda yashashga majburligi xaqida yozadi.
Shu yillarda uning boshidan o’tgan iztirob va kechinmalar bilan bog’liq bo’lgan
tuyg’ular uning asarlarida o’z aksini topgan. Faol harakat, intilish, osudalikni
qo’msash, o’zini chetga olish singari qarama-qarshi voqealar Betxoven uchun
murakkab bo’lgan mana shu davrda yozilgan asarlarida uyg’un bir tarzda namoyon
bo’ladi. Ular: Uchinchi fortepiano c-moll kontserti, or. 37 (1800); motam marshi bilan
As-dur sonatasi or. 26 xamda «Sonata-fantaziyalar» (Juletta Gvichchardiga
bag’ishlangan «Oymoma sonatasi») (1802); emotsional-shiddatkor d-moll sonatasi,
or. 31 (1802); skripka va fortepiano uchun «Kreytserov» sonatasi (1803) va boshqa
bir qator asarlardir. Endilikda, buyuk bastakorning butun umrini baholab va tahlil qilib
ayta olamizki, Betxovenga o’z xayotini va sog’lom aqlini asrash, saqlab qolish mana
shu musiqa tufayligina mumkin bo’lgan, xolos. Hayot u uchun xamma vaqt kurashdan
iborat bo’lgan. Bu kurash o’z g’a-labalari va mag’lubiyatlari bilan davom etar,
boshqacha bo’lishini u tasavvur xam eta olmasdi.
3--:
Etuk ijod davri (1803—1812). Lyudvigning ong-u shuurini son-sanoqsiz g’oya
va loyihalar band qilib olgan edi. Ular shu darajada ko’p ediki, bir paytning o’zida bir
necha asarlar ustida ishlashga to’g’ri kelardi. Uchinchi simfoniya («Qaxramonnoma)
yaratilar ekan, xuddi shu davrda, Beshinchi simfoniyaning xamda «Appasionata»ning
qoralamasi xam paydo bo’lgan edi. «Qaxramonnoma» simfoniyasi va «Avrora»
sonatasi oxiriga yaqinlashib qolganda Betxoven «Fidelio» operasi ustidagi ishlarni
ham allaqachon boshlab yuborgan edi. Bu operadan keyin yana Beshinchi simfoniya
ustidagi ishlar jonlanadi. Ammo bu xam uzoqqa cho’zilmaydi, chunki endi To’rtinchi
simfoniya boshlanib ketadi. 1806— 1808-yillar oralig’ida To’rtinchi, Beshinchi va
Oltinchi («Pastoral») simfoniyalar, «Koriolan» uvertyurasi, fortepiano, xor va orkestr
uchun fantaziya yaratiladi. Navbatdagi har bir asar oldingisiga mutlaqo o’xshamaydi.
«Qaxramonnoma» simfoniyasi tufayli kompozitorning shu davrdagi hayoti xam
shu nom bilan ataladi. Simfoniyaning bosh sahifasida kompozitorning «Buonaparte»,
sal pastroqda esa «Luidji Van Betxoven» degan yozuvlari xam bor edi. 1804-yilning
bahorida Napoleon dunyo tuzilishida o’zgarishlar bo’lishini kutayotgan, eski aqidalar
yukidan qutilish istagi bilan yonayotgan ko’plab insonlar uchun e’tiqod manbayi edi.
Bonapart respublikachilar idealining timsoli, «Qaxramonnoma» simfoniyasiga
munosib edi. Napoleon o’g’lini imperator deb e’lon qilganidan keyin yolg’on
tasavvurlar tarqab ketdi. «Bu xam oddiy odam! Endi u barcha insoniy xuquqlarni
oyog’i ostida ezg’ilab tashlaydi, faqat o’z xudbinligi va manfaatparastligiga rioya
etadi, u o’zini boshqalardan ustun qo’yadi xamda zolim hukmdor bo’ladi!» muallif
bosh saxifani yirtib tashlaydi. «Eroika» («Qaxramonnoma») simfoniyaning yangi
nomidir.
Aynan Uchinchi simfoniya simfonik musiqa oldida cheksiz kengliklarni ochib
yubordi, shu asardan simfonizm tarixidagi yangi davr boshlanadi.
Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga keladi. U Betxoven
yaratgan yakkayu yagona operadir. Uni muallifning o’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U
frantsuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida
yaratilgan.
1809—1812-yillarda yaratilgan asarlar. Beshinchi fortepiano kontsertini
yaratish bilan Betxovenning ushbu janr ustidagi ishlari oxiriga etadi. Fortepiano
kontsertlari guruhi orasida eng mahobatli va ulug’vori o’laroq, u o’z lirik obrazlarining
nozikligi va yuksak badiiyatiga ko’ra hayratlidir. Tuyg’ular lirikasi or. 81 a, Es-dur
kabi dasturiy sonatalarni xam bezab turadi. Betxoven uning uch qismiga
«Xayrlashuv», «Hijron», «Qaytish» deb, nom bergan. Ettinchi va Sakkizinchi
simfoniyalarning yaratilishi (1812) bastakor ijodining markaziy davriga yakun
yasaydi.
Bu yillar Gyote she’riyatiga kuchli berilish belgilari ostida o’tdi. Betxoven Gyote
she’rlarining musiqaga oson tushishini qayd etgan. Shunga qaramay «Egmont»
Betxovenning e’tiborini, xammadan avval, o’z mazmuniga ko’ra jalb etgan va u
bastakorning o’z tafakkur tarziga yaqin edi. Gyote «Egmont»idagi qahramonona
obrazlar, fojiaviy pafos, ommaviy sahnalar Betxoven musiqasida tom ma’noda
inqilobiy mazmun kasb etgan.
Betxoven Venada etarlicha mashhur bo’lishiga qaramasdan, vaqt-vaqti bilan
moliyaviy jihatdan ayrim muammolarga duch kelib turardi. Bastakor tomonidan
yaratilgan ulkan ijodiy boylik uning shaxsiy hayotidagi parokandalik, nobarqaror
moddiy ta’minot bilan ziddiyatga kelib qolardi. O’zgarishlar kompozitorning bevosita
shaxsiy hayotiga xam daxl qiladi. 1799-yilda Lyudvig ikki yoqimtoy opa-singillar —
Tereza va Jozefina Brunsviklarga dars bera boshlaydi. Yaqin-yaqinlargacha u aynan
Terezaga ko’ngil qo’ygan deb hisoblanardi, biroq, yigirmanchi asrda Betxovenning
bir xati topildi. Bu xat o’sha davrga tegishli bo’lib, Jozefinaga atalgan.
Ayni paytda, Betxoven qirollik-imperatorlik saroy teatrlarining direktsiyasiga xat
yozib, o’z kompozitorlik xizmatini taklif etadi, ular esa bu xatga javob berishni ham
munosib ko’rishmaydi. Bunday muvaffaqiyatsizliklarning zalvori ostida, sharoit
tazyiqi bilan Lyudvig Venani tark etishga qaror qiladi. Xuddi shu erda homiylar
nimalarni yo’qotayotganlarini anglab qolishadi. Kin grafi ertsgertsog Rudolf va
knyaz Lobkovits 1809-yilda bastakorga har yili nafaqa to’lash majburiyatini oladi,
buning evaziga esa kompozitordan Avstriyani tark etmaslikni so’raydi. Majburiyatini
faqat ertsgertsog Rudolfgina bajargan bu mashhur shubhali nafaqa xaqida keyinroq
aytishlaricha, u Betxovenga yordam berish o’rniga ko’proq ko’ngilsizliklarni
keltirgan. Uning butun hayotida ehtiyoj va yolg’izlik hamrohlik qilgan. Betxovenning
hayotini kuchayib borayotgan karlik yanada murakkablashtiradi. U kontsert safarlari
borasidagi rejalaridan, Italiya bo’ylab sayohat fikridan voz kechishga majbur bo’ladi.
Betxoven tirikchiligining asosiy manbayi mualliflik qalam xaqi bo’lib qolaveradi.
4--:
Tanazzul yillari. Hayoti va ijodining so’nggi yillari. Frantsuz armiyasining
engilishi xamda Napoleon imperiyasining qulashidan so’ng Evropada og’ir siyosiy
holat
boshlanadi.
Reaktsion
davlatlar
koalitsiyasi
Venadagi
kongressga
to’planishadi. Eng ashaddiy mamlakatlar Avstriya kantsleri Metternix atrofiga
birlashadi. Bu birlashma «Muqaddas ittifoq» nomini oladi. Uning bosh maqsadi
erksevarlik, inqilobchilikning xar qanday ko’rinishlariga qarshi shafqatsiz
kurashishdan iborat edi. Rasmiy tantanalarga aristokratik ommaning bayramona
ko’rinishlari uyg’un kelardi. Hashamatli bal va maskaradlar tashkil etiladi.
Adog’i yo’q ko’ngilocharliklarga ko’milgan holda saroy devorlari ichida
Evropaning xaritasi boshqatdan bichilmoqda edi. Betxoven obro’sining shiddatli
ommalashishi uchun yana bir holat yuzaga kelgan edi. Bu ayni paytda to’laligicha
musiqa ravnaqi uchun xam muhim omil bo’ladi — metronom kashf etiladi. Mashhur
mexanik-kashfiyotchi Melselning nomi metronom tufayli tarixda abadiyatga
muhrlandi. «Vittoriya qoshidagi urush» — eng ommaviy harbiy mavzudagi asar xuddi
shu Melselning taklifi bilan o’zi yasagan asbob uchun yaratiladi. Asar juda ta’sirli
bo’lib, uni simfonik orkestr ijro etadi, u ikkita harbiy orkestr bilan kuchaytirilgan,
xilma-xil moslamalar — qurollar va to’p otishlarini ifoda etardi. Omma orasidagi
ulkan muvaffaqiyat Bctxovenni shon-sharafning eng oliy cho’qqisiga olib chiqdi.
Imperator teatri Betxovenning «Fidelio» operasini yaxshi eslaydi, biroq karlik
muallifning dirijyorlik qilishiga xalaqit beradi. Kapelmeyster Umlauf uning orqasida
turib ehtiyotkorlik bilan xatolarini tuzatib turadi. Betxovenga bo’lgan qiziqish tobora
kuchayib boradi. Uni xar xil qabullarga taklif etishadi. Eshitish qobiliyati amalda
deyarli tugab bo’lgan edi. Shunga ko’ra, Lyudvig maxsus «So’zlashuv
daftarchasi»dan foydalanadi. Unda savol va javoblar yozilgan edi. Bizgacha shu
xildagi 400 ga yaqin daftarlar etib kelgan. Ulardagi yozuvlar hayratlanarlidir.
1813-yildan 1818-yilgacha Betxoven juda kam va sekin ijod qiladi, biroq
depressiya holatida yaratilgan asarlari xam juda go’zaldir. Fortepiano uchun yozilgan
or. 90, e-moll sonatasi, violonchel uchun ikkita sonatasi, xalq qo’shiqlarining
ishlanmalari nashr etiladi. Ularning soni ko’p bo’lmasa-da, shu davrdagi ifoda
tarzining, uslubning o’zgarishini sezish mumkin. Bizning davrimizda u Betxovenning
«so’nggi uslubi» nomini olgan. «Olisdagi mahbubaga» turkumidagi qo’shiqlarni
alohida ta’kidlash joiz. Ular mutlaqo takrorlanmas bo’lib, bu asarlardan yangilik
shabadalari ufurib turadi. Ayni shu asarlar Shubert va Shumanlarning romantik vokal
turkumlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan edi. 1816-yildan 1822-yilgacha boigan davr
orasida oxirgi beshta fortepiano sonatalari yaratiladi, ularning kompozitsiyasi juda
murakkabdir. O’rni kelganda aytish joizki, so’nggi kvartetlarning (1824—1826)
kompozitsiyasi ham shunday murakkablikka ega edi. U sonatalarning klassik
shakllaridan biroz chekinadi, bularning barchasi uning falsafiy-ma’rifiy kayfiyati bilan
bog’lanib ketadi.
So’nggi davrdagi barcha asarlardan To’qqizinchi simfoniya ustun turadi. U jaxon
musiqa asarlari orasida eng mahobatli asar sifatida tan olingan.
To’qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o’ylab qo’yilgan edi, ammo bu
g’oyani amalga oshirish 1822-yildagina nasib etdi. U Tantanavor messa (Missa
solemnis) bilan bir paytda yaratilgan. 1823-yilda Betxoven messani yaratadi, bir
yildan keyin esa simfoniya dunyoga keladi. Muallif o’zining o’lmas asaridagi final
qismiga xor va yakkaxon xonandalarni kiritadi. Ularga Shillerning «Shodlik uchun»
qasidasidagi quyidagi so’zlari kiritilgan edi:
«Odamlar bir-birlari bilan aka-ukadirlar!
Millionlar, bag’ringizga bosing bir-biringizni!
Bir shodlikdan quvoning birga!»
Bunday ulkan g’oyalar uchun musiqada ham xuddi shunday ulug’vor ifodalar
topilgan edi. To’qqizinchi simfoniya mashhur «Qaxramonona», beshinchi «Pastoral»
va ettinchi simfoniyalar, «Fidelio» operasidagi mavzularni rivojlantiradi. Baribir, bu
simfoniya Betxovenning butun ijodi orasida eng ahamiyatlisi, xamma jihatlariga ko’ra
eng mukammalidir.
Tez orada ildam yuruvchi shuhrat o’tib bo’ldi. Lyudvigni xamma esdan chiqardi,
ko’plab o’rtoqlarining Venadan ketganiga ancha bo’lgan, ayrimlari vafot etgan.
Kompozitor yashagan uy ancha abgor ko’rinardi. Sovuq tortuvchi, namiqqan tosh
zinapoyalar uchichi qavatga, to’g’ri ustozning xonasiga boshlab boradi.
Betxoven ko’p kuchini o’z jiyaniga yordamlashish uchun sarflab, ukasining
vafotidan keyin qonmagan mehrning o’rnini to’ldirishga harakat qiladi. Bu erda xam
Lyudvig yana kurashishga majbur bo’ladi. Sud zallarida ko’p kuch va sog’lig’ini
yo’qotib, jiyani Karlga vasiylik qilish xuquqi uchun kurashadi. Kompozitorni
qoralovchisi bolaning onasi — ta’magir va noshukur ayol edi. Jiyanning o’zi ham
amakisi qilgan barcha yaxshiliklarning qadriga etmaydi, vaholanki, u Karl bilan
bog’liq bo’lgan ko’plab iztirobli voqealardan qutilish uchun sarflanadigan
mablag’larni zo’r qiyinchiliklar bilan topar edi.
Betxovenning yaqin do’stlarining favqulodda yordami bilan 1824-yil 7-mayda
To’qqizinchi simfoniya ijro etiladi. Bu voqea yana bir jihati bilan e’tiborliki, musiqa
ishqibozlari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar o’ziga xos shuhrat topadi. Vaholanki,
bu paytda, ayniqsa, ijodining so’nggi davrlarida asarlarida favqulodda chuqurlik va
ulug’vorlik bor edi. Orkestrga Umlauf dirijyorlik qiladi. Kom-pozitorning o’zi esa,
garchi bu davrda eshitish qobiliyatini butunlay yo’qotgan bo’lsa-da, rampa yonida