MAJBURIYaTLARNING BEKOR BOʻLIShI
• Majburiyatlarning bekor boʻlishi tushunchasi.
• Majburiyatlarning bajarilishi bilan bekor boʻlishi.
• Majburiyatlarning hisobga oʻtkazish yoʻli bilan bekor
boʻlishi. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolganida
majburiyatning bekor boʻlishi.
• Taraflarning kelishuvi boʻyicha va qarzdorni qarzidan voz
kechishi boʻyicha majburiyatning bekor boʻlishi.
• Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor
boʻlishi.
• Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor boʻlishi.
• Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi
sababli majburiyatning bekor boʻlishi.
Majburiyatlarni
bekor boʻlish
asoslari
normal bekor
boʻlish
asoslari
majburiyat ijro
etiladi yoxud
kreditor
manfaatlari
muayyan tarzda
qanoatlantiriladi
hisobga
oʻtkazish,
voz
kechish
haqini
toʻlash,
majburiyat
yangilanishi
bilan bekor
boʻlishi
normal
boʻlmagan
holatlar
majburiyatni
bajarish
mumkin
boʻlmaganligi
munosabati
bilan bekor
boʻlishi,
fuqaroni
ng vafot
etishi,
yuridik
shaxs
tugatilishi
,
tadbirkorlik
subyektining
bankrotligi
Majburiyatlarning bajarilishi bilan
bekor boʻlishi
majburiyatni
tegishli ravishda
ijro etilishidir
majburiyatni talab
darajasida bajargan
shaxsga shu shartnomani
qayta tiklashda imtiyozli
huquq beriladi
Qarz hujjatining qarzdor
qoʻlida boʻlishi, boshqa bir
hol isbotlanmaguncha,
majburiyatning bekor
boʻlganligini tasdiqlaydi.
Tilxat qaytarilayotgan
qarz hujjatiga ustxat
yozish bilan ham
almashtirilishi mumkin
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib berish
imkoniyati yoʻqligini tilxatda koʻrsatishdan bosh tortgan taqdirda, qarzdor
ijroni toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bunday hollarda kreditor muddatni
kechiktirgan hisoblanadi (FK 258-modda).
Qarz hujjatining qaytarilishi yoki uni qaytarish mumkin boʻlmaganligi
toʻgʻrisidagi tilxat oʻrniga berilgan hujjat ustiga ijroning qabul qilinganligi
haqida
yozib
berishi
majburiyatning
ijro
etilganligini
isbotlash
hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Qarz hujjati (tilxat) qarzdor tomonidan kreditorga beriladi
kreditor yoʻq boʻlsa
yoki u ijroni qabul qilishdan bosh tortsa,
yoxud boshqa sabablarga koʻra qabul qilish muddatini oʻtkazib yuborsa,
muomala layoqatiga ega boʻlmasa yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa,
ijroni qabul qilishga rozi boʻlgan vakil pulni qimmatli qogʻozni notarial
idoraning depozitiga qoʻyishi mumkin.
Bunday hollarda pulni yoki qimmatli qogʻozni kreditor nomiga notarial
idoraning depozitga qoʻyish, majburiyatni lozim darajada bajarish boʻlib
hisoblanadi
Majburiyatni ijro etilgan deb
baholash uchun uni amalda ijro
etilganlik faktining oʻzi yetarli
emas
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarda
majburiyatning bajarilishi tegishli hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Yuborilgan tovarlar yoki
koʻrsatilgan xizmatlar uchun
toʻlangan summani
tasdiqlaydigan hisob-kitoblar
toʻlanganlik haqida
ma’lumotnoma ana shunday
hujjatlar hisoblanadi
Ular tashkilotlar mablagʻlari
hisobidan pul toʻlovlari va
boshqa xarajatlarning toʻgʻri
sarflanganligini tasdiqlash
hamda tegishli nazorat olib
borish imkonini beradi.
Majburiyatlarning hisobga oʻtkazish yoʻli
bilan bekor boʻlishi
Hisobga oʻtkazish –
bu majburiyatni
bekor qiladigan
shunday usulki,
buning vositasida
muddati toʻlgan yoki
qisman muddati
koʻrsatilmagan
yoxud talab qilish payti
bilan belgilangan muqobil
oʻxshash talab hisobga
oʻtkazilishi bilan majburiyat
toʻliq yoki qisman bekor
boʻladi
Hisobga oʻtkazish oʻz-
oʻzicha avtomatik
ravishda amalga
oshirilmaydi.
Fuqarolik huquqi nuqtai
nazaridan hisobga oʻtkazish
bir tomonlama bitim boʻlib
koʻringani tufayli bunga bir
tomonning hisoblashish
toʻgʻrisidagi arizasi kifoya
qiladi
Muqobil (qarshi) talabni hisobga oʻtkazish
fuqarolar ishtirok
etgan
munosabatlarda
ham,
tashkilotlar
oʻrtasidagi
munosabatlarda ham
qoʻllaniladi.
Tashkilotlar oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarga
muqobil (qarshi) talabni
hisobga oʻtkazish, bank
orqali hisoblashish shaklida
amalga oshiriladi.
Bank tashkilotlar
ixtiyoridagi pul
mablagʻlarining aylanishini
tezlatish maqsadida naqd
pulsiz oʻzaro hisoblashishni
amalga oshiradi.
Qonun muqobil (qarshi) talab hisobi yoʻli bilan
majburiyatlarning bekor boʻlishi uchun quyidagi
uch talabni qoʻyadi:
majburiyatlar qaytarma
boʻlishi, ya’ni kreditorlar bir-
biriga nisbatan qarzdor boʻlishi
kerak.
qarama-qarshi talab bir xilda,
talab qilinadigan narsaning
alomatlari ham shu turda
boʻlishi kerak.
bir xildagi qarama-qarshi
talabni hisobga oʻtkazishda
ularni bajarish muddatlari
toʻlgan boʻlishi kerak. Agar
bajarish muddati
koʻrsatilmagan yoki talab
qilish payti bilan belgilangan
boʻlsa, majburiyatni
bajarishning hisoblanishi har
qachon talab etilishi mumkin
345-модда. Талабдан бошқа шахс фойдасига воз кечилганида ҳисобга
ўтказиш
Талабдан бошқа шахс фойдасига воз кечилган тақдирда қарздор ўзининг
дастлабки кредиторга муқобил талабини янги кредиторнинг талабига
қарши ҳисобга ўтказишга ҳақли.
Агар талаб қарздор бу талабдан бошқа шахс фойдасига воз кечилгани
тўғрисидаги билдиришни олган пайтгача мавжуд бўлган асосга кўра
вужудга келган бўлса ва талаб қилиш муддати ана шу билдириш олингунча
келган бўлса ёки ушбу муддат кўрсатилмаган ёхуд талаб қилиш пайти
билан белгиланган бўлса, ҳисобга олиш амалга оширилади.
Qarzdor bilan kreditor bir shaxs
boʻlib qolganida majburiyatning
bekor boʻlishi
Qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib
qolganida majburiyat bekor boʻladi
(FK 346-modda).
Qarzdor bilan kreditorning bir shaxs boʻlib
qolishi fuqarolar oʻrtasidagina emas, balki
yuridik shaxslar oʻrtasida ham yuz berishi
mumkin. Odatda, yuridik shaxslar qayta
tashkil boʻlishi – bir necha yuridik shaxs
qoʻshilishi, qoʻshib olishi tufayli (universal
huquqiy vorislik) qarzdor va kreditor boʻlgan
tashkilotlar bir yuridik shaxs boʻlib qolishi –
majburiyatni bekor qiladi
Taraflarning kelishuvi boʻyicha va
qarzdorni qarzidan voz kechishi
boʻyicha majburiyatning bekor
boʻlishi
FKning 342-moddasiga asosan
taraflarning kelishuviga muvofiq
majburiyat uni bajarish oʻrniga
voz kechish haqini berish (pul
toʻlash, mol-mulk berish kabi)
bilan bekor qilinishi mumkin.
Voz kechish haqining
miqdori, muddatlari
va uni berish tartibini
taraflar belgilaydilar.
Kreditorning qarzdan voz
kechishi ham
majburiyatning bekor
boʻlishiga olib keladi.
Bu bir taraflama
bitim boʻlib, unda
taraflarning kelishuvi
roʻy bermaydi.
Biroq bunda kreditorning
qarzdan voz kechishi boshqa
shaxslarning kreditor mol-
mulkiga nisbatan
huquqlarini buzmasa,
majburiyat bekor boʻladi
(FK 348-modda).
FKning 347-moddasida
koʻrsatilganidek, taraflar oʻz
oʻrtalaridagi dastlabki majburiyatni
boshqa narsani yoki boshqacha ijro
etish usulini nazarda tutuvchi yangi
majburiyat bilan almashtirish
(majburiyatni yangilash) haqida
kelishib olsalar, majburiyat bekor
boʻladi.
Bir majburiyatning boshqa bir majburiyat bilan almashtirilishi uchun qator
shartlar talab qilinadi.
birinchidan, taraflar oʻrtasidagi bir majburiyatni bekor qilish uchun boshqa
turdagi majburiyat bilan almashtirish haqidagi kelishuv boʻlishi;
ikkinchidan, amalda boʻlgan, haqiqiy majburiyatning boʻlishi (agar dastlabki
majburiyat haqiqiy boʻlmasa yoki bekor qilingan boʻlsa, u holda
majburiyatni boshqa bir majburiyat bilan almashtirish toʻgʻrisida kelishuv
ham boʻlishi mumkin emas);
uchinchidan, yangi majburiyat haqiqiy boʻlishi va eski majburiyatdan biror-
bir farqi boʻlishi kerak.
Dastlabki majburiyatning yangi majburiyat bilan almashtirilishida dastlabki
majburiyatning bajarilishini ta’minlash uchun belgilangan kafolat, zakalat va
boshqa usullar ham bekor boʻladi.
Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning
bekor boʻlishi
FKning 349-moddasida
koʻrsatilishicha, agar taraflardan
birortasi ham javob bermaydigan
vaziyat tufayli majburiyatni bajarish
mumkin boʻlmay qolsa, u bekor
boʻladi